Научная статья на тему 'TALABALARDA SO‘FI OLLОYOR IJODIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY G‘OYALAR TALQINI'

TALABALARDA SO‘FI OLLОYOR IJODIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY G‘OYALAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijod / faoliyat / ma’naviy / ma’rifiy / g‘oya / tarbiya / ahloq. / творчество / деятельность / духовное / воспитательное / идея / воспитание / нравственность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — U.J. Safarova

So‘fi Olloyor hayoti va ijod faoliyati, So‘fi Ollоyor ijodida ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar talqini va XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar va ular orasida Sufi Ollayor ijodi va tarbiyaviy qarashlari va So‘fi Olloyor ta’limiy ahloqiy qarashlarining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INTERPRETATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL IDEAS IN THE CREATION OF SUFI OLLOYAR IN STUDENTS

жизнь и творческая деятельность Суфи оллояра, толкование духовно-просветительских идей в творчестве Суфи оллояра и просветителей, живших и творивших в XVIII веке, а среди них творчество и воспитательные взгляды Суфи Оллояра и основные направления воспитательных нравственных взглядов Суфи Оллояра.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA SO‘FI OLLОYOR IJODIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY G‘OYALAR TALQINI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© U.J. Safarova1^_

1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: So'fi Olloyor hayoti va ijod faoliyati, So'fi Olloyor ijodida ma'naviy-ma'rifiy g'oyalar talqini va XVIII asrda yashab ijod etgan ma'rifatparvarlar va ular orasida Sufi Ollayor ijodi va tarbiyaviy qarashlari va So'fi Olloyor ta'limiy ahloqiy qarashlarining asosiy yo'nalishlari haqida so'z yuritilgan.

MAQSAD: talabalarda so'fi olloyor ijodida ma'naviy-ma'rifiy g'oyalar talqin qilish malakasini shakllantirishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: So'fi Olloyor ijodi o'z davrida ham ma'lum va mashhur edi. Mustaqillikdan so'ng adib asarlari yana keng aholi qatlamlari orasida chuqur o'rganilmoqda. So'fi Olloyor ijodiyoti bilan tanishib, ushbu bitiruv-malakaviy ishda adibning axloqiy-talimiy qarashlari tahlil doirasiga tortildi.

XULOSA: So'fi Olloyor o'zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi diniy-tasavvufiy qarashlarni badiiy-tashviqiy yo'sinda davom ettirgan, bu haqda bir necha masnaviy asarlar yaratgan ilohiyotchi mutafakkirdir.

Kalit so'zlar: ijod, faoliyat, ma'naviy, ma'rifiy, g'oya, tarbiya, ahloq.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ДУХОВНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИДЕИ В ТВОРЧЕСТВЕ СУФИЙСКОГО ОЛЛОЯРА У СТУДЕНТОВ_

© У.Ж. Сафарова1Н

1Термизский государственный университет, Термез, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: жизнь и творческая деятельность Суфи оллояра, толкование духовно-просветительских идей в творчестве Суфи оллояра и просветителей, живших

Iqtibos uchun: Safarova U.J. Talabalarda so'fi olloyor ijodida ma'naviy-ma'rifiy g'oyalar talqini. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.95-101.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

и творивших в XVIII веке, а среди них творчество и воспитательные взгляды Суфи Оллояра и основные направления воспитательных нравственных взглядов Суфи Оллояра.

ЦЕЛЬ: состоит в формировании у учащихся навыков толкования духовно-просветительских идей в творчестве Суфия Оллоя.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: творчество суфия Оллояра было известно и популярно в свое время. После обретения независимости произведения писателя снова глубоко изучаются среди широких слоев населения. Познакомившись с творчеством Суфи Оллояра, в этой работе морально-воспитательные взгляды Адиба были сведены к области анализа.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Суфи Оллояр-мыслитель-богослов, продолживший религиозно-мистические взгляды в истории узбекской классической литературы на художественно-пропагандистском поприще, создавший о ней несколько массовых произведений.

Ключевые слова: творчество, деятельность, духовное, воспитательное, идея, воспитание, нравственность.

Для цитирования: Уктамова М.А. Интерпретация духовно-педагогических идей в творчестве Суфийского Оллояра у студентов. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С 95-101.

THE INTERPRETATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL IDEAS IN THE CREATION OF SUFI OLLOYAR IN STUDENTS_

© Umeda J. Safarova1®

1Termiz State University, Termiz, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the life and creative activity of Sufi Oloyar, the interpretation of spiritual and educational ideas in the works of Sufi Oloyar and the enlighteners who lived and worked in the XVIII century, and among them the creativity and educational views of Sufi Oloyar and the main directions of the educational moral views of Sufi Oloyar.

AIM: is to develop students' skills in interpreting spiritual and educational ideas in the work of Sufi Oloy.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: the work of Sufi Oloyar was known and popular at the time. After gaining independence, the writer's works are again deeply studied among

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

the general population. Having got acquainted with the work of Sufi Oloyar, in this Thesis and qualification work, Adib's moral and educational views were reduced to the field of analysis.

Conclusion: Sufi Oloyar is a theologian thinker who continued religious and mystical views in the history of Uzbek classical literature in the artistic and propaganda field, who created several mass works about it.

Keywords: creativity, activity, spiritual, educational, idea, education, morality.

Shunday ulamolar borki, ularning nomlari aytilishi bilanoq, aytgan hikmatli so'zi yoki so'zi aytilishi bilanoq nomlari jaranglaydigandek tuyuladi. Shu ma'noda So'fi Ollohyor deganda avomu xos barcha zavq bilan

"Aqida bilmagan shaytona eldir

Agar ming yil amal deb qilsa yeldir"

Degan baytlarini yodga olishlari deyarli odatiy holga aylangan. Ha, So'fi Ollohyor bobomiz dinimiz ravnaqi yo'lida fidokorona mehnat qilib, qimmatli asarlari bilan moturidiya ta'limotining Movarounnahr va undan boshqa o'lkalarga keng tarqalishiga xizmat qilgan zotlardan biridir.

So'fi Ollohyor bobomiz ko'plab ilmlar bo'yicha yetuk olim hamda fors tilida ham, turkiy tilda ham mahorat bilan ijod etgan adiblardan hisoblanadi. Asarlarida bayon qilingan ma'lumotlarga ko'ra bu zot Shayx Habibulloh, So'fi Navro'z Buxoriy va Xo'ja Mo'min singari ustozlardan ta'lim olgan. So'fi Ollohyor bobomizning ilm darajasi juda yuqori bo'lgani yozgan asarlaridan ham bilinib turadi.

So'fi Ollohyor bobomizning turli mavzularga oid mashhur asarlari quyidagilardir:

1. "Maslakul muttaqiyn" "Taqvodorlarning tutgan yo'li" ma'nosini anglatuvchi bu asar fors tilida bitilgan. Asarda Ahli sunna val jamoa aqidasi va fiqhiy masalalar hanafiya mazhabiga ko'ra bayon etilgan. Ulamolar "Maslakul muttaqiyn"ni So'fi Ollohyor rahmatullohi alayhning eng salmoqli asari sifatida e'tirof etganlar. She'riy uslubda yozilgan ushbu asar yuzdan ortiq mo''tabar kitoblar asosida ta'lif etilgan bo'lib, hajmi o'n ikki ming baytdan ortiqdir. Tahqiqlarga ko'ra bu asar milodiy 1700-1701 yillar atrofida yozib tugallangan. "Maslakul muttaqiyn"ning toshbosma va qo'lyozma nusxalari O'rta Osiyo, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston va boshqa joylarga keng yoyilgan. "Maslakul muttaqiyn" asari o'n to'qqizinchi asrning ikkinchi yarimida Qo'zixo'ja Hafizxo'ja o'g'li Turkistoniy tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan. Bu kitob 2007-yilda Sayfiddin Sayfulloh va Akrom Dehqonlar tomonidan nashrga tayorlanib chop etilgan.

2. "Murodul orifiyn" "Oriflar murodi" ma'nosini anglatuvchi bu asar ham fors tilida ta'lif etilgan. Asar o'n besh fasldan iborat bo'lib, o'ttizga yaqin risolalar asosida yozilgan. Asarda tasavvuf ilmiga taalluqli masalalar bayon qilingan. "Murodul orifiyn" asarining ko'plab

For citation: Umeda J. Safarova. (2024) 'The interpretation of spiritual and educational ideas in the creation of sufi olloyar in students', Inter education & global study, (4(1)), pp. 95-101. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

nusxalari bo'lib, |qo'lyozma nusxalaridan biri O'zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida 1716-raqam ostida saqlanmoqda.

3. "Maxzanul mutein". "Itoatkorlar zaxirasi" ma'nosini anglatuvchi ushbu asar ham fors tilida yozilgan. Bu asar ikki bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda aqidaviy masalalar, ikkinchi bo'limda fiqhiy masalalar bayon qilingan.

4. "Sabotul ojiziyn". "Ojizlar matonati" ma'nosini anglatuvchi ushbu asar aqoid ilmiga bag'ishlangan bo'lib, o'zbek tilida she'riy uslubda yozilgan. Muallif bu asarni "Maslakul muttaqiyn"dan keyin yozgan. Fors tilida yozilgan "Maslakul muttaqiyn" asari yaxshi qabul qilinib, xalq orasida mashhur bo'lib ketgach muallifning yaqin kishilari uni o'zbek tiliga o'girib berishini so'rashadi. Bu haqida So'fi Ollohyor bobomizning o'zi shunday yozgan:

Yozildi forsiy til birla maktub,

Aqiydatu furu' qurbi mahbub.

Ya'ni mahbub zotga suyukli bo'lish majmuasi bo'lgan aqida va undan kelib chiquvchi amaliy hukmlar avvvalda fors tilida yozilgan edi.

Anikim ko'rdilar turkiy yoronlar,

Dedilar: "Gar duo qilsa eranlar.

Bitilsa turki til birla aqiyda,

Ko'ngullar bo'lsa andin oramiyda".

So'fi Olloyor o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida diniy-tasavvufiy qarashlarini falsafiy badiiy - tashviqiy yo'sinda davom ettirib, bir qancha salmoqli masnaviy asarlar yaratdi. So'fi Olloyorning diniy ma'rifiv shoir, deb baholash mumkin. Uning asabiy merosi va o'zbek adabiyotidagi an'analari bo'yicha ist'edodli adabiyotshunos olim va muddaris Inoyatullo Suvonqulov 1997 yili doktorlik dissertasiyasi yoqladi, o'nlab ilmiy maqolalar, risolalar nashr ettirdi. Professor Sh.Sirojiddinovning 2001 yili nashr qilingan "So'fi Olloyor ilohiyoti" asari ham bu mutafakkir shaxsning diniy-islomiy asarlaridagi axloqiy ma'rifiv qarashlari haqidadir. Keyingi yillar taniqli adabiyotshunos olimlardan akademik B.Valixo'jaev, I.Haqqulov, R.Sayfiddinov, Zohid Rashid, Nilufar Olloyorova, Nodira Baratovaning maqola va tadqiqotlarida mutaffakir shoir merosining turli jihatlari yoritildi.

So'fi Olloyor o'zbek mumtoz adabiyotida islomiy irfoniy adabiyot ana'nalarini davom ettirib, o'ziga xos adabiy maktab yaratgan ite'dodli shoir, adib va ilohiyotchi mutafakkirdir. So'fi Olloyorning "Sabot ul ojizin" asaridagi diniy-islomiy qarashlar ikki jihati bilan amaliy ahamiyat kasb etishi lozimligi ko'zga tashlanadi. Birinchidan, u diniy ta'limotni targ'ib, tashviq qiladi; xudojo'y kishilarning Ollohga bo'lgan e'tiqodini kuchaytiradi, dinu sharoitning amaliy shartlarini o'rganishga ko'mak beradi.

Ya'ni fors tilida yozilgan mazkur kitobni ko'rgan turkiy do'stlar: "Ulug'larning duolarini olib harakat qilsangiz va aqiyda kitobini turkiy tilda yozib bersangiz. Turkiy xalqlar ham undan bahra olib ko'ngillari taskin topsa", - dedilar. Mazkur so'rovlar qattiq iltimoslar bilan bo'lgani shunday bayon qilingan:

Tamalluq qildilar chun bir necha yor

Qalam tortay Xudo bo'lsun madadkor.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ya'ni bir qancha do'slarim qattiq turib iltimos qildilar va men ularning iltimoslarini qabul qilib Allohdan madad so'rab qalam tortdim.

"Sabotul ojiziyn" asari o'quvchilar tomonidan juda ham yaxshi qabul qilingan. Bu asarning hatto oddiy xalq tillarida yoddan o'qib yurilishining o'zi uning manzur bo'lganiga va xalq ko'nglidan joy olgan muhim asar ekaniga yaqqol dalildir. Bu asar o'tgan uch yuz yildan ortiq vaqt mobaynida maktab madrasalarda darslik, qo'llanma sifatida o'qitib kelingan. "Sabotul ojiziyn" asari Pokiston, Hindiston, Eron, Iroq, Afg'oniston, Tatariston, Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Xitoy, Vengriya va Rossiya davlatlarida nashr etilgan. Shunga ko'ra ushbu asarni moturidiya mazhabining mazkur yurtlarga ham keng tarqalishiga xizmat qilgan, deyish mumkin.

So'fi Olloyor islom dini qonun —qoidalarini, tasavvuf ta'limoti mohiyatini, go'zal insoniy axloq mezonlarini yorituvchi bir qancha asarlar yaratgan. "Sabot ul -ojizin", "Maslak ul -muttaqin", "Murod ul -orifin" kabi asarlari jular jumlasidandir.

So'fi Olloyorning eng mashhur asari "Sabot ul ojizin"dir. U Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi ko'p chet mamlakatlarda ham chop etilgan. Ikki marta sharh yozilgan. Bu asar dunyo xalqlarida katta qiziqish uyg'otgan. "Sabot ul ojizin" madaniy merosimizda muhim o'rin tutgan diniy-axloqiy va didaktik asar. U uzoq yillar ХХ asr boshlarigacha O'rta Osiyo maktab, madrasalarida darslik sifatida qo'llanib kelingan.1

So'fi Olloyorning ma'naviy ilohiynoma asarlari ichida avval forsiy keyin o'zi tomonidan turkiy tilda ham nazm silkiga tushgan "Sabot ul ojizin" masnaviysi alohida ahamiyatga egadir. Dastlab fors-tojik tilida yaratilgan bu asarni turkiygo'y qavmlar ehtiyoji va iltimosiga binoan shoirning o'zi tomonidan turkiy tilga she'riy uslubda tarjima qilinishi asarga bo'lgan qiziqish va talab qanchalik ko'p bo'lganligini ko'rsatadi. Asar hajmi 12000 baytdan ortiq. U katta —kichik bir qancha boblarga ajratilgan. "Sabot ul ojizin" asarining tuzilishi ham o'ziga xos. Unda yaxlit sujet chizig'i yo'q. Ammo, fikr—g'oyalarni umumlashtirib, birlashtirib tururvchi resha bor. U komil inson masalasidir.

Asardagi barcha hikoyatlar, mavizalar, fikrlar kamolotoning mohiyati, shartlari, belgilarini yoritishga qaratilgan. Shuning uchun ham bu asarni chanqoq ma'naviyatimizga axloqiy qobusnoma, axloqiy qobus deb baholashimiz mumkin. Bu asarda mutafakkir shoir Qur'oni Karim oyatlarini, Hadisi sharif hikmatlarini musulmon ummati uchun farz va sunnat bo'lgan axloq normalarini masnaviy shaklda ifodalagan. Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to'g'ri yo'lni-najot yo'lini ko'rsatib bergan. Asarda insofu adolat, tinchlik ulug'lanadi, zulm va shafqatsizlik, xudbinlik, nopoklik, nafs - havoga berilish shariat nomidan qoralanadi, mehr va muruvvat, pokko'ngillilik, hikmat va saxovat, xilvat va uzlat gashti, shirintillik, kamtarlik fazilatlari madh etiladi. Ularning ta'rif va tavsiflari uchun diniy muqaddas kitoblardan, qanchadan-qancha hikoyalar, rivoyatlar, naqllar, mav'izalari, talab va nasihatlari, pir va shogird munosabatlari asar kompozitsion qurilishini tashkil qiladi. "Sabot ul ojizin"asari shoir yashagan zamondan boshlaboq, musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan, maktab va

1Adizova Iqboloy. O'zbek mutoz adabiyoti tarixi.Toshkent: Fan.2009.B-95

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

madrasalarda o'qitilgan. O'quvchilar savodxonlikning ma'lum darajasidan keyin ushbu kitob mutoalasiga kirishishgan.

XX asarning 1-choragigacha esa o'rta maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari "Sabot ul ojizin"dan dars olishgan. Fikrimizning tasdig'i sifatida "Sho'ro" jurnalining 1917 yil 7-sonida bosilgan quyidagi xabarni keltiramiz: Usuli qadim ila o'qigan maktabalarda ham o'quvchi bolalarning hech biri "Sabot ul ojizin" o'qimay qolmagan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Ul vaqtda devorga osib qo'yilgan "programma" degan narsa bo'lmasa-da, "Fazoilush shuhur" o'qigach, "Sabot ul ojizin"ni o'qimay o'tish mumkin emasdek edi. " Sabot ul ojizin"ning sharhi "Risolai Aziza o'qitilar edi. Lekin o'qish bilan anglash orasida juda katta farq bo'lganidek, kitobning adabiy foydasi yashirin qolgan." 2

Haqiqatan ham, ifoda uslubi sodda, ohangi turkona, badiiy saviyasi yuksak "Sabot ul ojizin"ni to'la angalsh nafaqat arab, fors va qadim turkiy tildan xabardor bo'lish, balki aqida fiqh, tafsir, hadis, tarix, siyrat va adab ilmlari bo'yicha ham muayyan tayyorgarlikka ega bo'lishni taqozo etadi. "Sabot ul ojizin" o'ziga xos ilohiynoma, din sharoit ahkomlaridan bahs etuvchi axloq va pand-nasihat kitobi deyish mumkin. U inson ma'naviy ruhiy Sabotini ulug'lovchi, inson aql va Sabotga tayanganda har qanday oshiqlik kuch va matonatga aylanishini tasdiqlovchi asardir.

Bu asarga bir necha sharhlar bitilgan. Biri Rossiyaning bulg'or qavmidan bo'lgan Tojiddin Yo'lchig'il qalamiga mansubdir. 1796-1797 yili yozilgan bu risola XIX asrdayoq Qozon va Istambulda nashr qilingan. Unda "Sabot ul ojizin" dagi har bir masnaviy baytning mazmuni, sodda sharhi berilgan. Risolada islom dunyosining ba'zi buyuk kishilari haqida lavhalar, hikoyalar, qissalar ham keltiriladi. Shunday sharhlardan yana biri Ubaydullo ibn Islomquli qalamiga mansub "Sharhi sufiya" kitobidir. Unda ham "So'fi Olloyor" merosiga oid ilohiy jihatlarning mag'zini, mohiyatini anglab olishga taalluqli jihatlari mavjud. Demak, tatar olimi Tojiddin Yolchiqul "Sabot ul ojizin"ga "Risolai Aziza" degan sharq bitsa, Said Habibulloh ibn Yahyoxon tomonidan Pokistonda chop etilgan "Hidoyatut—tolibin sharhi, "Sabot ul ojizin" nomli kitob ham e'tiborga molikdir.

So'fi Olloyor "Sabot ul ojizin"ni yaratishda ikki buyuk chashmadan oziq oldi. Birinchisi, islom ta'limoti va uning muqaddas kitobi Qur'ondagi ezgulik, hadislar, payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalom, boshqa din tasavvuf nomoyondalarining ibratli hayot yo'li. Ikkinchisi, adabiy ana'nalar bo'lib, islom ta'limoti va uning maqsad- mohiyatini targ'ib qilgan badiiy asarlar .Bu o'rinda, ayniqsa, sulton ul orifin shayx Ahmad Yassaviy, sulaymon Baqirg'oniy, Nosiriddin Rabg'uziy, Navoiy, Bobur asarlarining ta'siri sezilarlidir. Muallifning o'zi ham "Sabot ul ojizin" islom dini asoslarini o'rganuvchi eng muhim fan bo'lgan aqida masalalarining turkiydagi sharhi ekanlingini ta'kidlaydi. Yozildi forsiy til birla maktub, Aqidotu furu' qurbi mahbub. Anikim ko'rdilar turkiy yoronlar, Dedilar: "Gar duo qilsa eranlar

2 Mahbub Jamol Oqchurun "Sabot ul-ojizin" kitobi. //Sho'ro//.1917.7-son.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bitilsa turki til birla aqiyda, Ko'ngillar bo'lsa andin oramiyda."3

"Sabot ul ojizin" aqida (e'tiqod, ixlos, ishonch) haqidagi kitob ekanligini asarining boshqa o'rinlarida ham eslatib o'tadi va o'z muxlislarini, toliblarini unga sidqidildan rioya qilishiga da'vat etadi:

Aqiyda so'zlarini qildim isbot, Anga qo'ydim "Sabot ul -ojizin"ot O'zimdan xastalar bo'lg'aymu dеb shod, Nasoyihdin ham andak ayladim yod. Nasihat tinglamas dil saxta mahjub, Ko'karmas tosha yomg'ur yog'sa ham ko'p. Aqiyda bilmagan shaytona elddur. Agar ming yil amal dеb qilsa, ddur. Uyalma ma'rifatni o'rganurdin, Tonur joying bo'lur, qolsang tanurdin.4

So'fi Olloyorning diniy ma'rifiv mazmundagi "Sabot ul ojizin " asari avliyo hamda payg'ambarlar haqidagi hikoyai va rivoyatlar, kamtarlik, rostgo'ylik, halollik, adolat, saxovat, ma'rifat, musulmonchilik, e'tiqod, imonga bag'ishlagan alohida-alohida masnaviy bandlar, munojat va ruboyilar asar qurilmasini tashkil etadi. Shoir asarda kibr-havoga bеrilishni, manmanlikni kеskin qoralab, riyokorlik, pastkashlik ana shulardan kеlib chiqishini eslatadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Adizova Iqboloy. O'zbеk mutoz adabiyoti tarixi.Toshkеnt: Fan.2009.B-95

2. Mahbub Jamol Oqchurun "Sabot ul-ojizin" kitobi. //Sho'ro//. 1917.7-son.

3. So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. Toshkеnt: Sa'nat jurnali.2007. B-14

4. Adizova Iqboloy. O^k mumtoz adabiyoti tarixi. Tosh^nt: Fan. 2009. B-96.

5. So'fi Olloyor. Maslak ul-muttaqin. Tosh^nt. Mavarounnahr 2007. Dar miyoni viloyati islom. B-7

6. Orzitekov R. 0'zbek adabiyoti tarixi. Toshkеnt. O'zbеkiston. 2006. B-81. MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HSafarova Umeda Jo'raevna, o'qituvchi [Сафарова Умеда Джураевна,

препoдaвaтель, [Umeda J. Safarova, teacher]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Ibn Sino ko'chasi 53-uy [aдреc: Узбекистaн, 117036, Узбекистaн, Сурxaндaрьинскaя oблaсть, гoрoд Термез, улицр Ибн Сины, дoм 53], [address: Uzbekistan, Surkhandarya region, Termez city, 53 Ibn Sina Street]; E-mail: rustamkhurramov@mail.ru

3 So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. Toshkеnt: Sa'nat jurnali.2007. B-14

4 So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. Toshkеnt: Sa'nat jurnali.2007. B-14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.