Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODIDA SO‘Z SEHRI VA TIL JOZIBASI'

ALISHER NAVOIY IJODIDA SO‘Z SEHRI VA TIL JOZIBASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1733
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she’riyat / adabiyot / nasr / janr / Mahbub ul-qulub / janr / til

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ermatova Ma’Rifat Ahmadjonovna

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ijodi haqida, uning ijodida so‘zning naqadar ahamiyatli, jozibali sanalganining sabablari va ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, Mahbub ul-qulub asari orqali namunalar keltirib o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODIDA SO‘Z SEHRI VA TIL JOZIBASI»

ALISHER NAVOIY IJODIDA SO'Z SEHRI VA TIL JOZIBASI

Ermatova Ma'rifat Ahmadjonovna

Farg'ona viloyati Buvayda tumani 12-son umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7437541

Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ijodi haqida, uning ijodida so'zning naqadar ahamiyatli, jozibali sanalganining sabablari va ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, Mahbub ul-qulub asari orqali namunalar keltirib o'tildi.

Kalit so'zlar: she'riyat, adabiyot, nasr, janr, Mahbub ul-qulub, janr, til.

"Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisandzohir bo 'lsa, boshning ofatidir..."

(A.Navoiy "Mahbub ul-qulub"dan)

Navoiy o'z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi. "Mahbub ul-qulub" asarida voizlar til odobi xususida fikr yuritsa, "Muhokamat ul lug'atayn" asarida o'zbek adabiy tilining boyligini e'tirof etdi. Nainki e'tirof etdi, balki tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta'kidladi. So'zning tarixiy-madaniy xizmati beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib beriladi. Agar nutq bo'lmas ekan, tilning, so'zning cheksiz imkoniyatlari ruyobga chiqib chiqmay qolaveradi. "Majolisun-nafois" da so'zning voizlari hayotida tutgan o'rni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. "Nazmul javohir" asarida esa so'z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat sanalishi aytib o'tiladi. Tarixdan ma'lumki, Navoiyning o'zi ham mohir notiq bo'lgan va shirin kalomi, o'tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o'z asarlarida ham xaloyiqqa nafi tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirin-zabon so'zlar so'zlashni, chiroyli va ravon nutq tuzish yo'llarini o'rganish lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon etgan.

Navoiy tilni o'sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o'zaro aloqada bo'ladi, bir-biriga chatishadi deb hisoblaydi. Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug'ma ekanligini ta'kidlaydi. Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag'ishlangan fikrlari yanada mukammalroq ifodalangan asari "Mahbub ul-qulub" dir. Chunki shoir bu asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so'zlovchi dilidagi fikrni to'g'ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi. "Saodatbaxsh ruh zuloliga matla' ham til. Tilga iqtidorlig'-hakimi xiradmand, so'zga ixtiyorsiz-layni najand. Tilki fasih va

dilnazir bolgay, xubroq bo'lgay agar ko'ngil bila bir bolgay" deb yozadi Navoiy. Manosi: "Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manba ham til, baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir: so'zga ahamiyat bermaydigan kishi lanatlangan, pastdir. Til go'zal va dillarni olovlantiruvchi bolishi bilan birga, so'zlovchining dilidagini aks ettirsa, yanada yaxshiroq bo'ladi" Navoiy til deganda nutqni kozda tutgan. Til, yani so'z o'zining ko'p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligini, nutqning qo'polligi, maqsadga muvofiq bolmasligi so'zlovchiga zarur yetkazishini alohida ta kidlab o'tadi.

Mayin, yoqimli, shirali ovoz bilan so'zlash odobi haqida, o'ylamasdan so'zlamaslik lozimligi haqida: "Tildin azubat dilpisanddur va miynat sudmand. Chuchuk tilki achig'liqqa evruldi, zarari oni bo'ldi. Chuchuk so'z sof ko'ngullarga nushdir... So'zni ko'ngulda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko'nglungda boisa, tilga surma" deydi. Buning manosi shundayki, tilning shirin, yoqimli va yumshoqligi foydadir. Chuchuk til achchiqqa aylansa tinglovchiga zarar yetkazadi. Qandni mast qiluvchi aroq qilsalar, harom boladi. Chuchuk sozni toza kongullar simiradi. So'zni ko'ngulda pishitib olmaguncha so'zlamagin, ko'nglingda bo'lgan har qanday fikrni ham ayta berma. Nutqdan maqsad fikr anglatishdir: "Ammo so'zlar va saboqlardin murod manodur"

Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug'ullangan shoir "Mahbub ul-qulub" asarining 24-bobini voizlik ilmiga bag'ishlaydi. Navoiyning o'zi ham notiqlik sanatini oz davrida yuksak darajaga ko'targan. "Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" yoki "Madani inson gavhari so'z durur, gulshani odam samari so'z durur" deb yozadi. Navoiy 24 bob "Nasihat ahli va voizlar zikriga" bag'ishlangan bolib, shoirning fîkricha "voiz uldurki, majlisg'a kirgan to'lg'ay va tola kirgan holi bolg'ay" "Mahbub ul-qulub" da "Og'ziga kelganni demoq-nodonning ishi", "Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt", "Chin so'z-mo^tabar yaxshi so'z-muxtasar" kabi hikmatli so'zlar, maqollar anchagina. Navoiy ham shu mazmundagi baytlar yaratadi. Shoir nazarida so'z olikni tiriltirish kuchiga ega:

Ham so^z ila elga olimdin najot, Ham so^z ila topub oluk tan hayot.

Bazan bir so'z bilan tirik vujud, salomat inson ham jonsiz olukka aylanishi mumkin. Yolg'on so'z ham shunday qudratga ega: Olukgar andin erur jonipok, Valekin tirikni ham aylar haloq

Navoiy takidlashicha, shirin so'z bilan ko'p ishlar amalga oshadi. Achchiq may, boda ham chuchuk til bilan uzatiladi. Hatto "chuchuk so'z elga izhor" etish orqali u kim bolmasin, "har nechakim ag'yor zurur yor" ga aylanadi. Xalqimiz tili achchiq, inson ko'ngliga ozor beruvchi kishilarga "tili zahar", "tilidan zahar tomadi"

kabi nisbatlarni beradi. Bunday kishilardan hamma o'zini chetga tortadi. Dildan suhbatlashishni istamaydi, aksincha, zarurat yuzasidangina muomala qilishga majbur bo'ladi. Navoiy bu taxlit "achchiq so'z, anfos" lik kishilardan "istig'no" zarurligini o'rinli ta'kidlaydi:

Har kimki achchiq bo Idi soлzi, anfosi, Bor suhbatidin xalqning istig'nosi.

So'zlashning ham me'yorlari bor. "Boisi g'aflat ko^p soz"- ko'p gapirish ham g'aflat, g'ofillikka sabab. Har qancha suxandon bo'lsa ham, imkon bo'lguncha so'zni qisqa gapirish zarur. To'g'ri va rost so'z mavjud. Yolg'on va yolg'onchilik bor. Shoir o'gitiga so'zlayotgan kishilarning kimligi, qandayligi uning ko'rinishi bilan emas, so'zlanayotgan gaplaridan ayon bo'ladi. Ko'ngilga kelgan har bir fikrni tilga chiqaraverish beburdlikka olib keladi. Behuda, beburd va masxaraomuz so'zlash kishining o'ziga ozor yetkazadi. Tili kesilishiga olib keladi. So'zni ko'ngilda pishitib, mulohaza qilib, so'ng "tilga surmoq" kerak. Har bir kishining so'zi-uning ko'nglini aks ettiradi. Shoir aytmoqchi:

Senga bor esa so^z bilurdin mazoq, Oлzim sari boqma, soлzim sari boq.

"Soz" deganda Navoiy nimalarni nazarda tutadi? Professor A.Hayitmetov shunday yozadi: "Navoiy "so'z" ni o'z asarlarida ko'p ma'noda ishlatadi. U "soz" termini ostida insoniyatning hamma ma'naviy boyligini-alohida ijtimoiy kategoriya bo'lgan tilni ham, ideologiya shakllaridan hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham tushuna beradi hamda ularni ko'p vaqt bir-biridan farq qilmaydi" Navoiy "so'z" haqida gapirganda qo'yidagilarni e'tiborga oladi:

1. So'z-til ma'nosida.

2. So'z-muomala, gapirish, nutq mohiyatida.

3. So'z-badiiy ijodda, mazmunni shakllantiruvchi vosita tarzida.

Navoiy talqinicha, so'zning (tilning) insoniyat hayotidagi o'rni beqiyos. U insonning insonligini, barcha jonzotlardan yuksak ekanligini anglatuvchi unsur. Ollohning bashariyatga in'om etgan ulug' ne'mati tildir: Tengriki, insonni qilib ganji roz, So z bila hayvondin anga imtiyoz.

Tangri, insonni "ganji roz"-sirlar xazinasi qilib yaratdi. U bir mo''jiza. Odamning hayvondan "imtiyozi"-farqi "so'z bila"-til bilan bo'ldi. Agar bu baytda gap bevosita til haqida borayotgan bo'lsa, ba'zan til va so'z alohida-alohida hodisa sifatida talqin etiladi. Shoir tilni po'lat xanjarga qiyoslaydi. So'z esa, shu xanjarga bezavk beruvchi, unga qadalgan injulardir: Mana bu baytda ham shunga xos ifoda: So z bila kufr ahli musulmon bo lib, So^z bila hayvon degan inson bolib.

Birinchi misrada "Shirin so'z", "tasirli so'z", "nasihatomuz so'z", "yumshoq va muloyim so'z" va xokazo-gap bilan "kufr ahli" iymonsiz, e'tiqodsiz kishilar ham "musulmon" bo'lishi, to'g'ri, yo'lga kirishi takidlanadi. Ikkinchi misrada esa, odamni hayvondan ajratuvchi vosita-til haqida gap boradi. Navoiy so'zni ajib, sehrli va qimmatbaho gavhar sifatida ezozlaydi. Ko'pgina baytlarda, ayniqsa "Xamsa", "Mahbubo'l qulub" singari asarlarida so'z, uning o'rni, inson hayotidagi ahamiyati, so'zlash madaniyati, so'zning badiiy ijoddagi mavqie, so'z odobi kabi tomonlar xususida mulohazalar bildirgandir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. T.:"Fan", 2002.

2. Qosimov B. Maslakdoshlar. - T., Sharq, 1994. - 160 b.

3. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T., «Xalq merosi» nashriyoti, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.