Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYANING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYANING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
768
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
jismoniy tarbiyalash / jismoniy sifatlar / jismoniy barkamollik. / физическая подготовка / физические качества / физическая подготовленность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Axmedov Jaloliddin Oribovich, Ahmedov Jaloliddin, Otashev Diyorbek Rasuljon Ogli, Otasheva Oysanam

Ushbu maqolada Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishning o`ziga xos hususiyatlari jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini metodik jihatdan to’g’ri o’tkazilishi va mashg’ulotlarda bolalarni harakat ko’nikmalari, malakalari va unga oid bilimlarni o’zlashtirish haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ХАРАКТЕРИСТИКА ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

В данной статье особенностями организации занятий по физической культуре в дошкольных образовательных учреждениях являются методически правильное проведение занятий по физической культуре и обучение детей двигательным навыкам, умениям и связанным с ними знаниям о усвоении.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYANING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYANING O'ZIGA

XOS HUSUSIYATLARI Axmedov Jaloliddin Oribovich

Andijon davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti dotsenti

Ahmedov Jaloliddin

Andijon davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti dotsenti Otashev Diyorbek Rasuljon o'g'li Andijon davlat Pedagogika Inistituti Jismoniy madanyat kafedirasi oqtuvchisi

Otasheva Oysanam Andijon davlat pedagogika instituti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo. 7560985 Annotatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishning oziga xos hususiyatlari jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini metodik jihatdan to'g'ri o'tkazilishi va mashg'ulotlarda bolalarni harakat ko'nikmalari, malakalari va unga oid bilimlarni o'zlashtirish haqida.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiyalash, jismoniy sifatlar, jismoniy barkamollik.

ХАРАКТЕРИСТИКА ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ Аннотация: В данной статье особенностями организации занятий по физической культуре в дошкольных образовательных учреждениях являются методически правильное проведение занятий по физической культуре и обучение детей двигательным навыкам, умениям и связанным с ними знаниям о усвоении.

Ключевые слова: физическая подготовка, физические качества, физическая подготовленность.

CHARACTERISTICS OF PHYSICAL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS Annotation: In this article, the features of the organization of physical education classes in preschool educational institutions are the methodically correct conduct of physical education classes and teaching children motor skills, abilities and related knowledge about assimilation. Key words: physical training, physical qualities, physical fitness.

K I R I SH

Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasining yig'ilishlarida mazkur mavzuga alohida to'xtalib, ta'lim va tarbiya ishlarini sport va jismoniy tarbiya bilan uyg'un ravishda olib borish shart ekanini takidlaganlari bejiz emas edilar. Shu o'rinda Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch" kitobidagi "Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olish lozim", degan chuqur mazmundagi fikri biz yosh mutaxassislarni ham bu masalaga yanada e'tiborli bo'lishimiz lozimligini anglatadi.1

1 lKarimov I.A. O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamharmasi xomiylik kengashining majlisidagi ma'ruza. "O'zbekiston ovozi" gazetasi 2013 yil 16 mart. 31-son.2. Atoev A.H. Frazandlarimiz barkamol bo'lsin. T.: 1990. 3. Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan. T.: "O'qituvchi", 2011. 4. Bolajon Davlat dasturi. T.: 2010. 5. Barkamol avlod orzusi. T.: "O'zbekiston" 1998. 6. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. T.: "G'.G'ulom", 2010. 7. Keneman A.V., Xuxlaeva D.V. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi. -T.: O'qituvchi, 1988.8. Maxkamjonov K.M. "Xarakat go'zallik va salomatlik garovi". -T.: 2002. 9. Maxkamjonov K.M., Tulenova X. Farzandlarimiz sog'lom bo'lishini istasangiz.

ADABIYOTLAR TAXLILI.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi alohida yirik bir fan sohasi sifatida keyingi yillarda pedagog olimlar tomonidan ilmiy o'rganilib kelinmoqda. Bu sohada O'zbekistonda Usmonxo'jaev T.S., Maxkamjonov K.M., Sharipova D.J., Seyit Xalilov E., Xo'jaev F. va boshqalarning olib borayotgan ilmiy ishlari muhim ekanligi ekanligi takidlanadi.

Ta'kidlash joizki mamlakatimiz pedagog olimlari tomonidan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi sohasida jismoniy tabiya mashg'ulotlari, o'yinlar va mashqlari haqida, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar ishtirokida sport musobaqalarini samarali tashkil etish borasida malum samaradorlikka erishganlar

TADQIQOT METODOLOSIYASI.

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi ta'lim -tarbiyagaoid g'oyalar, "Ta'lim to'g'risida" Sh.Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" pedagog olimlarni jismoniy tarbiya nazariyasi sohasidagi ilmiy merosi, bolalar sportini rivojlantirish va "Barkamol avlod" yili davlat dasturidagi ilgari surilgan ilg'or g'oyalar bitiruv malakaviy ishining nazariy-metodologik asosi qilib olindi.

TAXLILLAR VA NATIJALAR.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Bolajon" dasturi asosida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari muntazam o'tkazilib kelinayotgan bo'lsada tadqiqot ishlari jarayonida mashg'ulotlarni ilmiy-metodik jihatdan to'g'ri tashkil qilinishi har tomonlama chuqur tahlil etildi. Natijada har bir MTM, har bir yosh guruhi va xatto har bir tarbiyalanuvchi bolaning individual xususiyatlari hisobga olingan holda ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar berildi. MTM tarbiyachi-pedagoglar va jismoniy tarbiya murabbiylari bir nechta seminar mashg'ulotlari o'tkaziladi va erishilgan natijalar asosida MTM tarbiyachi-pedagoglari uchun taklif va tavsiyalar berildi.

Mamlakatimizda jismonan va ma'nan sog'lom, hech kimdan kam bo'lmagan avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero yuksak ma'naviyatli, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish Vatanimiz kelajagini ta'minlash va barcha ezgu maqsadlarimizni ruyobga chiqarishning muhim omilidir. Bu olijanob maqsad yo'lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalar sportini rivojlantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish kabi yo'nalishlardagi izchil isloqotlar o'zining yuksak samaralarini berayotir.

Mamlakatimizda jismonan va ma'nan sog'lom, hech kimdan kam bo'lmagan avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero yuksak ma'naviyatli, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish Vatanimiz kelajagini ta'minlash va barcha ezgu maqsadlarimizni ruyobga chiqarishning muhim omilidir. Bu olijanob maqsad yo'lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalar sportini rivojlantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish kabi yo'nalishlardagi izchil isloqotlar o'zining yuksak samaralarini berayotir.

Farzandlarimizni yuksak bilimli va zakovatli, jismonan baqquvat insonlar etib kamolga yetkazishning bosh omili-bolalar sportini rivojlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Bugungi kunda bolalar sporti mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimining uzviy qismiga aylanib, ushbu soha bilan mutanosib ravishda izchil rivojlantirilmoqda.

2002 yil 24 oktyabrda qabul qilingan "O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tuzish to'g'risida" gi va 2004 yil 29 avgustda qabul qilingan "O'zbekiston Bolalar

sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon bu borada muhim dasturilamal bo'layotir. O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan yoshlarimiz o'rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini kompleks rivojlantirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar olib borilmoqda.

O'tgan oxirgi 10 yil davomida Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 1113 ta bolalar sporti ob'ekti, jumladan, 252 ta yangi sport kompleksi, 861 ta sport zali barpo etilgani, bularning 84 foizi qishloq joylarda qurilganini ta'kidlash lozim.

Mamlakatimiz bo'yicha umuman bugun mavjud bo'lgan sport ob'ektlari haqida gapirganda qo'yidagi ko'rsatkichlarni e'tiborga olish zarur.

Bolalarning sport bilan shug'ullanishga qiziqishini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida sportning ko'plab turlari bo'yicha musobahalar, sport festivallari, o'rtoqlik uchrashuvlari va o'quv-mashg'ulot yig'inlari muntazam ravishda o'tkazilmoqda.

Shuni alohida aytish kerakki, yurtimizda an'anaviy tarzda o'tkaziladigan, Olimpiya harakati tamoyillariga to'liq mos keladigan uch bosqichli sport o'yinlari - "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada musobahalari mamlakatimiz terma jamoalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aziz do'stlar, sportni, birinchi navbatda, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlarning muvaffaqiyati ushbu sohaga yuqori malakali o'qituvchi va murabbiy kadrlarni keng jalb etish bilan bog'liq ekani hech kimga sir emas.

Sportda muvaffaqiyatga erishish tartib-qoidaga qat'iy rioya qilish bilan bog'liqdir. Maktabda ta'lim olayotgan o'quvchi darsdan so'ng biror sport to'garagiga qatnashishni odat qilgan bo'lsa, u har bir kunini rejalashtirib oladi. Chunki bolani sport zali, o'zi mehr qo'ygan sport turi bilan emin-erkin shug'ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy harakatga chorlab turadi. hatto sport to'garagi mashg'ulotlari ham tartibga asoslangan: bolalar avval zal bo'ylab bir necha marotaba yugurishadi, turli chigalyozdi mashqlarini bajarishadi va shu tariqa yangi ko'nikmalarni navbatma-navbat o'zlashtirib borishadi. O'quvchi sport to'haragiga qatnayotgani sababli ham boshqa ishlariga o'z vaqtida ulgurishga intiladi. Pirovardida unda mas'uliyat hissi shakllanadi, mustahkamlanadi.

Eng muhimi, sportga oshno bo'lgan o'quvchining har xil bekorchi ishlarga vaqti bo'lmaydi. O'qituvchilar ham doim internet klublarda yoki boshqa foydasiz yumushlar bilan kunini o'tkazib, maktabga kam keluvchi ayrim dangasa tengdoshlariga sportsevar bolalarni o'rnak jqilib ko'rsatishadi.

Sog'liqni yaxshilash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, jamiyatimizni rivojlantirishning muhim qismi hisoblanadi. Ammo bu muammoning yechimi bir qator qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lib, bu muammoni o'rganishga yondashishda yagona harakat dasturini yo'qligidadur.

So'nggi yillarda bu boradagi erishilgan natijalar asosan "turmush tarzi" kategoriyasida sog'liqni rivojlantirish mexanizmini tadqiqot qilish bilan chegaralanib qolindi. Bu sohada ilmiy ishlar olib borilganligi uchun ham, inson hayotini uzaytirish, uni turmush tarzini har tarflama o'rganish, sog'liqni rivojlantirish bir qancha fanlarning yutug'iga bog'liqdir.

qilingan ishlarni ta'kidlash bilan undagi kamchiliklar, eng muhimi sog'lom turmush tarzini shakllanish mexanizmiga tarixiy jihatdan haralib, baho berilmaganligi, har bir millatni milliy va regional jihatlarini inobatga olinmaganligi asosiy kamchiliklardandir.

Markaziy Osiyo xalqlari o'zining o'tmish tarxi bilan, o'ziga xos turmush tarzi bilan taniqlidir. Turli millatga mansub bo'lgan xalqlarning turmush tarzi ularning madaniyati bilan, ko'p

qirrali xayot faoliyati bilan xarakterlidir. Xayot faoliyatining muhim qismi, sog'lom turmush tarzini ananalari va o'ziga xos milliy xususiyatlari bilan bog'liqdir.

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni sog'ligini ximoya qilish va ularni sog'lom turmush tarziga o'rgatishga bolalar bog'chasida "Bolajon" dasturini bajarish orhali erishiladi. Afsuski yuqorida qayd qilingan ish formalari va targ'ibot vositalari sog'lom turmush tarzini turligicha joriy qilishda ayniqsa bolalarga sog'lom turmush tarzini o'gatish sohasida yetarli deb bo'lmaydi.

Ko'pchilik ilmiy tadqiqotlarning isbotlashicha bolalarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish aniq tashkiliy struktura orhali amalga oshiriladi. Buni taxminan quyidagicha keltirish mumkin:

Birinchidan - bolalar sog'ligini ximoya qilish va ularga sog'lom turmush tarzini o'rgatishda o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar olib boradigan ishlar:

Ikkinchidan - gigienik tarbiyani amalga oshiruvchilar oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab, maktabdan tashhari idoralar:

Uchinchidan - shu sohadagi kadrlarni tayyorlab beruvchi idoralar:

To'rtinchidan - esa sog'lom turmush tarzini amaliyotda boshqarib turish. Shu keltirilgan tashkiliy tuzilma bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan sog'lom turmush tarzini joriy qilishning amaliy natijalarini ko'rish mumkin.

To'rtala tizimda ham keltirilgan idoralar, tashkilotlar faoliyati boshqarish shakliga buysunadi. Ammo bu sistemadagi "oilalarning" bolalarni tarbiyalashdagi funktsiyasi katta bo'lishiga haramay shu idoralar va tashkilotlar bilan uning bog'liqligi, tarbiya sohasidagi funktsiyani bajarishi boshqaruvga va ma'lum o'lchov mezoniga ega emas. Aholining katta yoshli kishilar ba'zilari bolalarni sog'lom o'stirish, gigienik tarbiyalash qoidalari va yo'l-yo'riqlari haqida yetarlicha bilimga va tasavvurga ega emas. Bu esa oilaning bolalar sog'liqini himoya qilishdagi faoliyatini aks ettiradi. hamma oilalarda oila a'zolarining sog'lom turmush tarziga munosabati birinchidan bolalarni sog'liqini himoya qilish bilan ifodalansa, ikkinchidan hamma oila a'zolarining jumladan bolalarning salomatligi yaxshi bo'lishi orhali turmush tarzini barcha qirralari ya'ni ma'naviy va sotsial qiymatning yaxshiligi bilan ifodalanadi. Bolalarni sog'liqini himoya qilishda oila asosiy g'amho'rlik qiluvchi bo'lsada, uning bolalar tarbiyasiga daxildor bo'lgan barcha idoralar bilan hamkorligi yaxshi yo'lga qo'yilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki yuqorida aytganimizdek hamma oila a'zolari sog'lom turmush tarzini tashkil qilishda yetarli tushunchaga ega emas.

Bizning tushunchamizda oilada sog'lom turmush tarzini ta'minlash uchun quyidagilar zarur bo'ladi. Bular yetarli moddiy turmush sharoiti ya'ni har bir oila a'zosi uchun normadagi joy xajmi kvartira m2, ijtimoiy turmush shart-sharoitlari ya'ni suv isitish sistemasi, yetarli xo'jalik jihozlari, bolalar uchun ovqatlanish va dam olish xonalari, oila a'zolarining ishlab chiqishdagi ishtirok etish darajasi, yetarlicha bo'sh vaqt va hakozolar. Ana shu moddiy ijtimoiy turmush shart-sharoitlari mavjud bo'lganda bundan to'g'ri foydalanish sog'lom turmush tarzi uchun har bir oila a'zosining bilim saviyasi va malakasiga bog'liq. O'zbekistonda turmush sharoitining milliy xususiyatlarining bir ko'rinishi, ko'pchilik oilalarda yuqorida keltirilgan imkoniyatlarni yo'qligi va qishloqlarda, ba'zi joylarda shaharlarda ham davlat idoralari tomonidan turmush tarzini yaxshilashni zarur shart-sharoitlarini yaratilmaganidir.

Sog'lom hayot tarzi - inson hayot tarzining tarkibiy qismi, u umuminsoniy tarbiyada, shaxsni uyg'un rivojlanishida, har tomonlama kamol topishda muhim rol uynaydi. Shunday ekan sog'lom bo'lish san'ati salomatlikni ta'minlaydigan, amalga oshiradigan butun bir sharoitlar

majmuasi hisoblanadi. Ya'ni bu sharoitlar - mehnat va dam oilshni to'g'ri navbatlashtirish, sog'lom turmush, to'g'ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishdan iboratdir. Xayotning barcha sohalariga jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasining gigienik asoslarini keng miqyosida qo'llamay turib, shaxsni har tomonlama shakllantirib bo'lmaydi.

Sog'lom turmush tarzining asosiy bo'lgan dam olishni to'g'ri yo'lga qo'yish, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, ovqatlanish qoidalariga rioya qilish va gigienik sharoitni yaxshilash haqida yoshlarga maktabdan boshlab ma'lumot berish, bu sohada ularda yetarli tasavvurlarni hosil qilish davlat tomonidan tuzilgan rejalarda ko'zda tutilgan.

Ayniqsa respublikamizning qishloq a?olisida, ba'zi hollarda shaharlarda ham sog'lom turmush tarziga o'rgatishning eng oddiy yo'llariga e'tiborsizlik bilan harashni uchratish mumkin. Bu ishda xotin-qizlarning faol bo'lishi, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularni bu sohadagi tushunchasi juda muhimdir. Ko'pchilik onalarda bolani yoshlikdan chiniqtirish, to'g'ri ovqatlantirish, kun rejimiga rioya qildirish malakalari yetarli emas. Masalan: maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni xaftada 2-3 marotaba yuvintirish, kiyimlarini almashtirish, ovqat yeyishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish, oyoq va qo'llarini doimo toza tutish, o'tirganda, yotganda gavdani to'g'ri tutish kabi talabalarga rioya qilmaslik, yana shuningdek uxlash vaqti va turish vaqtini ma'lum soatga asoslab rejimga o'rgatish, ovqatlanish normalariga, ovqat tarkibiga, turlariga e'tibor qilmaslik sog'lom turmush tarzini joriy qilishga salbiy ta'sir qiladi. Bu sohadagi kamchiliklarni tugatish kelajakni, jamiyatni sog'ligini ta'minlash demakdir.

Yuqorida aytilgan to'g'ri ovqatlanish, dam olish, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishlar har biri o'ziga xos qoidalarga rioya qilishni talab qiladi.

Oilani bularni xayotga tatbiq qilishdagi roli juda muhim.

Yuqorida bolalarni sog'lom turmush tarziga o'rgatishda onalarning vazifasi haqida misol keltirildi, bu masalada oilaning barcha a'zolarining ishtirok etishi ahamiyatlidir. Ayniqsa oilada otalar bu sohadagi o'zining shaxsiy ibrati bilan yoshlarga o'rnak bo'lishi kerak.

XULOSALAR

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, bola tarbiyasi oila, maktab, mahalla, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilmas ekan, tarbiyada ko'zlangan orzu-maqsadlarga erishish qiyin bo'ladi. Oilada maqsadga muvofiq tarbiya olgan bola maktabda barkamollashadi, ta'lim olib o'z ma'naviyati va madaniyatini yuksaltiradi. Sog'lom turmush tarzini tashkil etishning yetakchi printsipi yoshlarda ichki nuqtai nazarni shakllantirish, o'z shaxsiy salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadga yo'naltirilgan faoliyatni aniqlashdan iborat.

ADABIYOTLAR

1. Karimov I.A. O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamharmasi xomiylik kengashining majlisidagi ma'ruza. "O'zbekiston ovozi" gazetasi 2013 yil 16 mart. 31-son.

2. Atoev A.H. Frazandlarimiz barkamol bo'lsin. T.: 1990.

3. Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan. T.: "O'qituvchi", 2011.

4. Bolajon Davlat dasturi. T.: 2010.

5. Barkamol avlod orzusi. T.: "O'zbekiston" 1998.

6. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. T.: "G'.G'ulom", 2010.

7. Keneman A.V., Xuxlaeva D.V. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi. -T.: O'qituvchi, 1988.

8. Maxkamjonov K.M. "Xarakat go'zallik va salomatlik garovi". -T.: 2002.

9. Maxkamjonov K.M., Tulenova X. Farzandlarimiz sog'lom bo'lishini istasangiz.

10. Usmonov M. T. Establish Network Protection. International Journal of Academic Engineering Research (IJAER) ISSN: 2643-9085 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 14-21.

11. Usmonov M. T. Fundamentals of Symmetric Cryptosystem. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 36-40.

12. Usmonov M. T. General Concepts of Mathematics. International Journal of Academic Information Systems Research (IJAISR) ISSN: 2643-9026 Vol. 5 Issue 1, January -2021, Pages: 14-16.

13. Usmonov M. T. Identification and Authentication. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 39-47.

14. Usmonov M. T. Information Protection and Its Types. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 1-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.