CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARINING TOVUSH XUSUSIYATLARI.
Shaimkulova (Rahmonova) Go'zal
Guliston Davlat Universiteti "Sanatshunoslik" fakulteti talabasi Bahadirov Nail Sharifovich Ilmiy rahbar: Guliston Davlat Universiteti "Sanatshunoslik" fakulteti o'qituvchisi. @gozalrahmonova8. gmail .com +998993450814 ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbek xalq cholg'ulari orkestri yaratilish tarixi, uning guruhlari, va cholg'ularning tovush hususiyatlari haqida gap boradi. Bundan tashqari o'zbek xalq cholg'ularining transport qilinuvchi cholg'ularining o'zgacha nomda nomlanishi haqida yetuk ustozning o'z tajribalari asosida to'xtalgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Kalit so'zlar: o'zbek xalq cholg'ulari, rekonstruksiya, registr, tembr, o'zbek xalq cholg'ulari guruhlari.
O'zbek xalq cholg'ulari uzoq va boy tarixga ega bo'lib, qadim-qadimdan bobolarimiz ushbu cholg'ularda turli milliy kuylarni chalishgan va cholg'ular ovozini va ko'rinishini yanada mukammallashtirishga harakat qilishgan. O'tgan asrning 30-yillaridan boshlab o'zbek xalq cholg'ulari qayta ishlana boshlandi. Bu jarayon A.I.Petronyans rahbarligidagi bir guruh ustalar orqali amalga oshirildi. Rekonstruktsiyadan ko'zlangan maqsad diatonik tovushqatordagi o'zbek xalq cholg'ularini jahon stardartiga mos keladigan 12 pog'onali tekis temperatsiyalangan xromatik tovushqatorga o'tkazish edi. Ushbu jarayon muvaffaqqiyatli amalga oshirildi. Endilikda o'zbek xalq cholg'ularida nafaqat milliy kuylar, balki, milliy, o'zbek kompozitorlari va jahon kompozitorlari asarlari ham ijro etish imkoniyati paydo bo'ldi. Mana shu paytdan boshlab o'zbek kompozitorlari zimmasiga yana yuksak ishlar yuklatildi, ya'ni, o'zbek kompozitorlari o'zbek xalq cholg'ulari uchun asarlar yaratishi lozim edi.
1938 yilda O'zbek davlat filarmoniyasi qoshida O'zbek xalq cholg'ulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi — A.I.Petrosyans bo'lib orkestr ijrosini yo'lga qo'yishdagi barcha qiyinchiliklarni yengib o'tib, o'zbek xalq cholg'ulari orkestrini dunyo sahnasiga olib chiqish darajasigacha ko'tardi (1966 yilda orkestrga To'xtasin Jalilov nomi berildi.) Foruq Sodiqov 1976-yildan mazkur orkestr dirijori va badiiy rahbari bo'ldi. Mutaxassis orkestr dirijori bo'lgan davrdan orkestrning ijrosi va saviyasi darajada o'sdi va repertuari rang-barang bo'ldi. Dirijor etib tayinlanmasdan avval orkestr ko'povozlikni yo'qotib birovozlik tarkibida ijro etayotgan edi. Yetuk mutaxassis birovozlikdan voz kechib, orkestrni yana ko'povozlik ijroga qaytardi.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. O'zbek xalq cholg'ulari orkestri rivojlanishida Foruq Sodiqovning o'rni juda ahamiyatlidir. Aynan dirijorning orkestr rahbari bo'lgan davrda orkestr 1980-yil "Davlat", 1991-yil akademik unvonlarini olgan.
Mazkur jamoa tarkibiga dastlab an'anaviy (nay, qo'shnay, surnay, g'ijjak, doira, nog'ora kabi), so'ngra qayta ishlangan (12 pog'onali teng temperatsiya qilingan tenor va bas changlari, afgon va qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubob prima, dutor-bas, g'ijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Mazkur orkestr repertuaridan avval M. Burhonov, S. Aliyev, S. Gabrielyan, B. Giyenko va bastakorlar tomonidan qayta ishlangan o'zbek xalq kuylari, keyinchalik esa O'zbekiston kompozitorlari (S. Boboyev, Sayfi Jalil, G'. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi) ning ommabop musiqa asarlari o'rin olgan.
O'zbek xalq cholg'ulari orkestri tuzilgach cholg'ular orkestr guruhlariga ajratildi. Hozirda o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida 5 ta guruh bo'lib bular quyidagilardir:
1.Puflama cholg'ular guruhi (nay pikkolo, nay, qo'shnay, surnay, bulamon).
2.Urma torli cholg'ular guruhi (chang pikkolo, chang prima, chang tenor va chang
bas).
3.Mizrobli va chertma torli cholg'ular guruhi (prima rubobi, qashqar rubobi, afg'on rubobi, dutor alt, dutor bas va dutor kontrabas).
4.Urma zarbli cholg'ular guruhi (doyra, nog'ora, qayroq, safoyil va boshqalar).
5.Kamonli cholg'ular guruhi (g'ijjak prima, g'ijjak alt, g'ijjak bas va g'ijjak kontrabas).
Yuqorida ko'rib chiqilgan o'zbek xalq cholg'ulari orkestrining barcha guruhlari o'zining orkestrdagi o'rni, tovush tembri, ijro etilishi turli hildaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Orkestrdagi ovoz registri nisbatan baland va yorqin bo'lgan cholg'ular ijro jarayonida yetakchi va asosiy partiyalarni ijro etadi (nay, g'ijjak, chang va rubob prima). Nisbatan ovoz registri o'rta va tovushi o'rtacha yorqin bo'lgan cholg'ular esa ko'p hollarda akkomponement vazifasini bajaradi(qashqar rubobi, afg'on rubobi, dutor). Orkestrdagi ovoz registri past bo'lgan cholg'ular esa asarning eng kerakli va asarni yanada boyituvchi bas ovozlarini ijro etadi (dutor bas, dutor kontrabas, g'ijjak bas, g'ijjak kontrabas).
Endi o'zbek xalq cholg'ularining tovush husisiyatlari haqida so'z yuritsak. O'zbek xalq cholg'ulari tovushi mayin yoqimli bo'lganligi sababli barchaga ma'lum va mashhurdir. O'zbek xalq cholg'ulari orkestrida shunday cholg'ular borki ularning yozilishi va eshitilishi bir-biridan bir oktava farq qiladi. Bunday cholg'ular shu paytgacha fanda transport qilinadigan cholg'ular deb atalgan. Ammo O'zbekiston bastakorlar uyushmasi a'zosi, O'zbekiston dirijori N.Sh.Bahadirov o'zining bilim-tajribalaridan kelib chiqqan holda cholg'uning yozilishi va eshitilishidagi bir oktavalik
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. farqini registr o'zgarishi deya ataydilar. Bu fikrlar to'g'riligiga misol tariqasida shuni
keltira olamanki, musiqa nazariyasida transpozitsiya qilish turli intervallarda past yoki
yuqoriga tomon tonalliklar o'zgargan holda, hisob kitob orqali amalga oshiriladi.
Oktava pastga yoki yuqoriga tomon o'zgartirilganda esa, qiyinchilik tug'dirmaydi,
tonallik o'zgarmaydi va hisob-kitoblar ham shart emas. Bundan tashqari, simfonik
orkestrdagi transport qilinuvchi cholg'ularni qarab chiqsak, ularning eshitilishi va
yozilishi bir-biridan bir oktava emas balki sof kvintadan katta sekundaga farq qilinadi.
Partiturada ham mazkur cholg'ular tonalligi farqli bo'ladi. Simfonik orkestrda
transport qilinuvchi cholg'ular sozi "in" so'zi bilan birgalikda yoniga tovush nomining
harfli ifodasi qo'yiladi. Masalan: inF, inA, inB kabi. Demak N.Sh.Bahadirovning
fikrlari to'g'riligi shu yerda o'z tasdig'ini topadi. Shu sababli men o'z maqolamda
yozilishi va eshitilishi bir biridan bir oktavaga farq qiluvchi cholg'ularni registri farq
qiluvchi cholg'ular deya atayman.
O'zbek xalq cholg'ulari ovoz registri bir-biridan bir oktavaga farq qiluvchi cholg'ular quyidagilardir: nay pikkolo, qashqar rubobi, afg'on rubobi, dutor alt, dutor tenor, dutor kontrabas, g'ijjak kontrabaslardir. Bulardan faqatgina nay pikkolo cholg'usi registri bir oktava baland, qolgan barcha cholg'ular registri bir oktava past eshitiladi.
Ushbu ma'lumotlardan so'ng o'quvchida savol tu'g'iladi: "Nega aynan mazkur cholg'ular registi bir oktava farq qiladi sababi nimada?" ushbu savolga hali to'liqligicha ma'lumot yo'q bo'lib, barcha sozgar ustalar va musiqashunoslar ushbu jarayon tovushning fizik hususiyatlariga bog'liq ekanini aytishadi. Tovushning fizik xususiyatlariga cholg'u kosasi (boshqa cholg'ularda yog'ochning ichki tuzilishi), torlarining uzun yoki qisqalikdagi harakati, torlarning bo'lak qismlari tebranishi kabi xususiyatlari kiradi.
O'zbek milliy cholg'ularimiz qayta ishlangandan so'ng qayta ishlangan va ixtiro qilingan cholg'ular paydo bo'ldi. Ushbu cholg'ularning tovush jihatidan yorqin va registrlari bir biriga to'g'ri keladigan cholg'ular o'zbek xalq cholg'ulari orkestriga kiritildi. Ammo tanbur, ud, soz, karnay singari cholg'ular o'zbek xalq cholg'ulari orkestri tarkibiga doimiy cholg'ular qilib kiritilmadi. Ammo asarda kerak bo'lgan hollarda ushbu cholg'ular orkestrda foydalaniladi. Mazkur cholg'ular tovush tizimi juda yoqimli va jarangdor bo'lib orkestrga o'zgacha ruh bag'ishlay oladi. Ammo ushbu cholg'ular qayta ishlanish jarayonida ko'zlangan maqsadlarga erisha olinmagani tufayli orkestrga kiritilmadi. Agar ushbu sozlar xromatiklashtirilgan holida nota bo'yicha asarlarni ijro etsa, sozlar o'zining yoqimli va yorqin tovushini yo'qotib qo'yadi.
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, o'zbek xalq cholg'ulari ijrosi bizga yengil ko'ringani bilan uning yutuqli va mashaqqatli yo'llari katta. Cholg'ularning kamchilik va nuqsonli tomonlari esa yildan yilga kamayib o'z yechimini topib bormoqda. Fanda
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. hali javobi topilmagan isbotlanmagan mavzular ko'p biz yoshlar esa mana shu muammolar yechimlarini hozirdan topishga harakat qila borishimiz lozim. Inson ilm-fanning ichiga chuqur sho'ng'ib borar ekan, o'zining qanchalik kam bilimga ega ekanligini seza boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.A.I.Petrosyans Cholg'ushunoslik - Toshkent. O'qituvchi, 1980.
2.Akmaljonova M. Dutor orkestri - Toshkent: G'.G'ulom, 2004.
3.Muhammedova G. Dutor darsligi - Toshkent: O'qituvchi, 2005.
4.Yunusov U. Xalq cholg'ularida ijrochilik - Toshkent: Musiqa, 2021.
5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
7. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
8. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
9. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.
10. Сaрдoржoн Кoдиржoн Ynm Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285
11. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.
12. Astanaliev E. The formalization of the electronic document in railway automatics and telemechanics on the basis of simulation modeling //European Scholar Journal (ESJ). - Т. 2. - №. 3.
13. OGLI A. E. T. Software for Electronic Document Management System of Technical Documentation on Railway Automation and Telemechanics //JournalNX. -2021. - Т. 7. - №. 1. - С. 204-209.
14. Astanaliev E. ELECTRONIC MODEL OF TECHNICAL DOCUMENT MANAGEMENT PROCESS /Жрник наукових праць ЛОГОХ. - 2021.