Научная статья на тему 'G’IJJAK IJROCHILIK MAKTABLARI VA USLUBLARI PROFESSIONAL USTOZLAR TALQINIDA'

G’IJJAK IJROCHILIK MAKTABLARI VA USLUBLARI PROFESSIONAL USTOZLAR TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
695
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘ijjak / tabulatura / Martle / Spiccato / Pissikato / Arco / Flageolet / Nola / Molish / ko‘nikma / ijrochilik maktablari / Andijon / Buxoro / Xorazm

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qosimov Faxriyor Paxlavon O’g’li

Ushbu maqola O‘zbekistonda g‘ijjak cholg‘usi ijrochiligi uslublarining turfa xilligi, amaliyoti masalalarini tarixan hamda g‘ijjakchi ustozlar maktabi silsilasida chuqur o‘rganib, ilmiy yoritib berilgan. Tadqiqotning muhim jihati shundaki, nazariy-uslubiy jihatdan yoritib berilgan ko‘rsatmalar ijro mobaynida ustozlar maktabi va hududiy uslublarni bir-biridan farqlagan holda g‘ijjak ijrochiligini mukammal o‘rganishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G’IJJAK IJROCHILIK MAKTABLARI VA USLUBLARI PROFESSIONAL USTOZLAR TALQINIDA»

G'lJJAK IJROCHILIK MAKTABLARI VA USLUBLARI PROFESSIONAL

USTOZLAR TALQINIDA

Qosimov Faxriyor Paxlavon o'g'li faxriyorqo simov@gmail .com O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekistonda g'ijjak cholg'usi ijrochiligi uslublarining turfa - xilligi, amaliyoti masalalarini tarixan hamda g'ijjakchi ustozlar maktabi silsilasida chuqur o'rganib, ilmiy yoritib berilgan. Tadqiqotning muhim jihati shundaki, nazariy-uslubiy jihatdan yoritib berilgan ko'rsatmalar ijro mobaynida ustozlar maktabi va hududiy uslublarni bir-biridan farqlagan holda g'ijjak ijrochiligini mukammal o'rganishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: G'ijjak, tabulatura, Martle, Spiccato, Pissikato, Arco, Flageolet, Nola, Molish, ko'nikma, ijrochilik maktablari, Andijon, Buxoro, Xorazm

GIJJAK PERFORMANCE SCHOOLS AND METHODS IN THE INTERPRETATION OF PROFESSIONAL TEACHERS

Kasimov Fakhriyor Pakhlavon oglu faxriyorqo simov@gmail .com Uzbekistan State Conservatory

Abstract: This article examines in detail and scientifically highlights the issues of the diversity of styles of playing the gijjak - performance in Uzbekistan, the practice of the gijjak-performance instrument in the complex of schools of masters of the gijjak musical instrument. An important aspect of the study is that the theoretical and methodological illuminated guidelines help to study the performance of the gijjak perfectly, distinguishing the school of masters and local styles from each other during the performance.

Keywords: G'jjak, tabulatura, Nola, Molish, skill, performance schools, Andijan, Bukhara, Khorezm

Musiqa - bu inson ruhiyatining ozig'i, insonning qalb tubiga yetib boruvchi, o'z ta'sir kuchi bilan insoniyatni boshqara oladigan yagona omillardan biridir. Shuning uchun ham barchamizning qalbimizda musiqaga moyillik sezadi. Ushbu moyillikni mavjlanishida go'daklik chog'imizda onalarimizning aytgan allalaridan to mumtoz musiqamiz, maqomlar va og'zaki an'anadagi musiqa (folklor)larning o'rni

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

beqiyosdir. O'zbek musiqa madaniyati an'analarga boy, janrlari xilma-xildir. Milliy musiqamiz va san'atimiz yildan yilga rivojlanib ravnaq topib kelmoqda.

Xususan, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2022-yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"1 gi qarorning 1-ilovasida maktab o'quvchilariga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatilishi belgilangan. 4-ilovasida keltirilishicha, O'zbek va jahon adabiyotining sara namunalari asosida maxsus ovoz yozish studiyalarida taniqli san'atkorlarga o'qitgan holda "Siz sevgan ijodkordan tuhfa" turkumida audiokitoblar tayyorlash, madaniyat va san'at sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham ko'zda tutilgan. Bu esa butun san'at ahli, cholg'u ijrochilari uchun alohida e'tibordir.

Milliy cholg'ularimiz tanbur, nay, chang, rubob va boshqa cholg'ulardan taralayotgan xar bir kuy inson yuraging tub tubiga yetib boradi. Ayniqsa G'ijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boyligi tufayli milliy mumtoz musiqamizda asosiy o'rin tutadi.

Ko'pchilik o'zbek milliy sozlari kabi g'ijjak cholg'usi ham Markaziy Osiyo xalqlari orasida, xususan, o'zbek, tojik, turkman, shuningdek, kavkaz ozarbayjon hamda arman xalqlari orasida keng tarqalgan torli-kamonli cholg'u hisoblanadi. Dastlabki yaratilgan g'ijjaklar 3 torli bo'lib, tuzilishi va sozlanishi boshqacha bo'lgan. XX asrning 20-yillarda g'ijjakning torlari unison sozlana boshladi, 30-yillarga kelib, diapazoni va ovoz ko'lamini kengaytirish maqsadida A.I.Petrosyants tomonidan o'zbek xalq cholg'ulari takomillashtirilishi natijasida g'ijjak soziga to'rtta tor joriy qilindi. Skripka andozasidan olingan g'ijjaklarning torlari kvinta intervali oralig' ida j oylashtirildi.

Takomillashtirilgan o'zbek xalq cholg'ulari orqali XX asrda kirib kelgan yevropa nota yozuvi asosida musiqa savodini o'rganish ishlari boshlandi. O'rta Osiyo xalqlarida oldin ham nota tabulaturasi bo'lgan. Ammo, bu tabulatura saroy va xonliklarning xususiy mulki hisoblangani sababli oddiy halq bu notalarni o'zlashtira olmagan va xalq orasida saroy musiqalarini ijro etish ta'qiqlangan. Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" asarida aytilishicha, g'ijjakni chala bilish barcha saroy sozandalari uchun shart bo'lgan. O'rta asrda Alijon G'ijjakiy, Xo'ja O'zbek G'ijjakiy kabi san'atkorlar mashhur bo'lgan. Qolaversa, bu tabulatura asosida maqomlar notaga olingan va aynan 20-asr boshlarida maqom san'ati "eskilik sarqiti" deb mumtoz san'atni yo'q qilishga urinishlar boshlangan. Endilikda yevropa notasi juda sodda misiqiy til bo'libkirib keldi, uni o'rganish yosh o'quvchi va ijrochilarga qiyinchilik tug'dirmaydi. Shuninng uchun mohir ijrochilar va musiqashunoslar o'z

1 http://old.lex.uz/uz/docs/-5849580; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son I [ccñ^^BI 108 http://oac.dsmi-qf.uz

ilmiy faoliyatini yoritishda, unutilayozgan musiqalarni kelgusi avlodga bus-butun yetkazish yo'lida aynan yevropa notasidan foydalana boshladilar.

O'zbek xalq milliy cholg'ulari orasida g'ijjak sozi o'zining yoqimli ovozi, mungi, nolishi va inson tovushiga hamohangligi bilan ahamiyatlidir. G'ijjakda nafaqat o'zbek mumtoz kuy-qo'shiqlarimiz, balki yevropa klassik kompozitorlarining asarlarini ham ijro etish mumkin. Qiziqarli tomoni, bu sozda hatto xilma-xil qushlar va hayvonlar ovoziga taqlid qilish ham mumkin.

Havaskorlikdan professional ijrochiga aylanish uchun shogirddan avvalambor qunt, sabr-toqat, kuch-g'ayrat, kuchli iroda, musiqiy zehn talab etiladi. Ustozi orqali shogird musiqiy savodhonligini oshirish bilan birgalikda, ijrochilik ko'nikmalari (postanovka, texnika, dinamika, pozitsiya, applikatura kabilar) ni rivojlantiradi.

Demak, professional ijrochi har qanday nota yozuvi, belgilarini tez ilg'ay olishi va ijro jarayonida ularni ko'zdan qochirmasligi, g'ijjak cholg'usida ijro etiladigan turli murakkablikdagi shtrixlarni o'zlashtirishi va shu orqali har-xil janrdagi asarlarni ijro qilishga doir ko'nikmalarni shakllantirib borishi darkor. Shu bilan birga, asarni ijro qilish paytida har bir barmoq joylashgan tovushga ravon, jozibali va ta'sirchan sadolarni hamohang qilish ham professional sozandaga qo'yiladigan talab hisoblanadi. Bu mezonlarni shu sohaning professional vakillari misolida alohida ko'rib chiqamiz.

Shunday musiqachilar borki, o'limdan keyin ham xuddi hayotida bo'lgani kabi o'z ijodi bilan muxlislariga zavq bag'ishlaydi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, g'ijjak cholg'usi ixlosmandi Shuhrat Yo'ldoshev, xalqning hurmat-ehtiromi ila "O'zbek Paganinisi" taxallusiga sazovor bo'lgan mohir sozandalardan biri edi. Sh.Yo'ldoshev jahon klassik kompozitorlarining asarlarini xalq cholg'u asboblarida ijro etishni cholg'u ijrochiligida qahramonlik darajasiga yetkazdi. Uning ijro mahorati nafaqat o'zbekistonlik, balki xorijlik tinglovchilarni ham o'ziga rom etdi. Skripka uchun yozilgan ko'plab asarlarni mukammal o'zlashtirgan Sh. Yo'ldoshev jahonga mashhur skripkachilar: J.Xeyfets, L.Kogan, D.Oistrax, A.Yampolskiylar tomonidan tahrir qilingan asarlarni deyarli yoddan bilardi, ular xuddi shu asarni qaysi holatda ijro etganlar, (barmoqlarning lavhada joylashishi) , qanday barmoqlar, (bo'yin ustidagi barmoqlar to'g'ri joylashtirilgan), qanday zarbalar (ipning ustidagi kamonning turli harakati) va variantlarni chalkashtirmagan.

Albatta, bunday yuksak marralar bilan O'zbekistondagi g'ijak maktabining professional ijrochiligining asoschilaridan biri bo'lgan ustozi, xalq cholg'ulari ijrochiligi kafedrasi dotsenti Obid Xalmuhamedovni ham unutmaslik kerak. Shuhrat Yo'ldoshev ijodiga uning katta mehnati, bilimi, dars berish uslubi, shogird bilan ishlash qobiliyati ijobiy ta'sir ko'rsatdi.2

2 https://ipi1.ru/images/PDF/2017/87/uzbekskij-paganini.pdf Q.Nazirovning maqolasi asosida

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Quyida professional ijrochi ustozlarning o'gitlari, amaliy bilimlarini muvofiqlashtirib, mohir ijrochi bo'lishning boshlang'ich ko'nikmalari, g'ijjak cholg'usida ijrochilik malakasini oshirish, nazariy - amaliy faoliyatlar majmuasini shakllantirish bo'yicha muntazam ravishda bajarilishi talab etiladigan shartlarni keltirib o'tamiz:

- g'ijjak sozining barcha o'ziga xos hususiyatlarini bilish va ularning oilalarini tovush tembrlarini farqlash;

- turli janr va murakkablikdagi texnik, polifonik va kompozitorlar asarlaridan namunalarini badiiy va texnik jihatdan mukammal, mazmunan idrok etgan holda ijro eta olish;

- yakka va ansamlda jo'rnavoz bo'la olish, musqiy asarni notadan o'qiy olish;

- kuyga tavsif berish;

- xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo'lish;

- musiqaga oid atamalarni bilish;

- musiqaning ifoda vositalarini bilish;

- ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlay olish;

- musiqa janrlarini bilish va ijro uslubidan ularni farqlay olish;

- har bir mahalliy uslubda o'ziga xos ijrochilik uslublari va cholg'u asboblarini bilish;

- Farg'ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xalq kuyi namunalaridan ijro eta olish;

- milliy musiqa amaliyotida o'zbek xalq ommaviy va kasbiy musiqa janrlarining mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;

- Jahon xalqlari mumtoz musiqa namunalari va kompozitorlar asarlaridan namunalar ijro eta olish;

Ustoz Baxtiyor Yaminov bu masalalarda juda masulyat bilan o'z ishlarini sevib ijod qilgan. Baxtiyor Yaminov g'ijjak sozida ijro texnikasi va applikaturaga alohida e'tibor qaratgan. "Applikatura" so'zi nemischa "aplikatur", lotincha "apliko" qo'ymoq, bosmoq ma'nolarini anglatadi. Applikaturani to'g'ri tanlash usullari sozandaga bir tomondan qulaylik, asarning texnik jihatdan qiyin parchalarini o'zlashtirishda va ijro etishda yengillik yaratib bersa, yana bir tomondan o'ng qo'lning tordan torga o'tavermay, yoki ortiqcha harakat qilmasdan o'sha vaziyatdan erkin chiqishni ta'minlaydi.

Murod Toshmuhammedovning "G'ijjakda an'anaviy ijrochilikni o'zlashtirish" asarida bezaklarning nota vositasida ifodalanishi haqida yoritib bergan. Bu belgilar fortepianoda ishlatiladigan mordentdan ancha farq qilgan holda g'ijjakning ijro uslubi va holatidan kelib chiqib ijro etiladi.

G'ijjak sozida saboq olayotgan bo'lajak mohir sozanda quyidagi murakkab shtrixlarni ijro jarayonida qo'llay olishi kerak:

I ibiSi^^Bl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

Masalan, Nola - go'yoki vibrato. G'ijjak sozida pardani barmoq bilan bosib, muloyim va tez qimirlatish yo'li bilan amalga oshiriladi.3

KiicRa uo-ia

y.iVH HOJia _ ++ 'W **

3PKIIH HOJia

7ï a Rom if h HOJia

BaicrjiH Tvrai-aH h.

r r T r ^^

1-misol:

Molish - mazkur an'anaviy ijro bezagi tovushni chorak ton doirasida legato yordamida ko'tarish yoki tushirish bilan amalga oshiriladi.

G'ijjak sozining O'zbekistonda professional darajada shakllanishida ustoz shogird an'analari ham muhim rol o'ynaydi. Bunda har bir hududning o'ziga xos maktabi ijrochilik uslubi mavjud. G'ijjak ijrochiligining o'ziga xos uslublari, asosan, Andijon, Buxoro va Xorazm an'anaviy maktablari orqali namoyon bo'ladi.

Farg'ona vodiysi hofizlik san'ati hamda surnay ijrochilik an'analari ta'sirida shakllangan Andijon maktabi (T. Jalilov, G'. Hojikulov, Ye. Ro'ziboyev, Yu. Yusupov va boshqalar) mayda urg'ular, kuy tuzilmalarini uzmasdan chalish yo'llari, surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi. K.Jabborov, G'.Toshmatov, M.Niyozov, M.Muhammedov ijrosida "Surnay Irog'i", "O'yin Munojoti", "Dugohi Husayniy", "Kezarman", "Gul mavsumi" kabi g'ijjak kuylari mashhur.

Mahalliy musiqa an'analari (ayniqsa, Shashmaqom yo'llari) negizida qaror topgan Buxoro maktabiga g'ijjakning xuddi titrayotgan kamonni yurg'izib sadolanishi, har bir pardani o'zida to'lqinlatib tezlashishi xos. Buxoro g'ijjakchilik maktabi namoyondalaridan Haydarqul Qorovulbegi (Buxoro amirlari saroylarida xizmat qilgan), 20-asrda Aminjon Ismatov, Samo Vohidov, Hikmat Ne'matov, O'lmas Rasulovlar ijrosida "Surnay Irog'i", "Bahri tavil", "Kamon ufari", "Zulayho", "Noz" kabi namunalari ommalashgan.

Xorazm maktabi ijro uslubi shiddatliligi, kamonni urg'u bilan tortishi, ayni paytda yumshoq to'lqinlatish bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan 19-asrda faoliyat ko'rsatgan Patak-g'ijjakchi (mashhur Suyav-baxshi dastasida), Abdulla Mijana, Matyoqub Xarratov, Ollanazar Hasanov, Hasanboy Atayevlar talqinida Xorazm maqomlarining cholg'u yo'llari, surnay yo'llari, shuningdek, "Aliqambar", "Qalabandi", "Xarrotiy", "Gech polvon" singari kuylar mashhur.

TomMy^aMMegoB M. "Fn^^aKga affbaHaBHH h^POHH^HRHH y3^amTHpHm" T.: YKHTyBHH, 1995.

111

http://oac.dsmi-qf.uz

3

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Худоев F.M 'Тижжак сабоклари" 1-2-китоблар, Гофур-Гулом номидаги нашриёт матбаа ижод уйи, Тошкент, 2016.

2. Акбаров И. "Мусика лугати" Т.: Укитувчи, 1997.

3.Тошмухдммедов М. "Гижжакда анъанавий ижрочиликни узлаштириш" Т.: Укитувчи, 1995.

112

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.