Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI TOPONIMLARI'

TOSHKENT VILOYATI TOPONIMLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
476
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BEKOBOD / BO’KA / BO’STONLIQ / ZANGI-OTA / OQQO’RG’ON / OHANGARON / PARKENT / PISKENT / TOSHKENT / CHINOZ / YUQORI CHIRCHIQ / YANGIYO’L / O’RTA CHIRCHIQ / QIBRAY / QUYI CHIRCHIQ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyorov L., Sadatov Z.

Toshkent viloyati joy nomlarining kelib chiqishi so'g'd, turkiy, tojik tillariga borib taqaladi. Ammo ruslar tomonidan ularning yozish va aytilishi oson bo'lishi uchun mahalliy xalqlar tomonidan joy nomlarining taallafuz qiladigan so'zlaridan farq qilgan. Toshkent viloyatining joy nomlari vaqt o'tishi bilan turli xalqlar orasida kuchsiz ba'zan esa kuchli o'zgarishlarga uchraganini ko'rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NAMES OF TASHKENT REGION

The origin of the place names of the Tashkent region goes back to the Sogdian, Turkic, and Tajik languages. But the Russians differed from the local people's pronunciation of place names to make them easier to write and pronounce. It can be seen that the names of the places of Tashkent region underwent weak and sometimes strong changes among different peoples over time.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI TOPONIMLARI»

Xudoyorov L. Shahrisabz davlat Pedagogika instituti geografiya fani o'qituvchisi Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi

Sadatov Z.

2-kurs talabasi

TOSHKENT VILOYATI TOPONIMLARI

Annatatsiya. Toshkent viloyati joy nomlarining kelib chiqishi so'g'd, turkiy, tojik tillariga borib taqaladi. Ammo ruslar tomonidan ularningyozish va aytilishi oson bo'lishi uchun mahalliy xalqlar tomonidan joy nomlarining taallafuz qiladigan so'zlaridan farq qilgan. Toshkent viloyatining joy nomlari vaqt o'tishi bilan turli xalqlar orasida kuchsiz ba'zan esa kuchli o'zgarishlarga uchraganini ko'rish mumkin.

Kalit so'zlar: Bekobod, Bo'ka, Bo'stonliq, Zangi-ota, Oqqo'rg'on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo'l, O'rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq.

Khudoyorov L. geography teacher Shahrisabz State Pedagogical Institute

Sadatov Z.

2nd year student

The direction of the basics of geography and economic knowledge NAMES OF TASHKENT REGION

Annotation. The origin of the place names of the Tashkent region goes back to the Sogdian, Turkic, and Tajik languages. But the Russians differed from the local people's pronunciation of place names to make them easier to write and pronounce. It can be seen that the names of the places of Tashkent region underwent weak and sometimes strong changes among different peoples over time.

Keywords: Bekobod, Boka, Bostonliq, Zangi-ota, Aqkurgan, Ohangaron, Parkent, Piskent, Tashkent, Chinoz, Upper Chirchik, Yangiyol, Middle Chirchik, Qibray, Lower Rotten.

Toshkent viloyati O'zbekiston respublikaning shimoli-sharqida joylashgan. Shimoldan va shimoli-g'arbdan Qozog'iston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirg'iziston respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubdan Tojikiston respublikasi, janubi-g'arbdan Sirdaryo viloyati bilan che garadosh. Tarkibida 15 tuman (Bekobod, Bo'ka, Bo'stonliq, Zangi-ota, Oqqo'rg'on, Ohangaron,

Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo'l, O'rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 15 ta shahar va 20 ta shaharcha bor. Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida vo haning tekislik va tog'li yerlarida yashagan o'troq aholi ko'chmanchi va yarim o'troq chorvador qabilalar bilan yonma -yon va aralash yashagan. Tub aholisi asosan o'zbeklar bo'l ib, shuningdek, qozoqlar, quramalar, tojiklar va qirg'izlar ham ko'pchilikni tashkil etadi.

Toshkent deganda qadimdan katta shahargina emas, balki shu nomdagi tarixiy-madaniy mintaqa ham tushunilgan. Shu bilan birga shahar hamda uning tevarak-atrofi tarix davomida turlicha nomlar bilan atalgan. Toshkent vohasining eng qadimiy nomi Choch (Chochiston) ilk bor 262 yilda Eron podshosi Shopur I ning «Zardushtiy Ka'basi» toshida qayd qilingan. Ayni vaqtda Toshkent vohasini o'rab turgan tog'lar ham Choch deb atalgan (Choch arab manbalarda Shosh shaklini olgan). Shahar va mintaqaning Toshkand deb atala boshlaganiga 10 asrdan oshdi.

Choch milodning dastlabki asrlarida Qang' (Qanguy) davlati tarkibiga kirgan, bir necha asr davomida esa haytallar (eftalitlar) davlati tarkibida bo'lgan. VI-asr oxirlarida Turk xoqonligi haytallarni tor-mor qilib, Movarounnahr qatorida Chochni ham o'z tasarrufiga oladi.

Xilma-xil xalqlar yashagan uzoq o'tmishli o'lkaning toponimlari lisoniy va xronologik jihatdan turlicha bo'lishi tabiiy. O'lkada eroniy, so'g'diy nomlar eng qadimiy sanaladi. Hozirgi Toshkent shahri va viloyati toponimlarining aksari qismi turkiy (o'zbekcha) nomlardir.

Mintaqadagi turkiy toponimlarning bir qismi bundan 10 asr oldingi yozma manbalarda tilga olingan: Toshkand, Obliq (Abrlig'), Iloq (Ayloq), Itlox, Jadg'ol (Chatqol), Sobliq (Soyliq), Jabg'ukat (Jabg'ukas), Xotunkat (Xotunkas) va boshqalar shular jumlasidandir.

Toshkent viloyati toponimiyasining xarakterli xususiyati shundaki, bu mintaqada etnotoponimlar anchagina uchraydi. Bu mintaqada yashagan etnik guruhlarning aksariyati vaqt o'tishi bilan turg'unlashib, etnik nomlarini unutganlar, lekin ularning nomlari joy nomlari etnotoponimlar shaklida bizgacha saqlanib qolgan. Viloyat hududida o'zbeklardan tashqari qozoq, tojik, qirg'izlar zich yashashgani uchun shu tillardagi toponimlar ham uchraydi.

Oykonimlari. Shahar-qishloq nomlari oykonimlar toponimiyaning axborotga boy, mafkuraga qarab eng ko'p o'zgaradigan toifasidir. Toshkent vohasi va Ohangaron vodiysi (Iloq) qadimiy madaniyat va iqtisodiyot markazi, ko'hna shaharlar o'lkasi bo'lgan. Joy nomlari tarixini o'rganishda yozma yodgorliklar qimmatli manba sanaladi.

Miloddan avvalgi qadimgi sharq manbalarida ta'kidlanishicha Toshkent vohasi Yuni deb atalgan va Qang'uy davlati tarkibiga kirgan. Vohaning markazi ham Yuni shahri deb nomlangan.

Toshkent vohasi Xitoy manbalarida Shi - «tosh» deb, arab manbalarida Shosh deb transkripsiya qilingan. Bu o'lka haqidagi ma'lumotlarni ayniqsa

arab geograflari asarlarida ko'p uchratish mumkin. Masalan, Abu Is'hoq al -Istaxriyning «Kitob masalik al-momolik» asarida (X asr) Choch (Shosh) viloyatidagi 27 ta shahar va qishloq tilga olingan (shundan 14 tasi kat qo'shimchali nomlar). Ohangaron vodiysida qayd qilingan 14 ta shahar-qishloqning 7 tasi kat qo'shimchali nomlardir.

«Hudud ul-olam» asarida (XI asr) bu mintaqada o'ttizdan ortiq toponim qayd qilingan: jumladan, Chadg'al (Chotqol), Iloq (Ohangaron vodiysi), Xashart (Sirdaryo), Navkas, Navkat (To'ytepa yaqinida bo'lgan), Ko'hisim, Dahkas, Dahkat, Abrlig' (Oblig'), Samisirak (Bo'ka), Kalashijak (Sijjak), Xambarak (Xumson), Ardlonkas-Ar-dlonkat (Burchmulla), Satbag'vo (Bog'iston), Naxnax (Nanay), Gazak (G'azalkent), Farnkas (Parkent), Jabg'ukas (Jabg'ukat), Tunkat, Choch, Nujkas, Nujkat (Xonobod), Xotunkas-Xotunkat, Jinjijkat (Chinoz), Shuturkas, Shuturkat va boshqalar.

Shuni aytish kerakki, kat unsuri asli sug'dcha bo'lib, dastlab kas shaklida talaffuz qilingan va bora-bora arabcha te (t), ba'zan dol (d) harfi bilan yoziladigan bo'lgan.

Toshkent viloyati hududida kat qo'shimchali ayrim shahar va qishloqlar nomini keltramiz. Ardiankat, Banokat (Banunkat), Birtkat (asli Toshkent), Biskat (keyinchalik Piskent), Danfag'ankat, Dahkat, Jabg'ukat, Jinajkat (Chinoz), Zaltikan, Zarankat (Zarkent), Nujkat, Nukat, Tunkat, Unjakat, Farnkat (Parkent), Xarashkat, Xotunkat, Xazarkat (G'azalkent).

Shunisi qiziqki, eski qo'lyozma manbalarda aksari kat, ket shaklida yozib kelingan nomlar sho'rolar hokimiyatining dastlabki yillarida kent shaklida yoziladigan bo'ldi: Zarkent, Parkent, Piskent, G'azalkent kabi. Temuriylar davri yozma manbalarida O'zbekiston toponimiyasi maxsus yoritilmagan bo'lsa ham Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Hofizi Abruning «Geografiya» va «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlai sa'dayn» kabi asarlarida talaygina joy nomlari tilga olingan. Ularda qayd etilgan Toshkent viloyatidagi toponimlardan quyidagilarni aytib o'tish mumkin: Toshkand, Sayxun suvi, Ohangaron, Oqqo'rg'on, Toshkent cho'li, Shohruhiya, Chinoz mavzesi, Farkat (Parkent), Xumrak mavzesi (Ohangaron daryosining etagida bo'lgan), Porsin kechigi (Sirdaryodagi Kechik, Ohangaron daryosi quyilishi yaqinida bo'lgan), Chanoqbuloq mavzesi.

Hofiz Tanish ibn Muhammad Buxoriyning (XVI asr) «Abdullanoma» asarida Toshkent shahrining Ko'kcha, Farkat, Shibli, Samarqand, Turkiston, Registon nomli darvozalari nomi, Piskat, Sayxun (Sirdaryo), Farak (Chirchiq), Choch, Shohruhiya, Qaraqamish kabi toponimlar uchraydi. Sirdaryoning irmog'i haqida: «Chirchiq nomi bilan mashhur Chir daryosi» deydi. Bundan ko'rinadiki, Toshkent hududida turkiy nomlar ham qadimdan uchray boshlaydi, chunonchi, sof turkiy nom bo'lgan Toshkent so'zining tarixiy manbalarda qayd qilina boshlaganiga ming yildan oshdi. O'rta asrlarda Toshkent yaqinida Xotunkat va Jabg'ukat nomli shaharchalar bo'lgan. Bular ham turkiy nomlardir. Sharqiy Turk xoqonligida jabg'u degan unvon bo'lgan. Xotun so'zi arabcha bo'lsa ham bu so'z

turklarga «xonning rafiqasi» yoki «xon ayol» ma'nosida ilk o'rta asrdardayoq o'tgan. Bo'stonliq tumanida Soyliq degan qishloq bor. Bu nom X-XI asrlarda ijod qilgan arab geograflarining asarlaridayoq uchraydi. Bir qancha manbalarda, jumladan, buyuk Firdavsiyning «Shohnoma»sida Chirchiq daryosi Cbi-turk, ya'ni «turklar daryosi» nomi bilan tilga olingan. Bundan tashqari, Changaron vodiysi qadimda Iloq yoki Ayloq deb atallar edi. Arab yozuvida bu so'zlar bir xil yoziladi. Biz ayloq degani to'g'iy deb hisoblaymiz. Chunki ba'zi bir manbalarda alif ustiga qo'shimcha belgi qo'yilib yozilgan, shunda Ayloq deb o'qiladi, ayloq «yayloq», ya'ni «yozgi yaylov» degani.

Shuningdek, bu vodiyda Imloq, Cbliq ba'zi bir manbalarda Aparliq yoki Arpaliq) kabi turkiy nomlar bundan 1000-1100 yil oldingi manbalarda ham qayd qilingan. Bularning hammasi Chirchiq-Changaron vodiysida qadimdan turkiy qabilalar yashaganini ko'rsatadi. Shuni aytish kerakki, O'zbekiston hududida bo'lgan va ko'p asrlardan buyon mahalliy aholi talaffuziga moslashgan barcha nomlar kelib chiqishidan qat'iy nazar o'zbek toponimlari hisoblanadi. Chunonchi, etimologiyasi qorong'ilashgan Samarqand, Buxoro, Chorsu kabi toponimlar o'zbek tili leksikasidan o'rin olgan va bu toponimlardan ko'plab hosila so'zlar yasalgan, masalan, hatto rus tilida «Buxarskaya storona» (Buxoro tomon) degan tushuncha bo'lgan. Bunda Ural (qadimgi Yoyiq) daryosining chap qirg'og'idan berigi tomondagi yerlar (Qozog'iston va o'rta Osiyo) tushunilgan.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Qorayev S. Toponimika. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti T.: 2006

2. Qorayev S. Toponimika va atamashunoslik. Ma'ruza matnlari. T.: 2000

3. Do'simov Z. Egamov X. Joy nomlarining izohli lug'ati "O'qituvchi" T.: 1977

4. Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug'atit turk. "Fan" T.: 1967

5. Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati. "O'qituvchi" T.: 1988

6. Do'simov Z. Joy nomlarining izohli lug'ati. "O'qituvchi" T.: 1977

7. Termin tanlsh mezonlari. <<Fan>> T.: 1996

8. Hasanov H. Geografik nomlar imlosi. <<Fan>> T.: 1962

9. Hasanov H. Geografik terminlar lug'ati. <<Fan>> T.: 1964

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.