Научная статья на тему 'SO’ZNING SEHRLI QUDRATI OLAMNI YARATGAN'

SO’ZNING SEHRLI QUDRATI OLAMNI YARATGAN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sehri / Qur’oni Karim / duo / insu jins / olqish / alla / karomat / magiya / gavhar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hakim Jo‘rayev

Mazkur maqolada so’z, uning ilohiy sehri va qudrati, dunyoning yaratilishidagi ahamiyati tilga olinadi. So’zning qudratidan kundalik munosabatlarda, xalq og’zaki ijodi namunalarida ko’zga tashlanadigan jihatlar, qarg’ish va olqishlardagi magiya, badiiy adabiyotda so’z va uning qudratiga qaratilgan e’tibor xususida fikr yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SO’ZNING SEHRLI QUDRATI OLAMNI YARATGAN»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SO'ZNING SEHRLI QUDRATI OLAMNI YARATGAN

Hakim Jo 'rayev,

Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada so'z, uning ilohiy sehri va qudrati, dunyoning yaratilishidagi ahamiyati tilga olinadi. So'zning qudratidan kundalik munosabatlarda, xalq og'zaki ijodi namunalarida ko'zga tashlanadigan jihatlar, qarg'ish va olqishlardagi magiya, badiiy adabiyotda so'z va uning qudratiga qaratilgan e 'tibor xususida fkr yuritiladi.

Kalit so'zlar: so'z sehri, Qur'oni Karim, duo, insu jins, olqish, alla, karomat, magiya, gavhar.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.14173934

Annotation. This article mentions the word, its divine magic and power, its importance in the creation of the world. The power of the word is reflected in everyday relationships, in the patterns of the folklore creativity, in terms of the conspicuous aspects, in spells and applause, in fiction, in the focus on the word and its power.

Аннотация. В данной статье упоминается божественная магия и сила слова, его значение в сотворении мира. Ведутся размышления о силе слова в бытовых отношениях, в аспектах образцов устного народного творчества, бросающихся в глаза - о магии в проклятиях и восхвалениях, о внимании к слову и его силе в художественной литературе.

Jahon adabiyoti ma'lum bir badiiy syujet, obraz, adabiy unsurning maydonga kelishida unga asos bo'lgan metodologik zamin, genetik ildizlarni o'rganishga jiddiy e'tibor berilmoqda. Qadimiy manbalarga asoslansak, badiiy asar asosi, adabiy fikr badiiy so'z negizida albatta insonlarning ma'lum intilishlari, istak-xohishlari-yu, olqish-qarg'ishlar aks etadi. Biz istaymizmi-yo'qmi badiiy so'zda o'ziga xos sehr - magiya bo'ladi.

Bu narsa bejizga diniy manbalar - Tavrot, Injil, Qur'oni Karimda alohida qayd etilmagan. Injilda hali olam yaralmagan vaqtlarda so'zning mavjud bo'lganligi, uning sehrli qudrati ulkan bo'lgani haqida so'z borib, "Dastlab so'z bor edi" kalimasi keltiriladi.

Qur'oni Karim nozil bo'lishining avvalida Alloh farishta Jabroil orqali Muhammad s.a.v.ga "O'qi" (Iqra) kalimasi bilan boshlanadigan ilk sura - "Alaq" (laxta qon)ni yubordi [1]. Qolaversa, Qur'oni Karimning "Shuaro" surasida "So'zda sehr borligiga alohida e'tibor beriladi [2]. Hattoki, Tangri tomonidan ayollarning sehr-u jodusidan, makridan, musulmonlarni saqlash va yovuz xotinlarning sehr-magiyasini kesish uchun "Falaq" surasini [3], insu-jinsning ilmu jodusidan himoyalash uchun "An-nas" surasi nozil qilingan [4].

Bunday ilohiy kalimalarning qudratini, oddiy bir so'zning kuchini anglab yetgan bobomiz - Mir Alisher Navoiy lirik va epik asarlarining ko'plab misralarini ilohiy kalom bo'lgan so'z va uning magiyasiga bog'laydi. "Hamsa"dagi dostonlarning har biridan so'z,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

uning ilohiy qudrati ta'rifiga bag'ishlangan misralar joy olgan. Jumladan, Alisher Navoiy "Hamsa"sining birinchi dostoni - "Hayrat-ul Abror" asarida so'zning ulkan qudrati-yu mazmunga boy mohiyatini ushbu baytida shu tarzda keltiradi: "Daxriy muqayyad bila ozodasi, Barcha erur "kof" ila "nun" zodasi" [5].

Baytning mazmuniga e'tibor bersak, hazrat Alisher Navoiy bu dunyoda barcha yaxshi-yomon yaratiqlar "kof' bilan "nun" so'zining aytilishida paydo bo'lgan degan ilohiy fikrni olg'a suradi. Demak, so'zda qudrat, karomat bor va so'z sabab olam yaraldi.

Yuqorida keltirilgan ilohiy manbalar, badiiy parchalarga asoslanib aytish mumkinki, qadimda insoniyat so'zning naqadar qudratli kuchga egaligi va hattoki o'n sakkiz ming olam yaratilishiga sabab bo'lganiga amin bo'lganiga guvoh bo'ldik. Bu narsa ayniqsa, hazrat Alisher Navoiyning "Hayrat-ul Abror" asarida keltirilgan quyidagi baytida yaqqol namoyon bo'ladi. "So'z go'harig'a erur oncha sharaf, Ki, bo'la olmas anga gavhar sadaf' [6].

Navoiy talqinicha, dunyodagi eng qimmatbaho tosh - gavhar ekan. Sadaf ko'rinishidan gavharga o'xshaydi, lekin zargarlar qoshida uning qiymati ancha past. Navoiy bobomiz qimmatbaho tosh - gavharni so'z va uning qudrati bilan solishtiriladi. Shunda shoir ko'z o'ngida so'z bilan taqqoslangan gavhar sadafga aylanadi. So'z esa gavharning sifatlarini o'zida mujassam etadi.

So'zning qudrati, sehr-u jozibasi olamni yaratgani xususida Tangrning muqaddas kitoblarda yozilgani haqida o'qidik. Ayni paytda so'zning sehri va jozibasi insonni olamni anglashida, dunyoqarashini kengaytirishda, jamiyatda munosabatlarni belgilashda muhim rol o'ynayapti. Shu bilan birga jamiyatda so'zning sehridan, uning qudratidan insonlar juda keng foydalanishmoqda. Buni ularning bir-biriga qilayotgan buolarida, olqish-u qarg'ishlarida kuzatishimiz mumkin.

Endigina dunyoga kelgan go'dakni uxlatish ushun ona alla aytadi. Go'dak ilk bor mehrni ona suti va aytilayotgan mana shu go'zal alla bilan his qiladi. Ona suti va onaning yurak bag'ridan otilib chiqayotgan orzu, umid, kelajakka bo'lgan ishonch, farzandining baxt-u iqbolini ko'rish istagi, hech kimga aytolmagan armonlari qorishiq bo'lgan go'zal qo'shiq dunyoga yangi kelgan go'dakning ongu-shuuriga, qalbiyu vujudiga kirib joylashadi va bir umr mana shu sehrli ohang ona va bola o'rtasida uzilmas rishtaga asos bo'ladi: "Alla aytay jonim qo'zim, Quloq solgin, alla. Yum ko'zingni, orom olgin, Do'ndiqqinam, alla..."[7].

Onalar allani aslida o'z momosi va onasidan, keksalardan eshtib ulg'ayishadi, ota uyida oila qurishga, farzand tarbiyalashga tayyorlanishadi. Buvilar nabiralariga alla aytganda o'z farzandlariga bo'lgan mehrni kuylashadi, jigarbandlariga bo'lgan mehr esa nechog'lik ulkan ekanligini allani tinglash jarayonida anglashimiz mumkin: "Bolaginamning bolasi - yo, alla, Qandu o'rik donasi - yo, alla. Hay-hay shirin ayasi - yo, alla - yo, alla,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Dono, botir dadasi — yo, alla.

Alla - yo, alla".[8].

Bolani beshikka solish jarayoni ham o'ziga xos urf-odat va an'analarga tayangan holda kechadi. Kayvoni momo bolani irim-sirimlarga qat'iy rioya qilgan holda beshikka soladi. Yosh onaga bolani beshikda belash sirlarini o'rgatadi. Eng muhimi, bu jarayonda ham qadimdan qolgan olqish va so'zning sehrli kuchidan foydalaniladi. Momo go'dakni beshikka solish oldi ushbu so'zlarni aytadi:

"Qo'rqma, qo'rqma, qo'rqma.

Otang bilan onang urishsa qo'rqma.

Qo'rqma, qo'rqma, qo'rqma.

Akang bilan opang urishsa qo'rqma.

Qo'rqma, qo'rqma, qo'rqma.

Mushuk miyovlasa qo'rqma.

Kuchuklar hypca qo'rqma..."[9].

So'zning sehrli kushi, uning qudrati qadimiy ozbek folklorida, ertak, afsona, maqol, naql, mavsumiy va marosim qo'shiqlarida, xalq og'zaki ijodining boshqa janrlarida, tabib va kinnachilar faoliyatida keng qo'llanilib kelinmoqda. Chaqaloq bezovta bo'lib yig'lasa, unga nazar tekkan, ko'z tekkan yoki kinna kirgan, deya kinnachi kampirga olib borishadi. Kampir irim-sirim marosimlari o'tkazib, bolani kinna qiladi:

Chiq, chiq, chiq kinna bo'lsang chiq,

Suq bo'lsang chiq.

Qaynab turgan buloqqa bor,

O'ynab turgan uloqqa bor,

Shaldirab oqqan soyga bor,

Qorni katta boyga bor.

Chiq, chiq badbaxt, chiq.

Ko'p hollarda bola kinna qilingandan so'ng tinchlanib, uxlab qoladi. Bu hol juda ko'p kuzatilgan, bizningcha, buning sirini so'zning sehrli kuchidan deyish mumkin.

Xalq dostonlarida ham so'zning sehrli qudrati nechog'lik ahamiyat kasb etganini kuzatishimiz mumkin. Buni yoshi mingdan oshgan "Alpomish" dostoni misolida ko'ramiz. Dostonda Shohimardon pirning duosi va nazari bilan Hakimbek o'tda yonmas, suvda cho'kmas, qilich o'tmas Alpomishga aylanadi. Undagi bu xislat-u fazilatlar dushmanlarini juda qattiq tashvishga soladi. Bu jarayon dostonda o'ziga xos mahorat bilan tasvirlangan.

"Alpomish enadan tug'ilgan vaqtda Shohimardon piri borgan edi, Shohimardon piri etagiga solgan edi, otini Hakimbek qo'yib, o'ng eyniga besh panja urgan edi, Shohimardon pirning tarbiyat qilganidan o'tga solsa, kuymas edi, qilich solsa o'tmas edi, miltiq otgan bilan o'qi botmas edi, ul sababni qalmoqlar bilmasdan, qanday baloga duchor bo'lib qoldik, deb alanglashib qolgan edi" [10].

Xalqimizda so'zning qudrati, uning sehr-u jilosi haqida juda ko'p hikmatli so'z va naqllar mavjud. "Oltin olma - duo ol, duo oltin emasmi?", "Yaxshi so'z jon ozig'i", "Yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqibdi, yomon so'z bilan odam dinidan chiqibdi". "Elning duosi ko'l bo'lar" singari maqol, hikmatga boy naqllarimiz borki bular bo'yicha alohida tadqiqotlar olib borsa

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo'ladi.

O'zbek klassik adabiyoti namunalarida so'zning sehri-yu duoning qudrati bilan bog'liq epizodlar, sahnalar, tasvirlar oz bo'lsa-da uchraydi. Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining memuar asari - "Boburnoma"da o'g'li Humoyunning kasal bo'lib qolganini, uning shifo topishi juda qiyin kechganini tasvirlar ekan, ne-ne tabiblar dardiga shifo topolmagan farzandi - Humoyun sog'ayib ketishi uchun Bobur o'z jonini o'g'liga sadqa qilib Tangriga yolvorgancha duo qilgani, buning natijasida duosi qabul bo'lib, Humoyun darddan forig', o'zi esa kasal bo'lgani holatini ta'sirli qilib tasvirlaydi.

"Mening ko'nglimga keldikim. Muhammad Humoyun(ning) mendin o'zga yaxshiroq nimarsasi yo'q. Men o'zim tasadduq bo'layin, xudoy qabul qilsun. Xoji Halifa, o'zga muqarrablardin arzg'a tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz bu so'zi nechun tilingizga keltirasiz. G'araz budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas o'shal olmoskim, Ibrohimni urushida tushub erdi. Muhammad Xumoyung'a inoyat qilib erdingiz, tasadduq qilmoq kerak. Tilga keldikim, dunyo moli aning "vaziga nechuk bo'lg'ay, men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkul bo'lubtur. Va andin o'tubdurkim, men aning betoqatlig'ini toqat kelturg'aymen. O'shal holatta kirib, uch qatla boshidan o'rgulib, dedimkim, men ko'tardim har ne darding bor. O'shal zamon men og'ir bo'ldum, ul yengil bo'ldi. Ul sihhat bo'lib qo'pti. Men noxush bo'lib yig'ildim. A'yoni davlat va arkoni mamlakatni chorlab, bay'at qo'llarini Humoyunni qo'lig'a berib, joynishinlig'iga va valiahdlig'iga nasb qildim. Va taxtni anga topshirdum".[11]

Shunday so'z va uning sehrli jilosi, buyuk qudrati asosidagi sehrgarlik - magiya Alisher Navoiyning "Hamsa" turkumidagi dostonlarida ham ko'zga tashlanadi. Asarlar mazmun-mohiyatini, qahramonlar xarakterini ochishda Alisher Navoiy sehr-u jodu, turli xildagi tilsimlar, sehrli mavjudodlar va ularning inson taqdiriga ko'rsatadigan ta'siri epizotlari orqali mohirona, adabiy bo'yoqlardan foydalangan holda tasvirlagan. Eng muhimi, asarlarning go'zal va betakror chiqishida bu epizotlar muhim rol o'ynagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1). Qur'oni Karim (Alaq surasi).

2). Qur'oni Karim (Shuaro surasi).

3). Qur'oni Karim (Falaq surasi).

4). Qur'oni Karim (An-nas surasi).

Adabiyot va

Adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent-1989 yil.

7). Musurmonov E. R. "Bolalar folklori", - Samarqand: SamDU, 2001, - 106 b. (O'zbek xalq og'zaki ijodi: - 1)

8). Musurmonov E. R. "Bolalar folklori", - Samarqand: SamDU, 2001, - 106 b. (O'zbek xalq og'zaki ijodi: - 1)

9). Musurmonov E. R. "Bolalar folklori", - Samarqand: SamDU,

5). Alisher Navoiy "Hayrat-ul Abror" dostoni. G'afur G'ulom nomidagi san'at nashriyoti. Toshkent-1989 yil.

6). Alisher Navoiy "Hayrat-ul Abror" dostoni. G'afur G'ulom nomidagi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2001, - 106 b. (O'zbek xalq og'zaki ijodi: - 1)

10. "Alpomish" dostoni. "Sharq" nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent— 98. (15-bet).

11. Zahiriddin Muhammad Bobur. "Boburnoma". Toshkent — 1989 y. "Yulduzcha" nashriyoti. (355-bet).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.