Научная статья на тему 'NAMANGAN MADANIY-MA’RIFIY HAYOTIDA IS’HOQXON IBRAT MAKTABINING O’RNI'

NAMANGAN MADANIY-MA’RIFIY HAYOTIDA IS’HOQXON IBRAT MAKTABINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
747
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
madaniy hayot / ma’naviy hayot / maorif / olimlar / maktabdor / donishmand / cultural life / spiritual life / education / scientists / schoolchildren / sages

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umida Xamidullayevna Axrorova

Ushbu maqolada Is’hoqxon Ibratning qisqacha hayot faoliyati, qolaversa uning yangi usul maktablar ochgani va bu maktablardagi o’qitish usullari haqida ma’rifatparvarning fikrlari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ISHAKHAN IBRAT SCHOOL IN NAMANGAN CULTURAL AND EDUCATIONAL LIFE

The research work is devoted to present the biography of Ishoqkhan Ibrat, moreover, there are ideas about organization of his new methodological school and teaching methods in this school.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN MADANIY-MA’RIFIY HAYOTIDA IS’HOQXON IBRAT MAKTABINING O’RNI»

NAMANGAN MADANIY-MA'RIFIY HAYOTIDA IS'HOQXON IBRAT

MAKTABINING O'RNI

Umida Xamidullayevna Axrorova

To'raqo'rg'on xalq ta'limi bo'limi ijtimoiy fanlar metodisti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Is'hoqxon Ibratning qisqacha hayot faoliyati, qolaversa uning yangi usul maktablar ochgani va bu maktablardagi o'qitish usullari haqida ma'rifatparvarning fikrlari berilgan.

Kalit so'zlar: madaniy hayot, ma'naviy hayot, maorif, olimlar, maktabdor, donishmand

THE ROLE OF ISHAKHAN IBRAT SCHOOL IN NAMANGAN CULTURAL

AND EDUCATIONAL LIFE

Umida Khamidullayevna Akhrorova

Turakurgan Department of Public Education, Methodist of Social Sciences

ABSTRACT

The research work is devoted to present the biography of Ishoqkhan Ibrat, moreover, there are ideas about organization of his new methodological school and teaching methods in this school.

Keywords: cultural life, spiritual life, education, scientists, schoolchildren, sages

KIRISH

Turon deb atalgan o'lkamizdan necha asrlardan beri ko'plab donishmand-u ulamolar, olimu-fuzalolar tug'ilib, shu yurtda kamol topishgan, shu ulug' zotlarning har birining murakkab hayot yo'li va yorqin ilmiy va adabiy faoliyatlarini chuqur o'rganish har birimizning ayniqsa, biz tarixchilarning oldimizda turgan muhim vazifadir. Namangan qadimdan ko'plab iste'dod egalarining parvoziga qanot bergan ilohiy bir makondir. Bu ko'hna tuproqda o'nlab mutafakkirlarimizning kindik qonlari to'kilgan, ular aynan shu yurtda komil shaxs sifatida yetuklikka erishganlar. Shulardan biri barchamizga yaxshi tanish Ishoqxon To'ra Ibratdir. Yirik mutafakkir, olim, shoir, maorifchi, matbaachi qolaversa jadid namoyondalari ichida eng salmoqli iz qoldirgan Ishoqxon Ibrat aynan Namangan farzandi ekani barchamizga barchamizga faxr tuyg'usini baxsh etadi. Shu o'rinda bu ulug' zot haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yuritgan fikrlari diqqatga sazovordir: "Barchamizga yaxshi ma'lum, XIX asrda To'raqo'rg'on zaminida tug'ilib o'sgan noyob iste'dodli bu inson

arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yaxudiy, suriya, yunon yozuvlarini chuqur o'rgangan. U dunyoning ko'plab mamlakatlarida bo'lib, Sharq va Yevropa ilm-fani, madaniyati va san'ati bilan yaqindan tanishgan, yurtimizga ilg'or madaniyat va texnika yangiliklarini olib kirishga intilgan."1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Darhaqiqat Ibratning hayot yo'liga e'tibor qaratadigan bo'lsak, u o'z davrining chinakam yetuk ziyoli ma'rifatparvar shaxsi bo'lganligini ko'ramiz. Ibrat 1862 yili (hijriy 1279) To'raqo'rg'onda tug'ilgan. Uning ota-onalari Junaydulloh va Huribibi o'z davrining o'qimishli kishilari bo'lishgan. Ayniqsa Ibratning yoshligidan xat-savodli va bilimli bo'lishida onasi Huribibining o'rni alohida ta'kidlashimiz zarur. Ishoqxon dastlab hijo usuliga asoslangan mahalla maktabida o'qidi, ammo savodini onasining qo'lida chiqardi. Huribibi maktabdor bo'lib, o'z maktabida faqat quruq yodlash bilangina cheklanmay, qizlarga yozish va husnixatni ham o'rgatar edi. Maktabdagi ta'limdan so'ng Ishoqxon Qo'qonga keladi va uyerdagi Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasida (1878-1886) o'qiydi. Ibrat Qo'qonda o'sha davr o'zbek adabiyoti va madaniyatining yirik namoyondalari bo'lmish Muqimiy, Zavqiy, Furqat, Nodim, Haziniylar bilan yaqin aloqada va mushoiralarda ishtirok etadi.

1886-yili Ibrat madrasani tugatib, To'raqo'rg'onga qaytadi va o'z faoliyatini qishloqda ma'rifat tarqatishdan boshlaydi, o'sha yili qishloqda maktab ochadi. Yana shuni ham alohida takidlab o'tishimiz zarurki, Farg'ona viloyatidagi dastlabki yangi usul maktabi Namanganda Ishoqxon Junaydullohxo'ja o'g'li(Ibrat) tomonidan ochildi. Uning maktabi "usuli qadim" - "Usuli Tahajji", ya'ni hijo metodiga asoslangan maktablardan keskin farq qilar edi. Ibrat Qo'qonda o'qib yurgan vaqtlarida o'lkada ochilayotgan rus maktablaridagi o'quv usullarining mahalliy maktablarda hukm surayotgan hijo hamda quruq yodlash usullaridan ustunligini sezadi. Shuning uchun u o'z maktabiga nisbatan ilg'or hisoblangan tovush (savtiya) usulini tadbiq etadi. Ammo bu maktab uzoq faoliyat ko'rsata olmadi. Mutaasiblar uni yopishga muvaffaq bo'ldilar. U 1907-yilga kelib, ikkinchi bor maktab ochadi, uning maktabida yevropa tillaridan

"5

ham darslar o'tilgan. Ibrat ushbu maktabida 30 nafar qishloq bolalarini o'qitdi. O'qitish ishlarini o'zi tuzgan dastur asosida olib bordi. Maktab yorug' derazali katta xonaga joylashgan bo'lib, yangi o'quv qurollari bilan ta'minlangan edi. Ibrat o'z maktabiga yangichao'qitish usullaridan xabardor bo'lgan pedagog Husayn Makayevni taklif qildi. Husayn Makayev va uning rafiqasi Fotima Makayeva Ishoqxon Ibrat maktabida

1 Mnp3HëeB ffl.M. "EyroK Ke^a®aiuMH3HH Mapg Ba oothmhoö xa^KHMro 6raaH 6upra rçypaMro". - T.: "Y36eKHCTOH", 2017. -E. 74.

2 ^o^hmob y. "Hcb^o^xoH H6paT". - T.: "fflap^", 1994. -E.144.

3 Nosirov O. Ma'murov M. "O'zbek adabiyotining muhim sanalari" - Namangan: Namangan Davlat Universiteti, 1993. 124-b.

o'qituvchi sifatida faoliyat ko'rsatdilar. Taraqqiyotning beshigi maktab ekanligini jadidlar qatorida Isoqxon Ibrat ham juda yaxshi anglab yetgan. Sharq mamlakatlari qatorida Afina, Sofiya, Rim, Istanbul kabi Yevropa shaharlarida bo'lgan Ishoqxon Ibrat ham xalqni g'arb ma'naviyati, ilm-fani taraqqiyotidan bahramand etish uchun ko'p kuch g'ayrat sarf etgan holda "Millatni kim isloh etar?" maqolasida odob-axloq tarbiyasi din ulamolari zimmasida ekanligini ta'kidlaydi: "Bizning fikrimizcha, muning da'fu islohig'a ulamo hazrati kamari himmat bog'lab, muqaddas mehrobu minbardan va'z so'ylab, aholig'a ahkomi shariatni bildirub, baytulloh hukmindaki, masjid va jomelarda ertayu kech amri ba ma'ruf va nahi az munkir etib, xaloyiq anglaydurg'on bir til ilan pandu nasihat etsalar ham muning hech qo'ymasdan har kun ba'd az namozi fajr va ba'd az xuftan doim muxtalif mavzulardan baxs etsalar, albatta, ta'sirsiz qolmas. Xususan, muqaddas masjidda so'ylangan va'z har bir mo'min qalbina du bolo ta'sir etar"4

Ibrat maktabining alohida xususiyatli tomoni deb shuni ko'rsatishimiz mumkinki, Ishoqxon o'z maktabi o'quvchilarini darsliklar bilan ta'minlagan. 1910-yilda Ibrat o'zi ochgan matbaa qoshida "Kutubxonai Ishoqiya" nomi bilan ancha katta kutubxona tashkil etadi. Bu haqida Orenburgda chiqadigan, turkiy olamda ancha etiborga ega bo'lgan Fotih Karimiyning "Vaqt" gazetasiquyidagilarni yozadi: "Namangan. Mo'tabarindin Ishoq qozi hazratlari "Altijor al-Namangan" isminda bir gazeta chiqararg'a so'rab ariza berdi. Bu zot 1908-yilda Namanganda bir matbaa ochgan edi. Bu yil "Kutubxonai Ishoqiya" isminda kutubxona ochib, turk, tatar, o'zbek, tillarida bo'lg'on adabiyot kitoblari oldirdi. Hozir gazeta chiqarmoq haddindadur. Chin ko'nguldan muvaffaqiyat tilaymiz" 5 Bu kutubxona arxivida saqlangan kitoblar ro'yxati shuni tasdiqlaydiki, kutubxonada ta'lim-tarbiya va o'qitishga oid o'zbek, turk, tatar, rus, fors-tojik tillarida bitilgan ko'plab kitoblar bo'lgan. Kutubxonaning maktab o'quvchilariga bag'ishlangan bo'limida Ismoil G'aspiralining "Xo'jai sibyon", Saidrasul Saidazizovning "Ustodi avval", Munavvarqorining "Adibi avval", "Adibi soniy", Mahmudxo'ja Behbudiyning "Asbobi ta'limi savod", Kitobat-ul aftol" kabi 50 nomdan ortiq darslik va qo'llamalar, ta'lim-tarbiyaga oid risolalar bo'lgan, ulardan nafaqat o'zi, qishloq aholisi ham unumli foydalangan. Ishoqxon Ibrat kutubxonaning maktabga oid bo'limiga Toshkentda nashr qilingan deyarli hamma darsliklardan 10-15 nusxadan oldirgan va maktab o'quvchilarini ta'minlagan. E'tiborga loyiq jihati shundaki, ushbu darsliklarning deyarli hammasi aslida yumshoq muqovada nashr qilingan holda "Matbaai Ishoqiya"ning muqova sexida qattiq karton bilan almashtirilgan. Bu darsliklarning uzoq muddat saqlanishi uchun imkoniyat yaratgan.

Kutubxonaga uzoq yillar Ishoqxon to'raning shogirdi Mulla Iskandar domla Abdulvahob o'g'li (1880-1969) mudirlik qilgan.6 Kutubxonada a'zolarning kitob olish va o'qib bo'lgach, uni topshirish daftarlari ham tashkil qilingan, yoshlarning kitob

4 "Oyna" jurnali, 1914-yil, 12-son.

5 "Vaqt" gazetasi, 1913-yil, 1324-son

6 Dolimov U. "Turkistonda jadid maktablari" - T.:"Universititet", 2006. 66-b

o'qishlarini Ishoqxonning o'zi nazorat qilib borgan. Kutubxona kitob fondining yil sayin kattalashib borishida "Matbaai Ishoqiya" katta rol o'ynagan. Kutubxonaning davriy matbuot bo'limida: "Turkiston viloyatining gazeti", "TypKecraHCKne BegeMOCTH", "Tarjimon", "Vaqt" gazetalari, Mahmuxo'ja Behbudiyning "Oyna", Rizo

n

Faxriddinning "Sho'ro" jurnallarining boylamlari bo'lgan. Afsuski, bu kutubxonadagi ko'plab nodir nashrlar 1918-1920-yillar ur-yiqitlarida, 1937-yil ommaviy qatag'onda yo'q qilindi, qolgan qutganlari Ishoqxon Ibrat bilan birga Andijon qamoqxonasiga olib ketildi.

MUHOKAMA

Ishoqxon Ibrat yangi usul maktablari ta'lim tizimini rivojlantirish yo'lida bir qator jadid namoyondalari bilan yaqin hamkorlik qilganliklari va bir necha jadidlar tomonidan tashkil etilgan maktablarga borib ularni faoliyati bilan tanishgani diqqatga sazovordir. Xususan, u Munavvarqorining taklifiga binoanbir necha marta Toshkentda, uning maktabi imtihonlarida qatnashgan. Munavvarqori 1907-yili Ishoqxon to'raga maxsus taklif xati bilan murojaat qiladi:

" Hurmatlu Ishoqxonhoji janoblarina!

1907- yil may oyindan e'tiboran Toshkandda Tarnovboshi mahallasinda "Xoniya" maktabinda talabalarni yillik imtihonlari boshlanur. Siz hurmatludan rijo qilurmizki, tavobe'ingizda bo'lg'on usuli jadidiya maktablari mudirlari ila imtixon majlislarina tashrif qilsangiz, muallim va shogirdlar sizdin mamnun bo'lur edilar.

Muhibingiz Munavarqori. 15-mart 1907-yil".

Bu taklifga binoan Ishoqxon Ibrat o'z yaqinlari - ilg'or pedagoglar Husayn Makayev, Mulla Iskandar domla Abduvahob o'g'li bilan bir necha oy Toshkentda bo'ladi. Ular Toshkentda usuli savtiya maktablari bilan bir qatorda usul qadim maktablarida ham bo'ladilar. Ishoqxon Ibratning "usuli jadid" va "usuli qadim" maktablariga bag'ishlangan turkum maqolalari "Turkiston viloyatining gazeti"da bosilib chiqdi.

Ishoqxon Ibratning To'raqo'rg'onda tashkil etgan maktabiga e'tibor beradigan bo'lsak, maktab o'sha davr uchun mutlaqo yangi va samarali bo'lgan "usuli jadid"(usuli savtiya) asosida o'qitish tizimiga ega bo'lgan. Bu davr maktab ta'limida "usuli jadid" va "usuli qadim" o'rtasida keskin kurash kurash va qarama-qarshiliklar bo'lganligini biz Ishoqxon Ibrat bilan toshkentlik maktabdor Mulla Husanxo'ja o'rtasida kechgan munozaradan ko'rishimiz mumkin. 1907-yilda Ishoqxon Ibrat Munavvarqori taklifiga binoan Toshkentga keladi va bir necha oy davomida shaharda faoliyat olib borayotgan usuli jadid maktablari bilan bir qatorda usuli qadim maktablarida, shu jumladan Mulla Husanxo'ja domla maktabida bo'ladi, uning faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Mulla Husanxo'ja bilan Ibrat o'rtasida kechgan munozara "Turkiston viloyatining gazeti"

7 Dolimov U. "Turkistonda jadid maktablari" - T.:"Universititet", 2006. 66-67-b

sahifalarida e'lon qilindi. Mulla Xusanxo'ja domla o'z maktabini yengil-yelpi isloh, qilib "jadid maktabi" deb e'lon qiladi va xalq bolalarini o'z maktabiga tashviq qiladi. Mulla Xusanxo'ja o'z maktabini "isloh qilib", katta ijobiy o'zgarish kiritgani yo'q. Xalq farzandlarini savodxon qilishda katta shuhrat qozongan, "usuli savtiya" metodi asosida Saidrasul Saidazizovning "Ustodi avval", Munavvarqorining "Adibi avval" alifbo darsliklari nashr qilingan, yangi o'qitish metodlari vujudga kelgan bir paytda, mazkur domla yosh bolalar psixo;ogiyasiga, bilim saviyasiga, yoshiga mos kelmaydigan "Haftiyak", "Kalomi sharif", Chor kitob", Islom e'tiqodi" kabi kitoblarni o'qitadi. Ushbu maktabning mohiyatini, eski sxolastik maktablardan sezilarli farqi yo'qligini tushungan Ishoqxon Ibrat "jadid maktabdor" Mulla Husanxo'jadan qattiq ranjiydi, uning maktabini xalq bolalarini aldash uchun, ko'proq bolalarni jalb qilib, katta daromad olish uchun ochilgan maktab deya hisoblaydi. O'sha davrdagi Mulla Husanxo'ja maktablariga o'xshash maktablarda o'quv-tarbiya asosini quruq yodlash, zamon talablaridan yiroq bo'lgan o'quv kitoblari tashkil qilar edi. Shuning uchun Ishoqxon Ibrat bunday maktablarning xalq bolalari umrini barbod qilishiga qalbdan achinadi: "Muallim bechora aziz farzandarimizni kaltak, qamchi yo'q bahonasi-la, besh-o'n sanalar osmonga qaratib, "Alif bezavar, alif bazavar" deb shovqin qildirib-qildirib, bir harf ham o'quv-yozuv bildirmayincha umrlarini barbod qilib yotmoqqa

o

taqviyatgina bo'ladur"

NATIJA

O'qitish usuli butunlay yaroqsiz bo'lgan bunday maktablarni yengil-yelpi isloh qilishga Ibrat keskin qarshi chiqdi. Shuning uchun ham u mazkur maktabdorga, uning maktabiga, umuman, eski ta'lim-tarbiya, o'qituv tizimiga qarshi yozgan maqolasida eski maktablarni hashorot uyalariga o'xshatadi: "Bolalarni eski maktablar ila jamoalarg'a taqsim qilib, keish-ketish, kaltak ila qamchi mas'alalarini isloh qilmoqda, albatta, lozimdur. Lekin o'qulajak kitoblar - mazkur eski hashorot uyalari bo'lg'ondin bu mas'alalar ming martabalar isloh etilsa-da bekor, behudadur.9

Xalq farzandlarining o'n-o'n besh yillab eski maktab va madrasa tuprog'ini yalab, oxiri savodsiz yoki chalasavod bo'lib chiqishlari Ibratni iztirobga soldi. Shuning uchun ham xalq maorifi mavzusidagi publisistik maqolalari eski maktabdorlarga, mudarrislarga nisbatan achchiq so'zlarga to'la. Ishoqxon bunday maktablarni shunchaki tanqid qilib qo'ya qolmadi, ularni tuzatish yoki isloh qilish yo'llarini ko'rsatmaydi ham, aksincha ularni tag-tugi bilan tugatish va bunday maktablar o'rnida yangi, zamona talablariga javob bera oladigan, zamonaviy ilmlar o'qitiladigan maktablar tashkil qilish shiori bilan chiqdi. Esi maktab o'qituvchilarining chalasavodligini, johilligini, xalq farzandlarini tarbiyalashga, ularga bilim berishga qodir emasligini ochib tashladi va

8 "Turkiston viloyatining gazeti", 1907-yil, 66-son

9 "Turkiston viloyatining gazeti", 1907-yil, 72-son

ularni ta'lim-tarbiya ishlariga yaqinlashtirmaslik, jismoniy mehnatga majbur qilish talabi bilan chiqdi: "Agar vijdon, insof ila muhokama qilsak, tavaqqufsiz va taraddudsiz eski maktablarimizni asoslaridan yiqib, joylariga tartib va intizom bilgan yangi usul domlalarning himoyasida bo'lgan maktablar va'z etmak lozimdur. Eski maktabdorlarimizni dehqonchilik jaunarlariga sahv etmak muvofiqi haqiqatdur. Bu so'zim janobi mullalarga, eski va yangi domlalarimizga oxirgi so'zim" 10

Ishoqxon usuli savtiya maktablarida rus tilini o'qitish uchun rus tili o'qituvchlarini yoki rus tilini mukammal biladigan kishilarni o'qituvchi qilib tayinlashni maqsadga muvofiq deb biladi: " Agar Rusiya ilmlarini bilmoq darkor bo'lgan holda o'shal maktablarda Rusiya muallimlaridan saqlab, biror dars Rusiya ilm va zabonidan ta'lim berilgan holda ancha naf olur edilar".11

Mutafakkir bu fikrlarini o'zining amaliy faoliyatida ham qo'lladi. O'zi ochgan maktabga ilg'or pedagog, rus va nemis tillarini mukammal biluvchi tatar maorifchisi Abdulrauf Shahidiy va Husayn Makayevni taklif qildi va ular bilan yonma-yon turib xalqni ilm-ma'rifatli qilish yo'lida xizmat qildi. Ishoqxon Ibrat ilg'or maktabdorlardan biri sifatida o'z maktabiga haftalik dars jadvalini joriy qild, birinchilardan bo'lib maktabiga badantarbiya darsini kiritdi. Bu dars "Ishoqiya bog'i"da harakatli o'yinlar sifatida olib borilgan.

Ishoqxon 20 yildan ortiq vaqt davomida To'raqo'rg'on tumani xalq qozisi lavozimida ishladi. Uning bu mas'uliyatli mansabi ma'rifatparvarlik va maorif sohasidagi faoliyatini izchil davom ettirishda ancha qo'l keldi.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki Ishoqxon Ibrat tom ma'noda ma'rifat va ziyo tarqatuvchisi bo'lgan chinakam, Namangan farzandi bo'lgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Namangan viloyatidagi so'ngi ikki bor tashriflari mobaynida Ishoqxon to'ra Ibrat haqidagi alohida fikrlari diqqatga sazovordir: "Ulug' ajdodimiz Ibrat taxallusini bejiz tanlamagan ekan. Uning Vatan va yurt taraqqiyoti yo'lidagi fidokorona hayoti nafaqat o'z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy "Ibrat" namunasi bo'lib xizmat qilmoqda desam adashmagan

1 9

bo'laman"

Bugungi kunda Isoqxon Ibratning muqaddas nomini abadiylashtirish, va uning boy merosini xalqqa yetkazish maqsadida Prezidentimizning tashabbuslari bilan To'raqo'rg'on tuman markazida "Ibrat bog'i" hamda uning qoshida chet tillari o'qitishga mo'ljallangan maktab barpo etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

10 "Turkiston viloyatining gazeti", 1907-yil, 72-son

11 "Turkiston viloyatining gazeti", 1907-yil, 72-son

12 Mnp3HëeB ffl.M. "ByMK Ke^a®arHMH3HH Mapg Ba o^HH®aHo6 xa^HMro 6n^aH 6npra rçypaMro". - T.: "Y36eKHCTOH", 2017. -B. 75.

REFERENCES

1. Mnp3HëeB ffl.M. "BywK Kena«:arHMH3HH Mapg Ba onHH^aHOÔ xanKUMH3 ônnaH ônpra KypaMH3". - T.: "Y3ÔeKHCTOH", 2017. -E. 75.

2. "Turkiston viloyatining gazeti", 1907-yil, 66-son

3. "Turkiston viloyatining gazeti", 1907-yil, 72-son

4. Dolimov U. "Turkistonda jadid maktablari" - T.:"Universititet", 2006. 66-67-b.

5. "Vaqt" gazetasi, 1913-yil, 1324-son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.