Научная статья на тему 'ONOMASTIK SATHDA GIDRONIMLARNING O'RNI'

ONOMASTIK SATHDA GIDRONIMLARNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1987
209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Onomastika / nomshunoslik / toponim / gidronimika / gidronim / okeonim / palegonim / limnonim / patamonim / gelonim / onomastik sath. / Onomastics / nomenclature / toponym / hydronymics / hydronym / oceanonym / palegonim / limnonym / patamonim / gelonim / onomastic level.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mamataliyeva Ra’No Rahmatovna

Onomastika nomshunoslik haqidagi fan, Toponimlar joy nomlarini o’rganadi, gidronimlar toponimikaning asosiy qismini tashkil etadi, gidronimlar onomastik sathda alohida o’ringa ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF HYDRONYMS IN THE ONOMASTIC LEVEL

The science of onomastics, the study of place names, hydronyms are the main part of toponymy, hydronyms have a special place at the onomastic level.

Текст научной работы на тему «ONOMASTIK SATHDA GIDRONIMLARNING O'RNI»

ONOMASTIK SATHDA GIDRONIMLARNING O'RNI Mamataliyeva Ra'no Rahmatovna

TerDU Lingvistika: o'zbek tili mutaxasisligi 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6634284 Annotatsiya. Onomastika nomshunoslik haqidagi fan, Toponimlar joy nomlarini o'rganadi, gidronimlar toponimikaning asosiy qismini tashkil etadi, gidronimlar onomastik sathda alohida o'ringa ega.

Kalit so'zlar: Onomastika, nomshunoslik, toponim, gidronimika, gidronim, okeonim, palegonim, limnonim, patamonim, gelonim, onomastik sath.

РОЛЬ ГИДРОНИМИИ НА ОНОМАСТИЧЕСКОМ УРОВНЕ Аннотация. Наука ономастика, изучение топонимии, гидронимы составляют основную часть топонимии, особое место на ономастическом уровне занимают гидронимы.

Ключевые слова: ономастика, номенклатура, топоним, гидронимика, гидроним, океаноним, палегоним, лимноним, патамоним, гелоним, ономастический уровень. THE ROLE OF HYDRONYMS IN THE ONOMASTIC LEVEL Abstracr. The science of onomastics, the study of place names, hydronyms are the main part of toponymy, hydronyms have a special place at the onomastic level.

Keywords: Onomastics, nomenclature, toponym, hydronymics, hydronym, oceanonym, palegonim, limnonym, patamonim, gelonim, onomastic level.

KIRISH

Tilshunoslik keng qamrovli soha hisoblanadi. Onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo bo'lishi va o'zgarish tarixini o'rganuvchi bo'limi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yig'indisidir.

Onomastika - yunoncha "onomastike" so'zidan olingan olingan bo'lib, nomlash, "nom qo'yish san'ati" degan ma'nolarni anglatadi. Onomastikaning maqsadi mavjud onomastik tizimlarni aniqlash, ularni tadqiq qilishdir.

Onomastika sohasi o'tgan asrning 60-70-yillarida eksperemantal fonetika, fonologiya, frazeologiya, stilistika, sotsiolingvistika sohalari qatorida vujudga kelgan va tez orada tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. Qator ilmiy risolalar, monografiyalar, izohli lug'atlar, dissertatsiyalar bu soha rivojini ta'minladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Onomastika tilshunoslikda bir qancha sohalar tadqiqi bilan shug'ullanadi. Jumladan, antroponimika - onomastika ya'ni nomshunoslikning kishi ismlarini o'rganadigan bo'limi, toponimika - nomshunoslikning joy nomlarini o'rganadigan sohasi, teonimiya - turli diniy tasavvurlar bo'yicha xudolar, ma'budlar , diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlari, zoonomiya, havonlarga qo'yiladigan atoqli nomlar, laqablar nomlari, kosmonimiya - fazoviy bo'shliq hududlari, mifonimlar - xayoliy to'qima obyektlarning nomlarini bildiradi. Onomastikaning yuqoridagi sohalari ichida toponimlar alohida ahamiyatga ega.

Joy nomlari qadimiy va uzoq davrlarning mahsuli bo'lib, hudud tarixi, geografiyasi, tabiati va boshqa jihatlari haqida ma'lumot beruvchi lisoniy darakchilardir.

Shu bois toponimlarni tarix, etnografiya, geografiya, arxeologiya, geologiya kabi o'nlab fanlar o'z predmeti nuqtai nazaridan o'rganadi. Toponimika shu bois tilshunoslikni yuqorida keltirilgan fanlar bilan tutashtiruvchi, bog'lovchi rishta , o'z navbatida ular uchun muhim dalillar , ma'lumotlar beruvchi nazariy va amaliy soha hamdir.[1]

TADQIQOT NATIJALARI

E.Begmatov shunday ta'kidlaydiki, joy nomlari ( toponimlar ) yuzasidan tilshunoslar, tarixchilar, geograflar, etnograflar, folklorshunoslar hozirgacha bir qancha tadqiqotlar olib borishgan bo'lsada, mazkur tushuncha doirasi belgilangan emas. Ko'p hollarda joy nomlari - toponimlar deyilganda viloyat, tuman, shahar, qishloq, mahalla, ko'cha, maydon nomlarigina tushiniladi.Aslida toponimlar mundarijasi ancha keng va serqirradir. [2]

Joy nomlari - toponimiya doirasida suv ob'ekti va inshootlarining nomlari ham kiradi. Suv ob'ekti va inshootlarining nomlarini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan o'rganuvchi soha gidronimika deb ataladi. Gidronimika termini tarkiban grekcha hydro -suv, onoma - nom va - ika - oid kabi ma'noli qismlaridan iborat bo'lib, "suv ob'ektlarining nomlariga oid" degan lug'aviy ma'noga ega. Gidronimika toponimikaning bir bo'limi sifatida o'zining o'rganish ob'ekti va predmetiga ega. Gidronimika tilshunoslikning nazariy va amaliy xarakterga ega bo'lgan sohalaridan biri hisoblanadi.[3]

Suv ob'ektlarining nomlari gidronimlar, ularning majmuyi gidronimiya deb yuritiladi. Toponimikaga oid ilmiy manbalarda manbalarda gidronimlar sirasi turlicha qayd etiladi. S.Qorayev gidronimiya doirasiga daryolar , ko'llar , dengizlar , soylar , jilg'alar , kanallar , qo'ltiqlar , bo'g'ozlar , sharsharalarning atoqli nomlarini kiritgan.[4]

N. Oxunov esa gidronimlarni "Suv ob'ektlarining , ya'ni dengiz, daryo, ko'l , soy, ariq, buloq, quduq singarilarning atoqli otlaridir" deb izohlaydi.[5]

MUHOKAMA

N.B.Begaliyev gidronimlarni tabiiy yoki sun'iy bo'lgan har qanday suv ob'ektining atoqli otidir, deb ta'riflaydi va o'zbek tilida suv ob'ektlari va inshootlarini ifodalovchi qirqdan ortiq so'zlarni keltiradi. Ularga ariq , band // to'g'on , botqoq , buloq // chashma , daryo , dengiz , yop, jilg'a , zovur , zaxkash , irmoq , kanal , kechuv , kollektor // tashlama, koriz, ko'l, ko'prik, muzlik, nasos stansiyasi, nov // akveduk, oydin, olish, orol, parom, sardoba // qoq, selxona, soy, solma, soqa, suvayirg'ich, suvlot, suv ombori, sharshara, sharshara, quduq, hovuz va boshqalarni kiritadi. ( Uluqov, O'zbek tili gidronimlarining ...2010, 9). Shunday ekan, gidronimlar su'iy va tabiiy, katta yoki kichik suv ob'ektlari, suv inshootlarining atoqli otlaridir.

Gidronimlar tilshunoslikda qanday suv ob'ekti nomini anglatishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1.Okeonim ( yunoncha okeanos + onoma) okean va uning qismlarining atoqli nomlari. Masalan, Tinch okeani, Dunyo okeani.

2.Palegonim (grekcha palegos - dengiz + onoma - nom ) - dengiz va uning qismlari nomi. Dengiz va uning qismlari atoqli nomlari majmuyi palegonimiya deyiladi. Masalan, Qora dengiz.

3.Limnonim - ko'l nomlari. Masalan, Chuqur ko'l, Oydinko'l . Ko'l nomlari majmuyini limnonimiya ataymiz.

4. Potamonim - daryolarning nomlari. Masalan, Norin daryo, Qoradaryo. Daryolar nomi majmuyi potamoniya deyiladi.

5. Gelonim - botqoq va botqoqliklarning atoqli nomlari. O'zbekiston hududida botqoqliklar qisman Amudaryo, Sirdaryo daryolari vodiylarida uchraydi. Ularga maxsus nom qo'yilmagan.

XULOSA

Toponimshunoslar gidronimlarni eng qadimiy nomlar deb baholaydilar. S.Qorayev Amudaryo va Sirdaryoning qadimiy nomlari har qanday osori atiqalar nomi bilan bellasha oladi, deya ta'kidlaydi.[6]Yuqoridagilardan a'yonlashadiki, nomshunoslikda ya'ni onomastik sathda gidronimlar alohida o'ringa ega. Toponimlarning eng asosiy va salmoqli qismini gidronimlar tashkil etadi. Haqiqatan ham barcha xalqlar , jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ham daryolar, buloqlar eng muhim hayot manbai vazifasini bajargan. Shuning uchun ham gidronimlar xalqlarning ijtimoiy - siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, boshqa toponim turlarining hosil bo'lishi va nomlanishiga asos bo'lgan.

Keltirilgan dalillardan a'yonlashadiki, gidronimlar nafaqat toponimlarning tarkibiy qismi sifatida, balki onomastik sathda ham o'z o'rniga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.Uluqov. O'zbek tili gidronimlarining tarixiy - lisoniy tadqiqi. Toshkent, Fan. 2008.

2. Begmatov E.A. Joy nomlari - ma'naviyat ko'zgusi. Toshkent. Ma'naviyat. 1998.

3. N. Uluqov. O'zbek tili gidronimlarining tarixiy - lisoniy tadqiqi. Toshkent,Fan.2008

4. Qorayev S. Toponimika - joy nomlari haqidagi fan.- Toshkent .Fan. 1980.

5. Oxunov N. Toponimlar va ularning nomlanish xususiyatlari.Toshkent .Fan. 1989.

6. Kizi, G. M. A., & Kizi, B. L. A. (2018). The diversities in terminology of relationship. Достижения науки и образования, (9 (31)), 22-23.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.