Научная статья на тему 'TABIATNING SHIFOBAXSH NE'MATLARI: ANJIR VA ANOR MISOLIDA'

TABIATNING SHIFOBAXSH NE'MATLARI: ANJIR VA ANOR MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
191
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
"TABIATNING ENG MUKAMMAL MEVASI" / ANJIR (FICUS CARICA) / ANOR (PUNICA GRANATUM) / "DONLI OLMA"

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muxiddinova M.M.

Ushbu maqolada anjir va anor daraxtlari mevalari va ularning o`ziga xos shifobaxshlik xususiyatlari yoritib berilgan. Aynan bu mevalarning organizmga foydalilik jihatlari hamda qaysi kasalliklarga davo ekanligi keltirib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HEALING BENEFITS OF NATURE: IN THE EXAMPLE OF FIGURES AND POMEGRANATES

This article describes the fruits of fig and pomegranate trees and their unique medicinal properties. It is the benefits of these fruits for the body and the treatment of diseases.

Текст научной работы на тему «TABIATNING SHIFOBAXSH NE'MATLARI: ANJIR VA ANOR MISOLIDA»

Muxiddinova M.M.

talaba

Termiz davlat universiteti O'zbekiston, Surxondaryo

TABIATNING SHIFOBAXSH NE'MATLARI: ANJIR VA ANOR

MISOLIDA

Annotatsiya: Ushbu maqolada anjir va anor daraxtlari mevalari va ularning o^ziga xos shifobaxshlik xususiyatlari yoritib berilgan. Aynan bu mevalarning organizmga foydalilik jihatlari hamda qaysi kasalliklarga davo ekanligi keltirib o^tilgan.

Kalit so \zlar: "Tabiatning eng mukammal mevasi", anjir (Ficus carica), anor (Punicagranatum), "donli olma".

Muxiddinova M.M.

student

Termez State University Uzbekistan, Surkhandarya

HEALING BENEFITS OF NATURE: IN THE EXAMPLE OF FIGURES

AND POMEGRANATES

Annotation: This article describes the fruits of fig and pomegranate trees and their unique medicinal properties. It is the benefits of these fruits for the body and the treatment of diseases.

Keywords: "The most perfect fruit of nature", fig (Ficus carica), pomegranate (Punica granatum), "grain apple".

Insoniyat juda qadim davrlardayoq turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini bilishga va ularni shifobaxsh o'simliklar bilan davolashga intilib kelishgan. Xalq tabobatiga bolgan qiziqish, uni hayotga kengroq tadbiq etish yolidagi intilishlar hozirgi kunda har qachongidan ham ortganligi bejiz emas. Tib ilmining sultonlari Suqrot hakim (Gippokrat), Jolinus (Galen), Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy hamda Abu Bakr Roziy kabi olimlar oz asrlarida xalq tibbiyotining o'ziga xos xususiyatlari, jumladan, tabiatda uchraydigan shifobaxsh o'simliklarning turli xil sir sinoatlari haqida o'z kitoblarida yozib qoldirganlar va bu asarlarda keltirilgan barcha qo'lyozmalar hozirgacha tabobatda qimmatli ma'lumotlar sifatida foydalanib kelinmoqda.

Shuningdek, tabiatda uchraydigan shifobaxsh mevali o'simliklar Islom dinidagi ba'zi oyatlarda tilga olingan: "Ularning ikkalasida ham mevalar, xurmo daraxtlari, anorlar bor". (55-sura, "Rahmdil", 68-oyat).

'^KOHOMHKa h ^HyMM №8(87) 2021

www.iupr.ru

38

Insonga malum, eng qadimiy "Jannat mevasi" ta'rifi berilgan, ozuqaviy qiymati yuqori bo'lgan va inson sogligiga nisbatan foydali hisoblangan anjir mevasi Kaliforniyada "Tabiatning eng mukammal mevasi" deb ham tilga olinadi. Anjirni bejiz tabiatning eng mukammal mevasi deyishmaydi. Zero, u foydali, shifobaxsh xususiyatlarni ozida jamlagan sandiqqa o'xshaydi. Dunyo tabobati tan olgan "Tib qonunlari" asari muallifi Abu Ali ibn Sino : "Anjirning o'ziga xos tabiati bor. Shinnising tasiri asal tasiriga o'xshaydi"- deya uning shifobaxshligi alohida to'xtalib o'tgan.

Anjir (Ficus carica L.)-tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi hisoblanadi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning janubida, AQSHda anjirzorlar katta maydonlarni egallaydi, shuningdek, Kavkaz, Orta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda Orta dengiz bo'yi, Kichik Osiyo, Eron, Shimoliy-g'arbiy Hindistonda o'sadi. Yovvoyi holda Ozbekistonda faqat Surxondaryo viloyatida To'palang daryo havzasida uchraydi. Anjir daraxtining bo'yi 4-10 m, shoxlari qalin, yoyilib o'sadi, novda, barg va mevasida sutsimon shira bor. Bargi yirik, 3-7 bolmali, bazan bolmasiz, to'q yashil, orqasida tuklari bor. Mevasi-och sariq yoki siyohrang, shirin, xushbo'y va qarsildoq mayda danakchali bo'ladi. Ammo, anjir mevasi insonga o'zgacha quvvat, salomatlik va go'zallik baxsh etadi. Mevasida 20-24 % qand, 0.5-4.2% pektin moddalari, 3.4-7.4% klechatka, 0.1% gacha organik kislotalar, karotin, kalsiy, temir, fosfor va boshqa moddalar bor.

Uning shifobaxshlik xususiyatlari haqida aytadigan bo'lsak, Abu Ali ibn Sino anjir mevasini balg'am ko'chiruvchi va yo'tal qoldiruvchi vosita sifatida qollagan. Balgam ko'chiruvchi dori sifatida anjir mevasini yeyish, yo'talni qoldirish uchun mevani sutda qaynatib, iste'mol qilishni buyurgan. Mevasining issiq damlamasi yaralarga davo qilinadi-damlamada namlangan doka yara ustiga qo'yiladi. Anjir bargidan olingan psoberan dorivor preparati (furokumarinlar yig'indisi) tibbiyotda pes kasalligiga davo qilinadi. Bundan tashqari, anjir ko'p miqdorda B6 vitaminini ham o z ichiga oladi. Bu vitamin organizmning aminokislota va oqsillarni parchalab, ulardan energiya olishga yordam beradi, asab tizimi faoliyatida muhim ro'l o'ynaydi va qarishning oldini oladi. Bundan tashqari, anjir sharbatini ichish revmatizm (bot), teri kasalliklari, buyrak va qovuqda toshlar paydo bolganda, jigar hajmi kattalashib og'riq berganda va shu kabi kasalliklarni davolashda yaxshi samara beradi. Quritilgan anjir ich surish xususiyatiga ega. Xalq amaliyotida Anjir bargi uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, "suti" teri kasalliklarini (kal,so'gal, temiratki), chayon va ari chaqqan joylarni davolashda ishlatiladi.

Ozbekistonda kadeta, sariq anjir, qora anjir, chapla va boshqa navlari ko'p ekiladi. Qora anjir bod kasalligini davollashda yordam beradi. U echki suti bilan birgalikda qaynatib iste'mol qilinsa, organizmni zararli moddalardan tozalaydi hamda immun tizimini mustahkamlaydi. Bu tansiq meva opka sili, mushakning holsizlanishi kabi xastaliklarda ham eng yaxshi davo hisoblanadi.

'^KOHOMHKa h соцнумм №8(87) 2021

www.iupr.ru

39

Shuningdek, yurakning tez urishi, bronxial astma (ziqqinafas), ko'krak og'rig'i, o'pka pardasi yallig'lanishi (plevrit) da nihoyatda foydali.

Anor - Anordoshlar ( Punicaceae) oilasiga mansub. Bu oila filogenetik jihatdan mirtadoshlar oilasiga yaqin bo'lib, unga bitta turkumga mansub 2ta tur kiradi. Bittasi sokorta anori (Punica protopunica). U Sokorta orolida o'sadi. Ikkinchisi oddiy anor (Punica granatum) Yevropaning Janubi- Sharqiy qismiga yaqin Sharq va O'rta Osiyoda tarqalgan. O'zbekistonda oddiy anor tabiiy holda ham o'sadi. Ikkala tur ham buta yoki kichik daraxtdan iborat. Gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulqo'rg'oni murakkab gultoji qizil rangli. Mevasi anor meva. Oddiy anor mevali va manzarali o'simlik sifatida ekiladi. Tuzilishidan olmaga o'xshaganligi sababli anorni qadimgi Gretsiyada "donli olma" deb atashgan. Tibbiyotda anorning mevasi, meva po'sti hamda poyasi, yirik shoxlari va ildiz po' stlog'i ishlatiladi.

Anor xalq tabobatida qadimgi shifobaxsh vositalardan biri hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino meva po'stini qon tupurish, milkdan qon oqishini to'xtatish, tishni mustahkamlash uchun hamda oshqozon-ichak kasalliklari ( ich ketish, qon aralash ich ketish), yaralar va boshqa kasalliklarni davolashda, shuningdek siydik haydovchi vosita sifatida ishlatgan. Oyoqda qon tomirining kengayishi va suv yig'ilishi kabi holatlarni davolashda anor guli yaxshi samara beradi. Bunda anorning gulini olib, issiq suvda ho'llab, suv yig'ilgan joyga qo'yib, ustidan bog'lab qo'yiladi.

Olimlarning aniqlashicha, anor yurak sog'ligini yaxshilaydi va uni muntazam ravishda iste'mol qilish inson qarishi jarayonini sekinlashtirishini aytib o'tishgan. Anor tarkibida (Punicalagin) bor. Bu modda erkin radikallarni zararsizlantiradi va antioksidant holatini oshiradi. Shifokorlarning fikriga ko'ra, anor tarkibidagi punikalagin va boshqa antioksidantlar qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi va "yomon" xolesterin (LDL) darajasini pasaytiradi. Bu aterosklerotik blyashka paydo bo'lishining oldini oladi. Shunday qilib, uyqu arteriyasi stenozi bo'lgan bemorlarga uch yil davomida kuniga 30 millilitr anor sharbatini ichish taklif qilingan. Natijada, tajriba ishtirokchilarda aterosklerotik blyashka paydo bo'lish xavfi 30% ga kamayganligi aniqlangan.

Anor mevasi gemoglobinni ko'taradi, shamollashni daf etadi, og'riqlardan xalos etadi, yurak og'rig'ini yengib, qon tomirlar va peshob yo'llaridagi faoliyatni yaxshilaydi, ich og'rig'ini davolaydi, ichaklardagi bog'lanish hamda o't qopi ishini me'yorga keltiradi, jigardagi quvvatsizlikka barham beradi va immunitetni ko'taradi.

Xalq tabobatida anordan diareya, dizbakterioz va dizenteriyada ham foydalaniladi. Anorning yangi sharbarti oshqozonda hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Shuning uchun uni og'ir hazm bo'luvchi taomlardan so'ng iste'mol qilish juda foydali. Anor sharbati og'iz bo'shlig'i kasalliklari va tomoq og'rig'ida ham davo. Anorning gijjalarga qarshi xususiyati qadim-qadimdan ma'lum. Anor daraxtining ildizi, po'stlog'i va novdalaridan tayyorlangan

damlama tasmasimon gijjalarni haydashga ko'maklashadi. Achchiq anor sharbati siydik haydalishiga yaxshi yordam beradi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkunki, xalq tabobati hayotga kengroq tatbiq etish inson sog'ligi va bugungi kun dorishunosligi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. To'g'ri, hozirgi kunda tibbiyot jadal rivojlanib, hayotimizda uchraydigan har qanday kasalliklarni bartaraf qilish xususiyatiga ega zamonaviy farmasevtik dorilar kundan-kunga ko'paymoqda, biroq xalq tabobatchiligida foydalanib kelingan turli xil shifobaxsh o'simliklardan to'g'ri tayyorlangan damlamalar inson organizmida hech qanday asorat qoldirmaydi. Ushbu maqoladagi anjir va anor mevalari shifobaxsh tabiatimizning bir qismigina hisoblanadi, xolos. Ularning nafaqat mevasi, balki, po'sti, ildizi hamda yirik novdalari, shuningdek poya va barglari ham o'zida ko'pgina shifobaxshlik xususiyatlarini namoyon qilganligi sababli mamlakatimizda anjirzor va anorzorlarni ko'paytirsak nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

2. В.А.Буригин, Ф.Х.Жонгуразов "Ботаника" 1977.

3. У. Пратов, К. Жумаев " Юксак усимликлар систематикаси" Тошкент-2003.

4.Ш.Эргашев "Юз дардга юз даво". "Абу Али ибн Сино" номидаги тиббиёт нашриёти. Тошкент-2002.

5. www.ensiklopediya.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.