Egamqulov H.E.
Guliston Davlat Universiteti Tayanch doktoranti Qodirov Sh.Sh.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti
1-bosqich magistranti
JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada geografik nomlar, ularning turlari, joy nomlarini qayta ko'rib chiqishga oid O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim toponimlari keltirilgan
Kalit so'zlar: Geografik obyektlar, joy nomlari, toponimika, Dizak, Gidronimlar, Jizzax, Sirdaryo, Boyovut, Mirishkor, Nayman, Puchugoy, Uvoq, Tojikovul, Turkovul.
Egamkulov H.E. Foundation PhD student Gulistan State University Kadirov Sh.Sh.
1st stage graduate student National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
NAMES OF JIZZAKH AND SIRDARYA REGIONS
Annotation: This article presents the Law of the Republic of Uzbekistan on the revision of geographical names, their types, place names, some toponyms of Jizzakh and Syrdarya regions.
Key words: Geographical objects, place names, toponymy, Dizak, Hydronyms, Jizzakh, Sirdaryo, Boyovut, Mirishkor, Naiman, Puchugoy, Uvoq, Tajikovul, Turkovul.
Bugungi kunda geografik nomlar, ularning mazmun mohiyatini o'rganis h davlat darajasigacha ko'tarilgan. Bu nomlar qayta ko'rib chiqilmoqda. Jumladan geografik obyektlarning nomlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 12.10.2011 yildagi 0'RQ-303-sonli. Bu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma'qullangan. Ushbu qonun 24 ta moddadan iborat hisoblanadi[1].
Geografik obyektlar — Yerning hozirda yoki o'tmishda mavjud bo'lgan hamda muayyan o'rnashgan joyi bilan tavsiflanadigan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun'iy bo'lgan yaxlit va nisbatan barqaror hosilalari. Ular jumlasiga: ma'muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar); aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar,
shohko'chalar, ko'chalar, maydonlar, bog'lar, xiyobonlar); transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari (temir yo'l stansiyalari, avtostansiyalar, metropoliten stansiyalari, vokzallar, aeroportlar, portlar, pristanlar, ko'priklar, razyezdlar, yo'llar, kanallar, suv omborlari, to'g'onlar, dambalar); tabiiy obyektlar (daryolar, ko'llar, muzliklar, tekisliklar, tog'lar, tog' tizmalari, g'orlar, cho'llar, vodiylar, daralar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, yonbag'irlar, foydali qazilmalar konlari) va boshqa shu kabi ob yektlar kiradi.
Umuman olganda bir joyni ikkinchisidan, bir jilg'ani boshqa bir jilg'adan, bir ko'chani boshqa bir ko'chadan, tog' adirlarni, shahar va qishloqlarni bir-birlaridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o'ylab chiqgan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni geografiyani oraliq fanlar tarmog'i toponimika fan o'rganadi[2]
Respublikamizning barcha hududlarida toponimlar turli darajada o'rganilgan va o'rganib kelinmoqda. Jumladan biz Jizzax va Sirdaryo viloyati toponimlariga biroz to'xtalib o'tamiz.
Jizzax - O'rta Osiyodagi qadimiy shaharlardan biri. Shahar Sangzor daryosi bo'yida joylashgan. Jizzax shahri VII asrdan buyon ma'lum, arablar kelmasdan oldin o'z ahamiyati jixatidan Ustrushonaning eng yirik shaharlarid an biri bo'lgan. Yunon solnomachilari Kiropol va Gazo shaharlarini alohida tilga olishgan. Arxeolog olimlar Gazo shahri Samarqand va Toshkent oraligida joylashganligini ta'kidlashgan. Olimlar Gazoni qadimiy Jizzax deb taxmin qiladilar.
Jizzax kichik qal'a sifatida bir necha qadimiy karvon yo'lining tutashgan joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishicha, Jizzax voxasidagi ilk qadimiy shahar, xozirgi Jizzax shahrining sharqiy qismida joylashgan Kaliyatepa o'rnida miloddan avvalgi III-II asrlarda shakllangan.
Jizzax yozma manbalarda ilk bor islom dunyosi geograf olimlari va sayyoxlaridan Muqaddasiy, Yoqut Xamaviy asarlarida Ustrushonaning Faqnon viloyatidagi shahar deb tilga olingan. Shahar IX-X asrlarda Somoniylar, XI-XIII asrlarda Qoraxoniylar, XIV-XV asrlarda Temuriylar davlati, keyinchalik Buxoro amirligi tarkibiga kiritilgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. Amir Temur va Temuriylar davrida Jizzax yana xam obodonlashib, savdo - sotiq va strategik ahamiyatni kasb eta boshlagan.
Zaxiriddin Muxammad Bobur «Boburnoma» sida Jizzaxni «Dizak» deb ta'riflab, shahar to'g'risida shunday yozgan: «Semiz etlar va mayda yetmaklar arzon, chuchuk qovunlar va yaxshi uzumlar farovon». Jizzax oykonimining kelib chiqishi to'g'risida turli fikr va muloxazalar mavjud. Masalan, H.Xasanov yozishicha, Jizzax qadimda Dizak deb atalgan. Ma'nosi -diz - qadimgi sug'd tilida «qal'a, istexkom, qo'rg'on», -ak esa kichkina, ya'ni kichraytirish affiksi, bizdagi -cha qo'shimchasiga tog'ri keladi. Dizak - «qal'acha» degan ma'noni beradi. Dizak so'zini Jizzax shakliga o'zgarishini S.Qorayev «z, d, j-tovushlarining o'zaro almashishi va munosabati toponimiyada katta ahamiyatga
ega[3]. Suyun Qorayev Dizak nomining Jizzax shaklini olishi ham shu qonuniyat maxsulidir», degan xulosaga kelgan.
Sirdaryo viloyati toponimiyasi tarkibida Mirzacho'lni o'zlashtirish bilan bog'lik va bunyodkor halqimizni qo'lga kiritgan zafarlarini aks etgan nomlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun, S.Qorayevning yozishicha, Oqoltin, Paxtazor, Paxtaobod, Paxtachi, Paxtadala kabi sun'iy nomlar "bayraq" qilib olingan. Mirzacho'lni o'zlashtirish natijasida paydo bo'lgan geografik obyektlarning nomiga qarab, mahalliy aholini qayerdan ko'chib kelganlarini aniq bilsa bo'ladi. Ular qatoriga Farg'ona, Andijon, Samarqand, Nurota, Zomin, Forish, Baxmal kabi nomlarni kiritish mumkin.
Viloyat xududida kam bo'lsa xam tarixiy toponimlar uchraydi. Ularning asosiy qismi mintaqaning janubi-g'arbiy tog'oldi hududida joylashgan. Bunday nomlarga Xovos, Boyovut, Sardoba, Sho'razak kabi nomlar misol buladi. Ular orasida Xovos nomi o'zining qadimiyligi va jumboqligi bilan alohida ajralib turadi.
Orta Osiyodagi eng kuchli shamollardan biri Xovos shamoli nomi bilan yuritiladi. Xovos qadimiy shahar, u dastlab X asr arab geograf va sayyoxlari Istaxriy, Ibn Xavkal, Muqaddasiy asarlarida tilga olingan. Xozirgi Xovos shahri 1899 yili chor Rossiyasi tomonidan Ursatevskaya temir yul stantsiyasi sifatida barpo etilgan. Tuman 1955 yildan - 1966 yilgacha Boyovut, 1966 yildan - 1975 yilgacha Yangiyer tumani nomi bilan yuritilgan. Tuman xududi asosan, viloyatning janubiy qismida joylashgan, relyefi notekis. Mutaxassislar tomonidan Xovos nomi turlicha talqin qilingan, ammo ular ishonarli emas va qo'shimcha etimologik tadkikotlar talab kiladi.
E'tibor berib qarasangiz, joy nomlari asrlar osha yashab, ko'p hollarda o'tmish "guvoxlari" sifatida tarixiy voqea-hodisa haqida "hikoya qilib beradi" Sunggi vaktlarda, Xovos so'zining etimologiyasi haqida quyidagi talqin ilmiy manbalardan aniqlandi. Boburiylar hukmronligi davrida Hindistonda yashab ijod qilgan forsiyzabon shoir va olim Sirojiddin Alixon Orzuning (1689 - Agra, 1756 - Dexli) "Charogi xidoyat" lug'atida maxalliy forsiy tilli halq xavos - so'zini avom, xizmatkor ma'nosida qo'llashini ta'kidlagan.
Viloyat oykonimlari arasida kam bo'lsa ham ayrim etnooykonimlar uchraydi. Boyovut, Mirishkor, Nayman, Puchugoy, Uvoq, Tojikovul, Turkovul kabi aholi punktlari nomlari etnooykonimlarga misol buladi. Tuman nomi bulgan Boyovut viloyat hududidagi kam sonli etnonimlardan biridir. Boyovut tumani viloyatning sharqiy qismida, Mirzacho'lning janubida jo ylashgan.
Rashiddinning yozishicha, qadimgi vaqtda boyovut ancha katta qabilalardan biri bo'lgan va bir necha tarmoqqa bo'lingan. XIII-XIV asrlarda boyovutlarning katta bir qismi o'zbek, turkman xalqlari tarkibiga kirib, ular bilan aralashib ketgan. Ayrim qo'lyozma manbalarda boyovut qadimiy 92 bovli o'zbek urug'larining biri sifatida ko'rsatilgan.
Hozirgi Sirdaryo nomi qachon paydo bo'lganligi haqida Suyun Qorayev shunday yozgan: "Rim tarixchisi Pliniy (milodiy I asr) daryoni skiflar (saklar)
Silis deydilar. Ba'zi olimlar Silis - Sir so'zining o'zginasi deb biladilar. Demak, Sirdaryo qadim zamondayoq o'rta va yuqori oqimida Yaksart, quyi oqimida Silis (Sir) deb atalgan".
Ta'kidlash joizki, sir - "rang, bo'yoq", "sariq daryo", "serob daryo", "sirt daryo" degan ma'noni bildiradi degan xulosani noto'g'ri ekanligini X Xasanov alohida ta'kidlagan. Shu bilan birga, S.Qoraeyvning "bu azim daryo shu atroflarda yashagan sar (silis - sir) qabilasi nomi bilan atalgan deyish ancha haqiqatga yaqin", degan fikriga ham qushilib bo'lmaydi. Demak, daryo nomi qanday ma'noga ega degan savol hozirgacha javobsiz qolmoqda.
Ma'lumki, O'rta Osiyo sharoitida azaldan inson suv manbalarga yaqin joyni o'ziga yashash makoni sifatida tanlagan. Chunki suv obyektlari inson hayotida qadim zamonlardan buyon katta ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyat kasb etgan. Binobarin, suv obyektlarini bildiruvchi nomlar sekin - asta ular yashagan joylarni, maskanlarni ham ifoda etgan. Gidronimlarning boshqa geografik obyektlarga nom bo'lib o'tishi xodisasi bor hayotiy voqelik sanaladi[3].
Har qanday halq o'zi yashab turgan joyi, o'zining kelib chiqish tarixini bilish o'zligini anglashga, buyuk davlatchiligini tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. LexUZ on-line sayti
2. S.Qorayev. Toponimika O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent-2006. 5-b.
3. Hakimov Q.M., Mirakmalov M.T. Toponimika darslik Toshkent-2020. 279-b