Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARINING SHAKLLANISHI XUSUSIDA'

SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARINING SHAKLLANISHI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponim / etnonim / gidronim / antroponim / ovul / qishloq va b. / toponym / ethnonym / hydronym / anthroponym / village / village / etc.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ermatov, Ixtiyor, Suyarova, Dilrabo

Mazkur maqolada oʻzbek tilshunosligi muammolariga, xususan, Sirdaryo viloyati toponimlarining yuzaga kelishida tabiiy sharoit va jamiyat hayotida roʻy bergan tarixiy, ijtimoiy – siyosiy voqealarning ahamiyatiga etibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE FORMATION OF NAMES OF SIRDARYA REGION

This article focuses on the problems of Uzbek linguistics, in particular, the importance of natural conditions and historical, social and political events in the life of society in the emergence of toponyms of the Syrdarya region.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARINING SHAKLLANISHI XUSUSIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARINING SHAKLLANISHI XUSUSIDA

Ixtiyor Ermatov

GulDU dotsenti, Dilrabo Suyarova,

GulDU magistiranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o Zbek tilshunosligi muammolariga, xususan, Sirdaryo viloyati toponimlarining yuzaga kelishida tabiiy sharoit va jamiyat hayotida ro 'y bergan tarixiy, ijtimoiy - siyosiy voqealarning ahamiyatiga etibor qaratilgan.

Kalit so izlar: toponim, etnonim, gidronim, antroponim, ovul, qishloq va b.

ABSTRACT

This article focuses on the problems of Uzbek linguistics, in particular, the importance of natural conditions and historical, social and political events in the life of society in the emergence of toponyms of the Syrdarya region.

Key words: toponym, ethnonym, hydronym, anthroponym, village, village, etc.

KIRISH

Toponimikada jamiyat hayotida ro'y bergan tarixiy, ijtimoiy - siyosiy voqealarning ahamiyati keng yoritilmagan va toponimikaga oid amaldagi ilmiy va leksikografik manbalarda qayd etilmagan. Tadqiqotning maqsadi toponimlarni tahlil qilish asosida toponimlarning yuzaga kelishida tabiiy sharoit va jamiyat hayotida ro'y bergan tarixiy, ijtimoiy - siyosiy voqealarning ahamiyatining o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.

Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, geografiya, etnografiya kabi ko'plab fanlarni o'rganishda toponimika muhim rol o'ynaydi. Fanda joy nomlari toponimlar deb atalasa, uni o'rganadigan fan toponimika deb yuritiladi. U fan sifatida birmuncha yosh bo'lsa ham, toponimlar bilan qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Tadqiqotning obyekti sifatida Sirdaryo viloyati toponimlari olingan. Tadqiqotni tasniflashda, toponimistlar taxliliga tayangan holda ish ko'rildi. Shuningdek ba'zi toponimlar ilk bor bu hudud toponimlari misolida tahlilga tortildi. Shuningdek tadqiqot obyektini o'zbek milliy ensiklopediyasi hamda tarixiy, ijtimoiy - siyosiy izohli lug'atlaridagi joy nomlari tashkil etadi.

Professor X.Hasanov [5] toponimlarni dunyoga kelishiga qarab, shartli ravishda turlarga ajratishda har bir nomni birinchi navbatda til qoidalari nuqtayi nazaridan va shakllanish bosqichlariga ko'ra tahlil qilish o'rinli bo'lur edi, - degan fikrni bayon qilgan. Toponimlar haqida B.Karmisheva [1], E.Murzayevning "Toponimikadan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ocherklar" [2], T.Nafasovning "O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati" [3], S.Qorayevning "Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?" [4], X.Hasanovning "Geografik nomlar siri" [5] asarlarida atroflicha ma'lumotlar berilgan. Geografik nuqtayi nazardan eng mukammal bo'lgan bu klassifikatsiya asos sifatida qabul qilinib, tadqiqotning maqsadi va yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, mintaqa toponimiyasining quyidagi semantik klassifikatsiyasi taklif etildi:

1) Oronimlar - relyef shakllari va elementlari: tepalik, plato, do'nglik, vodiy, dara, jarlik, pastlik, pasttekislik, qumliklar va boshqalarning nomlari;

2) Gidronimlar - barcha suv obyektlarining nomlari: ko'l, daryo, soy, jilg'a, buloq, suv ombori, kanal, quduq va boshqalarning nomlari;

3) Oykonimlar - barcha aholi punktlari: shahar, shaharcha, qishloq, ovul, mahalla nomlari.

Taklif qilinayotgan geografik nomlar klassifikatsiyasining kamchilik tomonlari ham bor. Masalan, ko'pchilik hollarda daryo va soy, hovuz, quduq nomlari hech qanday o'zgarishsiz aholi punkti nomiga o'tishi mumkin. Bo'zsuv, Bo'zariq, Mirzaariq, O'g'uzariq, Baxmalsoy, Beshbuloq, Laylakko'l, Qorako'l, Gulbuloq, Sho 'rbuloqsoy, Achchiqquduq yoki aksincha, oronimlar asosida qishloq nomi paydo bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Masalan, Darvozaqir, Do 'ngariq, Taltepa, Xovostepa, Munchoqtepa, Oqtepa [6] kabilar bunga misol bo'la oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Viloyat tabiatining xususiyatlari, jamiyat hayotida asrlar davomida ro'y bergan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy hodisa-voqealar, aholining kasb-hunar nomlari, aholi punktiga asos solgan kishilarning ismi, laqablari, urug'-qabila nomlari va boshqalar oykonimlarda o'z aksini topgan. Shuning uchun ham shahar - qishloqlarning tarkib topishi, joylashishi, atalish qonuniyatlarini konkret tabiiy-tarixiy va siyosiy sharoit bilan uzviy bog'liq holda o'rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Yuqoridagilarni inobatga olib, oykonimlarni ikki guruhga bo'lishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

a) tabiiy yoki tabiiy - geografik oykonimlar;

b) ijtimoiy - iqtisodiy geografik oykonimlar.

Aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligini inobatga olib, ularning nomlarini tabiiy yoki ijtimoiy-iqtisodiy oykonimlarga bo'lishni shartli deb hisoblash mumkin. Tabiiy geografik oykonimiya deganda, kelib chiqishi suv obyektlariga, joyning geomorfologik shakllariga, o'simlik-hayvon nomlariga va boshqa tabiiy geografik sharoitlariga qarab nomlangan aholi punktlari nomlari tushuniladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ularni gidrooykonimlar, orooykonimlar, fitooykonimlar, zooykonimlar kabilarga bo'lish mumkin. Kishilaming xo'jalik faoliyati bilan bog'liq ijtimoiy - iqtisodiy oykonimlar deganda aholining o'zi va uning xo'jalik hamda ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan aholi punktlarining nomlari nazarda tutilgan. Ularni antropooykonimlar, etnooykonimlar, xo'jalikfaoliyatini aks ettiradigan oykonimlar, neooykonimlar kabi turlarga bo'lish mumkin. Geografik nomlarni klassifikatsiyalash hududiy toponimik tadqiqotlarda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, chunki har qanday ilmiy tadqiqotda to'plangan ma'lumotlar ma'lum darajada sistemaga solishni talab qiladi.

Viloyat geografik obyektlarining nomlanishiga asoslangan klassifikatsiyasi ilk bor amalga oshirildi va u kelajakda yanada takomillashtirishni talab etishi aniq. Shubhasiz, har qanday toponimlar klassifikatsiyasida, avvalambor, dialektik qonuniyat - shakl va mazmun yaxlitligi hisobga olinishi va shakldan mazmunga qarab borilishi maqsadga muvofiq. Mutaxassislarning e'tirof etishicha, joy nomlarining aksariyat ko'pchiligi geografik terminlar asosida paydo bo'lgan, chunki xalq biron tabiiy hodisani ular yordamida ifoda etadi va binobarin, joy nomlari tarkibida geografik terminlar ko'p uchraydi. Ularni yig'ish va tartibga solish ancha mashaqqatli ish, lekin toponimlarni o'rganmaslik mumkin emas. Ma'lumotlarga boy bo'lgan mahalliy toponimlar ko'p asrlar davomida mutaxassislar diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. Ularning paydo bo'lishida xalqning xo'jalik faoliyati, tarixi, moddiy madaniyatining xususiyatlari hamda joyning tabiiy muhiti va geografik sharoiti alohida ahamiyatga ega.

Joy nomlarining etimologiyasini aniqlashda toponimlar bilimdon qo'lida bebaho xazinadir, shu sababdan mutaxassislarning fikricha, har qanday toponimik tadqiqot eng avvalo geografik terminlarni o'rganishdan boshlanishi kerak. Toponimlarning tarqalishida ham hududiylik xos.

Masalan, viloyatning tog'oldi hududidagi aholi punktlari nomlari tarkibida tepa, do'ng, qir; tekislik qismida esa qo'riq, qum, to'qay, bo'z, cho'l kabi geografik terminlar ko'proq uchraydi. Shu narsa e'tiborga molikki, bu terminlar qadimgi yozma yodgorliklarda ham mavjud va o'tmishda ularning areali ancha keng bo'lganligidan dalolat beradi. Ba'zi hollarda qo'shimcha so'zlarsiz ham mahalliy geografik terminlar aholi punktlari nomiga aylangan. Masalan, Mirzacho'l hududida qo 'riq, qum, to 'qay, bo 'z, cho 'l kabi mahalliy geografik terminlar aholi punktlari nomlari shaklida ham uchraydi. Sirdaryo viloyat aholi punktlari nomlarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu - oykonimlar tarkibida aholining o'tmishdagi etnik tarkibi, ya'ni qaysi qabila, urug', tup, qavmga mansubligining ko'p aks etganligidir. Masalan, Sirdaryo viloyatidagi ko'plab aholi punktlarining nomini etnooykonimlar tashkil etadi,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ularning soni o'tmishda bundan ham ko'p bo'lgan. Masalan, Boyovyt, Qarapchi, Achamayli, Juvonsiyroq, Nayman, Olmachi, Qipchoq, Uyuvli va boshqalar [6].

Etnotoponimlarning aksariyat qismi oykonimlar, ular mintaqa aholisining tarixiy shakllanishi, taraqqiyoti, xalqlarning qadimiy munosabatini ko'rsatuvchi muhim manba hisoblanadi. To'plangan etnotoponimlar tahlili hudud miqyosida ularning areali turlicha ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi davrda bu borada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilib, geografik obyektlarga nom berilayotganda ularning ijtimoiy hodisa ekanligi, jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liqligi hamda mintaqa toponimiyasi tarkibida uyg'unlik hosil qilib, singib ketishini unutmaslik darkor. Albatta, viloyatning har bir tumanidagi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o'zgartirish komissiyasi a'zolari geografik obyektlarga nom berishda hududning mahalliy xususiyatlari borligini inobatga olmog'i lozim.

Nom tanlashda hududning tabiiy sharoiti, iqtisodiyoti, mahalliy geografik terminlari, aholining tili va shevalari, tarixi, etnografiyasi kabi omillarni inobatga olgan holda, toponimlarning ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini, ularning insonlarda faxr va g'urur hissini uyg'otib, vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishiga xizmat qilishi lozimligini ham doimo nazarda tutish kerak. Xususan, bu boradagi muammolarga oydinlik kiritish uchun aholi punktlarining atalish qonuniyatlarini aniq ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy va siyosiy hamda toponimlar asosini tashkil etadigan mahalliy toponimlar bilan birga o'rganish maqsadga muvofiqdir. Etnonimlarni, urug'-qabila nomlarini ilmiy jihatdan chuqur o'rganishda tarixiy va lisoniy ma'lumotlardan keng foydalanib, ularning etimologiyasi va hududiy tarqalish areallarini, shakllanishida ta'sir ko'rsatgan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillarni ilmiy asosda tadqiq qilish zarur. Ma'lumki, har qanday mustaqil davlat o'z hududidagi toponimlarga befarq bo'lolmaydi. Chunki, nomda davr madaniyati, zamon ma'naviyati va mafkurasi, nomlovchilarning dunyoqarashi aks etgan bo'ladi.

Guliston shahri. Har bir shaharning o'ziga xos tarixi, kiyofasi va qismati bor. Yer yuzidagi ko'plab shaharlar nomi dunyoda ma'lum va mashhur, ba'zilarini ko'pchilik bilmasligi mumkin. Shy jihatdan shaharlar odamga o'xshaydi, dunyoga keladi, mashhurlik cho'qqisiga chiqadi, vaqti kelib yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, har qanday shaharning shon-shuhrati, birinchi iavbatda uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi. Guliston -Sirdaryo viloyatining mamuriy markazi, shahar. Gul va forscha - iston (egallovchi ma'nosini bildiruvchi qo'shimcha). Yashnagan, obod yer, bog'-bo'stonlar makoni bo'lgan o'lka. Sirdaryo viloyatida Guliston tumani, Guliston shahri, Sayxunobod tumanidagi mahalla nomi - Guliston nomi bilan yuritiladi. Guliston - Sirdaryo

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

viloyati tarkibidagi shahar (1961-yildan) va tuman nomi. 1963-yili Sirdaryo viloyati tashkil qilingandan so'ng, Guliston shahri viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylandi. Mirzacho'lning janubi-sharqida, Do'stlik kanali sohilida joylashgan. 1895-yilda yangi qurilgan Samarqand - Toshkent temir yo'li yoqasida, hozirgi Guliston shahri o'rnida dastlabki uylar qad ko'targan. Keyinchalik hozirgi shahar o'rnida Duxovskiy va Spasskiy nomli ikkita qishloq paydo bo'lgan. Bu ikkita qishloqning birlashishi natijasida vujudga kelgan shahar Mirzacho'l deb atalgan. 1961-yili shaharga ma'muriy-rasmiy tarzda Guliston nomi berilgan [6]. Mirzacho'l o'zlashtirilishi bilan asrlar davomida qaqrab yotgan cho'l bog'-rog' va ekinzorlarga aylantirildi. Gul so'zi joy nomlari tarkibida ko'p uchraydi va toponimlar yasashda ancha faol qo'shimcha hisoblanadi. Cho'l, dasht yoki umuman o'zlashtirilmagan joyda tashkil qilingan obod, yashnagan, bog'-rog'lari ko'p joy - Guliston.

O'tgan asrda bu nom yangidan o'zlashtirilgan joylarda tashkil etilgan aholi punktlariga ko'p marotaba berildi. Hozirda Guliston, Bo'ston kabi nomlarni viloyatning barcha hududlarida uchratish mumkin. Joyning obodlik belgisi bo'lgan guliston so'zi geografik obyektlarni nomlash qonuniyatlari talabiga to'la javob berganligi sababli atoqli otga aylangan. XX asrning 60 yillari Sirdaryo viloyati hududida kanallar, zovurlar qazilib, cho'l o'zlashtirildi, ekin maydonlariga aylantirildi. Viloyatning tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurildi, paxtazor, bog' va tokzorlar barpo qilindi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, nom davr, zamon, ijtimoiy ehtiyoj mahsuli. Nom paydo bo'lgan davr tarixini yaxshi bilmasdan, uning zamiridagi ma'noni anglash qiyin. Buning uchun kamida nomlashga asos bo'lgan ijtimoiy, madaniy, lisoniy omillarni aniqlab olish zarur. Joy nomlangan paytlarda uning ma'nosi va nomlanish sabablari shu nomni qo'ygan aholiga aniq ma'lum bo'lgan. Nom tanlashda hududning tabiiy sharoiti, iqtisodiyoti, mahalliy geografik terminlari, aholining tili va shevalari, tarixi, etnografiyasi kabi omillarni inobatga olinadi. Etnotoponimlar mintaqa aholisining tarixiy shakllanishi, taraqqiyoti, xalqlarning qadimiy munosabatini ko'rsatuvchi muhim manba hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Кармышева Б. Х. О некоторых древних тюркских племенах в составе узбеков. - М.: Наука, 1960.

2. Мурзаев Э. М. Очерки топонимики. - М.: Мысль, 1974.

3. Нафасов Т. Узбекистан топонимларининг изошли лугати. - Т.: Укдтувчи, 1988.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

4. Sabirmatov, A. A., & Tursumetov, A. A. (2021, May). METHOD FOR PHOTODYNAMIC SANITATION OF THE ABDOMINAL CAVITY USING THE" METHYLENE BLUE" PHOTOSENSITIZER FOR DISTRIBUTED PERITONITIS. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 43-44).

5. Abdumannobovich, X. M. (2023). TRANSFORMATION OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN SOUTHERN SURKHANDARYA UZBEK DIALECTS. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(05), 168-173.

6. KppaeB c. Teorpa^HK HOMnap MatHOCHHH 6nnacH3MH? - T., 1970.

7. X,acaHOB X. Teorpa^HK HOMnap cnpn. - T.: Y36eKHCTOH, 1985.

8. Ermatov I. Sirdaryo viloyati toponimlarining izohli lug'ati. - Toshkent: "BOOKMANY PRINT", 2024. - 92-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.