Научная статья на тему 'BOLALAR ORGANIZMINING UGLEVODLAR BILAN TA’MINLANISHI'

BOLALAR ORGANIZMINING UGLEVODLAR BILAN TA’MINLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
2609
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
uglevod / glikogen / katalitik / glikoliz / monosaxaridlar

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Hulkar Normurodovna Hazratova, Shahlo Ovulovna Orziqulova

Uglevodlar bola oranizmining moddalar va energiya almashinuvida, o’sib rivojlanishlanishida, asosiy va qo`shimcha oziq moddalarga bo’lgan talabning yetarli darajada qondirilib borilishida juda katta ahamiyatga ega. O`suvchi organizmlarning iste`mol taomlarida uglevodlarning zaruriy miqdorda bo`lishi, tanadagi fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni me`yorida borishini ta`minlaydi. Shu sababli o`suvchi yosh organizmlar, ya`ni bolalarning oqilona ovqatlanishini to`g`ri tashkil qilishni talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR ORGANIZMINING UGLEVODLAR BILAN TA’MINLANISHI»

BOLALAR ORGANIZMINING UGLEVODLAR BILAN TA'MINLANISHI

Hulkar Normurodovna Hazratova Shahlo Ovulovna Orziqulova

Samarqand davlat universiteti doktoranti Kasbi tumani 26-maktab biologiya fani

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Uglevodlar bola oranizmining moddalar va energiya almashinuvida, o'sib rivojlanishlanishida, asosiy va qo'shimcha oziq moddalarga bo'lgan talabning yetarli darajada qondirilib borilishida juda katta ahamiyatga ega. O'suvchi organizmlarning iste'mol taomlarida uglevodlarning zaruriy miqdorda bo'lishi, tanadagi fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni me'yorida borishini ta'minlaydi. Shu sababli o'suvchi yosh organizmlar, ya'ni bolalarning oqilona ovqatlanishini to'g'ri tashkil qilishni talab etadi.

Kalit so'zlar: uglevod, glikogen, katalitik, glikoliz, monosaxaridlar

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 10 noyabr 2020- yilda qabul qilingan, PQ- 4887 sonli " Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora- tadbirlar" to'g'risidagi qarorlarida, aholining sog'lom ovqatlanishi va jismoniy faolligini ta'minlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir insonda sog'lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me'yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog' miqdori ko'p bo'lgan taom va shirinliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish bolalarda semizlik, qandli diabet, yurak qon-tomir kabi insonning erta o'limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Ma'lumki, kunlik iste'mol qilinadigan oziq- ovqat mahsulotlari tarkibidagi makronutriyentlardan biri uglevodlar bolalarning o'sishi, rivojlanishi, aqliy va jismoniy kamolotida va organizmda kechadigan boshqa fiziologik jarayonlarning maromida kechishi uchun muhim hisoblanadi. Shu bois ularning kunlik ovqat bilan qabul qilib turiladigan miqdorining keskin kamayishi organizmda boradigan jarayonlarg salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Bolalar organizmi o'sish va rivojlanish xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Buning asosida esa assimlyatsiya va dissimliyatsiyadan iborat bo'lgan moddalar almashinuvi jarayonlari yotadi. Bola qancha yosh bo'lsa, uning o'sishi va rivojlanishi shuncha jadal bo'ladi. Shu bois ham, umumiy sarflanadigan energiyaning asosiy qismi tana massasining o'sishi va bo'y o'ssishiga sarflanadi. Yosh organizmning o'sishi va rivojlanishi ovqatlanish omilining ta'siri natijasida buzilishi, uning jismoniy

taraqqiyotini sezilarli daraja me'yoridan chetga chiqarishi mumkin. Bolalarda tana massasi bo'y uzunligiga nisbatan ovqatlanish omiliga juda yaqindan bog'liq bo'lib, oziq- moddlarga nisbatan bo'lgan surunkali taqchillik uni keskin kamaytirsa, ayrim oziq moddalarni masalan, uglevodlarni ko'plab iste'mol qilish buning teskarisiga oshirib yuboradi.

Uglevodlarning oziq-ovqat mahsuloti sifatidagi qiymati uning organizmni energiya bilan ta'minlashi bilan o'lchanadi. Amalga oshiriladigan barcha faoliyatlar uchun zarur energiya birinchi navbatda uglevodlar hisobidan ajralib chiqadi . Kunlik ovqatdagi uglevodlarning hissasi oqsillar va yog'larga nisbatan 4-5 barobar ziyod bo'lib, kishilar tomonidan sutka davomida sarflanadigan umumiy energiyaning 50-55 % uglevodlar hisobidan bo'ladi. Bolalar ovqatlanish ratsionidagi uglevodlar zimmasiga to'g'ri keluvchi ulush ko'p jihatdan ularning yoshiga bog'liq. Bola hayotining birinchi yilida kaloriyaga bo'lgan ehtiyojni qoplovchi uglevodlar miqdori 40 % ni tashkil etadi. Bir yoshdan so'ng u 60 % gacha ortadi.

Uglevodlar asosiy energetik manba bo'lishi bilan bir qatorda katalitik reaksiyalarda (D-glyukoza-1,6-difosfat, pentozalar va boshqalar) ishtirok etib, muskul, qo'shiluvchi va boshqa to'qimalar tarkibiga kiradi hamda zahira uglevodlarni shakllantiradi [1]. Shu bilan bir qatorda, uglevodlar nuklein kislotalarning muhim qismini tashkil qiladi va qator gormonlar (jinsiy gormonlar, gipofiz gormonlari va boshqalar) tarkibiga kiradi [2]. Ichaklarning harakat funksiyasida qatnashadi va hazm bezlarining sekretor faoliyatida ishtirok etadi .Shuningdek, ular oqsillar bilan kompleks birikmalar tashkil qilib, organizmning himoya funksiyasida faol qatnashadi (mukoproteidlar va boshqalar), bakteriotsitlik xususiyatini namoyon qiladi (pektinlar) hamda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan toksinlarni zararsizlantiradi [4] Organizmning uglevodlarga bo'lgan talabini qondirish nisbatan oqsillar va yog'larga qaraganda osonroqdir. Chunki ular deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida (donlar, ildizmevalar poliz mahsulotlari, meva-chevalar) uchraydi. Shu sababli organizmning uglevodlarga bo'lgan kunlik talabidan ham ko'proq uglevod iste'mol qilinishi tadqiqotlarda keltirib o'tilgan. Lekin faqat uglevodlar bilan ovqatlanish yoki kunlik ratsionning asosiy qismini uglevodlar tashkil qilishi o'ziga xos fiziologik-biokimyoviy va klinik muammolar keltirib chiqaradi . Bunga misol qilib, iste'mol taomlarida poli-, oligo- va monosaxaridlar miqdorining ko'p bo'lishi uglevodlar hisobidan to'yingan yog' kislotali yog'larning sintezlanishi bois, semirish va shu tufayli ko'pgina kasalliklarning kelib chiqishi, qonda shakar miqdorining ortib ketishi, asab tizimidagi salbiy o'zgarishlar va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin. [4] Shu boisdan, bolalar ovqatlanishida uglevodlarning turlari va ularning miqdorini aniqlash va uni me'yorida bo'lishiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.

Quyida bolalarning uglevodlarga bo'lgan bir kecha- kunduzlik ehtiyoji keltirilgan.

Yoshi Mutloq miqdori (g) Nisbiy miqdor (g/kg)

Emizikli davr 113 13-14

1-3 yosh 193 15-16

4-7 yosh 287 13-14

8-13 yosh 370 10-11

Katta yoshdagi 400

Bolalar ovqatlanish ratsionidagi uglevodlar zimmasiga to'g'ri keluvchi ulush ko'p jihatdan ularning yoshiga bog'liq. Bola hayotining birinchi yilida kaloriyaga bo'lgan ehtiyojni qoplovchi uglevodlar miqdori 40 % ni tashkil etadi. Bir yoshdan so'ng u 60 % gacha ortadi.

Uglevodlar organizmda aerob va anaerob yo'l bilan parchalanadi. Chaqaloq va murg'ak bolalar to'qimalarida anaerob parchalanish yuqori tezlikka ega. O'sish jarayonida glikoliz sekinlashadi. Faqat ba'zi to'qimalarda, masalan, skelet muskullarida anaerob parchalanish yuqoriligicha qolaveradi. Aerob jarayonlarda hammadan avval pentoz sikl faollashadi. Bu siklda ishtirok etadigan fermentlar faolligi bola hayotining ikkinchi haftasida orta boshlaydi.[1]

Bola tug'ilganidan keyin bir necha soat o'tgach, homiladorlikning oxirgi oylarida jigarda to'plangan glikogen parchalanib, qonga o'tadi va organizmning energiya sarfini qoplashga ishlatiladi. Tug'ilish oldida turgan homila jigarida glikogen konsetratsiyasi 10 % ga yaqin bo'lsa, 1 kunlik chaqaloqda 1 % ni tashkil qiladi, muskullarda esa 3 % dan ortmaydi. Glikogenning jigardagi zahirasi bola 3 oylik bo'lgunicha tiklanmaydi[7].

Chaqaloq organizmidagi glikogen zahirasi sarflanib ketishi natijasida qonda glyukoza miqdori 25-26 mg % gacha pasayib ketadi.

Katta yoshdagi odamda gipoglikemiyaning bunday darajasi komaga olib keladi. Glyukozaning qonda kamayishi glikogenolizni tezlashtiruvchi glyukagonning qonga o'tishini ko'paytiradi, glyukoneogenezni yuzaga chiqaradigan fermentlar faolligini oshiradi. Adrenalin, AKTG va kortikosteroidlar ham chaqaloq qonida glyukoza konsentratsiyasini oshiradi. Bularning ta'sirida bola hayotining birinchi o'n kuni davomida glyukoza miqdori asta-sekin ortadi va chaqaloqlik davrininf oxirida 40-50 mg % ni, emizikli bolalarda 70-80 mg % ni, 7-8 yoshda - 80-100 mg % ni va 12-14 yoshda 90-120 mg % ni tashkil etadi. Ammo iste'mol qilinadigan uglevodlar miqdori kam bo'lsa, bola 7 yoshga to'lgunicha gipoglikemik reaksiya rivojlanish ehtimoli saqlanib qoladi [6].

Uzoq yillik tadqiqotlar tajribalar natijalariga qaraydigan bo'lsak, ularning aksariyatida bolalarning kundalik taomlaridagi umumiy uglevodlar miqdori ko'pincha fiziologik me'yor darajasidan ancha ziyodligi yaqqol ko'zga tashlanadi[5].

Bu borada bizning vatanimiz sharoitida bir qator olimlar bolalarning kunlik ovqatidagi uglevodlar miqdorini aniqlash va uni me'yorlashtirish bo'yicha samarali tadqiqot ishlari olib borishgan. Bunday olimlar sirasiga N.V.Voronina [6], A.S.Xudoyberganov , D.SH.Alimuhamedov [3] va boshqalarni kiritish mumkin. Chunonchi, N.V.Voronina 1989-1991 yillari Toshkent shahri o'quvchilari ustida kuzatuvlar olib borib, ularning kunlik ratsionida umumiy uglevodlar miqdori me'yor raqamlaridan sezilarli darajada ko'pligi haqida xulosa qildi. Bir vaqtning o'zida shu narsa ham qayd qilinganki, tekshiruv olib borilgan 3 ta guruh (7-10, 11-13 va 14-16 yoshlilar) qizlarda uglevodlarning ko'pligi og'il bolalarga nisbatan yaqqol ko'zga tashlandi Masalan, ikki guruhdagi qizlarda uglevodlar oshiqchaligi 20,5% ni (o'g'il bolalarda 3,8% ni), uch guruhdagi qizlarda esa bu ko'rsatgich 27% ga tenglashadi. Shu munosabat bilan ovqatlanish formulasidagi uglevodlar hissasi 4 bo'lishi o'rniga 5,3 dan 8 gacha chiqadi.

Prof A.S.Xudoyberganov uchta viloyat maktab o'quvchilarining kunlik ovqatidagi essensial va noessensial oziq moddalari miqdorini tahliliy o'rganib chiqqan. Ya'ni, u o'zining Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasi (QQAR) sharoitida 7-17 yoshgacha bo'lgan o'quvchilarning maktabda va kundalik iste'mol taomlarida oziq moddalar miqdorini tahlil qilishga bag'ishlangan tadqiqotida ham kunlik ratsionda uglevodlar hissasini sezilarli darajada ortiqligini e'tirof etadi. Muallif olib borgan tadqiqotlarda uglevodlarning kunlik ratsionida ko'p uchrashi birinchi zonaga (Toshkent shahri) nisbatan ikkinchi (Andijon viloyati) va uchinchi (Xorazm,QQAR) zonalarda yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Masalan, kuz faslida birinchi zonada uglevod hissasi 460±26 gramm bo'lgan bo'lsa, ikkinchi zonada bu ko'rsatgich 470±28 grammni, uchinchi zonada esa 520±44 grammga teng bo'lgan.

X.S.Xayrov tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida ham o'quvchi yoshlarning iste'mol taomlaridagi uglevodlarning miqdori me'yorga nisbatan ancha ko'p ekanligi aniqlanib, ular hisobiga ovqatning umumiy kalloriyasi o'g'il va qiz bolalarga tegishli ravishda 71% va 72% ga teng bo'lgan. D.SH.Alimuhammedovning kuzatuvlarida ham [3] o'quvchi yoshlarning kunlik ratsionida uglevodlar miqdorining me'yoridan ko'pligi aytib o'tilgan.

A.R.Avakyan esa Yerevan shahri sharoitida kollej o'quvchilarining uglevodlarga bo'lgan fíziologik ehtiyoji iste'mol qilinadigan ovqat bilan qoplanishini xabar qildi. Chunonchi, qishgi-bahorgi faslda o'g'il bolalarning sutkalik uglevod qabul qilishi 375 gramm ga teng bo'lsa, yozgi-kuzgi fasllarda bu ko'rsatgich tegishli holda 360-300 gramm ga tog'ri keladi.

Moskva shahri misolida olib borilgan tadqiqotlarda esa farqli boshqa ishlardan ravishda 6-17 yoshli o'quvchilarning kunlik ratsionida umumiy uglevodlarning me'yor darajasidan 13,6% kamligi I.I.Kondratyeva va boshqalarning ishlarida qayd qilingan.

Bundan tashqari, N.S.Mixalyuk ham o'quvchilar ovqatida uglevodlaming me'yoridan kamligi ularning yoshi va jinsiga qarab 10,3-20,1 % gacha bo'lishini qayd qiladi. Uning aytishicha, o'quvchilar kunlik ovqat гatsionida shakaг me'yorida iste'mol qilingan, ammo kraxmal miqdori kamligi bois, uglevodlaming me'yoгiga nisbatan kam bo'lishini ta'minlagan

Faгg'ona viloyati yuqori sinf o'quvchilaгi oгasida tadqiqot olib borgan Sh.Sh.Shomuhamedov va S.N.Rojkovalar o'quvchilarning kundalik ovqati tarkibini tahlil qilib chiqishadi. Olingan natijalar asosida quyidagi xulosalarga kelishgan, unda oq bug'doy unidan tayyorlangan nonning tavsiya qilingan 200 gramm o'miga o'g'il bolalar sutka davomida 450 gramm, qiz bolalar esa 390 gramm iste'mol qilganligini, shuningdek don, un, va makaron mahsulotlaгi ham 80 gramm o'miga tegishli holda 210-162 gramm ga tengligi haqida ma'lumot berishadi. Ya'ni uto kunlik ovqati ratsionida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining belgilab berilgan me'yoгiy nisbati buzilgan. Uto iste'mol taomlaгi гo'yhatida undan tayyoriangan mahsulotto asosiy o'гin egallashi qayd qilinadi.

Aholi orasida makronutriyentlardan uglevodlarning taqchilligi bilan bog'liq kasalliklarni oldini olish, oz' vaqtida aniqlash hamda salbiy oqibatlarini bartaraf etish, o'suvchi yosh organizmlarning sog'lom bo'lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi .

Yuqoridagi muammolarni amalda hal qilish, noto'g'ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan xastaliklami oldini uchun bolato oгasida uglevodlaгga bo'lgan talab, uning manbalari, hazm qilish mexanizmlari to'g'гisida tushuntiгish isЫarini olib borish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Гаппаров M. M., Николская Г. Б. О роли yглеводов в питании детей// Вор. Питание . Mосква. 1991. 15- 21 с.

2. Ллимухамедов Д. Ш. Гигиеническая оценка фактического оценка фактического питания детей и школьного подростков, страдащих железодефицитной анимией, проживающих в сельской местности// Паталогия.- Тошкент, 2005. 87- 90 с

3. Рахматуллаев Ё.Ш. ^ишлок мактаби укувчиларининг окилона (рационал) овкатланиши / Услу6ий кулланма. Проф. ШД. Курбоновнинг умумий тахрири остида. Тошкент, "Келажакка кадам" х.к, 2006. - 60 б.

4. Спиричев В. Б. Витаминная обеспеченность учащихся школного возраста и пути оптимизации// Вопр. Питания. - Mосква, 1992. 6-14 с

5. Тутельян В. Л., Спиричев В.Б., Суханов Б.П., Кудашева В. Л. Mикронyтриенты в питании здорового и больного человека.-M.: Колос, 2002.-423 с.

6. Эгамбердиева Г.О., Абрамова Н.С ва бошкалар. Узбекистан шароитида болалар ва усмирлар овкатланишининг хрзирги жихдтлари. Узбекистон тиббиёт журнали 1992 й, № 9-10, 79-82 бетлар.

7. Курбонов Ш.К.. Овкатланиш маданияти (монография). Тошкент, "Маънавият", 2005 й, 208 б.

8. Курбонов Ш.К., Курбонов А.Ш., Каримов О.Р. Рационал овкатланиш ва овкатланиш маданияти. «Рационал овкатланиш ва соглом турмуш тарзи» Республика илмий-амалий анжумани материаллари туплами. Карши, 2008 йил, 16-17 май, 51-52 бетлар.

9. Курбонов Ш.К., Курбонов А.Ш., Каримов О.Р. Овкатланиш физиологиясининг асослари. Карши., Насаф. 2000 йил, 72 бет

10. Х,азратова Х,.Н., Дустов К.Т Кишлок шароитида мактаб укувчиларининг минерал моддалар билан таъминланиши, Eurasian Journal of Akademik Research, 2021, 255-261 p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.