Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI'

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1290
210
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologizm / lingvokulturologiya / obrazlilik / madaniyat / qiyosiy aspekt / idioma / milliy kolorit

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Komilova Umida Kaxramon Qizi, Qosimova M

Lingvokulturologik ahamiyat kasb eta oluvchi o‘ziga xos birliklardan biri bu frazemalar hisoblanadi. Frazemalar turg‘un birikmalar hisoblanib, ularda ma’lum bir xalqning o‘ziga xos dunyosi va qiyofasi obrazli tarzda namoyon bo‘ladi. Frazeologizmlar tarkibidagi biror so‘zi bilan yoxud anglatayotgan ma’nosi bilan o‘zi mavjud til tegishli bolgan millat haqida milly-madaniy axborot beradi. Maqolada frazeologik birliklarning lingvokulturologik birlik ekanligi tadqiq qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI

*

>

¡ Я* ¿И>

Komilova Umida Kaxramon qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistгanti Ilmiy rahbar: f.f.n. Qosimova M https://doi.org/10.5281/zenodo.6696228

P-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Lingvokulturalogik ahamiyat kasb eta oluvchi o'ziga xos birliklardan biri bu frazemalar hisoblanadi. Frazemalar turg'un birikmalar hisoblanib, ulaгda ma'lum biг xalqning o'ziga xos dunyosi va qiyofasi otoazli tarada namoyon bo'ladi. F^eologizm^ taгkibidagi biгoг so'zi bilan yoxud anglatayotgan ma'nosi bilan o'zi mavjud til tegishli bolgan millat haqida milly-madaniy axborot beradi. Maqolada frazeologik birliklarning lingvokulturologik birlik ekanligi tadqiq qilinadi.

Kalit so'zlari: frazeologizm, lingvokulturologiya, obrazlilik, madaniyat, qiyosiy

*

aspekt, idioma, milliy kolorit.

Annotation: Phrases are one of the unique units that can have linguoculturological significance. Phrases are stable combinations in which the

»

unique world and image of a particular people are represented figuratively. Phraseologisms provide national-cultural information about a nation to which the existing language belongs, in a word or meaning. The article examines whether phraseological units are lingvoculturological units.

Keywords: phraseology, linguoculturology, imagery, culture, comparative

aspect, idiom, national colorite.

Аннотация: Фразы являются одной из уникал ьных единиц, которые могут иметь лингвокультуро логическое значение. Фразы представляют собой устойчивые сочетания, в которых образно представлен неповторимый мир и образ того или иного народа. Фразеологизмы дают национально-культурную информацию о народе, к которому принадлежит существующий язык, в слове или значении. В статье исследуется, являются ли фразеологизмы ингвоку ьтуро огическими единицами.

ТТТЛТТАП* Т/\ /1 ТТ/\Г>Г> I /тмлппллттлт

Ключевые слова: фразеология, лингвокультурология, образность,

Ш

культура, сравнительный аспект, фразеологизм, национальный колорит.

i ]■> <"К ч ¡ ] >

Ma'lumki, har bir milliy til o'z taraqqiyotida mukammallashib boradi. Uning

grammatik va fonetik normalari barqarorlashadi, lug'at tarkibi esa boyib boradi.

Shuning natijasida til eng murakkab fikrlarni chiroyli va har xil shaklda ifodalash

xususiyatiga еая b0'ladi Tilnina nvrnlankh iarawmiHa frazemalar fiTimi shak11anadi

xususiyatiga ega bo'ladi. Tilning гivojlanish jaгayonida frazemalar tizimi shakllanadi, boyiydi, nutqning obrazliligi va emotsionalligi oshib boradi [1.: 181]. Frazemalar

ЩЪ

: * ^ * n>

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

hayotning hamma xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi til birliklaridir. Har xil kasb

#

egalari o'z fikrlarini yorqin ifodalash uchun original so'z birikmalarini, bo'yoqdor metaforalarni mohirlik bilan topib qo'llaydilar.

Keyinchalik ularning ko'pchiligi boshqa soha vakillari nutqida ham qo'llana boshlaydi. Ular adabiy tilda o'z o'rniga ega bo'ladi va shu bilan umumxalq til vositasiga aylanadi. Har bir tilning frazemalari o'sha til egalarining asrlar mobaynida yaratgan madaniyati, ma'naviyati, tarixi, turmush tarzi bilan chambarchas bog'liq.

! Ш-

Shu bois har bir tilning frazemalari milliyligi bilan xarakterlanadi. Tilda so'zlovchining tinglovchiga bo'lgan ekspressiv munosabatini ifoda etuvchi bir talay vositalar mavjud. Frazeologizmlar nominativ va qo'shimcha (kesatish, jirkanish, nafrat, so'kish, qarg'ish singari salbiy; erkalash, hazil, rag'batlantirish kabi ijobiy) ma'no - munosabat aks ettiruvchi nutqiy birliklardir.

Frazeologizmlar biror narsa - hodisani atash, nomlash vazifasinigina bajarmaydi, balki shu predmet yoki hodisani aniqlashtirib, ularni emotsional

va

rvKrom 1 +orr7/in KonrvloTr/11 A x m 1 n nu 11 noli Vml on nom ni nr ImmrrvIriiHntrvI rvrrurn f om

obrazli tarzda baholaydi. Ayni shu jihati bilan ham ular lingvokulturologiya fani

uchun ahamiyatli hisoblanadi. Frazeologik iboralar zamirida ma'lum obraz, konkret hodisa, predmet tasavvuri yotadi. Bunday obrazlilik frazeologizmlarning uslubiy imkoniyatlarini oshiradi, ularni tilning kuchli ifoda vositalaridan biriga

»

aylantiradi.Frazeologik birlik yoki frazema, ibora kelib chiqish jihatidan juda qadimiy bo'lsa-da, frazeologiya fani tarixi bir necha yuz yilni o'z ichiga oladi.

Rus tilshunosligida frazeologik birliklar bilan tadqiqotchilar XVIII asrdan boshlab shug'ullanib kelishmoqda. Jumladan, M.V.Lomonosov rus adabiy tili lug'ati rejasini tuzar ekan, bunda so'zlar bilan bir qatorda "xalq (Rossiya) maqollari", "frazeslar" va "idiomatizmlar" o'z ifodasini topishi lozimligini alohida ta'kidlagan

edi. XX asrning 60-80-yillariga kelib frazeologiya chet el tilshunosligida bo'lganidek, o'zbek tilshunosligida ham tez sur'atlar bilan o'sdi.

Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotchisi, shubhasiz, shveysar-fransuz tilshunosi Sharl Balli (1865-1947) hisoblanadi. U o'zining "Stilistika ocherki" (1905) va "Fransuz stilistikasi" (1909) nomli asarlariga so'z birlashmalari, ya'ni frazeologizmlarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan edi. U frazeologik birlashmalarning tashqi va ichki belgilarini bir-biridan farqlagan edi. Uning J-jt

ta'limotiga ko'ra, bunday birlashmalarning struktural xususiyatlari tashqi belgilari,

ш

semantik tabiati esa uning ichki belgilari sanaladi. Frazeologiya asosan frazeologik birlashmalarning semantik tabiatini, ichki belgilarini o'rganish bilan shug'ullanishi lozim[2.:157]. F.de Sossyur esa "Umumiy tilshunoslik kursi" (1916) asarida

iw-

! И*

sintagma, uning belgilari haqida so'z yuritar ekan, tilda shunday tayyor birikmalar («готовые речения») borki, ularning uzual xarakteri ma'nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqadi. Ularni improvizatsiyalash (tayyorgarliksiz qo'llash)

lV-4 N J ^

; >;> Ы >

>q ] - )> >

34 | ' L

is* » J

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

mumkin emas, chunki bunday birikmalar tayyor holda, an'anaga ko'ra qo'llanadi,

degan edi [3:157].

Mashhur tatar tilshunosi G.X.Axunzyanov "frazeologiya" termini ko'p ma'noli bo'lgani uchun unchalik ma'qul emas, uni "idiomatika" yoki "idiomalogiya" terminlari bilan almashtirish zarur, deb hisoblaydi. Olimning fikricha, "leksikologiya va idiomatikaning o'zaro aloqasi shunda ko'rinadiki, so'z, ya'ni leksik birlik tilning leksik sistemasi elementi va leksikologiya sohasining o'rganish obyekti sanaladi, idioma esa o'sha tilning idiomatik sistemasi tarkibiga kiradi hamda u idiomatika yoki

o O J

idiomalogiya (idiomashunoslik) sohasining o'rganish obyektidir [4.:6]" Umuman olganda, G.X.Axunzyanov tadqiqotlarida "idioma" tushunchasini nihoyatda keng ma'no ifodalaydi. Uning "Idiomalar" nomli asari keng ko'lamli xarakteri, mazmunining chuqurligi bilan frazeologiya sohasi uchun ahamiyatlidir.

N. M. Shanskiy, Ye. A. Bistrova va T. Aliqulovlar hamkorlikda yaratgan "Rus tilidagi 700 frazeologik ibora" lug'atida qayd qilinishicha, "agar tilni frazeologik

iKr\ rn I nr Vm Inn "mil An onin" rtn ía o 1 non mi i mVi n Krv'l no iKrv ro I or noinnflimnrrnn -film

iboralar bilan "buloq suvi" ga qiyoslash mumkin bo'lsa, iboralar qatnashmagan tilni

distillyatsiya qilingan suvga tenglashtirish mumkin. Nutq jarayonida ibora qo'llanmasa, u "o'ta qoidali", hatto "sun'iy" bo'lib ko'rinadi". Frazeologizmlar o'zida muayyan millat madaniyatini gavdalantiradi. Tilning hech qaysi bir birligi

frazemalarchalik milliy koloritga ega bo'lmaydi.

Frazeologizmlar xalq boyligi bo'lganligi sababli ham uning manbalari u yoki bu xalq yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tuzumi, tarixi, madaniyati, hayot tarzi, og'zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san'ati, fani, urf-odati kabilar bilan chambarchas bog'lanadi.

O'zbek tili leksikasida mavjud frazemalarning deyarli hammasi

lingvokulturologik xususiyatga ega. Chunki Masalan, "Qo'li ochiq" frazemasi saxiy ma'nosida qo'llanuvchi belgi bildiruvchi frazema bo'lib, aynan tanti va mehmondo'st xalqimizning vakillariga nisbatan ishlatiladi. Yoxud "Do'ppisini osmonga otmoq" iborasini oladigan bo'lsak, uning aytilishi va eshitilishiyoq ko'z o'ngimizda o'zbek xalqini va uning samimiy, sodda, tanti bir vakilining xushchaqchoq qiyofasini gavdalantiradi.

"Qo'y o'gzidan cho'p olmagan" [5.:295]- nihoyat darajada beozor, mo'min

1 l-\ fn n 1 ' I fl+rrAf V\l1 t -T-l -11 TS-\\-\ -I TVnrr/AtYXn l-\ '1 1 l-\ T rm 7 r» ri I'* A71 1 r< ' 1 11in n f rv n 11 1 r< l-\ n+n 11

iborasi fe'l-atvor bildiruvchi frazema bo'lib, yuvosh, xushfe'l insonlarga nisbatan

ishlatiladi.

Ha, shunaqangi dog'uli edi u, yiqiladigan joyiga oldindan ko'rpa to'shab qo'yar, ishigayam, so'zigayam hamisha birovlarni qalqon qilardi, o'zi qo'y og'zidan cho'p

! !>»

olmagan, buzoqning haqi bor deb sigirning sutini ichmaydigan faqir. (A.Yo'ldoshev, Puankare)

Bu frazemaning ham lingvokulturologik ahamiyati mavjud. Bunda ham shaklan,

...................., • •_____j • _______• ______________-J

ham mazmunan xalqimiz madaniyati va ma'naviyatiga xos belgilar mavjud. Xalqimiz

u>,* ^ «KQs

WiW к/

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

turmush tarzida azaldan chorvadorlik ishi muhim o'rin tutgan. Iborada aynan yuvosh

#

jonivor qo'y obrazining keltirilganligi ham mana shu omilga bog'liq. Umuman, lingvokulturologiyada frazeologizmlar:

- Muayyan til tabiatiga xos milliy realiyalarni aniqlash (bosh-oyoq sarpo, do'ppisini osmonga otdi, ko'rpasiga qarab oyoq uzatmoq, xamir uchidan patir, to'nini teskari kiyib olmoq va hokazo);

- Fikrni obrazli ifodalash (do'ppisi yarimta, ko'ngli tog'day ko'tarildi, ko'zini

!

yog' bosgan, yog' tushsa yalaguday...);

- So'zlovchi shaxs dunyoqarashini ko'rsatish (qo'yday yuvosh, itday qaysar, quyonyurak, bag'ritosh, yuzi shuvut...);

- Muayyan mentalitet-millatga xos hududiy, madaniy, ijtimoiy, diniy o'ziga xos voqea-hodisalarga, shaxslarga ishora (Almisoqdan qolgan, qiyomat qarz, oqposhshoning laychasi, afandiga ulfatbashara, daqqiyunusdan qolgan, alifni kaltak deyolmaslik...);

- Jonli muloqot muhitini shakllantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki,

frazeologizmlarni biz chinakam etnomadaniy birliklar deb atashimiz mumkin. Bunday etnomadaniy birliklarni o'rganish va shu asosda muayyan xalq madaniyati,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

»

mentalitetidan xabardor bo'lish kabi masalalar lingvokulturologiyada frazeologizmlarni o'rganishdan kelib chiquvchi bosh maqsadlarimizdan biridir. Ayniqsa, frazeologizmlarni qiyosiy aspektda o'rganish asosida xalqlar, mentalitetlar o'rtasidagi o'ziga xosliklar yoki aksincha, mushtarakliklarni aniqlash oson kechadi. Bugungi kun lingvokulturologiyasida ayni shu aspektdagi ishlar katta miqdorni

tashkil etadi.

Umuman, frazeologik birliklarni o'rganish o'zbek tilshunosligi, xususan, lingvokulturologiya fani oldida yangi imkoniyatlarni ochadi, til lug'at tarkibining kengayishiga sabab bo'ladi.

mos

*

• >'W #.i]>

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Вопросы изучения и преподования романо-германских языков. Труды Самаркандского государственного университета им. А.Навои. Выпуск 326. - Самарканд.: 1976

2. Балли Ш. Французская стилистика. - М.: Наука 1984

3. Фердинанд де Соссюр. Курс общей лингвистики // Фердинанд де Соссюр Труды по языкознанию. - М.: 1977

4. Ахунзянов Г.Х. Идиомы (исследование на материале татарского языка). АДД. - Казань.: 1972

5. Shavkat Rahmatullayev. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. - T.: O'qituvchi. 1978

"-W-IÂT88- gj l

• J^W

ы )>

PV

>>

#<ь>

^ >3> 1

I }> M>i

ы>

I ]>-J

! >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

6. Yo'ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. - Samarqand, 1999

7. ^осимова М. Бадиий нущ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари (Тогай Мурод асарлари асосида): филол.фан номз. дисс... Т. 2007

8. Usmanov F.F. Linguocultural competence as the means of identifying images in fixed similes // Theoretical & Applied Science. №5 (73). 2019. p. 17-20. URL: http://www.t-science.org/arxivDOI/2019/05-73/05-73-4.htm

9. Ф.Усманов. Узбек тилидаги ухшатишларнинг лингвомаданий тадкики.ШЬ : http : //library.ziyonet.uz/static/lib/reader-

pdf/web/viewer.html?file=http://library.ziyonet.uz/uploads/books/251467/5e1 c61965 017c.pdf

О И*

щу

ы> ♦g*

Ян

ы )> я*

ы>

! >5>

Ы )>

] >4>

щ

Ш> №

! >1

Ы р

] Я> Ы >

+Н >

л w> -

>> ы*

jW^ у

q ж**

!> О

L*

■ш

-^fV-iiT f---^SfV-^Y f.—

37

m >

q > >

slH >

Ы:>

q

Ы >

£ H >

^й > *

>

q

i>

q > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.