Научная статья на тему 'BOBORAHIM MASHRAB IJODIDA ME’ROJ TALQINI'

BOBORAHIM MASHRAB IJODIDA ME’ROJ TALQINI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
216
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boborahim Mashrab / me’roj / “Me’rojnoma” / talqin / tahlil / badiiy mahorat / an’ana

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Dilnoza Narziyeva

Maqolada Boborahim Mashrab ijodidagi me’roj bilan bog‘liq baytlar g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlilga tortiladi. Ayniqsa, uning “Me’rojnoma” asari xususida tahlillar beriladi. Shuningdek, o‘zbek mumtoz adabiyotida keng targ‘ib etilgan me’roj ta’rifiga ham baho beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOBORAHIM MASHRAB IJODIDA ME’ROJ TALQINI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

BOBORAHIM MASHRAB IJODIDA ME'ROJ TALQINI

Dilnoza Narziyeva

BuxDU Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Boborahim Mashrab ijodidagi me'roj bilan bog'liq baytlar g'oyaviy-badiiy jihatdan tahlilga tortiladi. Ayniqsa, uning "Me'rojnoma" asari xususida tahlillar beriladi. Shuningdek, o'zbek mumtoz adabiyotida keng targ'ib etilgan me'roj ta'rifiga ham baho beriladi.

Kalit so'zlar: Boborahim Mashrab, me'roj, "Me'rojnoma", talqin, tahlil, badiiy mahorat, an'ana

Me'roj tushunchasi o'bek mumtoz adabiyotida uning asosiy va bosh manbalari bo'lmish Qur'oni Karim va Hadisi Shariflar orqali o'tgan. Qur'oni Karimda me'roj hodisasiga maxsus o'rin ajratilmfgan bo'lsa-da, unga ishoratlar bor. Masalan "Al-Isro" surasining dastlabki oyatida aytiladiki, "(Olloh) bir kecha o'z bandasi (Muhammad)ni -unga oyat-mo'jizalarimizdan ko'rsatish uchun (Makkadagi) Masjid Al- Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjid Al- Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsonlardan) pok zotdir... ". Qur'oni Karimni o'zbek tiliga tarjima qilgan Alouddin Mansur yuqoridagi oyatni shunday sharhlaydi: "Bu - me'roj, Yani Olloh huzuriga ko'tarilish qissasi bo'lib, u paug'ambar alayhissalom Madinaga hijrat qilishlaridan bir yil ilgari voqe bo'lgandir. Rasululloh aytadilar: "Bir kecha Masjid Al-Haromda ekanman, banogoh huzurimga Jabrail Buroq ismli otni yetaklab keldi va meni o'sha otga mindiribsamoga olib chiqib ketdi. Bir zumda Quddus shahriga yetib keldik. Bu yerdagi Masjid Al- Aqsoga ikki rakat nafl namozini o'qigach, yana Buroqqa minib Jabrail bilan osmonga yo'l oldik.Yettinchi osmonga yetgach, Tangri taolo menga va mening ummatimga kunda besh vaqt namoz o'qishni farz qilib dedi: "Bu bir kecha kunduzda o'qiladigan besh vaqt namozning har biriga o'n namoz savobini hadya eturman... Shuningdek bandalarimdan kim bir yaxshilik qilishga azm etib, uni ado eta olmasa bir savob, ado eta olsa, o'n savob ato qilurman. Endi kimki biror yomon ishni -gunohni qasd qilsa-yu, uni amalgam oshirmasa, u kishiga gunoh yozilmas, agar o'sha yomon niyatini amalgam oshirsa, bir gunoh yozilur" . Parvardigorimdan ushbu vazifani olib zaminga tushdim va bir nafasda o'zimni Makkada ko'rdim" (Qur'oni Karim. O'zbekcha izohli tarjima. Toshkent.1992, 195-196-betlar).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Me'roj hodisasi hazrati payg'ambar payg'ambarligining o'n ikkinchi yili, rabiul avval oyida, yo hijratdan bir yilu besh oy oldin, shavvol yoki rajab oyining oxirlarida sodir bo'lgan.

Islom dini va tasavvufga bag'ishlangan ilmiy asarlarda me'roj voqeasi, sodir bo'lgan vaqti, me'rojning sababi va hikmati goho har xil talqin etilgan. Bir rivoyatga ko'ra, Hazrati Muhammad alayhissalom uyquda ekanlar, Jabrail zamzam suvi to'ldirilgan oltin kosa olib kelib, payg'ambarning ko'ksi va qornini ochib, qalbini shu suvda yuvgan hamda ichini ilohiy ziyo va iymon bilan to'ldirgan. Mazkur fikrlar ayrim adabiyotlarda hazrati payg'ambarning yoshligida sodir bo'lganligi ham aytib o'tiladi. Ta'kidlash joizki, Buroq haqida Qur'oni Karimda ma'lumot yo'q. Lekin bu otdan Ibrohim payg'ambar foydalanganligi diniy adabiyotlarda qayd qilingan. Mashhur turk shoiri Yunus Emroning ta'riflashicha, Buroqning "xil'ti nurdan, ko'zi gavhar va yuzi oq" Tasavvufiu adabiyotlarda Buroq tasavvufiy istiloh sifatida moddiy olamdan ma'no olamiga o'tishdagi bir vosita sifatida beriladi. Me'roj va unga bag'ishlangan asarlar Sharq adabiyotida ko'plab yaratildi. Jumladan, o'bek mumtoz adabiyotida ham Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab, So'fi Olloyor kabi shoirlar ijodida me'roj tasviriga bag'ishlangan asarlar uchraydi. Belgilangan mavzu doirasidan kelib chiqib, Boborahim Mashrabning "Me'rojnoma" asarini g'oyaviy-badiiy jihatdan tahlilga tortamiz.

Avvalo shuni qayd etish joizki, mumtoz adabiyotimizda yaratilgan har qanday asar an'anaviy kirish bilan boshlanadi. Xuddi shunday Boborahim Mashrabning "Me'rojnoma"si ham Ollohga hamd aytish bilan boshlanadi:

Shoir ushbu misralarda Haq taolloning to'qson to'qquz ismlaridan bo'lmish vohid va qahhor ismlarini tilga oladi. O'z hamdini davom ettirib, zullisonaynlik an'anasi asosida forsiy so'zlardan ham unumli foydalanadi:

Mazkur baytda qo'llanilgan "hajdahazor" va "arz" so'zlari forscha bo'lib, "o'n sakkiz ming" va "yer" ma'nolarini anglatadi. Mashrab Ollohning o'n sakkiz ming olam ichra tanho yaratuvchi Zotligi, bunga esa xaloyiq va yeru-samoning shohid ekanligini ta'kidlaydi.

Man ayladim zikr ila sano, hamdini bisyor,

bir yor Xudodur, Olam egasi bir oti ul vohidu qahhor,

Olamga panohdur.

Bu hajdahazor olama ul birligi tanho,

ul zoti huvaydo,

Birligiga shohid turur ul barcha xaloyiq,

ul arzu Samodur.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Ma'lumki, Haq taolloning to'qson to'qqiz ismi bilan birgalikda to'qson to'qqiz sifati borligiga ham urg'u berib o'tadi:

Ming bir otidur xalqi jahon ichida mavjud,

olam anga boqiy, Bilgil ki, yana to'qson to'qqiz birla sifoti,

ul birki Xudodur.

Mashrab Olloh hamdini davom ettirar ekan, Uning falakni ustunsiz, "shamsi qamarni" - quyosh va oyni muallaq, yerni "mutabbaq" - tabaqali yaratganligini ham ta'kidlab o'tadi:

Afloki sutunsiz yarotib qildi muallaq

ul shamsi qamarni, Ham yerni tanobsiz yarotib, etti mutabbaq,

subhonaka mo dur.

Xudoning "Qodiru hay" - har ishga qodir mangu barhayotligini, shuningdek, kofirlarni do'zaxga, mo'minlarni esa, bihishtga - jannatga talabgor sifatida yaratgankigini navbatdagi misralarida ifodalaydi:

Kofir yarotib qildiki do'zaxqa sazovor,

ul qodiru haydur, Mo'min yarotib qildi bihishtga talabgor, ming jon fidodur.

Shoir keyingi misrada talmeh (she'rda mashhur shaxs, bayt, maqol, payg'mbar nomlarini keltirish) vositasida Muso (a.s.) bilan bog'liq voqeaga ishora qiladi. Yaniki, Muso (a.s.) Ollohdan jamolini ko'rsatishni so'raydi. Haq taollo: "Meni hech ko'ra olmaysan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, meni ko'rasan", - deydi. Robbi toqqa tajalli qilganida, uni titilganholga aqlga sig'mas mo'jiza ro'y beradi. Shuningdek, hazrati Muso (a.s.) Haq taolo bilanto'g'ridan-to'g'ri gaplashgani uchun "Kalimulloh", "Alloh bilan gaplashgan" nomini olganlar. Mashrab mazkur fikrlarni she'rda quyidagicha keltiradi:

Musog'a Xudo Tur tog'ida qildi tajalli,

ul rohimi rahmon, Lutfini ko'rsatti yana nuri shu'oi,

bayzovu asodur.

Mashrab me'roj kechasida Muhammad (s.a.v.)ning Olloh tavhidi, yani yakka-yagonaligi zikrini hamda payg'ambarlarga na't ni bisyor aytganligiga urg'u beradi. Shuningdek, Hazrati rasulullohning izlari malaklar uchun ham to'tiyo bo'lganligini keyingi misralarda keltiradi:

Tavhidi Xudo, na'ti nabi aydi chu bisyor,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ul zoti sharafga, Bosqon izini ko'zlariga surdi malaklar,

ul to'tiyodir.

Ma'lumki, adabiyotimizda ayrim raqamlar sehrli, sirli raqamlar tarzida talqin qilinadi. Jumladan, to'qqiz raqami ham Sunday raqamlar sirasiga mansub sanaladi. To'qqiz raqamining o'tmishda mashhurligi Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" nomli asarida ham aks ettirilgan. Turkiy xalqlar orasida hurmat-ehtirom, tavoze' ko'rsatish maqsadida to'qqiz marta ta'zim qilish odatga aylanganligi Alisher Navoiy g'zallarida keltirilgan.Shuningdek, Navoiy she'riyatida "to'qqiz gunbad", "to'qqiz osmon", "to'qqiz falak" kabi birikmalar ham uchraydi. Hay'atshunos olimlarimiz ilmiy kuzatishlsr asosida osmonlar soni to'qqizta, degan xulosaga kelganlar:

1. Falakul-aflok - osmonlar osmoni

2. Burjlar osmoni

3. Zuhal osmoni

4. Mushtariy osmoni

5. Mirrix osmoni

6. Quyosh osmoni

7. Zuhra osmoni

8. Atorud osmoni

9. Oy osmoni

Osmonlarni Oy osmonidan boshlab sanash mashhur bo'lganligi bois "Osmonlar osmoni" to'qqizinchi osmon hisoblangan.

Mashrab ham ushbu "Me'rojnoma"da Rasulullohni me'roj kechasida to'qqiz falakdan o'tganligiga urg'u beradi. Shoir samoviy ilohiy kitoblar orasida ziyo taratib turuvchisi Furqon - Qur'on ekanligiga alohida to'xtalib, mazkur kitobning ham Muhammad (s.a.v.)gagina vahiy bo'lganligiga ham isora etadi:

Mashrab me'roj kechasida payg'ambarimizning Buroq oti bilan ko'tarilganliklari, hamda u kishiga "Jibrili amin" - Jabroilning jilovdorlik qilganligini ham keyingi satrlarda keltiradiki, bu bilan bog'liq fikrlar Ahmad yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy kabi so'fiy shoirlarning "Me'rojnoma"larida ham keltirilgan:

To'qqiz falak ustig'a qilib tavsani rohi,

lavloki shahanshoh, Tavrotu Zabur ichida maktubdur oti,

Furqoni ziyodur.

Me'roj kechasi yo'lda jilovdor kim erdi,

Jibrili amindur, Mindiki Buroq bo'ldi ravon suyi samog'a,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ul do'sti Xudodur.

Tasavvuf va tasavvuf adabiyotida jom, sharbat kabi istilohlar ramziy ma'noda qo'llaniladi. Mazkur asarda Pasulullohga me'roj kechasi hurlar tomonidan sharbat tutilganligi va ul hazratning sharbatni ichganligi, ammo yana tashna bo'lganligi, mazkur sharbat esa, "obi baqo" ekanligi ta'kidlangan:

Me'roj yo'lida tuti yana bir qadahi jom,

ul huri parizod, Sharbat olib ichdi, yana ul tashna bo'lubon,

ul obi baqodur.

Yuqorida sanab o'tganimizdek, falaklar,yani osmonlar soni to'qqizta deb qayd etilgan edi. Birinchi osmonda Nabiullohni Jabroil (a.s.) olib o'tgan bo'lsalar ikkinchi falakka yetganlarida Jabroil (a.s.)ga safarni davom ettirishga ruxsat yo'qligi, bu o'rinda esa Olloh marhamati bilan Mikoil (a.s.) Muhammad (s.a.v.)ga hamroh bo'lganliklari navbatdagi misrada keltiriladi:

Ikkinchi falakka yetibon ayladi Jibril, emdi manga yo'l yo'q. Keldi yana Mikoyilu ul oldi jilavni,

ul lutfi Xudodur.

Mazkur falakda ham hazrati rasulullohga masaffo jomda sharbat tutiladi, bu sharbat Haq sharbati bo'lib, u han "obi baqo"- tiriklik suvi ekanligi qayd etiladi. Ta'kidlash kerakki, bu ramziy ma'nodagi tiriklik suvi bo'lib, bu bilan Muhammad (s.a.v.)ning oxir zamon payg'ambari, qiyomatgacha davom etuvchi oxirgi payg'ambar ekanliklariga ham ishorat beriladi:.

Tutti yana bir jom mayu sofi musaffo, Haqdin sanga sharbat, Budur sanga Haq sharbati ey joni Muhammad, bu obi baqodur.

Uchinchi falakka yetib kelganda Mikoil (a.s.)ga ham ruxsat yo'qligi u kishining manzillari faqat ikkinchi falakka ekanligi aytiladi:

Uchunchi falakka yetibon qildi savole,

Mikoilu hayron, Emdi manga had yo'qdur ayo xojayi davron,

ul arshi a'lodur.

Hazrati Muhammad (s.a.v.) har bir falakka-osmonga yetganlarida ilohiy sharbat, ilohiy may tutilganki, bu orqali payg'ambarimizning har bir falakka yetganlarida mavqe'yu martabalari ko'tarilganligiga ishorat etilgan:

Tutti yana bir jomi qadah sharbati saqqo,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

bir g'oibi dasti, Oldi qo'lig'a boqti yana xojayi lavlok,

ichkilki davodur.

Keyingi bosqichda ulug' payg'ambarni Isrofil olib chiqadi va u ham bir jomda ilohiy muhabbat sharbati keltirishi navbatdagi baytda izohlangan:

Muhammad (s.a.v.) to'rtinchi falakka yetganlarida Iso (a.s.) bilan uchrashishlari "Me'rojnoma"ning navbatdagi baytida keltirilgan:

To'rtinchi falak ustida ham uchradi Iso, bo'ldi yana damsoz, O'pdi oyog'ini kelubon zavqi Muhammad, ul piri dyodur.

Payg'ambarlik Olloh tomonidan berilgan yuksak maqomdir. Haq taolo o'z bandalariga shafqatli va karami keng ulug' zotdir. U insoniyatni O'ziga ibodat qilish va shaytondan yiroq bo'lishi uchun payg'ambarlarni yubordi. Bu haqiqat Qur'oni Karimning "Nahl", "Baqara" suralarida yoritilgani kabi hatto "Anbiyo" surasini ham nozil etdi.

Ollohning mehri tushgan va umrini Olloh hidoyati yo'liga bag'ishlagan muborak zotlar - payg'ambarlardir. Shuning uchun ular insonlarni to'g'ri va haq yo'lga boshlovchi sarbonlar. Ma'lumki, tasavvuf ahli Olloh va uning payg'ambarlari muhabbatini qozonishga alohida e'tibor qaratgan. Rasuli akram Muhammad (s.a.v) oxirat zamon payg'ambari, ummatlarini o'z shafoatiga oluvchi mukarram zot. Haq taolo payg'ambarlarni, ayniqsa, Muhammad (s.a.v)ni har jihatdan yetuk, zohiriy va botiniy tomondan mukammal qilib yaratdi. Shu bois, hech bir payg'ambarga nasib etmagan Me'rojni ulug' Rasulullohga nasib etdi. Shuning uchun Ahmad Yassaviy o'zining "Me'rojnoma"sida "Mundoq maqom hech kimda yo'q..", deya ta'riflaydi. Boborahim Mashrab, So'fi Olloyor, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Alisher Navoiy kabi shoirlar ijodida maxsus "Me'rojnoma" asarlari yaratildi. Boborahim Mashrabning biz tahlilga tortgan "Me'rojnoma"si ana shunday asarlar sirasiga mansub. Shoir me'roj bilan bog'liq tafsilotlarni sodda, ravon, xalqona ifodalagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Amonova Z.Q. Mashrab g'azallarida Mansur Halloj siymosi. Eyx^Y hhmhh ax60p0TH0MacH 2019 h. 1-COH. 178-181-6.

Keldi yana Isrofilu ul oldi jilavni,

ming shod bo'lubon, Kelturdi yana jomi muhabbatnidilorom, bu obu fanodur.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

2. Amonova Z.Q. Nevai icadinda kita turunun onemi. Ilim ve marifet nurlari .prof. dr. Ibrahim Hakkul'a armagan kitabi Karabuk - 2020. 306-309-6.

3. Amonova Z.Q. Nasimi and lutfi. X Международной тюркологической конференции «Актуальные проблемы тюркологии: Россия и тюрко-мусульманский мир». Казан. 25 декабря 2020 г.

4. Машраб Боборахим. Мехрибоним кайдасан. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. - 415 б.

5. Машраб Боборахим. Девон. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. - 608 б.

6. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. - 2021. - Т. 2021. - №. 1. - С. 3-21.

7. Навоий асарлари лугати. Тузувчилар: П.Шамсиев ва С. Иброхимов. Тошкент: F. Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1973. - 784 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.