Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
таомнома / творог / биточки / гуляш / тушлик / иккинчи тушлик / физиологик / овқатланиш.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boychayeva Malohat Rasulovna

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, ovqatlantirishdagi gigiyenik holatlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA SOG'LOM OVQATLANTIRISHGA QO'YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

Boychayeva Malohat Rasulovna

Andijon viloyati Baliqchi tumani 21-sonli DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11274425

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sog'lom ovqatlanishini tashkil etish, ovqatlantirishdagi gigiyenik holatlar yoritib berilgan.

Калит сузлар: таомнома, творог, биточки, гуляш, тушлик, иккинчи тушлик, физиологик, овцатланиш.

Аннотация. В данной статье освещена организация здорового питания детей в дошкольных образовательных организациях, гигиенические условия кормления.

Ключевые слова: кулинарная книга, еремчек, кусочки, гуляш, обед, второе блюдо, физиолог,ласточка.

Abstract. This article highlights the organization of healthy nutrition of children in preschool educational institutions, hygienic feeding conditions.

Keywords: menu, cottage cheese, meatballs, goulash, stewing, second courses, physiological, oatmeal.

Tarbiyalanuvchilarning sog'lom ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini o'rganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo'yicha takliflar tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog'lom va barkamol o'sishini ta'minlash, sog'lom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligi, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena tadbirlari bajarilishiga rioya etilishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holati o'rganib borilishini ta'minlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni belgilovchi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini uch oy muddatda qayta ko'rib chiqib, zarur hollarda o'zgartirish kiritish choralari ko'riladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarining sog'lom va barkamol o'sishini ta'minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste'mol qilish uchun gigienik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarning

belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishini tashkil etish. Tarbiyalanuvchilami sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi tarbiyalanuvchilaming sog'lom va barkamol o'sishini ta'minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste'mol qilish uchun gigienik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Quyidagilar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishni tashkil etish;

-tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash; -oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash; -tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog'liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik;

-tarbiyalanuvchilar o'rtasida sog'lom ovqatlantirish ko'nikmalarini shakllantirish; -taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat'iy rioya qilish.

Tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirish borasida autsorsing korxonalari jalb qilinmagan hollarda bevosita maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirishni sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etiladi. Oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi muhim o'rin tutadi.

Taom tayyorlashni texnologiya asosida amalga oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish sog'lom ovqatlantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Taomnomaga muvofiq mahsulotlar to'liq yetkazilishi va sarflanishini ta'minlash kerak. Oshpazlar har uch yilda bir marta malakasini oshirgan, tibbiy ko'rikdan o'tgan holda ishga qabul qilinadi.

Taomnoma tuzishda asosiy shartlardan biri taomlar xilma-xilligiga e'tibor berish hamda imkon qadar barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini (go'sht, baliq, va sut mahsulotlari, yangi mevalar, sabzavotlar va boshqalar) taomlar tarkibiga kiritish, shuningdek taomlarni hafta davomida takrorlanmasligini hisobga olishdan iboratdir. Bundan tashqari mahsulotlarni bir-biriga mos kelishini hamda taomlarni bir-biriga bog'iqligini (qo'shila olishini) hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Taomnoma tuzishni tushlikdan boshlash, chunki asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining ko'p qismi tushlikda sarflanadi. Shuningdek, me'yordagi go'sht mahsuloti to'liq tushlikda, asosan ikkinchi taom uchun sarflanadi.

Yaxna taom sifatida ko'proq turli xil sabzavotlardan (bodiring, pomidor, yangi karam, sabzi, qizil lavlagidan va hakazo) ko'kat qo'shib tayyorlangan salatlardan foydalaniladi. Salatlarga faqat o'simlik yoki (makkajo'xori, kungaboqar, zaytun) qo'shiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida birinchi taomlarning turi keng bo'lishi bilan birga ular tarkibiga turli xil go'sht, baliq, va tovuq, qaynatmalarida tayyorlangan sho'rvalar kiritilishi lozim.

Bundan tashqari birinchi taomlar tarkibiga go'shtsiz, jumladan, sabzavotli, yormali,

frikadelkali sho'rvalar, uzma oshlar, shuningdek sutli va mevali suyuq oshlar kiritilishi kerak.

Ikkinchi taom sifatida kotlet, bitochka, gulyash, qaynatilgan, dimlangan va boshqa shu kabi ko'rinishdagi go'sht tovuq yoki baliqdan tayyorlangan taomlarni, shuningdek go'shtli, go'shtli-sabzavotli, go'shtli-yormali taomlarni kiritish tavsiya etiladi. Garnir tayyorlashda, kartoshka, sabzavotlar, yorma va makaron mahsulotlaridan foydalaniladi.

Tushlikda beriladigan ichimlik sifatida meva va quritilgan mevalardan tayyorlangan kompot yoki kisel berilishi mumkin. Shuningdek qadoqdangan meva va sabzavot sharbatlari, namatak ichimligi berilishi tavsiya etiladi.

Ertalabki nonushta yaxna taom, issiq taom va issiq ichimlikdan iborat bo'ladi. Yaxna taom sifatida pishloq, salat (pishloqli, capyog'li buterbrod) hamda sutli bo'tqalar beriladi.

Ichimlik sifatida: ertalabki nonushtaga sutli kakao, sut, sutli choy, kechki ovqatga sut, qatiq, choy, sutli choy, limonli choy berilishi tavsiya qilinadi.

Ikkinchi tushlik asosan ikkita taomdan: sut mahsuloti va saryog', tuxum, sut hamda shirinliklar solib tayyorlangan bulochka yoki qandolat mahsulotlaridan iborat bo'ladi.

Bolalarni ovqatlantirishda idish-tovoqlar yetarli bo'lishi va stol atrofida o'tirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligiga e'tibor berilishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan juda issiq yoki sovuq bo'lmagan holda tarqatilishi tavsiya etiladi. Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e'tiborli bo'lishlarini uqtirmoq lozim.

Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga o'tirganlarida taomlar stolga qo'yilishini yoki bir taomni iste'mol qilib bo'lganlaridan keyin, ikkinchi taomni stolga tortilishini kutib qolmasliklari kerak. Tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tegishli tuman, tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo'limlari mudirlari hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari mas'ul hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 0016-21-sonli "Sanitariya qoida va me'yorlari", 2021 yil 26 iyun.

2. Ro'ziyeva Sh.M. "Bolalar taomlari tayyorlash texnologiyasi"

3. Soldixo'jaev S.S. "Bolalar ovqatiga qo'yiladigan gigiyenik talablar". -T: "Meditsina", 1989.+

4. Kalmuratov T.N. ALGORITHM FOR EDUCATION QUALITY MANAGEMENT IN NONSTATE SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS ON THE BASIS OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP. «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnaliVolume 2 Issue 5. 7 bet

5. Mavlonov N. Sh Approaches to the formation and development of information competence of teachers, J: JournalNX-A multidisciplinary peer reviewed journal 2021-yil fevralda, 45-48

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.