Научная статья на тему 'IKKI MUQADDAS KITOB: QUR’ON VA BIBLIYADAGI MASALLARNING QIYOSIY TAHLILI'

IKKI MUQADDAS KITOB: QUR’ON VA BIBLIYADAGI MASALLARNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
317
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Masal / Qur’on / Hadis / Baranov / Qurtubiy. / Proverbs / Holy Quran / Sacred Hadic / Baranov / Kurtby

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdujabbarovna, Muxlisa

Mazkur maqolada masal so’z san’ati ekanligi haqida fikr yuritilgan. Unda masalning xalqlarni xalqlarga bog’lovchi serqirra va bebaho ma’naviyat ko’prik ekanligi borasida so’z yuritiladi. Budan tashqari mavzu yuzasidan misollar keltirilgan. Qur’oni karim va Bibliyada keltirilgan masallarni qiyosiy tahlil qilish orqali ularning o‘xshash va farqli jihatlarini nazariy jihatdan asoslash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Tadqiqot ishini o‘rganish jarayonida mavzuga doir adabiyotlarni o‘rganish, ularni o‘zaro taqqoslash, olingan natijalarni umumlashtirish, ilmiy tanqidiy, retrospektiv tahlil hamda holislilik va qiyosiy tahlil uslublaridan foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TWO HOLY BOOKS: QURANIC AND BIBLICAL PARABLES AND COMPARATIVE ANALYSIS BETWEEN

This article states that the parable as the art of speech is a multi-faceted and invaluable spiritual bridge connecting nations with nations. There are also examples on the article. This article is to provide a theoretical framework for their similarities and differences through a comparative analysis of the Koran karim and in the Bible. In the process of studying the research work, literature review on the subject, their comparison, generalization of the results obtained, scientific criticism, retrospective analysis, honesty and comparative analysis methods were used.

Текст научной работы на тему «IKKI MUQADDAS KITOB: QUR’ON VA BIBLIYADAGI MASALLARNING QIYOSIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

IKKI MUQADDAS KITOB: QUR'ON VA BIBLIYADAGI MASALLARNING QIYOSIY TAHLILI

Muxlisa Abdujabbarovna

Magistrant, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada masal so 'z san 'ati ekanligi haqida fikr yuritilgan. Unda masalning xalqlarni xalqlarga bog'lovchi serqirra va bebaho ma'naviyat ko'prik ekanligi borasida so 'z yuritiladi. Budan tashqari mavzu yuzasidan misollar keltirilgan. Qur'oni karim va Bibliyada keltirilgan masallarni qiyosiy tahlil qilish orqali ularning o 'xshash va farqli jihatlarini nazariy jihatdan asoslash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Tadqiqot ishini o 'rganish jarayonida mavzuga doir adabiyotlarni o'rganish, ularni o'zaro taqqoslash, olingan natijalarni umumlashtirish, ilmiy tanqidiy, retrospektiv tahlil hamda holislilik va qiyosiy tahlil uslublaridan foydalanildi.

Kalit so'zlar. Masal, Qur'on, Hadis, Baranov, Qurtubiy.

TWO HOLY BOOKS: QURANIC AND BIBLICAL PARABLES AND COMPARATIVE ANALYSIS BETWEEN THEM

ABSTRACT

This article states that the parable as the art of speech is a multi-faceted and invaluable spiritual bridge connecting nations with nations. There are also examples on the article. This article is to provide a theoretical framework for their similarities and differences through a comparative analysis of the Koran karim and in the Bible. In the process of studying the research work, literature review on the subject, their comparison, generalization of the results obtained, scientific criticism, retrospective analysis, honesty and comparative analysis methods were used.

Keywords: Proverbs, Holy Quran, Sacred Hadic, Baranov, Kurtby.

ДВЕ СВЯЩЕННЫЕ КНИГИ: КОРАНИЧЕСКИХ И БИБЛЕЙСКИХ ПРИТЧ И СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ МЕЖДУ НИМИ

АННОТАЦИЯ

В этой статье утверждается, что притча как искусство речи представляет собой многогранный и бесценный духовный мост, соединяющий

Scientific Journal Impact Factor

народы с народами. Есть также примеры на тему. Одной из самых актуальных проблем сегодня является теоретическое обоснование их сходства и различий путем сравнительного анализа Корана и библейских притч. Процесс исследования включал изучение литературы по теме, их сравнение, обобщение результатов, научный критический, ретроспективный анализ, а также методы объективного и сравнительного анализа.

Ключевые слова: Притчи, Коран, Хадис, Баранов, Куртуби

O'tmishdan ma'lumki, O'zbekiston hududida azaldan zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o'zaro inoq va tinch -totuvlikda istiqomat qilishgan. Bu haqda fikr yuritganda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: "Ma'lumki, bizning qadimiy va sahovatli zaminimizda ko'p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo'stlik, ezgulik, qalb sahovati va tom ma'nodagi bag'rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo'lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi".

Tadqiq qilinayotgan "Ikki muqaddas kitob: Qur'on va Bibliyadagi masallarning qiyosiy tahlili" mavzusi ushbu imkoniyatlar natijasidandir. XXI asrga kelib dunyo bo'yicha Qur'oni karim matnini boshqa muqaddas kitoblar bilan qiyosiy o'rganish katta ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Bibliya va Qur'oni karim masallarini qiyosiy tadqiq qilish - masal tarixi va uning muqaddas kitoblardagi o'rnini aniqlashda dolzarb hisoblanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI (LITERATURE REVIEW)

Ishning nazariy asosi va tadqiq yo'nalishini belgilashda ushbu sohaning ko'zga ko'ringan mutaxassislari, arab olimlari va hozirgi zamon Yevropa olimlarining merosiga suyanildi. Jumladan, Manna' al-Qatton, ibn Qayyum, Alizada, Mufaddal ad-Dabbi, Abu Fadl Ahmad an-Naysaburiy, Muhammad ibn Abi Bakr, V.I. Dal, G.L. Permyakov I.M. Snigerov va boshqalar. Jumladan: Mannon Qatton, ibn Javziy, al-Maydoniy, ash-Shofihiy, al-Mavardi, al-Hakim at-Termiziy kabi arab olimlarining masal janri haqidagi nazariy mulohazalari va V.Propp, G.L.Permyakov, A.Dandis, A.Krikman paremiologlarning maxsus tadqiqotlari ushbu ish uchun asos bo'ldi. Shu diqqatga sazovorki, arab olimlarinnig "masal" tushunchasiga yondashuvi ko'p jihatdan G.L.Permyakovning "Knn^e" nazariyasiga mos kelishi ma'lum bo'ldi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TADQIQOT METODOLOGIYASI (RESEARCH METHODOLOGY)

Tadqiqot ishini o'rganish jarayonida mavzuga doir adabiyotlarni o'rganish, ularni o'zaro taqqoslash, olingan natijalarni umumlashtirish, ilmiy tanqidiy, retrospektiv tahlil hamda xolislilik va qiyosiy tahlil uslublaridan foydalanildi. "Masal" istelohi Odam (a.s) kabi ko'hna va tansiqdir. Turkiy xalqlarning Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Muhammad Sharif Gulhaniy kabi olimlari o'z asarlarida ko'plab maqol va masallar keltirganlar. Vladimir Dal, Noqiy Esonbat singari toatar olimlarning tom-tom maqol kitoblari, maqollarning jadvalini ishlab chiqqan G.L. Permyakovning buyuk ilmiy xulosalarini e'tirof etgan holda tan olish kerakki, maqol va masallar olami murakkab va cheksizdir, shu kungacha mavjud hech qanday nazariya ularning chegarasini mukammal va mufassal belgilab bera olmaydi. Mavzuning ziddiyatli va murakkab ekanligi oqibatida O'zbekistonda ushbu soha bo'yicha izlanishlar kam, xususan, Qur'oni karim va boshqa muqaddas kitoblardagi masallar juda kam o'rganilgan. Muqaddas kitoblardagi masallarni qiyosiy o'rganish deyarlik mavjud emas. Manna'al-Qattoning "Mabahis fi u'lumil-qur'an", ibn Javziyning "Amsal ul-qur'an", V.G. Melnikov "Вечные истины", Alizadaning "Каран и Библия сравнительный анализ" asarlarining ichki qurilishi va mavzu doirasini batafsil yoritish lozim ko'rildi. Masal janriga oid barcha birikmalar lafziy qurilmasi, uning mazmuniy mundarijasi, shakl, ma'no va mantiq nuqtai nazaridan o'rganib chiqildi.

-TAHLIL VA NATIJALAR (ANALYSIS AND RESULTS)

Qur'oni karim va Bibliyada keltirilgan masallarni qiyosiy tahlil qilish orqali bu borada qalam tebratgan mualliflarning asarlariga e'tibor qaratildi. Ayniqsa "masal" atamasining kengqamrovli ma'nolarini yoritildi. "Masal" istelohi Odam (a.s) kabi ko'hna va tansiqdir. Turkiy xalqlarning Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Muhammad Sharif Gulhaniy kabi olimlari o'z asarlarida ko'plab maqol va masallar keltirganlar. Vladimir Dal, Noqiy Esonbat singari toatar olimlarning tom-tom maqol kitoblari, maqollarning jadvalini ishlab chiqqan G.L. Permyakovning buyuk ilmiy xulosalarini e'tirof etgan holda tan olish kerakki, maqol va masallar olami murakkab va cheksizdir, shu kungacha mavjud hech qanday nazariya ularning chegarasini mukammal va mufassal belgilab bera olmaydi. Mavzuning ziddiyatli va murakkab ekanligi oqibatida O'zbekistonda ushbu soha bo'yicha izlanishlar kam, xususan, Qur'oni karim va boshqa muqaddas kitoblardagi masallar juda kam o'rganilgan. Muqaddas kitoblardagi masallarni qiyosiy o'rganish deyarlik mavjud emas. Manna'al-Qattoning "Mabahis fi u'lumil-qur'an", ibn Javziyning "Amsal ul-qur'an",

V.G. Melnikov "Вечные истины", Alizadaning "Каран и Библия сравнительный

256

Scientific Journal Impact Factor

анализ" asarlarining ichki qurilishi va mavzu doirasini batafsil yoritish lozim ko'rildi. Masal janriga oid barcha birikmalar lafziy qurilmasi, uning mazmuniy mundarijasi, shakl, ma'no va mantiq nuqtai nazaridan o'rganib chiqildi.

"Masal" aytilishga oson bir ibora bo'lsada, bu nom atrofida bir qoidaga bo'ysunmaydigan turli-tuman, juda ko'p kichik janrlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham bu mavzu dunyo tilshunoslari e'tiboriga tushib, hozirda u bilan jiddiy shug'ullanayotdan olimlar doirasi kengaymoqda. Tahlil qilayotgan mavzu juda ziddiyatli, tilshunoslikda nihoyatda kam o'rganilgan muammolardan biridir. Umuminsoniy tafakkur, mafkura, axloq-odob qonuniyatlari bor ekan, umumbashariy hikmatlar, o'gitlar, "nima qilish mumkin-u", "nima qilish aslo mumkin emasligi" haqidagi pandlar dunyoning turli burchagida yashaydigan xalqlarga hatto "tarjimonsiz" tushunarli bo'lgan mushtarak tafakkur chechaklari, aynan bir xil yohud bir biriga g'oyatta o'xshab ketadigan maqol, matal, rivoyat-u masallar ham mavjudligi ajablanarli emas. Bu qabildagi lisoniy- mantiqiy jamg'arma turlizabon millatlarning oltin xazinasidir. Qizig'i shundaki, bir biridan ko'plab chaqirim uzoqda yashaydigan xalqlar fikrdosh bo'lib, bir birlarini tarjimonsiz ham yaxshi tushunayaptilar. Chunonchi, yapon bilan hind, ingliz bilan turk, arab bilan xitoy, o'zbek bilan qozoq, chex bilan ukrain ham faqat o'ziga mansub antiqa hikmatlari, iborasozlik san'atlari bilan bir-birlariga juda yaqin yoki aynan bir fikrni ifodalovchi iboralarga ega ekanliklari ma'lum bo'lib qolayapti. Qur'oni karimda masallar keltirish uslubi o'ziga hosdir. Unda voqea hodisani tabiat hodisalariga, hayvonlarga solishtirish ahmiyatlidir. O'xshatishning asosi yaxshi-yomonni ajrata bilish, voqeani tafsilotini bilmasdan turib ham yakuniy xulosaga kela olishdir. Hayvonlarga nisbatan keltirilgan masallarning asosiy maqsadi ham shu asosga qurilgan. Hamma uchun aniq malum bo'lgan hayvonni tabiiy bir hislati borki Alloh taolo uni biror bir hodis aga muqoyasa qiladi. Agar solishtirilayotgan odam hayvonning yomon hislatiga o'xshatilayotgan bo'lsa, biz uni ta'vil qilmasdan turib bilamizki u inson yomon xulqli, yomon fe'lli, harom amal qiluvchi odamdir. Agar hayvonlarning yaxshi hislatiga solishtirilsa, u holda undan o'rnak olsa bo'ladigan odam ekanligi anglanadi. "Chumoli kabidir" iborasi ishlatilganda, hamma biladiki, u mehnatsevar inson. Chunki chumolini mehnatsevarligi barchaga ma'lumdir. "Musichadek beozor", "ittek vafodor" shular jumlasidandir. Bu kabi masallar manbasi yo'q, yoshu qariga malum bo'lgan tafsirdir. Ana shuning uchun ham Alloh taolo hammaga ma'lum bo'lgan bu turdagi masallarni Qur'oni karimda ko'p zikr qilgan. Xususan bunday masallar Bibliyada ham ko'p uchraydi. Chunonchi Dovud sanosida qabih insonlarni sifati ketganda ularninig tillarini ilonga o'xshatgan: "zero urush-janjallar ularning tillarini

Scientific Journal Impact Factor

ilondek o'tkir qiladi". Bu masal Isroil xalqi surgundan qaytganda aytilgan bo'lib, Xudo o'z tilidan bayon qilgan. Sanoda Xudovand Bobil shohini masxaralab shunday deydi: "xatto, sarv daraxti ham xalokatingdan mamnun, Lubnon sadrlari ham uni masharalab shunday deydi: "endi sen chuqurda yotibsan, xech kim bizni kesgani kelmas". Xudovand filistlarni xonavayron qilayotgan paytda ularni sifatlab qutbdagi so'zlarni aytadi. "Bizni urgan tayoq sindi, den quvonmangiz ey filistlar! Axir ilonnig tuxumidan qora ilon chiqadi". Bu masallardan ko'rinib turibdiki Bibliyada ham hayvonlarga masal keltirishlik urf bo'lgan.

Qur'oni karimning o'zida masalga yuksak ahamiyat berilgan. Qur'ni karimda masalga berilgan etiborni yuksakligini isboti o'laroq Alloh taolo 21-oyatdayoq masalga murojaat qilgan. (baqara 17). Unda ko'rsatmalar mavjud bo'lib, moddiy tasvirlardagi mavhum g'oyalarni yoritishda foydalanilgan. Bular aslida taqlidlar, taqqoslashlar tufayli diniy haqiqatlarni oydinlashtirishda muhim rol o'ynaydi. Masalning lavhalari kundalik hayotdan olingan va shuning uchun hamma uchun yaqin va tushunarli. Hayot va o'lim, yaxshilik va yomonlik muammolariga ta'sir qiluvchi tabiat hodisalari bilan o'xshashliklar inson va tabiatning birligini anglashga yordam beradi. Ko'pincha, bunday taqqoslashlar suraning asosiy g'oyasini ifodalab, oldingi va keyingi oyatlarning ma'nolari jamlangan yakuniy fikrni ifodalaydi. Bundan tashqari, "nur" va "ankabut" suralarining nomlari ularga kiritilgan masallarning asosidan kelib chiqqan. Masallar Qur'oni karimda ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida muhim o'rin tutadi.

Birinchidan, taqqoslashlar odamlarda mulohaza yuritishga undaydi, ularda yashiringan ma'noni mustaqil ravishda kashf etadi. Fikrlash orqali bilimlarni anglash, inson uni o'z kashfiyoti sifatida qabul qiladi va unga katta ishonch bilan qaraydi. Shu tufayli, masalar asosida qilingan yakuniy xulosa odatdagi buyruqlar (amr) va taqiqlarga (nahiy) qaraganda ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Masallarning bu xususiyati Qur'oni karimda bir necha bor ta'kidlangan (39-sura "Zumar", 27-oyat; 59-sura "hashr", 21-oyat).

Ikkinchidan, masallar dunyo - oxirat bilan bog'liq diniy tasvirlarni idrok etishni osonlashtiradi. Masalan, riyo qilgan holda sadaqa beradigan kishi haqidagi masalda, bunday ish oxirat uchun hech qanday mukofot keltirmasligini aniq tushuntiradi: "Bunday "sadaqalar" chang-tuproq bilan qoplangan silliq toshga o'xshaydi: yomg'ir tushganda, u yalang'och qoladi. Ular qo'lga kiritgan narsalariga qodir emaslar" (2-sura "Baqara", 264-oyat).

Uchinchidan, masallar hodisalar va harakatlarning mohiyatini ochib beradi, sirni oshkoralik bilan, yashirin narsani esa oydinlik bilan taqqoslaydi. Shunday qilib,

Scientific Journal Impact Factor

"sudxo'r bo'lgan kimsalar qiyomatda jin chalgan majnun kabi turadilar" (2-sura "Baqara", 275-oyat) oyatida ribo ko'rinishida oson foyda olishga bo'lgan chanqoqlik jinnilikka o'xshashligini va shuning uchun qiyomat kuni ularni aqldan ozishlari ta'kidlamoqda.

To'rtinchidan, masallar xayrli amallarga bo'lgan qiziqishni va buning natijasida va'da qilingan mukofotga ega bo'lish istagini uyg'otadi. Bularga xayr-ehson uchun mukofotni misoli donni unib chiqishi-yu, uning ko'payib ketishi bilan taqqoslaniladi: "Allohning yo'lida mollarini sarf qilganlar yetti donadan o'sgan va har bir quloqning yuz donasi bo'lgan donga o'xshaydi" (2-sura "baqara" surasi, 261-oyat).

Beshinchidan, Qur'oni karim masal orqali insonlarda yomon ishlardan nafratlanish va ulardan saqlanish istagini uyg'otadi. Masalan, "A'rof ' surasida Alloh taoloning oyatlaridan yuz o'girganlar va ko'rsatmalarga quloq solmaydiganlar haqida bir rivoyat keltirilgan: "Bas, uning misoli xuddi bir itga o'xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi, yoki o'z xoliga qo'ysnag ham tilini osiltirib turaveradi. Bu bizning oyatlarimizni yolg'on degan kimsalarning misolidir. Ular tafakkur qilsinlar uchun Siz bu qissalarni so'ylang" (7-sura"A'rof', 176-oyat). Dunyo hoyu havaslariga berilib, faqat lazzatlanish haqida o'ylash, o'z qadr-qimmatini yo'qotadi va haydab chiqarganda ham, uni yolg'iz tashlaganingizda ham tilini osiltirib turuvchi itga o'xshaydi. Ular poraxo'rlik va yomonlik qilishdan to'xtamaydilar, hoh nasihat qilinsin, hoh qilinmasin.

Adabiy majozning qonunlari, yangi ahd masallari, Injil janrlari, har qanday masihiy jamiyati uchun juda muhimdir. Bibliya masallari o'zlariga axloqiy, axloqiy va falsafiy omil sifatida insonning savollariga asosiy javobni beradi va insonning xulq-atvorini tartibga soluvchchi manba hisoblanadi. Bibliyadagi masallar va ayniqsa "Sulaymon hikmatlari" zamonaviy hayot muammolariga echim hisoblanadi. Sulaymon masallari asosan yoshlarga murojaat qiladi.

Arnot bu kitobni "Yerdagi samoviy qonunlar" deb ataydi, bu uning mazmunini aniq tasvirlaydi. Ushbu masal, ko'pincha osongina eslab qolish mumkin bo'lgan tarzda tuzilgan. Bibliya masallari ikki qismdan iborat bo'lib, ular o'xshatish yoki bir biriga taqqoslashdan iboratdir.

Bibliya masallarning quyidagi turlari mavjud:

1. Ba'zi masallar oddiy haqiqatni ifodalaydi:

"Egamizga insonlarning yo'llari ma'qul kelganda, dushmanlari bilan ham yarashtiradi". (hik.17-7)

2. Ba'zi masallar ikki qismdan iborat bo'lib, ular bir-biri bilan taqqoslanad:

Scientific Journal Impact Factor

"uzoq yurtdan kelgan xushxabar charchagan odamga sovuq suv kabidir". (hik. 25.25)

3. Bibliya masallari ikki yoki undan kop iboradan tashkil topgan bo'lib, qarama-qarshi ma'nolarga ega bo'ladi:

"Solihning xotirasi muborak bo'ladi, fosiqning nomi yoddan ko'tariladi". (hik.10.7) Bibliyada Ikki yoki undan ko'p iboralardan iborat masallar mavjud bo'lib, ularda bir xil fikr biroz farq bilan takrorlanadi: "zero buzuq xotin - tubsiz choh, zinokor xotin tor quduqdir". (hik.23.27)

Bibliya masallarini yana ikki qismga bo'lish mumkin:

1. Bibliyada shunday masallar borki u mutlaq haqiqatni anglatadi: "egamizning nomi mustahkam qal'adir. Solih u yerda omonda bo'ladi". (hik.18.10)

2. Bibliyadagi shunday masallar borki u haqiqat , ammo bundan istisno bo'lishi mumkin. Masalan: "haqiqiy do'st har doim sevadi, aka-ukalar ham og'ir kun uchun tug'ilgan". (17:17) Bu kabi masallar insonlarning fikr yuritishga undaydi va bu insonnig shaxsiy kashfiyoti hisoblangani uchun uzoq vaqt xotirasida qoladi. Bibliya masallari quyidagi hususiyatlarga ega:

1. Naql qilish.

2. Kinoya.

3. Qisqalik.

4. Isbot talab qilmaydi.

5. Muammoni yechimini ko'rsatadi.

6. Kamchiliklarni ko'rsatadi.

7. Yaxshilikka dalolat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Uchta dunyo dinlari - yahudiylik, nasroniylik va islom dini kelib chiqishida umumiy xususiyatlarga ega va shu ma'noda bir-biriga bog'liqdir. Uning bog'liqligi Qur'oni karim, Bibliya keltirilgan asosiy manbalarini taqqoslashda aniq ko'rinib turibdi. Biroq, masal sohasida deyarlik tadqiqotar yo'q, qiyosiy jihatlar yaxshi o'rganilmagan. Olimlarning ishlarining aksariyati yahudiylik, nasroniylik, islom va ularning asosiy manbalari bilan bog'liq muammolarni o'rganishga qaratilgan edi. Bizning oldimizga qo'ygan maqsadimiz Qur'oni karim va Bibliyada keltirilgan masallarni qiyosiy tahlil qilishdan iboratdir. Shu orqali ikki muqaddas kitobning o'shash masallari va qarama qarshi masallarini o'rganib, ularni grammatik tahlil qilish, ichki qurilmasini o'rganish va balog'iy san'atini aniqlashdan iborat. Ikki muqaddas kitobni tahlil qilar ekanmiz, shu ma'lum bo'ldiki, unda keltirilgan masallar

Scientific Journal Impact Factor

naqadar bir - biriga o'xshash, naqadar bir-biriga yaqin ma'noili va bir hil jozibaga ekan. Misol uchun Alloh taolo Qur'oni karimda "toki tuya igna teshigidan o'tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar" shunday oyat keltiradi. Buni qarangki Bibliyada ham shunday masal keltirilgan: "boy odamning xudo shohligiga kirishidan ko'ra, tuyaning igna qulog'idan o'tishi qulayroqdir".

Bu boradagi izlanishlar juda oz bo'lib o'zbek tilida bunday qiyosiy mavjud emas. Bu soha tadqiq qilinishga muhtoj sohalaridan biri ekanligiga xulosa qilindi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020. - 89 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutqi. 24.01.2017.

3. "Mnnnaraapapo MyHOca6araap Ba xopn^HH MaMnaKaraap 6nnaH gycraHK anoKanapHHH aHaga TaKOMHnnamTHpnm Hopa-Tag6npnapH TyrpHCHga"rH Y36eKHCTOH Pecny6nHKacn npe3HgeHTHHHHr nO-5046-OapMOHH. 19.05.2017 // http://lex.uz/docs/3210345

4. Abu Fadl Ahmad an-Naysaburiy. Majma al-amsol.Qohira1:352h

5. Ahmad Rushdiy Solih. Funun al-adab al-sha'biy.Qohiram19523.

6. Abdulaziz Mansur.Qur'oni Karim.O'zbekcha izohli tarjima.Qur'oni karimni o'rganish ilmiy markazi.2004.

7. Bibliya online.pritchi vedeniye

8. Dal.B.I.Poslovitsi russkogo naroda.M. 1957.

9. Hayotul masih.Fridrik Valim. Matbuatul -nil .1949.

10. Ibn al- Qoyyum Javziyyz.Amsalul-qur'an.Bag'dod. 1978. - 34 b.

11. Ibn Javziy.Amsalal-quran.dorul-ma'rifa

12. Majmaal amsol. Manno Qtton.Mabahis fi ulumil quran.Qohira.

13. Manno Qatton.Mabahis fi ulumil quran.Qohira.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.