Научная статья на тему 'MULLO AHMAD VA UNING “TAHRIRU SANBAT” ASARI TOSHBOSMA NUSXALARI'

MULLO AHMAD VA UNING “TAHRIRU SANBAT” ASARI TOSHBOSMA NUSXALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
277
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Kofiya” / “Tahriru sanbat” / hoshiya / sharh / inventar raqam / grammatika / toshbosma nusxa / fihrist. / “Kofiya” / “Tahriru sanbat” / hashiya (frame) / sharh (comment) / inventory number / grammar / lithographic copy / fihrist (content).

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Atoyev, Muhiddin Muxtorovich

Mazkur maqola o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, bizgacha ko‘plab ilmiy asarlari yetib kelgan O‘rta Osiyolik ensiklopedik olimlardan biri Shahiru-l-avhad Mulla Ahmad va u tomondan yaratilgan arab tili grammatikasiga oid eng mashhur asarlardan biri “Kofiya” asariga sharhlardan biri bo‘lgan “Tahriru sanbat” asarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Mullo Ahmadning tug‘ilgan joyi, nasabi va asarlari haqida, shuningdek, uning “Tahriru sanbat” asari toshbosma nusxalari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MULLO AHMAD AND LITHOGRAPHIC COPIES OF HIS WORK “TAHRIRU SANBAT”

This article is dedicated to research of personality and works of scholar and scientist who was well known by name Shahiru-l-avhad Mullo Ahmad and one of his books “Tahriru sanbat” as comments to famous “Kofiya” which is dedicated to grammar of Arabic language. The article examines the place of birth, family and works of Mullo Ahmad, as well as lithographic copies of his work “Tahriru sanbat”.

Текст научной работы на тему «MULLO AHMAD VA UNING “TAHRIRU SANBAT” ASARI TOSHBOSMA NUSXALARI»

MULLO AHMAD VA UNING "TAHRIRU SANBAT" ASARI TOSHBOSMA NUSXALARI

Atoyev Muhiddin Muxtorovich,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistri, muhiddin.atoyev@mail .ru

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqola o'rta asrlarda yashab ijod qilgan, bizgacha ko'plab ilmiy asarlari yetib kelgan O'rta Osiyolik ensiklopedik olimlardan biri Shahiru-l-avhad Mulla Ahmad va u tomondan yaratilgan arab tili grammatikasiga oid eng mashhur asarlardan biri "Kofiya" asariga sharhlardan biri bo 'lgan "Tahriru sanbat" asarini o 'rganishga bag 'ishlangan. Maqolada Mullo Ahmadning tug 'ilgan joyi, nasabi va asarlari haqida, shuningdek, uning "Tahriru sanbat" asari toshbosma nusxalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: "Kofiya ", "Tahriru sanbat", hoshiya, sharh, inventar raqam, grammatika, toshbosma nusxa, fihrist.

МУЛЛО АХМАД И ЛИТОГРАФИЧЕСКИЕ КОПИИ ЕГО ПРОИЗВЕНИЯ «ТАХРИРУ САНБАТ»

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящается изучению личности одного из средневековых ученых энциклопедистов Средней Азии который упоминается именем Шахиру-л-авхад Мулло Ахмад и изучению одному из самых знаменитых его произведений посвященному изучению грамматики арабского языка «Тахриру санбат». На статье рассматривается место рождения, род и произведения Мулло Ахмада, а также литографические копии его произведение «Тахриру санбат».

Ключевые слова: «Кофия», «Тахриру санбат», хашия (рамка), шарх (комментария), номер инвентаря, грамматика, литографическая копия, фихрист (содержание).

MULLO AHMAD AND LITHOGRAPHIC COPIES OF HIS WORK

"TAHRIRU SANBAT"

ABSTRACT

This article is dedicated to research of personality and works of scholar and scientist who was well known by name Shahiru-l-avhad Mullo Ahmad and one of his

488

Scientific Journal Impact Factor

books "Tahriru sanbat" as comments to famous "Kofiya" which is dedicated to grammar of Arabic language. The article examines the place of birth, family and works ofMullo Ahmad, as well as lithographic copies of his work "Tahriru sanbat".

Keywords: "Kofiya", "Tahriru sanbat", hashiya (frame), sharh (comment), inventory number, grammar, lithographic copy, fihrist (content).

O'tmish ma'naviy merosi yodgorliklariga qiziqish ortib borayotgan hozirgi davrda yurtimizda yashab ijod etgan olimlarning qalamiga mansub manbalarni topish, tarjima qilish, ularga oid tadqiqotlar yaratib, ularning mazmuni bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz ma'naviy-madaniy boyliklarini har tomonlama o'rganish, ularni kelgusi avlodlarga to'liq yetkazish va hozirgi avlodni ulardagi ijobiy an'analar asosida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida IX-XII asrlarda yetishib chiqqan Sharq uyg'onish davri olimlarining ilmiy faoliyati jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgani dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Sharq Renessansi davrida yashab ijod qilgan olimlardan biri Mullo Ahmad nomi bilan shuhrat qozongan mashhur olim Shahiru-l-avhad Mavlono Abu Nasr Ahmad ibn al-Fadl ibn Muso al-Muzakkar al-Jandiydir.

Manbalarda zikr etilishiga ko'ra, X asrda yashagan Mullo Ahmad o'z zamonasining zabardast olimi sifatida siyosat, fiqh, tarix, arab tili grammatikasi va boshqa sohalarga oid bir necha asarlar yaratgan. Olimning asarlari o'rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xalqlari madaniyati, turmush tarziga oid g'oyat qimmatli, ko'p o'rinlarda yagona ma'lumotlari bilan boshqa shu turkum asarlardan ajralib turadi.

Mamlakatimiz kutubxonalarida saqlanayotgan va hanuzgacha to'laligicha o'rganilmagan boshqa ko'plab bebaho yozma yodgorliklar qatorida Mullo Ahmadning arab tili grammatikasiga bag'ishlangan "Tahriru sanbat" asarini alohida zikr etish joiz. Arab tili grammatikasi rivojlanishi tarixida yaratilgan 29 ta "Kofiya'lardan birining muallifi Mullo Ahmad asar tilining murakkabligini hisobga olib, o'z asariga sharh yozgan va uni "Tahriru sanbat" deb nomlagan. Ushbu asar arab tili grammatikasining morfologiya va sintaksisini chuqurroq o'rganishda g'oyat qimmatli manba bo'lib xizmat qilgan. O'tmish qa'rida unitilayozgan, tarix soyasida qolib ketgan ushbu durdona asarni o'rganish va uni asliyatga mos ravishda tarjima qilish hamda o'z o'quvchisiga yetkazish ilm-fan oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mullo Ahmadning "Tahriru sanbat" asari o'rta asrlarda mashhur bo'lgan bo'lsada, keyingi davrlarda ushbu asar ilmiy jamotchilik nazaridan chetda qoldi. Mazkur kitob alohida tadqiqot mavzusi sifatida o'rganilmagan. Ammo arab tilidagi grammatik qonun qoidalar boshqa mashhur asarlar asosida o'zbek va jahon arabshunoslari tomonidan ancha keng tadqiq etilgan. Tadqiqotga asos bo'lgan "Tahriru sanbat" asarining muallifi Mullo Ahmad Jandiy nomi ilk marotaba to'liq holda Abdulkarim as-Sam'oniyning (1113-1167) XII asrning o'rtalarida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan asarlarida uchraydi. Muallifning "al-Ansob" asarida Abu Nasr Ahmad ibn al-Fazl ibn Muso al-Muzakkar al-Jandiy nomi tilga olinadi. Muallif Ahmad al-Jandiy haqidagi dastlabki ma'lumotlar al-Busayriyning bizgacha yetib kelmagan "Nisb"1 ("Nasabnoma") deb atalgan bibliografik lug'atida kelishiga ishora qiladi. Ahmad ibn Mahmudning "Kitobi Mullazoda" asarining "Xoja Jandi maqbarasi va qabristoni haqida" deb nomlangan bobida ham, Mullo Ahmad va uning maqbarasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Nosiriddin Hanafi al-Buxoriyning 1904-yilda yozilgan "Ziyoratchilarga tuhfa" kitobida va Ali Baljuvoniyning "Tarixi nofeiy"2 (1927) asarlarida ham Mullo Ahmad Jandiy to'g'risida qimmatli ma'lumotlar mavjud.

Mullo Ahmadning hayoti, ijodiy faoliyati va maqbarasi haqida Robert Almeevning tadqiqotini alohida ta'kidlash joiz3. Maqolada olim X asrda yashab ijod qilgani haqida ma'lumot keltiriladi.

Sadriddin Salim Buxoriy o'zining "Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari" nomli tarixiy ma'rifiy risolasida4 alloma Mullo Ahmadni Hazrat Turki Jandiy nomi bilan beradi va olimning ijodiy faoliyatiga doir ma'lumotlarni berib o'tadi.

S.Mustafoyev va M.Ablayevning "Turonzamin aziz avliyolari va ulamolari tazkirasi"da5 ham Mullo Ahmad hayoti va ijodiy faoliyati, shuningdek, allomaning Buxorodagi ziyoratgohiga doir qisqacha ma'lumotlar berib o'tilgan.

Maqolada sharqshunoslik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, tarjimashunoslik, tarjimalarni tadqiq etish bo'yicha ishlab chiqilgan

1 Ас-Самани. Китабал-Ансаб (книга генеалогий) / Пер. на рус.яз. Ш.С. Камалиддинова // Материалы по этнической истории тюркских народов Центральной Азии. Ташкент: Изд. «ФАН» АН РУз, 2003. С. 69.

2 Ахмад ибн Махмуд. Китоби мулла-заде / Пер. на рус.яз. Р.Л. Гафуровой. Ташкент: Изд. «ФАН» РУз, 1992. С. 70

3 Алмеев Р. Святые места Бухары: Турк-и Джанди (Тюрк из Джанда) // http://www.islamsng.com/uzb/culture/5345

4 Садриддин Салим Бухорий. Бухоронинг табаррук зиёратго^лари. -Т.: "Navш'z", 2015. - 360 б.

5 Мустафоев С., Аблаев М. Туронзамин азиз авлиёлари ва уламолари тазкираси. -Т.: '^аш^аМагГ, 2015. -672 б.

va yig'ilgan boy ilmiy-nazariy tahlil, shuningdek, qiyosiy-tarixiy, chog'ishtirma metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA

Bugungi kungacha etib kelgan asarlarda mashhur muhaddis, mufassir, arab tili bilimdoni va valiy Mullo Ahmad nomi Shahir ul-Avhad Mullo Ahmad, Shayx ul-Imom, Mullo Ahmad Jandiy, Xoja Jandiy, Ahmad Mullo, Turki Jandiy, Mavlono Mullo Ahmad kabi ko'rinishlarda uchraydi. Tadqiqotga asos bo'lgan "Tahriru sanbat" asarining muallifi Mullo Ahmad Jandiy nomi ilk marotaba to'liq holda Abdulkarim as-Sam'oniyning (1113-1167) XII asrning o'rtalarida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan ishlarida uchraydi. Muallifning "al-Ansob"asarida Abu Nasr Ahmad ibn al-Fazl ibn Muso al-Muzakkar al-Jandiy nomi tilga olinadi. Muallif Ahmad al-Jandiy haqidagi dastlabki ma'lumotlar al-Busayriyning bizgacha yetib kelmagan "Nisb"6 ("Nasabnoma") deb atalgan bibliografik lug'atida kelishiga ishora qiladi. Mazkur kitobda Ahmad al-Jandiy valiy zot bo'lganligi va mashhur buxorolik shayx Abu Bakr Gulobodiy7 ta'limini olganligi haqida ma'lumot bor. Ushbu aziz zotning nasabi haqida so'z ketganda u Sirdaryo qirg'oqlaridagi Buxoroning janubiy himoya devorlari yaqinida joylashgan Jand shahrida yashovchi turkiylardan ekanligi aytiladi. Ahmad Jandiy mashhur muhaddislardan bo'lib, Qur'on mufassirlaridan tahsil olgan va o'z zamonasining zabardast ulamolaridan biri bo'lgan. Olim arab va fors tillarida ilmiy asarlar yaratgan.

Hazratning qabrlari Buxoro shahri janubida joylashgan bo'lib, azaldan ulug' ziyoratgoh hisoblanadi. Mullo Ahmad ilmu holdagi yetuklik darajasi, karomat martabasi bilan ulug' inoyatga erishganlar. Shuning uchun ham so'fiylikda yuqori o'rinda bo'lib, ibrati, nafasi, holi bilan el muhabbatini topgan. Bular haqida "Nasabnoma", "Nazmi kitobi Mullazoda", ayniqsa, "Tuhfat uz-zoirin" kitobida yana boshqa ma'lumotlar ham berilgan8.

1420-yilda yozilgan Ahmad ibn Mahmudning "Kitobi Mullazoda" asarining "Xoja Jandi maqbarasi va qabristoni haqida" deb nomlangan bobida ham, Mullo Ahmad va uning maqbarasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

6 Ас-Самани. Китабал-Ансаб (книга генеалогий) / Пер. на рус.яз. Ш.С. Камалиддинова // Материалы по этнической истории тюркских народов Центральной Азии. Ташкент: Изд. «ФАН» АН РУз, 2003. С. 69.

7 Абу Бакр Гулободий тахминан 990-995 йилда вафот этган ва вафотидан сунг Бухоронинг шаркий дарвозаларидан бири унинг шарафига Мозори Шариф деб аталган.

8Туронзамин азиз авлиёлари ва уламолари тазкираси/ муаллифлар: С.Мустафоев.,М. Аблаев. Т.: '^апо-standart", 2015. - Б. 83.

Nosiriddin Hanafi al-Buxoriyning 1904-yilda yozilgan "Ziyoratchilarga tuhfa" kitobida va Ali Baljuvoniyning "Tarixi nofeiy"9 (1927) asarlarida ham Mullo Ahmad Jandiy to'g'isida qimmatli ma'lumotlar mavjud.

Mullo Ahmadning hayoti ijodiy faoliyati va maqbarasi haqida Robert Almeev maqola e'lon qilgan10. Maqolada olim X asrda yashab ijod qilgani haqida ma'lumot keltiriladi.

Hozirgacha ilmiy jamoatchilikning aksariyatiga noma'lum bo'lgan Mullo Ahmad ham o'rta asrlarda yashab ijod qilgan mashhur tilshunos olimlardan biri hisoblanadi.

O'zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sharq qo'lyozmalari fondida olimning bir necha asarlari qo'lyozma va toshbosma nusxalari saqlanmoqda. Ulardan qo'lyozma asarlar:

10532 inventar raqamli, Muhammad ibn Nazr bin Mullo Muhammad 1741-yilda ko'chirgan WiU. jj"11 asari;

3294 inventar raqamli arab tilida yozilgan va 1571-yilda ko'chirilgan " CJ^ aj^JI"12 asari;

10396 inventar raqamli a^U. jj" asari va boshqalar.

Olim arab tili grammatikasiga oid asarlar ham yaratgan. Shulardan biri Mavlono Shahiru-l-Avhad Mullo Ahmadning arab tili grammatikasiga bag'ishlangan "Tahriru sanbat" asaridir. Ma'lumki, arab tili grammatikasi rivojlanishi tarixida 29 ta "Kofiya" asari yaratilgan bo'lib, ushbu asarlar arab tilini o'rganishda birlamchi manbalardan hisoblangan. Sharqshunos olim Robert Almeyevning ta'kidlashicha, Mullo Ahmad ham birinchilar qatorida arab tili grammatikasiga oid eng mukammal "Kofiya" asariga tartib bergan. Keyinchalik olim asar tilining ancha murakkabligi sababli o'z asariga sharh yozib, uni "Tahriru sanbat" deb atagan13.

"Tahriru sanbat" asari arab tilida yozilgan bo'lib, O'zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sharq qo'lyozmalari fondida asarning bir nechta toshbosma nusxalari saqlanadi va ular quyidagilardir:

1. 3626 inventar raqamli toshbosma nusxa14. Bu toshbosma 1911-yilda Lohurda nashr etilgan bo'lib, noshiri shayx Hamr Bashrdir. Mazkur manba 2 qismdan iborat bo'lib, 1-qism1- 214 sahifalarni, 2-qism esa 215- 319 sahifalarni o'z ichiga olgan.

9 Ахмад ибн Махмуд. Китоби мулла-заде / Пер. на рус.яз. Р.Л. Гафуровой. Ташкент: Изд. «ФАН» РУз, 1992. С. 70

10 http://www.islamsng.com/uzb/culture/5345

11 1741 jj :10532

121571 I_iU C^ :3294

13 Альмеев Р. Святые места Бухары: Турк-иДжанди (Тюрк из Джанда) //www.islamsng.com/uzb/culture/5345

14 ^^ 320 J^' j^lj , 1911jj^V AÍ^J ¿Л JJJ^J ^^ :3626

492

Scientific Journal Impact Factor

Kitobning matn qismida Mullo Ahmadning "Tahriru sanbat'' asari, hoshiyada esa Muhammad Shu'aybning "Tuhfatu-l- xodimiya" asari berilgan.

Toshbosmada har bir mavzu alohida sarlavha bilan ajratilgan va asosiy matn ramkasi tashqarisida har bir mavzu nomi yozilgan. Asar an'anaga ko'ra basmala, hamd va na't bilan boshlanib, oxiri 320-sahifada yana hamd bilan yakunlangan. Asarning harflar bo'limi 294-320-sahifalarni o'z ichiga oladi. Asarning hamd qismi shunday berilgan:

Mazkur toshbosmada mavzular fihristi ham keltiriladi.

2. 6649 inventar raqami ostida saqlanayotgan toshbosmada15 fihrist mavjud emas. Asarning 336 sahifasi saqlangan, oxirgi qismlari tushgan. 1-sahifadan 286-sahifagacha "Tahriru sanbat" matni berilgan bo'lib, u jadvalga olingan. "Tuhfatu-l xodimiya" matni esa jadval atrofiga qiya qilib yozilgan. Ayrim joylarda asosiy matn ramkasi ikkiga bo'lingan va "Tuhfatu-l xodimiya" matni teskari tartibda kiritilgan. Kitob 2 qismga bo'lingan: 1-qism 286-sahifagacha bo'lib, "Atfu-l- bayon" mavzusi bilan tugaydi. 2-qism 287-sahifadan "Mabniyot" mavzusi bilan boshlanib, 336-sahifada "Ta'kid nuni" mavzusi bilan tugaydi. Asosiy matnda muhim o'rinlar, e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan joylar va kerakli ma'lumotlar ustiga chiziq tortib ajratilgan.

Asar basmala, hamd va na't bilan boshlangan hamda "Ta'kid nuni" mavzusi sharhi bilan yakunlangan. Ushbu toshbosma nusxa 1886-yilda Dehlida chop etilgan bo'lib, noshiri Muhammad Husayn. Asar so'ngida tarix, noshirning ismi va matbuot nomlari keltirilgan.

3. 6614, 8421, va 21389 inventar raqamli toshbosma nusxalarlarning16 matni bir xil bo'lib, mazkur uch toshbosma nusxaning har biri 880 sahifadan iborat. Mazkur nusxalar 1912-yilda Qozon shahridagi "Umid" bosmaxonasida chop etilgan. Noshiri - Abdulkarim bin Husayn. Mazkur manbalar basmala bilan boshlanib quyidagi hamd berilgan:

15 ^ 256 , 1886 JAJ Ai^j' JJJ^J ,¿^l :6649

16 ^ 880 ó ¿^ ,1912 jljlä AÍ^JII A^I^J J ¿i^ill AJI¿ J li^ JJOJ XI :21389 ,8421 ,

Kitob so'ngida quyidagi yozuv bor:

luj Ijj^ Ijj^ ^ JJ^j Ijj^l óJJ^l ^ ^J^j liîl

uaj

Kitob so'ngida quyidagi yozuv bilan asar yakunlanadi: ixj ijj^ ijj^ ^ Jj^j ijj^i ôjj^i ^ Jj^j lili

Scientific Journal Impact Factor

4. 7038 va 15597 inventar raqamli toshbosma nusxalar17 ham deyarli bir xil. Ushbu nusxalar 1909-yilda Dehlida chop etilgan. 7038 raqamli toshbosma 222 sahifadan iborat bo'lib, to'liq emas. 15597 raqamli toshbosma esa 332 sahifadan iborat va deyarli to'liq saqlangan. Ularda fihrist yo'q. Har ikkala nusxa an'anaviy basmala, hamd va na't bilan boshlanadi. So'nggi sahifalari tushgan. 7038 raqamli asarning saqlanib qolgan oxirgi sahifasi quyidagi yozuv bilan tugaydi :

"' j ^l^SVl jijjcij liil*j jil A^Kjl ^lil

5. 15639 inventar raqamli toshbosma 18 1889-yilda Dehlida chop etilgan. Noshiri Muhammad Akbar. Manba 2 qismdan iborat: 1-qism 208-sahifagacha, 2-qism esa 209-sahifadan "Mabniyot" mavzusidan boshlanib 336-sahifada "Ta'kid nuni" mavzusi bilan yakunlangan. Asar an'anaviy basmala, hamd va na't bilan boshlangan. Lekin fihrist berilmagan.

O'zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sharq qo'lyozmalari Hamid Sulaymon fondida ham "Tahriru sanbat" asarining 2 toshbosma nusxasi mavjud:

1. 6022 raqamli toshbosma19 1906-yilda Dehlida chop etilgan. Matn ikkiga ajratilgan jadvalga olingan bo'lib, bir chiziqli jadvalning yuqori qismida "Tahriru sanbat", pastki qismida esa "Tuhfatu-l xodimiya" kiritilgan. Asar matni basmala, hamd va na't bilan boshlangan. Asar matni deyarli to'liq, hatto fihrist ham mavjud.

2. 6035 raqamli toshbosma20 1912-yilda Dehlida, Muxtaboiy nashriyotida chop etilgan. Bir chiziqli jadvalning ichki yuqori qismida "Tahriru sanbat", pastki qismida esa "Tuhfatu-l xodimiya" kiritilgan. Matn an'anaviy basmala, hamd va na't bilan boshlangan. Toshbosma yaxshi saqlangan bo'lib, asar matni to'liq, hatto fihrist ham mavjud.

Mazkur toshbosmalar matni shaklan va mazmunan deyarli bir xil bo'lib, sahifalar sonidagi farq sahifa o'lchami turlicha bo'lganligi sabablidir. Yuqoridagi barcha toshbosmalarda mavzular ketma-ketligi ham bir xil.

Ammo qayd etish joizki, tadqiqot jarayonida "Tahriru sanbat" asarining qo'lyozma nusxasini topishga muvaffaq bo'lmadik. Har qanday toshbosma matnining qo'lyozmaga asoslanishi nuqtai nazaridan, mazkur toshbosmalarning matn xususiyatlariga ham to'xtalmoqchimiz. 3626, 7038, 15597, 15639 raqamli toshbosmalar gajakli nasxda bosilgan, 6614, 8421, 21389 raqamli toshbosmalar esa

17 ^ 222 ,1909 JAJ Ai^ji JJJ^J ,¿^1 :7038

18 ^ 332 ,1909 JAJ Ai^j ^ JJJ^J X : 15597

19 ^ 330 ,1906 JAJ Ai^j ^ JJJ^J X :6022

20 ^ 331 ,1912 JAJ Ai^j ÙJÎ^ JJJ^J ,¿^1 :6035

Scientific Journal Impact Factor

hozirgi zamon bosma nasx xatida nashr etilgan. 6649 raqamli toshbosma esa nasta'liq xatida bosilgan.

Tarixan arab tili grammatikasi rivojlanish jarayonida mukammal asarlar ko'plab yaratilgan. Shular orasida bir necha "Kofiya" asarlari majud. Eng to'liq "Kofiya" asarlari Mullo Ahmad va Ibn Hojibga tegishli. Ammo ushbu asarlarning tili murakkabligi sababli ularga ko'plab sharhlar bitilgan. Ibn Hojibning "Kofiya"siga Mavlono Abdurahmon Jomiy "Favoid uz-ziyoiyya" deb atalgan sharh yozganlar va ushbu sharh asarning o'zidan ham mashhur bo'lib ketgan. Shahir al-Avhad Mullo Ahmad esa o'zlarining "Kofiya" asarlariga sharh yozib, "Tahriru sanbat" deb nomlaganlar.

Tadqiqot ob'ekti bo'lgan, Mullo Ahmad tomonidan yaratilgan "Tahriru sanbat" asari "Kofiya" asariga yozilgan sharh va hoshiyadan iborat. Hoshiya Mavlono Fozil Muhammad Shuaybga tegishli bo'lib, asar Abdulkarim bin Husayn Andijoniy homiyligida Qozon shahridagi "Umid" bosmaxonasida 1912-yilda chop etilgan. Hajmi jihatdan katta va qalin ushbu kitob 880 sahifadan iborat. Asar O'zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti sharq qo'lyozmalari asosiy fondida 8421 inventar raqami ostida saqlanmoqda21. Kitob juda yaxshi saqlangan bo'lib, muqovasi qattiq, alohida bezaklarsiz ishlangan va ustiga charm qoplangan. Birinchi sahifada asarning nomi, muallifi, sharh va hoshiya mualliflari, bosmaxona, chop etilgan sana va joy hamda homiy haqidagi ma'lumotlar sharqona bezak berib ishlangan jadval ichida keltirilgan. Ikkinchi sahifadan asar matni boshlanadi, bu yerda bitta qalin chiziqli tashqi jadval ichida ingichka chiziqli ichki jadval chizilgan va jadval ikkiga bo'lingan. Jadvalning yuqori qismida jimjimador bezakli arnament ostida kitob matni basmala bilan boshlangan va hamd keltirilgan. Jadvalning pastki qismida ham hamd va na't ko'rish mumkin. Har bir sahifadagi jadval usti yuqori qismining o'rtasida bejirim bezak ichida sahifa raqami yozilgan bo'lib, har bir sahifa yakunida, jadval ostida poygir mavjud.

Kitobning titul qismida quyidagi yozuv bor:

Ya'ni "al-Avhad" (yagona) nomi bilan mashhur Mavlono Mullo Ahmadning "Kofiya" asari maqomotlarini (darajalarini) hal qilishdagi ushbu mufassal risola "Tahriru sanbat" deb nomlanadi. Unga "Kofiya"ning sharhi bo'lgan "G'oyatu-t

Scientific Journal Impact Factor

tahqiq" asari ajratilgan holda ilova qilingan. Hoshiyasida "Tuhfatu xodimiya" "Tahriru sanbat"ning hoshiyasi Mavlono Fozil Hofiz Muhammad Shu'aybga tegishli.

Birinchi sahifa an'anaviy tarzda basmala, hamd va na't bilan boshlangan. Asaráa aгab tili gгammatikasining morfologiyasi (saгf) va sintaksisi (nahv) qoidalari, ularni o'rganish usullari hamda ushbu qoidalar haqidagi Sibavayhiy, Ibn Nozim va boshqa mumtoz tilshunos olimlaming fikriari bayon etilgan.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, Mullo Ahmad Jandiyning "Tahriru sanbat" asari arab tili grammatikasi rivojlanishi va mukammal qolipga kelishida muhim o'rin egallagan.

Mullo Ahmad birinchilar qatorida arab tili grammatikasiga oid eng mukammal "Kofiya" asariga tartib bergan. Ushbu asar arab tili grammatikasi rivojlanishi tarixida yaratilgan 29 ta "Kofiya"lardan biridir. Keyinchalik olim asar tilining ancha murakkabligi sababli o'z asariga sharh yozib, uni "Tahriru sanbat" deb atagan. Mazkur asar arab tili grammatikasini o'rganish va o'rgatishda, arab tili grammatikasining rivojlanish tarixini o'rganishda muhim o'ringa ega bo'lib, asrlar davomida arab tiliga doir asarlar va qo'llanmalarning qay tarzda shakllanganini tadqiq etishda qimmatli manba hisoblanadi.

REFERENCES

1. Ас-Самани. Китабaл-Ансаб (книга генеалогий) / Пер. на рус.яз. Ш.С. Камалиддинова // Материалы по этнической истории тюркских народов Центральной Азии. Ташкент: Изд. «ФАН» АН РУз, 2003. С. 69.

2. Ахмад ибн Махмуд. Китоби мулла-заде / Пер. на рус.яз. Р.Л. Гафуровой. Ташкент: Изд. «ФАН» РУз, 1992. С. 70

3. Алмеев Р. Святые места Бухары: Турк-и Джанди (Тюрк из Джанда) // http://www.islamsng.com/uzb/culture/5345

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Садриддин Салим Бухорий. Бухоронинг табаррук зиёратгохлари. -Т.: "Navro'z", 2015. - 360 б.

5. Мустафоев С., Аблаев М. Туронзамин азиз авлиёлари ва уламолари тазкираси. -Т.: "Sano-standart", 2015. - 672 б.

6. Ас-Самани. Китабaл-Ансаб (книга генеалогий) / Пер. на рус.яз. Ш.С. Камалиддинова // Материалы по этнической истории тюркских народов Центральной Азии. Ташкент: Изд. «ФАН» АН РУз, 2003. С. 69.

7. 1741 j ^ : 10532

8. 1571 д^Л ^^ ,JUÄI X» :3294

XULOSA

9. 320 j^' ¿¿^ j^lj , 191 1JJAV ,AJIXJI^JI AÎ^J ¿^ j^j^J ^^ :3626

10. ^ 256 , 1886 ^AJ Ai^J Cm^ j^j^J ^

11. ,1912 ù'j^ Ai^i AAXI^J J Jja^'lt Ajlè j JJJ^J :21389 ,8421 , ^ 880 Ô? ^J^' AP j^lj

12. ^ 222 ,1909 ^AJ A^JI^JI Ai^J ^jj^ jjj^J ^ :7038

13. ^ 332 ,1909 ^AJ Ai^J ^jj^ JJJAJ A^I ^ : 15597

14. ^ 330 ,1906 ^AJ AÎ^J ^jj^ jjj^J ^ :6022

15. ^ 331 ,1912 ^AJ AÎ^J ^jj^ jjj^J A^I ^ :6035

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.