•4 ж 7
X. Sh. Rahmatullaev. Termiz Davlat Pedagogika instituti, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yer yuzidagi eng qadimgi tsivilizatsiyalardan biri bo'lgan Mesopotamiya musiqasi, uning tarixi, sozandalari, cholg'ulari, kompazitor va bastakorlari haqida qisqacha malumotlar keltirilgan bo4ib, undan shumer, akkad, xet va ossur xalqlari madaniyatining qay darajada rivojlanganini o'rgangan mutaxassis olimlarning farazlari, qilingan kashfiyotlar haqida bilib olishingiz mumkun boladi.
Kalit so'z
Qadimgi, shumer, akkad, mesopotamiya, xet, ossur, madaniyat, mutaxassis.
ОТ ШУМЕРСКИХ, АККАДСКИХ И ХЕТТСКИХ НАРОДОВ НОВАТОРСКИЕ СВИДЕТЕЛЬСТВА ТОГО, ЧТО ДЖОН СОЗДАЛ ПРОГРЕСС СВОЕЙ МУЗЫКИ
Х. Ш. Рахматуллаев. Термезский государственный педагогический институт, преподаватель преподаватель кафедры изобразительного
искусства и инженерной графики
Аннотация
В этой статье представлена краткая информация о музыке Месопотамии, одной из древнейших цивилизаций на земле, ее истории, музыкантах, инструментах, композиторах, вы сможете узнать о гипотезах ученых-экспертов и сделанных открытиях.
Ключевое слово
Древний, шумерский, аккадский, месопотамский, хеттский, ассирийский, культура, эксперт.
FROM SUMERIAN, AKKADIAN AND HITTITE PEOPLES GROUNDBREAKING EVIDENCE THAT JOHN HAS CREATED THE
PROGRESS OF HIS MUSIC X.Sh.Raxmatullaev. Termez State Institute of Pedagogy, teacher of the Department of Fine Arts and engineering graphics
Annotation
This article provides brief information about the music of Mesopotamia, one of the oldest civilizations on earth, its history, musicians, instruments, composers, you can learn about the hypotheses of expert scientists and discoveries made.
Keyword
Ancient, Sumerian, Akkadian, Mesopotamian, Hittite, Assyrian, culture, specialist.
Tigr va Yevfrat daryolari oralig'i va bo'ylarida joylashgan yarim oy shaklidagi hududda insonlar tomonidan asos solingan eng qadimgi tamaddunlar barpo bo'lgan. Ushbu hudud qadim yunon tilida aytilganda Mesopatamiya, yani ikki daryo oralig' i degan nom bilan mashxurdir. Eramizdan oldingi 10000-3000 yilliklarda ushbu hududlarda o zlarini shumerlar va akkad deb atovchi xalqlar hukumronlik qilgan. Ulardan bizga qadar yetib kelgan bitiklar, eramizdan oldingi 3 ming yillliklarga va undanda oldingi davrlarga tegishli hisoblanadi. Tigr va Yevfrat daryolarining janubiy oralig'ida shumerlarning Ur, Uruk, Larsu va Lagash kabi yirik shahari joylashgan, shimoliy oralig'ida esa Assur, Nimrud, Xorsabad va Nineviyu kabi shaxarlar joylashgan. Daryolarning birlashgan qismida akkadlarning Vavilon, Agade, Sippar, Ktesifon va Salavkiya shaharlari bo'lgan. Hududning tuprog'i ekinchilik uchun juda
yaxshi, unimdor yerlar bo'lib, unda xurmo darahtlari juda ko'p bo'lgan.
Shumer va akkad xalqlarida yozuvning bo'lganligi, davlatning ichki va tashqi aloqalari, xalqning turmush tarzi, urf odatlari, adabiyoti kabi barcha yozish mumkun bolgan manbalarni hujjatlashtirish imkoninin yaratgan. Ushbu bitiklar asosida Mesopotamiya tarixini o'rganar ekanmiz, musiqaning ushbu hududda paydo bo'lgan ilk tamaddunlar davridayoq keng tarqalganligigni, davlat boshqaruvi tizimida, diniy hamda dunyoviy qarashlarda juda yuqori o'rinda turganligigni ko'rishimiz mumkun. Mesopotamiya musiqasi haqidagi malumotlarni yozma bitiklardan tashqari badiiy tasvirlar, haykaltaroshlik buyumlari, ustachilik buyumlari kabi arxeologik topilmalardan ham o'rganishimiz, taxlil qilishimiz mumkun. MaTumotlarning ko'pligi va hudud axolisining oz zamonasidan olislab ketganligi, Mesopatamiya tarixi va musiqasiga ilm ahlining qiziqishini oshiradi. Mesopatamiya yozuvlari _oddiy loyga
yozilgan va olovda quritilgan. Hududda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida va hozirgi kunga qadar mingdan ortiq loy xatlar topilgan. Ularda musiqaga oid bo'lgan ko'plab malumotlar bor. Shunday malumotlardan biri musiqachi yoki sozandlarning jamiyat hayotidagi o'rni haqidadir. Ularda yozilishicha shumerlar va akkad xalqlari jamiyatida musiqachilarni ikki hil nom bilan Gala va Nar deb atalgan. Musiqachilarning ikki hili ham din vakillari va qirollik hokimiyati vakillari tomonidan qadrlangan. Ushbu darajalarga ko'tarilgan musiqachilar, jamiyatdagi o'rniga ko ra farqlangan. Gala (akkadcha-kalu) unvonidagi musiqachilar din va ibotaxonalardagi marosimlar bilan bog'liq bo'lib, ularning ishi yengil, ammo doimiy bo'lmagan. Shumer va akkad bitiklaridagi mamuriy xujjatlarda yuzlab ushu darajadagi musiqachilar nomlari keltirilgan. Bazi arxeologk topilmalarda ularning hayoti, ijodi va oilalari haqida ham to'la malumotlar keltirilgan bo'lib, bu ularning jamiyatda yuqori maqomga ega bolganligidan dalolat beradi. Mabud Enki ushbu darajadagi musiqachilarning homiysi hisoblan-gan.
Nar (akkadcha-naru) unvonida bo'lgan musiqachilar, aynan qirollik oilasi bilan bog'liq bo'lgan. Ular qirollik tadbirlari, yig'inlarida cholg'uchi, qo'shiqchi va teatr tomoshlarining aktyori kabi vazifalarni bajargan. Tadbirlarda ishlatiluvchi barcha asbob
uskunalarni o'zi bilan olib yurish, ularning sifatiga javob berish ham Nar unvonidagi musiqachilarining vazifasiga kirgan. Ular, qirol bilan to'g'ridan to'g'i yozishmalar olib borish, qirol uyushtiradigan barcha tadbir va sayohat yurishlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan. Saroyning bosh musiqachisi musiqiy
tadbirlarga boshchilik qilgan va yosh musiqachilarni musiqiy bilimlarga o'rgatil WOrgan^ Qirollik xaramida qirolning joriyalari, bolalari vf\_ qullari qatorida, yosh musiqachilar ham tarbiyalangan. Qirollik oilasi va zodogonlar uchun yaxshi musiqachilarga ega bo'lish, yuqori maqomga ega b^J^shj^^^^ab^^ hisoblangan va shu sababdan musiqachilar savdosi mamlakat hududida keng tarqlgan. Xattoki diplomatik aloqalarni yaxshilash, urushni to xtatish lyoki hamkorlik qilishmaqsadida, qo'shli^irollikläi^ ga musiqachilarning tortiq qilinganligi haqidagi malumotlar ham bor. Shunday yozib qoldirilgan malumotlarning birida, Ossuryalik-lar, shaxarni bosib olishganidan so'ng undagi musiqachilarni -<ozoti. v qilishganli haqida bo^a, ikkinchisi "Gilgameshning olimi" nomli ertakda keltirilga boTib, urna j yozilishicha 'qirol Gil|«mesh »Vz
dan akat
xotini, bolalari va musiqachilari nomidan mabudlarga tuxfalar, qurbonliklar keltirgan. Yana bir malumotda qirol vafot etgandan so'ng uni so'ngi manzilga kuzatish jarayonida uning oila azolari qatorida musiqachilarning ham qatnashishiga ruxsat etilganligi haqida hujjatlar _bizga qadar
saqlanib qolgan. Musiqachilarning aynan qaysi jins vakillari bo'lishganligi haqida olimlar tomonidan turlicha nazariyalar ilgari surilgan bo'lib, ularning ko'pi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bazi olimlarning fikriga ko'ra diniy ma'rosimlar bilan bog'liq bo'lgan Gala musiqachilari ko'proq ayollar
bo lishgan. Chunki, marh kuzatish jarayonida, Galalarning marhum uchun
нннннинннио!
malumotlar mavjud erkak musiqachilar ulardan musiqa haq bilimga ega E
Musiqaning xalq, din va qirollik hokimiyati tomonidan yuqori darajada qadrlanishi musiqachilarning ozlari ustid! l^hfashiga va yangidan yangi ijodiy, nazariy yutuqlarga erishishiga olib kelgan. Shu boisdan Mesopotamiyaning katta shaxarlarida cholguchilik va nazariy bilimlardan talim beruvchi ¡KSqituvchilar va ta lim maskanlari ^laydo bo'lgan. Bu haqda shumeBfl ning eramizdan oldingi 3 ming Vyliklarga tegishli bo'lgan yozuvlarida shunday deyiladi:
Lagash shaxrida joylashgan eng katta Ningarsu ibodatxonasida qo' shiqchilikdan dars berilib
qo'shiqlar bir nechta cholg'ular jo'rnavozligida aytilardi.
Qoshiqlar yakka va umumjamoa, cholg'u jo'rligida va a-kapella qilib kuylangan. Yuqoridagi kabi malumotlardan korinib turibdiki, birinchi cholg'u ansambllari va xor jamoalari ham
birinchilardan bo'lib ikki daryo oralig'ida tashkil etilgan. Ushbu ansambl va xor jamoalari ibodatxonalarda o'tqaziluvchi tadbir va marosimlarning ko'rki hisoblangan. Tabiiyki bunday tadbirlarni tashkillashtirishda
ibodatxonalarga katta-katta homiylik mablag'lari va qirollik vakillari tomonidan rag'batlar bo'lgan O'z navbatida ibodatxonalar, xalqni boshqarishda qirollikka ko'maklash-gan. Ammo musiqaning qiyinligini inobatga oladigan bo'lsak, bu va bunga o'xshash bazi diniy marosimlarni o'tqazishda ishtirok etuvchi musiqachilarni tayyorlash uchun bir kun yoki bir oy yetmasligi ham nazariy, ham amaliy tajribalar bilan isbotlab berish qiyin emas, shu sababli musiqachilarni tayyorlashda musiqa savodi va amaliy ko'nikmalarni hosil qiluvchi ta'limiy jarayonlarsiz tasavvur qilib bo'lmas edi. Buning yaqqol dalili sifatida loy xatlarda bitilgan cholg'u asboblarida qanday sozlash va ijro etish kerakligi boyicha yo'riqnomalarni misol qilib keltirishimiz mumkun bo'ladi. Shu bilan birga Mesopatamiyaliklar qadimgi Misrdagi eng birinchi musqa ta'limi maktablariga ham asos solgan bo'lib, bunga Misrdagi birinchi maktab nomlarining shumer tilida ekanligi isbot bo'lib hizmat qiladi. Chunki, eramizdan oldingi 3 ming yilliklarda Mesopatamiyada hattotlik va rohiblik maktablari rivojlangan va bu maktablar edubba nomini olgan. Edubba (shumercha) maktab degan ma'noni anglatib, qadimgi Misrdagi birinchi maktablar huddi shu nom
bilan atalgan.
Saqlanib qolgan loy xatlarda maktab o'quvchilarining imtixon savollarida, musiqiy cholg'ularni farqlashi, kuylash usullarini bilishi, kuyni taxlil qilishi kabi majiburiy topshiriqlar bo'lganligi yozib qoldirilgan. Edubbalarda zodogon oilalarning farzandlari o'qish, yozish, diniy, ilmiy, huquqiy, tibbiy va musiqiy talimlardan dars olishgan. Bazi manbalarda Mesopatamiya maktab-larida musiqiy cholg'ular-ning o'yinchoq ko'rinishlari ham bo'lganligi, ularga qarab o'quvchilar cholg'ularni farqlashni organishgan-ligi, bazi manbalarida esa musiqa bo'yicha talim oluvchi o'quvchilarning kozlari ataylab ko'r qilinganligi yozib qoldirilgan. Ammo buning nima sababdan qilinganligiga izoh keltirilmagan. Yuqorida takidlaganimiz kabi, musiqa va boshqa sohalarning gullab yashnashini, homiyliksiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shunday homiylardan biri eramizdan oldingi 2094-2046 yillarda yashab o'tgan, shumerlarning, Ur shaxrini boshqarayotgan uchinchi qirollik shajarasi vakili Shulga bo'lgan va u oz davrida sanatning barcha turlari rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. U o'zi haqida yozilgan bitiklarda, cholg'ularning deyari barchasini chala olishini, bu uning uchun hech qanday qiyinchilik tugMirmaganligi-ni takidlagan va o'zi chalishni bilgan algar, sabitum, miritum, urzababitum, xarxar, dim va magur kabi cholg'ularni sanab o'tgan. Shu qatorda u tigi va adab janrlarida kompazitsiya qila olish kabi qiyin
usullarning bilimdoni ekanligini bildirgan. Uning fikriga ko'ra, barcha musiqa cholg'ulari orasida qamishdan ishlangan sibizg'i ovozi unga yoqmasligini, buning sababi sibizg' ida kuylar juda g'amgin bo'lib eshitilishini, musiqa esa quvnoq va atrofdagilarga shodlik keltirishi kerakligini aytgan. Shulga shumerlarning Ur va Nippur shaxarlarida joylashgan eng katta edubbalarni o'z nazoratiga olgan va ushbu dargo'hlaridagi talim tizimini sahiylik bilan moliyalashtirgan.
Mesopatamiya musiqachilari orasida eng mashxur va boyi Dada nomi bilan tarixda qolgan bo'lib, tarixiy hujjatlarda uning gala yoki gala-mox unvoni sohibi ekanligi qayd etilgan. U o'z faoliyatini Shulga davrida boshlab, saroydagi barcha musiqiy tadbirlarga boshchilik qilgan va qirol saroydagi barcha galalarning boshqaruvchisi va ustozi hisoblangan. Dada va uning oilasi mamalakatning bir nechta shaxarlarida o'z qarorgohiga ega bo'lganligi, Dadaning katta boylik sohibi ekanligidan va qirol hokimiyati bilan yaxshigina aloqalari bo'lganligidan dalolat beradi. Dadaning farzandlari bo'lgan Xedud-Amar-Sin va Shu-Sin-migir-Eshtarlar ham musiqa ilmidan juda yaxshi habardor bo'lishgan va ular ham Dada qatorida saroy ahli, qirol va uning oilasi uchun o'tqaziluvchi ko'ngil ochar dastirxon va tadbirlarda tashkilotchi hamda ijrochilaridan bo'lishgan. Dadaning bosh yordamchisi sifatida, nar unvoniga ega Ur-Ningubla nomli musiqachi hizmat qilgan. Loy _ xatlardagi
bitiklardan, Ur-Ningublaning juda mohir sozanda bo'lganligi aytilgan va u Dadaning ko'magi bilan qirol saroyida yulduzga aylangan. Dada kabi martaba, obru-etibor va boylikka kamdan kam musiqachi galalar erisha olgan.
Har narsaning o'z yratuvchisi bo'lgani kabi, musiqalarning ham yaratuvchisi bastakor yoki kompazitor bo'ladi. Musiqa tarixida mualliflik nomi yozib qoldirilgan, eng birinchi kompazitor ham Mesopotamiya hududida yashab o'tgan bo'lib, u, akkad ibodathona-larining bosh rohibasi Enxeduanna hisoblanadi. Enxeduan-na eramizdan oldingi 2300 yilliklarda yashagan va akkad imperiyasining asoschisi Sargonning qizi bo'lgan. Shumer va Akkad ibodatxonalarida kuylanuvchi ko'plab diniy madhiya-lar, shu jumladan bizga qadar saqlanib qolgan Sin va Inanna mabudalari sharafiga atab bitilgan diniy madhiyalar muallifi bo'lgan Enxeduanna, shu bilan bir qatorda mamlakat malikasi, shoirasi ham ekanligini loy xatlarda bitilgan hujjatlar tasdiqlaydi. Uning ijod namunalaridan bizga qadar on beshga yaqin nusxalar yetib kelgan. "Nin-me-sar-ra" va "In-nin-me-hus-a"(Inanna va Ebiha afsonasi) kabi madhiyalar, Enxeduanna ijodiga mansub deb hisoblaniladi. U yozgan boshqa ijod namumalarining deyarli barchasi otasi Sargon bilan bog'liq bo'lib, ular orasida faqat bittasidagina o'zi haqida madh yozib ketgan. Enxeduanna tomonidan bitilgan madhiyalar nafaqat Urda, balki Bobilda ham mashhur bo'lgan.
Uning ijod namunalari bir necha asrlar davomida shumer va akkad ijodkorlar tomonidan o'rganilib, adabiyotlarda sharafli tariflar keltirilgan. Bizga qadar saqlanib qolgan shunday adabiy namunalar-dan biri Dumuzi madhiyasi hisoblanad. Mesopatamiya san'atida musiqachi va musiqa asboblari juda ko'p tasvirlangan bo'lsada, bizga qadar cholg'u asboblaridan juda kam namunalar yetib kelgan. Saqlanib qolganlari esa faqatgina qirollik oilasiga tegishli bo'lgan qabristondan topilgan. Topilgan cholg'u asboblarining soni jami o'nbirta bo'lib, to'qqizta lira va ikkita arfa torli cholg'ulari hisoblanadi. Ularning orasida eng mashxurlari to'rtta bo'lib, quydagilardir: urning oltin lirasi" (Iroqdagi muzey); "Qirollik lirasi" (Britaniya muzeyi); "Buqa kallasili lira" (Penna muzeyi); "Kumush lira" (Britaniya muzeyi). Iroq muzeyida saqlangan "Urning oltin lirasi" qayta tiklangan nusxa bo'lib, asl nusxa 2003 yilda Iroqda bo'lgan urush chog'ida, Iroq muzeyining talon-taroj qilinishi vaqtida o'g'irlab ketilgan. Ushbu voqiyalarni o'rgangan musiqashunos Semuel Dorf, oltin liraning taqdirini quydagicha tariflaydi. 2003 yilning aprel oyi boshlarida AQSH qo' shinlarining Bag'dod shaxriga kirib kelishidan foydalangan turli buzg'unchi kuchlar, Bag'dod muzeyini talon-taroj qilingan. O'g'irlangan buyumlar orasida Oltin lira ham bo'lib, oradan bir qancha vaqt o'tganidan keyin, liraning bo'laklangan qismlari Iroq markaziy
bankining suv
bosgan yerto'lalaridan birida tozalash ishlari o'tqazilayotgan chog'da topilgan. Talonchilar ko'hna liraning, oltindan ishlangan qismlarini bo'laklarga bo'lib olishgan. Qolgan qismlari ham yaroqsiz holatga keltirilgan bo'lib, uni tiklashning umuman iloji bo'lmagan. 2016 yilda arfa ustasi Endi Loings tomonidan oltin liraning nusxasi to'liq qayta yasalgan va unda Iroq urushida vafot etgan va jabrlanganlar yodiga, Londonning Trafalgar maydonida "Gilgamesh" dostoniga bag'ishlab yozilgan kuylar ijro etilgan.
Urdan topilgan ikki arfaning biri Puabi arfasi bo'lib, u Puabi qirolichasining qabridan topilgan va turli toshlar bilan boyitib bezalgan. Topilgan liralar ichida eng kattasining registri bas violonchelga, eng kichigi bo'lgan kumush liraniki esa oddiy violonchelga, Puabi arfasining registry esa kichik gitara registri bilan hamohang ekanligi aniqlangan. Musiqashunos Kler Polin zeb-ziynatlarga boy bolgan Puabi arfani quydagicha tasvirlagan: o'n bir tor uchun mo'ljallangan ustunlarda joylashgan oltin tutqichli qayiq shaklidagi bu mukammal cholg'u, turli toshlar bilan bezalgan va old tomoniga oltindan buzoqcha boshi tushurilgan. Arfaning yog'och qismi naqshlangan, orqa tomoni esa buzoq dumi ko'rinishida yasalgan.
Qirollik qabristonidan topilgan boshqa cho'lg'ular orasida bir nechta naylar, nog'oralar, sistr va tarelkalar bor. Qabristondan topilgan cholg'ular orasida eramizdan oldingi 5 ming yilliklarga tegishli bo'lgan suyakdan
ishlangan puflama cholg'ular ham topilgan bo'lib, ularning birisi butun holatda, ikkinchisi esa bo'laklardan iborat. Shu jumladan Urukdan topilgan loy hushiloq eramizdan oldingi 3200 yilliklarga tegishlidir. Kish shaxridan topilgan mis cholg'ular Chikagoning Sharqshu-noslik institutida, eramizdan oldingi 1500 yilliklarga tegishli bo'lgan ikki tirnama cholg'u Texron arxeologik muzeyida, ossuryaliklarning did bilan bezatilgan katta qo'ng'irog'i Berlin muzeyida saqlanmoqda. Bir vaqtlar Nimrud shaxridan topilgan uch hilda tovush chiqaruvchi suyakdan ishlangan cholg'uni esa saqlab qolishning iloji bo'lmagan.
Mesopatmyada cholg'ularning deyarli barchasi diniy qarashlar bilan bog'liq bo'lgan. Bazi cholgu asboblari mabudlarga sig'inish va qurbonlik exsonlarini berish chog'ida chalib turilishi zarur hisoblangan. Marosimlarda zaruriy cholgularning chalinmasligi, qilinayotgan ehson-ning qabul bo'lmasligiga olib keladi deb hisoblanilgan. Shumerlar yozuvidagi o'ziga hos belgilar ham, ularning cho'lg'ularga ilohiy buyum sifatida qarashganligining dalolatidir. Masalan, barcha cholg'ularning nomi keltirilganda, uning yoniga mabudlar ismi yoniga qoyiluvchi yulduzcha belgisi qo'yilgan. Yulduzcha belgisi shumerlarning eng yuqori mabudi bo'lgan Dingirning nomi va belgisi hisoblanadi. Mesopatamiyaliklar qayerda yoqimli, yaxshi kuy bo'lsa, o'sha yerda tinchlik, osudalik va yaxshi hayot bo'ladi deb o'ylashgan. Chunki ular, tabiatning qo'rqinchli
tovushlari
hisoblangan chaqmoq chaqishi, dovul, bo'ron, ko'chki, sel va shunga oxshash tabiat hodisalari, mabudlarning g'azab tovushi deb o'ylashgan. Havoning avzoyi buzuq kunlari, ibodatxonalarda mabudlarni shod qilish uchun yoqimli kuylar chalingan. Bazi bitiklarda cholg'u nomlarining, mabudlar nomi keltirilgan ro'yxatlarda qayd qilinganligi, Mesopotamiyaliklar diniy qarashlarida musiqaning orni juda yuqori bo'lganligini ko'rsatib turadi.Yuqorida takidlaganimizday, Mesopatamiya musiqasi cholg'ularga boy, ular orasida qarsildoq, shiqildoq, qirildoq, sistr, simbala, qo'ng'iroqchalar va nog'oralar kabi urma zarbli cholg'ular ham o'z o'rniga ega bo'lgan. Qirildoqlar taxta qo'ndoq va uning boshiga kiydirilgan tishlarga ega biror qattiq manbadan, shiqildoqlar quritilgan kadining ichiga solingan loy va tosh kabi bo'laklardan, sistrlar esa uzun yog'och yoki metaldan yasalib, bir uchi tutqich, ikkinchi uchi esa qimirlatganda tebranuvchi metal yoki yog'och qobirg'alardan iborat bo'lgan. Shu jumladan, tasvirlarda lagan sifat va kosa sifat cholg'ular ham bo'lib, ular qanday chalinganligi haqida aniq ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Topilgan rasmlardan nog'oralarning 4 turi borligini bilib olsak bo'ladi. Ular tasviri shumerlarning o'yma devoriy yodigorliklari orasida tasvirlangan bo'lib, tasvirlar eramizan oldingi 2100 yillarga tegishlidir. Tasvirda, gorizontal holatda qo'lda tutilib chalinadigan doira sifat nog'ora,
silindr shaklidagi nog'ora, oyoqlarga ega bo'lgan va ikki yoniga ham urib chalsa bo'ladigan katta nog'ora, vertikal holatda chalinadigan bir boshli nog'oralarni ko'rishimiz va farqlab olishimiz mumkun. Etiborlisi shundaki, shumerlarning nog'oralari taxtadan emas, metaldan yasalgan va ularni chalishda tayoqlardan emas, faqat qo'ldan foydalanilgan. Vavilondan topilgan nog'oraga buqa terisi tortilgan bo'lib, bu uni yanada ilohiylashtirib ko'rsatgan. Chunki Vavilon shaxrining bosh mabudlari Marduk va Ealar buqa timsolida ham tasvirlangan. Damli cholg'ular haqida tasviriy, memoriy, davlat hujjatlari va adabiy meros namunalarida ma'lumotlar ko'plab topilgan. Ammo, ularning saqlanib qolganlari va bizga qadar yetib kelganlari deyarli yo'q. Damli cholg'ular yog'ochdan, hayvon shoxlari va tana suyaklaridan, metal hamda qamish-dan yasalgan. Ur shaxridan topilgan ikkita kumushdan yasalgan nay cholg'ulari taxminan eramizdan oldingi 2800 yillarga tegishli bo'lib, ikkisining ham uzunligi bir hil 24 santimetrdir. Urdan topilgan loy bitiklarda, shu kabi naylarning oltindan, kumushdan va bronzadan yasalgan turlari haqida yozib qoldirilgan. Damli cholg'ulardan fleyta so'zini birinchi marta, bizga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi adabiy meros namunasi "Gilgamesh" qaxramonlik dostonida uchratishimiz mumkun. Nippur, Ninevia va Nimrud kabi shaxar qoldiqlaridan topilgan tasviriy va memoriy san'at namunalarida ham __fleyta
chalayotgan cholg'uchilarning tasvirlari ko'p bo'lib, ularning eng qadimysi eramizdan oldingi 2600 yillarda ishlangan.
Olimlar tomonidan hududdan topilgan minglab yodigorliklarni o'rganish jarayonida Mesopatamiya-da arfa, lira, lyutnya va psaltir(qonun) kabi torli cholg'ulardan foydalanil-ganligi va bu cholg'ularning ming yillar davomida mukammallashtirilib borilganligi haqida ma'lumotlar aniqlangan. Tadqiqotchilar faraziga ko'ra, birinchi torli cholg'u, jang quroli hisoblangan kamon torining, idish sifatida ishlatilgan kadi qobig'ida jaranglashi hodisasi natijasida kashf qilingan. Shunga ko'ra, kamonning musiqa asbobi sifatida ishlatilishi va
takomillashtirilishi jarayonida arfa, lira va boshqa torli cholg'u asboblari ham kelib chiqqan. Qirollik hizmatida bo'lgan barcha cholg'ular oltin, kumush kabi qimmatbaho metallardan yasalib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Liralarning tanasi buqa, sigir, buzoq, eshak yoki kiyik ko'rinishida ishlangan. Arxeolog Leonard Vullining taxminlariga ko'ra, cholg'ulardagi hayvon ko'rinishlari, ularning registrini bildirgan bo'lib, buqa kallasili lira bas, sigir boshili lira tenor, buzoq boshilisi esa alt ovozlarni ifodalagan.
Mesopatamiya-da ma'lum bo'lgan torli cholg'ulardan lyutnya cholg'usining aniq qayerda pay do bo'lganligi nomalum bo'lib, bu cholg'u Mesopatamiyaga xetlar, xurritlar yoki kassitlar tomonidan
olib kelingan bo'lishi mumkunligi haqida taxminlar bor.
Lyutnyaning mesopatamiyalik-larga ma'lum bo'lganligi haqidagi eng qadimgi manba, eramizdan oldingi 3100 yillarga tegishli bo'lib, u, Uruk shaxridan topilgan silindr shaklidagi muhrga ishlangan o'yma tasvir hisoblanadi. Lyutnyaning keying tasvirlari, Urning uchinchi sulolasi davrlaridagi, Larsa, Mari, Nippur va Uruk shaxarlaridagi o'yma memoriy yodigorliklari orasidan topilgan.
Ibodatxona marosimlarda ishtirok etuvchi musiqachilarning shartnoma asosida yollanib ishlaganligi haqidagi hujjatlar hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan bo'lsada, lekin ular ijrosi qanday tartibda bo'lganligi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Diniy qo'shiqlar ijrosida juda ko'p musiqachilar qatnashgan. Olimlarning taxmin-lariga ko'ra xor ijrosi bir necha ovozli bo'lib, cholg'ular jo'rligi va teatr tomoshalari bilan bog'lanib ketgan. Bu kabi katta jamoani musiqiy jihatdan tayyorlash uchun albatta, umumiy musiqiy bilimlardan habardor bo'lish lozim. Mesopota-miya hududidan topilgan minglab loy bitiklarda huddi shu bilimlar haqida ham, bizga qadar saqlanib qolgan ma'lumotlar bor. Bitiklarda musiqiy cholg'ularni sozlashdan tashqari, pentatonli va geptatonli musiqiy tovushqatorlar hamda ularning nomlari keltirilgan bo'lib, bu tovush belgilari hozirgi kunga qadar, qadimgi dunyo tamaddunlaridan topilgan eng ko'xna tovush belgilari
hisoblanadi.
Shumerlarning Ugarit va Bobil shaharlaridan topilgan matematik ko'rinishdagi bitiklarida, musiqiy tovushlar, intervallar, akkadlar va ularning nomlari hamda torli cholg'uda joylashgan o'rinlari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.
Eramizdan oldingi 650 yillarga tegishli bo'lgan devoriy o'yma tasvirlarni o'rgangan musiqashunos Kurt Saks, torli cholg'ular ansamblidagi yetti musiqachiga etibor berib, cholg'uchilar bir hilda o'tirishgan bo'lsada, ularning barmoqlari turli simlarni chalayot-gani, similar ketma-ketligi beshinchi, sakkizinchi, o'ninchi va o'n sakkizinchi tovushlar ekanligini, bu ketma ketlik esa pentatonikaga hosligini ilmiy jihatdan asoslab bergan va quyidagi xulosaga kelgan: musiqachilar pentatonika gammasida chalishmoq-da; musiqachilar turuli partiyalar-ni ijro qilishmoqda; musiqachilar interval va akkordlarni qo'llashni bilishgan.
Shu bilan birga tadqiqotchilar, mesopatamiyaliklarning geptotonli, diatonli va lidiy gammalarini qo'llashganligini, oktavalar, kvinta va kvarta davrasi haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo'lishganligini ilmiy izlanishlar natijasida asoslab berishgan. Ularning geptatonli musiqiy tovushlarni ifodalovchi yetti qirrali yulduz ko'rinishidagi jadvali, zamonaviy musiqa tovushqatoriga hos bo'lsada, lad tushunchasi ko'proq pentatonlik tushunchalarga asoslan-gan. Bunga misol tariqasid a arfa torlarining raqamlanishini misol qilib ko'rsatsak bo'ladi.
Bunda, to'qqiz torli arfa torlari birdan beshgacha sanalib, keyin sanoq to'qqizgacha davom etmasdan, beshdan birgacha ortga sanalgan. Torli cholg'ular yuqoriga beshta, pastga to'rtta tonlar oralig'ida sozlangan (kvinta va kvarta)bo'lib, bu oradan bir necha asrlar o'tgandan so'ng Pifagor tovushqatori nomini oladi va zamonaviy musiqa nazariyasining asosini tashkil etadi.
Mesopatamiya musiqachilariga, hozirda yunon xalq ladlar hisoblangan barcha ladlar ma lum bo'lgan va o'z nomlariga ega
№ Yunon ladlari Mesopatamiya ladlari
1. Doriy ishartu
2. Gipodoriy kitmu
3. Frigiy embubu
4. Gipofrigiy putu
5. Lidiy nid kabli
6. Gipolidiy nish gabari
V. Miksolidiy kablitu
Sharqshunos olim Dyushen Gilmen mesopatamiyaliklar, cholg'u-larni sozlashda quyidagi to'rtta qoidaga amal qilishganligini takidlaydi: yuqoriga besh, pastga to'rt (kvinta va kvarta davrasi); almashinuv jaryonida geptaxorddan oshib ketishga yo'l qo'yilmaydi; sozlash lad nomi kelib chiqqan torlar guruhidan boshlangan; sozlash tritonda yakunlangan.
Mesopatamiya loy bitiklari bo'yicha mustaxassis olim Sem Milerman, musiqaning eng birinchi nazariy ko'rinishlari bo'lgan bitiklar yoshi eramizdan oldingi 1500 yilliklaerga borib taqalishini va bu
hozirgi kunga
qadar eng qadimgi musiqiy bilimlar bitilgan manba ekanligini tasdiqlagan.
Adabiyotlar
1. Burkholder, J. Piter; Grout, Donald Jey; Paliska, Klod V. (2014). G'arb musiqasi tarixi (9-nashr). Nyu-York: W. W. Norton & Company.
2.Dorf, Samuel (2020). "Qadimgi Mesopotamiya musiqasi, qayta qurish siyosati va ekstremal ilk musiqa". Barolskida, Daniel; Epshteyn, Lui (tahr.). Musiqashunos-lik ochiq kirish. Tutqichni bosing. 31-59-betlar.
3.Shafoatovich, R. K. (2021). Unique ways to organize the first piano lessons for adults. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(11), 259-261.
4.Rakhmatullaev, H. S. (2022).
Music, Man and Artificial Intelligence. Central Asian Journal Of Social Sciences And History, 3(12), 93-96.
5.Shafoatovich, R. H. (2022).' The Study of the Historical Roots of the Art of Bakhshi by Means of Words and Music. International Journal of Culture and Modernity, 15, .45-47.
8.Raxmatullaev, X. S. (2023). The epic of ergenekon or the return of the turkic peoples. Science and innovation in the education system, 2(1), 15-20.
9.Raxmatullaev, X. S. (2022). Blind son or infant son? heroic epic of turkish peoples through the eyes of the world. Scientific Impulse, 1(5), 1588-1592.
10.Raxmatullaev, X. S. (2022). Another look at the turkish heroic epic. Scientific Impulse, 1(5), 15851588.
11 .Raxmatullaev, X. S. (2022). The greatest epic of the turkic peoples is manas. Scientific Impulse, 1(5), 1593-1598.
12. Duchen-Guillemin, Marsel (1984). Ugaritdan Hurrit musiqasi: Mesopotamiya musiqasidagi
kashfiyot. Qadimgi Sharq manbalari. jild. 2. Malibu, Kaliforniya: Undena nashrlari. Dambril,Richard (2011).
(1864). E^g oira :—G'arbiy
Osiyo -, va ¿isMisrdagi so'nggi kashfiyotlar haqida. London: J. M
» - fuiîi^fâÊukasimmiamY J. (197
Journal of Culture and kashfiyotlar haqida. London: J
Modernity, ^5^-47.^ • Mupffj21811181
^matul^.. W Yi f^/r - TfÜ^k^PK* is t^er ' J. (197 ^Êg^ bpHan^T-i davTlardj^;. W-yil kazi). Qadimg^Mesopotamiyad! jj^musiqa. Science ".and Educa- loy bitiklarni saqlash". Har chorakda
\ v ^ t'a'limrtärixi.
^^Mj^R^^^^^^^^^iS. (2022). . 16. mi?9£UB. Matyi
opotamiyad
■ ® iff'
3(11), 821-825.
(2022).
s«» ißlohotciii-
l renaissance: 7m ¥ m
icational, natural a ences, 2(10), 1262-127(
lohotchi-novative, social
ta'lim tarixi. 19(3) 16. Osse (2020). "Qadimgi Oy va sayyoralar" entsiklopediyalari. siteti matbuoti.
rd univer-