Научная статья на тему 'G‘IJDUVON TOPONIMIYASI'

G‘IJDUVON TOPONIMIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
565
144
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponimiya / tarix / geografiya / filologiya / etnografika.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qilichev Bayramali Ergashevich, Haydarova Azima Anvar Qizi

Hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi har qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, xilma-xil tarixiy sharoitlar va tillar takomilining mahsuli hisoblanadi. Ushbu maqolada toponimlarning xalq qadriyati ekanligi, toponimiya fanining vazifalari o’rganildi. Shu bilan birga ko’hna va qadim tarixga ega bo’lgan G’ijduvon tumanining toponomiyasi tarixi, diqqatga sazovor ziyoratgohlarining toponomiyasi o’rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘IJDUVON TOPONIMIYASI»

G'IJDUVON TOPONIMIYASI

Qilichev Bayramali Ergashevich

Buxoro davlat universiteti tilshunosligi va jurnalistika kafedra o'qituvchisi,

filologiya fanlar dotsenti Haydarova Azima Anvar qizi Buxoro davlat universiteti o'zbek tilshunosligi va jurnalistika

kafedrasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7622396

Annotatsiya. Hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o'rtasidagi har qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, xilma-xil tarixiy sharoitlar va tillar takomilining mahsuli hisoblanadi. Ushbu maqolada toponimlarning xalq qadriyati ekanligi, toponimiya fanining vazifalari o'rganildi. Shu bilan birga ko'hna va qadim tarixga ega bo'lgan G'ijduvon tumanining toponomiyasi tarixi, diqqatga sazovor ziyoratgohlarining toponomiyasi o'rganildi.

Kalit so'zlar: toponimiya, tarix, geografiya, filologiya, etnografika.

TOPONYMY OF G'IJDUVAN

Kilichev Bayramali Ergashevich

Bukhara State University department of linguistics and journalism teacher, associate

professor of philology Haydarova Azima Anvar qizi Bukhara State University Uzbek linguistics and journalism graduate student of the

department

Annotation. Today's society, modern civilization, any connections between peoples and countries cannot be imagined without geographical names. Place names have deep scientific, political, practical and educational significance and are the product of various historical conditions and language development. In this article, the fact that toponyms are a national value, the tasks of the science of toponymy were studied. At the same time, the history of the toponomy of the Gijduvan district, which has an ancient and ancient history, and the toponomy of its notable shrines were studied.

Key words: toponymy, history, geography, philology, ethnography.

ТОПОНИМИЯ ГИЖДУВАНА

Киличев Байрамали Эргашевич

Бухарский государственный университет преподаватель кафедры языкознания и журналистики, доцент филологических наук Хайдарова Азима Анвар кизи аспирант кафедры узбекского языкознания и журналистики Бухарского государственного университета

Аннотация: Современное общество, современная цивилизация, любые связи между народами и странами невозможно представить без географических названий. Топонимика имеет глубокое научное, политическое, практическое и воспитательное значение и является продуктом различных исторических условий и языкового развития. В данной статье изучено то, что топонимы являются общенациональной ценностью, задачи науки о топонимии. При этом была изучена история топономии Гиждуванского района, имеющего древнюю и древнюю историю, и топономия его примечательных святынь.

Ключевые слова: топонимия, история, география, филология, этнография.

Toponimika geografik atoqli nomlarni, ularning paydo bo'lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o'zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o'rganadigan bo'limdir. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui -toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so'zlar singari til qonuniyatlariga bo'ysunadi, lekin o'zining paydo bo'lishi va ba'zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma'naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo'lib, ma'lum darajada boshqa guruh so'zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo'lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko'proq saqlangan bo'ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti, aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg'uloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. Binobarin. har bir hudud, mintaqaning mavjud toponimik majmuasi, joy nomlari turli nuqtai-nazardan tahlil qilinishi kerak:

1) nomning geografik alomatlari: tog', daryo, dasht, cho'l, shahar,qishloq va hokazo;

2) paydo bo'lish vaqti va unga turtki bo'lgan sabablar;

85

3) qaysi tilga aloqadorligi va uning lisoniy xususiyatlari;

4) mazmuni va etimologiyasi;

5) nomning tuzilishi til qonuniyatlari va imlo qoidalariga to'g'ri kelishi;

6) nomning yaratilgan tilida va boshqa tillarda ilmiy jihatdan to'g'ri yozilishi;

7) nomning tarqalish hududi, areali, migratsiya yo'llari33.

Shu masalaga e'tibor qaratgan belorus toponimika maktabining asoschisi V.A.Juchkevich shunday yozgan edi: "toponimik muammolarni tor mutaxassislik doirasida hal qilish, ishga zarar keltiradi va uning amaliy ahamiyatini pasaytiradi".34 Bundan xulosa shuki, har qanday toponimik tadqiqotlar aniq joy bilan bog'langan holda amalga oshirilsa,shunda o'rganilayotgan hudud toponimiyasining o'ziga xos shakllanish xususiyatlari kompleks tarzda tadqiq qilinadi. O'zbek tadqiqotshunos olimi H.Hasanov ta'biri bilan aytganda. nomlarning o'z tarixi, xalq, qabila, tabiat, xo'jalik, hodisa va kashfiyotga mansubligi bor. Agar nomlar tarixi tilga kirsa, tog'lar va suvlarning xosiyati, o'simlik va hayvonot turlari, savdo-sotiq, kasb-hunar. xazinalar, janglar, e'tiqodlarimizning hammasi avon bo'ladi".35

Demak, toponimlar kishilik jamiyati rivojlanishining muhim elementlardan biri, tabiat, tarix, hayot va insoniyat ko'zgusi hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o'rtasidagi har qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Madaniyat va ilm-fanning rivojlanishi, tobora avj olayotgan xalqaro aloqalar geografik nomlarni borgan sari ko'proq qo'llashni taqozo qilmoqda. Toponimiya azal-azaldan geograflar, geografiya fani shug'ullanib kelgan. So'ngra bu soha bilan tarixshunoslar, arxeologlar qiziqib, tarixiy nomlarning ma'nosi, tarkibi, qaysi tilga mansubligi kabi masalalarni tadqiq qilishdi. Eng so'nggida toponimiya tilshunoslikning tadqiq obyektiga aylandi. Toponimikaning geografiya, tarix va filologiya fanlari manfaatlari tutashgan joyda paydo bo'lganligi, uning majmuaviy fan ekanligini quyidagi chizmada ham ko'rish mumkin. To'g'ri uzoq vaqtlar toponimikani geografik fan, geografiya ilmiga xos ilmiy yo'nalish degan qarash hukmron mavqeda bo'lgan. Bu albatta, o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog'liq. Joy nomi yer sharining ma'lum nuqtasida joylashgan geografik obyektning maxsus yorlig'idir. Filolog nomshunos olim T.Nafasov, "geografiya toponimikaning debochasi va doyasi degan xulosani bayon qilgan" 36 H.Hasanov ham bu masalada o'z munosabatini bildirib:

"Toponimika aslida geografiyaning bir tarmog'i bo'lib, tilshunoslik faniga ham, tarix faniga ham uzviy bog'langan. Toponimikani tilshunoslik yoki tarix fanining bir

33 Hakimov Q. Toponomika.-T.: 0'qituvchi,2016. 8-bet

34 Mirakmalov M.T., Hakimov Q.M., Toponimika(Darslik).-T.:Tafakkur avlodi,2020.

35 Mirakmalov M.T., Hakimov Q.M., Toponimika(Darslik).-T.:Tafakkur avlodi,2020

36 Hakimov Q. Toponomika.-T.: 0'qituvchi,2016. 8-bet

86

tarmog'i desak xato bo'lmaydi. Har bir fan sohibi toponimik tatqiqotlarda o'z mutaxassisligini ustun qo'yadi", 37deb yozgan.

Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois tarix uchun juda katta ahamiyatga ega. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi toponimlar ham juda qadimiy nomlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning kelib chiqishi hamon uzil-kesil hal bo'lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yozuv paydo bo'lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo'q bo'lib ketgan, tili unutilgan bo'lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari saqlanib qolaveradi. O'simlik yoki hayvon yo'q bo'lib ketgan bo'lsa ham, nom yashayveradi.

Buxoro Sharqning mashhur qadimiy vohalaridan biri. Buxoro viloyati toponimiyasi o'zining qadimiyligi bilan alohida ajralib turadi. Arxeologik manbalarda milloddan avvalgi V l-V asrlarda hozirgi Buxoro shahri o'rnida uchta manzilgoh bo'lganligi qayd qilingan. Ulardan biri - Firobdiz. ikkinchisi - Navmichkat, uchinchisi - Buxoro deb atalgan. Keyinchalik aholi manzilgohlari birlashib, yagona Buxoro nomi bilan yuritilgan. Viloyatda etimologiyasi hozirgacha aniq bo'lmagan yoki qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladigan qadimiy nomlar ko'p topiladi. Ularga Varaxsha, Afshona. Narshax, Torob. G'ijduvon kabi nomlar misol bo'ladi.38

Biz o'rganayotgan "G'ijduvon" toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan "Kish tuvon" (tojikcha "kish" - "ekin ekuvchi", "tuvon" - "manzil" ), ya'ni ekin ekiladigan dehqonlar manzili yoki "G'ujudehqon" - "ko'p qishloqlardan tashkil topgan joy" degan ma'nolar bilan

37 Hakimov Q. Toponomika.-T.: 0'qituvchi,2016. 8-bet

38 Qorayev S. Toponimika. O'zbekiston faylasufi milliy jamiyat nashriyoti.:T.-2006

~ 87 ~

izohlaydilar. G'ijduvon qishloq sifatida X asrdan boshlab tilga olinadi. Viloyatning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan. G'ijduvon tumani — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan.39 Shimoli sharq va janubi sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmana, janubdan Vobkent, g'arbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming km. Tumanda 1 ta G'ijduvon shahri, 1ta Zafarobod shaharchasi va 11 ta mahalla mavjud bo'lgan.40 Ular quyidagilar:41

Buxoro okrugida 1928-yildan boshlab 3 ta shahar - eski Buxoro, Yangi Buxoro va G'ijduvon shaharlari bo'lgan. 1965 yilda G'ijduvon shahri posyolkaga aylantirilgan. 1982-yilda unga yana oblastga bo'ysunuvchi shahar maqomi berilgan. 1999-yil boshlarida G'ijduvon shahri yana tuman hokimligiga bo'ysundirildi.1920-yilgacha 22 ta beklik bo'lib, G'ijduvon shahar va qishloqlari Buxoro bekligi tasarrufida bo'lgan. Haqiqatdan ham 4000 yoshdan oshgan G'ijduvonning 1920-1924 yilgacha bo'lgan

39 Wikiped.internet tarmog'i

40 Mirakmalov M.T., Hakimov Q.M., Toponimika(Darslik).-T.:Tafakkur avlodi,2020

41 41 Mirakmalov M.T., Hakimov Q.M., Toponimika(Darslik).-T.:Tafakkur avlodi,2020

yilnomasi quyidagichadir. Buxora xalq Sovet respublikasi paytida G'ijduvon qo^g'oni shahar maqomida bo'lgan.O'sha yillaг qo^g'on shahaгda 50 dan ziyod nonvoyxona, 38 ta qassobxona, 24 ta juvoz va uning mahsulotlarini sotadigan yog' do'konlari, 10 ta poyafzal ta'miriash, 10 dan oгtiq chilangarlik, temirchilik, misgarlik ,degrezlik, pozagaгlik, za^rii^ qandolatpazlik ustaxonalaгi, 300 ta to'quvchilik dastgohlari, telpakdo'zlik, mahsido'zlik, etikdo'zlik ustaxonalari, chaгm pishiгish-tayyorlash, g'isht pishiгish taimoqlari, yuzlab savdo do'konlaгi — bazzozlik , attorlik, qandolatfuгusЫik va boshqa^ bo'lgan. G'ijduvon ijгoiya komiteti ixtiyoridagi 11 ta mahallaga Kimson va Qalandarxona, Pozagari qisЫoqlaгi ham qo'shib berilgan. O'shanda shahaгda 2000 xonadon, 15 ta masjid, 55 ta xususiy maktab, 1 ta oliy ta'lim beradigan xususiy taTmoq, 300 ta savdo do'koni, 500 ta savdogar va 10 ta pul maydalash ham qare berish nuqtasi bo'lgan.

1982-yilda G'ijduvon posyolkasiga yana shahar maqomi beгilib, u viloyat deputatlar kengashi tasan-ufiga o'tkazildi. Shu yillari shahar qurilish, obodonlashtirish fondi hisobidan o'nlab ko'p qavatli, bñ qavatli tuгar joylaг, maktablaг, sog'liqni saqlash muassasalari quгildi. 60 km uzunlikdagi yo'llaг asfaltlashtiгildi. G'ijduvonda namunali kolxoz bozori qurilishi boshlandi.

1991-yil sentyabгida Mustaqillikka eгishganimizdan so'ng G'ijduvon tumani yanada kengayib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shaharga Samarqand-Buxoro magistral suv quvuridan shirin suv keltirildi. 15 ta mahalla f^aro^ yig'ilishi shahar hokimligi tasairufida faoliyat yuritdi. Ular A.G'ijduvoniy, A.Navoiy, Choreu, Oxunboboyev, M.Bobuг, G'alaba, Nodiгabegim, Sha^, A.Ikromov, A^ahho^ Guliston, F.Yunusov, F.Xo'jayev, Ulug'bek, Qassobon mahallalaгidiг. 1999-yilda G'ijduvon shahri yana tuman hokimligi ixtiyoriga o'tkazildi. Ko'pgina mustaqil idoгalaг biriashtirildi. Shahaгdagi 15 ta mahalladan Ulug'bek va Qassobon mahallalari qisqartirildi.

G'ijduvon tumani uzoq davгlaгdan buyon o'zining hunamandchilik maгkazlaгi va xalq-amaliy san'ati buyumlari bilan mashhrn\ Bu yeгga eng zo^ keгamika, oltindan tikilgan kashtalar va ipak gilamlar sotib olish maqsadida Osiyo va Yevropadan savdogarlar kelishgan. Hozirgi kunga qadar ham tumanda hunarmandchilik markazlari gullab yashnaydi, u yeгda mohiг ustalaг o'zlarining noyob buyumlaгini namoyish qilishadi. G'ijduvon tumaniga sayohat qilaг ekansiz, qadimiy urf-odatla! va an'analaг bilan tanishishingiz, esdalik sovg'alari, keгamika, kiyim, ipak hamda jo'n buyumlari, qo'g'irchoq, gulla! kompozitsiyasi, shirinliklar tayyorlashning ajoyib texnologiyasiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Ishlab chiqarish jaгayonining o'zi qadimiyligi, o'ziga xosligi bilan e'tiboringizni toгtadi. Axiг odatda, hunamandchilik avloddan-avlodga o'tib kelgan va yuz yillar davomida asrab-avaylab kelingan-da.

Buxoro - Naqshbandiylik tariqatining yetti nafaг buyuk so'fiylaгi yurti. Bu maskanda tasavvufning buyuk vakillari istiqomat qilishgan, Buxoroyi Sharifning

89

shakllanishi, gullab-yashnashi, ma'naviy-ma'rifiy hayoti, emotsional ruhini ko'tarishda diniy va ijtimoiy ishlarni olib borishgan. Bu yerda musulmonlarning muqaddas qadamjolari, tasavvuf oqimining a'zolari dafn etilgan joylar saqlanib qolgan.

Buxoroga tashrif buyurgan ziyoratchilarning ko'pchilik qismi birinchi navbatda Naqshbandiylik ta'limotiga asos solgan diniy rahnamo Xo'ja Abdul-Xoliq G'ijduvoniy maqbarasiga tashrif buyurishdan boshlashadi. Abdul-Xoliq G'ijduvoniyni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning diniy bo'g'inining o'ninchi avlodi bilan bog'liq. O'nta ustunli maqbara ayvoni ham qayd etilgan sulolani eslatib turadi. Xo'ja Abdul-Xoliq G'ijduvoniy davrida maqbarada chillaxona mavjud bo'lib, qirq yozning qirq kunlik jazirama issig'ida bu yerda ibodat qilishgan. Ibodat uchun muqaddas joy keyinchalik qadrli ibodat maskaniga aylanadi.42

Yaqin o'tmishga qadar ziyoratgoh tashlandiq holga kelgan edi. Maqbara o'zining hozirgi namunali ko'rinishiga ega bo'lguniga qadar qancha mashaqqatlarni boshdan kechirishga to'g'ri keldi. Hozirgi kunda Abdul Xoliq G'ijduvoniyning maqbarasi qadimiy Sharqning bir qismi sifatida yer va samoni bog'lab turuvchi aloqa hisoblanadi. G'ijduvoniy maqbarasi toponimiyasi ham Xo'ja Abdul-Xoliq G'ijduvoniy nomi bilan bog'liqdir. U hozirda turistik zonalardan biri. "Yetti pir" ziyoratgohining birinchi qadamjosi hisoblanadi.

XV asrga kelib Naqshbandiya ta'limoti eng keng tarqalgan diniy birdamlik ta'limoti bo'ldi. Bu ishda Xo'ja Muhammad Porsoning xizmatlari katta bo'lgan. Bahovuddin Naqshbandning vafotidan so'ng uning ishini Xo'ja Muhammad Porso davom ettiradi. Naqshbandiya ta'limotining kengayishi va tashkiliy tuzilmasining mustahkamlanishida muhim ishlaf qiladi, ta'limotning olamshumul yutuqqa erishoshida hal qiliuvchi qadamlarni bosdi. Muhammad Porso o'zidan insonni ma'naviy tarbiyalashning asosiy tamoyillarini qamrab olgan qimmatbaho qo'lyozmalar qoldirdi, asarlarida insonlarni halollikka ijtimoiy-foydali mehnatga da'vat etgan. Muhammad Porso ta'limotni mo'g'ullar davrigacha bo'lgan buyuk tasaffuf shayxlarining asarlari bilan boyitdi. Ungacha bunday ishni izdoshlaridan hech kim amalga oshira olmagan edi. Xo'ja Muhammad Porso buyuk olim va alloma, ko'plab ilmiy hamda diniy asarlar muallifi. Hozirgi kunda butun dunyoda, jumladan, Toshkent, Buxoro va mamlakatimizning boshqa shaharlarida uning asarlari saqlanmoqda. U tasavvuf atamalati, so'zlari, iboralariga sharh beruvchi 10 jildlik sharhlarni yozib qoldirgan bo'lib, ularning 7 tasi hozirda ma'lum. Uning asarlari at-tasavvuf tarixi va masalalariga, ilmiy talqin qilishga, tariqatning o'ziga xos xususiyatlari (dunyoni ilohiy anglash usuli)ga bag'ishlanadi.

Xo'ja Porsoning tashabbusi bilan masjid, madrasa, uning onasi va yaqinlari dafn etilgan maqbaradan iborat uning nomidagi me'morchilik majmuasi qad ko'tardi.

42 Ziyonet.uz-G'ijduvonning diqqatga sazovor joylari

90

Bundan tashqari u Buxoroda bozor, hammom, kutubxona ham qurdirgan bo'lib, inshootlar uning nomi bilan yuritilgan va aholining huгmatiga sazovor bo'lgan. "Xo'ja Porso" ziyoratgining toponimiyasi ham Xo'ja Porso nomidan kelib chiqqan.43

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, toponimlar o'zida milliy tilimizga xos bo'lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlarni ko'proq saqlangan bo'ladi. Biz o'rgangan G'ijduvon toponimiyasi ham kelib chiqish tarixi, mahalla nomlari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Toponimik tatqiqodlar natijasida ularning ma'nolari o'rganilyapti. Bu uzoq tarixdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, "Tarixsiz-kelajak yo'q".

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hakimov Q. Toponomika.-T.: 0'qituvchi,2016. S-bet

2. Mirakmalov M.T., Hakimov Q.M., Toponimika (Darslik).-T.:Tafakkur avlodi,2020

3. Qorayev S. Toponimika. O'zbekiston faylasufi milliy jamiyat nashriyoti.:T.-

2006

4. Wikiped.internet tarmog'i

5. Ziyonet.uz-G'ijduvonning diqqatga sazovor joylari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.