DO'MBIRA SOZINING TUZILISHI, IMKONIYATLARI VA DOSTON
IJROCHILIGIDA TUTGAN O'RNI
Bekzod Safarov
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
Annotatsiya: Maqolada do'mbira cholg'usi uning kelib chiqish tarixi haqida fikrlar bildirilgan. Mazkur cholg'udan baxshilar xalq dostonlarini, termalarni kuylashda jo'rovoz sifatida foydalanib kelayotganlari haqida malumotlar berilgan. Qolaversa bugungi kunda davlatimiz tomonidan doston ijrochilik san'atiga berilayotgan e'tibor hamda bu sohada mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlar nazariy jihatdan o'rganilgan.
Kalit so'zlar: do'mbira, baxshi, doston, ijrochi, urf-odat, ud, usta.
STRUCTURE, POSSIBILITIES AND ROLE OF DOMBIRA SOZI IN
DOSTON'S PERFORMANCE
Bekzod Safarov
Institute of Uzbek National Musical Arts named after Yunus Rajabi
Abstract: The article discusses the history of the dombira. It is reported that the instrument was used by bakhshis as a band in the singing of folk epics and national anthems. In addition, the attention paid by the state to the art of epic performance and the scientific and practical research carried out by specialists in this field have been studied theoretically.
Keywords: dombira, baxshi, epic, performer, custom, ud, master.
Doston ijrochiligi o'zbek xalqining qadimiy tarixi, milliy o'zligi va tilini, uning yashash tarzi, marosim va udumlarini o'zida aks ettiradigan san'at sifatida bugungi maydonda yana o'z bo'yini to'laqonli namoyish etmoqda.
Dostonlar xalqning azaliy orzu-umidlarini, urf-odatlarini, dardu-hasratlarini o'zida aks ettiradigan ijod mahsulidir desak mubolag'a qilmaymiz. Folklorshunos olimlarimizning izlanishlari shuni ko'rsatadiki, Bulung'ur, Qo'rg'on, Nurota, Shahrisabz, Narpay, Sherobod, Qamay, Piskent kabi yetakchi baxshilar yetishib chiqqan doston ijrochilik maktablari mavjud1 bo'lgan. Endilikda bu maktablar umumiy nom ostida Qashqadaryo-Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpoq doston ijrochiligi yo'nalishlari nomi ostida o'rganilmoqda. Bu yo'nalishlarning har biri o'ziga xos ijro uslubi va ijrochilariga ega. Doston ijrochiligini cholg'u sozisiz tasavvur etib
1 Т.Мирзаев."Халк; бахшиларининг эпик репертуари"."Фан"нашриёти.Тошкент-1979.39-Б
ГГлЦ^^Ш! 793 http://oac.dsmi-qf.uz
bo'lmaydi. Shu sabab bugungi izlanishimizda aynan doston ijrochiligida cholg'u sozining o'rni uning vazifasi haqida fikrlashmoqchimiz.
Biz bilamizki, Xorazm doston ijrochiligida qadimda dutor cholg'usi asosiy o'rin egallagan, keyinchalik XVII asr oxiri va XVIII boshlariga kelib ijrochilar (baxshilar) asosan tor cholg'usi jo'rligida ijro qila boshlaganlar. Qoraqalpoq baxshilari esa Qoraqalpoq dutor cholg'usi (Alamo'ynaq)ni ma'qul ko'rganlar. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi doston ijro qiladigan baxshining eng yaqin hamkori bu -do'mbira cholg'usi hisoblanadi.
DO'MBIRA (tanbura) so'zidan olingan - torli, chertma xalq musiqa cholg'usi hisoblanadi. Bugungi kunda o'zbek va qozoq do'mbira turlari mavjud. F.Karamatovning yozishicha, o'zbek do'mbirasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan bo'ladi. Cholg'uning asosiy qismi kosaxona va dasta qismlari o'rik, tog' olcha yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, kosaxonasi o'yib ishlanadi. Pay torlari kvarta, kvinta, ba'zida oktava oralig'ida sozlanadi, diapazoni taxminan ikki oktava bo'ladi2.
Do'mbira cholg'usidan asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand dostonchilik maktablaridan yetishib chiqqan baxshilar keng foydalanadilar. Shuningdek, boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida ham keng tarqalganligini ko'rishimiz mumkin. Mazkur cholg'udan baxshilar xalq dostonlarini, termalarni kuylashda jo'rovoz sifatida, do'mbirakashlar esa "Cho'poncha", "Do'mbira kuy", "Baxshi kuy", "Kelinoy", "Qo'ng'iroti" kabi bir qator do'mbira kuylarini ijro qilishda foydalanadilar. Tashqi ko'rinishi, tuzilishi va tembri do'mbiraga o'xshash bo'lgan cholg'u sozlari Oltoylarda (topshur), Tojiklarda, Afg'onlarda (do'mbiroq), Qirg'izlarda Qo'mis, Eski turkiy xalqlarining ayrim hududlarida Xomis deb ham nomlanadi.
Qozoq do'mbirasining ikki asosiy turi mavjud bo'lib G'arbiy Qozog'iston do'mbirasi noksimon, kosaxonasi o'yilgan, uzun va tor dastasida 13-14 parda bog'lanadi. Unda asosan Qo'rmang'ozi, Dauletkerey, Bayserke, Tattimbet, Qazang'ap kabi qozoq kuyshilari bastalagan cholg'u kuylari ijro etiladi. Sharqiy Qozog'iston do'mbirasi uchburchak yoki kurakcha shaklida bo'lib, uning nisbatan keng va kalta dastasiga 7-9 parda bog'lanadi. Ko'proq, oqinlar tomonidan jo'rovoz soz sifatida foydalaniladi. Qozoq do'mbirasi ijro usullarining xilma-xilligi, ifodaviy imkoniyatlarining kengligi tufayli qozoqlarning eng sevimli xalq hamda professional musiqa cholg'usiga aylangan. 1930 yilardan o'zbek va qozoq do'mbirasining qayta ishlangan turlari (prima, alt, tenor, bas, kontrabas) xalq cholg'ulari orkestrlari tarkibiga kiritildi.3
2 Кароматов Ф.
3 Уша манба.
Узбекская домбровая музыка" Тошкент-1962.
794
http://oac.dsmi-qf.uz
Manbalarni kuzatar ekanmiz, qiziq bir jarayonga ko'zimiz tushadi. Do'mbira sozi kelib chiqishi va tarqalishida bir qator tarixiy jarayonlarni bosib o'tganligi bizni hayratlantirdi. Ushbu yo'lni ko'rib chiqishga harakat qilamiz. O'rta Osiyo hududida juda qadimgi zamonlardan boshlangan tarixiy jarayon eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning 2-yarimidan boshlab o'z o'rnini boshqa turmush tarziga, ya'ni davlatchilikning shakllanishiga bo'shatib berdi. Buning natijasida ushbu hudud va Eron zaminida eramizdan avvalgi IV-III asrlardayoq bir necha davlat paydo bo'ldi. Ushbu davlatlardagi shahar madaniyati asosan o'troq xalqlar bilan bog'liq bo'lganligini tarixdan bilamiz. Bu yerda yashagan aholining musiqa madaniyati ularning turmush tarzi bilan bevosita bog'liq bo'lganligini isbotlab o'tirishning hojati yo'q. Eramizdan avvalgi 330-324 yillarda O'rta Osiyoni zabt etgan Aleksandr Makedonskiy bu yerdagi mustahkam qal'alar ko'rinishidagi shaharlar, qizg'in ijtimoiy va madaniy hayotni ko'rib hayron bo'lgan. Zaminning istilosi davrida tabiiy ravishda mahalliy aholi madaniyati va turmush tarzi juda katta yo'qotishlarga duch kelishi qatorida elning madaniyatiga xos yangiliklar ham kirib kelib, aholining ijtimoiy va madaniy turmush tarzini boyitdi. Tarixchilarning ta'kidlashlaricha bu (Avvalo o'z mustaqilligini saqlab qolgan Xorazm madaniyati o'z mustaqilligini yo'qotgan Baqtriyaga qaraganda kamroq o'zgarishni sezgan. Afrosiyob (Samarqand) xarobalaridan topilgan mehnat qurollari, turli jang qurollari, maishiy va badiiy sopol buyumlar, tangalar va boshqa ashyolar qatorida topilgan sopol terrakotalar (loydan yasalib, keyin olovda pishirilgan, orqa tomoni yassi, yuza qismi esa bo'rttirilgan ko'rinishdagi, bo'yi va eni taxminan 9-10 sm. bo'lgan sopol da aks ettirilgan musiqachi erkak va ayollarning tasvirlari o'sha davr musiqa cholg'ulari haqida juda qimmatli ma'lumotlarni beradi. Ularning taxminiy yoshi eramizdan avvalgi IV-III asrlariga oidligi aniqlangan. Afrosiyob terrakotalarida eng ko'p tasvirlangan musiqiy cholg'u ud hisoblanadi. Bu esa ushbu cholg'uning o'sha davrda juda keng tarqalgan sevimli cholg'u ekanligidan dalolat beradi. Tasvirlarda udning uch to'rt torli ko'rinishda ifodalangani kuzatiladi. Terrakotalar yaratilgan davrdan keyingi o'tgan 7-8 asr davomida ham bu cholg'uning ko'rinishi va torlarining sonida deyarli o'zgarish bo'lmagan. Abu Nasr Forobiy tomonidan yaratilgan "Musiqa haqida katta kitob"da ham ud cholg'usi xuddi shunga yaqin tasvirlangan. Forobiydan keyin yaratilgan musiqiy risolalarda esa udning to'rtinchi toriga qo'shimcha ravishda Forobiy tomonidan beshinchi tor kiritilganligi va uning sozi kvarta oralig'ida sozlana boshlanganligi yozilgan. T.S.Vizgoning «Узбекская домбрaвая музыка» kitobida keltirilgan dalillarga tayangan holda ud cholg'usining haqiqiy vatani O'rta Osiyo, xususan, So'g'dlar zamini ekanligini isbotlash mumkin. Muallifning e'tirof etishicha Xorazm, Marv va Sharqiy Turkistonda topilgan terrakotalarda udsimon cholg'ularning ayrim lavhalari saqlanib qolgani holda, uning tasviri na Silovakiyadagi, na Gresiyadagi va na Misrdagi topilgan terrakotalarda uchramaydi. Misrning qadimiy
I ПяЗ^^^^В] 795 http://oac.dsmi-qf.uz
musiqashunoslari keltirgan ma'lumotlarga ko'ra ud Misr hududiga Osiyodan keltirilgan.
Udsimon cholg'uning yana bir turi yaponlarda ham uchraydi va u "biva" deb ataladi. Shimoliy Hindistondagi topilgan Gandxar releflarida ham, Pokiston hududida topilgan yosh ayolning haykalchasida ham udsimon cholg'uning tasviri uchraydi. (Gandxar relefidagi udning to'rtta tori bo'lsa-da u biroz do'mbirasimon ko'rinishda va uni ushlash holati ham do'mbira va dutorlarni ushlashga yaqin ko'rinishga ega. Pokistondagi topilgan haykalchada esa udning tori 3 ta bo'lib, uning kosaxonasi udga nisbatan ensizroq va dastasi biroz uzun ko'rinishga ega. Shuningdek, unda udga o'xshash dastaning uch qismi (quloqlar joylashgan bo'lak)ning orqaga qayrilganligi ko'rinmaydi. Udning Gandxar hududida bunday ko'rinishda paydo bo'lishini Kushonlarning Shimoliy Hindiston hududiga siljishi bilan bog'lash mumkin. Afrosiyobda topilgan yana bir udsimon cholg'uning tasviri muallifning (T.S.Vizgoning) e'tiborini tortgan. Bu terrakota ud tasviri aks etgan bo'lsada qadimiyroq bo'lib, uning ko'rinishi juda aniq saqlanmagan bo'lsada, ikkita tori borligi va dastasining uzunligidan kelib chiqib, bu cholg'u ko'chmanchi aholiga taalluqli bo'lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Ushbu terrakotaga yaxshiroq e'tibor berilsa, undagi tasvir uddan ko'ra, hozirgacha mamlakatimizning shimoliy hududlari -Surxondaryo va Qashqadaryoda foydalaniladigan do'mbiraga yaqinligini kuzatish mumkin. Xuddi shunday ko'rinishdagi tasvirlar Xorazm hududidagi Qo'y qirilgan qal'adan topilgan haykalchalarda ham uchraydi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, o'troq xalq, xususan uning bir qismi bo'lgan shahar aholisi tomonidan foydalanilgan cholg'ular ko'chmanchi aholining cholg'ularidan mukammalroqligi va undagi ijrochilar professionallashuvi bilan farqlangan. Shahar xalqi tomonidan mukamallashtirilgan cholg'ular esa o'z navbatida ko'chmanchi xalqning cholg'ularini takomillashtirish asosida shakllangan4.
Yuqorida do'mbira cholg'usining tarixiy shakllanishiga oid manbalarni ko'rib chiqishga harakat qildik. Bundan tashqari do'mbira yasovchi ustalar tomonidan do'mbira yasash bu ilohiy kuch ekanligini uqtirishga harakat qilinishini ko'rishimiz mumkin. Do'mbirasoz ustalardan biri Normurod Shaydilov qiziq bir voqeani aytib bergan ekan.
Usta uzoq yillar boshqa sohada mehnat qilgan. Bir kuni tushiga do'mbira yasovchi ustalarning ustozlaridan biri Tojibobo Olloyorov kirib "Do'mbira yasang, faqat mevali daraxtdan yasang",- deb ustaga do'mbira yasash sir-asrorlarini aytgan ekan. Do'mbira yasashda ham bir ilohiylik borday go'yo...
Aslini olganda, baxshi ham, jirov ham, do'mbira yasaydigan ustalar ham tanlangan, ya'ni Olloh tomonidan maxsus qobiliyat berilgan insonlar bo'ladi. Albatta vaqt har bir narsaga ta'sirini o'tkazgani kabi do'mbira cholg'usi ham bugungi kunga
4 TomMaTOB Y."Ky^Ha nonrynap H®poHH^HrH".YKyB Ky^aHMa.TomKeHT.Ta^aKKyp 2016H.
I icclT^^^^H 796 http://oac.dsmi-qf.uz
kelib bir muncha o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin. Avvallari do'mbiraning tori qo'yning ichagidan tortilgan bo'lsa, baxshilar auditoriyasi kengayib borgan sari do'mbira sadosi ham balandroq chiqishi talab qilingan va hozirgi plastik torlarga ehtiyoj sezila boshlagan. Qaysidir ma'noda do'mbira zamon talablariga moslashgan bo'lsada bu narsa do'mbira sadosiga va tuzilishiga aytarli ta'sir ko'rsatmagan.
Qaysidir usta do'mbiraning dastasini uzunroq qilsa, boshqa birovi kaltaroq qilib yasaydi. O'lcham qanday bo'lishidan qat'iy nazar do'mbira yasashning an'anaviy yo'llari buzilmasligi va aslicha saqlanib qolishi muhim, asosiysi qo'l mehnatidan ko'proq foydalanilishi.
Ergash Jumanbulbul o'g'lining uy muzeyida baxshi chalib aytgan do'mbirasi bor. U juda ixcham va kichkina, uzunligi taxminan qirq-ellik sm keladi, demak o'sha joyga, makonga tegishli bo'lgan ijro maktabi xuddi shunaqa kichkina razmerdagi do'mbira chertib ijro qilishni ma'qul ko'rgan va shunisi bilan boshqa ijro maktab vakillaridan ajralib turgan.
Do'mbirani tarixi, kelib chiqishi, rivojlanishi va qanday ko'rinishda bizgacha yetib kelganligini imkon qadar yuqorida ko'rib chiqdik va kerakli tasavvurga ega bo'ldik nazarimda. Xo'sh, endi hozirgi do'mbiramizni, ya'ni bugungi kun baxshilari chertayotgan do'mbirani qanday rivojlantirish yoki qaysidir ma'noda takomillashtirish mumkin? Umuman rivojlanishga yoki takomillashishga ehtiyoj sezyaptimi bugungi kun Do'mbirasi?
2020-2021 o'quv yilida "Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti"ni tashkil etilishi, o'zbek milliy musiqa merosini yanada rivojlantirish, yuksaltirish uchun qilingan muhim ishlardan biri bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Endi bu institut ichida "Doston ijrochiligi" kafedrasini ochilishi, o'zbek xalqining musiqa madaniyatida alohida o'rin tutuvchi Doston ijrochiligiga ko'rsatilgan alohida e'tibor deb baralla aytishimiz mumkin. Hukumat rahbarining e'tibori soha vakillariga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Baxshilar toki institut tashkil qilinmagunicha, faqat ustozdan eshitib o'rganishgan.
Oliy ta'limning ham o'ziga xos talablari bor. Unga ko'ra endilikda bo'lajak baxshilar "Solfedjio", "Musiqa nazariyasi", "Doston ijrochiligi uslubiyoti", "Cholg'u sozlarini o'rganish" va hokazo shunga o'xshash nazariy va amaliy fanlarni bevosita o'zlashtirishlariga to'g'ri keladi. Chunki, bu nazariy fanlar amaliyot bilan o'zaro chambarchars bog'liq.O'ylaymanki, bugungi kun baxshilari ham nazariy ham amaliy tomondan o'z imkoniyatlarini rivojlantirib doston ijrochiligini kelajak avlodlarga bekamu-ko'st yetib borishiga munosib hissalarini qo'shishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Т.Мирзаев. Халк бахшиларининг эпик репертуари. "Фан", Тошкент -1979
2. Кароматов Ф. Узбекская домбровая музыка. Ташкент -1962.
I ПяЗ^^^^В] 797 http://oac.dsmi-qf.uz
3. O'.Toshmatov, S.Turatov. Ko'hna cholg'ular ijrochiligi. "Tafakkur", Toshkent - 2016.
798
http://oac.dsmi-qf.uz