Научная статья на тему '“SIFAT SO‘Z TURKUMI” MODULINI O‘QITISHGA DOIR INTERFAOL METODLAR VA ULARNING SAMARALI JIHATLARI'

“SIFAT SO‘Z TURKUMI” MODULINI O‘QITISHGA DOIR INTERFAOL METODLAR VA ULARNING SAMARALI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
693
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uzluksiz ta’lim / kompetent / ijtimoiy faol / globallashuv. Integratsiya / metodika / lingvistik xususiyat / aqliy hujum / o‘quv materiali / dastur / zamonaviy metod / axborot texnologiyasi / jarayon / kompetensiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yakubova Feruza Anvarovna

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni ma’naviy va jismoniy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashdir. Barkamol shaxsning shakllanishi esa, unga chuqur va sifatli bilim berish, kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish, tanlagan sohasi sirlarini mukammal egallashlari bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada ona tili ta’limida interfaol metodlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari, darsni interfaol metodlardan foydalanib tashkil qilishning samarali jihatlari xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SIFAT SO‘Z TURKUMI” MODULINI O‘QITISHGA DOIR INTERFAOL METODLAR VA ULARNING SAMARALI JIHATLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

"SIFAT SO'Z TURKUMI" MODULINI O'QITISHGA DOIR INTERFAOL METODLAR VA ULARNING SAMARALI JIHATLARI Yakubova Feruza Anvarovna

O'Zjoku, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10158548

Annotatsiya. Mamlakatimizdaamalgaoshirilayotgan ta'lim siyosatidanko 'zlanganasosiy maqsadyoshlarni ma'naviy va jismoniy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashdir. Barkamol shaxsning shakllanishi esa, unga chuqur va sifatli bilim berish, kasbga to'g'ri yo'naltirish, tanlagan sohasi sirlarini mukammal egallashlari bilan chambarchas bog'liq. Ushbu maqolada ona tili ta'limida interfaol metodlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari, darsni interfaol metodlardan foydalanib tashkil qilishning samarali jihatlari xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Uzluksiz ta'lim, kompetent, ijtimoiy faol, globallashuv. Integratsiya, metodika, lingvistik xususiyat, aqliy hujum, o'quv materiali, dastur, zamonaviy metod, axborot texnologiyasi, jarayon, kompetensiya.

Аннотация. Основная цель проводимой в нашей стране образовательной политики-воспитание молодежи как духовно и физически зрелой личности. С другой стороны, формирование гармоничной личности тесно связано с предоставлением ей глубоких и качественных знаний, правильной профессиональной ориентацией, совершенным владением секретами выбранной области. В данной статье рассматриваются особенности применения интерактивных методов в обучении родному языку, эффективные аспекты организации урока с использованием интерактивных методов.

Ключевые слова: непрерывное образование, компетентность, социальная активность, глобализация. Интеграция, методика, лингвистическая характеристика, мозговой штурм, учебный материал, программа, современный метод, информационная технология, процесс, компетенция.

Abstract. The main goal pursued by the educational policy implemented in our country is to educate young people as spiritual and physically mature individuals. The formation of a harmonious personality, on the other hand, is closely related to the fact that they give him deep and high-quality knowledge, direct him to the profession correctly, andperfectly master the secrets of his chosen field. This article covers the specifics of the application of interactive methods in native language education, the effective aspects of organizing a lesson using interactive methods.

Keywords: continuing education, competency, socially active, globalization. Integration, methodology, linguistic feature, mental attack, educational material, program, modern method, information technology, process, competence.

Kirish. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik taraqqiyotning bugungi zamonaviy bosqichi uzluksiz ta'lim-tarbiya oldiga demokratik jamiyatda erkin yashay oladigan, huquqiy madaniyati shakllangan, ijtimoiy munosabatlarga kirishimli, umuminsoniy qadriyatlarga yo'nalgan ijtimoiy faol, zamonaviy bilimlarga ega, ma'naviy yetuk va kompetentli mutaxassislarni tarbiyalash vazifasini qo'ygan. Mazkur vazifalardan kelib chiqib sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifat-samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.(1) Talabalarda maxsus, shaxsiy va individual yo'nalishdagi kompetensiyalarni shakllantirishning tashkiliy-metodik ta'minotini takomillashtirish, kasbiy faoliyat obyektlariga mos o'quv

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

dasturlarini ishlab chiqish, ularni innovatsion ta'lim sharoitiga mos ravishda kelgusidagi faoliyatga tayyorlash muhim o'rin turadi.

Bugungi kunda jahon miqyosida ro'y berayotgan globallashuv va integratsiya jarayonlari til o'qitish metodikasidagi tub burilishlarga sabab bo'lmoqda.. Zero, til bilim olish, fikr ifodalash va madaniyatlararo muloqot qilishni amalga oshirish vositasi bo'lganligi bois barkamol shaxsni kamol toptirish, shuningdek, har bir mutaxassisning kasbiy layoqatini belgilovchi muhim omildir. (2)

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida keng qo'llanilayotgan o'qitishning zamonaviy interfaol metodlari har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlanishiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasining ko'tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o'qituvchi tomonidan talabalarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. (2)

Uzluksiz ona tili ta'limida sifat so'z turkumi materialni leksik va grammatik jihatdan muayyan ketma-ketlikda o'rganish va topshiriqlarni murakkablashtirib borishni taqozo etadi. Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-taomi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi.

O'quvchilar belgi bildirgan sifatlarning nutqdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.

Nutqdagi so'z boyligining katta qismi atrofdagi narsa-hodisalar, harakat-holat, belgi-xususiyatlarning nomi sifatida yuzaga kelgan. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab, ta'lim jarayonida tilning lug'aviy birliklarini o'zlashtirib boradi. O'quvchi lug'atining boyishiga, birinchi navbatda, uni o'rab olgan muhit, o'qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo'lgan muloqot katta ta'sir ko'rsatadi.

Ona tilidan nazariy bilimlar, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish badiiy matnlar tahlili asosida amalga oshiriladi. Shu bois ham badiiy asar matnlari o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqi o'stirishda muhim manbadir. Ona tili ta'limida lug'at ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. Lug'at ustidagi ishlar o'rgatilayotgan mavzular va o'quv materiallari bilan bog'liq holda olib boriladi. Ta'lim oluvchilarga ma'nosini notanish so'zlar barcha so'z turkumlari doirasida uchraydi. Ularning ma'nosi biror metod yoki usullar yordamida o'quvchilarga yetkazilishi lozim. Aks holda o'quvchilarning nutqi qashshoqlashishi mumkin.

Fikrni aniq va ta'sirchan ifodalashda belgi bildirgan so'zlar - sifatlar alohida o'rin tutadi. Uzluksiz ta'lim ona tili darslarida sifatning rang, shakl, maza, hajm, xususiyat bildiruvchi ma'no turlari o'rganiladi.

Amalda rang bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda qo'llanadigan turlaridan nutqda

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil, 22- noyabr

yetarlicha foydalanmaydi, chunki bunday sifatlarning ma'nosini - qanday rangni bildirishini o'rgatishga e'tibor berilmaydi. Shu bois ko'p hollarda ayrim so'zlarning ot yoki sifat ekanligini farqlanmay qo'llaniladi. Masalan, badiiy matnlarda "zangori, zumrad, malla, jigarrang, yo'l-yo'l, qo'ng'ir, lojuvard, bo'z, alvon, malla-lojuvard, nimrang, olachipor, ola-zangor, targ'il, chipor, moviy, ola-bula, moshrang, sarg'ish-ko'kish" kabi rang bildiruvchi sifatlar qo'llanildiki, ularning ma'nosi talabalardan so'ralganida ko'pincha aniq aytib bera olmadilar.(3)

Tahlil va natijalar.

Sifat so'z turkumini o'rganishda sharhlash metodidan foydalanib misollarni ko'rib chiqamiz. Talaba matn ustida ishlaganda, "Matndan rang bildiruvchi so'z(sifat)larni toping. Uning qanday rang ma'nosini bildirayotganini ayting" kabi topshiriqlar asosida rang bildiruvchi sifatlar ustida mustaqil ishlarni tashkil etishni yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda yaxshi samara beradi. Misollarga murojaat qilamiz: l.Yoz kunlari Maxdumning bog'i oq, nimrang, ola-zangor (olachipor), mala-lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko'rinishga kirar edi. ("Mehrobdan chayon", A.Qodiriy.) Mazkur jumladagi "nimrang" sifati ham izoh talab qiladi. Zero, bu sifat "rangi och", "och rang" ma'nosini bildiradi, talaba uni biror rangning ochiq ma'nosida anglamasligi mumkin.

"Ola-zangor", "malla-lojuvard" sifatlarining ma'nosini izohlashda ularni tarkibiy qismlarga ajratib tushuntirishga to'g'ri keladi.

"Ola-zangor": "Ola" - oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang, "zangor" - "yashil va ko'k orasidagi rang, ularning qorishiq tuslisi, och havo rang, moviy" rang ma'nosini bildiradi. "Ola" - oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang deyilishidan kelib chiqib, "ola-zangor" sifati -"yashil va ko'k ranglarning qorishig'i" ma'nosini bildiradi .

"Malla-lojuvard" sifati ("malla" - jigar ranga moyilroq och sariq rang) -"tiniq och sariq rang" ma'nosini bildiradi.

2.Tol kurtaklari yorilib, undan bo'z momiq g'unchalar chiqadi. (M.Alaviya) gapida " bo'z" so'zi "ko'kka moyil oq rang" ma'nosini bildiryapti. Bu so'z, asosan, otlarning rangiga nisbatan ishlatilishi, uning boshqa ma'nolari ham borligi ("Bo'z" - ekilmay yotgan yer, "bo'z" - qo'l dastgohida paxta ipidan to'qilgan mato, "bo'z" - o'tsimon cho'l o'simligi, chalov, "bo'z" (yigit) - turmush tajribasiga ega bo'lmagan yigit. Demak, "bo'z" so'zi otdan boshqa, ya'ni shaxsga nisbatan ham qo'llanilar ekan) aytib o'tilsa, bu so'z qo'llangan o'rinlarda matn mazmunini to'g'ri anglashlariga yordam beradi.

"Bo'z momiq" birikmasi ustida quyidagicha ishlash mumkin:

Monitorda "bo'z momiq" birikmasi yozilgan slayd aks etadi. Uning ma'nosini izohlash bo'yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:

- Matndagi "bo'z momiq" birikmasining ma'nisini izohlashga harakat qiling.

"Bo'z momiq" birikmasi o'rnida yana qanday so'zni ishlatish mumkin?

Yordam sifatida "bo'z" va "momiq" so'zlarining o'z va ko'chma ma'nolari doskaga yozib qo'yiladi:

Bo'z - paxtadan to'qilgan mato.

Bo'z - oqqa moyil rang.

Bo'z - ekilmay yotgan yer.

Bo'z - turmush tajribasiga ega bo'lmagan bola (yigit).

Bo'z - o'tsimon cho'l o'simligi, chalov.

Momiq - toza oq paxta.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

Momiq - yumshoq yung, tivit

Momiq - paxtaday yumshoq, oppoq (ko'chma ma'no).

Qo'shimcha topshiriq. Matnni qayta o'qing. Shu birikma qo'llangan jumlani toping.

- Tol kurtaklari yorilib, undan bo'z momiq g'unchalar chiqadi.

O'ylang. Jumladagi "bo'z momiq" birikmasining ma'nosini doskadagi qaysi ma'nolar orqali izohlash mumkin?

- "Bo'zmomi" - "yumshoq oq rangdagi" degan manoni bildiradi. Bunday yondashuvlar talabalarda katta qiziqish uyg'otishi tabiiy.

3. Oq rang ketib, bo'z yerni alvon rang qopladi. Dala-tuz, tog', o'nqir, past-baland qirlar ko'k va alvon rangga ko'milib burkandi. (Yu.X.Hojib. "Qutadg'u bilig). Mzkur misoldagi "alvon" so'zi arabcha bo'lib, "qizil, qip-qizil, qirmizi" rang ma'nosini anglatadi.

Sifatlar o'z ma'nosidan tashqari ko'chma ma'nolarda qo'llanilishi yaxshi ma'lum. Bu holatni rang bildiruvchi "oq" va "qora" sifatlarida ham ko'ramiz.

Masalan, Katalakday tor va zax uylarda odamlar qora chiroq yoqib o'tirardilar. ("Toshkent", E.Malikov)

Rang bildiruvchi sifatlarning o'z va ko'chma ma'nolari taqqoslash usuli yordamida tushuntirish ham yaxshi samara beradi. Bunda sifatlarning ma'no xususiyatlari va darajalaridagi farqlar o'zaro qiyoslanadi. Rang bildiruvchi sifatlar doirasida antonimik va omonimik hodisalar ham mavjud. Talabalar bu hodisalar doirasida sifatlar ifodalayotgan ma'no izohlanmasa, gap mazmunini noto'g'ri tushunishlariga olib keladi. Masalan:

Bizda yashab, qolmay armoni,

Uchib o'tar turna karvoni. Yer-u ko 'kni qoplab suroni Xush qol, kuz!

(Yu.Shomansur)

- Ko'k maysalar yer ko'ksini yorib chiqadi.

She'riy parchadagi "ko'k" so'zi osmon ma'nosini, 2-gapdagi "ko'k" rang ma'nosini bildiradi. Bu sifatlar o'zaro omonim.

Shuningdek, "Ona yurting omon bo'lsa, Rangi ro'ying somon bo'lmas" maqolida "somon" so'zi ot, bug'doy, arpa, sholi yanchilganda poyalarining maydalanishidan hosil bo'ladigan mahsulot ma'nosini ifodalaydi. Somonning rangi sariq bo'lgani uchun maqolda ko'chma ma'noda - "sariq rang" ma'nosida qo'llangan.

Otlar -day, -dek qo'shimchalarini olib, rang ma'nosida qo'llangan, rang o'xshatish yo'li bilan ifodalagan:

Baland ishkomlarga o'rmalab chiqqan husayni, charos va boshqa xil tok navdalarida katta-katta uzum boshlari oltinday tovlanar edi. (N.Maqsudiy)

Bu gapda "oltinday" so'zi "sariq, sap-sariq" ma'nosida kelgan.

Uzluksiz ta'lim tizimining asosiy bo'g'inlaridan biri bo'lgan oliy ta'lim tizimida talabalarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish nafaqat ta'lim mazmuniga, balki kelgusi faoliyatida qo'llaydigan bilim, malaka va ko'nikmalar, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirishni ham nazarda tutiladi.(4)

Xulosa. Aytish joizki, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoni talabalarda o'qitishga yangicha yondashish, o'z kasbiga va o'zgalarga, ya'ni ta'lim oluvchilarga o'ta talabchanlik bilan munosabatda bo'lishni

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

taqozo etadi.(5) Talabalarning mustaqil bilim olishi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, ularda zarur kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalasi o'qituvchilarning asosiy diqqat markazida bo'lishi kerak. O'quv mashg'uloti jarayonida zamonaviy metodlar va axborot texnologiyalaridan foydalanib mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ma'ruza, seminar, sayohat, bahs-munozara, suhbat, konferensiya, muammoli ta'lim, intervyu, diskurs kabi darslarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatli hal etilishini ta'minlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilganda, ona tili ta'limi mazmunini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, xususan, sifatni intefaol metodlar asosida o'qitish talabalarni kelgusi faoliytga tayyorlash, ularda zarur kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

REFERENCES

1. Yo''ldoshov J.F, Usmonov S.A.Zomonaviy pedagogic texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. -Т.: Fan va texnologiya, 2008. 64-б.

2. Muslimov N, Usmonboyeva M, Mirsoliyeva M. Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik.-T. Nizomiy nomidagi TDPU, 2017.- 165 b.

3. Muslimov N, Usmonboyeva M, Mirsoliyeva M. Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik.-T. Nizomiy nomidagi TDPU, 2017.- 205 b.

4. Matchonov S. va boshq. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. - T.: Ishonchli hamkor, 2021. - 695 b.

5. Abdullayev M., Jo'rayev A. Interfaol o'qitish metodlari - ijodiy shaxsni tarbiyalash kafolati // Til va adabiyot ta'limi. - Toshkent, 2016. - № 7. - B. 22.

6. Asqarova M. va boshq. O'zbek tili praktikumi. - Т.: TDPU, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.