Научная статья на тему '“PAZANDACHILIK ASOSLARI” BO’LIMINI O’QITISHDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.'

“PAZANDACHILIK ASOSLARI” BO’LIMINI O’QITISHDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ochilov Shokir Baxtiyorovich, Xodjabayeva Gulbanu Alisher Qizi, Zaripova Marjona Zafarjon Qizi

Ilmiy texnika taraqqiyotiga tayangan inson faoliyati atrof-muhitga katta ta’sir qilayotgan bir sharoitda tabiat qonunlarini yaxshi bilib, unda kelajakni oldindan ko‘ra bilish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Inson faoliyatining tabiatga ta’siri natijasida tuzatib bo‘lmaydigan falokatlar keltirmasligi uchun uning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish zarur. Buning uchun esa tabiat va uning doimiy qonunlari to‘g‘risida atroflicha tushunchaga ega bo‘lib, uni amaliyotda sinab, qo‘llay bilish kerak, hamda tabiat va uning qonuniyatlari to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“PAZANDACHILIK ASOSLARI” BO’LIMINI O’QITISHDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

SPECIAL ISSUE «MODERN TENDENCIES OF TEACHING PHYSICS IN THE ENVIRONMENT OF INFORMATION AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS» APRIL, 2024 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

"PAZANDACHILIK ASOSLARI" BO'LIMINI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.

1Ochilov Shokir Baxtiyorovich, 2Xodjabayeva Gulbanu Alisher qizi, 3Zaripova Marjona

Zafarjon qizi

1Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti 2,3Navoiy davlat pedagogika institute talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10991629

Ilmiy texnika taraqqiyotiga tayangan inson faoliyati atrof-muhitga katta ta'sir qilayotgan bir sharoitda tabiat qonunlarini yaxshi bilib, unda kelajakni oldindan ko'ra bilish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Inson faoliyatining tabiatga ta'siri natijasida tuzatib bo'lmaydigan falokatlar keltirmasligi uchun uning oqibatlarini oldindan ko'ra bilish zarur. Buning uchun esa tabiat va uning doimiy qonunlari to'g'risida atroflicha tushunchaga ega bo'lib, uni amaliyotda sinab, qo'llay bilish kerak, hamda tabiat va uning qonuniyatlari to'g'risida aniq bilimga ega bo'lish zarur.

Bugungi kunda tabiatda iqlimning o'zgarishi nafaqat inson salomatligiga, balki butun tabiatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga ham salbiy ta'sirlarini ko'rsatmoqda.

Umumta'lim maktablari 7-sinf Texnologiya fani "Serviz xizmati yo'nalishida "Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi", "Taom tayyorlashning xavfsizlik texnikasi va sanitariya gigiena qoidalari" mavzulari STEAM ta'lim dasturi asosida o'qitishda kundalik faoliyatimizda iste'mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarimizning sifati, oziqaviy qiymati va ovqatlanish madaniyatlarini zamon talablari asosida o'qitish zaruriyati paydo bo'lmoqda.

Mahsulotlarning foydali xususiyatlari va salomatlik uchun xavfsizligini kafolatlagan holda, ularni saqlash muddatini ikki, uch, hatto, o'n barobarga uzaytirish mumkinmi degan savol paydo bo'ladi. Ko'plab davlatlarda, allaqachon, mahsulotlarni uzoq vaqt saqlashda kimyoviy yoki muzlatish usullaridan ancha samarali, xavfsiz va zamonaviy bo'lgan tinch atom texnologiyalaridan foydalanmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari ionlashtiruvchi nurlanish yordamida qayta ishlanib, ularning tarkibidagi tez chirishiga sabab bo'luvchi zararli zamburug' sporalari, bakteriya koloniyalari, parazit va hashoratlar 99 foizgacha yo'q qilinadi. Bu mahsulotlarning ta'mi va xushbo'yligini o'zgartirmagan holda saqlash muddatini bir necha bor oshirish imkonini beradi.

Tabiatlardagi bug'lanishlarning foydali va zararli tamonlarini STEAM ta'limiy yondashuv asosida texnologiya fanida qo'llay olish, ta'lim manbalari va ulardan foydalanishning uslubiy jihatlarini "Serviz xizmati" yo'nalishida oziq-ovqat taomlarini bug'lab, qovurib, qaynatib pishirish jarayonlari batafsil bayon qilish ta'lim samaradorligini ancha oshiradi.

Bug'da tayyorlash - bug'lash odatda qaynoq suvga solingan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash jarayonidir. Bunday usullar mantiqasqon yoki bug'da pishirishdan foydalanish mumkin. Bug'da pishirishda mahsulotlarning foydali xususiyatlari va vitaminlar saqlanib qolinadi.

Qaynatish usuli - hammaga ma'lum, qulay va oson bo'lgan usullardan biridir. Bu usulda mahsulotlar suv to'ldirilgan qozongan solinadi va pishguncha qaynatiladi. Qaynatish jarayonida suv ustidagi ko'piklar va yog'lar olib tashlanib turulsa ovqatimiz tiniq va mazzali bo'lib pishadi.

Qovurush usuli - oziq-ovqat mahsulotlarini tashqi qismi qizarishi uchun kam vaqt ichida yuqori temperaturada qovurib olish jarayoni keng qo'llanilmoqda. Yog' bilan qovurilgan mahsulotning kalloriyasi kamayib ketadi.

Ushbu holatlarni kartoshka misolida ko'rib chiqamiz.

Mamlakatimizda hozir kunda kartoshka eng ko'p iste'mol qilinmoqda. Kartoshkani bug'lash, qovurish, qaynatish yo'llari orqali tayyorlash mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

SPECIAL ISSUE «MODERN TENDENCIES OF TEACHING PHYSICS IN THE ENVIRONMENT OF INFORMATION AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS» APRIL, 2024 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

Qaynatilgan kartoshkalar tarkibi inson tana a'zolari uchun foydali bo'lgan moddalarga juda boy. 100 gramm qaynatilga kartoshkada taxminan 80 kaloriya, 15 gramm uglevodlar, 1,5

gramm oqsil va faqat 0,1 gramm yog' bo'ladi.

Oziqlanish qiymatlari bilan umumiy taomlarni ajratib ko'rsatishimiz mumkin:

- kartoshka pirogi 100 gramm uchun taxminan 200 kilokaloriyani o'z ichiga oladi;

- kartoshka bilan qovurilgan piroglar - allaqachon 250 kilokaloriya;

- go'sht bilan qovurilgan - 130 kilokaloriyadan ortiq;

- bir tomchi o'simlik yog'i bilan qo'ziqorin bilan qovurilgan - 120 kilo-kaloriyadan ortiq;

Eng mazzali ovqatlar kabi qovurilgan kartoshka ham zararli hisoblanadi. Kartoshkaning

qovurilishi natijasida uning tarkibidagi vitaminlar va boshqa foydali elementlar yo'qoladi. Kartoshka yog' bilan to'yinishi natijasida tarkibida kaloriya miqdori kamayadi. 100 gramm qovurilgan kartoshka tarkibida uglerod miqdori 24 grammni tashkil qiladi.

Bugungi kunda inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri-bu noto'g'ri ovqatlanishdir. Texnologiya fani "Servis xizmati yo'nalishi"da o'quvchilarni fanlalaro aloqadorlikda taom tayyorlash sirlarini o'qitish bilan birga ushbu taomning oziqaviy qiymati tushuntirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. Ochilov Sh.B. Forning students ekologikal competence physics lessons // J. Eastern european scientific. - Germany, ausgabe, №6. 2018. -p 134-138.

2. Ochilov Sh. B. Improving the methodology for the development of environmental competencies of students in the interdisciplinary teaching of physics //J. Acadecia An International Multidisciplianary Reserd. №10 -2021. -p. 1269-1273.

3. Ochilov Sh.B., Nematov B., Sharipov A.A., Mavlonova Yu.I., Usmonova S.T. Pedagogical-psychological diagnostic bases of preparing students for professional activity in technology education // J. Science and innovation. - O'zbekiston. №2. -2023. -p. 271-276.

4. Nematov B., Sharipov A.A., Ochilov Sh.B., Mavlonova Yu.I., Possibilities of using interactive tools in education // J. Science and innovation. - O'zbekiston. №2. -2023. -p. 117120.

5. Ochilov Sh. B., Ismoyilov D. B., Maxamatova I. R. O'quvchilarga serviz xizmati yo'nalishini fanlararo o 'qitish metodikasi // J. Uzbek Scholar. O'zbekiston. №2/12.-2024. -p.70-74.

6. Ochilov Sh. B. O'quvchilarga energetikaning ekologik muammolarini fanlararo o'rgatish // Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. № 4/18. -2023. -B. 257-261.

7. Ochilov Sh.B. Texnologiya fanini fanlalaro o'qitishda o'quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari // J. Science and innovation. № 1/7. O'zbekiston. -2022. -p. 1059-1064.

8. Nematov B., Ochilov Sh. B., O'quvchilarga sinfdan tashqari mashg'ulotlarni ekoturizm orqali rivojlantirish metodikasi // J. Uzbek Scholar. №2/17. O'zbekiston. -2024. -p. 78-81.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.