Научная статья на тему 'O‘ZBЕK MILLIY CHОLG‘U SOZLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O‘RNI'

O‘ZBЕK MILLIY CHОLG‘U SOZLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
88
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qоbuz / do’mbira / qoshiq / qayroq / sato / changqоbuz vargan. / кабуз / домбира / ложка / каряг / сато / чангкабуз варган

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ataboyeva, Shoxidaxon Jurayevna

Ushbu maqolada o’zbek xalq musiqasining cholg’u sozlari haqida ma’lumot keltirilgan. O’zbek milliy cholg’u sozlari insonlarning hayotida tutgan o’rni, ularning vazifalari haqida yoritib berilgan. Milliy cholg’u sozlarimizni ahamiyatini hozirda yoshlar hayotida keng targ’ib qilish, ularni o’rnini, asl holatini saqlab qolish, hamda ularni takomillashida yurtboshimiz tomonidan yanada ham ko’p e’tibor berilayotganini ko’rishimiz mumkin. Bunday holatda biz yanada ham ko’proq milliy sozlarimizni yoshlar hayotida kamol toptirishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yishimiz darkor .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТАЛЬНЫХ ПЕСЕН В ВОСПИТАНИИ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ

В данной статье представлена информация об инструментальной музыке узбекской народной музыки. Объяснена роль узбекских национальных музыкальных инструментов в жизни людей и их обязанности. Мы видим, что глава нашего государства все больше внимания уделяет популяризации значения наших национальных музыкальных инструментов в жизни молодежи, сохранению их места и самобытного состояния, совершенствованию. В этом случае мы должны поставить перед собой цель еще больше совершенствовать наши национальные песни в жизни молодежи.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕK MILLIY CHОLG‘U SOZLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEK MILLIY CHOLG'U SOZLARINING YOSH AVLOD

TARBIYASIDAGI O'RNI

Ataboyeva Shoxidaxon Jurayevna

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti "Vokal va сholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek xalq musiqasining cholg'u sozlari haqida ma'lumot keltirilgan. O'zbekmilliy cholg'u sozlari insonlarninghayotida tutgan o 'rni, ularning vazifalari haqida yoritib berilgan. Milliy cholg'u sozlarimizni ahamiyatini hozirda yoshlar hayotida keng targ'ib qilish, ularni o'rnini, asl holatini saqlab qolish, hamda ularni takomillashida yurtboshimiz tomonidan yanada ham ko'p e'tibor berilayotganini ko 'rishimiz mumkin. Bunday holatda biz yanada ham ko'proq milliy sozlarimizni yoshlar hayotida kamol toptirishni o'z oldimizga maqsad qilib qo 'yishimiz darkor.

Kalit so'zlar: qоbuz, do'mbira, qoshiq, qayroq, sato, changqоbuz vargan.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация об инструментальной музыке узбекской народной музыки. Объяснена роль узбекских национальных музыкальных инструментов в жизни людей и их обязанности. Мы видим, что глава нашего государства все больше внимания уделяет популяризации значения наших национальных музыкальных инструментов в жизни молодежи, сохранению их места и самобытного состояния, совершенствованию. В этом случае мы должны поставить перед собой цель еще больше совершенствовать наши национальные песни в жизни молодежи.

Ключевые слова: кабуз, домбира, ложка, каряг, сато, чангкабуз варган.

KIRISH

O'zbеk musiqa madaniyati va uning asоsiy qismlaridan biri bo'lgan chоlg'ular va cfolg'u kuylari qadim qadimdan Ьоу va murakkab tasviriy im^riyatlarga ega. Eramizning birinchi asrlarga оid manbalar tariх navislar asarlari, badiiy adabiyot namunalari va O'zbеkistоnda этхео^^ tоmоnidan topilgan qadimgi yodgоrliklarda jumladan cfolg'u asbоblari va cto^'u^ilar tasvirlangan haykalchalar dеvоrlarga chizilgan badiiy rasmlar va bоshqalar bundan datolat bеradi. Bu yodgоrliklarda tasvirlangan ctolg'ularning ko'pchiligi kеyingi asrlarda ham ishlatilganligi haqidagi ma'lumоtlar o'rta asr оlimlari Abu Nasr Fоrоbiy, Abu Abdullо Хоrazmiy, Abu Ali

379

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ibn Sino, Axmadiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalarning musiqaga oid asarlarida uchraydi. O'tmishning zabardast shoirlari ham o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlari va ularning mohir ijrochilarini qayd etishda cholg'ularga murojaat etganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlarida ud, tanbur, chang, rubob, qo'biz, g'ijjak rud nay, surnay, karnay, daff (yoki doira) kabi o'rta asrlarda keng rasm bo'lgan cholg'ularning nomlari qayd etiladiki, ularning ko'pi bizgacha deyarli o'zgarishsiz yetib kelgan. Bu cholg'ular o'z tuzilishi va ijrochilik uslublarga qarab uch turga bo'linadi.

1. Urib chalinadigan musiqa asboblari bularga - doira, nog'ora, safoil, qoshiq va boshqalar

2. Puflab chalinadigan musiqa asboblariga - nay, surnay, bulamon, qo'shnay, karnay.

3. Torli cholg'ular - qo'biz, g'ijjak, sato, tanbur, tor, dutor, do'mbira, afg'on rubob, qashqar rubob, ud, chang va boshqalar.

Cholg'u" va ashula kuylariga jo'r qilib chalinadigan usullar. Yakka doirada (yoki ikki-uch doirada) chalinadigan, asosan raqslarga jo'r bo'ladigan usullar. Usullar o'z tuzilishi jihatidan odatda ma'lum kuyning xususiyatlari hamda ashulada foydalanilgan she'r vazni bilan bog'langandir. Shuning uchun ham she'r vazni va usul tuzilishi hamda ularning nazariy yoritish uslublarida umumiylik seziladi. Ma'lumki, she'riyatda aruz vazni asosini tashkil etuvchi qisqa va uzun bo'g'in birikmalarining turlarini o'rta asr olimlari unlili va unlisiz undosh harflar birikmalari yordamida, she'r vaznini esa shu yo'lda tuziladigan shartli formulalar bilan belgilaganlar. Cholg'u asboblarining umumiy ko'rinishi, parda tuzilishi va tembr-akustik xususiyatlarining shakllanishi sozandalarning kasb-kor qurollarini o'zlariga moslashtirish yo'lidagi izlanish va intilishlarining samarasidir. Cholg'ularda o'rnashib qolgan parda (tovushqator)lar esa ijrochi va tinglovchilarning ko'p avlodlari tomonidan uzoq tajriba jarayonida saralangan amaliy tizim. Cholg'u asboblarida tabiiy ravishda muhimlashgan parda birliklarini musiqa madaniyati tarixi moddiy ifodasining o'ziga xos ko'rinishi ham deyish mumkin1.

Darhaqiqat, qaysi cholg'u asbobi bo'lmasin, mohiyatan musiqa amaliyotini takomillashtirishga, kuy va ashulalarning jozibasini oshirishga qaratilgandir. Qadimgi davrlardan ma'lum bo'lgan qayroq, doira, nay, changqobuz, qilqobiz, do'mbira va shu kabi boshqa cholg'ularning har birida inson qalbining nozik

1 A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova "O'zbek musiqasi tarixi" - Toshkent, "Fan va texnologiya" 2018.

380

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tuyg'ulariga hamohang sadolarni izlab topish va ulami mukammal shakllarga keltirishning uzoq tarixi aks ettirilgan. Butun dunyoga mashhur ud cholg'usining nomi u tayyorlanadigan ashyo shifobaxsh va xushbo'y modda ajratib olinadigan noyob ud "shamshod" daraxti bilan bog'liq. Musulmon mamlakatlaridagi ud, Xitoyda - piypo, Ovrupada lyutnya arabcha "al-ud" so'zidan olingan nomi bilan mashhur sozning kelib chiqish tarixi islom dini paydo bo'lishidan ancha oldin rivojlana boshlagan. Mutaxassislar fikricha, ud va unga tipologik jihatdan yaqin bo'lgan ikki torli dutorsimon cholg'u asboblarining tasvirlari Xorazm, So'g'd va Baqtriyadan topilgan eramizdan oldingi davrlarga mansub arxeologik materiallardan ham ma'lum. Udsimon asbob tasvirining eng qadimiy nusxasi Afrosiyobdan topilganligi uchun organologiya faniga "afrosiyobudi" degan maxsus atama ham kiritilgan. Qadimiy tasvirlardagi ikki torli kaltaroq dastali cholg'u sozi hozirgi Xorazm dutori, do'mbira va boshqa shu kabi asboblarni eslatadi. Afsuski, bu qadimgi cholg'u namunalarining asl nomlari bizgacha yetib kelmagan. Shu sababdan mazkur arxeologik topilmalar bilan ishlaydigan mutaxassislar ularni oddiygina qilib "ikki torli"lar deb ataganlar.

Musiqa asboblariga oid batafsil ma'lumotlar Kindiy, Forobiy, Ibn Sinolarning risolalaridan boshlab, to XX asr mualliflari Mulla Bekjon Rahmon o'g'li, Muhammad Yusuf Devonzoda va Abdurauf Fitratlarning keyingi musiqa asarlari, shuningdek, Belyayev, Vizgo, Karomatli, Malkeyevalarning O'rta Osiyo musiqa Cholg'ushunosligi sohasidagi yangi tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan. O'z davri musiqa ilmining eng ahamiyatli va ulkan manbai bo'lmish Abu Nasr Forobiyning "Musiqa haqida katta kitob" asari to'rtta asosiy qismdan iborat. Ularning biri musiqa cholg'ulariga bag'ishlangan. XX asrda dunyo xalqlari musiqa asboblarining universal tasnifot tizimini yaratgan nufuzli olimlar Kurt Zaks va Erix Xornbostellarning fikricha, asbobshunoslik - organologiya faniga Forobiy asos solgan. "Musiqa haqidagi katta kitob"da musiqashunoslik tarixida birinchi bor cholg'u sozlarining ilmiy tasnifoti bayon etilgan2.

Forobiy musulmon olamining mumtoz sozlari bo'lmish ud, tanbur, rubob, qonun, arganun - organ, nay, surnay va boshqalarning ilmiy tavsifini bergan. Ushbu qatorda ud yetakchi o'rin egallaydi. Klassik musiqaning parda tuzilmalarining nazariy va amaliy asoslari aynan shu ud asbobining tovush tizimi yordamida tushuntiriladi.

Buxoro Shashmaqomi va Xorazm maqomlarining tarkibida kuy va raqs qonunlariga muvofiq mustaqil bo'lim ajralib turadi. Maqom uforlarida zarbli

2 Bahrom Madrimov "Ozbek musiqa tarixi" - Toshkent 2015

381

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

cholg'ular asosiy vazifalarni bajarsa, qayroq, zang va safoil yordamchi ahamiyatga ega bo'lgan asboblar hisoblangan. Ular, asosan, raqsga jo'r bo'ladilar. Qayroq juft holda o'ng va chap qo'l bilan chalinadi. Buxoroda "shodiy", ya'ni quvonch va shodlik ifodalovchi deb ham ataladi. Bu o'rinda yana maqom tizimidan alohida ajralib turadigan qadimiy raqs kuylarining "Shodiyona" nomi bilan ataladigan majmuasini eslash ham joiz. Shodiyona va shodiy so'zlarining o'zagi bir. Keksa sozandalarning guvohlik berishicha, turkum shaklidagi "Shodiyona" Yunus Rajabiy nota yozuvlarida 12 qismdan iborat kuylari katta bayramlarda, sayl tantanalarida baland tovushli ansambllar, karnay-surnaylar, nog'ora va doira jo'rligida ijro etilgan3.

Buxoro sozandalarining ana shunday mashhur kompozitsiyalaridan biri "Qayroqbozi" ya'ni qayroq raqsi deb nomlanadi. Xorazmda esa "Norim - norim", "Orazibon" kabi qayroqchalib ijro etiladigan mumtoz o'yin yo'llari mavjud.

Nog'ora va doiralar esa qayroq, zang va safoildan farqli o'laroq, mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan jo'rnavozlik va yakkanavozlikka mo'ljallangan cholg'ular sirasiga mansubdir. Ma'lumki, nog'ora va doira zarblarini eshitib zavq olish odatlari O'rta Osiyo xalqlari musiqa tarixida qadim - qadimdan "nog'ora bazm" doira bazm" nomlari bilan mashhur bo'lgan. Temuriylar davriga mansub manbalarda qayd etilgan "miyatayn" kompozitsiyasi ushbu turdagi musiqiy tuzilmalardan biri. Miyatayn "ikki yuz", eng avvalo, muayyan usullar majmuasini nazarda tutadi. O'zbek va tojiklarning to'y-tantanalarida shu kunlarda ham xonadon sohibining xohishiga qarab doira, nog'ora, karnay-surnay chalinishiga alohida vaqt ajratiladi. Bunda musiqachilar murakkab usul formulalaridan iborat turli kompozitsiyalar namoyish etadilar.

Mavjud umumiyliklar bilan bir qatorda nog'ora va doira turli yo'nalishdagi cholg'ular hisoblanadi. Nog'ora odatda buqa terisi qoplangan ikkita bir xil kattalikdagi sopol tuvakdan iborat cholg'u asbobi. Biriga teri bo'shroq tortib qoplanadi va u past sado beradi. Ikkinchisiga teri tarangroq tortilib, balandroq tovush chiqaradi. Mazkur cholg'u asosan cho'p ikki qarich uzunlikdagi behi daraxti chivig'i bilan chalinadi. Ansambl jo'rligida nog'oraning ovoz kuchi karnay, surnay kabi baland tovushli cholg'ularga muvofiq keladi. Doira nog'oraga nisbatan yumshoq mayin tembrga ega. U zarbli asboblar ichida eng ohangdor va "kuychan" cholg'ular sirasiga mansubdir. Doira haqida gapirganda, uning

tembr-akustik jihatlari haqida alohida aytib o'tmoq joiz. Zarbli cholg'ular orasida u eng yumshoq, davomli va kuychan tovush sadolariga ega. Maqom va unga o'xshash mumtoz kuy va ashulalar ijrosida odatda katta hajmdagi

3 N.Yuldasheva, N.Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent «Iqtisod-moliya» - 2016

382

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yumshoq tovushli doiradan foydalanilgan. Qizdirilganda bu asbob xumorli, cho'ziqtovush beradi. Ana shunday mayin sirli-sexrli sado chiqarish uchun doira chalayotgan sozanda oldiga tovush qaytarg'ich rezonator vazifasini bajaruvchi suv to'ldirilgan tog'ora qo'yilgan. Sho'x ufor raqs qismlarining ijrosi uchun esa nisbatan kichik o'lchamli jarangdor qattiq qizdirilgan doiralardan foydalanilgan. Sozandalar orasida asbobning ohangdorligi "kuychanlig'i" ya'ni, cholg'udan chiqadigan sadoning davomiyligi, cho'ziqlig'i darajasining ifodasi degan tushuncha bor.

Nog'ora usullari ham mumtoz musiqaga surnay orqali joriy bo'ladi. Klassik musiqa tizimida surnayning tovush ko'lami va ijrochilik imkoniyatlaridan kelib chiquvchi maxsus kuylar, ko'p qismli asarlar - surnay yo'llari "surnay maqomlari" deb ataluvchi an'anaviy dastur, repertuar shakllangan. Unda tom ma'nodagi maqom yo'llari doirasidan tashqaridagi kuylar ham muhim o'rin egallaydi.

O'zbek mumtoz musiqamizda XX asrning 40-yillaridan boshlab esa milliy cholg'ularimizning yangi avlodini yaratishga ya'ni ularni qaytadan rekontruksiya qilishda Ozbekistonda xizmat korsatgan sanat arbobi, professor Ashod Ivanovich Petrosyants rahbarlik qildi. U rus musiqa cholg'u ustalari V.Romanchenko, A.Kevxozyants, S.Didenkolar bilan hamkorlikda rus xalq cholg'u asboblarini yangilash tajribasidan kelib chiqib, milliy sozlarimizni yangilashga kirishiladi va anchagina ishlar amalga oshirildi. Keyinchalik cholg'u asboblarini yangilash va ularni takomillashtirishga o'zbek ustalari Xirojiddin Muhiddinov, Abdunabi Abdug'afurov, A.Tarasov, V.Shtikov, M.Turdiev kabi yosh mohir ustalar ham jalb qilinadi. Ustalar tomonidan dutor va tanbur, keyinroq g'ijjak, rubob cholg'ulari shuningdek, damli sozlar ham qayta tamirlana boshlandi, ularning yangi avlodini yaratishga imkoniyatlar yaratildi. Bu esa o z navbatida milliy sozlarimizda faqat milliy musiqamiznigina emas, balki professional kompozitorlar asarlarini, shuningdek jahon xalqlari musiqasini ijro etish imkoniyatiga zamin tayyorlandi.

REFERENCES

1. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent 2015

2. Jabborov A., Begmatov S., Azamova M. "O'zbek musiqasi tarixi" - Toshkent, "Fan va texnologiya" 2018.

3. Yuldasheva N., Raxmatova N. "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent «Iqtisod-moliya» - 2016

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Oydin Abdullayeva "CHOLG'SHUNOSLIK" «Musiqa» nashriyoti Toshkent -2018.

5. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti. Toshkent - 2003.

6. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

7. Juraevna, A. S., Abdumalikovna, Y. D., & Xusanovna, D. N. (2021). MODERN SOCIAL AND PEDAGOGICAL FUNCTIONS OF MUSIC ART AND EDUCATION. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 7(1),

8. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

9. Rahmonov, U., Ergashev, A., Atabaeva, S., & Dilfuzakhon, S. Y. (2021, December). THE ROLE OF THE SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE PENETRATION OF POP MUSIC IN UZBEKISTAN. In Archive of Conferences (pp. 51-53).

10. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). IN THE FORMATION OF THE SOCIO-SPIRITUAL THINKING OF YOUNG PEOPLE IN THE MUSICAL ART OF THE GREAT SCHOLARS OF THE EASTERN RENAISSANCE POSITION HELD. In Archive of Conferences (pp. 36-39).

11. Abduvositovich, Y. F., Suleymanova, D., Rakhmonov, U., Ergashev, A., Kurbanova, B., & Axmadbekova, M. (2021). The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people. Annals of the Romanian Socie

12. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

13. Ha^MewHOBa, M. M. (2022). OMMABHH-MA^AHHH TAAEHP^APHHHr Y3HrA XOC XYCYCH^T^APH. Science and innovation, 7(1), 892-903.

14. Abduvositovich, Y. F., Suleymanova, D., Rakhmonov, U., Ergashev, A., Kurbanova, B., & Axmadbekova, M. (2021). The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2846-2850.

57-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.