Научная статья на тему 'YANGI USUL MAKTABLARIDA DINIY VA DUNYOVIY FANLARNING O’QITILISHI (IS’HOQXON IBRAT VA MUNAVVARQORI TASHKIL ETGAN MAKTABLAR MISOLIDA)'

YANGI USUL MAKTABLARIDA DINIY VA DUNYOVIY FANLARNING O’QITILISHI (IS’HOQXON IBRAT VA MUNAVVARQORI TASHKIL ETGAN MAKTABLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2141
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Xusainov maktabi / Xoniya maktabi / Tarixi Islom’’ / Edvard Ollvort / Rahnamoi savod’’ / Havoij ad-diniya’’ / “Yer yuzi”. / Khusainov school / Khoniya school / “history Islam” / Edward Ollvort / “Rahnamoi savod” / “Airij ad-dinia” / “earth face”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Azizbek Toynor Ogli Teshayev, Oxunjon Boboqulov

Yangi usul maktablarida diniy va dunyoviy fanlarning o’qitilishi, Munvvarqori Abdurashidxonov, Is’hoqxon Ibrat tashkil etgan yangi usul maktablarida fanlarning dasturlari, dars berish texnikasi ilmiy jihatdan yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING OF RELIGIOUS AND SECURITY SCIENCES IN NEW METHOD SCHOOLS (ON THE EXAMPLE OF ISAKHAKHAN EXAMPLE AND ENLIGHTENED SCHOOLS)

In the new method schools, programs of subjects, teaching techniques of teaching in religious and secular sciences, in the new method schools, organized by Umvvarqori Abdurashidkhonov, is'hokhan lesson, are scientifically illuminated.

Текст научной работы на тему «YANGI USUL MAKTABLARIDA DINIY VA DUNYOVIY FANLARNING O’QITILISHI (IS’HOQXON IBRAT VA MUNAVVARQORI TASHKIL ETGAN MAKTABLAR MISOLIDA)»

YANGI USUL MAKTABLARIDA DINIY VA DUNYOVIY FANLARNING O'QITILISHI (IS'HOQXON IBRAT VA MUNAVVARQORI TASHKIL ETGAN

MAKTABLAR MISOLIDA)

Azizbek To'ynor o'g'li Teshayev

Buxoro davlat universiteti O'quv-uslubiy boshqarma uslubchisi

Oxunjon Boboqulov

Buxoro viloyati Jondor tumani 27-umumta'lim maktabi Tarix fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Yangi usul maktablarida diniy va dunyoviy fanlarning o'qitilishi, Munvvarqori Abdurashidxonov, Is'hoqxon Ibrat tashkil etgan yangi usul maktablarida fanlarning dasturlari, dars berish texnikasi ilmiy jihatdan yoritilgan.

Kalit so'zlar: Xusainov maktabi, Xoniya maktabi, ,,Tarixi Islom'', Edvard Ollvort, ,,Rahnamoi savod'', ,,Havoij ad-diniya'', "Yer yuzi"

TEACHING OF RELIGIOUS AND SECURITY SCIENCES IN NEW METHOD SCHOOLS (ON THE EXAMPLE OF ISAKHAKHAN EXAMPLE AND

ENLIGHTENED SCHOOLS)

Azizbek Tuynor ugli Teshaev Okhunjon Bobokulov

Methodist of the Educational and Teacher of History, Secondary School №

Methodological Department of Bukhara 27, Jondor District, Bukhara Region State University

ABSTRACT

In the new method schools, programs of subjects, teaching techniques of teaching in religious and secular sciences, in the new method schools, organized by Umvvarqori Abdurashidkhonov, is'hokhan lesson, are scientifically illuminated.

Keywords: Khusainov school, Khoniya school, "history Islam", Edward Ollvort, "Rahnamoi savod", "Airij ad-dinia", "earth face".

KIRISH

Jadidlar o'rta asr darajasida qotib qolgan, Quron suralarini yodlash va talqin qilishdangina iborat konfessional talimga qarshi chiqdi. Jadidlarning asosiy ustuvor qarashlari intellektual uyg'onishga intilishdan iborat edi. Jadidlarning madaniyatni, adabiyotni va tilni rivojlantirishga qaratilgan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiqotchi D.A.Alimova: «Jadidlar eng dolzarb bo'lgan ilm-fan, maorif va madaniyat, ta'lim va tarbiya va yangi maktablar masalalarini birinchi o'ringa qo'yganlar» - yoki, «ilg'or musulmon ziyolilari mamlakat, taraqqiyot darajasi orqadaligini, ijtimoiy va mustamlaka zulmining asosiy sababini avvalambor xalqning ... ma'rifatsizligidan qidirdiki, ... shuning uchun muammolarning hal qilishning eng asosiy yo'li deb maorif va ma'rifat ko'zda tutildi. Buning oqibatida dastlab jadidlar diqqat e'tibori markazida maorifni isloh qilish vazifasi turdi. Ular bu islohotlarni amalga oshirishning zarur ekanligini nafaqat nazariy jihatdan asoslab berdilar, balki yangi usulda o'qitiladigan maktablar ochib, kutubxonalar, qiroatxonalar barpo etib, o'quv qo'llanmalari yozib, o'z g'oyalarini amalda qo'llash yo'lida ulkan ishlar qildilar» - deydi [ 1].

Binobarin, N. Karimovning 1995 yil nashr qilingan jadidchilik harakatiga oid maqolalaridan birida yozilishicha, «o'zbek ziyolilari o'lkani madaniy-ijtimoiy qoloqlikdan, xalqni esa xorlikdan va zorlikdan olib chiqish uchun avvalo uni ma'rifatlashtirish zarur, degan qarorga keldilar» - degan fikr bildiriladi. Mana shunday negizlar asosida XIX asr oxiri XX asr boshlarida ommaviy tarzda jadid maktablari tashkil etila boshlanadi [ 2].

Turkistondagi XIX asr oxirlarida tashkil topgan dastlabki jadid maktabi haqida so'nggi tadqiqotlarda, jumladan, A.Xudoyqulov ishida Samarqanddagi 1893 yilda ochilgan savdogar Xusainov maktabini ko'rsatsa, G.Solijonova birinchi jadid maktabi sifatida 1898 yilda Andijonda ochilgan Saloxiddin domla maktabini keltiradi [3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kundagi ma'lumotlar shuni ta'kidlamokdaki, Turkistondagi birinchi jadid maktabi Is'hoqxon Junaydulloxxo'ja o'g'li Ibrat tomonidan 1886 yilda ochilgan. Is'xoqxon Ibrat tomonidan ochilgan maktab haqidagi dastlabki ma'lumotlar uning «qalam» nomli she'rida keltirilgan. Bu haqda BARS-51 otryadi rahbari YA.Gaffarov kundaliklarida yozib qoldirgan.Bu she'r toshbosma risolaning saqlanib qolgan ikki varag'idan iborat bo'lib, u BARS-51 guruhi tomonidan to'plangan materiallar orasida saqlanadi [4].

Ibrat «Tarixi Farg'ona» asarida o'lkadagi mavjud o'quv tizimi, maktablarning ahvoli, aholining ilmga munosabati, ilmsizlikning taraqqiyotga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirini ko'rsatib o'tgan holda, jadid maktablarining zaruriyatini: «Ammoki, ilmiya to'g'risida bizni xalqda chandon ahamiyati yo'q, tanazzulda turur... Madaniyat uchun har qaysi vaqtdagi zamona ilmini, qaysi biri rivojda bo'lsa, ani bilmak zarurdir»- deb yozadi [ 5].

1883-1903 yillarda Rossiyaning Qoshg'ardagi konsuli lavozimida xizmat qilgan Perovskiy Turkistonda birin-ketin ochilayotgan musulmon maktablaridan shubhalanib,

1887 yil 23 iyunda N.P. Ostroumovga yozgan maktubida jaded maktablari oqibatini o'ylamasdan ochilayotgan bo'lsa, ochmaslikni ma'qul ko'rgan[6].

Ibratning jadid maktabi ham chor amaldorlari tomonidan tazyiqqa uchradi va yoptirib tashlandi.Bu maktab Turkiston jadidlarining I.Gasprali g'oyalarini amalga oshirishdagi dastlabki urinishlari bo'lgan [7].

Ibrat xalqni illatlardan saqlovchi kuch sifatida ilmni ko'rsatib: «Bu ahvoli badlarni, bu maraz dardni dorusi ilmdur. ... Ilmsiz kishi asossiz devor degon, asossiz devor g'oyatda bee'tibor bulur. Ilm o'qung, o'rganing, o'quting, axloqi funun, zamonaga darkorlik ilmlar zarur». Bu bilan Ibrat yoshlarni dunyoviy bilimlardan xabardor bo'lishga undaydi.U xalqimiz ilm-fanga qiziqmay, shu xilda davom etsa inqirozga uchrashi va qaram bo'lib qolishligini iztirob bilan yozadi [8].

Ibrat ikkinchi marta To'raqo'rg'onda jadid maktabi ochib, 1907 yilda unga «Lug'ati Sitta al-sina» kitobi asosida xorijiy tillarni fan sifatida o'qitishni joriy qilgan edi. 1907 yilda ikkinchi marotaba ochgan jadid maktabiga Simbir viloyatidan bir muallim jalb etib, usuli jadid o'qitish orqali maktab ochilganligiga uch oy bo'lmay, yigirmadan ko'p kichik bolalar, un beshta katta odamlar tulik savodlari chiqib, turli kitoblarni mutolaa qilayotganliklarini yozadi . Bundan ko'rinadiki, Ibrat yangi ta'lim tizimi afzalliklarini isbotlashda o'zi amaliyotga tadbiq qilgan yangi usullarga suyanadi. U maqolasini: «Xulosa, bu odamni bu maqolasidan usuli jadiddin usuli qadimni foydali va afzal edigini tasdiq qildigi anglashiladur» - deb yakunlaganligi ko'rsatiladi [9].

Jadid maktablarida dars o'tish dasturlarini,darsliklarni yaratishda Munavvarqori Abdurashidxonovning o'rni beqiyoq. "Munavvar" - nur olgan, nurli degani. Turkiyada hozir ham bu so'zni ziyoli o'rnida qo'llaydilar. "Qori" deb Qur'onni maromiga yetkazib o'qiydiganni aytganlar. «Taraqqiy» gazetasi, 1906 yil, 14 iyun da chiqqan ,,Bizning jaholat-jahli murakkab'' maqolasida Bir bolani maktabg'a bermakdan maqsudi vojibot diniyamiz o'lg'on ilmi qiroat, masoili e'tiqodiya, farz, vojib, sunnat mustahab, harom, makruh, namoz va ro'za, haj va zakotlarni ham zaruroti dunyaviyamiz o'lg'on ilmi hisob, jug'rofiya, tavorix, xususan, «Tarixi Islom» kabi foydalik ilmlarni bildurmoq deydi.U yana madrasalarda o'qitalidigan Fuzuliy,Navoiy asarlari haqida aytib o'tib ularni o'qitmaslikka chqairadi.Mani so'zimdan Fuzuliy, Navoiy, Xo'ja Hofiz, Bedillar kabi ulug' zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani g'arazim bu kitoblarni zotan befoyda demak emas, balki yosh bolalarg'a bu kitoblarning ta'limi befoyda, demakdir. Misola bir bolaga Fuzuliy o'rniga ilmi qiroat, Navoiy o'rniga masoili e'tiqodiya, Xo'ja Hofiz joyiga masoili amaliyot, Bedil badalig'a ilmi hisob o'qitilsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar xosil qilib, musulmon o'lur. Bil'aks, bu kitoblarning o'zi o'qitulg'on holda bu foydalardin mahrum qolib, balki fasod axloqqa mubtalo o'lmog'i ham ehtimoldir. Chunki bu kitoblarni tasnif qilg'on zotlar Olloh taoliyg'a qurbat paydo qilg'on kishilar o'lg'onlari uchun aytgan so'zlarining zohiri shariatga muxolif o'lsa ham, haqiqati muvofiqdir.

Munavvarqori Toshkentda ochilgan jadid maktablari uchun o'zi tuzgan dastur va darsliklarni joriy etdi, ular asosida jamoat oldida ochiq darslar va imtihonlar tashkil qildi. Bundan asosiy maqsad, birinchidan, usuli jadid maktablarini badnom qiluvchi mutaassib qadimchilarning da'volari asossiz ekanligini xalq oldida namoyish etish bo'lsa, ikkinchidan, xalq o'rtasida ilm-ma'rifatga, yangi o'qitish usuliga, zamonaviy turmush tarziga rag'bat uyg'otish edi. Shuning uchun ham Munavvarqori imtihonlarga o'quvchilarning ota-onalaridan tortib, shariat-din peshvolarigacha, hatto o'lkada katta e'tibor qozongan olimu shoirlarni, ma'rifatli boylarni ham taklif qilgan. Qo'limizda uning Ishoqxon Ibrat va Hamza Hakimzodaga yuborgan "Da'vatnoma"si mavjud. Mana, ulardan biri:

"Hurmatlu Ishoqxonhoji janoblarina! 1907 yil may oyindan Toshkendda Tarnovboshi mahallasinda "Xoniya" maktabinda talabalarning yillik imtihoni boshlanur. Siz hurmatludan rijo qilurmizki, tavobingizda bo'lg'on usuli jadidiya maktablari mudirlari ila imtihon majlislarina tashrif qilsangiz, muallim va shogirdlar Sizdan mamnun bo'lur edilar. Muhibingiz Munavvar Qori. 15 mart 1907 yil".

Munavvarqori Abdurashidxonov jadid maktablarining kundalik o'quv-tarbiya ishlaridan tortib, yillik bitiruv imtihonlarini uyushtirishgacha, "usuli savtiya" yo'lini qobiliyatli yosh o'qituvchilarga o'rgatishdan tortib, maktablarni zamonaviy darslik va o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlashgacha bo'lgan uzluksiz jarayonni boshqardi. Uning bu faoliyati davrining ulug' mutafakkirlari tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Mahmudxo'ja Behbudiydek jadidchilik harakatining karvonboshisi unga madadkor bo'ldi. Behbudiyning bu boradagi so'zlariga e'tibor bering: "Turkistonda muallim chiqarmoq uchun dorilmuallimin bo'lmasa ham, har shaharda usuli ta'limdan xabardor bir-ikki nafar muallim albatta bordur. Ana, muallimlikka tolib kishilarni alarning huzurig'a yuborib, 3-4 oy zarfida usuli ta'limdan xabardor qildurmoq mumkindur. Agar boyafarz, ushbu xizmatni muallimlarimiz iltizom qilsalar, ul holda muallimlikka havaskor yoshlarni bir oz zahmatlik bo'lsa ham, to'g'ridan-to'g'ri Toshkandda Munavvar Qori janoblarining maktabig'a yubormoq kerakdurki, mushoran alayhning munday toliblarni mamnuniyat ila qabul etmoqlarig'a amindurmiz. Ishda, muhtaram qarindoshlar, millatimizning tilagi va eng zo'r ehtiyoji ushbu shaylar ediki, nazari oliylaringiza arzu taqdim etduk"[10].

"Turkestanskiye vedemosti" gazetasining muxbiri G. Andreyev bilan qilgan suhbatida Munavvarqori usuli jadid maktablarining tashkil etilishi haqida to'xtalib, bunday deydi: "Shaxsan mening o'zim og'ir hayot yo'lini bosib o'tdim. Biron narsani o'rganish uchun avval Toshkent, so'ng uzoq muddat Buxoro madrasalarida tahsil olishimga to'g'ri keldi. Har holda, madrasalarda fanlarni uzoq yillar mobaynida o'qishimga qaramay, men hayot uchun zarur bo'lgan ko'p narsani ola olmadim. Ana o'shanda madrasalarda yillar mobaynida o'qitiladiganlarni bilimga tez, oson va yengil olib boradigan yaxshi yo'lni topish haqidagi fikrga keldim. Men yangi qo'llanmali,

fundamental zamonaviy pedagogika asosida kichik maktab-madrasalarni tashkil etishni hohlardim".

Munavvarqori boshlagan yangi maktab usuli Turkistonga tez yoyiladi. Uning tashabbuskor jonkuyarlari "taraqqiyparvar" deb nom oladi. Munavvarqori esa ularni birlashtiruvchi rahbar va yo'lboshchiga aylanadi. Ushbu maktablar uchun "Adibi avval", "Adibi soniy" kabi alifbo va xrestomatiyalar, "Tavjid al-Qur'on" ("Qur'on qiroati"), "Yer yuzi" ("Geografiya") singari qo'llanmalar tuzib, nashr etadi. Bu darsliklar 1901-1917 yillar oralig'ida eng kami 2-3, ko'pi 9-10 martagacha alohida-alohida holda nashr etilgan.

Munavvar Qori jadid maktabi ta'lim-tarbiya uslubiy ishlarini takomillashtirish bilan cheklanmaydi. U butun o'zbek milliy xalq maorifming butunlay yangi, mukammal, zamonaviy boshlang'ich (ibtidoiy), umumta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim tarmoklari majmuiga asos soldi. U o'z dasturida bolalarni har tomonlama, ham aqliy, ham jismoniy, ham estetik bir butun uyg'unlikda bilimlarni hayotda bevosita qo'llashga o'rgatishga alohida e'tibor beradi.

Mohir pedagog va bolalar ichki dunyosini yaxshi biladigan bo'lgan Munavvar Qori o'qish uchun faqat ota-onaninggina emas, balki bolaning ham roziligini hisobga olish zarurligini aytadi. Uning ta'kidlashicha, bolalar avvalo maktabning ichki tartib qoidalari, ya'ni dars va tanaffus vaqtlarida o'zini qanday tutish, muallim va o'z safdoshlari bilan qanday muomalada bo'lish, kitob va daftarlarni qanday saqlashni bilishi kerak. Bolalarga beriladigan tanbeh va jazo juda demokratik va insonparvarlik ruhida bo'lishi lozim. Masalan, ogohlantirish, yengil tanbeh berish, o'tilgan mavzularni takrorlashga majbur etish, sinf burchagiga turg'izib kuyish, xayfsan bildirish va nihoyat maktabdan haydash kerak.

Munavvar Qori maktab tartib-qoidalariga qat'iy amal qilishni taklif qiladi, bolalar bilan qo'pol muomalada bo'lishni, ularni urish va jerkishni qat'iyan ta'qiqlagan.

Munavvar Qori maktabida 1915 yilda 150 ta o'quvchi bo'lgan. Shulardan 30-35 foizi kambag'allarning bolasi bo'lib, bepul o'qitilgan. Ular o'quv darsliklari va qurollari bilan bepul ta'minlangan. Qolganlari esa, o'qish uchun har oyda baholi-qudrat 50 tiyindan to bir yarim so'mgacha pul tulagan. Ba'zi badavlat otalar 2 so'mdan ham berib to'rgan. Bir kunda 50 minutdan uch dars o'qitilgan. O'n minutdan bir saotgacha kichik va katta tanaffuslar joriy etilgan.

Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ma'lumotiga ko'ra, Munavvar Qorining «Namuna»maktabida bir necha yuz bola o'qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo'lgan iste'dodli yoshlar muallimlik qilishgan, tadqiqotchining ma'lumoticha, Munavvar Qorining qo'lida ta'lim olgan yoshlar orasidan Hamza, Qayum Ramazon, Musa Toshmuhammad o'g'li Oybek, Mannon Uyg'ur kabi iste'dodli ijodkorlar yetishib chiqishgan.

Munavvar Qori ham ayni paytda haftada o'zining 25soatlik programmasini tavsiya qilgan. Shu soatlar asosida o'zi ham maktabda darslar o'tgan. Munavvar Qorining maktab uchun va musulmonlar uchun qilgan yana katta bir xizmati shundan iborat-ki, u shariatga doir manbalar bilan o'quvchilarni o'z tilida o'qishini ta'minladi.

Amerikalik olim Edvard Ollvortning ma'lumotiga ko'ra, Munavvar Qori maktabidagi o'quvchilar o'qish va axloq asoslari darslarini yozib olish uchun haftada kushimcha 9 soat shug'ullangan. Shu 9 soat dan 4 soat Munavvar Qorining «Ikkinchi o'qituvchi» kitobiga bagishlangan. 1 soati So'fi Olloyor she'riyatiga ajra- tilgan. Darslar turk va fors tillarida olib borilgan. O'quv chilar 2 soat arifmetika, 2 soat geografiya, 1 soat tarix, jami 25 soat haftalik o'qigan. Yuqorida qayd etilgan Munavvar Qorining namuna maktabida Oybekning tahsil olganini Edvard Ollvort ham yozib o'tadi.

Tadqiqotchi Munavvar Qorining Oybek tahsil olgan kursi quydagicha bo'lganini ko'rsatadi:

1.Dinning muqaddasligi

2.Muqaddas an'ana

3.Naslning qonuniy huquqi

4.Arab grammatikasi

5.Arifmetika

6. Jahon geografiyasi

7. Islom tarixi

8. Arab va Turk yozuvining orfografiyasi.

Ma'lumki, jadidlarning yangi maktablar uchun yozgan darsliklarining tili, bayon uslubi, metodikasi bir-biridan farq qilgan. Buning asosiy sababi ular o'rtasida ham eski madrasa tili va yangi o'zbek adabiy tiliga bo'lgan munosabatning saqlanib qolishi bo'lsa kerak. Chunki Behbudiy, Avloniy va shu kabi ayrim jadid vakillari eski tilni afzal bilganlar va o'z maqola, nutq va kitoblarini shu asosda yozganlar. Shuningdek. Fitrat, Cho'lpon, Qodiriy va shu kabi vakillari esa o'zbek badiiy adabiyot tilini qo'llash orqali yangi adabiyot tiliga asos solganlar. Jadid muallimlari qatorida Hoji Muin ham darsliklar yozib, chop ettirdi. U 1908 - yili fors tilida " Rahnamoi savod", I. Rahmatullazoda bilan hamkorlikda o'zbek tilida "O'qituvchi" nomli alifbo kitoblarini yozadi.

Shu ma'noda islom tarixini o'rganishga bag'ishlangan jadid darsliklarining tillari va uslubiyotida ham ayrim tavofutlar kuzatiladi. Abdurauf Fitratning "Muxtasar Islom tarixi" darsligi yuqorida ta'kidlangani kabi tili, metodikasi hozirgi davr darsliklariga ancha yaqin ifodalangan edi. Munavvarqori Abdurashidxonovning ham qisqa islom tarix yaratganligi xabar qilinsada u o'zbek tilida nashr qilinmagan. M.Abdurashidxonovning "Havoij ad-diniya", (Din ahkomlari) kitobini muallifning nevarasi Ismoilxon hoji akaning uylari saqlanmoqda[11].

XULOSA

Abdurauf Fitratning «Muxtasar Islom tarixi» asarining tuzilmasi hozirgi darsliklar bir muncha yaqin, ya'ni qism va alohida mavzulardan iborat. Uning birinchi qismi "Saodat davri" deb nomlanadi. Odatda saodat davri deyilganda Payg'ambarimizga vahiy nozil bo'lgandan keyingi davr nazarda tutiladi. Ammo Fitrat ushbu qismni yoritishda Payg'ambar alayhissalomning tug'ilishi arafasidagi Arabiston sahrosidagi ijtimoiysiyosiy vaziyat, qo'shni davlatlarning ahvoli haqida ham to'xtalib o'tadi.

Fitrat Avloniydan farqli ravishda Arab yarim oroli va u yerdagi xalqning ahvolini alohida mavzu ostida bayon qiladi. Uning yana bir jihati darslikda talabalarning bayon qilingan voqyea-hodisalarni aniq tasavvur qilishi va hifz qilishi uchun voqyea bilan bog'liq jo'g'rofiy ma'lumotlar ham keltiriladi. "Uni Arab yarim oroli (Jaziratul-arab), deb ataganlar. Bu yerning xalqi asosan arablardan tashkil topgan. Arab yarim oroli Rum va Eron yurtlari kabi obod emas, balki ko'p yerlari qumlikdan iborat bo'lib,ba'zi qit'alardagina obod manzillar mavjud edi. Bu qit'alardan eng mashhuri va muboragi Hijozdir, chunki bu qit'ada Makka bilan Madina joylashgan. Xaritaga qarasangiz ko'rasizki, Hijoz qit'asining bir tarafi Qizil dengiz va boshqa bir tarafi cho'ldir".

REFERENCES

1. Алимова Д. А. ХХ асрнинг дастлабки уттиз йиллигида Узбекистонда маданият муаммоларини урганиш тарихидан//Узбекистонда ижтимоий фанлар. -1995. -№ 10. -Б.93.

2. Каримов Н. ХХ аср бошларидаги тарихий вазият ва жадидчилик харакатининг вужудга келиши. //Узбекистоннинг янги тарихи. Концептуал-методологик муаммолар мавзуидаги илмий анжуман материаллари. -Т., 1995. -Б.38.

3. Худойкулов А.М. Просветительская деятельность джадидов Туркестана (конец XIX-нач. ХХ вв.). Автореф. дис...канд. ист. наук. -Т., 1995. С.28. Солижонова Г.Ф. Учебно-просветительские очаги в Туркестане, их общественное значение. /конец XIX-XX вв.: Автореф...дис. канд. ист. наук. Т., 1998. -С.38.

4. Ибрат И. БАРС-51 гурухи томонидан тупланган материаллар. Туракургон. Усмирлар саройи. 5 БАРС-51 гурухд кундаликларидан. Туракургон. Усмирлар саройи.

5. Ибрат И. Тарихи Фаргона. УзР ФА ШИ. X инв. № 11616. -Б.22.

6. Юсупов Ш. Fурбатда Фуркат//Гулистон. -1978. -№8. -Б.20.

7. Долимов У. Исокхон Ибрат. ... -Б.12.

8. Ибрат И. Из Намангана//Туркистон вилоятининг газети. 1913. 20 июнь. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 282

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

9. Мулла Хусанхужа Мансурхужа угли. Мактаб реформаси хакида//Туркистон вилоятининг газети. 1907. №76. 11 окт.

10. Behbudiy. M. Muhtaram yoshlarg'a murojaat. «Oyna» jur., 1914 y., 41-son.

11. Абдурашидхонов М. нинг "Давоиж ад-диния", (Дин ахкомлари) китоби 1912 йил Козонда нашр этилган.

12. Абдурауф Фитрат «Мухтасар Ислом тарихи» -Т., 6.Б.

13. Aziz To'ynor o'g, Teshayev, and Jomurodov Nodirbek Shuhrat o'g'li. "Kokand-kashgar relations in central asian trade relations." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.5 (2021): 32-34.

14. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.

15. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Araçtirmalar Dergisi 1.1: 105-116.

16. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.

17. Очилов, Алишер Тулис Угли. "БУХОРО ВОДАСИ ШАКЛЛАНИШИДА ЗАРАФШОН ДАРЁСИНИНГ УРНИ ВА ВОДА ТАРИХИЙ ГЕОГРАФИЯСИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОДАЗАЛАР." Scientific progress 1.6 (2021): 933-938.

18. Ochilov A. Бухоро вохдсида олиб борилган илк археологик тадкикотлар //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 4. - №. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.