Научная статья на тему 'NIZOMIY VA NAVOIY SO‘Z HAQIDA'

NIZOMIY VA NAVOIY SO‘Z HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘z / til / shoir / tahlil / xulq-atvor / nasihat / bob. / word / language / poet / analysis / behavior / advice / chapter.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunmurodov, Shohruh Uralovich

So‘z va til islom falsafasida juda katta ahamiyatga egadir. Chunki o‘n sakkiz ming olamning paydo bo‘lishi Tangri taoloning birgina so‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuning uchun mumtoz adabiyot namoyandalari o‘zlarining asarlarida so‘z va uning inson hayotidagi ahamiyati haqida juda ko‘p fikrlarni bildirganlar. Maqolada Nizomiy va Navoiy so‘z haqida qarashlari haqida fikr yuritamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NIZAMI AND NAVAI ABOUT THE WORD

Words and language are very important in Islamic philosophy. Because the creation of eighteen thousand worlds was connected with a single word of God Almighty. That’s why classical literature representatives expressed a lot of opinions about the word and its importance in human life in their works. In the article, we will discuss the views of Nizami and Navoi on the word.

Текст научной работы на тему «NIZOMIY VA NAVOIY SO‘Z HAQIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

NIZOMIY VA NAVOIY SO'Z HAQIDA

Tursunmurodov Shohruh Uralovich

GFA o'qituvchisi [email protected] https://orcid.org/0009-0001-2392-9045

ANNOTATSIYA

So 'z va til islom falsafasida juda katta ahamiyatga egadir. Chunki o 'n sakkiz ming olamningpaydo bo'lishi Tangri taoloning birgina so'zi bilan bog'liq bo'lgan. Shuning uchun mumtoz adabiyot namoyandalari o 'zlarining asarlarida so 'z va uning inson hayotidagi ahamiyati haqida juda ko'p fikrlarni bildirganlar. Maqolada Nizomiy va Navoiy so 'z haqida qarashlari haqida fikr yuritamiz.

Kalit so'zlar: so'z, til, shoir, tahlil, xulq-atvor, nasihat, bob.

ABTRACT

Words and language are very important in Islamic philosophy. Because the creation of eighteen thousand worlds was connected with a single word of God Almighty. That's why classical literature representatives expressed a lot of opinions about the word and its importance in human life in their works. In the article, we will discuss the views of Nizami and Navoi on the word.

Key words: word, language, poet, analysis, behavior, advice, chapter.

АННОТАЦИЯ

Слова и язык очень важны в исламской философии. Потому что создание восемнадцати тысяч миров было связано с одним словом Всевышнего. Именно поэтому представители классической литературы в своих произведениях высказали множество мнений о слове и его значении в жизни человека. В статье мы обсудим взгляды Низами и Навои на слово.

Ключевые слова: слово, язык, поэт, анализ, поведение, совет, глава.

KIRISH

"So'z" deganda shoirlar insonni hayvondan ajratib turadigan nutqni, tafakkurni, o'zaro aloqa vositasi - tilni, badiiy adabiyot va umuman yozma va og'zaki ijodni, tilning kishi xulq-atvori, odobiga ta'siri, tarbiyaviy ahamiyatini nazarda tutganlar. Shuning uchun bo'lsa kerak, inson ixtiyoridagi ijodiy ne'mat til qadriyatiga yuksak baho berilgan, undan o'z o'rnida to'g'ri va foydali ishlar uchun foydalanish haqida pand va nasihatlar asosiga qurilgan mushohadalar yuritilgan [1,21].

Xususan, Shayx Nizomiy Ganjaviy "Xamsa" turkumidagi birinchi dostoni "Maxzan ul-asror"da ikki (27 bayt va 66 bayt) maxsus boblarni so'z fazilati va

Research BIB / Index Copernicus

ta'rifiga bag'ishlagan.

"Maxzan ul-asror"ning muqaddima boblaridan hamddayoq so'zning naqadar ilohiy kuch ekanligini ta'kidlab o'tgan shoir shunday deydi: Bog'i saxoni etibon toza ul, So'z qushini ayladi ovoza ul. Tilni etib mevayi bog'i ajab, So'z duriga tutdi quloqdin sadaf [2,25].

"So'z fazilati bayonida" shoir olamning yaratilish asosida so'z yotganini, Tangri Taolo avvalo so'zni yaratib, undan so'ng u orqali barcha moddiyatni yaratganini, hilvat pardasini keyin ochganini, so'zga birlamchi jilo berganini ta'kidlab, toki Odamning taniga jon so'zsiz kirmaganligini shunday bayon etadi: Junbushi avvalki, qalam oldi ul, So'zdin olib harf, shakl soldi ul. Pardayi xilvatni keyin ochdilar, So'zga u birlamchi jilo sochdilar. To suxan ovozayi dil qilmadi, Ul tani xokiyga bu jon kirmadi. Keldi qalam, borligin og'oz etib, So'zga shu olam ko'zini rost etib [3,51].

Alisher Navoiy ham "Hayrat ul-abror"da so'zning ilohiyoligi haqida shunday deydi:

Dahr muqayyad bila ozodasi, Borcha erur "kof' ila "nun" zodasi... So'zdin o'lukning tanida ruhi pok, Ruh dog'i tan aro so'zdin xalok. Tirguzub o'lganni kalomi fasix, O'ziga jonbaxsh laqab deb Masix [3,38].

Nizomiy ushbu bobda so'z bo'lmaganda johonni sharhlab bo'lmasligini, ishqni lug'at desak, so'z bir jon ekanligini aytib, biz so'zdan iboratmiz, tanimiz esa bir buzuq ayvondir deydi:

Bo'lmasa so'z, sharhi jahon bo'lmagay, So'z necha aytilsa-da, o'ksilmagay. Ishq lug'ati ichra suxan jonimiz, Biz suxanu tan buzuq ayvonimiz [4,51].

Alisher Navoiyning fikricha ham: "So'z gavharning sharafi" balandligiga sabab uning butun olam qudrati tarafidan tuhfa etilganidir. U "to'rt sadaf gavharning durji" - ya'ni to'rt unsur (suv, havo, o't, tuproqdan hosil bo'lgan inson zotinig bosh

Research BIB / Index Copernicus

xususiyatini belgilaydi, inson nutqi bilan inson, nutq uni barchadan afzal etadi. So'z, nutq - ruh, qolip ichidagi jon, hayot, harakat demak, til faqat aloqa quroli, insonni mumtoz etgan ne'matgina emas, balki inson uchun azob-iztiroblar keltiradigan narsa ham, zero til - kishi boshiga ko'p falokatlar keltiradi, "ruhni halok etadi". Navoiyning masalaga qanchalik chuqur qaraganini his etish qiyin emas. O'zbek shoiri fikrini davom ettirib yozadikim, so'zning kuchi benihoya ulug', "kalomi faseh (go'zal so'z) o'lganni tiriltirishi ham mumkin. Shohning bir og'iz so'zi, deydi Navoiy, "bedod" - zulmga sabab bo'ladi, ammo o'rtada jallod badnom bo'ladi. So'z mas'uliyati qanchalik baland ekanini, odamlar taqdiri, kishilarning hayoti bir so'z bilan hal etilishi - yo baxtga muyassar, yo abadul-abad badbaxt bo'lishini, so'z odamlarini jonfidolikka, ulug' maqsadlar sari ko'rashga safarbar etishini qayd etgan. Navoiy, ayni vaqtda so'zning estetik ta'sir ko'chini ko'rsatishni unutmagan. Shoir qiziq misol keltiradi: "G'uncha og'izlik sanami no'shlab" go'zalni ko'rsang, uning xush surati, zebo qaddu qomati kishini lol qoldirsa-da, zohiran uning chiroyli suratdan uning farqi yo'q. Lekin, agar shu chiroy, husnga yarasha malohatli, jonsitam nutqi ham bo'lsa, u:

Solg'usi jinsi bani odamg'a o 't, Ne bani odam, bari olamg 'a o 't. Har dam etib elni halok o 'rtagay, Balki bashar xaylinipok o'rtagay [5,34].

Mana shu yerda Navoiy badiiy adabiyot, ya'ni "fasohatli so'z"ning so'zu gudozidan hiqoya boshlab, she'rning, shoir so'zining qudratini ustalik bilan qayd etadi. Bunda ham nozik yo'l topg'an: boya o'zi ta'rif etgan o'sha go'zal so'zga chechanligi bilan olam ahlini mastu sarxush eta oladi, ammo u Navoiy g'azalini o'qisa-chi. Unda:

Kim anga alfoz o 'lub otash fishon, Bersa ulus ko 'nglig'a mungdin nishon. Bazmda ul lahza aloloni ko 'r, Ko 'yi xarobot aro g 'avg 'oni ko'r. Ko 'rki nechukdur yaqo chok aylamak, O 'zni fig 'on birla halok aylamak [5,34].

Shoir umuman badiiy so'zning ta'sir kuchini, jumladan o'z she'rlarining naqadar baland qadrlanishi, odamlar ko'ngiliga g'ulg'ula solib, hayajon qo'zg'ashini faxr bilan tasvirlagan.

Nizomiy so'zni bu olamda qilni qirq yoruvchi, avvali andisha, oxirda hisob, toj sohiblari uni toj deb biluvchi, boshqalar ilojning sababkori deb biluvchi, alam bilan navo tuzguvchi ham, bayroqlardan ham ziyod fath etuvchi, qalamdan ziyoz iqlim

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ochguvchi deb ta'rif etadi.

Bormi shu olamda, yetarmi kuchi, So'z kabi ul qilni-da qirq yorguchi? Avvalin andisha va oxir hisob, So'z erur barcha o'shal sarhisob. Sohibi tojlar uni toj deb bilur, O'zgalar asbobi iloj deb bilur. Goh alami birla navoe tuzib, Goh sanami uzra qalam yurgizib. Fath etar so'z alamdin ziyod, Iqlim ochar balki qalamdin ziyod[5,52].

Keyingi baytlarda uning ha deganda jamol ko'rsatavermasligi, bandasining oldida u bir xayol ekanligini aytib, biz bugun so'zga nazar tashladik, so'z sababi birla yo o'likmiz, yoki tirik deydi:

So'z o'zi ko'p ko'rsatavermas jamol, Bandasining oldida ulkim xayol. Bizki bugun so'zga nazar tashladik, So'z sababi birla o'likmiz, tirik [5,52].

Shoir so'zni sovuqda issiqlik berguvchi, chanqaganda tashnalarga suv, shunday bir bog'dirki, ichi orasta, olam tog'laridan ham safo b erguvchiroq, rangini chizmoqqa rang yetmaydigan, aslini aytmoqqa so'z yetmaydigan, har yerda alam ko'tarsa, harf, til, nutq ziyod bo'ladigan deb ta'kidlab, agar u pishitilgan, tob berilgan ip bo'lmaganda jon unday bahonani topmagan bo'lar edi, deydi: So'z berur otashni sovuq qotsalar, Chanqasa, so'zdin suv ichar tashnalar. Bog'aro bog'dir ichi, orastadir, Charxi ko'handan-da safobastadir. Rangini chizmoqqa nishon yetmagay, Aslini aytmoqqa zabon yetmagay. So'zki har yerda ko'tarsa alam, Harf ziyod bo'lga-yu til nutqi ham. Bermasa so'z rishtaga tob, ne edi, Jon o'sha sarrishtani topgaymidi? [5,52].

Tabiat olamini yemoq ham, shariat muhrini aytmoq ham so'z bilan, so'zimiz bir zar - oltin bo'lsa, oldida o'sha zarning bahosini bilguvchi so'z sarrofi bor edi. So'z yangi, oltin esa eskidir. Ulardan birini tanlash zarur bo'lsa, so'zni tanlagin deydi shoir:

Research BIB / Index Copernicus

Mulki tabiatni yemak - so'z ila, Muhri shariatni demak - so'z ila. Ul so'zimizkim, suxani zar edi, Oldida sarrofi suxan bor edi. So'z esa yangi, zar agar eskidir, Qay biri afzal desalar, so'z degil. So'z qushi uchgay olibon shunda so'z, Bir kishi bilmas ne emish unda so'z [5,52].

So'z kumushi bilan urginki, kumush tanga tuproqiy - xokiydir, oltin - it, gunohlarni bog'lovchi tasmadir, davrada so'z bilguvchidan ulug'roq kishi bormi, davlatu sarvat hammasi so'zning ichidadir. U qanday ko'ngilki, so'zga g'ofil bo'lsa, so'zning sharhini berish esa, so'zdan ham ortiqdir, deydi shoir. Bob so'ngida har tarafga so'zidan ovozasi ketib, Nizomiyning nomi yana sharaf topsin, deya duo qiladi: So'z kumushin urki, diram xokidir, Zar nechuk it? Ohuyi fitrokidir. Davrada so'zdan-da ulug' bormi kas? Davlatu sarvat bari so'z ichra, bas. Ul ne ko'ngil, g'ofil esa so'zga ul, Sharhi suxan so'zdanam ortiq erur. So'zidin ovoza tushib har taraf, Nomi Nizomiy yana topsin sharaf! [5,53].

Keyingi bobda ham yuqoridagi fikrlar mazmunan davom etadi. "Manzum so'zning mansur so'zdin afzalligi" deb nomlangan ushbu bobda ta'kidlaganidek, o'rta asrlar musulmon sharqida asosan manzum so'zlar, ya'ni she'riy shakl ustuvor edi. Shuning uchun ham shoir nazmni chuqur ma'noli so'z - nukta deb ataydi. Bunga sabab esa mavzun - vaznga solinganligi, qalam ahli ko'p ranj cheksa-da so'z bilan ikki olam ganjini ochishi mumkinligini yozadi: So'zkim, o'shal manzum erur aksari, Ahli nazar oldida gavhar bari. Nuktani1 ko'rgilki, magar chun erur, Nukta u orastavu mavzun erur. Ahli qalam cheksa-da so'z ranjini, So'zda ochur ikki jahon ganjini[5,53].

Shu yerda ta'kidlashimiz mumkinki, Navoiy ham salafi singari badiiy so'z ni ikkiga ajratadi: nasr va nazm. An'anaga muvofiq nazm(she'r)ni nasrdan ustun qo'yadi. Chunki nasr - sochma, nazm esa tartibga tushirilgan so'z, shunga ko'ra

1 HyKTa -ny^yp MaiHO^H cy3, xuKMax

Research BIB / Index Copernicus

uning ta'siri ham o'zgacha. Yuqorida ko'rganimizdek, bu aqida Nizomiyda ham bor. Navoiy bu yerda Nizomiy fikrini quvvatlagan.

Keyingi baytlarda Nizomiy Ganjaviyning so'z ahli - shoirlar va shoirlik haqidagi fikrlari o'z aksini topgan. Shoir so'z ganjining kaliti, so'z ahlining tilining ostidadir. Ul - Alloh tarozi yaratib, so'zni tortganda omadi yor kishilargagina so'z nasib etdi. Ular o'xshashi yo'q Arshning bulbullari, boshqalar qaydanam ularga teng bo'lsin. Fikru xayoli otashi yoqqanda - ilhom kelganda, jumla farishtalar bilan ular hamnafas bo'ladilar, go'zal so'zlash bir yashirin pardaki, payg'ambarlik sirlarining soyasidir. Orqayu o'nglarda ulug'lik safida oldinda nabiylar, shoirlar ulardan keyin boradilar deydi:

Ganji suxanlar kaliti aslida Ahli suxanlar tilining ostida. Ulki tarozi yaratib, tortdi so'z, Omadi yorlarga nasib etdi so'z. O'xshashi yo'q bulbuli arshdir ular, Qaydanam o'xshash o'lur ul o'zgalar. Fikru xayol otashi yoqqanda, bas, Jumla maloik-la ular hamnafas. Pardayi rozdirki suxanvarlik ul, Soyayi asrori payambarlik ul. Orqayu o'nglarda safi kibriyo, So'ng ular, oldinda esa anbiyo [5,53].

Keyingi baytlarda shoirlikning mashaqqatlari haqida fikr yuritib, shoir ularning suprasidan bir kulcha kelsa, so'z deb o'ylamaki, jonining parchasidir. Ular qalam tig'i bilan jonini tarashlaydi, ko'nglining sidqidan fikr o'qiydi. U bir hikmat chashmasining suxandonidir deydi.

Nizomiy haqiqiy shoirlar haqida fikr yuritib, ularning ziddi bo'lgan qofiyabozlar haqida ham biror narsa deyishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Ularning boshida qasr bordir. Hamma ostonaga ham tiz cho'kib, bosh egavermaydi. Ularning buncha zahmati qo'liga ikki jahon davlatini kiritish, ular mol ahlining boshidan oyog'igacha salom berib, qomatini kamon qiladi. Gohida shu yo'lda joni og'ziga keladi. U kondan la'l olguncha yetti osmon qubbasini nayzalaydi, deydi. Keyingi baytlarda bunday shoirlikdan chiqish yo'llarini aytadi:

Farzand erur baytu g'azallar, suyuk, Tab' ila ilhomi atodir, buyuk. Gohi falak xizmatin etsa, netar, Xizmatidin so'ngra u ozod etar.

Research BIB / Index Copernicus

Har nafasi rohati jon bo'lgusi, Har suxani muhri zabon bo'lgusi. Har kishi ko'rgayki, nechuk paykar ul, Sohibi so'zdirki, suxanparvar ul. Mushtariy ul sehri suxan ichra chun, Zuhra yana, ilkida Horut zabun. So'zki ajab manzilu ma'vo o'shal, Bir nechalar ul sari ot soldilar [5,55].

Keyingi baytlarda esa shoirning ana shunday "shoirlar"ning qilmishi jonini o'rtaganligi, ularning ishi nazmga begona ekanligi, shu sabali u so'zlar xoru haqir bo'lganligi, u so'zlarni qo'lu bo'ynidan tugunlarni yechish lozimligi, ular oltinu zar deb o'lganligini, kumushni oltin deb berganligini, kishi oltin zarga shu qadar berilsa, dur berib, sopol olishi mumkinligini, ko'rinishidan baland joylarda o'tirganligi bilan aslida tubanda ekanligini ta'kidlaydi: O'rtadi jonimni u qilmishlari, Nazmga begona erur ishlari... Xoru haqir bo'ldi u vajdin suxan, yech u tugunlarni qo'li, bo'ynidan. Oltinu zar deb bari o'lmish ular, Nuqrani zar o'rnida bermish ular. Oltinu zar deb kishi etsa chunon, Dur berib, olgay u sopol begumon. Qavmki, chun izzatu ardoqdadir, Tuban erur, garchi balandroqdadir [5,55].

Nizomiy shoirlarga bir pir sifatida nasihat qiladi. Podshohning zariga ko'z tikkan temirni ham tatib ko'radi. So'z bir asaldirki, uni arzon qilmagin, uni itpashshalarga talatmagin. Senga bermasalar lutfu saxovat kutmagin, so'ramasalar xayru duo olib bormagin. Shariatda yetuk bo'lmasang, she'r tomon qo'l cho'zmagin. She'r seni yettinchi osmonga chiqargay, ma'nolar saltanatining mulkini bergay. She'r va shariat seni nur kamaringdan Javzogacha olib boradi. She'r bilan nomingga shoirlar amiri degan nomgacha maqom yetishadi. Zarracha bo'shashmasdan, so'zingni izla, o'sha yulduzing toki qo'lga kirmaguncha... Shamdek boshing egik bo'lgin, kunduzi bejon, kechasi tirik bo'lgin. So'zni pisand aylasang, e'tiborli bo'lsang va maqomini baland qilsang, u pardada o'zini namoyon etadi. Ko'nglingga o'sha dur kelsa, g'ururlanma, undan ham yaxshirog'i albatta keladi: Etma g'urur, kelsa shu ko'nglingga dur, Yaxshisi bordir yana ko'nglingda ul [5,56].

Research BIB / Index Copernicus

Keyingi baytlarda shoirning ilhom vaqti haqidagi fikrlari o'rin olgan: Kimki bu yo'l boshida bayroq tikar, To'p - Quyosh, Oyni u chavgon etar. Har nafas ul jahdu jadal etsa ham, Bir nafas etmas o'sha g'ayratni kam. O't kabi fikrat otini surgay ul, Ko'kka yetib hamki, u otash erur. Otiga Jibril qanot bersa, kuch, Parri Sirofilni qilur yelpug'ich. Asra-avayla bu dala-pushtani, Berma birovlarga bu sarrishtani. Shoxida qolgaymi biror anjiri, Kelsa-yu anjir yesa qushlar bari?

Nizomiy so'nggi baytlarda faxriya usulida o'zini bu shevaning xosi, ustozi ekanligini ta'kidlab, she'rni ham, shoirni ham aziz etganligini, uni mayxonadan ozod qilganligini, zohidu rohi o'zini izlab kelganligini, xirqasiyu zunnorini yechganligini aytib o'tadi. Shoir so'zlasam, yangi so'zim shunday tozaki, qiyomatning surigacha ovozi bo'ladi. Yangilarmi, eskilarmi meni joduso'zli deb biladi. San'atim shundayki, u afsun qiladi. Sehri malaklarni-da maftun qiladi, deydi shoir: San'atim andoqki, u afsun etar, Sehri maloikni-da maftun etar. Bobulim ul Ganjayi horutso'z, Zuhram esa, xotiri anjumfo'ruz. Zuhraga ul mantiqi Mezon maqom, Mantiqi ruhoniy erur ul tamom. Sehri halolim - sahariy ne'matim, Nusxayi Horut uza chizgay xatim. Shakli Nizomiyki, xayolim mening, Jon anga ul sehri halolim mening.. .[5,57]. Xulosa o'rnida ta'kidlash mumkinki, so'z ilohiy yaratiq sifatida mumtoz adabiyot namoyandalarini o'ziga chorlab, maftun etib kelgan. Ular So'zga intilib, uni inson ruhiyatini kashf etishdagi ahamiyatini doim ta'kidlab kelganlar.

Â^ABHËT^AP (REFERENCES)

1. M.MyxuggHHOB. KOMHH HHCOH - agaôuëT ugeanu. TomKeHT: MatHaBHAT. 2005, -

2. fflañx Hh30mhh raH^aBHH. "Max3aH yn-acpop" OopcuñgaH Y36eKHCTOH xanK

E. 155.

Research BIB / Index Copernicus

шоири Жамол Камол таржимаси, - Б. 480-бет

3. Алишер Навоий. «Хамса», танвддий матн. Нашрга тайёрловчи П.Шамсиев. Тошкент, «ФАН», I960 й., - Б. 380.

4. Alisher Navoiy, "Hayrat ul-abror", G'.G'ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent - 2006.

5. Алишер Навоий. «Хамса», танвддий матн. Нашрга тайёрловчи П. Шамсиев. Тошкент, «ФАН», 1960 й., - Б. 144.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.