Научная статья на тему 'SO‘FI OLLOУORNING ILMIУ MЕROSI HAQIDA'

SO‘FI OLLOУORNING ILMIУ MЕROSI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
tasavvuf adabiyoti / tariqat / Naqshbandiya / manbashunoslik / nazm / madrasa / "Maslaku-l-muttaqin" / "Murodu-l-orifin" / "Maxzanu-l-muteʼin" / “Sabotu-l-ojiziyn” / “Favzu-n-najot” / masnaviy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Inomjon To‘Ychiev

So‘fi Olloуor Markaziу Osiуo Naqshbandiуa tariqatining уirik namoуondasi, mutasavvif shoir, adib va davlat arbobidir. Uning qalamiga mansub bo'lgan asarlar nazmda yozilgan bo‘lib, 20-asr boshlarigacha O‘rta Osiyo madrasalarida uch yuz yildan ortiq davr mobaynida o‘qitib kelingan. Uning asarlari Qur’oni karim oyatlari, hadislar hikmatlari va tasavvuf g’oyalari bilan ajib bir tarzda, oddiy ommaga tushunarli bo’lib bog’lanib ketgan. Ular mazkur tadqiqotda ma’lum darajada tahlil etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SO‘FI OLLOУORNING ILMIУ MЕROSI HAQIDA»

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue IS (37) | ISSN: 218M163 | Impact Factor: 8.2_

^O^^^LLOYORNIN^L^^^ffiROS^IAQro^

Inomjon To'ychiev

Farg'ona viloyati Toshloq tumani "Imom Burhoniddin Marg'iloniy"

masjidi imom xatibi

Annotatsiya: So'fi Olloyor Markaziy Osiyo Naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi, mutasawif shoir, adib va davlat arbobidir. Uning qalamiga mansub bo'lgan asarlar nazmda yozilgan bo'lib, 20-asr boshlarigacha O'rta Osiyo madrasalarida uch yuz yildan ortiq davr mobaynida o'qitib kelingan. Uning asarlari Qur'oni karim oyatlari, hadislar hikmatlari va tasawuf g'oyalari bilan ajib bir tarzda, oddiy ommaga tushunarli bo'lib bog'lanib ketgan. Ular mazkur tadqiqotda ma'lum darajada tahlil etildi.

Kalit so'zlar: tasawuf adabiyoti, tariqat, Naqshbandiya, manbashunoslik, nazm, madrasa, "Maslaku-l-muttaqin,f, f,Murodu-l-orifin", "Maxzanu-l-mute'in", "Sabotu-l-ojiziyn", "Favzu-n-najot", masnaviy.

Abstract: Sufi Allayar is an outstanding example of the Naqshbandia order in Central Asia, a mystic poet, writer and statesman. His works were written in verse and were taught in Central Asian madrassas for more than three hundred years until the beginning of the 20th century. His works are connected with the verses of the Holy Qur'an, the wisdom of hadiths and the ideas of Sufism in a strange way that is understandable to the common people. They were analyzed to a certain extent in this study. They were analyzed to a certain extent in this study.

Key words: Sufism literature, tariqat, Naqshbandia, source studies, verse, comment, madrasa, source studies, poetry, madrasa, "Maslaku-l-muttaqin", "Muradu-1-arifin", "Makhzanu-l-mute'in", "Sabat al-ajizin", "Fawzu-n-najat", masnavi.

So'fi Olloyor (ba'zi manbalarda Ollohyor) (1634 - 1721) Markaziy Osiyo Naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi, turkiy tasawuf adabiyotning mashhur vakillaridan biri, mutasawif shoir, adib, yirik dinshunos alloma va davlat arbobi

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue IS (37) | ISSN: 218Ы163 | Impact Factor: 8.2_

sifatida Turkiston xalqlari ortasida yuksak hurmat-e'tibor qozongan siymodir. So'fi Olloyor tasawufiiing Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yassaviya - jahriya tariqatida bo'lib, uning g'oyalari uchun kurashgan. Uning asarlari Qur'oni karim oyatlari, hadislar hikmatlari va tasawuf g'oyalari bilan ajib bir tarzda, oddiy ommaga tushunarli bo'lib bog'lanib ketgan. Yo'ldan ozganlami yo'lga solish, halollik va poklik, insof va adolat, rostgo'ylik, birovlar haqqiga xiyonat qilmaslik, saxilik kabi oliyjanob xislatlar shoir ijodining asosiy mavzuidir. bison tabiatida mavjud jamiki salbiy xislatlar tanqid ostiga olinadi. Tarki dunyochilk, hirsu havo, dunyo lazzatlaridan voz kechish, o'zni Haqni ixtiyoriga topshirish shoirning tasawufiy g'oyalaridadir. U o'z g'azallarida tasawufiiing diniy - axloqiy masalalarini keng targ'ib qiladi.

Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan So'fi Olloyor ijodining asosiy yo'nalishi islom ma'rifatini keng xalq orasiga yoyish va tasawufiiing insoniy kamolot bilan bog'liq g'oyalarini targ'ib, tashviq qilishdan iborat. U "Maslaku-1- muttaqin" ("Taqvodorlar maslagi"), "Murodu-l-orifin" ("Oriflar murodi") asarlarini forsiy, "Maxzanu-l-mute'in" ("Itoatkorlar xazinasi'1) asarini arab tilida, "Sabotu-1- ojiziyn" ("Ojizlar saboti"), "Favzu-n-najot" ("Najot tantanasi")26 masnaviylarini turkiy tilda yozgan27. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa she'rlari ham mavjud. Ubaydullo Alamkashning «Bayozi Alamkash» to'plamida So'fi Olloyorning 73 g'azali va 30 ga yaqin fors tojik tilida yaratilgan «Ko'zung ibrat bila och» she?rlar to'plami mavjud28. "Mevalar munozarasi" nomli manzuma ham unga nisbat beriladi. Adib "Murodu-l-orifin" asarida ta'kidlanishicha, undan "Qiyomatnoma", "Muborak haj safari" kabi asarlari ham meros bo'lib qolgan29. Bu asarlaming qo'lyozmalari respublikamiz aixivlari va ayrim kishilar qo'lida saqlanib, ularning hajmi, yozilishi sifati turlichadir.

Bundan tashkari, shoir asarlari Toshkent, Buxoro, Kogon, Kozon, Istanbul kabi shaharlarda ko'plab chop etilgan. Shu faktning o'ziyoq So'fi Olloyor adabiy merosining xalq orasida mashxurligini, unga ehtiyoj kuchliligini ko'rsatadi. Olloyor ijodining ma'rifatimiz tarixi uchun muhim jihatlaridan biri shundaki, eski usul

26 islam Ansiklopedisi Ek 2.Cilt (L-Z). SÜFIALLAHYÁR - Ankara. 2020. - C. 522.

27 http://sofi-olloyor.wikidot.com/publications

28 http://bactria-termezcity .blogspot.com/2016/01 /blog-post_3 .html

29Буюк юрт алломалари / Тузувчи: Убайдулла Уватов. - Тошкент, 2020 - Б. 408.

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue IS (37) | ISSN: 218M163 | Impact Factor: 8.2_

maktablarida to'rt kitob: «Haftiyak", «Chahor kitob", «So'fi Olloyor" va «Hofiz" o'qitilishi shart bo'lgan. Keksalarning xotirlashlaricha, XX asrning boshlarida respublikamizning turli joylarida o'ziga xos «Olloyorxonliklar" o'tkazib turilgan30.

So'fi Olloyor badiiy so'z ustasi sifatida ham mashhurdir. U arab, fors tillarini yaxshi bilganligi bois, bu tildagi so'zlarni g'azallarida badiiy mahorat bilan qo'llagan:

Jon agar hamsuhbati tandur, jahonda g'am yema, Aziz mehmon borinda g'ussai olam yema. Bir qarishlik yo'lga kirsang, qo'yma beyo'ldosh qadam, Bir maviz ollingda hozir bo'lsa, behamdam yema, Ikki kunlik lazzati dunyoyi bepoyon uchun Fikr etib g'am tu'masini, ey bani Odam, yema, Tangdast o'ldum deb, Olloyor, ko'b fikr etmag'il, Yuz nadomat birla olamdin ketarsan, g'am yema. 31

So'fi Olloyor o'zbek adabiyoti tarixida Boborahim Mashrab, Turdi Farogiy bilan bir katorda turuvchi zabardast shoirgina emas, yirik olim hamdir. O'tmishda yashagan bir muallif So'fi Olloyor vafotiga tarix yozarkan, uni «Abu Xanifai vaqt ast» («O'z zamonasining Abu Hanifasi, ya'ni Imomi A'zami») deb baxolaydi. Ma'lumki, Imom A'zam o'z davrida Qur'oni karim va xadisi sharif ilmlari asosida shariat ahkomlarini tartibga solgan muallif edi. So'fi Olloyor ham o'z davrida Imom Abu Hanifa kabi davlat tili bo'lgan forsiy va turkiy tillarda shariat ahkomlari haqida ikkita kitob yozib qoldirgan32.

Olloyorning asarlarida Qur'oni karim oyatlari, Hadisi hikmatlari va tasawuf g'oyalari ajib bir tarzda uzviy bog'lanib ketgan. Faylasuf shoir ojizlarga, yo'ldan ozganlarga hidoyat va najot yo'lini ko'rsatib beradi. Toliblarga to'g'ri yo'l ko'rsatadi. Insofu adolatni, halollik va to'g'rilikni, oriflik, oshiqlikni vasf etadi, nafs va xudbinlikni qattiq tanqid qiladi. Dunyo lazzatlaridan voz kechib, o'zni Haqni

30ByK)K K)pT ajuiOMajiapH - B. 408.

3%ttps://kh-(kvron.uz/kutubxona/uzbek/ozbek-mumtoz-sh^

32 ByioK iopT anjioMajiapH. - B. 409.

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue IS (37) | ISSN: 218M163 | Impact Factor: 8.2_

ixtiyoriga topshirish g'oyasini ilgari suradi. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yassaviya-jahriya tariqati g'oyalari uchun kurashdi33.

So'fi Olloyorning tojik-fors tilida bitilgan shoh asari "Maslak ul muttaqin" bo'lib, 12 ming bayt, 135 ta katta-kichik bobdan iborat. "Maslakul muttaqin" 1700-0701 yillarda yozilgan. Bu kitobning yozilishidan maqsad So'fi Olloyor yashagan davrlarga kelib Islom dinining bir qadar susayishi, natijada ahloqsizlikning kuchayishi (bemehrlik, sharobxo'rlik, zinokorlik, fahsh, zulm va zo'rovonlikning keng avj olishi bo'lgan34.

Shunday sharoitda din, imon va etiqodga doir asar yozishni So'fi Olloyor zaruriy burch deb bilib, asardagi har bir g'oyani shariat hukmi, Qur'on va hadis asosida sharhlab tushuntirib bergan. Asarda Alloh taoloning qudrati, zoti va sifatlari ta'riflanib, Qur'onda zikr etilgan Payg'ambarlarning nomlari tilga olinib, ular bilan bog'liq voqea va hodisalar bayon etiladi. Shuningdek, asarda iymon keltirish, choryorlar madhi, imomlik qilish, hariqi odat va uning qismlari, musannifiiing kamchiliklari, o'z farzandiga nasihati va uzining ojizligi bayoni, musulmonchilikning besh sharti, nomozdagi o'n ikki ittifoqli farz, tahorat, tayammum, namoz, ro'za, zakot, qurbonlik, ov qilish, qiroat, sajdai sahv, sajdai tilovat, o'likni yuvish, kafanlash, shahidlik hukmi, suv va quduq hukmi, kabi fiqhiy masalalarni har tomonlama sharhlab, dalillab bergan35.

Shoir ustoz va shogirdlik haqida yozib, uni muridlikka qabul qilgan Hoja Navro'z va u kishining piri bo'lgan Shayh Habibullohlanii hurmat bilan tilga oladi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Qo'zixo'ja Hafízxo'ja o'g'li Turkistoniy «Maslak ul-muttaqin»ni o'zbek tiliga taijima qilgan. 2007 yil respublikaning taniqli adabiyotshunos - manbashunos olimlari Sayfiddin Sayfulloh va Akram Dehqonlar nashr ettirdilar36.

Asarda islom shariati aqidalari fiqhiy masalalar, odob axloq masalasi she'riy nazmda bayon qilingan. "Maslak ul muttaqin" yuzdan ortiq fatvo kitoblaridan

33 Qoriiyev. O. A. Movarounnahr allomalarning ilmiy merosi. T: 2020. - B. 273-274.

34 http://sofi-olloyor.wikidot.com/publications

35 http://sofi-olloyor.wikidot.com/pnblications

36EyioK iopT aimoMajiapH.- B. 414.

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue IS (37) | ISSN: 218Ы163 | Impact Factor: 8.2_

masalalarni jamlagani uchun tolibi ilmlar uchun foydali qo'llanma bo'lgan. Shu

sababdan kitob "fatvo va taqvo bayoni" deb ta'riflangan.

Bitibmen forsiy tilda kitobi

Tamom anda masoilni javobi

Наша fatvovu taqvoning bayoni

O'n ikki mingdan ortuq bayti oni37

Ilohiy ma'rifatning badiiy talqiniga bag'ishlangan bu asar el orasida shuhrat tutganidan so'ng do'stu yaqinlari undan turkiy tilda ham shunday bir kitob yozishni iltimos qiladilar. Bunga javoban u "Maslaku-l-muttaqin"ni bir muncha qisqartirib, o'zbek (chig'atoy) tilida nazmda bitib, unga "Sabotu-l-ojizin" deb, nom bergan. O'zbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo'lmish ushbu asarda tasawuf ta'limotining ma'naviy axloqiy masalalarini keng yoritish bilan turkiy tasawuf adabiyoti rivojiga katga hissa qo'shgan. Aqida so'zlarini qildim isbot Anga qo'ydum "Sabotu-l-ojizin" ot O'zumdek xastalar bo'lg'aymu deb shod Nasoihdin ham andák ayladim yod38

Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir ta'riflab bergan. Axloqiy ta'limiy ahamiyati jihatidan, xususan, "Maslak-ul muttaqin" va "Sabot ulojizin" asarlari maktab va madrasalarda asosiy darslikiar qatorida o'qitilib kelgan. Uning diniy tasawufiy ruhdagi pandu hikmatga yo'g'rilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daiyolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulg'or, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular ko'p nusxalarda ko'chirilgan. 19-asrning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yo'li bilan bir necha marta bosilib chiqqan39.

So'fi Olloyor asarlari ko'plab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bag'ishlab sharhlar yozilgan, lug'atlar tuzilib, u qo'llagan tasawufiy istilohlar keng sharhlangan.

37 Суфи Оллоёр. Маслак ул мутгак^н. - Тошкент: "Мовароуннахр", 2008. .- Б. 29.. Суфи Оллоёр. Сабот ул ожизин. - Тошкент: "Мехдат", 1991. - Б. 90.

38 Сабот ул ожизин. - Б.10.

39Буюк юрт алломалари - Б. 408.

International scientiflc journal "Interprétation and researches"

_Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 218M163 | Impact Factor: 8.2_

So'fî Olloyorning tasawufga doir fors tilida yozilgan yana bir asari "Murod-ul orifiyn" tariqat ixlosmandlariga atab yozilgan. Murod ul orifiyn - oriflar ya'ni Haqni taniganlar murodi, maqsadi, tilagi, ezgu niyati degan ma'nolarni bildiradi. Asar o'n olti fasldan iborat bo'lib, so'fîyona hayot tarzi, islom olamidagi mashhur mutasawif allomalar o'giti, ibratli hikoyalar nazm va nasrda ajoyib o'ziga xosliklar bilan bayon etilgan. "Murodul orifiyn" asarining ko'plab nusxalari bo'lib, qo'lyozma nusxalaridan biri O'zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida 1716-raqam ostida saqlanmoqda40.

"Murodu-l-orifîyn"da so'filar hayoti, qismati, so'fiylik ilmi, ma'rifat ilmi, haqiqat ilmi, so'fiylik odatlari va suluki bayon qilingani bois katta ilmiy ahamiyatga egadir. So'fî Olloyor yashagan davrda naqshbandiylik va yassaviylik tariqati rivojlangan bir davr edi. Shunga qaramay xalq orasida o'zini tariqatga nisbat bergan turli soxta toifalar paydo bo'lgandi. Ular xalq ishonchiga kirib, turli bid'at xurofot ishlarga targ'ib qilishardi. So'fî Olloyor bunday toifadagi kishilarni o'z she'rlarida qattig qoralagan:

Bu ummatlar ajib zisht etdi holin Yopar bid'at bilan sunnat jamolin Bahoyimdek ishi ichmak - emakdir Qurug' til birla ummatmiz demakdir

So'fî Olloyor zohiri musulmon, botini fîsqu fasod bilan to'lib toshgan haq yo'ldan ozib shaytoniy yo'lni tanlagan kimsalarni kimsalarni shunday ta'riflagan: Yig'arlar porai bo'yni yug'onni Solurlar o'rtag'a qizu juvonni Agarchi "Ravshaniy" ermas bu avbosh Vale bul ish shariat hukmidin tosh... Harom ishniki toat bilsa inson Erur bu e'tiqodi nomusulmon Aningdek fîrqa mal'uni xudodur

40hitp://old.muslim.uz/index.php/maqolalar/item/1656

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue IS (37) | ISSN: 218M163 | Impact Factor: 8.2_

Alarning fe'li sunnatdin judodur41

So'fi Olloyorning "Maslakul muttaqiyn" va "Sabot ul ojiziyn" asaridan keyin arab tilida yozilgan kitobi "Maxzan ul muti'iyn" (Itoatkorlar xazinasi) asari hisoblanadi. Ushbu kitob aqida va fíqhiy masalalarga bag'ishlangan. So'fi Olloyor kitob muqaddimasida asarni yozishdan ko'zlangan maqsadini shunday bayon qigan. "...mavjud adabiyotlar va kitoblar kamligini inobatga olib ahli sunna val jamoa aqidasini, so'ngra hanafiya mazhabiga doir kitoblardan olib, tahorat, namoz, ro'za, zakot va boshqa amaliy masalalarni jamuljam qilishni istadim. Birodarlarim unga "Maxzanu-l-muti'iyn" deb nom qo'ydilar va bu kitob dinda mavjud masalalarni o'zida mujassam etgan muhim majmuadir."42

"Maxzanu-l-muti'iyn" ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismi yigirma yetti fasldan iborat "Kitob al mo'taqadot", ya'ni aqidalar bayoniga bag'ishlangan. Asarning ikkinchi qismi poklanish, namoz, ro'za, zakot, nikoh, nafaqa taloq kabi shari'at masalalari haqida ma'lumot beradi. Birgina tahorat kitobi faslida oltmish ettita masala bayon qilingan. Kitobda jismoniy poklanish masalasi bilan bir qatorda ma'naviy poklanish masalasi ham bayon etilgan. Bu inson xulqi va dili pokligi, amallar va niyatlardagi xolislik, tilni saqlash, nafsni jilovlash, gunohlardan poklanish kabi masalalar joy oigan. Asardagi maslalarni quwatlash maqsadida Qur'oni karim oyatlari, hadisi shariflar, rivoyat va hikoyatlar, munojot, duolar va masnaviylar bilan boyitgan. Jumladan, asarning "Namozlar kitobi"ning "Farz namozlar faslf'da arab tilidan tarjima qilingan quyidagi she'r o'rin oigan: Tamomi hasratga yuzlanur qilsa jam Aytar ilmi rosixlar ayni rost Bular "Ahli tubo"ni gar etsa tama' Marhabo sizga ey ahli hojat Robbim in'omiga etsa qanoat Kim izlar eng yuksak darajot

41 So'fi Olloyor. Sabot ul ojizin. 49,50- betlar.

42Abdulfattohov J. So'fi Olloyorning "Maxzanul muti'yn" asari haqidagi yangi ma'lumotlar \ So'fi Olloyor xalqaro ilmiy anjuman materiallari. - Tehron - Toshkent, 2005.119-121 betlar.

International scientific journal "Interpretation and researches"

_Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2_

Rozi bo'lsin egamdan ne qilsa sino'at43

So'fí Olloyor "Maxzanu-l-muti'yn" asarini yozishda ko'plab ishonchli manbalar jumladan, "Hidoya", "Kifoya ""Viqoya", "Nihoya", "Buston ul orifiyn" kabi asarlardan istifoda etib, o'z qarashlarini islom olamidagi etuk hanafiy olimlar keltirgan dalillar bilan asoslagan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, So'fí Olloyor tasawufhing Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yassaviya - jahriya tariqatida bo'lib, uning g'oyalari uchun kurashgan. Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan So'fí Olloyor ijodining asosiy yo'nalishi islom ma'rifatini keng xalq orasiga yoyish va tasawufiiing insoniy kamolot bilan bog'liq g'oyalarini targ'ib, tashviq qilishdan iborat. So'fí Olloyorning ilmiy hayoti va qoldirgan asarían Movarounnahr va boshqa o'lkalarda yashovchi musulmonlar uchun chinakam ma'naviy ozuqalarga boy meros hisoblanadi. Asarlaridan arab, fors, turkiy xalqlar asrlar osha ma'naviy ozuqa o'laroq foydalnib kelishmoqda. Mazkur ma'lumotlar keyingi tadqiqotlar uchun ma'lum ma'noda asos bo'lishi mumkin, albatta.

43 Abdulahatov J. So'fi Olloyorning "Maxzan ul muti'yn" fiqh bo'yicha nodir manbaAMmom buxoriy saboqlari. 2005 yil. 2-3 sonlar. 103 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.