Научная статья на тему 'ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH O’RQALI “SIFAT” SO’Z TURKUMI YUZASIDAN DASTLABKI GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH'

ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH O’RQALI “SIFAT” SO’Z TURKUMI YUZASIDAN DASTLABKI GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
822
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv / grammatik tushuncha / sifat. / competence-based approach / grammatical concept / quality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Z. Djurabayeva, M. Kuralova

Maqolada boshlang’ich sinf «Ona tili va o’qish savodxonligi» darsligida berilgan matnlar asosida “Sifat’ so’z turkumi yuzasidan dastlabki grammatik tushunchalarni shakllantirish bo’yicha mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF GRAMMATIC CONCEPTS FROM THE SURFACE GROUP OF WORDS "QUALITY" BY WORKING ON A ARTISTIC TEXT IN THE NATIVE LANGUAGE AND A LESSON OF READING LITERACY

The article is in the textbook for elementary grades "Mother tongue and reading literacy". Based on the cited texts, comments were made about the formation of the first grammatical concepts regarding the group of words "qualification".

Текст научной работы на тему «ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH O’RQALI “SIFAT” SO’Z TURKUMI YUZASIDAN DASTLABKI GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY MATN USTIDA

ISHLASH O'RQALI "SIFAT" SO'Z TURKUMI YUZASIDAN DASTLABKI GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Djurabayeva Z.A.

Andijon davlat universiteti PhD, dotsenti Kuralova M.A.

Andijon davlat pedagigika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7375224

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf «Ona tili va o'qish savodxonligi» darsligida berilgan matnlar asosida "Sifat' so'z turkumi yuzasidan dastlabki grammatik tushunchalarni shakllantirish bo'yicha mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiyaviy yondashuv, grammatik tushuncha, sifat.

ФОРМИРОВАНИЕ ГРАММАТИЧЕСКИХ ПОНЯТИЙ ОТ ПОВЕРХНОСТНОЙ

ГРУППЫ СЛОВ «КАЧЕСТВО» ПУТЕМ РАБОТЫ НАД ХУДОЖЕСТВЕННЫМ

ТЕКСТОМ НА РОДИНОМ ЯЗЫКЕ И УРОК ГРАМОТНОСТИ ЧТЕНИЯ

Аннотация. Статья находится в учебнике для начальных классов "Родной язык и читательская грамотность". На основе приведенных текстов высказывались замечания по поводу формирования первых грамматических понятий относительно группы слов «квалификация».

Ключевые слова: компетентностный подход, грамматическая концепция, качество.

FORMATION OF GRAMMATIC CONCEPTS FROM THE SURFACE GROUP OF WORDS "QUALITY" BY WORKING ON A ARTISTIC TEXT IN THE NATIVE LANGUAGE AND A LESSON OF READING LITERACY

Abstract. The article is in the textbook for elementary grades "Mother tongue and reading literacy". Based on the cited texts, comments were made about the formation of the first grammatical concepts regarding the group of words "qualification".

Keywords: competence-based approach, grammatical concept, quality.

O'zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartida uqtirilishicha, "Ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki, butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bermasa, boshqa fanlar ta'limiga ham putur yetishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa - o'quv jarayonini mukammal isloh qilish, o'quvchi imkoniyatini ro'yobga chiqarish, ta'lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir".

Hozirgi kunda ta'limga kompetensiyaviy yondashuv eng muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O'quvchilar har bir fandan olgan nazariy bilimlarini o'z hayoti davomida qo'llay bilishlari shart. Shu kunlarda yaratilayotgan boshlang'ich sinf «Ona tili va o'qish savodxonligi» darsligi ana shu maqsadlarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. Demak, ona tili ta'limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va madaniy muloqot salohiyatiga ega bo'lgan shaxsni tarbiyalash vazifasi qo'yilgan.

O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish maktab ta'limida yetakchi o'quv fanlaridan hisoblanagan ona tili o'quv faniga bevosita va bilvosita daxldordir. Joriy qilingan Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi asosida yozilgan "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida nutqiy mavzuga doir tanlangan matnlar o'quvchi yoshiga mos

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hamda qiziqishlariga asoslangan, matn osti savollar matn mazmunini anglash bilan birgalikda o'quvchining o'ziga qaratilgan bo'lib, hayotiy vaziyatlar bilan taqqoslab o'zlashtirishini talab qiladi. Bundan tashqari matnda qo'llangan topshiriqlar orqali o'quvchilarga lingvistik bilimlarni ham singdirish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga dastlabki grammatik tushunchalarni berib borish "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida ham ko'zda tutilgan. Masalan, 2-sinf darsligining 2- qismida "Zumrad va Qimmat" ertagi berilgan. Ertak matni ustida ish olib borish jarayonida "Sifat" so'z turkumi yuzasidan ilk grammatik tushunchalarni shakllantirish mumkin.

Dastlab ertak mazmunini o'quvchilar qay darajada o'zlashtirganligini bilish maqsadida quyidagi savol va topshiriqlardan foydalanish mumkun:

1. Rasmlarning qay birida Zumrad, qay birida Qimmat tasvirlangan? Bir qarashdayoq Zumrad va Qimmatni tanidingizmi?

2. Rasmdagi qaysi narsalardan Zumradni tanidingiz?

3. Rasmdagi qaysi narsalardan Qimmatni tanidingiz?

4. Qimmatning kiyimlari, yuz ko'rinishi qanday tasvirlangan? Nima uchun bunday?

5. Zumrad va Qimmatga xos belgi, xususiyatlar asosida jadvalni to'ldiring.

6. Zumrad va Qimmatning qarama-qarshi tomonlari haqida gaplar tuzib yozing. Yuqorida to'ldirgan jadvalingizdan foydalaning.

O'quvchilar yuqoridagi topshiriqlarni bajarish jarayonida, ayniqsa, asar qahramonlarining ijobiy va salbiy xususiyatlarini aytish jarayonida belgi bildiruvchi so'zlar bilan tanishib boradilar. O'qituvchi o'z mahoratini ishga solgan holda, ijobiy va salbiy xususiyatlarni bildiruvchi so'zlarga so'roq berish yuzasidan ham ko'nikmalarni shakllantirib borishi mumkin. Masalan, Zumrad qanday qiz? - degan savolga har bir xususiyatga alohida- alohida javoblar olish orqali o'quvchilar odobli, mehnatsevar, aqlli kabi belgi bildiruvchi so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lishini, ma'nolariga ko'ra guruhlanishini o'rganib boradilar. "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida topishmoqlar ham berilgan:

1. O'sar ko'kka bo'y cho'zib, Qulochday bargin yozib. Xipcha bel, zarrin soqol, Tishlari zich, dur misol.

2. Dum-dumaloq barkash non, Ko'k yuzida suzadi.

3. Tim qora kichkina xol, To'xtatar yo'lda darhol.

4. Rangi har xil, Nomi bir xil.

Topishmoq yuzasidan o'quvchilar bilan quyidagicha suhbat o'tkazish mumkin:

1. Siz topishmoqlarning javobini qaysi belgilarga qarab topdingiz?

2. Rang, hajm va shakl-shamoyilni bildiruvchi so'zlarni ustun shaklida yozing. Yuqoridagi topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar belgi bildirgan so'zlarni

ma'nolariga ko'ra guruhlash ishlarini bajaradilar, ya'ni - ularni so'roqlar yordamida gap va matnda shaxs, narsa, harakat, miqdor bildirgan so'zlardan farqlash ko'nikmasini egallaydilar. Bunda o'qituvchi oldida turgan muhim vazifa o'quvchilarning narsa va shaxsning belgilari xilma-xil bo'lishini, ya'ni narsa rangi, mazasi, shakli, hidi, hajmi, xususiyatlariga ko'ra

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

farqlanishini; bular narsa va shaxsning belgilari ekanini anglashlariga erishish; nutqda ulardan samarali foydalanish orqali o'quvchilar nutqini belgi bildirgan so'zlar bilan boyitish va nutqini o'stirishdan iboratdir.

2-sinf darsligida sifat yasovchi -li, -siz qo'shimchari yuzasidan rasm asosida topshiriq berilgan. O'quvchilar rasm asosida so'zlar va ularga mos kelgan qo'shimcharni aytadilar. Shundan so'ng "Zanjir" ta'limiy o'yini asosida -li, -siz qo'shimcharini olgan sozlarni topishni berish mumkin. Ular so'zlarni bir-biridan farqlashga ham o'rganib boradilar. Darslikda mustahkamlash ruknida quyidagi diolog berilgan:

- Bobojon, menga o'yinchoq olib bering.

- Qanday o'yinchoq bo'lsin?

- Robot o'yinchoq.

- Robot?

- Ha, robot temirtan.

- Tushunarli, mayli, tug'ilgan kuningda sovg'a qilaman.

- Rahmat, bobojon!

O'quvchilar matnni quyidagi topshiriqlar asosida bajarishi ko'zda tutilgan:

- Robotlarga berilgan ta'riflarni kerakli so'zlar bilan to'ldirib, gaplarni ko'chiring. Gaplarda ajratib ko'rsatilgan so'zlarga so'roq bering, ular qanday belgilarni bildiradi?

Kerakli so'zlar: uzunroq, dumaloq, to'rtburchak, qisqichsimon.

1. Birinchi robotning qorin qismi_shaklda, tanasi kulrang rangda.

2. Ikkinchi robotning tanasi_shakldan iborat, tanasi oq rangda.

3. Birinchi robotning boshi_shaklda.

4. Ikkinchi robotning qo'llari_shaklida.

O'quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida qanday? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni yuqorida berilgan kerakli so'zlardan ajratib oladilar, so'zlarga so'roq berish yuzasidan olgan bilimlarini eslaydilar va mustahkamlaydilar, sifatlarning ma'no turlari bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'ladilar.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang'ich sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklarida "Sifat" so'z turkumi yuzasidan dastlabki grammatik tushunchalarni shakllantirish ham ko'zda tutilgan.

REFERENCES

1. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.

2. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

3. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

4. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

5. Саидов А. СОГЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.

6. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

7. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.