Научная статья на тему 'MEVALAR SHOHI-ANORNING QIMMATBAHO XUSUSIYATLARI'

MEVALAR SHOHI-ANORNING QIMMATBAHO XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
13
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
anor / vitaminlar / mineral tuzlar / farmasevtika / qand moddasi / kislota / urug‘ / meva

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Jaloldinova Xumoraxon Husanboy Qizi

Ushbu maqolada anorning qimmatbaxo xususiyatlari ya’ni inson organizmiga foydali tomonlari, uning tarkibidagi makro va mikroelementlar, mineral moddalar, vitaminlar to‘g‘risida to‘liq ma’umotlar keltirilgan bo‘lib, anorning yanada foydali tomonlari xaqida kengroq tanishib chiqish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEVALAR SHOHI-ANORNING QIMMATBAHO XUSUSIYATLARI»

MEVALAR SHOHI-ANORNING QIMMATBAHO XUSUSIYATLARI

1Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 2Jaloldinova Xumoraxon Husanboy qizi

1dosent, q.x.f.f.d (PhD), 2Agranomiya (anorchilik) yo'nalishi 4-bosqich talabasi. Agrar qo'shma

fakulteti Farg'ona Davlat Universiteti Email: idrisovh256@,gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10931746

Annotatsiya. Ushbu maqolada anorning qimmatbaxo xususiyatlari ya'ni inson organizmiga foydali tomonlari, uning tarkibidagi makro va mikroelementlar, mineral moddalar, vitaminlar to'g'risida to'liq ma'umotlar keltirilgan bo'lib, anorning yanada foydali tomonlari xaqida kengroq tanishib chiqish mumkin.

Kalit so'zlar: anor, vitaminlar, mineral tuzlar, farmasevtika,qand moddasi, kislota, urug',

meva

Аннотация. В этой статье представлена полная информация о ценных свойствах граната, то есть о его полезных сторонах для организма человека, макро- и микроэлементах, минералах, витаминах и других полезных сторонах граната.

Ключевые слова: гранат, витамины, минеральные соли, фармацевтические препараты, сахар, кислота, семена, плоды.

Abstract. In this article, complete information about the valuable properties of pomegranate, i.e., its beneficial aspects for the human body, macro and microelements, minerals, vitamins, and more useful aspects of pomegranate is presented.

Keywords: garnet, vitamins, mineral salts, pharmaceutical preparations, sugar, acid, seeds, fruits.

Butun dunyo jadallik rivojlanayotgan bir vaqtda, turli hil ko'zga ko'rinmas mikroorganizmlar, radiatsion nurlar ta'sirida, noto'g'ri ovqatlanish va boshqalar natijasida har xil hastaliklarning soni ortib bormoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda insonlar hayotini yaxshilash, ularning oziq-ovqatga bo'lgan extiyojini qondirish, farmaseftika, tibbiyot sohasida samarali foudalaniladigan mahsulotlrni yaratish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib turmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 28-yanvardagi PQ-4575-son "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qaroaida sohani rivojlantirishning istiqbollari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Farg'ona viloyatida anor yetishtirishni ko'paytirish va sohani rivojlantirish chora tadbirlari to'g,'risida"gi 2018-yil 4-oktabrdagi 791-son qarorida Farg'ona viloyatida anor yetishtiruvchi xo'jaliklarni tshkil etish va ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi xususiy sektor vakillariga ko'maklashish ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish, innavatsion resurs tejamkor tehnalogiyalar, asosida anor ko'chatlarini va mahsulotlarini yetishtirish uni qayta ishlashni kompleks rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromad darajasini oshirishga alohida etibor qaratigan.

Hammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor pishib yetiladi. Demak, bu mevani iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali hususiyatlari haqida va nega ularni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'xtalishni lozim topdik. Anor mevasi barcha mevalarning qiroli hisoblanadi. Uning to'q qizil rangi ko'zni qamashtiradi. Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qo'llanilib kelinadigan mevalardan biridir. Anor foydaliligi tan olingan bo'lib, unda organizmning

yaxshi faoliyat ko'rsatishi uchun barcha kerakli vitaminlar mavjud. Agar siz go'sht mahsulotli taomlarni iste'mol qilmasangiz va vegetarian bo'lsangiz, albatta shu meva sizning dasturxoningiz ustida doimiy ravishda bo'lishi kerak. Chunki unda go'sht mahsulotida mavjud 15 aminokislotalar bor. Unda yana asosiy bo'lgan S, R, B6 va V12 to'rt vitaminlari mavjud. Anor yana yod, kaliy, kalsiy, temir va kremniy kabi minerallarga boy.Anor ustki qismidan qurigan, ichi esa yaxshi pishgan va suvli bo'lishi kerak. Chunki siz anorni po'sti silliqroq vaqtida uzib olgan bo'lsangiz u taqdirda anor hali yaxshi yetilib pishmagan bo'ladi. Shuning uchun anorni po'sti quriganroq bo'lishi kerak. Anorning po'sti bizga uning pishgan yoki pishmaganligi haqida bilish imkonini yaratadi.Anor sharbati juda ham foydali bo'lib, uni qon kamlik kasalligida, aterosklerozda, bronxial astmada, anginada, diabet kasalliklarida iste'mol qilish tavsiya etiladi. Anorning po'sti, doni ham foydalidir. Ularning har biridan turli yo'nalishlarda foydalaniladi.Anorning po'stini choyga qo'shib ichilsa, u uyqusizlik dardiga uchraganlarga va asab tizimi toliqqan va stress holatda yurgan insonlarga foydalidir. Yana tomog'ingiz og'rib qolsa, shifokor huzuriga yetib borguningizcha anor po'stini qaynatib uning suvida chaysangiz ancha yordam beradi. Chunki uning tarkibidagi organik kislotalar infeksiyani yo'q qilish imkoniga ega. Anorni yana kosmetik vosita sifatida ham ayollarimiz o'z go'zalliklarini saqlash uchun qo'llashlari mumkin. Yuz teringiz yog'li va husnbuzarlar gohida sizni bezovta qiladimi? U taqdirda siz anor po'stini maydalab zaytun yog'ida salgina qovurib olib, uni muzlatgichda saqlang va haftada ikki martadan ko'p bo'lmagan holda yuzingizga niqob qiling. Shuni aytib o'tish joizki, anor ovqat ratsioniga kiritilgan bo'lsa va uni iste'mol qilib turilsa yurak xastaliklari yuzaga kelishini va ayollar ko'krak raki oldi olingan bo'lishi mumkin.Anor donalari esa yuqori bosimli kasallar uchun juda foydali, u bosimni sekin-asta tushishiga yordam beradi. Shuni eslatib o'tishimiz kerakki, oshqozon yara kasalligi mavjud insonlarga anorni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki u juda ham nordon va kislotalidir. Anor sharbatini o'zini ichish tishlarimiz emalini yemirilishiga olib kelishi mumkinligi sababli, unga ozgina qaynatilgan suv qo'shib ichish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Sharq aholisi anorni mevalar shohi deb ataydi. Anor xususiyatlari insoniyat tomonidan uzoq vaqt davomida o'rganilgan qadim zamonlarda mevalar tanani qo'llab quvvatlaydi va qalbda haqiqiy sevgini paydo qiladi deb ishonishgan.. vaqt o'tishi bilan olimlar ekzotik noziklikning immunitet tizimin mustahkamlashi va organizmga ko'plab kasalliklarga qarshi kurashishga yordam berishini isbotladilar. Anorning dorivorlik xususiyatlari juda ham ko'p hisoblanadi. Anor nafaqat meva balki butun vitamin kompleksidir.

Anor tarkibida ko'p miqdorda kaliy, mis, va fosfor mavjud.minerallar organizmning immune tizimini yaxshilaydi. S vitamining yuqori miqdori tufayli anor virusli kasalliklarga qarshi kurashda ajralmas vositadir.

Anorning barcha qismlari foydali hisoblanadi. Anorning barcha foydali hususiyatlariga quydagilar kiradi.-gemoglabinni oshiradi, anemiyaning prafilaktikasi hisoblanadi.- immunitetni oshirib kasalliklarga chidamli qiladi. -tanadagi kuchli isitmani yengillashtirishda samarali hisoblanadi.-"yomon" xolestetin ko'rsatgichlarini pasaytiradi.-asab tizimiga ijobiy ta'sir

qiladi.tashvish hissini yo'qotadi.-glukoza darajasini normallashtiradi, diabet rivojlanish xafini kamaytiradi. -qon bosimi ko'trilganida bosimni pasaytiradi, qon hosil bo'lishini yaxshilaydi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning muntazam oshib borishi, yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik ekinlari hosilining salmog'i va sifatiga alohida etibor berishni taqozo etmoqda. Respublikamizda ham aholining ehtiyoji va bozor talablaridan kelib chiqib, qishloq xo'jalik ekinlarining turlari yildan-yilga ko'payib bormoqda. Bu borada, o'tgan yaqin yillar ichida ushbu sohalarga ixtisoslashgan minglab yangi fermer xo'jaliklari va agroklasterlar tashkil etildi.

Anor(Punica L) O'zbekistonda qadim zamonlardan beri yetishtirib kelinmoqda. Uning vatani Ozarbayjon, Eron, Afg'oniston xisoblanadi. Anor avlodiga ikki tur kiradi. Ulardan biri (P.granatum L) bo'lib, O'rta Osiyo, Zakavkazeda o'stiriladi. Ikkinchi turi (P. Protopunica Balf) Sokotra orollarida yovvoiy holda o'sadi, uning mevasi iste'mol qilish uchun yaramaydi. Xozirda o'stirilayotgan anor va uning yovvoyi turlari selektsiya yoli bilan olingan. Anor asosan mevasi uchun o'stiriladi. Pishib yetilgan mevasi tarkibida 15-19 % qand, 1,2-2,5 % kislota bor. Anor sokida shifobaxsh temir va ko'p miqdorda tanin moddalari mavjud. Anordan meditsinada turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Anorning yog'ochi qimmatbaxo material xisoblanadi. Anor manzarali o'simlik sifatida ham o'stiriladi.

Anor odamdagi kasalliklarga kurashish bilan bir qatorda hayot siklini ham normaga solib turadi.Bu esa odamning uzoq va chiroyli hayot kechirishiga sabab bo'ladi. Anor buyrak va siydik yo'llarining yallig'lanishini oldini olishda uning sharbatidan foydalaniladi. Unda C va E vitaminlari uchraydi.

Anorning quyidagi foydali xususiyatlari bor:

-Anor tarkibida inson tanasidagi oqsillarni hosil qilishda ishtirok etadigan aminokislotalar

bor.

-Go'sht iste'mol qilmaydigan vegetarianlar uchun metabolizmning buzilishidan saqlanish uchun anor mevalari va ulardan sharbatni dietaga kiritish juda foydali bo'ladi.

-Anor sharbati qon aylanish tizimi uchun foydali bo'lgan organik kislotalarni o'z ichiga

olgan.

-Anor va uning sharbati inson qon tomirlari kengaytiradi , qon aylanishini yaxshilaydi.

-Bu anor sharbati gipertenziv bemorlarda qon bosimini pasaytiradi va qo'shimcha ravishda xolesterin miqdorini pasaytiradi.

-Anor sharbati yurak xurujlari va qon tomirlari ehtimolini kamaytirishga qodir.

-Anor organik kislotalar me'da shirasining ovqat hazm qilish fermentlarini ko'paytirishga yordam beradi.

-Anor sharbatida mavjud bo'lgan olma kislotasi jigar va o't pufagiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun jigar shikastlanganda va alkogol bilan zaharlanganda ushbu sharbatni ichish juda foydalidir.

-Anor tarkibidagi fenolli birikmalarning ko'pligi uning yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi, diuretik va xoleretik xususiyatlariga qarshi vosita siratida ishlatiladi.

-Buyrak va siydik yo'llari xastaliklarda anor va uning sharbatidan foydalanish yaxshi samara beradi.

-Anor tarkibidagi pektin moddalari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ular tanadan zararli moddalarni olib tashlaydi, antibiotiklarni qabul qilgandan keyin nojo'ya ta'sirlarni zararsizlantiradi.

-Xalq tabobatida nafaqat anor sharbatidan, balki mevalarning quritilgan po'stlog'idan va membranalaridan, shuningdek, anor daraxtining po'stlog'idan tayyorlangan qaynatmalar ham qo'llaniladi.

-Anor donalarining sharbati askorbin kislotasiga (14 %gacha), boshqa meva kislotalariga, qandlarga juda bor.

-Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi, shu bois uni organizmning sillasi quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish yo'llari infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioaktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi.

-Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi.

-Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi.

-Anor mevasi po'chog'idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig'lanishi holatida yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo'shimcha samara beradi. Tarkibida C vitamini juda ko'p miqdorda bo'lgan anor suvi organizmni mustahkamlaydi hamda ko'plab virusli kasalliklarning oldini olishda sitrusli mevalar sharbatidan qolishmaydi. Shuningdek anor ishtahani ochadi, uning urug'lari esa yurak mushaklarini mustahkamlaydi.

Anorning hamma qismlari foydali: po'chog'i ham, donalari ham, sharbati ham, danaklari ham, gullari ham, ildizi ham. U xo'l meva sifatida ham, murabbo ko'rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi . Anor o'z tarkibi va foydali xususiyatlariga ko'ra shu darajada noyobki, uni ham tibbiyotda, ham kosmetologiyada qo'llashadi.

-Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog'lar, sepkillar, husnbuzarlarni yo'q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi.

-Anor suvi organizmdagi moddalar almashinuvini rag'batlantirishga qodir. Agar uni uchga bir nisbatda smetanaga aralashtirib, har kuni krem sifatida qo'llanilsa, u terini oziqlantiradi va yoshartiradi.

Teri toshmalarni davolashda anordan quyidagicha foydalanamiz:

Anorlarni po'tidan ajratib olamiz va po'stini mayda qilib tuyib olamiz. Tuyib bo'lgach uni tovada qizartirib olamiz va bir choy qoshiq miqdorda sariyog' solib aralashtiramiz. Malham sovutkichda saqlanadi va haftasiga yuz terisiga ikki marta surtib qo'yiladi.

Bundan tashqari, anor po'stlog'iningkukuni yordamida kuyishdan qolgan jarohatni davolash mumkin . Kuygan joyga anor sharbatidan 5-6 tomchi tomizib , ustiga po'stlog'idan tayyorlangan kukun sepiladi . Muolaja har kuni ikka marotaba takrorlanadi. Bu bir hafta davomida bajariladi.

Anor butun dunyoda insonlarning ko'pgina hastaliklariga davo bo'lib kelmoqda Bu esa o'z navbatida anorga bo'lgan ehtiyojning ortishiga anor maydonlarining kengayishiga sabab bo'lmoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda anorning hozirgi kunda juda ko'plab navlari yaratilmoqda.

Yurtimiz hududida juda ham ko'p foydali meva turlari mavjud hisoblanadi. Jannatmakon bu o'lkamizda yetilib pishgan har bir meva asli foydali va vitaminlarga boy. Ammo anor mevasining inson organizimi uchun foydasi juda katta hisoblanadi. Anor mevasi taqiqotchilar tomonidan uning fizik- kimyoviy xususiyatlari o'rganilib chiqilganda uning mevasi va po'stlog'idan juda ham tabobada qo'lanilsa bo'ladigon vitaminlar topilgan.

Anor urug'i tarkibidan antioksidant ta'sirga ega bo'lgan moy kislotalar, tokoferol va flavonoidlar ajratib olingan.Anor urug'ining tarkibida temir (Fe3+), kaliy, mis moddasi,

antioksidantmoddalar kompleksi (flavonoidlar, tokoferol va boshq.) mavjudligi aniqlangan.Anor mevasi sharbati (quruq og'irligiga nisbatan ~40%) tarkibida uglevodlar(~14- 21%), limon kislotasi (~0,3-9%), vitaminlar (A, K, C, V6, V9, V12, R, E vaboshq.), makro va mikroelemetlar (Mg, Ca, K, P, Na, I, Fe va boshq.), antioksidantfaollikka ega bo'lgan polifenollar (punikalagin va boshq.) mavjud bo'lib, yurak-qontomir tizimi kasalliklari, artroz, diabet, o'sma kasalliklarining oldini olishi, immuntizimni faollashtirishi, ovqat hazm qilish tizimini funksiyasini yaxshilashida moddalar almashinuvini optimallashtirishi, qonda gemoglobin miqdorini oshirishi qayd qilingan4,5,6. Anor mevasi (100 g/72 kkal) tarkibining 60% qismini sharbat tashkil qilib, sharbat tarkibida uglevodlar (14-21%), limon kislotasi (0,3-9%), aminokislotalar (15 ta), vitaminlar (21%), makro va mikroelementlar (Cu-8%; K-7%; Mn-6%; P- 4% va boshq.) mavjud bo'lib, punikalagin moddasi antioksidant ta'sir ko'rsatishi qayd qilinadi.Ayrim tadqiqotchilar tomonidan Bangladesh hududida tarqalgan anor (Punica granatum L.) navlari mevasining biokimyoviy tarkibi, meva tarkibidan ajratib olingan biologik faol moddalarning farmakologik ta'sir faolligi o'rganilgan.

REFERENCES

1. Axmedov A.U., Namozov X.K., Xolboyev B.E., Toshpulatov S.I., Koraxanov A.X. Problemi zasoleniya i melioratsii zemel Uzbekistana (Na primere Golodnoy stepi) // Jurnal «Pochvovedenie i agroximiya». - Kazaxstan, 2020. - №2- S. 53-61.

2. A.Sattorov. Dard borki, darmon ham bor (O'simliklar bilan davolash 1-kitob). "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti. Toshkent-2021. 41-44 betlar.

3. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari (uch jildlik saylanma). "Abdulla Qodiriy" nashriyoti. Toshkent-2022. 2-jild.

4. Doroxova Ye.A., Axmedov Sh.M., Djalilov N.L. Karaxodjaeva G.M. Surxondaryo viloyatining issiq va quruq iqlimiga moslashgan anorning mahalliy navlari xilma-xilligi. Toshkent, 2020.

5. Bo'riyev X.Ch va boshqalar. Mevali va rezavor - mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi (uslubiy qo'llanma).-Toshkent-2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.