ANOR MEVASINI TEXNIK TAHLIL QILISH NATIJALARI
X. Q. Pardayev
katta o'qituvchi (PhD), ToshDAU Samarqand filiali
Sh. E. Umidov
dotsent, q.x.f.f.d. Tosh DAU
M. O. Sohibova
magistratura talabasi, Tosh DAU Samarqand filiali
Maqolada respublikamizda yetishtirilgan anor mevalaridan sharbat va po'stlog'idan tabiiy vitaminlar va antioksidantlarga boy damlama tayyorlash usullari bo'yicha dastlabki tadqiqotlar olib borishda anorning texnik tahlili bo'yicha natijalari keltirilgan.
Kalit so'zlar: anor sharbati, pasterizatsiya, vitaminlar, antioksidant, anor qobig'i, damlamasi, makro va mikro elementlar.
The article presents the results of the technical analysis of pomegranate during preliminary research on methods of preparation of tincture rich in natural vitamins and antioxidants from juice and peel of pomegranates grown in our republic.
Keywords: pomegranate juice, pasteurization, vitamins, antioxidant, pomegranate peel, tincture, macro and micro elements.
Anor yurtimizda 2000 yildan buyon yetishtirib kelinadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha sohibqiron Amir Temurning dasturxonidan doimo anor mevasi o'rin olgan. Mirzo Bobur asarlarida ham anor navlarining ta'rifi qayd qilingan. Anor mevasi 700 ga yaqin urug' shaklidagi donachalardan tashkil topgan. Anorning 10 dan ortiq turi uchraydi va mevalar ta'mi va rangi bilan bir -biridan farqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan
October 5-6
strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta'minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o'zlashtirish, paxta, g'alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo'jaligi ekinlari ekishni ko'paytirish, shuningdek, bog', tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadida:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239-son qaroriga asosan:
Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg'ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo'nalishidagi qishloq xo'jaligi birlashmalari tashkil etilganligini va meva-sabzavot klasterlari tashkil etilganligini misol qilishimiz mumkin [1].
FOYDALANILGAN MATERIALLAR VA USULLAR
Anor mevasining kimyoviy tarkibi tadqiqotchilar tomonidan o'rganilib, juda ko'p shifobaxsh xususiyatlari aniqlangan. Mevasining ekstrakti ko'krak bezi saratoni, miya, tuxumdon saratoni rivojlanishiga antikanserogen va hujayralarga ektrogenlarga o'xshash ta'sir ko'rsatishi aniqlang an. Anor mevasi sharbati (quruq og'irligiga nisbatan-40 %) tarkibada uglevodlar (14-21 %), kislotalar (0,3-9 %), vitaminlar (A, K, C, V6, V9, V12, R, E), makro va mikro elementlar (Mg, Ca, K, Na, I, Fe), antioksidant faollikka ega bo'lgan polifenollar (punikalagin va boshqalar) mavjud bo'lib, yurak-qon tomir kasalliklari, artroz, diabet, o'sma kasalliklarni oldini olishi, immun tizimini faollashtirishi, ovqat hazm qilish tizimi faolyatini yaxshilashi, moddalar almashinuvini optimallashtirishi, qonda gemoglabin miqdorini oshirishi qayd qilingan [2, 3].
Anor sharbati tarkibidagi vitaminlarni saqlab qolish, sharbatning yuqori shaffoflik darajasini ta'minlash, anordan shifobaxsh davolovchi sharbat olish, har xil temperatura ta'sirida olingan mahsulot turlarini ko'paytirishga qaratilgan texnologik usullar yaratish masalalari yetarlicha darajada olib borilmagan [4]. Shuningdek, anor mevalaridan mexanik usulda siqib olingan sharbatni chuqur qayta ishlashda past, o'rta va yuqori haroratlarda (60-100 °C) issiqlik bilan ishlov berish natijasida sharbat tarkibini o'zgarishi, vitaminlar miqdorini saqlab qolish usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Anor mevasining chuqur qayta ishlash uchun dastlab mevalarni yig'ib
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022
Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative
Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
olgandan keyin navlar bo'yicha texnik tahlil qilish muhim hisoblanadi.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MA'NOSI
Yuqoridagilarni hisobga olib tadqiqotlarimizni Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari tumanlarida yetishtirilgan anor navlarning texnik tahlillari olib borildi. Tajribalarni olib borishda anor mevasining navlar bo'yicha o'rtacha og'irligi (g), sharbat chiqishi (%), po'stloq chiqimi (%), urug' (%) hisobida texnik tahlili o'rganildi (1.1. jadval).
1.1. Jadval.
Anor mevasining texnik tahlili
№ Tadqiqot qilingan nav Yetishtirilgan j°yi Anor mevasining og'irligi, g Sharbat chiqishi, % Po'stloq chiqimi, % Urug'i, %
1 Qizil anor Shahrisabz 259 60,4 23,2 16,4
2 Oq dona (Tuya tish) Kitob tumani 374 51,7 36,4 11,9
3 Ulfi Tayloq tumani 183 47,7 34,6 17,7
4 Nordon Tayloq tumani 217 45,3 38,6 16,1
5 Achchiq dona Yakkabog' tumani 345 44,2 37,5 18,3
6 Qora dona Kitob tumani 217 56,4 31,3 12,3
O'rganish natijalariga ko'ra Tuya tish va achchiq dona navlari mevalarining og'irli boshqa navlarga qaraganda bir muncha o'g'ir bo'lib mos ravishda 374 g va 345 g ni, sharbat chiqishi 193,3 g va 152,4, po'sloq chiqimi 136,1 g va 129,3, urug'i 44,5 g va 63,1 tashkil qildi. Texnik tahlil qilingan navlar ichida qizil anor va qora dona navlari mevasining o'rtacha og'irlig i mos ravishda 259 g va 217g ni, sharbat chiqishi qizil anor navida eng yuqori 60,4 % ni, po'sloq chiqimi 23,2 % ni, urg'i 16,4 % ni taskil qilgan bo'lsa qora dona navida mos ravishda 56,4 %, 31,3 %, 12,3 % ni, tashkil qildi. Qolgan navlarning sharbat chiqishi nisbatan past, po'sloq va urug' chiqimi umumiy og'irligiga nisbatan yuqoriligini 1.1-jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkin.
® ©
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
o1
483
XULOSA
Olib borilgan tadqiqod bo'yicha anor mevasini chuqur qayta ishlashda dastlabki texnik tahlil asosida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Anor mevasidan sharbat tayyorlashda qizil anor va qora dona navlari sharbat chiqishi yuqori bo'lib 60,4 va 56,4 % ni tashkil qiladi. Ushbu navlardan anor sharbati ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish istiqbolli hisoblanadi.
REFERENCES
1. https://www.lex.uz/docs/-4567334
2. http s: //agronet. uz/anor-mevasi/
3 Багатурия Н.Ш., Купатадзе И.В. Химический состав промышленных сортов граната //Пиво и напитки. 2005, 3, 42-42.
4. Гваладзе Г.Д. Безотходная комплексная технология переработки плодов граната// Пищевая промышленность. 2010, 7, 12-13.
October 5-6