Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIZMLARDAN USLUBIY MAQSADDA FOYDALANISH USULLARI'

FRAZEOLOGIZMLARDAN USLUBIY MAQSADDA FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
125
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologizmlar / nutq uslublari / obrazlilik / kitobiy frazemalar / so‘zlashuv nutqi frazemalari. / phraseologisms / speech styles / imagery / book idioms / colloquial speech idioms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Komilova, Umidaxon Kaxramon Qizi, Qosimova, M.B.

Tilning frazeologik birliklari mislsiz til hodisasi bo‘lib, ular u yoki bu xalqning hayot tarzini, mentalitetini namoyon etadi. O‘zbek tilining frazeologik birliklari o‘zbek xalqining psixologik, fiziologik, madaniy-ma’rifiy. Lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadigan ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilmadir. Maqolada frazeologik birliklarning usluniy maqsadda foydalanish usulari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING PHRASEOLOGISMS FOR METHODOLOGICAL PURPOSES

Phraseological units of the language are a unique linguistic phenomenon, they show the way of life and mentality of one or another nation. The phraseological units of the Uzbek language are psychological, physiological, cultural and educational of the Uzbek people. It is a multifaceted and multi-layered mental structure that shows linguistic and cultural aspects. The method of using phraseological units for methodological purposes is explained in the article.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIZMLARDAN USLUBIY MAQSADDA FOYDALANISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FRAZEOLOGIZMLARDAN USLUBIY MAQSADDA FOYDALANISH

USULLARI

Komilova Umidaxon Kaxramon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich magistranti.

M.B.Qosimova Andijon davlat pedagogika instituti, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.

ANNOTATSIYA

Tilningfrazeologik birliklari mislsiz til hodisasi bo'lib, ular u yoki bu xalqning hayot tarzini, mentalitetini namoyon etadi. O'zbek tilining frazeologik birliklari o 'zbek xalqining psixologik, fiziologik, madaniy-ma 'rifiy. Lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadigan ko'p qirrali va ko'p qatlamli mental tuzilmadir. Maqolada frazeologik birliklarning usluniy maqsadda foydalanish usulari yoritilgan.

Kalit so'zlar: frazeologizmlar, nutq uslublari, obrazlilik, kitobiy frazemalar, so 'zlashuv nutqi frazemalari.

ABSTRACT

Phraseological units of the language are a unique linguistic phenomenon, they show the way of life and mentality of one or another nation. The phraseological units of the Uzbek language are psychological, physiological, cultural and educational of the Uzbek people. It is a multifaceted and multi-layered mental structure that shows linguistic and cultural aspects. The method of using phraseological units for methodological purposes is explained in the article.

Key words: phraseologisms, speech styles, imagery, book idioms, colloquial speech idioms.

АННОТАЦИЯ

Фразеологизмы языка представляют собой уникальное языковое явление, они отображают образ жизни и менталитет того или иного народа. Фразеологизмы узбекского языка являются психологическими, физиологическими, культурно-просветительскими единицами узбекского народа. Это многогранная и многослойная ментальная структура, в которой проявляются языковые и культурные аспекты. В статье объясняется способ использования фразеологизмов в методических целях.

Ключевые слова: фразеологизмы, стили речи, образность, книжные фразеологизмы, фразеологизмы разговорной речи.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Frazeologiya bo'limi tilshunoslikning alohida bir bo'limi bo'lib, unda ko'chma ma'noga asoslangan turg'un birikmalar, iboralar o'rganiladi. "Frazeologiya" so'zi yunoncha "pharsis" fraza, ifoda "logos" ta'limot degan ma'nolarni anglatib, uning tadqiqot doirasida faqat ko'chma ma'noga asoslangan turg'un birikmalar kiritiladi.

Frazeologik birliklarni o'rganish va tadqiq etish tilshunos olimlarni qadimdan qiziqtirib kelgan. XIX asrgacha iboralar lug'atshunoslik tarkibida o'rganilib, bunda ularning faqat ma'nolari va etimologiyasi bayon etilgan.

A.Xojiyevning "Lingvistik terminlarning izohli lug'ati"da frazeologik birliklarga "tuzilishi jihatdan so'z birikmasiga, gapga teng, semantik jihatdan bir butun, umumlashgan ma'no anglatadigan, nutq protsessida yaratilmay, balki nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug'aviy birlik, turg'un birikmalarning obrazli, ko'chma ma'noga ega turi"[1.; 124] deb ta'rif berilib, frazeologizmning "obrazlilik va ko'chma ma'nolilik" integral belgilarini turg'un birikmalardan farqlovchi differensial belgilari sifatida e'tirof etiladi.

Tildagi ko'pgina frazema (ibora)lar uchun ekspressiv-emotsional bo'yoqdorlik ajralmas xususiyat hisoblanadi, shu bilan birga, iboralarning asosiy qismi uslubiy jihatdan neytraldir. Chunki ibora yordamida u yoki bu predmet, hodisa nomlanibgina qolmasdan, o'sha predmet yoki hodisaga, shaxsga so'zlovchining ekspressiv munosabatiham ifodalanadi. Masalan, tilimizda xursandlikni "og'zi qulog'iga yetdi", "tishining oqini ko'rsatdi" iboralari bilan ifodalash mumkin. Bu iboralarning biri ijobiy baho ottenkasini bildirsa, keyingisi ba'zan salbiy ma'no nozikligini ifodalaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umuman olganda, iboralarning ma'no tuzilishi so'znikiga nisbatan ancha murakkab, chunki iboradagi ma'no munosabatlari bilan uning komponent tarkibi o'rtasida katta uzilish, nomuvofiqlik mavjud.

Iboralar so'zlardan farqli holda reallikdagi muayyan voqea-hodisani faqat ifodalash, nomlash uchun emas, shu bilan birga, unga nisbatan modal munosabatni ifodalash maqsadida yuzaga keladi. Tildagi iboralarning asosiy qismi semantik jihatdan insonga, uning biror xatti-harakatini izohlashashga qaratilgan: ular insonning fizik, psixologik, axloqiy-etik, intellektual xususiyatlarini baholaydi, insonning ijtimoiy holatini, kasbini, yoshini, hayotiy tajribasini, qarindoshlik aloqalarini xarakterlaydi. Shuningdek, voqea va hodisalarni ifodalovchi ko'pgina frazeologik birliklar ham baholash ottenkasiga ega. Shu sababli iboralarning semantik strukturasida qo'shimcha konnotativ element ishtirok etadi. Bu element iboraning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

predmet-logik (nominativ-mantiqiy) ma'nosiga emotsional-ekspressiv bo'yoqdorlik yuklaydi.

Boshqa tillarda bo'lganidek, o'zbek tilida ham frazeologik birliklarning asosiy qismi (75 foizi) funksional-uslubiy jihatdan muayyan nutqiy aloqa doiralarida qo'llanish imkoniyatiga ega. Ayrim iboralar adabiy-kitobiy uslublarda qo'llana olish xususiyati bilan ajralib tursa, boshqalari adabiy-og'zaki, maishiy-so'zlashuv doiralarida qo'llanilishi bilan xarakterlanadi[4.; 46]. Shunga muvofiq, kitobiy va so'zlashuv frazeologizmlari va oddiy so'zlashuv frazeologizmlariga bo'linadi. Iboralarning bunday uslubiy tiplari bir-biridan miqdoriy va sifat jihatidan farqlanadi.

Kitobiy frazemalar. Leksikologiya, uslubiyat va frazeologiyaga bag'ishlangan ishlarda kitobiy frazeologizmlar haqida gap ketganda ko'pincha "qo'l qo'ymoq", "zimmaga olmoq", "qo'l ko'tarmoq", "o'rtaga tashlamoq", "ovoz bermoq", "diqqat markazida bo'lmoq" kabi birikma xarakteridagi iboralar keltiriladi. Aslida, o'zbek tilida bunday kitobiy frazeologik iboralar 400 dan ko'proq. To'g'ri, boshqa tip frazeologik birliklar nisbatan kitobiy frazeologik birliklar son jihatdan bir oz kam, ular publitsistik va ilmiy uslublarda ham qo'llanadi, badiiy matnlarda esa yorqin kitobiy bo'yoqdorlikka ega.

O'zbek tilida kitobiy iboralar orasida arab tilidan o'zlashgan "domiga tushmoq", "lom-lim deyolmaslik", fors-tojik tilidan o'zlashgan "bir jon, bir tan bo'lmoq", "tayyor oshga bakovul", "xizmatga tuxmat" kabi frazeologik birliklar ham bor.

So'zlashuv nutqi frazemasi. Iboralar orasida eng ko'p tarqalgan uslubiy guruh bo'lib, so'zlashuv (aniqrog'i, sof so'zlashuv) nutqi frazeologizmlari milliy til frazeologik fondining deyarlik yarmini tashkil etadi. Uslubiy jihatdan qo'llanish darajasiga ko'ra so'zlashuv nutqi frazeologik birliklari past (tushkun) til vositalari qatoriga kiradi. Ularning qo'llanishi aloqa jarayonining rasmiy tusda amasligidan dalolat beradi, nutqda tabiiylik,soddalik baxsh etadi. So'zlashuv nutqi iboralari maishiy hayotda, o'zaro aloqa jarayonida, adabiy og'zaki nutqda va badiiy matnlarda keng qo'llanadi.

Frazeologik birliklarning so'zlashuv uslubiga xoslanganligini ko'rsatuvchi mezonlaryuqorida ta'kidlanganlarning komponent mezonidan tashqari barchasi hisoblanadi. So'zlashuv uslubiga xos iboralar o'zining obrazliligi, ta'sirchanligi, hamma uchun tushunarliligi va jonliligi bilan xarakterlanadi[5.; 91]. Bu iboralar genetik jihatdan erkin birikmalarni jonli xalq so'zlashuv nutqida ko'chma, metaforik ma'noda qo'llash negizida yuzaga kelgan: "qo'l siltamoq", "loyga botmoq", "qo'liga qaramoq", oyog'idan olmoq", "boshi ko'zidan sadaqa", "ishning ko'zini ochmoq" kabilar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

So'zlashuv nuqti iboralarining muayyan qismi maqollarning qisqargan, o'zgartirilgan variantlaridir. Bunda frazeologik birliklarning bir qismi maqollarning ikkinchi, izohlanuvchi qismining tushib qolishi natijasida yuzaga keladi: "bor-boricha...", "egaridan tushovi qimmat", "yigitning moli yerda", "ot aylanib qozig'ini topar", "quturgan it egasini qopar", "yaxshi otga bir qamchi...", "yomonga yaqinlashsang... ", "bildim dedim tutildim..." kabilar.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, o'zbek tilidagi iboralarning muayyan qismi nutqiy vaziyat bilan bog'liq holda ekspressiv-baho bo'yog'ining turg'un emasligi bilan xarakterlanadi. Ayrim iboralarning funksional-uslubiy bo'yog'i ham o'zgaruvchan, lekin bu holat nutqiy vaziyat bilan emas, balki tilning tarixiy taraqqiyoti, o'zgaruvchanligi bilan aloqadordir. Shu bilan bog'liq holda frazeologiya doirasida funksional jihatdan muayyan uslubga xoslanmagan frazeologizmlar mavjud. Lekin ularni uslubiy jihatdan neytral yoki uslublararo deb tasnifalab bo'lmaydi, chunki ular ekspressiv-baho bo'yog'idan mahrum bo'lga "uslubiy nollar" emas. Ana shu xususiyati bilan frazemalar adabiy til leksikasining yadrosini tashkil etuvchi neytral, uslublararo leksikadan, ya'ni funksional jihatdan xoslanmagan so'zlardan farq qiladi.

REFERENCES

1. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 1985

2. Qosimova M. Badiiy nutq individualligini lingvistik xususiyatlari (Tog'ay Muroq asarlari asosida): fil.fan nomz. Diss.. T. 2007.

3. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. - T.: O'qituvchi. 1978.

4. Yo'ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. - Samarqand, 1998.

5. ШОИМОВ, А. (2020). ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПОЛИТИКИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА И ГОСУДАРСТВА НА НОВОМ ЭТАПЕ НАЦИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА. Вопросы политологии, 10(11), 3330-3338.

6. O'rinboyev B., O'rinboyev D. Hozirgi o'zbek tilining so'zlashuv uslubi. - T.: Fan. 1991.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.