Научная статья на тему 'INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA SINONIM VA ANTONIM FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI'

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA SINONIM VA ANTONIM FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
671
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tilshunoslik / bog’lanma / mikrosistema / obyekti / omonimiya / ma’noviy struktural / bir ma’nolilik / so’z-komponent / semantik mikrosistema.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Хакимова Дилдора Рахимжон Кизи

Mazkur maqola Ingliz va o’zbek tillarida frazeologik birliklarning ahamiyati ularning xususiyatlari haqida fikr yuritadi. Shuningdek, maqolada frazeologik birliklar o’rtasida sinonim va antonimlik hodisasini sodir bo’lishi namunalar asosida ko’rsatib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA SINONIM VA ANTONIM FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM VA ANTONIM FRAZEOLOGIK

BIRLIKLAR TAHLILI Хакимова Дилдора Рахимжон кизи

Термиз давлат педагогика институти хорижий тил ва адабиёти

2-курс магистранти https://doi. org/10.5281/zenodo.7362720

Annotatsiya. Mazkur maqola Ingliz va o 'zbek tillarida frazeologik birliklarning ahamiyati ularning xususiyatlari haqida fikr yuritadi. Shuningdek, maqolada frazeologik birliklar o 'rtasida sinonim va antonimlik hodisasini sodir bo 'lishi namunalar asosida ko 'rsatib o 'tilgan.

Kalit so^zlar: tilshunoslik, bog'lanma, mikrosistema,obyekti, omonimiya, ma'noviy struktural, bir ma 'nolilik, so 'z-komponent, semantik mikrosistema.

Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya ham o'zining shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga ega. Frazeologizmlar kelib chiqishi jihatdan juda qadimiy bo'lsa-da, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yilni o'z ichiga oladi. Frazeologiya ilmining asoschisi shveytsariyalik olim Sharl Ballidir. U o'zining "Frantsuz stilistikasi" (1909) nomli asarida so'z birlashmalari, ya'ni frazeologik birliklarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan. Ferdinand de Sossyur esa sintagma, uning belgilari haqida o'z qarashlarini bayon etgan. Tilda shunday tayor birliklar borki, ularning lisoniy tabiati ma'nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqdi, bunday birikmalar tayyor holda, an'anaga ko'ra qo'llanadi, degan edi. Frazeologiya tilshunoslikning keyingi taraqqiyotida tez rivojlangan sohalardan biridir. Rus va ingliz tilshunosligida frazeologiya ancha ilgari o'rganila boshlangan bo'lsa, o'zbek tilshunosligida bu soha sistemali ravishda o'rganila boshlanganini o'tgan asrning 40-50- yillariga to'g'ri keladi. Bu davrda Sh. Raxmatullayev (1969), G.A.Bayramov (1970), G.X.Axunzyakov (1974), V.G.Uraksin (1975), L.K.Bayramova (1983), M.F.Chernov (1986) larning doktorlik dissertastiyalari frazeologizmlar tadqiqiga bag'ishlangan. Frazeologik birikmalar asosan so'zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo'lib, tuzilishiga ko'ra erkin bog'lanma yoki gapga teng, to'liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg'un so'z birikmalarini o'z ichiga oladi[1].

Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, boshqa xildagi tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma'lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma'noda frazeologik olim A.V. Kunin ingliz tili frazeologizmlarining ko'pchiligining muallifi noma'lum bo'lib, ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko'rsatib o'tgan. Ammo ba'zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin. Shu ma'noda frazeologiya tilning umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo'lib, bu tizim o'zida o'tmish merosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan - avlodga o'tadi. Tizimni tashkil etuvchi frazeologik birliklarning ko'pchiligi ma'lum tilning Frazeologiyaning obyektini belgilashda turli xil farazlar mavjud. Frazeologiyaning obyektini faqat turg'un birikmalar tashkil qiladi. Frazeologiyafani frazeologik birliklarni ma'noviy struktural xususiyatlarini tadqiq qiluvchi, ularning til sistemasida paydo bo'lishi va nuqtda ishlatish xususiyatlarini o'rganuvchi fan deb ta'riflangan. Frazeologik birliklarning semantik xususiyatlarini o'rganish orqali ularda frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik antonimiya, frazeologik omonimiya va paronimiya hodisalari borligi aniqlangan

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Frazeologik sinonimiya - sinonimiya til birliklari orasidagi semantik mikrosistemalardan biri bo'lib, frazeologik birliklar orasida ham anchagina. Ikki frazeologik birlikni sinonim deyish uchun ular ayni bir ma'noni anglatishi shart. Busiz sinonimiya haqida gapirib bo'lmaydi. Ayni bir ma'nolilikni teng ma'nolilik deb tushunish yaramaydi[2]. Har bir sinonim, shu sinonimiya uyasi uchun umumiy ma'no o'zanidan tashqari, o'ziga xos ma'no qirrasiga ega bo'ladi. Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo'ladi, shulardan biri ma'no qirrasidagi farq bo'lishi mumkin. Masalan, yer bilan yakson bo'lmoq - yer bilan yakson qilmoq, kulini ko'kka sovurmoq - kuli ko'kka sovurildi yoki to be in a bad mood va to be down in the mouth frazeologik birligiga sinonim: ayni bir ma'noni anglatadi. Bu sinonimlar, boshqa belgi-xususiyatlaridan qat'i nazar, ma'no qirrasida farq qiladi: ikkinchisida ma'no bir qadar kuchli.

Frazeologik sinonimlarni belgilashda ular asosida boshqa boshqa obrazning yotishi ham hisobga olinadi. Masalan, bir og'iz, bir shingil, bir chimdim sinonim frazeologik birliklari, asosida har xil obrazlar yotadi: so'zlash organi, bir bosh uzumning qismi, chimdib olinadigan miqdor. Sinonim frazeologik birliklarni bir frazeologik birlikning variantlaridan ajratish kerak. Buning uchun frazeologik birliklarlarning so'z-komponentlariga diqqat qilish kerak. Leksik tarkibida ayni bir so'z-komponent qatnashmaydigan frazeologik birliklar larning sinonim ekani shubha tug'dirmaydi. Masalan, "butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha" ma'nosini anglatadigan ipidan ignasigacha, miridan sirigacha, qilidan quyrug'igacha frazeologik birligiga o'zaro sinonim bo'lib, ular tarkibida umumiy so'z-komponent yo'q[3].

Sinonimiya til birliklari orasidagi semantik mikrosistemalardan biri bo'lib, iboralar orasida ham keng tarqalgan. Buyuk frazeolog tilshunos A. B. Kunin frazeologik sinonimlarga quyidagicha ta'rif bergan: "Frazeologik sinonimlar bu koreferent frazeologizmlar bo'lib, bir grammatik sinfga kiruvchi, umumiy hamda differensial semantik komponentlarga ega bo'lgan, stilistik jihatdan o'xshash va noo'xshash bo'lgan birliklardir". Ikki iborani sinonim deb atash uchun ular aynan bir ma'noni anglatishi shart. Ammo bu bir ma'nolilikni teng ma'nolilik deb tushunish noto'g 'ri. Harbir sinonim, shu sinonimiya uyasi uchun umumiy ma'no o'zanidan tashqari, o'ziga xos ma'no qirrasiga, uslubiy-funksional xususiyatlariga ham ega bo'ladi. Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo'lishi mumkin bo'lib, shulardan biri ma'no qirrasidagi farqdir. Masalan ingliz tilida so 'zlashuv uslubida keng tarqalgan "lower one's credit" va "blot one's copybook" (nomiga dog' tushirmoq) iboralari aynan bir ma'noni anglatishi, bir xil (so'zlashuv) uslubiga xoslanganiga qaramay, bu sinonimlar ichki ma'no qirrasi jihatidan o'ziga xosliklarga ega, ya'ni ikkinchi iborada ma'no bir qadar kuchli. Buni uslubiy bo'yoqdorlik bilan izohlash mumkin. Lekin ularning umumiy denotativ ma'nosi bir xil bo'lmasligi uchun sinonim deb atash mumkin. Sinonim iboralarni bir iboraning variantlaridan ajratish lozim buning uchun iboralarning so'z komponetlariga diqqat qilish lozim. Leksik tarkibida aynan bir so'z qatnashmaydigan iboralarning sinonim ekani shubha tug'dirmaydi. Masalan: like a bat out of hell- go like a bomb-in a crack (bir zumda, tezda) iboralari sinonim ekanligiga hech qanday shubha yo'q. Lekin shuni unutmaslik kerakki sinonim iboralar leksik tarkibida biror komponent ayni bir so'z bilan ifodalangan bo'lishi mumkin. Ammo bunda iboralar tarkibidagi boshqa-boshqa so'z bilan ifodalangan komponetlar o'zaro sinonim bo'lmasligi shart[4]. Aks holda bir iboraning variantlariga teng bo'ladi. Masalan: on one's own-under one's own power of one's own hat (mustaqil ravishda) sinonimik qator tarkibidagi "own" so'zi takrorlanayotganiga qaramay ular variantdosh emas, sinonim birliklar hisoblanadi. Chunki variantlanish alohida hodisa hisoblanib bunda ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

xos obraz birligi lug'aviy ma'no birligi saqlanadi. Variantlanish iboraga xos yaxlitlikning o'z doirasida, shu yaxlitlik yo'l qo'ygan darajada voqe bo'ladi(3). Masalan, be on smb's back-get on smb's back(kimningdir boshiga chiqib olmoq); bad egg- bad hat (iflos, past odam) birliklari variantdosh iboralardir. Frazeologik sinonimlar bilan variantlar o'rtasida ko'pgina umumiy tomonlar mavjud. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, frazeologik sinonimiya variantdoshlikka nisbattan ancha keng tushunchadir. Frazeologik sinonimlar va frazeologik variantlar ingliz tilining kuchli tasviriy uslubiy manbalari sanaladi. Shuning uchun lug'atlarda frazeologik sinonimlar ham frazeologik variantlar ham o'z aksini topishi lozim. Variantdosh iboralarni sinonim iboralardan farqlash frazeologik stilistikaning eng muhim masalalaridan biridir. Bu hol ayniqsa sinonim iboralarning uslubiy tarmoqlanishi haqida so'z yuritilayotganda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Баходирова, Ф. Б. Ingliz tilida frazeologik sinonimya / Ф. Б. Баходирова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 24 (262). — С. 533-535. — URL: https://moluch.ru/archive/262/60434/ (дата обращения: 24.11.2022).

2. Алехина А.И. Семантические группы во фразеологии современного английского языка. М., 1977

3. Кунин А.В. О структурно - семантической классификации фразеологических значений. М., 1979.

4. Tursunov U, Muxtorov J. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T., 1975.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.