IRFONIY QASIDALARNI O'RGANISHNING O'ZIGA XOS QIYINCHILIKLARI
(Xoqoniyning irfoniy qasidalari misolida)
Kamola Shavkat qizi Jumayeva1,
1Tayanch doktorant, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
kamolajumaeva7@gmail.com
CHALLENGES OF STUDYING IRFAN ODES
(On the example of Haqqani's irfan odes)
Kamola Shavkat kizi Jumayeva1,
1Phd student, Tashkent State University of Oriental Studies
kamolajumaeva7@gmail.com
�������� �������� ��������� ��
(�� ������� ��������� �� �������)
������ ������ ���� ��������1,
1���������, ������������ ���������������� �������������� ������������
kamolajumaeva7@gmail.com
ANNOTATSIYA
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan diniy va dunyoviy ilm ahlining ilm-fan va ma'naviy taraqqiyotiga qo'shgan hissasi ma'lum va mashhur. Ajdodlarimiz yaratgan badiiy adabiyot namunalari ham o'z bag'rida ne-ne sirlarni yashirib kelmoqda va umumbashariy ijtimoiy ma'naviy taraqqiyotda ularning o'rni va ahamiyati hanuz yetarli ochib berilgan deyish qiyin. Irfoniy adabiyot va bu adabiyot zamirida ilgari surilgan g'oyalar fikrimizning isboti hisoblanadi. Ushbu maqolada irfoniy adabbiyot, irfoniy addabiyotning saroy adabiyotiga kirib kelishi va unga turtki bo'lgann omillar, irfoniy qasidalarning o'ziga xos qiyinchiliklari XII asr fors mumtoz she'riyatining yorqin vakillaridan biri Xoqoniy Shirvoniyning irfoniy qasidalari misolida ochib berildi.
ANNOTATION
The donation of religious and secular scholars from Central Asia to the development of science and spirituality is known and popular. The representatives of the literature created by our ancestors remain a mystery and secrets, and it is hard to say that their role and significance are still well-known enough in the global social and spiritual development. The Irfan literature and the ideas put forward in this literature can be evidence to our opinion. In this article, the emergence of irfan literature, its entrance into the palace literature, and the factors that motivated it, and the specific difficulties of the irfan odes, are illustrated in the example of Khaqani Shirvani.
���������
������������� ����������� � �������� ������ �� ����������� ���� �� �������� ����� � ���������� �������� � ���������. ������������� ����������, ��������� ������ ��������, �������� �������� � ������, � ������ �������, ��� �� ���� � �������� ��� ���������� �������� � ������� ���������� � �������� ��������. ���������� ������ � ����, ���������� � ���, ����� ����������� ���� ������. � ���� ������ �� ������� ������ ������� ����������������� ��������� ��������� ����������, �� ������������� � ��������� ����������, � ����� �������, ������� �� ������������, � ����� ������������� ��������� �������.
Kalit so'zlar: Qur'oni karim, hadisi sharif, Xoqoniy Shirvoniy, Nizomiy, Alisher Navoiy, Abu Homid Muhammad G'azzoliy, irfon, tasavvuf.
Keywords: The Koran, Hadith, Alisher Navoi, Nizami Ganjavi, Abu Hamid Ghazzali, Khaqani Shirvani, irfan, tasavvuf.
�������� �����: �����, ������, ������ �����, ������ ��������, ��� ����� ������, ������ �������, �����, ��������.
Musulmon mintaqa madaniyati rivojida XII asr boshlaridan ma'naviy kamolotning yangi bosqichi boshlandi. Ma'lumki, X-XI asrlar mantiqiy tafakkur va ilm birinchi o'ringa ko'tarilgan davr bo'lib, aqlga tayanish tamoyili yetakchi edi. Yangi bosqichning asoschisi sifatida e'tirof etish mumkin bo'lgan buyuk mutafakkir alloma Abu Homid G'azzoliy (1058-1111) ham bu davrda ushbu tamoyil namoyondalaridan bo'lgan. Ammo buyuk vazir, ilm va ta'lim homiysi Nizomulmulk ismoiliya terrorchilari qo'lida shahid bo'lgach (1092 yil), siyosiy parokandalik holatida G'azzoliy tasavvufni jiddiy o'rganishga kirishib ketib, XII asr boshida arab tilida o'zining to'rt qism 40 kitobdan iborat "Ihyoyi ulum ad-din" asarini yaratdi va bu asarda rasmiy islom aqidalari bilan tasavvufiy g'oyalarini uyg'unlashtirishga erishdi. Alloma oxirgi asari fors tilida yozilgan "Kimyoyi saodat"ning muqaddima qismida ruh masalasiga maxsus to'xtalib, o'tgan asrning yetakchi tamoyili - "aqlga tayanish" o'rniga "ko'ngilni poklash" tamoyilini olg'a surdi (3. 95). Bu tamoyilning olg'a surilishi mintaqa ma'naviy takomilida yangi bosqich - Tasavvuf tariqatlari yoxud irfon bosqichining boshlanganini bildirar edi (3. 107). Fors mumtoz adabiyotida ham XII asrdan boshlab, tasavvufiy-irfoniy mavzularga qiziqish kuchaydi. Agar XI asr ikkinchi yarmida tasavvufiy yo'nalishda ijod qilgan shoirlar alohida bir guruhni tashkil qilgan bo'lib, saroy she'riyatiga ta'siri deyarli sezilmagan bo'lsa, XII asr boshlarida o'z ijodini boshlagan Sanoiy G'aznaviy ko'p o'tmay saroyni tark etib, irfoniy mavzularda asarlar yarata boshladi. Uning "Tasbih at-tuyur" qasidasi, qator dostonlari ushbu mavzuga bag'ishlangan. Ayniqsa, uning "Hadoyiq ul-haqiqa" asari o'z davrida katta shuhrat qozondi. Undan keyin Anvariy, Xoqoniy, Nizoniy G'anjaviy singari ulug' iste'dod egalari bu yo'nalish rivojiga o'z hissalarini qo'shdilar (3. 111-150). Bu fors mumtoz adabiyoti rivojida yangi davrning, irfoniy-tasavvufiy she'riyatning yuksalish bosqichining boshlanishi edi (3. 107).
Irfon - tasavvufning mohiyatiga aloqador bo'lib, Borliq haqiqatini anglab yetishning o'ziga xos talqini hisoblanadi ((3. 130) Sanoiydan keyin, yuqorida ko?rib o?tganimizdek, zamonasining boshqa yetakchi shoirlari ham asta-sekin saroyni va madhiyago?ylikni tark eta boshladilar. Navoiy ko?zda tutgan "majoz tariqi"ning birinchi bosqichi asosan ushbu yangi yo?nalishga o?ta boshlagan shoirlar ijodidan, ya?ni XII asr ikkinchi yarmidan boshlanadi. Ye.E. Bertels yozadi: "Yaxshi ma?lumki, XII asrdan boshlab sufiylik harakati qizg?in rivojlanib ketdi: shaharlarda darvishlar behad ko?paydi, ularning qarashlari adabiyotga ham ta?sir qilib, asta-sekin uning mag?z-mag?ziga singib bordi. Ayni shu paytlardan shoirlar orasida madhiya qasidalarga vaqt sarf qilishning ma?nosizligi va behudaligiga ishonch ortib, adabiy hayotda jiddiy o?zgarishlar yuz ko?rsata boshladi"). Bu yo'nalishga mansub shoirlarning ijodini, xususan, Xoqoniyning irfoniy qasidalarini o'rganish jarayoni shuni ko'rsatdiki, irfoniy mavzudagi asarlarni to'g'ri anglab yetish uchun davr tilini yaxshi bilish va an'anaviy adabiyotshunoslikdan xabardor bo'lish yetarli emas ekan. To'g'ri, o'z davrida turli tasavvuf ulamolari tomonidan tasavvufiy ramz va timsollar sharhlangan lug'atlar tuzilgan. Ammo aniq bir badiiy asar tahliliga ulardagi ma'lumotlarni qo'llash ham oson ish emas. Adabiyotshunos fors-arab tili va gramatikasini puxta o'zlashtirish, Qur'oni Karim oyatlarini tafsirlari bilan chuqur o'zlashtirish, hadisi sharif ilmidan xabardor bo'lishdan tashqari, avliyolar va anbiyolar qissalarini, tasavvuf ulamolarining nazariy asarlarini, shari'at qoidalarini, islomgacha bo'lgan adabiy va tarixiy asarlarni, shoir yashagan zamon va makon tarixini tafsilotlari bilan yaxshi bilishi, o'sha davrda keng tarqalgan turli rivoyat va hikoyatlari, davr ilmlari, falsafasi o'sha zamon va makon odamlarining urf odatlari axloqiy qarashlari va ijtimoiy ahvolidan xabardor bo'lishi kerak. Aks holda irfoniy adabiyotni tarjima va talqin qilishda adabiyotshunos shoir aytmoqchi bo'lgan mohiyatni o'quvchiga to'g'ri yetkazib bera olishi qiyinlashadi. Ushbu maqolada yuqoridagilarni inobatga olgan holda, dastavval Shirvonshohlar saroy shoiri bo'lgan, ammo ustozi (qayinotasi) bilan munosabati buzilgach, haj ziyorati bahonasida saroy muhitidan uzilib, tasavufiy-irfoniy yo'nalishga o'tgan, Alisher Navoiydek buyuk iste'dod sohibining tahsiniga sazovor bo'lgan ozarbayjonlik forsiyzabon shoir Xoqoniy Shirvoniyning irfoniy qasidalaridan ba'zi baytlarni tahlilga tortdik.
1. Qur'oni Karim oyatlaridan:
???? ?? ??? ?? ? ?? ???? ?? ?????
?? ?? ????? ???????? ??? ?? ??
Tarjimasi:
"Lo"dan boshqaga o'g'zingni ochmagin, muhrlab qo'ygin tilingni
"Qolu balo" valiyligiga faqat "La" bilan erishasan.
Ushbu baytda zikr etilayotgan "Lo" bu toyibat kalimasidagi "Lo", ya'ni "Lo ilaha illoolloh" ("Ollohdan o'zga iloh yo'q"). Shoir: - "Yagona Ollohdan o'zgasini tilga olmagin. Tiling faqat Olloh zikri uchun ochilsin"- demoqchi. Ikkinchi misrada shoir Qur'oni Karim "Al-a'rof" surasining 172-oyatiga ishora qilib, faqat "Lo" so'zi seni Ollohga yaqinlashtiradi degan ma'noni anglatmoqda. Chunki yuqoridagi oyatda islom tarixida "Al-misoq" deb nomlangan voqea eslangan. Unga ko'ra hazrati Odam Ato yaratilganidan so'ng, Olloh uning pushti kamaridan tarqaladigan bani basharm ruhlariga murojaat qilib, "Alastu birabbikum" (ya'ni "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?") deganda bani bashar ruhlari " ???????? " ( "Xuddi shunday, o'zgacha bo'lishi mumkin emas") - deb javob bergan. Shoir ikki muborak jumladagi "Lo" inkor qo'shimchasini birlashtirib, "Lo" seni Ollohning sevimli bandasiga aylanishinga sabab bo'ladi degan fikrni bildirmoqda.
???? ?? ??? ??????? ?? ????? ??? ??
?? ?? ?? ????? ?? ???? ?? ?? ????? ??
Tarjimasi:
Agar diling qa'ri "lo" chirog'idan yorishgan bo'lsa ,
Unda sen ilohiy nurdan boshqa har narsani hukmdorlikdan tushir.
Shoir aytmoqchiki, Olloh ishqidan o'zga har qanday orzu-havasni dilingdan chiqarib tashla. Bu baytdagi "osmonlar nuri" iborasida Qur'oni karimning "Nur" surasiga ishora bor.
?? ?? ??? ??? ????? ???? ???? ??? ??
?? ???? ??? ?? ??????????? ???? ???
Tarjimasi:
Ollohga oshiq bo'lsang, qiyomatdan so'ng o'z sifatlaringdan judo bo'lgach,
U bilan ikki qosh orasidek yaqinlikka erishasan.
Yuqoridagi birinchi misrada "An-najm" surasi 9-oyatdan ??? ??? ????? birikmasi keltirilgan. So'zma-so'z tarjima qilinganda tarjimon shoirning nima demoqchi ekanligini tushuna olmaydi, ammo Qur'on oyati va payg'ambarimiz tarixlaridan xabardor bo'lsa, shoir nazarda tutmoqchi bo'lgan mohiyat va mazmunni anglab yetadi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) me'roj kechasi Arshi aloga ko'tarilganlarida, rivoyatda kelishicha, payg'ambarimiz (sav) Olloh taologa ikki qosh orasidek yaqinlashgan ekanlar. Ikkinchi misrada kelayotgan ???????? so'ziga e'tibor qarataylik. Ushbu so'zning ma'nosini anglab yetish uchun adabiyotshunos arab tili va uning gramatikasini bilishidan tashqari, Qur'oni karim oyatlaridan ham xabardor bo'lishi talab qilinadi. Qur'on karimning bir necha oyatlarida ("Shuaro" surasi, 60-oyat; "Hijr" surasi, 73-oyat; "Zuhrof" surasi, 38-oyat; "Rahmon" surasi 17-oyat;) Ollohni "ikki mashriq egasi" deb qayd etilgan. Aslida, "mashriq" so'zi "tongda quyosh chiqadigan taraf"ni bildiradi. Uning ziddi "mag'rib" so'zi "kechki payt quyosh botadigan taraf" ma'nosini anglatadi. Mantiqan ???????? - ya'ni "ikki mashriq" bo'lishi mumkin emas, chunki quyosh bir tarafdan chiqadi va ikkinchi tarafga botadi. Islomiy aqidaga ko'ra, faqat qiyomatda, ya'ni butun olamda hamma narsa alg'ov-dalg'ov bo'lgan paytda ikki tarafdan quyosh chiqib, bandalar soya joy topa olmay qoladilar. Olloh taolo anashu qiyomat kuninng egasidir.
2.Payg'ambarlar va avliyolar tarixidan:
Ma'lumki, Qur'oni karimda 25 payg'ambarning nomlari zikr etilgan. Shulardan ba'zilari Xoqoniy qasidalarda tilga olinadi. Masalan -
???? ?? ?????? ??? ?????? ????
?? ??? ????? ?? ???? ?? ??? ??? ? ???
Tarjimasi:
Ko'rginki, umring Xizr singari o'tib ketmoqda,
Sen Muso kabi xavfu-rizo sahrosida hayronlikda qolib ketmoqdasan.
Ushbu baytda Qur'oni karimning "Kahf" surasi 60-82 oyatlarida tilga olingan Muso alayhisalom va Ollohning solih bir bandasi haqidagi qissaga ishora qilinmoqda. Bu qissa yigirma uch oyatdan iborat bo'lib, Imom Buxoriyning "Jome' as-sahih" kitobida kelgan rivoyatlarda, solih banda Xazr alayhissalom ekanligi aytilgan.
??? ?? ??? ???? ???? ?? ?? ????? ?????
??? ???? ??? ????? ??? ?? ??? ???
??? ???? ?? ???????? ???? ?? ???
Tarjimasi:
Tiriklikni istasang bu dunyodan lash lushinngni yig'ishtirib chiqib ket
Iso ruhini istasang, falakka intil!
Monastrdagi Iso rasmini bir chetga surgin!
Ilohiy kitoblarda bayon qilinishicha Iso (a.s) Ollohning qudrati bilan tirik holida arshi aloga ko'tarilgan. ???? ???????? birikmasini biz monastr deb tarjima qildik. Xiristian dinida rohiblik keng tarqalgan bo'lib, rohiblar (rus tilida "monax"lar) alohida mumtoz adabiyotda "dayr" deb ataluvchi alohida maskanlarda kecha - kunduz ibodat bilan mashg'ul bo'lishadi. Bu e'tiqod aqidalariga ko'ra Iso (a.s) payg'ambar emas, balki "xudoning o'g'li" va uning inson qiyofasida namoyon bo'lishi deb qaraladi. Shu sababdan cherkov va monastrlarda uning surati (ruscha "ikona") osib qo'yiladi va uning qarshisida ibodat qilinadi. Islomda suratga sig'inish qat'iy taqiqlangan.
3.Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) tarixlari:
?? ???? ??? ?? ??? ?????? ?? ???
?? ???? ??? ?? ????? ??? ???? ???
Tarjimasi:
Cho'chqalar qatorida Kabaga qadam qo'yma
Fil qo'shini bilan baytullohga kirma.
Ushbu baytda islom tarixidagi mashhur voqealarga ishoralar bor. Birinchi misrada Xoqoniy salbchilarning Baytulmuqaddasni (hozirgi Quddus ya'ni Iyerusalimni) egallashga bo'lgan urinishlari, ikkinchi misrada esa Abrahaning Makkaga yurishini eslatmoqda. Ikkinchi misradagi voqea payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tug'ilishlaridan oldin yuz bergan. Yaman diyorida Abraha degan podshoh bo'lgan. U butun dunyoni hayratda qoldiradigan kaliso qurdirgan. U qurdirgan kaliso hammani hayratlantirsada arab diyoridagilar bunga oddiy hol sifatida qaraganlar. Ular Ibrohim payg'ambar va o'g'li Isroil tomonidan qurilgan Baytullohdan hech narsani ustun qo'yishmas edi. Ushbu ziyoratgohni yo'q qilish qasdida Abraha fillar va juda katta qo'shin bilan Makka shahriga yaqinlashganida, Muhammad (s.a.v)ning bobolari Abumutallib uning oldiga keladi va Abraha lashkari zo'rlik bilan egallab olgan tuyalarini qaytarib berishni talab qiladi. Ma'lumki, Abdulmutallib Baytullohning xodimi edi. Shu sababli Abraha unga "sen o'z tuyalaringni so'rayapsan, nega Baytulloh taqdiri haqida qayg'urmayapsan" deb savol berganida, Abdulmutallib "men o'z tuyalarimning egasiman, Baytullohning esa o'z egasi bor, uni o'zi himoyalay oladi" deb javob beradi. Darhaqiqat, qo'shin Baytullohga yaqinlashganida, osmonda Abobil qushlari paydo bo'lib, mayda toshchalar bilan butun qo'shinni yakson qilishadi. Bir zumda bahaybat fillar bu toshchalar zarbidan yerga bejon qulayboshlashdi. Tarixda ushbu voqea sodir bo'lgan yilni "Fil yili" deb nomlashgan va shu yili payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) dunyoga kelgan.
???? ??? ?? ???? ??? ?? ??? ?? ???? ???
?? ????? ??? ?? ???? ?????? ???
Tarjimasi:
Garchi jon ko'z tuynugidan sizni ko'rmayotgan bo'lsa ham
So'zlaringizda yuzingiz nuri aks etgay mudom.
Ushbu bayt payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga bag'ishlangan. Shoir payg'ambarimizni ko'rmagan bo'lsa ham, u kishi haqidagi ma'lumotlarni, hadis va oyatlarni eshitib mehr qo'yganligi juda chiroyli tasviriy vositalar bilan ifodalab berilgan.
4.Mashhur shoirlar va allomalarning asarlarida ilgari surilgan mazmun:
???? ???? ???? ?? ?? ?? ????? ???
?? ??? ?? ??? ??? ?? ???? ?? ?????
Tarjimasi:
Badan sovutini yechib, mardlar safiga qo'shil,
Ko'ngil talabida bo'l, ko'ngil dil mulki saroyining podshohidir.
Yuqoridagi baytda ???? "surat" so'zi o'z ma'nosida emas, balki umuman "moddiylik" ma'nosida kelyapti. Ya'ni, bu misrada shoir o'quvchiga: dunyo nozu ne'matlari, hoyu havaslariga berilmasdan, mardlar safiga, o'zini Olloh ixtiyoriga topshirganlar safiga qo'shilgin demoqda. Ikkinchi misrada ham bu murojaat davom ettirilgan. Shoir "Ko'ngil talabida bo'lgin, chunki ko'ngil inson vujudining hukmdori (4. 10-18)" - g'oyasini ilgari surgan. Aslida bu g'oya Abu Homid Muhammad G'azzoliy (1058-1111)ning so'ngi asari "Kimyoyi saodat" muqaddimasida o'z aksini topgan bo'lib (4. 10-18), Xoqoniy, Nizomiy, Navoiy va boshqa keyingi davr shoirlarida qayta-qayta ta'kidlanadi. Navoiy nazdida ko'ngil - Olloh makoni (5. 17) bo'lsa, Nizomiy ko'ngilga Olloh sirlarining xazinasi ((3. 159) "Sirlar xazinasi" ya'ni oliy haqiqat sirlarini qariga yashirgan tilsim ma'nosidadir. Nizomiyning ko'ngil (dil) mohiyati haqidagi shoirona aqidasi nihoyatda teran mazmunga ega. Ko'ngil bu aql ham emas, chunki u oliy tuyg'ular manbai. Inson ko'ngli uni oliy haqiqat bilan bog'lab turuvchi tilsimdir, oliy haqiqat sirlarini o'zida jilvalantiruvchi ko'zgudir, faqat unga sayqal berishda erinmaslik, so'ng zang va chirk bosishiga yo'l qo'ymaslik lozim.) deb ta'rif beradi. Xoqoniy bu fikrni boshqa shoirlardan oldinroq aytib o'tganligi biz uchun muhim. Xoqoniy ko'ngil talabida bo'l, ko'ngilni pokla, Olloh inson qalbidadir deydi. Darhaqiqat ko'ngil - insonning e'tiqodi, iymoni ramzi, aql, bilimlar, tafakkur - barchasi ko'ngilga tobe va unga xizmat qiladi. Bu sufiyona ta'limot shoirona idrokga ham mos keladigan tushuncha deyish mumkin (5. 17).
?? ???? ???? ?? ??? ???? ???? ??
?? ??? ?? ????? ?? ??? ?? ??????
Tarjimasi:
Kimki begunohlar miyyasini ajdarxoha bersa
Bir parcha charm uning davlatini halok qilgusidir.
Yuqoridagi baytda Firdavsiy "Shohnama"sidagi Zahhok hikoyasiga ishora bor. Arab diyorida Zahhok otasidan taxtni tortib olib, hukmronlikni qo'lga kiritadi. Iblis oshpaz qiyofasida Zahhok huzuriga kelib, o'zining shirin taomlari bilan siylaydi. Zahhok oshpazni mukofotlamoqchi bo'lib, undan "mukofotga nima xohlaysan" - deb so'raydi, shunda oshpaz menga mukofot kerak emas, "ikki yelkangizdan o'psam bo'ldi" - deb javob beradi. Oshpaz Zahhokning ikki yelkasidan o'pgach u yerdan ikki ilon o'sib chiqadi. Ilonlar Zahhokning boshiga hamla qilishadi. Zahhok ilonlarni tinchitish uchun har kuni ikki yigitni so'ydirib, miyasini qovurtirib, ularga beradi. Yuqoridagi baytda Xoqoniy xuddi shu voqeani nazarda tutgan (3. 85-90). Birinchi misradagi ???? ???? ?? iborasi ushbu voqeaga oid asosiy qahramonlardan biri - temirchi Kovaning charm peshbandiga ishora bo'lib, ushbu peshband Zahhok zulmiga qarshi kurashuvchilarning bayrog'iga aylangan edi.
5. Musulmon mintaqasi tarixini bilish:
?? ???? ??? ? ??????? ???? ? ??? ??
??????? ???? ????? ? ????? ?????
?? ???? ????? ??? ?????? ?? ??
?? ?????? ???? ???? ??? ?????? ?? ??
Tarjimasi:
Men o'z davrimning Husayniman, Noahllar men uchun Shamr va Yaziddirlar,
Mening ahvolim Ashuro, Shirvon men uchun Karbalo.
Ey Ollohning Iroqi men senga oshuftaman,
Ey Ollohning muqaddas maskani - Xuroson seni qattiq sog'inaman.
Ushbu ikki baytda Xoqoniyning ichki kechinmalari, uning botinini yemirayotgan anduhlar, tushkun holati ifodalangan. Shoir o'z ahvolini Ashuro kunidagi foje' holatga va vatani Shirvonni Imom Husayn shahid qilingan Karbalo dashtiga o'xshatmoqda. Karbalo yaqinida sodir bo'lgan voqealar shia'larning xotirasida "Karbalo fojeasi" sifatida saqlanib qolgan va har yili muharram oyida, motam kunlarini o'tkazadilar. Ushbu kunda Imom Husayn Umaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviyaning buyrug'iga ko'ra shahid qilingan. Beruniy o'zining "Qadim Xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida shialar bajaradigan marosim va urf odat haqida shunday yozadi: " Shia'lar bu kuni yig'lab aza tutishadi, azob chekkan janoblari uchun qayg'urishadi". Muharram oyining o'n kuni mobaynida shia'lar ta'ziya kunlarini o'tkazadilar (6. 11).
6. Islomiy ibodatlar tavsilotini bilish:
???? ???? ?? ??? ? ??? ????? ????
?? ?? ??? ????? ??? ??? ?? ????
Tarjima:
Haj ibodati o'tgan kuni edi, xojaning taxtiravoni esa hanuz
Arafotning narigi tomonida haj marosimi ertaga bo'ladi deb kutmoqda.
Haj marosimi bir yilda bir marotaba keladi va zulhijja oyining dastlabki 10 kunida o'tadi. Shoir satrlari har bir ishni o'z vaqtida bajarish kerakligi haqidadir.
7. Dunyoviy bilimlardan xabardor bo'lish:
??? ???? ?? ????????? ?? ???? ???
?? ??? ???? ???? ?? ????? ????
?? ??? ? ??? ??? ?? ???? ???? ??
?? ????? ???? ?? ????? ???? ????
???? ??? ????? ???? ??? ? ???
???? ???????? ??? ?? ??? ???
Tarjimasi:
Menga ko'ngil tabibi nasihat qilmoqda,
Bu (moddiy) hayotda savdo muammolaridan ehtiyot bo'l!
Bu dunyo dasturxonidagi acchiq va nordon narsalarga rizolik ber
Halvoni ko'p yesanang u ham zaharga aylanadi.
Jon va aqlni raqib xohishiga asir qilma!
Bu ikki hurni to'rt tilliga bo'ysunturib qo'ymagin!
Ushbu baytlarda Sharq tabobatiga oid tushunchalar ishlatilmoqda. Sharqda har bir inson tabiatida to'rt xilt mavjudligi ta'kidlanadi. Xoqoniy inson tabiatidagi moddiy jihatlar bilan ma'naviy-ruhiy jihatlarni qiyoslab, ikkinchilarini birinchilariga bo'ysuntirib qo'yishdan saqlanishni maslahat bermoqda. Inson vujudidagi to'rt xilt aro muvozanat buzilsa, bemorlik yuz beradi. "Savdo muammolari" deganda ushbu xiltlardan biri kuchayganda sog'liqqa oid yuzaga keladigan muammolar nazarda tutilmoqda. "To'rt tilli" iborasi insonning moddiy vujudidagi to'rt xilt bilan bog'liq fiziologik jarayonlar ko'zda tutilib, aql va ruhni ularga bog'lab qo'ymaslik, ya'ni moddiy muammolar tufayli ma'naviy-ruhiy holatda o'zgarishlarga yo'l qo'ymaslik kerakligi uqtirilmoqda (Yuqorida keltirirgan baytlar (?????? ??????. ?????-1375 ?????) Tehronda milodiy 1956 - yilda nashr etilgan Xoqoniy Shirvoniy devonidagi irfoniy qasidalardan olindi va tarjimalar maqola muallifga tegishli).
Xulosa shuki, bugungi kunda adabiyotshunos irfoniy-tasavvufiy qasida va asarlarni tarjima qilishda, fors-arab tili va gramatikasini puxta egallashi, Qur'oni Karim oyatlarini tafsirlari bilan chuqur o'zlashtirishi, hadisi sharif ilmidan xabardor bo'lishi va undan tashqari, avliyolar va anbiyolar qissalarini, tasavvuf ulamolarining nazariy asarlarini, shari'at qoidalarini, islomgacha bo'lgan adabiy va tarixiy asarlarni, shoir yashagan zamon va makon tarixini tafsilotlari bilan yaxshi bilishi, o'sha davrda keng tarqalgan turli rivoyat va hikoyatlardan, davr ilmlari, falsafasi, o'sha zamon va makon odamlarining urf-odatlari, axloqiy qarashlari va ijtimoiy ahvolidan xabardor bo'lishi kerak. Aks holda irfoniy adabiyotni tarjima va talqin qilishda shoir aytmoqchi bo'lgan mohiyatni o'quvchiga to'g'ri yetkazib bera olishi qiyinlashadi.
Buyuk ajdodlarimizdan biri Shirvoniy Xoqoniydan bizgacha yetib kelgan badiiy meros o'zida ne-ne bebaho boylik va qimmatli ma'lumotlarni saqlab kelmoqda. Xoqoniyning irfoniy qasidalari O'zbekistonda deyarli o'rganilmagan mavzulardan biri ekanligi va mazkur maqola kelajakda "Tasavvufiy irfoniy" she'riyat badiashunosligini yaratishda tayanch manba bo'lishi va o'z bag'rida saqlab turgan ne-ne bebaho badiiy boyliklarning ochilishiga, kitobxonlar safining ortishi sababchi, shuningdek chet ellik sharqshunos olim va izlanuvchilar uchun qiziqarli mavzulardan biri bo'lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Qur'oni Karim.
2. Hadisi sharif.
3. Imomnazarov M. X-XV asrlar fors mumtoz she'riyati. T., 2013.
4. Imomnazarov M. Ko'ngil haqida to'rt doston sharhi. Sharq mash'ali �1. 2016.
5. Komilov N. Faqr Nuri porlagan qalb. T., 2001.
6. Sharq mamlakatlari adabiyotida Dramaturgiya (( Eron Dramaturgiyasi) O'quv uslubiy majmua) T., 2018.
7. Imomnazarov M. Mumtoz fors she?riyati badiiyatshunosligi va janrlar tipologiyasi. T., 2015.
8. Obidov R. Payg'ambarlar siymosi islomiyat tarixidir. T., 2005.
9. ?????? ??????. ?????-1375 ?????