Научная статья на тему 'BURHONIDDIN RABG‘UZIYNING “QISSASI RABG‘UZIY” ASARINING O‘RGANILISHI VA MANBAALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR'

BURHONIDDIN RABG‘UZIYNING “QISSASI RABG‘UZIY” ASARINING O‘RGANILISHI VA MANBAALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
635
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nashrlar / qo‘lyozma / toshbosma / qissalar / lirik va kichik janrlar. / publications / manuscripts / lithographs / short stories / lyric and small genres.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Quljanova, To‘lganoy Shodiyor Qizi

Ushbu maqolada Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning turkey manbalarda “Qissas ulanbiyo” nomi bilan mashhur bo’lgan asarining o‘rganilishi va manbaalari haqida ma’lumotlar berilgan. Asarning o‘zbek va xorij adabiyotshunos olimlar tomonidan o‘rganilgan va o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari asar tarkibida uchraydigan she’riy parchalarning asar badiiyatidagi o‘rni, kichik janrlar tasnifi haqida qisqacha fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME COMMENTS ON THE STUDY AND SOURCES OF BURHONIDDIN RABGHUZI'S "THE STORY OF RABGHUZI"

This article provides information on the study and sources of Nasiruddin Burhanuddin Rabguzi's work "Qissas ul-Anbiyya". Aspects of the work that have been studied and should be studied by Uzbek and foreign literary scholars are highlighted. In addition, brief thoughts are given about the place of poetic fragments in the composition of the work and the classification of sub-genres.

Текст научной работы на тему «BURHONIDDIN RABG‘UZIYNING “QISSASI RABG‘UZIY” ASARINING O‘RGANILISHI VA MANBAALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

BURHONIDDIN RABG'UZIYNING "QISSASI RABG'UZIY" ASARINING O'RGANILISHI VA MANBAALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Quljanova To'lganoy Shodiyor qizi

SamDU 2-kurs magistranti. qulj anovat@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziyning turkey manbalarda "Qissas ul- anbiyo" nomi bilan mashhur bo'lgan asarining o'rganilishi va manbaalari haqida ma'lumotlar berilgan. Asarning o'zbek va xorij adabiyotshunos olimlar tomonidan o'rganilgan va o'rganilishi kerak bo'lgan jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari asar tarkibida uchraydigan she'riy parchalarning asar badiiyatidagi o'rni, kichikjanrlar tasnifi haqida qisqacha fikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: nashrlar, qo'lyozma, toshbosma, qissalar, lirik va kichik janrlar.

ABSTRACT

This article provides information on the study and sources of Nasiruddin Burhanuddin Rabguzi's work "Qissas ul-Anbiyya". Aspects of the work that have been studied and should be studied by Uzbek and foreign literary scholars are highlighted. In addition, brief thoughts are given about the place of poetic fragments in the composition of the work and the classification of sub-genres.

Keywords: publications, manuscripts, lithographs, short stories, lyric and small genres.

KIRISH

O'zbek mumtoz adabiyoti o'zining qadimiyligi va sermahsulligi bilan dunyo adabiyotida o'ziga xos mavqega egadir. Mumtoz adabiyotimiz shunday bir ma'naviy ummonki, har bir namoyondasi ijodi o'ziga xosligi, umrboqiy mavzularni teran aks ettirgani bilan doimo olimlar diqqat markazida bo'lib kelgan. O'tmish adabiyotimizdagi ijodiy muhit va ijodkorlarni hayotini o'rganish, asarlarini tahlil qilish, qo'lyozma va toshbosma nusxalarini nashr ettirish mustaqillikdan key in keng tus oldi. O'zbek mumtoz adabiyotining nodir namunalaridan biri Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziyning "Qissas ul- anbiyo" asarini o'rganish, tadqiq etish bugungi kunda olimlarning oldida turgan vazifalaridan biridir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarining eng qadimgi qo'lyozma nusxasi XV asrda ko'chirilgan bo'lib, bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanib kelmoqda. Ushbu nusxaning faksimeliyasi matnshunos olim Gronbek tomonidan 1948-yili

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Kopengagenda nashr qilingan1. Asarning bugungi kungacha 10 dan ortiq qo'lyozma va toshbosma nusxalari dunyoning ko'pgina muzeylarida saqlanadi. Ushbu nusxalar haqida turk adabiyotshunos olimlari tomonidan atroflicha ma'lumotlar berilgan.2

1. London nusxasi. Britaniya muzeyida 7851 inv. raqami ostida saqlanadi.

2. Leningrad nusxalari jami oltitani tashkil qilib ularning eng qadimgisi 16-asrga tegishli. Bundan tashqari Leningrad xalq kutubxonasida, Leningrad universitet kutubxonasida, Kaufman kolleksiyalari muzeyida ham asarning 17-18 asrga oid nusxalari saqlanadi.

3. Shvetsiya nusxalari. Ikkita nusxa bo'lib, ularning biri Uppsala universiteti kutubxonasida, ikkinchisi Lund Universiteti kutubxonasida 578 va 580 inv. raqamlari ostida saqlanadi.

4. Parij nusxasi. Parij milliy kutubxonasida 1012 inv. raqam ostida 18- asrga tegishli nusxasi saqlanmoqda.

5. Boku nusxasi. Ozarboyjon Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo'lyozmalar intitutida 16 -asrda ko'chirilgan nusxasi saqlanadi.

6. Tehron nusxasi. Tehron universiteti Markaziy kutubxonasida 2132 inv. raqam ostida saqlanadi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida asarning qo'lyozma va toshbosma nusxalari 1025, 7397, 1874 inv.raqamlarda saqlanadi. XVII asrga oid jami 7 nusxasi aniqlangan.

Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarining nisbatan to'liq nusxalari bo'yicha o'zbek va xorijiy olimlari tomonidan atroflicha tadqiqotlar olib borilgan. Xorijiy turkolog olimlardan N. I Ilminiskiy 1859-yilda ushbu asar bo'yicha birinchi tadqiqotni amalga oshirdi. Keyinchalik N. F. Ostroumov (1874-yilda), P. M. Melioranskiy (1897-yilda , S.E. Malov (1948-yilda), N.F. Katanov (1875, 1894, 1898- yillarda) tomonidan tadqiq etilgan. Milliy uyg'onish davri olimlaridan Hasan Orifjan (1916-1917- yillarda), Abdurauf Fitrat (1928-yilda) ham ilmiy izlanishlar olib brogan. Shamsiddin Husayn (1881-yilda), Chag'atay (1950-yilda), Shinkevich (1926-1927- yillarda), Koprulu (1945, 1980- yillarda), H. Boyeshan, van Damme, Aysu Ata, Hajiyeva kabi turk va xorijiy olimlar ham asarni adabiyotshunoslik, tilshunoslik va stilistik tomondan o'rganmoqda. Asarning London nusxasi asosida Yakob Shinkevich tomonidan "Rabg'uziy sintaksisi" nomli dissertatsiya, turk olimi Aysu Ata tomonidan Gronbek nashr ettirgan faksimeliya asosida 1995- yilda doktorlik dissertatsiyasi yaratilgan. "Qissas ul- anbiyo" asari turk va ingliz tillariga tarjima qilingan. N. Hajiyeva asarning Boku qo'lyozmasi bo'yicha tadqiqotlar olib

1 E. I. Fozilov. Nosiruddin Rabg'uziy va uning "Qisasi Rabg'uziy" asari. "Qisasi Rabg'uziy".1-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1990, 8-bet.

2 [email protected] saytidan olindi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bormoqda. Boyeshan va boshqalar tomonidan asarning London va Peterburgdagi ikki nusxasidan foydalanib tanqidiy matni yaratilgan. Bu kitob ikki jilddan iborat bo'lib, birinchi jild (1995-yil)da transkripsiya qilingan Xorazm turkcha matni ikkinchi jild (2015-yilda) da ingliz tiliga tarjima qilingan. Lug'atlar ham kiritigan.

O'zbek olimlaridan Abdurauf Fitrat, E. Fozilov, A. Yunusov, H. Dadaboyev, Y. Shokirov (asar tarkibidagi arabcha matnlarni o'zbekchaga tarjima qilgan), N. Mallayev, R. Vohidov, H. Orifjanov, I. Ostanaqulov, N. Rahmonov kabi adabiyotshunoslar asarni nashr ettirish, badiiy jihatdan tahlil va tadqiq etganlar. "Qissas ul- anbiyo" asarini bugungi kunda ham ko'plab yosh tadqiqotchilar turli jihatlarini o'rganmoqdalar. Ushbu tadqiqotlarda asar to'lig'icha qamrab olingan deyolmaymiz. Asarning badiiy qimmati va o'zbek adabiyotidagi o'rni, xususan, asar tarkibidagi kichik janrlar badiiyatini tadqiqi oldimizda turgan vazifa hisoblanadi.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanayotgan "Qisasul anbiyo"ning toshbosma nusxalari XVII asrga oid bo'lib, bu nusxalarda she'riy parchalar berilmagan. Britaniya nusxasidan bir muncha farqli jihatlari ham ko'zga tashlanadi. Qozon va Toshkentdagi toshbosma nusxalarni Rabg'uziy asarining eng qadimgi qo'lyozma nusxasi bilan solishtirish, ushbu durdona asarni chuqur tadqiq etish ham muhimdir.

Rabg'uziy hayoti va ijodiy faoliyati haqida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan. U haqidagi mavjud ma'lumotlar bilan o'zining asari orqaligina tanishganmiz. Bizgacha ma'lum tarixiy manbaalarda ijodkor haqida ma'lumotlar uchramaydi. Adib o'z shaxsiyati haqida quydagilarni keltiradi:

"...bu kitobni tuzgan, toat yo 'linda tizgan,ma'siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug', ko 'p yozuqlug ' Rabot o'g 'uzining qozisi Burhon o 'g 'li Nosiruddin... "3

Muallif Rabot o'g'uzlug', ya'ni o'g'uzlar yashaydigan Rabot degan joydan ekanligini bildirgan. Shu sababdan Rabg'uziy taxallusini olganligi bizga ayon. "Karvonsaroy" ma'nosini anglatuvchi "rabot" so'zi aynan ma'lum bir joy nomini ham bildirgan ekan. Tarixiy manbaalarga murajaat qilsak, o'g'uz qabilalari qadimdan Amudaryo atrofidagi manzillarda istiqomat qilishgan. Bugungi kunda bu hududlar Xorazm viloyatiga to'g'ri keladi.

Asar islom dinini qabul qilgan mo'g'ul beklaridan biri Nosiruddin To'qbug'abek iltimosiga ko'ra yozilgan. Rabg'uziy asarda yer yuzining paydo bo'lishidan to so'nggi payg'ambar Muhammad (s.a.v) vafoti voqealarigacha bayon qiladi. Rabg'uziy asar yaratilishi sabablarini bayon etar ekan quyidagi fikrlarni bildiradi:

3 Nosiruddin Rabg'uziy . "Qisasi Rabg'uziy".1-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1990, 10-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

...payg'ambarlar qissalaringa g'oyat rag'batim bor. Tekma yerda tekma kim ersada bo'linur ba'zisi mustaqim, ba'zisi nomustaqim. Bir onchasi muqarrar va bir onchasi mubattar bor. Bir ozining so 'zlari kesuk bor, bir ozining maqsudlari o 'ksuk. Emdi sanung zimmangdin chiqg'an qalamungdin oqg'an kitobatma saning, iboratma saning bo'lib, bizga "Qissas ul- anbiyo" bo'lsa, o'qumoqg'a keraklik, o'granmakga yarog'lig' bo'lg'ay erdi, teb iltimos yanglig' ishorat bo'ldi ersa nechama o'zumni ul ishga loyiq , ul amalga muvofiq ermasin bilmish erkan o'zumni og'irlab nafs saqlamish bo 'lib o 'g 'ur bo 'lsun teb bu og 'ir ishga o'g 'radimiz.4

Asardan olingan parchani o'qir ekanmiz, Rabg'uziy shaxsiyatida musulmonlarga xos bo'lgan kamtarinlikni his qilamiz. Asar payg'ambarlar haqidagi qissalardan tashkil topganligi uchun "Qissas ul anbiyo" turkumidagi asarlarga kiritilgan. Ko'pgina tadqiqotchilar (Aysu Ata, N. Hajiyeva va boshq.) tomonidan "Qissas ul anbiyo" nomi bilan yuritilgan. Asar nomlanishi xususida muallif: "... Ertikliga o 'ngay, istakliga tebray bo 'lsun teb "Qisasi ar- Rabg'uziy" ot berdimiz "-, 5 deya ta'kidlab o'tadi.

"Qisasi Rabg'uziy" asarida muallif jami o'n to'qqizta payg'ambar haqida qissalar keltiradi. Bular: Odam, Shis, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Muso, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso alayhissalomlar haqidagi qissalar va so'nggi payg'ambar Muhammad (s.a.v)ning dunyoga kelishlari, hayoti va vafotidan keyingi voqealarni o'z ichiga oladi. Rabg'uziy payg'ambarlar qissalari bilan bir qatorda maqtalgan, la'natga uchragan, g'azabga uchragan odamlar, farishtalar haqidagi qissalarni ham keltiradi. Asar faqat qissalardan iborat bo'lmay, asar badiiyatini oshirishga xizmat qiluvchi nazmiy parchalar, kichik nasriy janrlar bilan boyitilgan. Diniy mavzularga majoziy uslub bilan yondashgan, arabcha va turkiycha she'rlarida shoir sifatida so'z qo'llash mahoratini namoyon etgan. "Qisasi Rabg'uziy" da jami 484 misradan iborat 43 turkiy she'r o'rin olgan. Bu she'rlarning aksariyati aruz vaznida yozilgan Xususan, asar Alloh taolaga hamdu sanolar bilan boshlanadi. Keyin Rabg'uziy tili bilan aytganda, "Anbiyolar qadashi, asfiyolar qidvasi Muhammad Mustafo sallalohu alayhi va sallam madhi keltiriladi. Ijodkor payg'ambarimizni madh etishda shaklan g'azal janriga, mazmunan qasida janriga yaqin she'riy parchalardan foydalangan. Ushbu she'riy parchalarda turkiy adabiyotdagi dastlabki g'azal va qasidalarning unsurlarini ko'rish mumkin.

Din shariat ro'yati oliy qilg'an Mustafo,

Kufru zulmat tug'larin yerga cholg'an Mustafo.

4 Nosiruddin Rabg'uziy . "Qisasi Rabg'uziy".1-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1990, 11-bet.

5 Nosiruddin Rabg'uziy . "Qisasi Rabg'uziy".1-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1990, 11-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

U1 otasi onasini orturub ummat uchun,

Yolborib haqdin shafoat sotg'un olg'an Mustafo...

Adabiyotshunos olim N. Rahmanov asar tarkibidagi she'riy parchalarning janriy xususiyatlariga to'xtalib " Rabg'uziy she'riy janrlarni farqlaydi va har birini o'z nomi bilan ataydi. Keltirilgan she'r qofiyalanishiga ko'ra g'azalni eslatadi. Ammo Rabg'uziy mazkur she'rga nisbatan g'azal terminidan istifoda etmaydi, balki she'r deb ataydi."6-deya ta'kidlaydi.

Bizga ma'lumki, mumtoz adabiyotimiz ma'naviy olami butunligicha islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni karim mohiyatini aks ettirishga xizmat qilgan. Tafsirshunoslar, olimlar, allomlar Qur'oni karimni anglash, sharhlash va ma'nolarini ochish uchun ko'pgina janrlardan foydalanganlar. Bunday janrlarga foyda, latifa, hikmat, hadis, savol-javob kabi janrlarni kiritishimiz mumkin. Bu janrlarni diniy adabiyotdan dunyoviy adabiyotga ko'chib o'tgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, Rabg'uziy ijodida dunyoviylik kasb etgan ko'pgina janrlarni turkiy adabiyotdagi dastlabki namunalarini uchratamiz. Bunga g'azal, musallas, savol-javob, foyda, hikmat, xabar va boshqa bir qancha janrlarni kiritishimiz mumkin. Albatta asarning badiiy poetik xususiyatlarini imkon qadar o'rganish kelajakdagi tadqiqotlarimizni mag'zini tashkil qiladi.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziyning "Qissas ul- anbiyo" asari o'zbek adabiyotining nodir xazinalaridan biri hisoblanadi. Muallif va uning shaxsiyati haqida ma'lumotlar bizgacha deyarli yetib kelmagan bo'lsa-da, uning naqadar nozikta'b shoir, mahoratli qissanavis, sermahsul ma'rifat egasi ekanligini anglash qiyin emas. Ushbu asar nafaqat o'zbek adabiyoti, balki butun musulmon xalqlari adabiyoti uchun qimmatli manbaadir. Rabg'uziy badiiyatini anglash, asarning o'rganilmagan nusxalarini o'rganish tahlil va tabdil qilish bugungi va keying davr olimlari oldida turgan vazifalardan biridir.

REFERENCES

1. A. Fitrat. O'zbek adabiyoti namunalari, Toçhkent, 1928. 104-112.

2. A. Gözütok: Rabgûzî, Kisasu'l-Enbiyâ: XIX. Yüzyila Ait Bir Kazan Yazmasi

3. Fozilov E. I. Nosiruddin Rabg'uziy va uning "Qisasi Rabg'uziy" asari. "Qisasi Rabg'uziy"1-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1990, 8-bet.

4. N. Haciyeva. (1994); "Rabguzi'nin Kisasü'l-Enbiya Eserinin Bakü Yazmasi", Türk Dili, S. 514, Ekim 1994, s. 292-296.

XULOSA

6 Rahmanov N. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma. -Toshkent.:2014. 166-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

5. Nosiruddin Rabg'uziy . "Qisasi Rabg'uziy"1-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1990, 240-bet.

6. Nosiruddin Rabg'uziy . "Qisasi Rabg'uziy"2-kitob. Toshkent.: Yozuvchi, 1991, 278-bet.

7. N.Rahmanov. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma. -Toshkent.:2014.

8. [email protected] sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.