Научная статья на тему 'SHIFOBASH QOQI O’TINING FOYDALI JIHATLARI'

SHIFOBASH QOQI O’TINING FOYDALI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
9420
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vitaminlar / malhamlar / nektar / tabletka / ukol / tabobat / sharbat / qaynatma / damlama / kosmetologiya / Vitamins / ointments / nectar / tablets / syringes / medicine / juice / decoction / tincture / cosmetology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xasanova, G.R., Ernazarova, M.E.

Bu maqolada dorivor qoqio’t o’simligi to’g’risida, uning shifobaxsh xususiyatlari, undan tayyorlangan maxsulotlarni iste’mol qilishni, uning ta’sirlari, oson va tushunarli tarzda keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BENEFITS OF HEALING POWDER

This article describes in an easy and understandable form a medicinal plant, its healing properties, the use of its products, its action.

Текст научной работы на тему «SHIFOBASH QOQI O’TINING FOYDALI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHIFOBASH QOQI O'TINING FOYDALI JIHATLARI

Xasanova G.R.

Farmakognoziya va farmasevtik texnologiya kafedra assistenti

Ernazarova M.E.

Farmakognoziya va farmasevtik texnologiya kafedrasi o'quv bo'lim bo'yicha mas'uli

Bu maqolada dorivor qoqio't o'simligi to'g'risida, uning shifobaxsh xususiyatlari, undan tayyorlangan maxsulotlarni iste'mol qilishni, uning ta'sirlari, oson va tushunarli tarzda keltirilgan.

Kalit so'zlar: Vitaminlar, malhamlar, nektar, tabletka, ukol, tabobat, sharbat, qaynatma, damlama, kosmetologiya.

This article describes in an easy and understandable form a medicinal plant, its healing properties, the use of its products, its action.

Keywords: Vitamins, ointments, nectar, tablets, syringes, medicine, juice, decoction, tincture, cosmetology.

O'simlik dunyosi- dorivor o'simlik tayyorlab undan kasallikka qarshi foydalanishda eng kam chiqim, zararsiz va topish oson hisoblanadi. Qadimdan insonlar, olimlar dorivor shifobaxsh o'tlardan foydalanib kelgan. Ularning boshqa dori turlaridan farqi (tabletka, ukol) uning inson organizmiga bezarar ekanligi. Ular dorivor o'simliklar bilan Abu Ali Ibn Sino, Abu Mansur, Gippokrat kabi o'z vaqtining mashhur insonlari shug'ullangan. Shunday ekan bugun biz hammamiz uchun tanish bo'lgan qoqi o'tto'g'risida tushuncha beramiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'p yillik bo'yi 40-50 sm ga yetadigan bo'lib,ko'p joylarda arirq bo'yida,tog' yonbag'irlarida o'rmonlarda uy artoflarida juda ko'p uchraydi. Kavkaz, Moldaviya, Belarussiya, Ukraina, Rossiya O'rta Osiyo Respublikalarida ko'p uchraydi

Barglarining hammasi ildiz oldi to'p bargdan tashkil topgan.Bargi oddiy lansetsimon yuqoriga qarab torayib boruvchi,chetlari chuqur-chuqur uyulgan bo'lib barg asosiga yo'nalgan bo'ladi. Bargning eni 1.5-5 sm, uzunligi 10-25 sm

Gullari savatchaga to'plangan sersuv silindirsimon diametri 5 sm. Ildizi o'q ildiz shoxlanmagan uzunasiga burushgan mo'rt. Hidsiz achchiq mazaga ega.O'simlik

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamma qismida achchiq sut -shira saqlaydi. Mevasi kulrang shamolga tez sochiladigan uchmali pista. May-Iyun oylarida mevasi pishadi.

Kimyoviy tarkibi

Qoqio't tarkibida taraksatsin, flavaksatsin, arnidiol, faradiol, lyutein, smola, karotinoid, saponinlar, 3% kauchuk, 40% inulin, achchiq moddalar, oshlovchi moddalar, BC, B1,B2, BE, B-PP, oqsil 5% , Fe, F, Mn, K, Ca tuzlari saqlaydi.

Qoqio't nectar manbasi hisoblanadi.Bahorda gullash vaqtida ayniqsa, shaker, oqsil va yog'ga boy bo'lganda, asal yig'uvchi asalarilar uchun ham ozuqa hisoblanadi. Asalarining ayrim oilalari 12 kilogrammdan 50 kilogrammgacha asal yig'adi. Ularning asali och sariq yoki tiniq sariq rangli bo'lib, tez kristallanish xususiyatiga ega. Dorivor mahsulot sifatida bargi, o'ti', ildizi ishlatiladi. Barglarini, o'tini may-iyun oylarida yig'iladi. Tomirlarini erta bahorda va kech kuzda so'ligan paytida tayyorlanadi. Quritgich shkaflarida 40-50 gradus haroratda quritiladi.

Xalq tabobati

Dorivor qoqio' o't haydovchi, isitmani tushiruvchi, yengil uchlatuvchi, antioksidant xususiyatlariga ega. Suvli eritmalari ovqt hazm qilishni, ishtaha ochishni, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, emizikli onalarda sut kelishini ko'paytiradi. Biologik modda borligi hisobiga undan bo'tqa tayyorlanib, kolit va ichakda ovqatni parchalanishida ishtirok etib, ichak faoliyatini tezlashtiradi.

Qoqio't kosmetologiya sohasida ham keng qo'llaniladi. Qoqio'tdan qilingan malham, damlama, qaynatma va sharbatlari terini yumshatadi, yuzdagi sepkil, husnbuzar, pigment dog'larini yo'qotishga yordam beradi. Bundan tashqari, allergiya, psariaz, kuygan yaralarga, oyoqdagi qadoqli yaralarga, chipqon kabi teri kasalliklarida ishlatiladi. Achchiq sut shirasidan sevol, qadoqli yaralarni yo'qotishda ishlatiladi. Qoqio'tining ekspiriment va kimyo farmakologik tahlil qilish natijasida antivirus, tuberkulyoz, gelmentlarga qarshi va qandli diabet kaslliklariga qarshilik xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Ildizidan tayyorlangan kukuni tanadan toksinlarni ter va siydik bilan olib chiqib ketishda, podagral va revmatizmda ishlatiladi. Quyuq damlamasi o't haydovchi va oshqozon sekretsiyalari faoliyatini kuchaytirishda ishlatiladi.

Qoqi o'ti va ildizidan qanday damlama yoki malhamlar tayyorlash mumkin.

1. Qoqio't tomirini quritib,, uni maydalab, 50 gramm miqdorida olinadi, ustiga 0,5 litr spirtning 40%li eritmasi solinadi. 21 kun qorong'u joyda saqlab, so'ngra doka yordamida suzib olinadi. Kuniga 1 choy qoshiqdan ikki mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. May oyidagi yosh barglarini, poyasini terib, bir osh tuzli suvda ivitib qo'yiladi(tarkibidagi achchiq chiqib ketishi uchun). So'ngra toza suvda yuvib, quritib, blenderda maydalanadi, siqib sokini olinadi. Etil spirtining 40%li eritmasi bilan 1: 1 nisbatda ararlashtirib, salqin joyga qo'yiladi va 3 kundan so'ng filtrlab, 1 choy qoshiqdan 2 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi.

3. Bir choy qoshiq maydalangan o'tga 1 stakan qaynoq suv solib, 2 daqiqa qaynatiladi. So'ngra 3 daqiqa tindirib, 0,5 stakandan 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi. Bu damlama bavosil, qandli diabetga foydali hisoblanadi.

4. Ikki osh qoshiq mahsulot o'tidan olib, 0,5 litr qaynagan suv solinadi va 20 daqiqa tindirib, dokadan suzib olinadi. 0,5 stakandan ovqatdan oldin iste'mol qilinadi. Buyrakdagi toshlarni sekin-asta tushiradi.

Qoqi o'tidan sovuq va issiq usullarda ham damlama tayyorlash mumkin.

1 usul. Sovuq usulda tayyorlash.

Ikki choy qoshiq maydalangan, quritilgan qoqi o'tidan olinadi va 1 stakan sovuq suv solinadi. 8 soat tindirib, dokadan o'tkazib, 1 osh qoshiqdan 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Oshqozon ichak ikasalligida , hazm qilishda va og'riqni qoldirishda juda foydali.

2 usul. Issiq usulda tayyorlash.

1 choy qoshiq maydalangan o'tga qaynoq 1 stakan suv solinadi , 1 soatga tindirib qo'yiladi, filtrlanadi. 4/1 stakan qaynatmani ovqatdan 30 daqiqa oldin iste'mol qilinadi. Bargdan tayyorlangan bo'tqani yuz terisiga surtiladi va 30 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.Yuzdagi sepkillarni va yuzni oqartirish uchun qo'llaniladi. Erta bahorda O'rta Osiyo mamlakatlarida, Tojikiston, Afg'oniston, Eron, O'zbekistonda ham yosh barglaridan salatlar, tansiq taomlar (manti, xonim, chuchvara) kabilar tayyorlanadi.

REFERENCES

1. Muravyova D.A.-Farmakognoziya. M,. "Meditsina", 1991

2. Pol de Mato "Terpenoidi" . M., 1963.

3. Xolmatov X.X., Axmedov U.A.Farmakognoziya. Toshkent, Abu Ali Ibn Sino nashriyoti. Toshkent.,1995.

4. Халматов Х.Х. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана. Издательство "Медицина", 1964 г.

5. Халматов Х.Х. и др. «Основные лекарственные растения Средней Азии». Ташкент, Изд-во Медицина, 1984.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.