Научная статья на тему 'AN’ANAVIY UD IJROCHILIGINING RIVOJLANISH NAZARIY ASOSLARI'

AN’ANAVIY UD IJROCHILIGINING RIVOJLANISH NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sharq musiqasi / ud / Rifatilla Qosimov / an’anaviy ijrochilik / Fisog‘urs / torli cholg‘u / borbad / cholg‘u kuyi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azamat O‘Ktamovich Xasanov

Ushbu maqolada ud cholg‘usining o‘zbek musiqa ijrochiligiga kirib kelishi bilan bog‘liq jarayonlar haqida so‘z yuritiladi. Rifatilla Qosimovning ud ijrochilik san’atiga qo‘shgan hissasi va ud sozining bugungi kundagi ijrochilari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY UD IJROCHILIGINING RIVOJLANISH NAZARIY ASOSLARI»

AN'ANAVIY UD IJROCHILIGINING RIVOJLANISH NAZARIY ASOSLARI

Azamat O'ktamovich Xasanov Yunus Rajabiy nomidagi O'z.MMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ud cholg'usining o'zbek musiqa ijrochiligiga kirib kelishi bilan bog'liq jarayonlar haqida so'z yuritiladi. Rifatilla Qosimovning ud ijrochilik san'atiga qo'shgan hissasi va ud sozining bugungi kundagi ijrochilari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sharq musiqasi, ud, Rifatilla Qosimov, an'anaviy ijrochilik, Fisog'urs, torli cholg'u, borbad, cholg'u kuyi

THEORETICAL BASIS OF THE DEVELOPMENT OF TRADITIONAL UD

PERFORMANCE

Azamat Oktamovich Khasanov Uzbek National Institute of Music Art named after Yunus Rajabi

Abstract: This article describes the processes associated with the entry of the oud instrument into the Uzbek musical performance. Information about the contribution of Rifatilla Kasymov to the art of playing the oud and modern oud performers is presented.

Keywords: oriental music, oud, Rifatilla Kasimov, traditional performance, physiogura, string instrument, barbad, instrumental melody

O'zbek milliy cholg'ulari uzoq o'tmishda paydo bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki musiqa cholg'ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan, deb taxmin qilinmoqda. Dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Chunki eng qadimgi mehnat ko'shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Undan keyin shovqinli cholg'ular paydo bo'ldi, ijrochilar qarsak chalib ritmni ta'kidlagan, shovqinli cholg'ular ta'sirini ko'paytirganlar. Ijrochi ayollarning chapak zarblari o'ziga xos, takrorlanmas go'zal holatni vujudga keltirar edi.

"Ud juda qadimiy musiqa asbobidir. Uning bizga ma'lum bo'lgan dastlabki shakli Ayritomdan topilgan. Eramizning birinchi asrlariga oid ajoyib madaniyat yodgorligida o'z aksini topgan. Ud arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi turlichadir. U birinchidan, yog'ochi qora tusli daraxtning nomidir. Ud dastlab shu daraxtdan yasalgan bo'lishi kerak. Ikkinchidan, ud iborasi bayram, to'y-tomosha,

ITFVE^^Hl 42 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

xursandchilikni ifodalaydigan «iyd» iborasining ma'lum shaklidir. Bu o'rinda xushchaqchaqlik kayfiyatni bag'ishlovchi soz ma'nosida ham kelishi mumkin."1

Udning dastlabki nomi «Barbad» bo'lganligini ba'zi manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Barbad ikki so'zdan iborat bo'lib, Bar - qomat, bad - urdak ma'nolarida keladi. Barbad qorni katta va dastasi kalta musiqa asbobidir. Unga o'rdak qomatiga o'xshagani uchun barbad nomi berilgan emish. Barbad eng qadimiy torli asbobdir. Uning yaratilishi haqida bizgacha turli afsonalar etib kelgan. Bir afsonada xikoya qilinishicha, barbadni yunon olimi Fisog'urs hakim (Pifagor, eramizdan oldingi VI asr) ixtiro kilgan.

Afsonada aytilishicha: bir kuni Fisog'ursni tushida bir noma'lum mo'ysafid uning boshiga kelib shunday dedi: «Sen ertaga barvaqt turib, naddof (paxta tituvchilar) bozoriga borgil. U erda senga xikmat sirlaridan biri namoyon bo'ladi». Fisog'urs ertalab naddoflar rastasiga boribdi va u erdan xech narsa tushuna olmay qaytib kelibdi. Mo'ysafid shu kuni tushida yana kelib, kechagi aytgan gapini takrorlabdi. Shundan so'ng Fisog'ypc ertalab uygonib ikkinchi marta bozorga borganda, paxta tituvchilar yoyining ipidan chiqyotgan tovush uning diqqatini jalb etibdi. Fisog'ursning ongida bir fikr paydo bo'libdi, shunda u erda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishi bilan tishlab, ikkinchi uchini qo'li bilan tortib turib chertgan ekan, mayin va yokimli bir ovoz eshitilibdi. Endi shu ipni taqib chaladigan torli asbob yaratish ustida muloxaza yurita boshlabdi. Ma'lum vaqt o'tgandan so'ng, kunlarning birida Fisog'urs hakim tog' tomon yo'l olibdi. Tog'ning etagida kuchli shamol esib, kandaydir bir sexrli tovush, ya'ni xushtaksimon bir sado eshitilibdi. SHunda u atrofga nazar solib yaqin orada turgan ichi kovak, bo'shab qolgan toshbaqa kosasiga ko'zi tushibdi. Uning bosh, ko'l, oyog' va dumi chiqib turadigan teshiklardan utayotgan shamol ana shunday sexrli tovush hosil qilayotgan ekan. «Bir narsaga yarab qolar», deb uni erdan olibdi. Keyinchalik toshbaqa kosasidagi eng katta teshikka - boshi chiqib turadigan erga dasta o'rnatibdi. Unga ipni taqib, chala boshlabdi. Bu asbob dastlab juda sodda va oddiy shaklda tuzilibdi.

Fisog'ursdan so'nggi davrlarda yashagan musiqachilar barbadni takomillashtirdilar va uning asosida ikki, uch, turt torli musiqa asbobi yasadilar. Barbad esa ko'p manbalarda hamma torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo'lgan, deb ko'rsatiladi. Uning eng takomillashgan keyingi shakli go'yo ud emish. Udni qariyb XVII asrlargacha yashagan, deb taxmin qilish mumkin. Keyinchalik esa Urta Osiyoda iste'moldan chiqib ketgan hamda udning xususiyatlari va funksiyasini bajara oladigan boshqa qadimiy musiqa asboblari uning o'rnini bosa boshladi.

"O'zbek musiqa san'atiga ud sozining kirib kelishi. Dastlab ud cholg'usining targ'ibi o'tgan asrning uchinchi choragidan, birinchi Respublika maqomchilar

1 Крсимов Рифатилла Уд: Мусина ва санъат коллежлари хамда лицейлари учун дарслик. -Т. : F.Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 2002 (4-бет)

Пмта^^И] 43 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

konkursidan boshlandi. Ilgari Toshkent davlat konservatoriyasining xalq cholg'ulari bo'limida 1968-70-yillarda udchilar ansambli faoliyat ko'rsatgan, ammo targ'ibot ishlari kamroq amalga oshirilgan. Ud cholg'usini an'anaviy ijrochilikda ilk marotaba Rifatilla Qosimov 1980-yillar boshlarida, talabalik davrlarida qo'llagan. Keyinchalik konservatoriyada an'anaviy ijrochilikni yo'lga qo'yish, qolaversa ud cholg'usini targ'ib ishlari kabi o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklandi. Professor ustozlarning takliflariga ko'ra qashqar rubobini o'tirib ham, turib ham chalsa bo'ladi. Ammo udni o'tirib chalish qulay va biroz applikaturasi rubobdan farq qilinishi aytib o'tildi"2.

Shunday qilib targ'ibot va tashviqot ishlari Rifatilla Qosimovga yuklandi. 1983-yili fevral oyida 1-Respublika maqom ijrochilarining tanlovida konservatoriyaning yosh o'qituvchisi qatnashib, asosiy 1-turdagi dasturni rubobda, 2-turda ud cholg'usida ijro etganlar. Shunda hay'at a'zolaridan: hay'at raisi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Fayzulla Karomatov; a'zolardan O'zbekiston xalq artisti Turg'un Alimatov, Orif Alimaxsumov, Kommuna Ismoilova, To'xtasin G'ofurbekov, Fattoxhon Mamadaliev, O'zbekiston xalq hofizi Nosim Xoshimov, O'zbekiston xalq artisti Ahmad Odilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arboblari Otanazar Matyoqubov, Mirsodiq Tojiev kabilarga Rifatilla Qosimovning ud cholg'usida ijro etgan "Muxammasi Husayniy" maqom cholg'u kuyi ma'qul bo'lgan. Konkurs yakunida ud cholg'usini konservatoriyada an'anaviy ijrochilik kafedrasida alohida mutaxassislik sifatida dars berishni yo'lga qo'yishlik tavsiya etilgan.

1983-yildan e'tiboran ud cholg'usi qo'shimcha cholg'u sifatida o'qitish "Sharq musiqasi" kafedrasida yo'lga qo'yilgan. O'sha yili konkurs ijrochilarining barchasi maxsus gramplastinkalarga yozilib, omma e'tiboriga havola etildi. Mazkur gramplastinkada O'lmas Rasulov, Abduxoshim Ismoilov, Abduraxim Xamidov, Yo'ldosh Tojiev va Rifatilla Qosimovlarning ijrolari yozib olindi. Undan so'ng Rifatilla Qosimov ijrosida alohida gramplastinka chiqarildi. Unda "Muxammasi Mavlon", "Samoi Dugoh", "Qo'sh chinor", "Bog'da yor kezganda", "Men va oq qush", "Girya 1", "Girya 2", "Chapandozi Qalandar" kabi kuylardir.Keyinchalik Fayzulla Karomatovning izohlari bilan "O'zbekiston sozandalari" nomli rubobchilar alohida katta gramplastinka chiqarildi. Unda: Muxammadjon Mirzaev, Abbos Baxromov, Sulaymon Taxalov va Rifatilla Qosimov "Sarahbori Dugoh"ni rubobda ijro etganlar. Keyingi seriyasi Afg'on rubobi va Ud cholg'usiga bag'ishlangan. Unda: Ma'rufjon Toshpo'latov, Tovur Jumaev, Ergash Shukrullaev, Sulaymon Taxalov va Rifatilla Qosimov ijrosidagi ud kuylari alohida plastinkada chiqqan. O'sha kezlari R.Qosimov sinfida o'qigan Abduraxim Muxamedov, Baxtiyor Po'latov, Safarboy Olloyorovlar ijrosi yozib olindi.

! Turon fanlari akademigi R.Qosimov bilan suhbatdan.

44

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

1986-yili Abduxoshim Ismoilov "Maqom" ansambli rahbarligini olganida maqom ansambliga milliy cholg'ularimizdan ud, qonun va nog'oralar kiritildi. Ushbu ansamblda udchi-sozanda sifatida Abdunabi Ziyoev ishladi. 1992-yil Madaniyat ishlari vazirligining ruxsati bilan ud cholg'usi alohida mutaxassislik sifatida o'qitilishga ruxsat berildi. 2000-yillardan esa Respublikamizdagi barcha o'rta ta'lim muassasalarida ud ixtisosligi ochildi. Hozirda litsey, kollejlarda ud cholg'usiga o'qitish yo'lga qo'yilgan. Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa sanati institutining "Maqom cholg'u ijrochiligi" va "Vokal va cholg'u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash" kafedralarida ud cholg'usi mutaxasisligida yosh avlodga o'qitish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Radio va televidenieda keng targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda udchilardan: Rifatilla Qosimov, Odil Orziev, Bayot Hamroqulov, Abdunabi Ziyoev, Umarali Bulturov, Rustam Karimov, Zulxorbek Turopov, Qobiljon Xalilov, Husniddin Atoev, Alijon Jo'raev, Azamat Xasanov kabi sozandalar ud cholg'usida yakka va ansambl jo'rligida xalq va maqom kuylarini mohirona ijro etib kelishmoqda. Shu tariqa ud cholg'usi keng ommalashdi. Bu ishlarning samarasi o'laroq Rifatilla Qosimov sinfida ushbu cholg'uning bejirim sir-u asrorlari, imkoniyatlari, ijro bezaklari o'rgatilib kelinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. KpcHMOB Pn^aranna Yg: Mycn^a Ba caHtar Konne^napn x,aMga nH^önapH ynyH gapcnHK. -T. : F.FynoM HOMHgarn AgaöneT Ba caHtar Hamp., 2002;

2. Abdurauf Fitrat. "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" Toshkent.:1993y;

3. Darvesh Ali Changiy. Risolai musiqiy. O'zR FA ShI-1, inventar № 468;

4. Tashmatova A. "Musiqiy cholg'ular muzeyi katalogi" Toshkent.: "Fan" nashriyoti, 2006 y.

45

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.