Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
"QISSASI AR-RABG'UZIY" ASARINING O'ZIGA XOSLIGI VA
JANRLAR TARKIBI
Annayev Davlat Ismatovich Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik, o 'zbek adabiyotshunosligi yo 'nalishi I bosqich magistranti
Annotatsiya: Qur'oni Karimda payg'ambarlar qissasining keltirilishi va bu qissalarning keyinchalik boshqa asarlarga asos bo'lishi, "Qissasi Rabg'uziy" asarining yozilishi, bu asardagi janrlar tarkibi o'rganiladi.
Kalit so'zlar: Qissaxonlik tarixi, payg'ambarlar va solih bandalar qissasi, "Qissasi Rabg'uziy" asarining To'qbo'g'aga bag'ishlanishi, janrlardan foydalanish va ularning tarkibi.
Abstract: The narration of the stories of the prophets in the Qur'an and their subsequent use as a basis for other works, the writing of the story "Rabguzi", the composition of the genres in this work are studied.
Keywords: History of storytelling, the story of prophets and righteous servants, the dedication of the story "Rabguzi" to Toqboga, the use of genres and their content.
Аннотация: Изучены повествование рассказов пророков в Коране и их последующее использование в качестве основы для других произведений, написание рассказа «Рабгузи», жанровый состав в этом произведении.
Ключевые слова: история повествования, история пророков и праведников, посвящение повести «Рабгузи» Токбоге, использование жанров и их содержания.
KIRISH
Ushbu maqolada Qur'oni Karimda payg'ambarlar tarixining bayon etilishi, ushbu asarning yozilish tarixi va o'ziga xos jihatlari, tarkibi, qissalar tahlili, janrlar izchilligi va tuzilishi to'g'risida so'z boradi.
Islom dinining muqaddas kitobi bo'lmish Qur'oni Karimning vahiy orqali nozil
bo'lishi musulmonlarga juda ko'plab o'tmish qissalarini bayon qilib berdi. Bu
qissalarda Muhammad sollollohu alayhi vassalamdan ham oldin payg'ambarlar
yuborilganligini, ular ham qavmini tavhidga chaqirganligini va qavmining ularga
bo'lgan munosabatini, sarkash qavmlar ustiga yuborilgan balolar va ofatlar haqida
so'z yuritiladi. Qur'oni Karim nozil bo'lgandan to bugungi kungacha juda ko'plab
Qur'oniy qissalar asosida payg'ambarlar tarixi haqida asarlar yozilgan. Dastlabki
asarlar arab tilida yozilgan bo'lsa, keyinchalik fors tilida ham bunday qissalar paydo
bo'la boshladi. Turkiy tilda yozilgan, payg'ambarlar qissalariga asoslangan eng
1197
Scientific Journal Impact Factor
O
mahshur asar Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy"idir. Rabg'uziy (taxallusi; asl ism-sharif Nosiriddin Burhoniddin o'g'li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto'g'uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto'g'uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og'zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to'g'risidagi qissalarni chuqur o'rgangan. O'zi ham ko'pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan.
Maqolada Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy" asari tahlilga tortiladi. Bu asarda ilgari surilgan mavzu va g'oya tadqiq etiladi. Bunda turli yillarda nashr etilgan kitoblardan foydalanildi. Shuningdek, "Qissasi Rabg'uziy" to'g'risida qilingan tadqiqotlar, monografiyalar, ilmiy ish hamda asarlardan foydalanildi.
Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo'lib nasrda rivoyatlardan, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha «Qisasi Rabg'uziy» (1309— 10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo'g'ul beklaridan Nosiriddin To'qbug'aning topshirig'i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba'zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur'oni Karimdagi ba'zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an'anaviy hamd va na't bilan boshlanadi, so'ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma'lumot beruvchi qisqa so'zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko'ra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo'lgan Allohni ulug'lash, payg'ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarning ko'pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so'ng sheriy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Bazi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g'azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg'a surilgan asosiy g'oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi.Qissalarda real hayot voqealari bilan bog'liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og'zaki ijodining bevosita ta'siri seziladi. Asar garchi payg'ambarlar haqida bo'lsa-da, muallifning e'tiroficha, insonlar mavjud bo'lmasdan avval ham mavjudlik mavjud bo'lgani uchun voqealarni ana shu ilk mavjudlik voqealaridan boshlaydi. Ya'ni avvalgi qissa yer, ko'k, mavjudotlar, jin,
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
0
dev, parilar hukmronligi, so'ngra insonning yaratilishiga ehtiyoj tug'ilishi voqealaridan boshlanadi. Bu voqealar konkret ilmiy xarakterga ega bo'lmasa-da, lekin olam va odamning avvali haqida ma'lum tasavvurlar beradi. Qolgan qissalar payg'ambarlar va payg'ambarlashtirilgan shaxslar to'g'risidadir. Rabg'uziy har bir qissaning boshlanishida payg'ambar haqida qisqacha ma'lumot so'ngra izohlovchi she'r, so'ng nasrda qissaning asosiy mazmuni beriladi. Bu mazmun ham yaxlit voqealar bayonidan iborat bo'lmay, shu voqealar bilan bog'liq bir necha naql va hikoyatlardan ham iboratdir. Masalan, Idris payg'ambar to'g'risida izoh va she'r keltiriladi. So'ngra nasrda uning o'ziga xos xislatlari aytiladi. Qissadan ma'lum bo'lishicha, Idris payg'ambar ilm-u hikmatda, podshohlikda, payg'ambarlikda uchinchidir. U nima narsa bo'lsa, tikib kiyishni bilgan, shamshir, pichoq kabi asboblarni yasagan, osmonda yashagan, jannatda tirik yurgan, yetmish ikki tilni bilgan, dinga da'vat qilib, turli rasm-rusumlarni o'rgatgan. Xudo uning sidqidildan qilgan toat-ibodatlari, ishlarini nazarda tutib, o'lib qayta tirilishiga, osmonga chiqib sayr qilishiga, do'zax va jannatda aylanib, jannatda qolishiga izn beradi. Asarda boshqa payg'ambarlar haqida ham shu usulda voqea-hodisalar bayon qilinadi, rang-barang hikoyatlar keltiriladi. E'tiborlisi shundaki, qissalar va ular bilan bog'liq hikoyatlar maqsadli muayyan bir g'oyaga bo'ysundirilgan holatda bayon qilinadi. Masalan, Bir kuni Sulaymon Boyqushdan so'radi, nima uchun doim vayronalig' yerni xohlaysan, nega xalq orasida yurmaysan. Boyqush aytdiki, odam farzandlari bir-biriga qiladigan zulmidan qo'rqaman. Demak, bunda zulm qoralanadi. Dovud payg'ambar hikoyatida halollik, halol mehnatni ulug'lash g'oyasini ko'ramiz. Bunday g'oyaviylik asardagi barcha hikoyatlar uchun xosdir. Ko'rinadiki, Rabg'uziy qissa va hikoyatlarini insonlar ezguligi uchun xizmat qilishga qaratgan. Halollik, o'z mehnati bilan halol kun ko'rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash Rabg'uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir. O'zbek nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg'uziy tomonidan keng qo'llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g'oyaviy maqsad yorqin va tasirchan ifodalangan. Tilga e'tibor berish, har bir aytiladigan so'z masuliyatini takidlash, hikoyadagi asosiy g'oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik ham ulug'langan.
Asardan o'rin olgan hikoyatlarning ko'pchiligi real hayot hodisalarini izohlashga qaratilgan. Masalan: Insonga jon ato etilishidan oldin uning tanasi tirnoqlar kabi silliq edi, jon baxsh etilgach, yumshab, hozirgi holatga keldi, avvalidan nishona sifatida tirnoqlar saqlab qolindi. Qarg'alardan biri yerni cho'qalib, o'lgan sherigina ko'rishdan yerga ko'mish odati rusum bo'ldi. Shuningdek, arining
Scientific Journal Impact Factor
0
g'o'ng'illashi, qaldirg'ochning odamlar orasida bo'lishi, ilonning qurbaqaga o'chligi va hakazolar hayotiy hodisalar bo'lib, izohlovchi hikoyatlardir. Ana shu o'rinda asarga xos eng muhim xususiyat rivoya va hayotiy traditsiyalar tutashtiriladi. Qissa va rivoyatlar Rabg'o'ziyning nasrdagi katta mahoratini ko'rsatsa, asardan o'rin olgan g'azal va she'rlarda tabiat ko'rki, qahramonlarni ruhiy holatlarini yorituvchi she'rlar uning nazmdagi mahoratini ko'rsatadi.
Hikoyalarda xalq og'zaki ijodining tasiri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko'chib o'tgan. Suhbatning diolog asosida olib borilishi, soddalik, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo'ndaligi, og'zaki ijoddan tasirlanish natijasidir. Rabg'uziy bu ijod mahsuli mazkur mavzu ananasidagi o'ziga xos bosqich bo'ldi. Birinchidan, adib o'zigacha yaratilgan payg'ambarlar haqidagi qissalarni puxta o'rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo'l qo'ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo'lsa, Rabg'uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho manaviy mulkiga aylandi.
Muallif ikkinchi kitobning she'riy xulosasida uni qachon yozganligini ifoda etadi. "O'zgalar dunyo lazzati deb, qimmatbaho toshlardan mol dunyo yiqqanida, xushmanzara joylarda ko'ngil ochib yurganida men so'zdan gavharu dur tuzdim", deb bashorat qiladi. Darhaqiqat, ushbu kitob o'lmas ganjina bo'lib, asrlardan asrlarga, xalqlar tilidan o'zga xalqlar tiliga o'tib kelyapti. Rabg'uziy uni shunday ifoda etadi: O'zgalar ko'p olamunchoq tuzdilar el tizginib,
Man guvar, dur, yinju tuzdim, kezmadim yobon yozi.
Yetti yuz o'n erdi yilg'akim bitildi bu kitob,
Tug'mish erdi ul o'g'urda Hut saodat yulduzi.
Darhaqiqat, allomaning o'zi aytganidek, asarni duru gavharga qiyos etgulik. Ayni paytda bu kitobni butun jahon ahli o'qib o'rganayotganligi buni tasdiqlaydi.
Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb tilga olingan shaxsning Aleksandr Makedonskiyga daxldorligi, Zulqarnayn nisbasiga oid talqinlar shunchalar xilma xilki, bu muammo yechimi dunyo olimlarini mudom o'ylantirib, bahslarga sabab bo'lib keladi. Chunki, uning tarixiy shaxs va adabiy obraz sifatidagi talqinlari ba'zan bir-biridan keskin farq qiladi, shuningdek, Zulqarnayn nisbasi haqida ham turli xil qarashlar mavjud.
Zulqarnaynga oid ilk manba Qur'oni Karim bo'lib, "Kahf" surasining 83: 98 oyatlarida u haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ushbu muborak manbada
Scientific Journal Impact Factor
O
Iskandarning avval g'arbga borib, bir qavmni to'g'ri yo'lga chaqirishi, keyin esa Sharqqa borib boshqa bir qavmni hidoyatga chorlashi ta'kidlanadi. Rabg'uziy ham Zulqarnayn haqida Qur'oni Karimga asoslanib yozganligi keltirilgan misollaridan ko'rinib turadi. Masalan: "Zulqarnayn Iskandariya nomli joydan bo'lgani uchun Iskandar deb ataldi. Zulqarnayn ham unga keyinchalik berilgan nom bo'lib, yer yuzining mag'ribidan mashriqigacha bosib olib, bo'yinsundurgani uchun shunday ataldi. Qarn arab tilida muynuz(munguz, shox) demakdir. Ikki muynuzlik degan ma'noni anglatadi. Zulqarnayn boshidagi kiyimi(dubulg'asi)da oltindan ikkita shox bor edi. Alloh Taolo unga payg'ambarlik yubordi. Urdilar shoxlari sindi. Yana aytishlaricha, u ikki qarnli bo'lib yashagan edi. Yana uning payg'ambarligiga ham ixtiloflar bor. Ba'zilar payg'ambar edi dedilar, ba'zilar Olloh yorliqagan malik edi dedilar.
"Qissasi Rabg'uziy"ga diniy xarakterdagi bir asar sifatidagina qaramaslik kerak. Chunki asarda diniy ruhga nisbatan inson xayoti, kelajagi va real borliq bilan bog'liq dunyoviy ruh ustun darajadadir. Asar tom ma'nodagi ilhom manbaiga aylanishi mumkin bo'lgan nodir yodgorlikdir.
Asarda ma'rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va b.), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va b.). Rabg'uziyning bu asari o'zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o'zbek adabiy tilini o'rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qo'lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko'chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko'chirilgan qo'lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. 1025, 7397, 1874) saqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Rabg'uziy. Qissasi Rabg'uziy. "Yozuvchi", 1-2-kitob, T., 1990-91.
2. O'zbek adabiyoti tarixi. Ak.nashr. 5 tomlik 1-tom, 1977.
3. N.Mallaev. O'zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob, 1969.
4. Fozilov E. Rabg'uziy va uning "Qissasi Rabg'uziy" asari. 1-kitob, 1990.
Internet saytlari:
1. kh-davron.uz
2. gujum.uz
XULOSA