Научная статья на тему '“BOBURNOMA”DAGI AYRIM XUSUSIYAT BILDIRUVCHI SIFATLARINING TEZAURUSI'

“BOBURNOMA”DAGI AYRIM XUSUSIYAT BILDIRUVCHI SIFATLARINING TEZAURUSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
181
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boburnoma / Bobur / sifat / xususiyat sifatlari / tezaurus / electron lug‘atlar. / Boburnoma / Babur / adjectives / adjectives / thesaurus / electron dictionaries.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nabiyeva, Parvina Akbarjonovna

Hоzirdа аmаliy tilshunоslik оldidа turgаn eng muhim vа dоlzаrb mаsаlаlаrdаn biri o‘zbek tilshunоsligini rivоjlаntirish hаmdа оnа tilimizning jаhоn miqiyоsidаgi nufuzini yаnаdа оshirishdir. Bundаy mаs’uliyаtni biz yоshlаr o‘z zimmаmizgа оlishimiz kerаk. Zerо, yоsh аvlоdni tаrbiyаlаshgа qаrаtilgаn dаvlаt siyоsаti bоrаsidа yurtbоshimiz Shаvkаt Mirziyоyev shundаy deydi:“Yоshlаrimizning mustаqil fikrlаydigаn, yuksаk intellektuаl vа mа’nаviy sаlоhiyаtgа egа bo‘lib, dunyо miqyоsidа o‘z tengdоshlаrigа heсh qаysi sоhаdа bo‘sh kelmаydigаn insоnlаr bo‘lib kаmоl tоpishi, bаxtli bo‘lishi uсhun dаvlаtimiz vа jаmiyаtimizning bоr kuсh vа imkоniyаtlаrini sаfаrbаr etаmiz” .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THESAURUS OF SOME CHARACTERISTIC QUALITIES IN "BABURNAMA".

One of the most important and urgent issues facing applied linguistics is the development of Uzbek linguistics and the further increase of the prestige of our native language at the world level. We young people should take this responsibility. After all, regarding the state policy aimed at educating the young generation, our country's president Shavkat Mirziyoyev says: "Independent thinking, high intellectual and spiritual We will mobilize all the efforts and capabilities of our country and society so that they can become people who have potential and become happy people who are not idle to their peers on a global scale."

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA”DAGI AYRIM XUSUSIYAT BILDIRUVCHI SIFATLARINING TEZAURUSI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"BOBURNOMA"DAGI AYRIM XUSUSIYAT BILDIRUVCHI SIFATLARINING TEZAURUSI

Nabiyeva Parvina Akbarjonovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi parvina.pn@gmail.com

ANNOTATSIYA

Hozirda amaliy tilshunoslik oldida turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biri o'zbek tilshunosligini rivojlantirish hamda ona tilimizning jahon miqiyosidagi nufuzini yanada oshirishdir. Bunday mas'uliyatni biz yoshlar o'z zimmamizga olishimiz kerak. Zero, yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosati borasida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deydi:"Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o 'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo 'sh kelmaydigan insonlar bo 'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"1.

Kalit so'zlar: Boburnoma,Bobur, sifat, xususiyat sifatlari, tezaurus, electron lug 'atlar.

THESAURUS OF SOME CHARACTERISTIC QUALITIES IN

"BABURNAMA".

ABSTRACT

One of the most important and urgent issues facing applied linguistics is the development of Uzbek linguistics and the further increase of the prestige of our native language at the world level. We young people should take this responsibility. After all, regarding the state policy aimed at educating the young generation, our country's president Shavkat Mirziyoyev says: "Independent thinking, high intellectual and spiritual

We will mobilize all the efforts and capabilities of our country and society so that they can become people who have potential and become happy people who are not idle to their peers on a global scale."

Key words: Boburnoma, Babur, adjectives, adjectives, thesaurus, electron dictionaries.

1 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, 2016.

1432

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Mumtoz asarlami tadqiq etish, yozma manbalarning ilmiy, ma'naviy - ma'rifiy qiymatini belgilash, badiiy til xususiyatlarini o'rganish filologiya sohasining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.2 Biz turkiy millatlar yaratgan barcha ilmiy-tarixiy va adabiy asarlar bilan tanishibgina qolmay, turkologiya sohasi doirasida o'rganish imkoniga egamiz. Bular orasida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari, xususan, "Boburnoma"ni chuqur tatbiq qilish va uning tezaurusini yaratish ham shunday ishlardan biridir. Hozirgi zamon ilm-fan talabi bo'lgan o'zbek tilini kompyuterlashtirish dunyo tajribasini o'rgangan holatda shakllantirilmoqda.

O'zbek tilida tezaurus lug'at yaratish tilshunoslikda globallashuvga mos ravishda erishilgan yutuqlardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tezaurus "maxsus tashkil qilingan axborot", tildagi leksik birliklarning normaga keltirilgan holatdagi yig'indisidir. Tezaurus til birliklarini hamda ular o'rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tezaurus milliy til, ma'lum fan tili yoki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun rasmiy qabul qilingan til semantikasini belgilaydi3. Dastlab tezaurus so'zning matnlardagi ma'nosi to'liq yoritilgan lug'atlar sifatida ham qo'llangan va u semantikaga asosan bo'limlarga ajratilgan so'zlar guruhlari bilan belgilanadigan bir tilli lug'at hisoblangan. Hozirda esa bir tilli lug'at va tezaurusning o'xshash va farqli jihatlari mavjud. Tezaurus lug'atning bir tilli lug'atdan bir qator afzalliklari mavjud, tezauruslarda muayyan so'z har tomonlama keng yoritiladi.

NATIJALAR

Narsa-buyumning belgisini bildiruvchi mustaqil so'zlar sifat deyiladi.4 Sifatlar narsa-buyum belgi va xususiyatini5 turli nuqtayi nazardan anglatishi mumkin. Ushbu belgilar bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli bo'lishi mumkin. Sifatlar shu xususiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1) narsalarning rang-tusini bildiruvchi sifatlar: qizil, oq, qora, yashil;

2) narsaning xususiyatini bildiruvchi sifatlar: sho'x, chaqqon, mehribon, yaxshi;

2 Хoлмaнoвa З. ^o6ypHoMa" - тил ^муси. ^шкет: Акaдемнaшр, 2021. - Б.3.

3 Лукяшевич Н. В. Tезaypycы в 3aAa4ax инфoрмaциoннoгo пoиcкa. - М.: Издвo МГУ, 2011. - С.495 .

4 TypcyHoBa И., MyxTopoB A., Рaxмaтyллaев Ш. Хрзирги узбек aдaбий тили. - Тoшкент, 1992. - Б.281.

5 Ac^apoBa М., Юнycoв Р., Йулдoшев М., Мyxaммедoвa Д. Узбек тили пpaктикyми. - ^шкет; 2006. - Б.237

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3) narsaning shakl-ko'rinishini, hajm-o'lchovini bildiruvchi sifatlar: katta, kichik, uzun, qisqa, egri;

4) narsaning holatini bildiruvchi sifatlar: issiq, shod, go'zal, xursand;

5) narsaning maza-ta'mini bildiruvchi sifatlar: sho'r, nordon, shirin, achchiq;

6) narsaning vaqt va makonini bildiruvchi sifatlar: kuzgi, kechki, qadimgi, bahorgi ;

7) narsaning hidini bildiruvchi sifatlar: xushbo'y, sassiq, badbo'y.

"Boburnoma"da asar tilining ravon, sodda va ta'sirchan, chiroyli va rang-

barang chiqishida sifatlarning ahamiyati kata bo'lgan.

Biz ichimizda narsa-buyum xususiyatini bildiruvchi sifatlar tezaurusini havola qilamiz.

...Doim kishimiz borib Muqim bila so'zlashurlar edi. Gohi uzr kelturub, gohi yumshoq so'z aytur edi (Eo6yp,2002,106, II)

Ushbuyumshoq so'ziga sinonim sifatida muloyim sifatini aniqladik.

Bu chashma suvi bisyor muloyim, qish kunlari kishiga bu suv avval juzve sovuq maxsus bo 'ladur so 'ngra turg 'on soyi kishiga suvi xush yoqadur... (Eo6yp,2002, 182, II) ...Nasuxda bir nav' qovun bo'lurkim,"Ismoil Shayxiy "derlar, terisi sariq kamtukluq, osuda qovun bo 'lur (Eo6yp,2002,65J).

Muloyim sifati aslida narsa belgisini ifoda etish uchun qo'llanadi. Masalan: muloyim non, muloyim taom va h.k. Biroq mazkur so'z ba'zida inson xarakterini ifoda etish uchun ham qo'llanishi mumkin. Bu so'z quyidagi ma'nolarda ko'chi m ifodalaydi: 1. Yoqimli va yumshoq ta'sirli. Ertalab yomg'ir tingan, havo muloyim va orombaxsh. 2. Gap-so'z, xatti-harakatlari nihoyatda yoqimli va yumshoq. Alixon tabiatan og'ir, muloyim, kamgap yigit edi.( H.Nazir)

Muloyimlashmoq, muloyimlik kabi yasama so'zlar ham yuqoridagi xarakter sifati orqali hosil bo'lgan. Osuda so'zining yana bir ma'nosi yumshoq, muloyim bo'lib bu yerda yumshoq qovun ma'nosida kelgan.

Mоrfоlоgik vа sintаktik xususiyаtlаri: Yum-shoq

Yumshoq - asos, sifat so'z urkumiga mansub, turlanadi.

Tаlаffuz etilishi: yumshoq

Semаntik tаrkibi.

Mа'nоsi: [yumshoq] 1. Qo'l tegsa botadigan, oson eziladigan; muloyim, mayin;

1. Osonlikcha turli shaklga kiradigan, ishlov berilishi oson, bo'sh;

2. Chaynalishi, yeyilishi oson; mayin, muloyim (ovqat haqida);

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

3. (ko'chma) Birovga qattiq gapirmaydigan, dag'allik qilmaydigan; muloyim. (УТИЛ, V, 89) Sinonimlari: muloyim, mayin Antonimlari: dag'al, ters, to'ng, qattiq, qo'pol, qo'rs Giperonimi: belgi-xususiyatni bildiruvchi sifat Giponimi: -

Etimologiyasi: [yumshoq] 1. Qo'l tegsa botadigan, oson eziladigan; muloyim, mayin;

2. Osonlikcha turli shaklga kiradigan, ishlov berilishi oson, bo'sh;

3. Chaynalishi, yeyilishi oson; mayin, muloyim (ovqat haqida);

4. (ko'chma) Birovga qattiq gapirmaydigan, dag'allik qilmaydigan; muloyim. (УТИЛ, V, 89)

Frazeologizmlarda yoki turg'un birikma shaklida qo'llanishi: yumshoq ko'ngil, yumshoqtabiat. Boshqa tillardagi tarjimasi Ingliz tilida: soft Rus tilida: мягкий Turk tilida: yumu§ak Qozoq tilida: жYмcaк Tojik tilida: мулoим "Kech bo'lg'och, qo'rg'onning ichidagilar mundoq rust qo'rg'onni tashlab qocharlar". ^o6yp,2002,189. II) Mozu qo'rg'oni xeyli rust qo'rg'ondur, shimol sorikim soydur, xeyli baland voqe' bo'lubtur. ^o6yp,2002,71, II). Rust -mustahkam, pishiq, mahkam ; Rust

Morfologik va sintaktik xususiyatlari: rust - tub so'z, sifat, xususiyat sifati, asliy sifat;

Talaffuz qilinishi: rust Semantik tarkibi.

Ma'nosi: .Rust (mustahkam) [mahkam, kuchaytirilgan, kuchli]. Buzilish, uzilish, qulash va sh.k. jihatdan chidamli; pishiq-puxta, mahkam. Mustahkam imorat. Mustahkam poydevor. shsh. Аndijon qal'asi mustahkam. Bobur mirzo u yerda bo 'lsa, qal'a yanada mustahkam bo'lur. P.Qodirov, Yulduzli tunlar.

2. ko'chma. O'z xususiyati, mohiyati va sh.k. jihatdan o'zgarishga, buzilishga, aynishga chidamli; barqaror, aynimas. Mustahkam aloqa. Mustahkam iroda. Mustahkam intizom. Mustahkam do'stlik. Mustahkam munosabat. Asabi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

temirdan va ruhiyati nihoyatda mustahkam kishilardan akvanavtlar tayyorlanadi. "Fan va turmush". Imoniga, diniga mustahkam, pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. Said Ahmad, Hukm.

Sinonimlari: mahkam, baquvvat, pishiq, puxta, kuchli Antonimlari: mo'rt, bepand, nozik. Giperonimi: xususiyat bildiruvchi sifat Giponimi: -

Frazeologizmalarda yoki turg'un birikma shaklida qo'llanishi:

Yaxob-yaxna suv - bu yerda: muzdan eritilgan suv; ...Kobulning g'arbi-janubida ulug qorliq tog' tushubtur, qori qorg'a yetar... Kobulda yaxdonlar yaxi tugansa, bu tog'din qor kelturub yaxob suv qilib icharlar. Kobuldin uch shar'i bo'lg'ay" (Eo6yp,2002,112,1). Yaxob (yaxna)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari: ya-xob; yax-na Talaffuz qilinishi: yaxob, yaxna Semantik tarkibi.

Ma'nosi: yaxob [f - muzli suv, o'ta sovuq suv. Yaxob-yaxna suv - bu yerda: muzdan eritilgan suv; Hosildorlikni oshirish, sho'r yuvish, yerni zararli hasharotlardan tozalash uchun ekin maydoniga qishda, erta bahorda qo'yiladigan suv, qavs suvi. Hademay yerlarga yaxob suvi berish pallasi boshlanadi. Sho'rni yuvish turibdi oldimizda.Yaxob bermoq. Yaxob suvi oqizmoq, yaxob suviga bostirmoq. Yer hayda, sovuq tushdi deguncha mashinalarning remontini boshla, yerga yaxob ber. J.Abdullaxonov, Xonadon. Bog'lar va tokzorlarga qishda yaxob berilishi juda yaxshi natijalar beradi. Gazetadan. 2. shv. Muzli suv, muzday suv. Sinonimlari: muzday, sovuq. Antonimlari: issiq Giperonimi: salqin ichimlik Giponimi: -

Etimologiyasi: Bu sifat tojik tilida 'muz' ma'nosini anglatadigan yax otidan (T^PC, 472) -in qo'shimchasi bilan (T^PC, 542) yasalgan yaxin nisbiy sifatiga -a

Zuvalasi pishiq - a'zoyi badani chiniqqan; Irodasi mustahkam. Boshqa tillardagi tarjimasi:

Ingliz tilida: solid Rus tilida: TBepgtiH

Turk tilida: saglam Qozoq tilida: Karra

Qirg'iz tilida: KaTyy Tojik tilida: caxT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'shimchasini (ТжРС, 543) qo'shib hosil qilingan; "sovitilgan", "muzday" ma'nosini anglatadi (УТИЛ, I, 489).

Frazeologizmlarda yoki turg'un birikma shaklida qo'llanishi: Boshqa tillardagi tarjimasi:

. ... hamvor-hamvor pushtalar ko'rinur, vale tamom pushtasi va tog'i yirik toshliq pushta va tog'dur, har yeridin ot bila yurub bo 'lmas. (Бобур 2002,115, I ). Hamvor

Morfologik va sintaktik xususiyatlari:

ham-vor, tub so'z, sifat so'z turkumiga mansub, asliy sifat . Talaffuz qilinishi : hamvor Semantik tarkibi.

Ma'nosi: Yuzida g'adir-budir, baland-past, o'nqir-cho'nqir joylari bo'lmagan; silliq. Tekis taxta. Tekis maydon. Tekis devor. Kecha qorong'i va tumanli edi. Keng, tekis ko 'chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Sinonimlari: silliq, tekis Antonimlari: g'adir-budur Giperonimi: xususiyat sifati Giponimi: -

Frazeologizmalarda yoki turg'un birikma shaklida qo'llanishi. Gapni tekislamoq

Boshqa tillardagi tarjimasi: Ingliz tilida: flat Rus tilida: плoский

Turk tilida: duz Qozoq tilida: жозык;

Qirg'iz tilida: ж^п^ Tojik tilida: x,aMBop

Qotqon bo 'lub edi , yo 'ldan chiqqon kishi tashvish bila yurur edi... (Bo6yp,2002,149,II) Qotqon (Qatqaloq)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari: Qot - qon , asos , sifat so'z turkumiga mansub.

Talaffuz qilinishi; qotqon Semantik tarkibi.

Ingliz tilida: cold Turk tilida: soguk Qirg'iz tilida: суук

Rus tilida: холодный Qozoq tilida: суьщ Tojik tilida: хунук

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ma'nosi: l.Kuchli yog'inlar va sug'orishdan so'ng nam tuproq betida hosil

yog'sa ,tuproq bilan qotib qoladi, biz shuni qatqaloq deymiz.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Yer , qor va sh.k.ning muzlab,qotib qolgan ustki qatlami . Ko'cha muzlab, qotqaloq va toyg'oq hosil bo'libdi (YTH^, V, 269) Sinonimlari: -Antonimlari : -Giperonimi: xususiyat sifati Giponimi: toshloq, qumloq

Etimologiyasi: Nam tuproqning ustki muzlagan qatlami'. Ko'cha muzlab, hatqaloq va toyg'oh hosil bulibdi. Bu so'z eski o'zbek tilida 'qattiq holatga kel-' ma'nosini anglatuvchi qat— fe'lidan -qa qo'shimchasi bilan yasalgan otga kichraytirish ma'nosini ifodalovchi -laq qo'-shimchasini qo'shib hosil qilingan; keyinchalik birinchi, ikkinchi bo'g'inlardagi a unlisi a unlisiga, q undoshi oldidagi a unlisi a unlisiga almashgan: (qat- I + qa = qatqa) + laq = qatqalaq > qatqalaq.

Frazeologizmlar va turg'un birikma shaklida qo'llanilishi: qattiq turdi - o'z aytganining amalga oshishini qat'iy talab qildi Boshqa tillardagi tarjimasi: Ingliz tilida : fold Rus tilida: KopKa

Qozoq tilida: KbipTbicti Turk tilida: kabik

Tojik tilida: nycT

O'ti bu tog'larning o'tidek emasdur,qalin va baland bo'lur , vale befoyda o 'ttur (Eo6yp,2002,115JI)

....Bir masnaviysi bor mevalar bobida, bemuhassal nima debtor , bekora qilibtur..(138,I)

Bu yerda befoyda va bemuhassal sifatlari o'zaro sinonimik qator hosil qilgan. Morfologik va sintaktik xususiyatlari: Be-foy-da; be- so'z yasovchi old qo 'shimcha bo'lib sifat yasaydi, -foyda- asos, ot so'z turkumiga mansub, birlikda Talaffuz qilinishi: befoyda Semantik tarkibi.

Ma'nosi: [be+foyda] Manffati, nafi yo'q, foyda, daromad keltirmaydiga;, foydasiz. (YTH^,243) Befoyda ish, befoyda o'tgan umr. Befoyda so'zni aytma, foydali so'zdan qaytma.

Sinonimlari: bemuhassal, foydasiz, samarasiz, behuda, bekor. Antonimlari : foydaliq, samarali . Giperonimi: xususiyat sifati.

bo'ladigan qattiq qatlam. Urug'ekilgandan so'ng ustiga kuchli yomg'ir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Giponimi: -

Etimologiyasi: Bu sifat yo'q ma'nosini ifodalaydigan tojikcha be- old qo'shimchasini (ТжРС,544) " naf ", "manfaat" ma'nosini anglatadigan arabcha foidat otiga (АРС, 615) -t tovushini (ot yasovchi qo'shimchasini ) tashlagan holda (ТжРС,412) qo'shib tojik tilida hosil qilingan o'zbek tiliga foyda oti tarkibidagi i tovushi y tovushiga almashtirib olingan. Shunga ko'ra befoyda so'zi y harfi bilan yoziladi . Bu sifat "naf', "manfaat , daromad keltirmaydigan" ma'nosini anglatadi.

Frazeologizmlar va turg'un birikma shaklida qo'llanilishi: Boy berdi -1)yutqizdi 2)behuda, befoyda o'tkazdi. Boshqa tillardagi tarjimasi: Ingliz tilida : useless

Rus tilida: 1. бесшлезный, бес^^дный, HanpacHbrn, тщетный; 2. неприбыльный; невыгoдный; невыгодш. Qozoq tilida: пaйдacыз Turk tilida: faydasiz Tojik tilida: бефoйдa

Garmseriy va serdseriy mevalar Qobul tavobiida ko'ptur va yovuqtur... (Бобур,2002,108, I). Garmseriy

Morfologik va sintaktik xususiyatlari: garm-se-riy, sifat so'z turkumiga mansub, ikki so'zning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Talaffuz qilinishi: garmseriy Semantik tarkibi.

Ma'nosi: issiq iqlimga mansub, issiq o'lkalarda o'suvchi mevalar. Sinonimlari: tropik

Antonimlari : serdseriy, ya'ni sovuq iqlimga mansub Giperonimi: xususiyat sifati Giponimi: -

Etimologiyasi: tojik tilida "issiq "ma'nosini anglatuvchi garm sifati bilan (ТжРС 99)

Frazeologizmlar va turg'un birikma shaklida qo'llanilishi: ko'ziga issiq ko'rindi - 1) tanishdek tuyuldi 2)o'ziga tortdi, yoqimli tuyuldi; sitorasi issiq - xush ko'rinishli, yoqimli, jozibador. Boshqa tillardagi tarjimasi: Ingliz tilida : warm,hot Rus tilida: жaркий

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qozoq tilida: ыстьщ

Turk tilida: sicak

Tojik tilida: гарм

MUHOKAMA

"Boburnoma" - Zahiriddin Muhammad Boburning nomini butun jahonga tanitgan qomusiy shoh asardir. U nafaqat o'zbek adabiyotida, balki jahon miqyosida ham munosib o'rin egallab kelmoqda. "Boburnoma"da shaxslarning nasl-nasabidan tortib avlodlarigacha qimmatli ma'lumotlar berilgan. Muallif har bir tarixiy shaxs va uning faoliyatini tahlil etar ekan, ularning shaxsiyati, fe'l-atvori, odamlar va oila a'zolariga bo'lgan munosabati, xarakteri, el-yurt orasidagi obro'si, ijobiy va salbiy qirralarining faqat eng muhim tomonlarini saralab talqin qiladi. Shuningdek, ma'lum bir joy, makon bilan tanishtirar ekan, o'sha joyning iqlimi, relyefï, o'ziga xos jihatlarini to'liq yoritgan. Ma'lumotlar aniq, izchil, to'liq va haqqoniy berilgan. Shu jihatdan ushbu asarni tezaurus sifatida qabul qilish mumkin.

Asarda tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasigina emas, ularning fe'l-atvori, ichki olami, ma'naviy dunyosi, ruhiyati, orzu-o'ylari ,qiziqishlari mahorat bilan tasvirlangan. Bobur shaxsning fe'l-atvorini tasvirlashda ijobiy fazilatlarini ulug'lagan; inson xarakteridagi qusurlarni kinoyaviy tarzda ifodalagan. XV-XVI asrlar o'zbek adabiy tili leksikasining ma'nodoshlik, ko'pma'nolilik, shakldoshlik kabi xususiyatlarini ifoda etishda "Boburnoma"ning o'rni beqiyosdir.

XULOSA

Muayyan xususiyatlari o'xshash bo'lgan narsa-hodisalar umumlashtirilgan va ularga xos muhim jihat bilan nomlangan. Masalan, sitrus mevalar "norunj mushohibi meva" deb atalgan va limu, turunj, amradpal, amalbed sangtora, chambira, sadofal kabilar shu xil meva sifatida ta'riflangan. "Boburnoma"dagi belgi bildiruvchi leksik birliklarning asosiy qismi xususiyat bildiruvchi so'zlardan iborat.

SHARTLI QISQARTMALAR

АРС - Бaрaтoв X.K.ApaôcKo-русский слoвaрь. - М.: Русский язык, 1957 -1188 с.

ТжРС -Ta^rncKo - руский onoBapb/ ШД peAaK. М.В. Рaхими и Л. В. Успенский - MoœBa: Гoc. изд. ин. и татц cлoвapeй. 1954. - 790 с.

УТИЛ - Узбек тилининг roo^H луFaти. - ^шкент: Узбекистан Миллий энциклoпeдичcи, 2006 - 2008.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, 2016.

2. Ac^apoBa М., Юнусов Р., Йулдошев М., Мухаммедова Д. Узбек тили практикуми. - Тошкент, 2006.

3. Бобур З.М. 2002. Бобурнома. Тошкент.

4. Лукашевич Н. В. Тезаурусы в задачах информационного поиска. - М.: Издво МГУ, 2011.

5. Пулатов А., Мухаммедова С. 2007. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент.

6. Турсунова И., Мухторов A., Рахматуллаев Ш. Хрзирги узбек адабий тили. -Тошкент, 1992.

7. Холманова З. "Бобурнома" - тил крмуси. Тошкент: Академнашр, 2021. - Б.3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.