Научная статья на тему 'O’zbekistonda xalq cholg’u asboblarining shakllanish tarixi'

O’zbekistonda xalq cholg’u asboblarining shakllanish tarixi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6035
275
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
musiqa madaniyati / o’zbek xalq cholg’ulari / Maqomat / Shohnoma / Badoye’ ul-vasot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saidjon Quvondiq O’G’Li Baxtiyorov, Rustam Kurbonboyevich Boltayev

Mazkur maqolada O’zbek xalq cholg’ularining shakillanish tarixi, bosqichlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, mutafakkir allomalarning musiqa cholg’ulari shakkillanishidagi xizmati va asarlaridagi ifodalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda xalq cholg’u asboblarining shakllanish tarixi»

O'zbekistonda xalq cholg'u asboblarining shakllanish tarixi

Saidjon Quvondiq o'g'li Baxtiyorov Urganch davlat pedagogika instuti Ilmiy rahbar: Rustam Kurbonboyevich Boltayev

Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbek xalq cholg'ularining shakillanish tarixi, bosqichlari haqida ma'lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, mutafakkir allomalarning musiqa cholg'ulari shakkillanishidagi xizmati va asarlaridagi ifodalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, o'zbek xalq cholg'ulari, Maqomat, Shohnoma, Badoye' ul-vasot

The history of formation of folk musical instruments in

Uzbekistan

Saidjon Kuvandik Bakhtiyorov Urganch State Pedagogical Institute Scientific supervisor: Rustam Kurbanboyevich Boltayev

Urganch State University

Abstract: This article describes the history and stages of formation of Uzbek folk instruments. Also, the service of the thinkers in the creation of musical instruments and their expressions in their works are highlighted.

Keywords: musical culture, Uzbek folk instruments, Maqamat, Shahnoma, Badoye'ul-vasot

Musiqa ko'plab asrlar davomida insonga hamroh bo'lib, uning mehnat faoliyatini, turmushini, his-tuyg'usi hamda kechinmalarini, o'y-fikrlari va orzu-umidlarini aks ettirib kelgan. Insoniyat jamiyatining umumiy rivojlanishi hamda biron-bir xalqning konkret tarkiy turmush sharoitiga muvofiq holda uning musiqasi rivojlangan. Har bir xalqning boy mazmuni, janr va badiiy obrazlar xilma-xilligi, ohang xususiyatlarining o'ziga xosligi, ritmikasi va melodika (ohang) qurilishi, o'ziga xos musiqa (cholg'u) asboblari yaratilishi bilan farqlanuvchi jozibador musiqa asariari behisob. O'zbek xalqining cholg'u asboblari bag'oyat rang-barang: ular mavjud cholg'u asboblarining deyarli barcha tiplarini o'z ichiga oladi.

Tarixan shunday bo'lganki, an'anaviy o'zbek musiqasida - vokal musiqada ham, cholg'uda ham bir ovozli, ya'ni unison ijrochilik yaratilgan. Ushbu an'ana hozirgacha saqlanib qolgan. Hozir O'zbekistonda milliy cholg'u asboblarining ikki turi baravar mavjud. Bular:

❖ Og'zaki an 'anada (eshitib) kuy ijro etiladigan cholg'u asboblari.

❖ Yozma an 'anada (nota bo 'yicha) kuy ijro etiladigan (takomillashtirilgan) cholg'u asboblari.

Xalqning musiqiy madaniyati yuksalib borgani sari cholg'u asboblari ham asta-sekin boyib borishi m a'lum: ayrim sozlar konstruksiyasi tufayli asrlar davomida saqlanib kelgan va bizgacha «ibtidoiy» ko'rinishida qisman yetib kelgan bo'lsa, boshqalari davrning yuksak talablariga javoban takomillashgan. Milliy cholg'u asboblari, ayniqsa, XX asring 20-30-yillarida jadal takomillashdi.

O'zbek musiqiy cholg'ular olami bu xususda ma'nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang-barang ekanligini e'tirof etib o'tish lozimdir. Qolaversa, qaysiki xalqning ma'naviyati yuksak bo'lsa, uning tarixi va unga mos merosi ham ulkandir. Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang-barang tarzda, o'ziga xos shakllangan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'u asboblari shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. O'tmish allomalari Al-Forobiy (IX asr) o'zining «katta musiqa kitobi»da, Safiuddin Urmaviy (XII asr) musiqiy risolasida, Abdulqodir Marog'iy (XIV asr) «Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy» risolasida, Ahmadiy (XIV asr) «Sozlar munozarasi» asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) «Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy» risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr) «Musiqiy risola»sida, Amuliy (XVI asr) «musiqa risola»sida, Darvesh Ali Changiy (XVII asr) «Musiqiy risola»larida musiqiy cholg'ularni o'rganib tadqiq etish masalalarining turli tomonlariga to'xtalib, o'z davrlarining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar. Ayniqsa, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz kerakli tarmoqlariga urg 'u berib o'tganliklarini asarlaridan bilib olish mumkin. XX asrga kelib Eyxgorn, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayev kabi olimlar musiqiy cholg'ularni o'rganish xususida samarali ish olib borganlar.

Tarixiy qo'lyozmalar, adabiy asarlar va musiqiy risolalarda O'rta Osiyo xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha cholg'u asboblarining nomlari o'z ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholg'ular uchun ishlatiladigan daraxtlar va h.k. haqida) ma'lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholg'ulardan: borbad, ud, rud, qo'buz, g'ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli sozlardan: ruhafzo, shammoma, org'anun, sibizg'i, nayi anbon, chag'ona, karnay; urma cholg'ulardan: daf, doyra, nog'ora, safoil kabilar haqida turli darajadagi ma'lumotlar keltirilgan.

Al-Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Amuliy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayevlar o'z risolalarida cholg'u sozlariga katta e'tibor bilan yondoshib, ularni amaliyotdagi tutgan o'rni, ayrim falsafiy xususiyatlari hamda ma'lum darajada tasnifoti bilan yoritganlar.

Odatda, musiqiy cholg'ular ijrochilik amaliyotining turli yo'nalishlarida qo'llanilib kelingan. Avvalo eng sodda cholg'ular yaratilib, kundalik hayot tarzida keng foydalanilganligini qayd etish joizdir. Bunday cholg'ular har bir xalqning cholg'ular dunyosida mavjud, ayni paytda ham iste'molda bo'lib keladi. O'zbek xalq ijrochilik amaliyotida saqlanib, qo'llanib kelinayotgan cholg'ulardan chang, qo'biz, sibizg'i shular jumlasidandir. Bu cholg'ularni tayyorlash va ijro etish ham oddiyligi bilan ajralib turadi.

Davrlar o'tishi, jamiyat taraqqiyoti mezoniga cholg'u sozlar ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manba'larda, Qulmuhammad Udiyning ud cholg'usiga to'rtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va to'rtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va tarannum (ovoz) mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'nan va moddiy qiymatini ham belgilashga asos bo'lib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u go'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e' tirof etish lozimdir.

XIX asr oxiri va XX asrning o'zida o'zbekona chang, qashqar ruboblari shakllanib iste'molga kirdi. Ud va qonun sozlari qayta tiklanib, ijrochilik amaliyotini sezilarli darajada boyitdi. Afg'on rubobi hamda kurd sozlari ham o'ziga xos jozibasi bilan amaliy jarayondan munosib o'rin oldi. Zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti bilan bog'liq holda bir qator chang, rubob, dutor, g'ijjak kabi xalq cholg'ularining oilaviy namunalari yaratildi. Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib musiqiy cholg'ularning turli yo'nalishlarga mos, xilma-xil tarkiblari yuzaga keldi. Amaliyotda an'anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan, qayta tiklangan, yangi zamonaviy (hamda elektron) xillari keng qo'llanilmoqda.

Qayd etish joizki, cholg'ular, cholg'u musiqasi hamda ijrochiligi azal-azaldan bir-birini to'ldirib, rivojlanishiga va takomillashishiga zamin yaralib kelgan. Ijrochilik mezonining rivoji cholg'ular ko'lamini kengaytirish, imkoniyatlarini oshirish uchun xizmat qilgan. O'zbek an'anaviy cholg'ularining tarixiy shakllanishi ham bir qator xalq milliy an'analari negizida qaror topgan. kasbiy musiqaning ijodiyoti va uning rivoji aynan cholg'ular bilan chambarchas bog'liqligini qayd etib o'tish lozimdir. Chunonchi, mumtoz ijodiyot cholg'ularning mukammallik xususiyatlarini namoyish etibgina qolmay, ularning rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Shu bois, cholg'ular va cholg'u musiqasi an'analari o'zining

shakllanish davri, ya'ni qadim zamonlardan xalq musiqa madaniyatining asosiy omillaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Cholg'ushunoslik ilmi fanda «organologiya» deb yuritiladi va cholg'u sozlarning shakllanishi, amaliyotda qo'llanilishi hamda rivojlanish mezonlarini ilmiy asoslab beradi. Ushbu fanning rivojida bir qator Sharq va G'arb olimlari qatorida o'zbek musiqashunos olimlari ham munosib tadqiqotlar olib borganlar. Qadimiy cholg'ular ko'proq tarixiy obidalar orqali kashf etilib, keyinchalik tarix, adabiyot va musiqiy risolalarda bayon etilgan.

Cholg'ularning ilk tasvirlari qadimgi odamlarning istiqomat joylari - g'orlarda, qoya toshlarda o'yib chizilgan, imoratlarning peshtoqlari, saroylarning devoriy suratlari, sopol idishlarga chizilgan suratlarda va terrakota haykalchalarida aksini topgan. O'rta Osiyo va O'zbekiston hududlarida Afrosiyob, Dalvarzin tepa (Surxondaryo), Varaxsha (Buxoro), Ayritom, Zartepa, Qo'y qirilgan va Qo'zi qirilgan tepalar (ko'hna Urganch), Panjikent kabi qadimiy joylar qazilmalaridan topilgan chizma surat va haykalchalar shular jumlasidandir. Qadimiy suratlarda arfa, ud, naysimon hamda urma cholg'ular aks ettirilgan. Musiqiy cholg'u ijrochiligiga bo'lgan ehtiyojni aynan ushbu suratlardan ko'rish ham mumkin. Chunki suratlarda nafaqat yakka ijrochilar yoki cholg'u asbobining o'zi aks ettirilgan, balki, Ayritom qazilmalaridan topilgan tarixiy obidalarda qadimgi Sug'd madaniyatiga xos ansambl, ya'ni bir qator musiqachilarning cholg'ularni dasta bo'lib ijro etayotganlarining aksi tushirilgan.

Musiqiy cholg'ularning ta'rifi ya'ni shakl-tuzilishlari tarkibiy jihatlari, nomlari, ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar, asosan O'rta asrlardan boshlab badiiy adabiyot asarlari hamda musiqiy risolalarida yoritila boshlanadi. Demak, O'rta asrlarga kelib qadimdan shakllanib takomillashib kelgan xalq musiqiy cholg'ulari ijrochilik amaliyotida o'z o'rnini topgan. Shu bilan birga nafaqat xalq, balki olimlarning e'tiborini ham qozongan. Bu jarayonni O.Matyoqubov «Maqomot» kitobida quyidagicha bayon etadi: «Cholg'ularga bunday atroflicha qiziqishlar zamirida musiqiy asboblar ijrochilik faoliyatini ob 'ektiv aks ettirishdir, degan ilmiy tushuncha yotadi. Forobiy ta'biri bilan aytganda, cholg'u asboblarining shakllanishi, avvalo, amaliyotda yuzaga keladi. Ularning tembr-akustik xususiyatlari parda va tovushqatorlari bevosita ijro jarayonida shakllanadi va takomillashadi. Shundan so'nggina cholg'ular olimlar kuzatuvi va umumlashmalariga zamin bo'lishi mumkin»}

Jumladan Firdavsiyning «Shohnoma» asarida musiqa cholg'ulari haqida shunday bayon qilinadi:

Yig'ildi akobir, cholg'uchi, raqqos,

Podsho shodligidan sochar dur, olmos.

1 Matyoqubov O. «Maqomot» Toshkent. 2004.

Chiqar avjiga nay, childirma sasi, Chirillab aylanar qizlar galasi. Ulug 'lar sha 'niga qadah paydar-pay, Sahargacha tinmas tanbur, rubob, nay.2

Musiqiy iboralar A.Navoiy davriga kelib adabiy merosda mukammal ifodasini topa boshladi. Ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodiy faoliyatlari buni yaqqol namoyon etdi. Alisher Navoiyning «Badoye' ul-vasot» asaridan g'azal: Ey, mug'anniy, chun nihon rozim bilursen - soz tuz, Tortibon munglig' navo sozing bila, ovoz tuz. Navha ohangi tuzub, og 'oz qil mahzun surud, Ul surud ichra hazin ko 'nglumga maxfiy roz tuz. Istasangkim, nag 'mang ichra ko 'p xaloyiq o 'lmagay, Ul ikavdin ko 'p vale mendin tarona oz tuz. Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz, Dilbarimdin nag 'masoz etsang surudi noz tuz. Chun bu gulshanda nishiman qilg 'ali qo 'ymas hazon, Gul firoqi savtin, ey, bulbul, qilib parvoz tuz. Bazm aro o 'rtarNavoiyni nihon munglug' surud, Ey, mug'anniy, chun nihon rozim bulursen - soz tuz.3

Ulug' mutafakkir shoir bir g'azalning o'zida l4 ta musiqiy iborani keltiradi. Zero, g'azalning o'zi ham bastakorlik amaliga xosdir. Navoiyda bunday musiqiy iboralar juda ko'p uchrashini uning asarlaridan bilish mumkin.

XV-XVI asrga kelib miniatura san'ati rivojlana boshlaydi. Firdavsiy, Nizomiy, Amir Xusrav Dehlaviy kabi shoirlarning asarlariga chizilgan minniaturalarda o'z davrining mashhur cholg'ulari o'z aksini topgan.

O' rta Osiyo madaniyatiga qiziqish G' arb mamlakatlarida ortib boradi va uni o'rganish maqsadida mutaxassislar kela boshlaydilar. Marko Polo, Vamberi, Ankomin, Leysek, Eyxgorn kabi sayohatchi etnograflar, tarixchilar, kopelmeysterlarning kundaliklarida zikr etilgan ma'lumotlar keyinchalik yirik-yirik maqolalar va kitob tarzida nashr yuzini ko'radi. Eyxgornning o'zi butun O'rta Osiyoni aylanib chiqib, olamshumul muvaffaqiyatga erishadi. Ilk bor cholg'ular kolleksiyasini yig'adi va bir qator shaharlarda namoyish etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Alisher Navoiy «Badoye' ul-vasot», Mukammal asarlar to'plami, beshinchi tom, Toshkent., 1990

2. Begmatov S. «Maqom surnay yo'llari» Toshkent. 2004

2 Firdavsiy A. «Shohnoma», Toshkent. 1984.

3 Alisher Navoiy «Badoye' ul-vasot», Mukammal asarlar to'plami, beshinchi tom, Toshkent., 1990.

3. Ikromov I. «Doyra darsligi», Toshkent. 1997

4. Matyoqubov O. «Maqomot» Toshkent. 2004

5. Matyoqubov M. «Surnay», Toshkent. 2003

6. Firdavsiy A. «Shohnoma», Toshkent. 1984

7. Fitrat A. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi», M. 1926

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.