Scientific Journal Impact Factor
QUR'ON: ILOHIY KO'RSATMA VA YUKSAK BADIIYAT
UYG'UNLIGI
Saydaliyev Muhammad Hoji Mirzo Mo'minjon o'g'li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qiyosiy tilshunoslik fakulteti 2-kurs
magistranti
Ushbu maqolada islom dinining asosiy manbasi bo 'lgan Qur 'on oyatlarining ilohiy mojiza ekani borasida ilmiy qarashlar bayon qilinadi. Qur'on nafaqat musulmonlar uchun balki butun insoniyatga hidoyat kitobi ekani borasida to 'xtalib o'tiladi. Qur'onning mojizasi so'z san'atida boshqa hech bir manba unga teng kelolmasligi va buni Qur'on oZi ham ta'kidlashi borasida gap boradi. Maqoladan muallif o Z qarashlarini ilmiy isbotlashda bir qancha manbalarga murjaat qilib, ilmiy xulosalar qilgani sezilib turibdi.
Kalitso'zlar: Qur'on, balog'at ilmi, she'riyat, hidoyat, badiiyat.
В этой статье объясняются научные взгляды на то, что аяты Корана, которая основным источником ислама, являются божественным чудом. Коран используется не только для мусульман, но и для всего человечества в качестве путеводителя. Чудо Корана заключается в том, что ни один другой источник в искусстве речи не может сравниться с ним, и об этом говорится в самом Коране. Из статьи становится ясно, что автор в научном доказательстве своих взглядов сделал научные выводы, опираясь на несколько источников.
Ключевые слова: Коран, половое созревание, поэзия, руководство, искусство.
This article explains the scientific views that the verses of the Quran, which is the main source of Islam, are a divine miracle. The Koran is used not only for Muslims, but also for all mankind as a guide. The miracle of the Qur'an is that no other source in the art of speech can compare with it, and this is stated in the Qur'an itself. It becomes clear from the article that the author has drawn scientific conclusions based on several sources in the scientific proof of his views.
Keywords: Qur'an, puberty, poetry, guidance, art.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Ma'lumki, Qur'on so'nggi tavhidiy din Islom ta'limotining asosini tashkil etuvchi ilohiy kitobdir. Qur'onning bosh maqsadi insoniyatni to'g'ri yo'lga boshlashdir. Shu sabab "Baqara" surasi 2-oyatda: ^ ^u V "Bu
kitob har qanday shubha-gumondan xoli bo'lib, taqvodorlar uchun rahbar yo'lboshchidir"1, deyiladi. "Baqara" surasi yetti oyatdan iborat "Fotiha" surasidan keyin kelgani uchun ham uning dastlabki oyatlarini Qur'on muqaddimasi yoki boshqacharoq ifodalaganda annotasiya ham deyish mumkin. Ayni shu jihati bilan qo'yilayotgan asosiy fikr shuki, agar siz unga shubha-gumon qilmasangiz va taqvodorlardan bo'lsangiz bu kitob sizni hidoyatga boshlaydi. Keyingi oyatlarda esa, mazkur taqvodorning sifatlari keladi: fÁtíajj ùj^S ù^l -
"ular g'aybiy xabarlarga (payg'ambarim Muhammad keltirgan xabarlarga) imon keltiradigan, namozni barkamol o'qiydigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir". fÁ ù? ôjji Jjjí Uj ùj^S ù^lj
ùj^j - "Yana, ular Sizga va Sizdan ilgari (o'tgan payg'ambarlarga) nozil qilingan narsalarga (ilohiy kitob va sahifalarga) imon keltiradigan hamda oxiratga (qiyomat kuniga) qat'iy ishonadiganlardir" Keyingi oyat esa, ana shunday kishilar e'tirofi va ularga beriladigan mukofot haqida ma'lumot beradi: fÁ ¿tíjíj f^j ¡3Á Jé ¿tí. (Jjp^l - "Aynan ular Parvardigorlari* tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzra (barqaror)dirlar va ana o'shalar (oxiratda) najot topuvchilardir"
Aytganimizdek, demak Qur'on avvalo hidoyat kitobi va qolaversa bu Alloh kalomi bo'lib, U bir vaqtning o'zida yuksak badiiyati bilan ham boshqa kitoblardan yuqori turadi. Ayni hozir keltirilgan oyatlar tartibi bu kitobning ilohiy baddiyat (zero, Alloh taoloning Al-Badi' sifati ham bordir) bilan ifodalanganiga dalolat qiladi. Chunki, bu o'rinda mo'minlarning asosiy fazilati va ularga ato etilajak mukofot haqida ma'lumot berilgan bo'lsa, keyingi oyatlarda kofirlar va undan keyingilarida munofiqlar to'g'risidagi oyatlar va ularning oqibatlari haqidagi so'zlar keladi. Bunday izchillik faqat ilohiy qalam Egasi robbil-alamin kalomida bo'lishi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dunyo tillari ta'limoti va tarixidan xabardor kishilar samoviy dinlarni yetkazgan payg'ambarlarning har biri o'z davridagi mukammal taraqqiy etgan soha bo'yicha biron mo'jiza bilan kelgan. Aytaylik, Yusuf alayhi-s-salom davrlarida tushlarni mohirlik bilan ta'bir qiluvchilar ko'p va xalq ham tushlarni ta'vil qilinishiga xaris bo'lgani ko'rinadi va hech kim ta'vil qilolmagan, boshqalar ta'vili yo'q aloq chaloq
1 Março^aga KernnpnOTaH KyptOH oaraapnHHHr Tap^HMacn A6gyra3H3 MaHcypHHKH. A6gyra3H3 MaHcyp. KyptOH oaraapn MaiHonapnHHHr Tap^HMacn. T. 2014.
Scientific Journal Impact Factor
tush deb hisoblagan tushlarni ham o'zlariga Alloh taolo tomonidan ato etilgan ilohiy mo'jiza tufayli aniq ta'vil qilib beradilar. Bu u nabiyga (alayhi salom) berilgan asosiy mo'jiza edi. Muso alayhi salomning asolari ilonga aylanishi yoki qo'llarini qo'njlariga suqib chiqargan chog'lari undan nur taralishi u kishiga berilgan mo'jiza bo'lib, u davrda sehrgarlik avj olgan edi. Va yana Iso alayhi salom davrlarida esa, xalq orasida tabobat kuchayygan davr bo'lib, u zoga berilgan mo'jiza hech bir tabib tuzatolmas kasalliklar, jumladan, pes, mo'xov, ko'r kabilarni da'volay bilganlar. Hatto, Allohning izni bilan o'likni tiriltirganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallamga berilgan mo'jiza esa, bu - Qur'ondir. Shu sababdan bu kitob o'zining yuksak badiiyati bilan ham nafaqat arablar balki butun insoniyatni lol qildirib keladi.
Zamonamiz teo-kritiki Yusha Evans islomni qabul qilishiga ayni shu oyatlar sabab bo'lgan. Aslida u din xususan islom dinini tanqid qilish maqsadida Qur'on va arab tilini o'rganadi va dastlabki oyatlarning o'zi uni taslim qiladi. Bu yuqoridagi "Baqara" surasining 2-oyati edi. Yusha shunday deydi: Hech qanday kitob bunday mazmundagi so'zlar bilan boshlanmaydi. Odatda mualliflar kitoblarida yo'l qo'yilgan ehtimoliy kamchiliklar uchun uzr so'raydilar. Bu kitob esa, daslabki so'zlaridan o'z ustunligini e'lon qilgan.
Qur'on oyatlari nazm - she'riyat yoki nasr - prozaik (qissa, hikoya, roman) asardan farq qiladi. Qur'onning uslubi saj'iy nasrdir. Ya'ni oyatlar qofiyalanadi, lekin vaznga solinmaydi. Bu badiiy iqtidori yuksak arablar uchun o'sha kezlarda yangilik edi.
Qu'onning ilohiy mo'jizaligi uning betakror badiiyatida ham namoyon bo'ladi. Muhammad (sav) safdoshlari - sahobalar uni yod olib, chiroyli ovozda tilovat qilganlar. Chunki, Qur'on islom ta'limotiga ko'ra, har qanday ilmning bosh manbasi hisoblanadi. Buni bugungi kun fani ham ko'p jihatdan tasdiqlamoqda.
Alloh Qur'oni Karimni arab tilida nozil qilgan. Bunga Kitobning o'zi guvohlik beradi: ùj-^ Uíjc- ^J áül*^ ^j - "Albatta, Biz uni arabcha Qur'on qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz" ("Zuxruf": 3). Islomgacha bu tilning maxsus grammatikasi bo'lmagan. Biroq tildagi leksik fond juda katta, so'zamollik arablar orasida qadrlangan. Ma'lumotlarga ko'ra, "Arab tili somiy tillar guruhining janubiy tarmog'iga mansub. Yaqin va O'rta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy tili hisoblanadi. Arab tilida 200 milliondan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy arab tili miloddan avvalgi 5-4 asrlarga taalluqli obidalar orqali ma'lumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo'lishiga zamin bo'lgan. Mumtoz arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5-7asr) shoirlarining
og'zaki ijodlarida namoyon bo'la boshlagan. Qur'oni Karimning nozil bo'lishi natijasida mumtoz arab tili badiiyati yanada go'zallashdi va grammatik me'yorlari mukammallashdi.8-9asrlarda mumtoz arab tili grammatikasi ishlab chiqildi. Islom yoyilgan o'lkalarda rasmiy va ilmiy til bo'lib qoldi"2. Haqiqatdan ham "Qur'oni Karimning nozil bo'lishi natijasida...", arab tili dunyo tillari grammatikasi aro mukammal qoidalarga asoslangan grammatikaga ega bo'ldi.
Ma'lumki, musulmon jamiyati uchun oyatlar mazmunini to'liq anglash va undan olinadigan hukmni to'g'ri joriy etish muhim hisoblanadi. Shu sababdan Qur'on bilimdonlari tomonidan bu masalada asosli talqinlar o'rtaga tashlanib, Qur'on tilovati va oyatlar sharhi yuzasidan o'ziga xos maktablar vujudga kela boshladi. VIII asrga kelib bu borada avvalgilariga qaraganda mukammalroq asarlar paydo bo'ldi. Bu borada basralik mashhur tilshunos Xalil bn Ahmadni (vafoti 786 yil) tilga olish lozim. U arab tovushlarining yuzaga kelishi va xarakterli jihatlarini batafsil talqin qilib bergan. Undan bir zamon o'tib bag'dodlik Abu Muzohim al-Xoqoni (v. 937) she'riy tarzda Qur'on tilovati qoidalari - tajvidni yozgan. IX asrning birinchi yarmida basralik tilshunos Abu Ubaydaning "Majozu-l-Qur'on" (Qur'on mo'jizasi) asari vujudga keldi. Bu asar Qur'on tili va uslubining o'ziga xos jihatlariga oid edi. Taxminan shu davrda buyuk qomusiy olim Abu 'Ubayd al-Qosim ibn Sallam (v. 838) Qur'on tilovati an'ana va fazilatlari borasida asar yozadi.
Taxminan X asrdan boshlab Qur'on bilan bog'liq fanlar "Ulumul-Qur'an" (Qur'oniy ilmlar) - deb atala boshlandi. Bu iborani birinchi bo'lib o'z zamonasining yetuk allomasi va tarjimoni Muhammad ibn Xalaf ibn al-Marzabon (um. 921) qo'llaydi. Bir necha jilddan iborat bo'lgan al-Havi fi 'ulum al-Qur'an (Qur'oniy ilmlar haqida to'plam). Bog'dodlik tilshunos Muhammad ibn al-Qosim Ibn al-Anbariy (v. 940)ning 'Aja'ib 'ulum al-Qur'an (Qur'oniy ilmlarning ajoyibotlari) asari paydo bo'lishi bilan bu ibora ilmiy atama sifatida mustahkam o'ringa ega bo'ldi. Uning asarida Qur'onning fazilatlari haqida batafsil to'xtalinadi. Misrlik tilshunos va mufassir Ali ibn Ibrohim al-Xufiy (v. 1039) o'zining Al-Burhan fi ulumil-Qur'an (Qur'oniy ilmlardagi dalillar) deb nomlangan bir necha jildan iborat bo'lgan tafsirida u yoki bu oyatni sharhlash bilan bog'liq bo'lgan turli Qur'oniy ilmlarni keltirib o'tadi. Qur'oniy ilmlarni nisbatan yanada tizimli asosda yoritilgan kitoblar orasida - Funun al-afnan fi ajaib ulum al-Qur'an (Qur'oniy ilmlar ajoyibotlari haqida turfa san'atlar) deb nomlanadi. Uning muallifi Ibn al-Javziy (v. 1202); al-Murshid al-vajz fi-ma yata'allaq bi-l-Qur'an al-'aziz (Qur'oni azizga oid qisqacha Qo'llanma) Abu Shom (v. 1267). O'rta asrlar Qur'on ilmlariga oid asarlarning cho'qisi sifatida Imom
2 Y36eKHCTOH MHMHH энцнкroпедннсн. TomKeHT. 1 2000 HHÏÏ.
1245
Jaloliddin Suyutiyning (v. 1505) al-Itqan fi 'ulum al-Qur'an (Qur'on ilmlaridagi mukammallik). Unda o'z davrigacha bitilgan imom Badr ad-Din az-Zarkashiy (v. 1393), Jaloliddin al-Balqiniy (v. 1421) va Muhyiddin al-Kafiyaji (v. 1474) asarlarining barcha fazilatlari qamrab olingan3.
Suyutiyning Itqonidan so'ng musulmon islohotchilarning islomiy ta'lim uslublarini takomillashtirish, ulamolar tomonidan esa, asrlar davomida to'plangan merosni tizimga solish va qiyosiy o'rganish boshlangan avvalgi asr boshlariga qadar bu borada e'tiborli asarlar bitilmagan edi.
Umuman olganda yuqorida biz sanab o'tgan manbalardan tashqari ham keyingi davr qur'onshunoslik maktablari Qur'on badiiyatining nihoyat darajada yuksak va betakror ekanini izohlaydi.
Inson aqlini ojiz qoldiruvchi Qur'oniy tashbeh va iboralarning yoki mazmuni keyingi davr klassiklari satrlaridan o'rin olganining sababi ham shu bo'lishi mumkin. Jumladan, shaxsi aniqlanmagan Durbek taxallusi bilan ijod qilgan 4-5 asrlardan yashagan ijodkorning "Yusuf va Zulayho" dostoni ayni Qur'onda "Yusuf" surasi voqealaridan ilhomlanib yozilgani sir emas. O'rta asrlarda bir qancha shoirlar xususan Alisher Navoiy hazratlarining "Arbaiyn" deb ataluvchi she'riy to'plamlari aynan Muhammad alayhi salomning 40 ta hadislari ma'nosini o'zida mujassamlaganidan badiiy adabiyot muxlislari yaxshi xabardorlar.
Qur'oni karim nozil bo'lib turgan va uni mushriklar ochiqdan-ochiq ilohiy kitob
fio fi 0
ekanini inkor qilgan vaqtlaridayoq Qur'on odamzodni musobaqaga chorlaydi: jjj
fio fi 0 & fia * ^ fi a à» a ^ -*1 e "» o ï î a %
jjSjl^a ^liS jj ¿il ¿jJ jx ^Sél^g-kû IJC.JÎ.J jx Sjji^ IjSlî UJJC. Je. ijJjj S4U ^i — "Agar bandamizga (Muhammadga) tushirgan narsamizdan (Qur'ondan) shubhada bo'lsangiz, bas, siz ham unga o'xshash (birgina) sura (yozib) keltiring va Allohdan
fis, - fi O _ Q - fi o „ 'a '
o'zga guvohlaringizni chaqiring - agar rostgo'y bo'lsangiz", lj£ili IjMj jij l^oiij â ¿li
-, ° O ^ î fi ° (S fi & S>
(jjjililJ end SjU.aJlj (ûil lAjjâ^ jûJl - "Bordi-yu, (bu ishni) qilmasangiz - zinhor qila olmaysiz ham - u holda yonilg'isi odamlar va tosh (but va sanam)lardan iborat, kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan do'zaxdan saqlaning!" (2:23, 24). Tarixdan ma'lumki, bu ishni hech kim uddalay olmagan.
Qur'on nozil bo'la boshlagan davrda arablar orasida so'zamol shoirlar bo'lganini ta'kidlab o'tdik. Lekin o'sha davrning buyuk so'z ustalari ham Qur'on badiiyati odida taslim bo'ldilar. Shaklan ham mazmunan ham Qur'on yangi bir yo'nalishni boshlab bergan edi. Arablarda asosan poetik asarlar - she'r, doston, qasida yozish an'anasi keng rivojlangan edi va shuningdek hikoya va rivoyatlar janri ham ya'ni prozaik asarlar ham katta miqdorda bo'lmasada bor edi. Ammo Qur'on har
.2017 . Jj.Àè^jJl (jjJ . 'a' ^i' 3
ikkala uslubni birlashtirib saj' uslubini go'zal ifodalab berdi. Makkada shoirlar musobaqasida sahobalardan birlari "Kavsar" surasini o'qiganida shoirlar bu so'zni oddiy inson so'zi emas ekanini e'tirof etadilar va mazkur sura yozilgan lavhani Ka'ba devoriga iladilar.
Shuningdek, Qur'oni karim oyatlari negizidagi teran ma'nolar har qanday donishmand fikri bilan bahsga kirishadi. Shu sababdan ham oyatlarni o'qib anglagan kishi ularning yuksak ma'naviyati oldida bosh egmay iloji yo'q.
Shu o'rinda zamonaviy tadqiqotlar natijasida "Baqara" surasi 256-oyat tarkibida aniqlangan ilohiy go'zallikni keltirib o'tsak, fikrimiz isboti bilan bo'lgan bo'lar edi deb hisobladik. Asli hind, ayni davmda AQSH fuqarosi tadqiqotchi No'mon Alixon oyat tarkibiga noan'anaviy tarzda yondoshib, ilohiy kalomning so'z mahoratini ochib bergandek go'yo. Ko'pchilikka ma'lumki, yuqorida ta'kilangan oyatni "oyat al -kursiy" deb nomalanadi. Sunnatga muvofiq aksar mo'minlar bu oyatni yod olganlar. Odatda bu oyatni bir nafasda o'qib chiqib bo'lmaydi. Shu sababdan unga bir necha joylarida mantiqiy nuqta qo'yilgan va qori o'sha o'rinlarda to'xtab nafas roslaydi. Quyida buni jadvalda keltirib o'tamiz.
¿Jjlft ¿Ül JA V) â V Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) hamisha Barhayot va abadiy Turuvchidir.
- - Ü- ,î - Uni na mudroq tutar va na uyqu.
O^ajSn ¿â Uj CjljUUl ¿â U Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir.
(Qiyomat kuni) Uning huzurida kim ham (gunohkorlarni) Uning ruxsatisiz shafoat qila olardi?!
fi^ UJ ¿jj u f^j (U) ulardan (odamlardan) oldingi va keyingi narsalarni bilur.
UJ V ) ¿y* ^¿^j jj^j^-j Vj (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagan miqdoricha o'zlashtirurlar.
ijJOVlj CjljUL^l ^L-JS juj Uning Kursiysi* osmonlar va Yerni (ham) o'z ichiga sig'dira olur.
U ikkisini muhofaza etish Uni toliqtirmas.
¿Ü&ÜI ¿jtfl JA j U Oliy va Buyukdir
Endi shu tarkibni 1 va 9; 2 va 8; 3 va 7; 4 va 6-qismlari mazmuniga e'tibor bering, hamohang. Faqatgina o'rtada 5-qism alohida ma'no kasb etmoqda va o'z ma'nosi bilan "oldingi va keyingi narsalarni bilur". Faqat ilohiy kalomgina inson aqlini ana shunday jihatlari bilan lol qoldirishi mumkin.
Yo bo'lmasa, ramazon ro'zasi farz qilingan oyatlar davomida mana bunday mo'jizaviy ma'no keladi: ù^ ^ <> J| »t^1 ^ -
"Sizlarga ro'za kechasida xotinlaringiz bilan qovushish halol qilindi. Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsiz" (2:187). Birgina "libos" so'zi ortida axloq, odob, huquq, ijtimoiy holat, jismoniy ehtiyoj masalalari yashirinib turibdi.
Qur'on tilshunoslikning cho'qqisi hisoblanadi. Arablarda Qur'on nozil bo'lgunga qadar grammatikaga ehtiyoj bo'lmagan. Arab tilini bilgan ajam xalqi faqat amaliy yo'l bilangina arab tilini o'zlashtirgan. Ya'ni arablar bilan yashab so'zlashish malakasini hosil qilgan. Arablar sharoiti yozuv-chizuv uchun noqulay bo'lgani uchun o'qish-yozishni biladiganlar kam bo'lgan. Bilganlar ham faqat o'qishni bilib, xat ya'ni kitobat hunarini hamma ham bilavermagan. Islom arablarni barcha ilmlar qatori savodxon bo'lishga ham undadi va arab bo'lmagan musulmonlar uchun Qur'onni to'g'ri anglash maqsadida grammatik qoidalarni tuzishga ehtiyoj tug'ildi. Qoidalarni ishlab chiqishda esa, asosiy manba Qur'on matni hisoblandi.
Arab grammatikasidan keyin Qur'on tadqiqi uchun Balog'at, Fasohat, Bayon va Badi' ilmlariga asos solindi. Bu borada Al-Johiz "Kita:b al-baya:n va t-tabyin"4 asarida ma'lumot berib o'tadi. Albatta, johiliyat davri shoirlari yozgan qasidalar ham og'zaki tarzda yetib kelgan bo'lib, ularda ham ko'plab balog'at ilmiga aloqador jihatlar mavjud. Shu sababdan ham Abbosiy xalifalar davrida Bag'dod shahrida tashkil qilingan "Baytul-hikma" kotiblari tomonidan johiliyat davri she'rlari jamlandi va unga "Muallaqot"5, deb nom berdilar. Lekin shu bilan bir qatorda,mazkur she'rlarda ba'zi o'rinlarda balog'at ilmi qoidalariga zid keluvchi jumlalar ham bor ekanini unutmaslik lozim.
Balog'at ilmini o'rganish orqali Qur'oni karim va hadisi shariflar ma'nolarini to'g'ri tushunish va nozikliklarini teran anglash osonroq amalga oshadi. Qur'oni karimning kishini lol qoldiruvchi fasohati uning ilohiy mo'jiza ekanini isbotlaydi. Shunday ekan, Qur'oni karim tafsiri, hadisi shariflar sharhi va shariat kitoblarini o'rganmoqchi bo'lgan kishi lug'at, sarf va nahv ilmlari bilan bir qatorda balog'at ilmini ham puxta egallashi talab etiladi.
4З.Шарифов. "Балодат фани" (Баён ва бадеъ илмлари). Тошкент. Мовароуннадр. 2014. Б.3.
5Муаллакот. Жодилият - исломгача давр Арабистон ярим оролида яшаб утган шоирларнинг сараланган касидалари мажмуаси. Аббосий халифалар даврида огзаки тарзда етиб келган ушбу асарлар ягона тупламга киритилган (С.А.).
Scientific Journal Impact Factor
Shuningdek, mumtoz adabiyotimz durdonalari hisoblangan she'r va g'azallarda ham majoz, tashbeh, istiora, kinoya kabi balog'at qoidalaridan keng foydalanilgan. Demak, buyuk ajdodlarimizdan qolgan boy adabiy merosimizni to'g'ri va chuqur o'rganib boshqalarga ham yetkazishimizda balog'at ilmi va uning tarkibidagi Ilmi badi'ning o'rni o'ziga xos.
Ma'lumki, arab tili o'zining qadim ildizlarga ega. Bundan tashqari, jahon dinlaridan biri bo'lgan islom dini manbalari ayni mana shu tilda ekanligi uning eng nozik qirrralarini o'rganishga bo'lgan ehtiyojni orttiradi. Ta'kidlash lozimki, so'nggi yarim asr oralig'ida dindan g'araz niyatda foydalanayotgan ekstremistik oqimlar islom manbalaridagi matnlarni o'z bilganlaricha, ba'zan esa, buzib talqin qilishga urinib kelmoqdalar. Bundan ko'zlagan maqsadlari o'z qarashlarini diniy matnlar bilan xaspo'shlashdir, albatta. Bundan bexabar yoshlar esa, ularning fikrini haqiqat deb hisoblab, noto'g'ri yo'llarga ergashib ketdilar. Bu yo'lning noto'g'ri ekanini anglaganlarida esa, ancha kech bo'ldi. Ekstremist va terroristlar xuruji nafaqat dunyo mamlakatlari, balki bizning Vatanimizda ham nohaq qurbonlar berishga sabab bo'lganini afsus bilan e'tirof qilamiz. Bu hammasi, avvalo diniy manba tili bo'lgan arab tilini bilmasdan, ko'r-ko'rona g'araz niyatli guruhlarning fikriga ergashib ketishning oqibatidir.
Shuning uchun ham arab tilini o'ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi ana shunday tadqiqotlarni amalga oshirishni davrimizning o'zi taqazo qilmoqda.
Modomiki, til odamlar o'rtasidagi nizolarni hal qilishda asosiy vosita hisoblanar ekan, til qonun-qoidalari, ayniqsa so'zlovchi va tinglovchi holati va munosabatlarini anglatuvchi qoidalarni tadqiq etish zarurati hech qachon dolzarblik rutbasidan mosuvo bo'lmaydi.
Shu o'rinda Balog'at ilmiga o'z hissasini qo'shgan ayrim olimlar va ularning asarlari haqida ma'lumot berib o'tish maqsadga muvofiqdir. Balog'at ilmi bo'yicha hijratning II asridan boshlab kitoblar bitila boshlangani ma'lum. Bayon ilmi haqida yozilgan Abu Ubayda Ma'mar ibn al-Musanniy al-Basriy (vafoti 206 hijriy) "Majozul-Qur'on" asarini ilk Balog'at ilmiga oid kitob deb atash mumkin.
Ilmi maoniy borasida Abu Usmon Amr ibn Bahr al-Johiz (vafoti 255 hijriy) "al-Bayon vat-tabyin" va "I'jozul-Qur'on" nomli kitoblari mashhur. Undan keyin Abu Abbos al-Mubarradning "al-Komil" asari, Ibn Qutaybaning "ash-She'r vash-shuaro" kitobi zikr qilinadi manbalarda.
Balog'atning badi' ilmi bo'yicha birinchi bo'lib asar yozgan olim xalifa Abdulloh ibn al-Mu'tazz ibn al-Mutavakkil al-Abbosiydir (v. 296 h.). U gap bezagi, ya'ni badiiy tasvir vositalarini chuqur o'rganib, ulardan o'n yettitasini o'zining "al-
Scientific Journal Impact Factor
Badi'" asarida keltirib o'tgan. Keyingi asrlarda har bir olim bu ilmni rivojlantirdi. Abu Hilol al-Askariyning "As-Sano'atayn" kitobi, ibn Rashiqning "al-Umda", buyuk o'tmishdoshimiz Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy Qur'oni karim tafsiriga oid "al-Kashshof ' asarini shular safiga kiritish mumkin. Imom Abdulqohir ibn Abdurrahmon al-Jurjoniy (v. 471 h.) ta'lif etgan "Daloilul-i'joz" va "Asrorul-balog'a" asarlari Balog'at ilmining barcha sohalarini qamrab olgani bilan mashg'urlik topgan. Abu Ya'qub Yusuf as-Sakkokiyning (v. 626 h.) "Miftohul-ulum" asari balog'at ilmini tasniflash va bir tizimga keltirgan muhim manba hisoblanadi.
Keyingi davrda yozilgan asarlar esa avvalgi asrlarda bitilgan kitoblarning sharhi va hoshiyasi, yoki ularni bir muncha soddalashtirilgan shakli hisoblanadi.
Bir so'z bilan aytganda Qur'oni karim insoniyatni hidoyat yo'liga boshlovchi kitob ekani bilan bir vaqtning o'zida, badiiy, uslubiy jahatdan har qanday so'zdan oliydir. Oyatlar mazmunidan ayni mana shu ulug'vorlikni uqish qiyin emas.
REFERENCES
1. Abdulaziz Mansur. Qur'on oyatlari ma'nolarining tarjimasi. T. 2014.
2. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 1-jild. 2000 yil.
3. Sharifov Z. "Balohat fani" (Bayon va bade' ilmlari). Toshkent. Movarounnahr. 2014. B.3.
4. Hasanov A. Makka va Madina tarixi. Toshkent. 1998.
5. Ziyovuddinova M. Muallaqot. Johiliyat davri adabiyoti. (o'quv qo'llanma). Toshkent. 1993.
6. .2017 . ^JJ^ .' '-^i*'
XULOSA