EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
ARTISTIC CONDITIONALLY IN SHOYIM BOTAYEV'S "HAYKAL" STORY Orazbaeva Asal
Student, Berdakh National Karakalpak University Faculty of Uzbek Philology Abdullayev X.
Supervisor
https://doi.org/10.5281/zenodo.11220266
EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 12th May 2024 Accepted: 19th May 2024 Online: 20th May 2024 KEYWORDS Creator, detail, conflict, object of description, means of description, sarcasm.
In the essay on the story "Haykal" by Shoyim Bo'tayev, the strong criticism of some social norms is discussed. Also, the creative activity of the author is highlighted.
SHOYIM BOTAYEVNING "HAYKAL" HIKOYASIDA BADIIY SHARTLILIK
Orazbaeva Asal
Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Abdullayev X. Nazoratchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11220266
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 12th May 2024 Accepted: 19th May 2024 Online: 20th May 2024 KEYWORDS Ijodkor, detal, konflikt, tasvir obyekti, tasvir vositasi, sarkazm.
Ushbu maqolda Shoyim Bo'tayevning "Haykal" hikoyasi tahlil qilinar ekan, jamiyatdagi ayrim illatlarni qattiq tanqid ostiga olgani haqida so'z yuritiladi. Yana yozuvchining ijodiy faoliyati haqida to'xtab o'tiladi.
Shoyim Bo'tayev - yozuvchi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi va "Do'stlik" (2002) ordeni sohibi. Yozuvchi 1959-yil 20-iyun kuni Tojikistonning O'ratepa tumanidagi Maydoncha qishlog'ida tug'ilgan. 1982-yilda Xo'jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini gazetada muxbirlikdan boshlab, dastlab, "Guliston" jurnalida, keyinchalik "Tong yulduzi" gazetasida bo'lim mudiri, "Cho'lpon" nashriyotida muharrir bo'lib ishlagan. "Sirli yulduzlar nomli ilk qissasi 1984-yili "Sharq yulduzi" jurnalida bosilgan. Shu yili "Dunyoning sarhisobi bor" qissalar to'plami chop etiladi. Shundan so'ng "Endi bari boshqacha", "Hayot", "Ko'chada qolgan ovoz" nomli qissa va hikoyaar to'plamlari ketma-ket chop etiladi. "Kunbotardagi bog'" qissasi asosida "Bog'" deb nomlangan yeti qismli videofilm yaratilgan. Yozuvchining asarlari bir qator tillarga jumladan, rus, ingliz, nemis va tojik tillariga tarjima qilingan.[1]
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Badiiy asarlarda o'xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga qiyoslash orqali yorqin va bo'rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo'lib, bunda o'xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi.[2] Bunday tasvir vositasi Shoyim Bo'tayev hikoyalarining badiiyatini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Shoyim Bo'tayev asarlarini kuzatar ekansiz, unda ijtimoiy-maishiy turmush chizgilarining falsafiy talqinini, falsafaning o'zini esa psixologik ifoda orqali topamiz. Jumladan, Umid Ali bilan bo'lgan suhbatni kuzatamiz: " Bilmadim. Dardni ifodalayman deb, o'ldim-kuydim soxta dardlarning atay o'ylab topilishi odamning jig'iga tegadi. Menimcha, ijodkor xalq hayotini yaxshi bilishi kerak. Jillaqursa, yon qo'shnisining qanday yashayotganini his eta olsa ham, shuning o'zi katta gap. Xayolan bir narsalarni o'ylab topishga urinib ovora bo'lishning keragi yo'q. Ijodkor uchun material uning yonginasida: mahallasida, qo'ni-qo'shnilarida, tanigan insonlarida, bilgan narsalarida. Ijodkor o'ylashi kerak, o'rganishi kerak.[3]
Shoyim Bo'tayev o'zi aytib o'tganidek, asarlariga qahramonni hayotdan oladi. "Haykal" hikoyasini tahlilga tortadigan bo'lsak, yuqoridagi fikrlar o'z isbotini topganini ko'ramiz. Shu kunga qadar ijodkorlar 'haykal" detaliga ko'p bora murojaat qilishgan. Jumladan, Shukur Xolmirzayevning ham shu nomdagi hikoyasi bor. Sh.Xolmirzayev asarida ochiqdan-ochiq haykal detali kimga qaratilganligini yozib o'tgan. Ammo Shoyim Bo'tayevning "Haykal" hikoyasida esa bu haykal ramziyligicha qoladi. Chunki asarda haykal shaxs sifatini emas, jamiyatni, undagi odamlarning ajabtovur dunyosini ochib berishga vosita bo'lib xizmat qilgan. Asarda shartlilik kuchli, ramziylik mavjud. Asar "Hech kimning yetti uxlab tushiga kirmagan, aslida, ko'zni sal kattaroq ochib qarasa, har qanday odam ko'ra oladigan oddiy, ayni paytda g'aroyib voqea sodir bo'lgan shaharning bodu havosi, meva-chevasi va boshqa mayda-chuydasi haqida mehmon irimiga bo'lsa-da bir og'iz so'z aytmagandi. U faqat shahar o'rtasidan o'tadigan , bir vaqtlar suvi zilolday bo'lgan daryoning endilikda chiqindilarga to'lib-toshib, bo'tanaga aylanib, tuproq qal'adagi devday to'lg'anib oqib yotishini o'z hikoyasiga qistirib o'tgandi" , [4] tasviri bilan boshlanadi. Nega xalq "yetti uxlab tushiga kirmaydigan" voqealarni ko'rmaydi. Axir azim daryo birdaniga chiqindilar to'lib-toshib oqadigan bo'tanaga aylanmagandir. Yana hikoyada aholining goh g'ij-bij, goh juda inoq ekanligi keltiriladi. Bir anjumanda shahar aholisi uyushqoqlik bilan qatnashganligi aytiladi. Aslida esa shahar aholisi shu darajada g'aflat uyqusida yotibdiki, o'z vatanida bo'layotgan g'ayrioddiy voqealarning loqaydlarcha tomoshabini bo'lib umr suradi. Shahar juda yaxshi tabiatga, yer usti boyliklariga ega, lekin bu shahar boshqalar nazdida faqat "chiqindiga to'lgan" daryo xolos. Shahar aholisi esa "ba'zilar" tomonidan ziddiyat qurbonlariga aylangan. Anjuman voqeasida ham uyushqoqlik bilan qatnashdi deb ta'kidlab qo'yishadi. Hikoyada esa buning teskarisiga ishora qilingan holda "uyushqoqlik bilan" jumlasi taajjub ostida qo'shtirnoq bilan beriladi.
Asar davomida haykalning qurilishi bilan bog'liq jarayonlar sarkazm tarzida beriladi. Jumladan, 2-3 yil ichida qurib bitkazilgan haykal ustida borgan bahslarga e'tibor qaratsak, uning qo'li avval ayollar qamoqxonasiga, keyin erkaklar qamoqxonasi tarafga, so'ngra uni yana o'zgartirsa, kunduzi ham faxsh ishlar, o'g'irlik avjiga chiqqan o'n qavatli mehmonxonaga yo'naltirilgan.
Hikoyani o'qish barobarida uni Said Ahmadning "Sobiq" hikoyasiga mazmunan o'xshatish mumkin. Chunki har ikkala asarda ham jamiyatdagi dolzarb, o'z yechimini kutib turgan
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
muammolar turganida, asar qahramonlari har xil laganbardorlikka, dabdabavozlikka berilishi tanqid qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, Shoyim Bo'tayev o'zining "Haykal" hikoyasi orqali jamiyatdagi ayrim illatlarni sarkazm vositasida talqin qilish bilan birga xalqni kichik, arzimagan narsalar uchun o'z vaqtlarini sarflamasdan jamiyat oldida turgan dolzarb, muhim muammolarga e'tibor qaratishga chorlaydi deyish mumkin.
References:
1. S.Mirvaliyev, R.Shokirova "O'zbek adiblari" G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti Toshkent, 2016
2. D.Quronov, M.Sheraliyeva, Z.Mamajonov "Adabiyotshunoslik lug'ati" Toshkent 2013
3. Umid Ali bilan suhbat "Bekajon" 2007-yil 57-son
4. Sh. Bo'tayev "Haykal" hikoya 1990