Научная статья на тему '“SABOT UL-OJIZIN” HIKOYATLARINING MANBALARI VA MATNIY TADQIQI'

“SABOT UL-OJIZIN” HIKOYATLARINING MANBALARI VA MATNIY TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3616
412
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo’lyozma / tariqat / darslik / mazhab / din / matn / nusxa. / manuscript / sect / textbook / sect / religion / text / copy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boysoatov, Muzaffar

Maqolada So’fi Olloyor qalamiga mansub “Sabot ul-ojizin” asarining matnshunoslik va adabiyotimizdagi o’rni xususida fikr bildirilgan. Maktab darsliklarida o’qitilishining sabablari va o’zigacha bo’lgan asarlardan o’ziga xosligi nimada ekanligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SOURCES AND TEXTUAL STUDY OF THE STORIES OF "SABOT UL-OJIZ".

The article expresses an opinion about the place of "Sabot ul-Ojizin" written by Sufi Olloyar in textology and our literature. The reasons why it is taught in school textbooks and what makes it unique from previous works are given.

Текст научной работы на тему «“SABOT UL-OJIZIN” HIKOYATLARINING MANBALARI VA MATNIY TADQIQI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"SABOT UL-OJIZIN" HIKOYATLARINING MANBALARI VA MATNIY

TADQIQI

Boysoatov Muzaffar

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada So'fi Olloyor qalamiga mansub "Sabot ul-ojizin" asarining matnshunoslik va adabiyotimizdagi o 'rni xususida fikr bildirilgan. Maktab darsliklarida o'qitilishining sabablari va o'zigacha bo'lgan asarlardan o'ziga xosligi nimada ekanligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: qo'lyozma, tariqat, darslik, mazhab, din, matn, nusxa.

The article expresses an opinion about the place of "Sabot ul-Ojizin" written by Sufi Olloyar in textology and our literature. The reasons why it is taught in school textbooks and what makes it unique from previous works are given. Key words: manuscript, sect, textbook, sect, religion, text, copy.

Tasavvuf adabiyoti an'analarini o'z asarlarida izchil davom ettirgan So'fi Olloyor nomi Sharq-u G'arbda birdek mashhur, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Bejizga So'fi Olloyor haqida yozgan bir muallif "Abu Hanifayi vaqt ast" ("O'z zamonasining Abu Hanifasi, ya'ni Imomi A'zami ")1, - deb baholamagan.

So'fi Olloyor hazratlari o'zbek adabiyoti tarixida Hazrati Navoiydan so'ng Naqshbandiya tariqatini she'riy shaklda targ'ib qilgan ulug' so'z san'atkoridir. Alloma arab-fors va turkiy tillarning bilimdoni edi. So'fi Olloyor o'zbek adabiyoti tarixi va tasavvuf tarixida alohida o'ringa ega. Naqshbandiya tariqatini hayotga tatbiq etib, uni madrasalarga olib kirgan. Eski usul maktab, madrasalarida: "Haftiyak", "Chahor kitob", "So'fi Olloyor" (aslida "Sabot ul-ojizin") va "Hofiz" o'qitilgan. Asarlarida Qur'oni Karim oyatlari, Hadisi sharif hikmatlari va tasavvuf g'oyalarini ajoyib tarzda bog'lagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Sabot ul-ojizin" asarini o'qir ekanmiz, sof islomiy e'tiqod, komil inson axloqi, ilohiy muhabbat, yoshlar tarbiyasi kabi mavzularga duch kelamiz. Unda Allohning ma'rifati, tavhidi, sifatlari, iymon, farishtalar, qabr azobi, qiyomat kuni, Payg'ambar

1 Orzibekov Rahmonqul. O'zbek adabiyoti tarixi. O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti -Toshkent: 2006. - B. 32.

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

shafoati, umrning foniyligi haqida xabar beradi. Asar muqaddimasida qayd qilinishicha, muallifning muxlis va do'stu yaqinlari turkiy tilda kitob yozishini iltimos qiladi:

Bitilsa turkiy til birla aqiyda, Ko'ngullar bo'lsa andin oramiyda. Tamalluq qildilar chun bir necha yor, Qalam tortay Xudo bo'lsin madadkor.

Bunga javoban fors tilida yozilgan "Maslak ul-muttaqin" asarini bir muncha qisqartirib, "Sabot ul-ojizin" deb ataydi:

Aqiyda so'zlaridin qildim isbot, Anga qo'ydum Sabot ul-ojizin ot.

"Sabot ul-ojizin" 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida maktab va madrasalarda asosiy darslik, qo'llanma bo'lgan. Matbaa paydo bo'lgach Qozon, Boku, Toshkent, Xivada qayta-qayta bosilib chiqqan. Asarga bo'lgan qiziqish tufayli ko'plab sharhlar yozilgan. Jumladan, Tojuddin Yolchiqul "Risolai Aziza", Sayyid Habibulloh Yahyoxon "Hidoyat ut-tolibin", Rashid Zohid "Ravoyihur Rayhon"

Muallif asarni yaratishda ikkita asosiy manbadan foydalangan. Birinchi manba: Qur'oni Karimdir. Ikkinchi manba: o'zigacha bo'lgan buyuk allolamalar: Sulaymon Boqirg'oniy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy asarlarining ta'siridir. Asar din-aqoid bo'yicha diniy ko'rsatma beradi, shuning bilan birga adabiy buyuk xazina hamdir. Quyidagi misralarni o'qiganingizda haqiqiy inson qanday bo'lishi kerakligini anglagandek bo'lasiz:

Ochiqqo'llik, kushoda yuzli bo'lg'il,

Muruvvatlik, muloyim so'zli bo'lg'il.

Musulmon o'g'liga yaxshi qiliq qil.

Tilingni xush, chiroyingni iliq qil.

Asarni o'quvchi uchun qulayligi sodda tilda yozilgani bo'lib, so'z o'yinlarining ishatilganligi yodlab olishni ham osonlashtiradi.

Darslik sifatida o'qitilishi, barchaga manzur bo'lishi asar nusxalarining ko'p bo'lishiga sabab bo'lgan. Asar qo'lyozmasi kotiblar tomonidan ko'p marta ko'chirilgan va chop etilgan. Ko'chirish va chop etish jarayonlarida undagi ba'zi baytlar o'zgarishga uchragan, ba'zilari tushib qolgan, ba'zi baytlar esa kitob zarur bo'lgan xalqning tili va shevasi taqozosidan o'zgartirilgan. Bu esa "Sabot ul-ojizin" asarining nusxalari orasida har xillikni keltirib chiqargan. Nusxalardan biri Hoji Po'latqorining shaxsiy kutubxonasidagi Saudiya Arabistonida Muso Afandi tomonidan chop etilgan. Yana bir nusxasi Pokistonda "Hidoyat ut-tolibin sharhi "Sabot ul-ojizin" ("Sabot ul-ojizin"ni sharhlashda toliblarga yo'llanma") chop etilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Muallifi Sayyid Habibulloh ibn Sayyid Yahyoxon al Farg'oniy summa-al Kobuliydir2.

Riyozat bandig'a berkit oyog'in, Ko'tarma boshidin taqvo tayog'in.

Qaysar nafsning oyog'ini riyozat mashaqqati bilan mahkam bog'lab, boshi uzra taqvo tayog'ini ko'tarib tur. Shu o'rinda "Sabotul ojizin" matni nashrlaridan birida3 mazkur bayt tabdilida yo'l qo'yilgan jiddiy xatoni eslatib o'tishimiz zarur. Arab alifbosidagi matnlarni, xususan, mumtoz adabiy matnlarni joriy imloga o'girish har tomonlama bilim va hamisha hushyorlik talab qiladigan o'ta mas'uliyatli ish. Bu mehnat qanchalar sermashaqqat bo'lmasin, bir so'z ustida soatlab zahmat chekayotgan matnshunosga kichik bir xato qilishga ham imtiyoz bermaydi. Chunki biz kichik deb e'tiborga olmayotgan xato tufayli butun bir matn ma'nosiga xalal yetadi, muallif haqqiga, tarixiy omonatga xiyonat sodir bo'ladi.

Riyozat bandig'a berkit oyog'in, Ko'tarma boshidin taqvo tuyog'in.

Taqvo tushunchasi o'zining asos e'tibori bilan yuksak maqomni ifodalaydi. Bu maqomni topgan inson qadriyati shu qadar ko'tariladiki, oyog'i zamindan uzilmasdan, Nazari samolarga yetadi, yerda turib, Haqqa bog'lanadi. Shuning uchun ham Qur'oni karimning avvalgi suralari, avvalgi oyatlaridanoq taqvo haqida so'z boradi, bu ulug' Kitobning katta taqvo egalarini to'gri yo'lga boshlashi eslatiladi. Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan. Nahotki, bu oliy mazmunni hayotining dasturiga aylantirgan, umrini shu e'tiqodda kechirgan So'fi Olloyordek shaxs taqvoni hayvonga o'xshatsa, uni tuyoqli qilib tasvirlasa?! Bu na e'tiqodga, na badiiyat qonuniga to'g'ri keladi? Demak, bu yerda yo matnni ko'chirgan kotiblardan yoki nashrga tayyorlovchilardan xato o'tgan. Matnning turli qo'lyozma nusxalarini o'rganib, shunga amin bo'ldikki, adashish kotibdan emas, mashrga tayyorlovchilardan sodir bo'lgan. Arabiy imlodagi ûF^so'zidagi ^(t) harfidan so'nggi qisqa unli "a" emas, "u" qilib o'qilgan. Natijada xunuk xato yuz bergan. Aslida "taqvo tayog'i" deb o'qilishi kerak edi. Shunda misradan misraga uzluksiz kuchayib borgan mazmun uyg'unligi to'la saqlanadi va badiiy mantiqqa rioya qilingan bo'ladi4.

Matnshunos olim Rashid Zohidovning ta'kidlashicha, "Sabot ul-ojizin" yaratilgan davr o'zbek tili tarixida ham alohida xususiyatga ega. XIV-XVII asrlarga

2So'fi Olloyor . Sabot ul-ojizin. - Toshkent-Mehnat: 1991. - B. 4.

3 So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin (Nashrga tayyorlovchilar Hoji Po'latqori Muhammad Ali, Mahmud Hasaniy, Mirsolih Qosim), - Toshkent: Mehnat. - B. 209.

4 So'fi Olloyor. Sabotul ojizin sharhi, Ravoyihur Rayhon (Nashrga tayyorlovchi: Rashid Zohid), - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2021.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

oid manbalarda (Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Muhammad Solih, Bobur asarlarida) eski o'zbek tilining leksik-grammatik va uslubiy imkoniyatlari nihoyatda kengligi va rang-barangligi bilan to'laligicha namoyon bo'ladi. XVII asrdan keyingi o'zbek tilida yaratilgan asarlarda ma'lum sabablarga ko'ra, yuqorida ba'zi til imkoniyatlari yuqori darajada aks etmagan. "Sabot ul-ojizin" til tarixining biz shartli ravishda ajratgan mana shu ikki muhim davrning tutash joyida yaratilgan asardir. Olimning fikricha, asarni ilmiy-ma'rifiy asar sifatidagi qiymatini aniqlashda uni faqat bir fan tarmog'i doirasida qaramaslik lozim. Ya'ni biz "Sabot ul-ojizin" asarini ham adabiyotshunoslik nazariyasi nuqtayi nazaridan, ham tilshunoslik nuqtayi nazaridan, ham aqoid ilmi nuqtayi nazaridan ilmiy-nazariy o'rganishimiz mumkin. Asar har bir fan tarmog'i uchun bir butun ilmiy manbadir. Shu jihatdan u ilmiy asardir. "Ma'rifiy" asar deyilishini ham olim juda asosli ravishda tushuntirishga harakat qiladi, "Sarlavhadagi "ma'rifiy" so'ziga beriladigan ta'rif esa "ma'rifat" tushunchasining asl ma'nosini anglashga bog'liq. "Ma'rifat" so'zi lug'atda tanimoq, bilmoq ma'nolarini anglatadi. Ammo ilm so'zi anglatgan bilish bilan ma'rifat so'zi anglatgan bilish o'rtasida farq bor. Ma'rifat deganda narsaning belgilarini (sifatlarni) idrok qilish tushunilsa, ilm orqali bilishda narsaning o'zini (zotni) idrok qilish tushuniladi. Boshqacharoq aytilsa, ilgari xabardor bo'lmagan narsani keyin bilish ma'rifatdir. Shuning uchun "ma'rifat" so'ziga o'zakdosh orif sifatini Ollohga nisbatan qo'llab bo'lmaydi. Chunki bexabarlikdan so'ng bilim hosil bo'lishi Yaratuvchiga emas, yaratilganlarga xos sifatdir. Qadim manbalarda, xususan mumtoz adabiyotimizda ma'rifat lafzi orqali Haqni tanish tushunchasi ifodalangan. Keyinchalik tilimizda "ma'rifat" so'zining ma'no doirasi yanada kengaydi. Asl taqozo qiladigan sifatlar aslning o'rnida iste'mol qilina boshladi. Masalan, "ma'rifatli kishi" degan so'zdan endi bevosita Haqni ongli ravishda anglash sifati tushunilmaydi. Balki, "zamonamiz kishisining ma'rifati - ko'p ma'lumotlardan xabardorlik, rasmiy odob etiketlarini o'zlashtirganlik bilan belgilanadi" degan qarash bugun me'yorga aylangan"5.

Ushbu bayt orqali uyalib ma'rifat ilmini o'rganishga chaqirib, Haqni tanish, bu ilmdan bexabar qolgan insonning joyi do'zaxda bo'lishi aytiladi. Payg'ambar alayhissalom "Agar Xitoyga borib bo'lsa ham ilm olinglar, chunki ilm har bir

5 Zohidov R. "Sabotul ojizin" asarining manbalari, sharhlari va ilmiy-tanqidiy matnini kompleks o'rganish muammolari. F.f.d. diss. - Toshkent., 2018.

Uyalma ma'rifatni o'granurdin, Tanur joying bo'lur, qolsang tanurdin.

Uyolmasdur talab amrini olg'on, Qolur yaxshi uy olmog'din uyalg'on.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

musulmonga farz", - degan. Oxiridagi ikki misra Alisher Navoiy hazratning "bilmaganin so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim" fikriga to'g'ri keladi. Ya'ni ma'rifat ilmini orlanib so'ramagan, jannatdan benasiba qolishi nazarda tutilyapti.

Alloh hamdi va Muhammad s.a.v. madhi berilgan. "Dar bayoni sababi ta'lif" ("Kitobning yozilish sababi bayonida") o'zi kabi xastalar shod bo'lishligi uchun "Sabot ul-ojizin"ni yozganligini ta'kidlaydi.

O'zimdek xastalar bo'lg'aymu deb shod, Nasoyihdin ham andak ayladim yod. Nasihat tinglamas dilsaxt mahjub, Ko'karmas tosha yomg'ir yog'sa ham ko'p.

Nasihat tinglamas insonlar ko'p yomg'ir yog'gani bilan hech nima ko'karmaydigan toshga o'xshatiladi.

Alloh taoloni tanimoq bayonida esa

Aqiyda bilmagan insonni shaytonga el bo'lishi, amal qilganlari yel, ya'ni shamol kabi o'tkinchi ekanligi uqtirilgan:

Aqiyda bilmag'on shaytona eldur, Agar ming yil amal deb qilsa yeldur.

Uyolma ma'rifatni o'granurdin, Tanur joying bo'lur qolsang tanurdin6.

"Iymonning bayoni"da Allohdan har ne kelsa, rost deb bilish iymondan ekanligi nazarda tutiladi.

Iymonsiz kishining hech bir amalini, ishini Alloh qabul etmasligi keltiriladi: Na'uzu billah iymonsiz kishini, Qabul etmas Xudoyim hech ishini.

Asar mutolaasi davomida islom diniga oid aqoidlarni, Allohni tanish, Payg'ambarimiz vasfi, iymon belgilari, farishtalarning belgilari haqida ma'lumotlarni bilib boraverasiz. "Farishtalar bayoni"da farishtalarning yeyish-ichishdan, qabohat va yomon so'zdan yiroq ekanliklari ta'kidlanadi.

Xudodin har na keldi rost bilding, Tiling birla yana iqror qilding. Musulmonlig' yo'lida buldur iymon, Muni bilmas kishi tongla pushaymon.

Alar forig' ichmak, emakdin, Yomon qilmoq, qabohat so'z demakdin.

6 So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. -Toshkent: Mehnat: 1991. - B. 22.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'z davrida va o'zidan keying davrda ham barchaga maqbul, mashhur bo'lgan mazkur asar bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Matnshunoslik va manbashunoslik, adabiyotshunoslikning ulkan xazinasidir. Asarni har bir o'quvchi, tadqiqotchi mutolaa qilganida yangi-yangi ma'no-mazmun topadi.

"Har bir ishda etuk ustoz istamakning bayoni"da har ishda ustoz lozimligini, pir tanlagan inson hamma ishda salomat bo'lishi ta'kidlanadi.

Agar bo'lmosa yo'l boshlog'uchi pir, Solur bo'yng'a Shayton domi tazvir. Agar bo'lmosa bir sohib karomat, Emas mumkin kishi yetgay salomat. Qachon har pir bilur qutlug' yo'lingni, Tanib er yaxshisin topshir qo'lingni.

Asarda har bir masala o'z javobini topadi. Dard kelganda shukr qilish, sabr bo'lish haqida "Qazoga rozi va balog'a sabrli bo'lmoqning bayoni" da quyidagi fikrlar keltirilgan:

Rizo ayvonida topqon kishi jo, Demas vo bobi ofat bo'lsa ham vo. Agar mag'zi diling ayrilsa to po'st, Yig'ini yig' agar chin qulsan, ey do'st.

Boshga tashvish tushganda oh-u dod qilmasdan, muallif aytganidek:

Xudo amriga oqil g'am yemasdur, Demas gardun qilur gar dun emasdur. Aning hukmiga kim bo'lsa mamnun, Ko'tarmas un agar boshin qilur un.

"Sabot ul-ojizin" asari bo'yicha barcha hikoyatlarning manbalari bilan matniy tadqiq qilish uni bugungi kunimizdagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bu asardagi tasavvufiy ma'nolar barchamiz uchun dastur ul-amal bo'lib xizmat qiladi. Bir boqishda asardagi ma'no anglanmasligi mumkin, ammo yuqori diniy bilim, tasavvufga oid tushunchalar mohiyatini yaxshi anglagan holda asar matniy xususiyatlariga to'xtalish, uning mohiyatini to'la-to'kis tushunishimiz uchun yordam beradi. O'quvchilar ongida aqoid ilmi haqida, iymoni mukammal shaxs bo'lib yetishishlarida, ustoz tanlash bobida insoniylik tuyg'ularini shakllantiradi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Rahmonqul Orzibekov. O'zbek adabiyoti tarixi. - Toshkent: O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006.

2. So'fi Olloyor. Risolai aziza "Sabot ul-ojizin sharhi" (Tuzuvchi: B.Hasan) -Toshkent: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashr, 2000.

3. So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin (Nashrga tayyorlovchilar: Hoji Po'latqori Muhammad Ali, Mahmud Hasaniy, Mirsolih Qosim). - Toshkent: Mehnat, 1991.

4. So'fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. (Nashrga tayyorlovchi: Rashid Zohid). - Toshkent: Cho'lpon, 1991.

5. So'fi Olloyor. Sabotul ojizin sharhi, Ravoyihur Rayhon (Nashrga tayyorlovchi: Rashid Zohid). - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.