Научная статья на тему 'TARIXIY MATNNING YUZAGA KELISHI VA BUNDA ALISHER NAVOIY ASARLARINING O`RNI'

TARIXIY MATNNING YUZAGA KELISHI VA BUNDA ALISHER NAVOIY ASARLARINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

352
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nasr / tarixnavislik / manba / yodgorlik / kutubxona. / проза / историография / источник / памятник / библиотека.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qodirjon Ergashev

Navoiy tarixiy asarlarining yaratilishi o„zbek adabiyotida yuz bergan yuksalishga, xususan, o„zbek nasridagi jonlanish, uning taraqqiy topishiga ulkan hissa qo`shgan. Mazkur maqolada tarixiy nasrning yaratilishi, taraqqiyoti, shakllanish bosqichlari va bunda Navoiyning o`rni haqida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Создание исторических произведений Навои внесло большой вклад в развитие узбекской литературы, в частности, в возрождение и развитие узбекской прозы. В данной статье рассматривается создание, развитие, этапы становления исторической прозы и место в ней Навои.

Текст научной работы на тему «TARIXIY MATNNING YUZAGA KELISHI VA BUNDA ALISHER NAVOIY ASARLARINING O`RNI»

TARIXIY MATNNING YUZAGA KELISHI VA BUNDA ALISHER NAVOIY

ASARLARINING ORNI

Qodirjon Ergashev

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya

fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Navoiy tarixiy asarlarining yaratilishi o'zbek adabiyotida yuz bergan yuksalishga, xususan, o'zbek nasridagi jonlanish, uning taraqqiy topishiga ulkan hissa qo'shgan. Mazkur maqolada tarixiy nasrning yaratilishi, taraqqiyoti, shakllanish bosqichlari va bunda Navoiyning o'rni haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: nasr, tarixnavislik, manba, yodgorlik, kutubxona.

АННОТАЦИЯ

Создание исторических произведений Навои внесло большой вклад в развитие узбекской литературы, в частности, в возрождение и развитие узбекской прозы. В данной статье рассматривается создание, развитие, этапы становления исторической прозы и место в ней Навои.

Ключевые слова: проза, историография, источник, памятник, библиотека.

ABSTRACT

The creation of Navoi's historical works made a great contribution to the development of Uzbek literature, in particular, to the revival and development of Uzbek prose. This article discusses the creation, development, stages of formation of historical prose and Navoi's place in it.

Keywords: prose, historiography, source, monument, library.

Tarixiy nasrning musulmon sharqida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan ilk namunalari arab adiblari qalamiga mansub. Tadqiqotchilar arab adabiyotida tom ma'nodagi tarixiy asarlarning yuzaga kelishi davrini IX-X asrlar deb ko'rsatadilar [1. 128-130]. Aynan shu davrda Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriy (892-yilda vafot etgan), Muhiddin ibn Jarir at-Tabariy (923-yilda vafot etgan), al-Ma'sudiy (vafoti taxminan 956-y.) kabi tarixnavislar yetishib chiqqan va o'zlarining tarixiy nasr taraqqiyotiga muhim hissa

8-fevral

31

bo'lib qo'shilgan asarlarini yaratgan edilar. Bunga qadar eng tarixiy ma'lumotlar va bilimlar diniy asarlarda o'z aksini topgan va ular orqali yetib kelgan. Insonlar tarixning eng qadimgi davrlari haqidagi tasavvurlarni dastlab ilohiy kitoblar hamda payg'ambarlar haqidagi qissalardan olganlar. Keyingi davrlarga oid ma'lumotlar esa musulmon sharqida sahobalarga, din arboblariga, xususan, islom dinining tarqalishi, bu yo'lda olib borilgan kurashlarda muhim rol o'ynagan shaxslar hayoti va faoliyati yoritilgan manbalardan o'rin olgan. Umuman, din bilan tarix o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, bu holga sharq tarixchilari ham, yevropalik tarixchilar ham e'tibor qaratganlar. O'zining «Tarix apologiyasi» asari bilan XX asr Yevropa tarix fanida katta iz qoldirgan ulkan fransuz olimi Mark Blok xristianlik va tarix xususida mulohaza yuritar ekan, shunday deb yozadi: «Tarixdan hech nima olmagan diniy tajribani tasavvur qilish mumkin, bu o'z-o'zidan ayon. Sof deistning xudoga ishonishi uchun ichki bir yog'duning o'zi kifoya. Ammo xristianlar xudosiga emas. Zero, xristianlik - men bu haqda eslatib o'tgan edim - o'z mohiyatiga ko'ra tarixiy din, ya'ni uning barcha aqidalari kechmishga asoslangan» [2.20].

O'rta Osiyolik tarixchi Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy» asarining muqaddimasida Qur'ondagi oyatlarning uchdan bir qismi tarixdan xabar berishini ta'kidlaydi: «Bulardan keyin o'tkir ko'zlilar nazariga va donishmandlar ko'ngliga maxfiy qolmagaykim ... Qur'oni karim ... uch qismga bo'linadi: birinchisi, buyuk va muqaddas Tangrining yakka-yagonaligi; ikkinchisi, Muhammad (s.a.s.) shariatining hukmlari; uchinchisi, tarixlardan tarkib topgandir. «Uni faqat tahoratli pok kishilargina ushlarlar» degan oyat maqsadlarining uchdan bir qismi qadimdan o'tganlarning ahvollarini bilishdan iboratdir» [3.52].

Xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixiga oid katta materialni o'z ichiga olgan diniy adabiyot (payg'ambarlar, sahobalar va ularning faoliyatiga, islom lashkarboshlarining hayotiga bag'ishlangan asarlar) o'ziga xos manbalar bo'lib xizmat qilishi bir paytda tarix fanining, tarixnavislikning yuzaga kelishi va taraqqiy topishiga ham zamin yaratdi hamda unga katta ta'sir ko'rsatdi. Biz ularda aks etgan g'oyalar va an'analar ta'sirini tarixnavislik mustaqil fan sifatida shakllangan davrlarda yozilgan tarixiy nasr namunalarida ham ko'rishimiz mumkin. O'rta asr Sharq tarixnavislarining o'z asarlarini avvali ofarinishdan boshlashlari, payg'ambarlar tarixining kiritilishi va boshqa bir qator xususiyatlar shular jumlasidandir.

XI-XII asrlardan boshlab Iroq, Fors, Xuroson, Shimoliy Hindiston va Turkistonda forsiy tildagi nasr rivoj topa boshladi va keyingi darlarda ushbu hududlarda yaratilgan asarlarning katta

8-fevral

32

qismi shu tilda yozildi. Umuman, XVII asrgacha arab, turkiy, fors tillarida yaratilgan yozma manbalarning barchasini yaxlit olib qaralidan bo'lsa, ulkan hajmdagi tarixiy adabiyot yuzaga kelganligi ma'lum bo'ladiki, ular sonining ko'pligi, salmog'i va ahamiyati o'sha davr adiblarining o'zlari tomonidan ham e'tirof etilgan edi. Jumladan, Abulg'ozixon birgina Chingizxon va uning avlodlariga bag'ishlangan tarix kitoblari haqida so'z yuritar ekan, shunday yozadi: «Muarrixlar turkiy va forsiy tili birlan onlarning podshohlik qilgan va tug'gan va o'lgan tarixlarini, yaxshi va va yomon qilgan ishlarini yozib tururlar... Shundaq qila-qila Chingizxon avlodidin har yurtda o'tgan podshohlarning otlarig'a ba'zilarig'a o'n tarix, ba'zilarig'a yigirma tarix va ba'zilariga o'ttiz tarix aytib tuturlar. Eron birla Turonda o'tgan Chingizxon o'g'lonlarining otlarina aytilg'an tarixlardin ushbu zamon faqirning oldinda o'n sakkiz mujallad hozir turur» [4.11].

Abulg'ozixon, umuman, sharqda tarixiy asarlarning ko'p yozilganligiga ham e'tibor qaratadi va buni «Odam zamonidin beri to bu damg'acha ul choqli tarixlar aytilg'an tururkim, hisobini Tangri bilur», - deya mubolag'ali bir tarzda ifodalaydi

[4].

Yuqorida tilga olingan mintaqalarda turkiy sulolalar hukmronlik qilgan davr tarixnavislik taraqqiyotida o'ziga xos o'rin tutishi va aynan shu asrlarda tarix fani ravnaq topgani diqqatga sazovordir. Xususan, Temuriylar hukmronligi yillarida tarixiy nasr misli ko'rilmagan darajada yuksaldi. Mazkur davrda yaratilgan manbalarning ko'pligi, ahamiyati, dunyoning turli mintaqalarida keng tarqalgani, ularni to'plash va ilmiy o'rganish zarurati bir qator tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilganligi buning yaqqol dalilidir [5,199].

Temuriy hukmdorlarning topshiriqlari, tashabbuslari, rag'batlantirishlari, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashlari tufayli dunyo yuzini ko'rgan bu asarlarning katta qismi shunchaki manbalar emas, tarixiy nasrning klassik namunalari edi. Sulolaning ayrim vakillari esa bevosita o'zlari, o'z ijodlari bilan bu sohaga hissa qo'shdilar. Mirzo Ulug'bek «To'rt ulus tarixi»ni yozdi. Buyuk shoir, shoh va adib Zahiriddin Muhammad Bobur tarixiy, memuar, avtobiografik va badiiy nasr xususiyatlarini o'zida birlashtirgan tarixiy adabiy obida - «Boburnoma»ni yaratdi va o'zbek nasrini yuksak cho'qqiga olib chiqdi.

Tarixiy nasrning uzoq asrlik taraqqiyoti davomida sharqda ko'plab yozma obidalar paydo bo'ldi. Ular turli davrlar va sharoitlarda, har xil shaxslar tomonidan yozilgan bo'lib, o'z tamoyillari, maqsad va vazifalariga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi turli tipdagi asarlar edi. Tarixiy nasrning boshqalardan oldinroq yuzaga kelgan va keyinchalik ham

8-fevral

33

yaratilishi davom etgan turi - bu umumiy tarix tipidagi asarlardir. Davriy va geografik qamrovining kengligi, asar asosida teologik tamoyillarning yotishi ularga xos asosiy xususiyatlar hisoblanadi. Yozma tarixiy yodgorliklarning boshqa bir guruhini u yoki bu hukmdorning yohud tarixiy shaxsning faoliyatini yoritib berishga qaratilgan tarixiy hamda tarixiy-biografik asarlar tashkil etadi. Bundan tashqari tarixiy nasr namunalari hududiy (biron bir viloyat, mintaqa, shahar tarixiga bag'ishlangan), sulolaviy (u yoki bu sulola tarixini bayon qiluvchi), tabaqaviy tamoyillar asosida ham yaratilgan.

Tarix asarlari turli ijtimoiy guruhlarga mansub mualliflar tomonidan yozilgan va tabiiyki, ularda muallifning jamiyatdagi mavqei, hayotiy pozisiyasi, qarashlari bilan bog'liq bo'lgan xususiyatlar ham yuzaga kelgan. X.A.R. Gibb arab tarixnavisligini tadqiq etar ekan, unda tarixiy asarlar, asosan, ikki guruh - olimlar va saroy amaldorlari tomonidan yaratilganini va bunda siyosiy tarixni yozish ikkinchi guruh qo'liga o'tib qolganini qayd etadi [1.137]. Uning fikricha, bu hol tarixiy nasr namunalarining mazmuni, g'oyasi va shakliga ta'sir ko'rsatgan va ularda muallif mansub bo'lgan sinfning biryoqlama ijtimoiy, siyosiy, diniy qarashlarining ustunlik qilishiga olib kelgan. Ushbu mualliflarning asosiy diqqat-e'tibori hukmdorlar faoliyatini, saroy hayotini yoritishga qaratilgan edi. Ayni paytda Gibb saroy munshiylari tomonidan yozilgan asarlarda keltirilgan ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ular rasmiy hujjatlardan, shuningdek, saroy doirasiga mansub kishilardan olinganligini ham ta'kidlab o'tadi [1.137]. Ingliz olimining tarixiy asarlarda muallif shaxsi, uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligining ahamiyatga ega ekanligi haqidagi mulohazalariga to'la qo'shilish mumkin.

Tarixiy nasrning yuzaga kelishi va rivojlanishi, adiblarning tarix fani, uning ahamiyati, maqsad va vazifalarini qanday anglaganliklari, tarixiy asar yozish tajribasiga oid yuqorida bayon qilingan fikrlar shundan dalolat beradiki, sharq tarixnavisligi o'ziga xos taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan, o'ziga xos tajriba va an'analar asosida rivojlangan. Turkiy tilda yaratilgan tarixiy nasrning hozir bizga ma'lum, qo'limizda mavjud bo'lgan ilk namunalari buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo» asarlaridir.

Shuni ta'kidlash joizki, tarixiy nasrimizning vujudga kelishi va rivojlanishini o'zbek adabiyotining taraqqiyotidan ajratib olib qarab bo'lmaydi. Shu ma'noda Alisher Navoiyning tarixiy asarlarining yaratilishi ham XV asrda o'zbek adabiyotida yuz bergan yuksalish, xususan, o'zbek

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-31-38

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

nasridagi jonlanish, uning taraqqiy topishi bilan bog'liq bo'lib, ana shu jarayon tomonidan taqozo etilgan edi.

XV asrda o'zbek nasri bir qator asarlar bilan boyidi. Yusuf Amiriyning «Bang va chog'ir arosinda munozara», Yaqiniyning «O'q va yoy arosinda munozara», Husayn Boyqaro «Risola»si, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Mahmud», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muhabbat», «Vaqfiya», «Muhokamat ul -lug'atayn», «Mezon ul-avzon» kabi asarlari mana shu davrning mahsuli bo'lib, o'zbek nasrining rivojlanish va yuksalish darajasini belgilovchi, uning yutuqlarini o'zida namoyish etuvchi adabiy, tarixiy obidalardir. Xususan, «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam» asarlarining yaratilishi o'zgacha bir ahamiyatga molik hodisa edi, zero, bu hol o'zbek tilida tarixiy nasr yuzaga kelayotganligidan dalolat berardi. O'zining mazkur asarlari bilan Navoiy o'zbek tarixiy nasriga asos soldi va uning keyingi asrlardagi taraqqiyoti uchun poydevor yaratib berdi.

Shu o'rinda bir fikrni ta'kidlab o'tish lozim bo'ladi. Yuqoridagi so'zlardan Navoiyga qadar turkiy tilda tarixiy asarlar yozilmagan, degan xulosa chiqmaydi. Bunday asarlar yozilgan, lekin, afsuski, saqlanib qolmagan va bizgacha yetib kelmagan. Navoiyga ham ular ma'lum bo'lmagan. Biz Navoiyga qadar ham turkiy tilda tarixiy asarlar yaratilganini faqat ayrim faktlar orqali bilamiz. Ayrim dalillar turkiy tilda yozilgan tarix kitoblari Temuriylar davridan ancha oldingi zamonda ham mavjud bo'lganligidan dalolat beradi. Masalan, tadqiqotchilar Abu Bakr ibn Oybek at-Davdariyning 1309-yilda yozilgan tarixiy asaridagi bir ma'lumotga e'tibor qaratganlar. Unga ko'ra, Abu Muslim Xurosoniyning kutubxonasida o'g'izlar tarixiga oid bir kitob mavjud bo'lgan va unda kitobning turkiy tildan tarjima qilinganligi qayd etilgan ekan. Bunday kitoblar Navoiyga yaqin davrda ham yaratilgan. Ayrim manbalarda xabar qilinishicha, Safiuddin Xuttaloniy degan muallif amir Temurga bag'ishlab turkiy tilda asar yozgan. H.A.R. Gibb o'z kitobida amir Temur haqida turkiy tilda yozilgan "Ta'rixi xoniy" degan asarni tilga oladi. Lekin bu nasriy emas, she'riy asar bo'lgan. U bizga hozirga qadar ma'lum emas. Nizomiddin Shomiy o'z «Zafarnoma»sini yozishda turkiy manbalardan foydalanganini qayd etgan. Xuddi shunday e'tirof Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari muqaddimasida ham mavjud. Yazdiy o'zi foydalangan turkiy asarlarni «Sohibqiron haqidagi hikoyalar» deb ataydi. Ularni ko'rib chiqish va «Zafarnoma»da foydalanish uchun ajratib olish maqsadida maxsus guruh tuzilgan. Bundan ularning katta hajmda ekanligi

8-fevral

35

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

0^:10.24412/2181-1385-20^^

anglashiladi. Afsuski, bu hikoyatlarning keyingi taqdiri ma'lum emas. Nima bo'lganda ham turkiy tildagi tarixiy asarlarning hozir qo'limizda mavjud ilk va o'z davrida ham ma'lum bo'lgan hamda e'tirof etilgan namunalari «Tarixi anbiyo va hukamo» va «Tarixi muluki Ajam» asarlari bo'lib, shu ma'noda biz Alisher Navoiyni tarixiy nasrimizning ham asoschisi deb ayta olamiz.

Alisher Navoiy o'zbek tili va adabiyotini, shu jumladan, o'zbek nasrini har tomonlama rivojlantirish vazifasini o'z oldiga qo'yar ekan, bunda birinchi navbatda sharq adabiyotida mavjud bo'lgan barcha nasr turlarida ijod qilish va o'zbek tilida ularning yuksak namunalarini yaratishga intildi. Adibning ona tilida insholar yozib, "Munshaot" tuzgani, tazkiralar yaratgani, ilmiy risolalar yozgani bunining yaqqol dalilidir. Shular qatorida u o'zbek tilida tarixiy asarlar ham bitib, o'zbek tarixiy nasrini yuksaltirdi. Bu o'rinda Navoiyning buyuk mutafakkir, davlvt arbobi sifatida tarix ilmining ahamiyatini yaxshi tushungani, binobarin, u tarixni, tarixiy bilimlarni xalqqa yetkazish, xususan, arab va fors tillarini bilmaydigan aholining tarixiy bilimlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish zaruratini chuqur his etgani ham muayyan rol o'ynaganini e'tirof etish zarur. Yuqoridagilardan tashqari shoirning ijodiy faoliyati, jumladan, "Xamsa"ning yaratilishi bilan bog'liq jarayonlar xam unda tarix faniga, tarixiy bilimlarga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqni oshirgan. Ma'lumki, Navoiy o'ziga qadar yaratilgan "Xamsa"larni, mulliflarning tajribalarini, dostonlarning tarixiy asoslarini, syujetlarning tarixiy ildizlarini sinchiklab o'rgangan. Mana shu jarayonda u tarixiy manbalarga murojaat qilgan, ko'plab tarixiy asarlarni ko'rib chiqqan, tarixiy bilimlarni o'zlashtirgan, tarix kitoblaridagi ixtiloflarni, qusurlarni ham ko'rgan hamda ularning sabablarini anglab yetishga harakat qilgan. Bu haqda "Saddi Iskandariy"ning XI bobida shoir shunday yozadi: Ko p ettim tavorix o'qur sori mayl, Hamonoki bor erdilar to 'rt xayl.

Ki, tarix tahririni etgan raqam, Bitibdur alarni muluki Ajam.

Agarchi ko'p o 'Imishdurur ixtilof, Ki, bor ixtilof aylaganlar maof.

Ki solmishdur imtidodi zamon, Havodiski, om aylamish osmon

36

8-fevral

Tavorix vaz 'ig 'a behadfutur,

Ki andin bu fan ichra bo 'Imish qusur.

Bulaming barchasi adibning keyinchalik tarixiy nasrga qo'l urishiga, tarixiy asarlar yaratishiga zamin bo'lib xizmat qilgani shubhasizdir.

"Tarixi muluki Ajam" va "Tarixi anbiyo va hukamo"da sharq nasri an'analarining ta'siri ham, Navoiyning novatorligi ham namoyon bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, bu ikki asar aslida Navoiy yaratmoqchi bo'lgan ulkan bir tarixiy asarning fragmentlari, to'g'rirog'i, muqaddima qismidir, ya'ni Navoiy qandaydir sabablarga ko'ra o'z ijodiy niyatini to'liq amalga oshira olmagan. Tarixiy asarlarga bunday muqaddimalar yozish o'rta asr sharq tarixnavisligida Navoiyga qadar shakllangan an'ana bo'lib, bunda so'z avvali ofarinishdan va payg'ambarlar tarixidan boshlanadi. Hozirgi zamon o'quvchisi yoki tadqiqotchisi nazarida bu bir muncha nomaqbul bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin masalaga kengroq yondashib, chuqur va har tomonlama mulohaza qilinganda bu o'rinda muayyan bir mantiq borligi ayon bo'ladi, zero tarix fani faqat o'tmishda yuz bergan voqea va kechmishlarnigina emas, balki tamaddun tarixini, insoniyatning moddiy va ma'naviy madaniyatini ham o'rganishga da'vat etilgandir. Din esa ma'naviy madaniyatning bir shakli hamda ajralmas uzviy qismi hisoblanadi. Qolaversa, o'rta asr tarixchilirining imkoniyatlari ham shuni taqozo etgan. Eng qadimgi davrlarni ham qamrab oluvchi tarixiy asar yaratishni niyat qilgan o'rta asr muallifi, eng avvalo, diniy manbalarga, muqaddas kitoblarga murojaat qilar edi, zero, bu mavzuga doir, olamning ibtidosi xususida ma'lumot beruvchi boshqa manbalar bo'lmagan. Tabiiyki, bu hol insoniyat tarixining eng qadimgi davrini yuqorida aytib o'tilgan manbalar asosida talqin qilinishiga olib kelgan hamda bu talqin hajman ancha katta, hatto alohida asar sifatida qaralishi mumkin bo'lgan muqaddimalarda o'z aksini topgan. Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo" asarining muallif yaratmoqchi bo'lgan ulkan, keng qamrovli tarixiy asarga muqaddima sifatida yozilgani uni payg'ambarlar haqidagi boshqa qissalardan farqlab turuvchi qator xususiyatlarni yuzaga keltirgan. O'z navbatida "Tarixi muluki Ajam" ham o'zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi. Har ikki asar ham yuqorida aytib o'tilganidek, o'zbek tilidagi tarixiy nasrning bizga ma'lum bo'lgan ilk namunalari ekanligi bilan bir qatorda Sharq nasrining, o'rta asrlar tarixnavisligining o'ziga xos qimmatli namunalaridir.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-31-38

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

1. X,.A.P. rnôô.ApaôcKaa nHTeparypa. M., 1960.

REFERENCES

8-fevral

2. Марк Блок. Апология истории. Москва, «Наука», 1986.

3. Мухаммад Хдйдар Мирзо. Тарихи Рашидий. Тошкент. - 2010. Вахоб Рахмонов ва Янглиш Эгамова таржимаси.

4. Абулгозий. Шажарайи турк. Нашрга тайёрловчилар КМуниров, К.Махмудов. - Т., Чулпон. - 1992.

5. В.В.Бартольд. Сочинения. Т. 2. Ч.2. Мир Али Шир и политическая жизнь. -М., 1964.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.