Научная статья на тему 'ANJIR O’SIMLIGI MEVASINING YO’TALGA QARSHI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI'

ANJIR O’SIMLIGI MEVASINING YO’TALGA QARSHI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1094
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mikroelement / makroelement / pektin / kletchatka / temiratki / astma / plevrit / revmatizm / tromboflebit. / Microelement / macroelement / pectin / fiber / temiratki / asthma / pleurisy / rheumatism / thrombophlebitis

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ernazarova, M.Sh., Qo’yliyeva, M. U.

Anjir eng qadimgi madaniy o’simlik hisoblanadi. Anjir yovvoyi holda faqatgina o’rmonlarda emas, balki, Gruziya, Qrim, Armaniston, O’zbekiston, Shimoliy Kavkaz va Tojikistonning togli hududlarida ham uchraydi. Anjir subtropik daraxt bo’lib,tutdoshlar oilasiga kiradi va bo’yi 12 metrgacha o’sishi mumkin. Uy sharoitida u tabiiy sharoitda o’sganchalik katta bo’lmaydi. Och sariq yoki siyohrang tusli noksimon bu meva vitamin va quvvatbaxsh moddalarga boy bo’lib, insonga salomatlik, go‘zallik va yoshlik baxsh etadi. Maqolada anjir mevasining kimyoviy tarkibi va uning yo’talga qarshi va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HEALING PROPERTIES OF THE FRUIT OF THE FIG PLANT AGAINST COUGH

Figs are one of the oldest cultivated plants. Figs are found not only in forests, but also in the mountainous regions of Georgia, Crimea, Armenia, Uzbekistan, the North Caucasus and Tajikistan. The fig is a subtropical tree belonging to the alder family that can reach 12 meters in height. At home, it does not grow as large as it grows in nature. Light yellow or dark brown in color, this fruit is rich in vitamins and nutrients that give a person health, beauty and youth. The article provides information about the chemical composition of figs, its antitussive and other properties.

Текст научной работы на тему «ANJIR O’SIMLIGI MEVASINING YO’TALGA QARSHI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ANJIR O'SIMLIGI MEVASINING YO'TALGA QARSHI SHIFOBAXSHLIK

XUSUSIYATLARI

Ernazarova M.Sh.

Farmasiya fakulteti, Farmakognoziya va Farmatsevtik texnologiya kafedrasi

assistenti Qo'yliyeva M.U.

Farmakognoziya va Farmatsevtik texnologiya kafedrasi assistenti Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Anjir eng qadimgi madaniy o 'simlik hisoblanadi. Anjir yovvoyi holda faqatgina o'rmonlarda emas, balki, Gruziya, Qrim, Armaniston, O'zbekiston, Shimoliy Kavkaz va Tojikistonning togli hududlarida ham uchraydi. Anjir subtropik daraxt bo'lib,tutdoshlar oilasiga kiradi va bo'yi 12 metrgacha o'sishi mumkin. Uy sharoitida u tabiiy sharoitda o'sganchalik katta bo 'lmaydi. Och sariq yoki siyohrang tusli noksimon bu meva vitamin va quvvatbaxsh moddalarga boy bo'lib, insonga salomatlik, go'zallik va yoshlik baxsh etadi. Maqolada anjir mevasining kimyoviy tarkibi va uning yo'talga qarshi va boshqa xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Mikroelement, makroelement, pektin, kletchatka, temiratki, astma, plevrit, revmatizm, tromboflebit.

ABSTRACT

Figs are one of the oldest cultivated plants. Figs are found not only in forests, but also in the mountainous regions of Georgia, Crimea, Armenia, Uzbekistan, the North Caucasus and Tajikistan. The fig is a subtropical tree belonging to the alder family that can reach 12 meters in height. At home, it does not grow as large as it grows in nature. Light yellow or dark brown in color, this fruit is rich in vitamins and nutrients that give a person health, beauty and youth. The article provides information about the chemical composition of figs, its antitussive and other properties.

Keywords: Microelement, macroelement, pectin, fiber, temiratki, asthma, pleurisy, rheumatism, thrombophlebitis.

KIRISH

O'tkazilgan tadqiqotlarda ushbu meva iste'molidan keyin organizmdagi yomon xolesterin miqdori kamayishi aniqlangan. U qon tomirlar devorlarini mustahkamlash va tromblarni oldini olish xususiyatiga ega bo'lgan K vitaminiga ham boy. Ushbu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shirin meva tarkibida kletchatkalar mo'l bo'lgani sabab ham u oshqozon hazm tizimi uchun ahamiyatlidir.

MATERIALLAR VA USULLAR.

Ushbu maqolada foydalanilgan malumotlar mahalliy va xorijiy kitoblardan foydalanilgan.

NATIJALAR

Anjirning quyidagi foydali xususiyatlari mavjud:

- Anjir mevasi ter haydovchi va isitmani tushiruvchi xossaga ega.

- Buyrak va oshqozon faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

- Xalq tabobatida anjir damlamasidan shamollashda, anginada, milklar yallig'lanishida va nafas yo'llarining yallig'lanish protsesslarida qo'llaniladi.

- Zaharlanishni anjir bilan davolash mumkin. Chunki uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, undan zaharni haydab chiqaradi, buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.

- Anjir qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shu sababli u yurak qon-tomir xastaliklari va semirishda foydali vositadir.

- Anjir tarkibida katta miqdorda temir moddasi bor. Shu bois kamqonlikda foyda beradi.

- Anjirdan tayyorlangan sharbat ichni yumshatadi. Hatto anjir murabbosini issiq choyga solib ichish bilan ham ayni natijaga erishish mumkin.

- Sutda qaynatilgan anjir mevalari yiringli yaralarga bosilsa, ular tezroq pishib, yoriladi.

- Agar qo'l yoki oyog'ingizda qadoqlaringiz bo'lsa, tunda ularning ustiga anjir mevasini kesib, bog'lang. Tez orada qadoqlar ko'chib tushadi.

- Anjir mevasi tarkibida taxminan 24 foiz, quritilgan anjirda esa 37% gacha qand mavjud. Yangi anjir mevasida oqsillar 0,75g, yog'lar 0,3g, uglevodlar 19,18g, suv 79,11gni tashkil etadi. Anjir tarkibida yana vitamin B4- 4,7mg, vitamin C-2mg, vitamin B6-0,113mg, vitamin B3-0,4mg, vitamin B5-0,3mgni, minerallar Kaliy,K-232mg, Kalsiy,Ca- 35mg, Magniy,Mg-17mg, Fosfor,P- 14mg, Natriy,Na-1mgni tashkil etadi .Tarkibidagi kaliy, natriy va oqsil bo'yicha u yong'oq va o'rik bilan raqobatlasha oladi. To'yintirish darajasi esa go'shtnikidan aslo kam emas.

- Mazkur meva daraxti 150-200 yilgacha yashaydi. Uning bir tupidan 50kg gacha hosil olish mumkin. Anjir bargidan uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, "suti" esa teri kasalliklari (so'gal, temiratki), chayon va ari chaqqanda davo maqsadida ishlatiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Qadim-qadimdan anjir tabobatda keng qo'llanilgan. Uning mevasi qaynoq suv yoki sutda damlab iste'mol qilinsa, yo'tal, tomoq og'rig'ini davolashda yaxshi samara beradi. Mag'zi esa tana haroratini tushiruvchi va terni haydash xususiyatiga ega. Qora anjir bod kasalida yordam beradi. U echki suti bilan birgalikda qaynatib iste'mol qilinsa, organizmni zararli moddalardan tozalaydi hamda immun tizimini mustahkamlaydi. Bu tansiq meva o'pka sili, mushaklarning holsizlanishi kabi xastaliklarda ham eng yaxshi davo hisoblanadi.

- Ushbu mevada olmaga nisbatan temir moddasi bisyor. Shu sabab kamqonlik bilan og'rigan bemorlarga anjir iste'mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yurakning tez urishi, bronxial astma , ko'krak og'rig'i, o'pka pardasi yallig'lanishi (plevrit)da nihoyatda foydali. Quritilgan anjir ich surish xususiyatiga ega. Uning sharbati esa bolalar uchun quvvat bag'ishlovchi darmondori sanaladi. Mazkur sharbat ishtahani ochib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, revmatizm (bod), teri kasalliklari, buyrak va qovuqda toshlar paydo bo'lganida, jigar hajmi kattalashib, og'riq berganida anjir sharbatini ichish yaxshi samara beradi.

- Foydali ta'sirlari bilan birgalikda anjirning nojo'ya ta'sirlari ham borligini inobatga olish kerak.

- Anjir mevasini qandli diabetga uchragan va ichakning o'tkir yallig'lanishi mavjud bo'lgan bemorlarga berish mutlaqo mumkin emas.

- Yuqoridagilarni inobatga olgan holda anjir mevasining yo'talga qarshi yuqori samaradorligini o'rganish.

Anjir balg'am ko'chish protsessini yengillashtiradi.

Yo'talni davolashda eng asosiysi balg'amni ko'chirish hisoblanadi.Yo'tal simptomi asosan nafas yo'lining ichki qismida shilimshiqlarning tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Anjir tomoq yo'liga tushgach, shilimshiqni yumshatadi va bronxlardan shilimshiqni ko'chib chiqishiga yordamlashadi.

Yo'tal uchun anjir bilan sut eng oddiy va shirin mahsulot hisoblanadi. Bu meva infeksion kasalliklarni simptomlarini davolashda asqotadi.U faqatgina nafas yo'llari tizimiga ta'sir qilibgina qolmasdan, kasalliki bilan kurashishda organizmning immune tizimini ham mustahkamlaydi.Shuningdek bu tabiiy mahsulotyaxshi qabul qilinishi bilan birgalikda Mutlaqo allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.Sut, o'z navbatida tomoqni qo'shimcha yumshatadi va shishni yo'qotadi.

Anjir bilan sutli miksturani tayyorlash.

Buni tayyorlash uchun, anjirning 2-3 tasini oqar suvda yaxshilab yuviladi. Sirli idish olinadi va unga 300-350 ml sut solinadi. Idishni o'rtacha olovga qo'yiladi va unga yuvilgan anjirni solinadi. Qaynagandan so'ng olovni past qilib qo'yiladi, idishni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

og'zini berkitilib, 1,5-2 soatgacha qaynatiladiSuyuqlik quyuq bo'lib qo'ng'ir rangga kirsa, mahsulotning tayyor bo'lganligini bildiradi. Tayyor bolgan miksturani biroz sovutilib, issiqlay kun davomidan 1/3 stakandan ichiladi.

Davolash kursi 20 kunni tashkil etadi.Har kuni yangi tayyorlab ichiladi.

Yo'talni davolash uchun anjir mevasidan quyidagicha sharbat tayyorlanadi.

Anjir mevasidan 10-12 dona olib, sirlangan idishga solinadi va ustidan 1,5 stakan sovuq suv quyiladi.O'rtacha olovda 20-30 daqiqa qaynatiladi, keyin unga yana 1 stakan suv, 1 stakan shakar qo'shiladi va shakar toliq erib ketguncha , aralashtirib turgan holda qaynatiladi. Keyin unga limon sharbati va zanjabil qo'shiladi, aralashtiriladi, sovutiladi. Bu mikstura nam yo'talda yordam beradi.Bu mikstura bilan davolash kursi 1 oydan kam bo'lmasligi kerak. 1 osh qoshiqdan 1 kunda 3 -4 mahal ichish tavsiya etiladi.

Anjir antiseptik xususiyatni namoyon qiladi. Anjir mevasini iste'mol qilinganda, anjir tarkibida saqlanadigan foydali moddalar oshqozon va ichak devoridan tez so'riladi, qonga tushadi va organizmning har qanday qismidan yallig'lanish protsessini kamaytiradi, shu jumladan tomoq yallig'lanishini ham.

REFERENCES

1. Muravyova D.A.-Farmakognoziya. M. "Meditsina", 1991.

2. Pol de Mato "Terpenoidi" M., 1963.

3. Xolmatov X.X., Axmedov U.A.Farmakognoziya. Toshkent, Abu Ali Ibn Sino nashriyoti. Toshkent.,1995.

4. Халматов Х.Х. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана. Издательство "Медицина", 1964 г.

5. Сурикина Е.К. «О получении и проявлении бумажных хроматограмм углеводов» Тр. Комиссия по аналитической химии. М,. 1955.

6. Hojimatov Q., Olloyorov M. , O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.