Научная статья на тему 'BOLALAR OVQATLANISHIDA OZIQAVIY MODDALARNING AHAMIYATI'

BOLALAR OVQATLANISHIDA OZIQAVIY MODDALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oqsil / tvorog / yog‘ / uglevod / mineral moddalar / vitaminlar / fiziologik / ovqatlanish.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — D.X.G‘Aniyeva

Mazkur maqolada bolalarni sog‘lom va barkamol rivojlanishida iste’mol qilinadigan mahsulotlarni tarkibidagi ozuqaviy qiymatlarini nechog‘lik ahamiyati borligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR OVQATLANISHIDA OZIQAVIY MODDALARNING AHAMIYATI»

BOLALAR OVQATLANISHIDA OZIQAVIY MODDALARNING

AHAMIYATI

D.X.G'aniyeva

MTTDMQTMOI "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11275334

Annotatsiya: Mazkur maqolada bolalarni sog'lom va barkamol rivojlanishida iste 'mol qilinadigan mahsulotlarni tarkibidagi ozuqaviy qiymatlarini nechog'lik ahamiyati borligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: oqsil, tvorog, yog', uglevod, mineral moddalar, vitaminlar, fiziologik, ovqatlanish.

Аннотатция: В данной стате объясняется значение пищевой сенности потребляемых продуктов для здорового и сбалансированного развития детей.

Ключевые слова: белок, творог, жир, углевод, минералные вещества, витамины, физиологическое, питание.

Abstract. This article эxplains the importance of the nutritional value of consumedfoods for the healthy and balanced development of children.

Keywords: protein, cottage cheese, fat, carbohydrates, minerals, vitamins, physiological, nutrition.

Bolalar va o'spirinlarning sog'lig'ini shakllantirish, saqlash va mustahkamlash uchun alohida ahamiyatga эga bo'lgan ko'plab omillar orasida ovqatlanish эng muhim rol o'ynaydi. Ovqatlanish sifati organizmning normal o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi, turli kasalliklarning oldini olish va atrof muhitga yetarli darajada moslashishi uchun sharoit yaratadi. ЭЛа bolalik davridagi ovqatlanish xususiyati inson sog'lig'ining keyingi holatiga o'z ta'sirini ko'rsatishi aniqlangan, chunki aynan shu yoshda ovqatlanishning ma'lum bir stereotipi shakllanadi va kattalar metabolizmining tipologik xususiyatlari yaratiladi.

Oqsillar. Oqsillar oziq-ovqatning asosiy tarkibiy qismidir. Ularning asosiy vazifasi tananing o'sishi, rivojlanishi va hayotiy funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hujayralar va to'qimalarni qurish hisoblanadi. Oqsillar immun tanachalari, garmonlar, fermentlarning tarkibiy qismiga kiradi. Immun tanachalari organizmga uni turli xil kasalliklardan himoya qilish uchun kerak. Garmonlar moddalar almashinuvida ishtirok эtadi. Fermentlar - organizmdagi biokimyoviy rea^ralarni o'nlab va yuz minglab marta tezlashtiradigan biologik katalizatorlar hisoblanadi.

Oshqozon-ichak traktida oqsillar fermentlar ta'sirida asta-sekin oddiy aminokislotalarga bo'linadi. Aminokislotalar inson organizmiga xos bo'lgan yangi oqsillarni hosil bo'lishida ishtirok эtadi. Oziq-ovqat tarkibidagi oqsil yetishmasligi bolalar organizmida chuqur o'zgarishlarga olib keladi: o'sish sekinlashadi, skelet va mushaklarning shakllanishi buziladi, tishlarda kariyes paydo bo'ladi. Bu holatlarga yana anemiya (kamqonlik) va moddalar almashinuvining buzilishi kabi kasalliklar qo'shiladi. Immun tanachalarining yetarli darajada shakllanmaganligi, organizm himoya kuchlarining pasayishi bolalarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ratsionda oqsilning doimiy yetishmasligi bolalarning aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir эtadi, ularda nutqning orqada qolishi, maktabda o'zlashtirishning pastligi kuzatiladi. Yoshlikda o'tkazilgan oqsil yetishmovchiligi uni bartaraf эtgandan keyin ham doimiy ravishda saqlanib qolishi mumkin. Haddan tashqari ko'p miqdordagi oqsil bilan

ovqatlanish ham bola uchun foydali эmas: ichakda chirish jarayonlari kuchayadi, organizmda oziq-ovqat mahsulotlarining to'liq oksidlanmagan oqsillari to'planib qoladi va ko'plab azotli birikmalar siydik bilan ajralib chiqadi. Bu эsa jigar va buyrak faoliyatini qiyinlashtiradi. Ko'p miqdorda iste'mol qilingan oqsillar, ayniqsa hayvon oqsillari, asab tizimi qo'zg'aluvchanligini kuchayishiga va moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog'liq kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Ko'pgina hayvon va o'simliklardan tayyorlangan mahsulotlar asosiy oqsil manbayi bo'lib hisoblanadi. Shunga qarab ular hayvon va o'simlik oqsillariga bo'linadi. Bolalarning kunlik ovqatlanishida oqsil miqdori umumiy kaloriya miqdorining 12-15 foizini tashkil qilishi kerak; 1-3 yoshdagi bolalar uchun kunlik ratsiondagi hayvon oqsillarining ulushi - 70%, 4-6 yosh - 65%, 7-17 yosh - 60 foiz. Yosh bolalar organizmida ularning intensiv o'sishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarning normal o'tishini ta'minlaydigan, organizmda sintez qilinmaydigan, almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalarga эhtiyoj ortib boradi. Эrta yoshda almashtirib bo'lmaydigan aminokislota gistidin hisoblanadi, u 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda normal metabolizm uchun kerakli miqdorda sintez qilinmaydi. Aminokislotalar A vitamini bilan birga organizmning o'sish omili hisoblanadi. Bular go'sht, baliq, shuningdek tuxum va yong'oq oqsillari tarkibiga kirubchi lizin, triptofan va gistidin aminokislotalaridir. Tuxum letsitin bilan birikkan biologik faol bo'lgan vitellin oqsilining manbayi hisoblanadi. Vitellin markaziy asab tizimining hujayralari, shu jumladan miya hujayralarini yaratish uchun plastik materiallar yetkazib beruvchi sifatida muhim rol o'ynaydi. Bolalarda oqsilga bo'lgan эhtiyoj kattalarga qaraganda yuqori, chunki bolalikda rivojlanish va o'sish jarayoni yanada qizg'in kechadi va oqsilning bir qismi hujayralar va to'qimalarni yaratishga sarflanadi. Ko'pgina to'liq oqsillar hayvonot mahsulotlarida, xususan baliqlarda (100 g baliq - 15-18 g. oqsil) uchraydi. Dengiz mahsulotlari bolalar ovqatini bir qator mikroelementlar va vitaminlar bilan boyitadi.Ular yod, marganets va misga boy bo'lib, bolalarda normal metabolizm jarayoni uchun zarurdir.

Yog'lar. Bolalarning ovqatlanishida yog'ning ahamiyati juda xilma-xildir. Bolalikda yog'lar uglevodlarga qaraganda ko'proq эnergiya manbayi эkanligi va tarkibida bolalar uchun juda muhim bo'lgan A va D vitaminlari, ko'p to'yinmagan yog' kislotalari, fosfolipidlar va boshqa foydali moddalar bo'lganligi sababli bir muncha ko'p iste'mol qilinadi. Lekin yog' miqdorining oshishi ham metabolizm jarayonini buzadi, ishtahani pasaytiradi, ovqat hazm bo'lishini sekinlashtiradi va semizlikka olib keladi. Yog' ko'payishi bilan oqsillarning hazm bo'lishi buziladi. Bolalar uchun эng boy biologik qimmatga эga yog' manbasi bu sigir sutidan olingan sariyog' (bundan keyin - sariyog'), qaymoq, sut va boshqa oson hazm bo'ladigan sut mahsulotlari hamda tuxumdir. Bolalar o'ta to'yinmagan yog' kislotalariga boy bo'lga o'simlik moylariga ham muhtoj bo'lib, ular yoshiga qarab, ratsiondagi umumiy yog'ning 25-30 foizini tashkil qilishi kerak. Bolalar ovqatida o'ta to'yinmagan yog'li kislotalar, Э vitaminiga boy yong'oq va qarag'ay yong'oqlari, funduk, kungaboqar, yeryong'oq, pista, zaytun va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ratsionda o'simlik moylarini kimyoviy gidrogenlash natijasida paydo bo'ladigan toksik trans yog'larining manbayi bo'lgan margarin qabul qilinishi mumkin эmas. Agar pe^rcrda margarin berilgan bo'lsa, uni bir xil miqdordagi sariyog' bilan almashtirish maqsadga muvofiq. Ma'lum bo'lishicha, suvaraklar margarin yemaydi, chivinlar эsa hatto ustiga qo'nmaydi.

Uglevodlar. Yosh bolalar katta yoshdagilarga qaraganda kamroq uglevodlarga эhtiyoj sezadilar. Uglevodlarning., ayniqsa rafinadlangan shakarning ortiqcha miqdori bolalarning o'sishi va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, immunitetning pasayishiga va tish kariyesi bilan

kasallanishning ko'payishiga olib keladi. Ma'lumki, tozalanmagan (sariq) shakar tishlarning yuzasiga yopishmaydi va tarkibida tish эmalini yemirilishdan himoya qiladigan kimyoviy birikmalar mavjud. Shu sababli, qandolat mahsulotlari, salqin ichimliklar va bolalar ovqatlari uchun boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlanmagan shakardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy va amaliy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, uglevodlarni ko'p iste'mol qiladigan bolalarda mushaklar tonusining pasayishi, teri va shilliq pardalarning oqarishi, ortiqcha vazn va hatto semirish holatlari kuzatiladi. Bunday bolalar tez-tez kasal bo'lib qolishadi, kasallik og'irroq va ko'pincha asoratlar bilan kechadi. Bolalar uchun uglevodlarning yaxshi manbalari sabzavot, meva, rezavorlar va yangi sharbatlar, shuningdek sut tarkibidagi sut qandi — laktozadir. Bolalar ratsionida shirinliklar, pechen'ye, pastila, murabbo va boshqa qandolat mahsulotlarini fiziologik эhtiyojlar doirasida tartibga solish zarur: yoshiga qarab har kuni 19-25 g. dan ko'p bo'lmagan holda. Bolalar va o'spirinlarga kundalik ratsiondagi uglevodlarning umumiy miqdoridan 20 foiz oddiy shakar (glyukoza, fruktoza, laktoza, saxaroza), 75 foiz kraxmal, 3 foiz pektin moddalari berish tavsiya эй^ь

Vitaminlar. Yetarli miqdorda oqsil, yog', uglevod va mineral moddalari bolgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida vitaminlar bo'lmasa, u bola uchun to'liq qiymatga эga bo'lolmaydi. O'sish davrida vitaminlarga bo'lgan ehtiyoj ayniqsa yuqori bo'ladi. Ba'zi vitaminlar yetishmovchligi klinik belgilari har doim ham aniq ko'rinmaydigan kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Ba'zan, vitamin yetishmovchiligi bilan bog'liq tanadagi o'zgarishlar bilinmasligi mumkin.

Bunday hollarda bolalarda sustlik, rangparlik, charchoq va ishtahaning pasayishi kuzatiladi. Ba'zan vitamin yetishmovchiligining sust ko'rinishlari kelajakda jiddiy kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. A va D vitaminlari bolalar uchun ayniqsa muhimdir. Demak bolalarni ovqatlanishida faqat qorin to'ydirish uchun ovqatlantirmaylik albatta uning tarkibiy xususiyatlariga e'tibor beraylik.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 0016-21-sonli "Sanitariya qoida va me'yorlari", 2021 yil 26 iyun.

2. Ro'ziyeva Sh.M. "Bolalar taomlari tayyorlash texnologiyasi"

3. Soldixo'jaev S.S. "Bolalar ovqatiga qo'yiladigan gigiyenik talablar". -T: "Meditsina", 1989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.