EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
THE SPIRIT OF THE HERO IN THE STORY
Orazbaeva Asal
In the name of Berdak Karakalpak State University 2nd stage student https://doi.org/10.5281/zenodo.13268188
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
Received: 30th July 2024 Accepted: 07th August 2024 Online: 08th August 2024 KEYWORDS
Epic genre, story, symbolic detail, character psychology, psychological description, national character,
philosophical reflection"
ABSTRACT
This article discusses the narrative skills of Ulug'bek Hamdam, who has made a significant contribution to the development of Uzbek literature, the writer's style, and the psychology of the main character involved in the story. The research object chosen is Ulug'bek Hamdam's story "A Cup of Water".
ARTICLE INFO
HIKOYADA QAHRAMON RUHIYATI
Orazbaeva Asal
Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universisteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13268188
ABSTRACT
Received: 30th July 2024 Accepted: 07th August 2024 Online: 08th August 2024
KEYWORDS Epik tur, hikoya, ramziy detal, qahramon
ruhiyati,psixologik tasvir, milliy xarakter, falsafiy mulohaza.
Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan Ulug'bek Hamdamning hikoyanavislik mahorati, yozuvchining uslubi va hikoyada ishtirok etgan bosh qahramonning ruhiyati haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Ulug'bek Hamdamning "Bir piyola suv" hikoyasi tanlab olingan
O'zbek xalqining ma'naviy-axloqiy ideallarining o'sib borishi, umuminsoniy qadriyatlarining tiklanishi adabiyotda ham o'z aksini topib bormoqda. Agar sho'ro davri adabiyotiga nazar soladigan bo'lsak, o'sha davr adabiyotida erkin ijod qilish, inson ruhiyatini to'laqonli aks ettirish va o'z zamonasida yuz berayotgan voqea-hodisalarni adabiyotga olib kirish, ya'ni yozuvchilar ko'z o'ngida yuz berayotgan voqealarni yoki o'tmishni aks ettirish, shuning bilan bir qatorda millatimizga xos bo'lgan qadriyatlarni o'z asarlariga singdirish ma'lum darajada siqib qo'yilgan bo'lsa, mustaqillik davriga kelib bu masalalar yuzasidan butunlay erkinlikka erishildi.[3] Lekin adabiyot bu davrlardan qoqilmay o'tib kelmoqda. Adabiyot har qanday vaziyatda, har qanday davrda ham rivojlanishdan to'xtab qolmagan.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Shuni ham yodda tutish zarurki, adabiyot o'z-o'zidan rivojlanmaydi, balki har davrning mahoratli yozuvchi ijodkorlari uni rivojlantirib yanada takomillashtiradi.
Endilikda adabiyotimizga yangicha qarashlar, yangicha uslublar kirib kela boshladi. Yozuvchilarimiz ijodida g'arb adabiyoti an'analari asosida inson ruhiyatini va ong oqimini asarlaridagi qahramonlar xarakteriga singdirishga harakat qildilar. Bu urinishlar o'z samarasini berib, yuksak saviyali asarlar dunyo yuzini ko'rmoqda. O'zbek adabiyoti nasrida epik turning bir bo'lagi hisoblangan hikoya janrida ham badiiy saviyasi baland asarlar yaratilmoqda. Bu yo'lda o'zining mashaqqatli mehnati evaziga yutuqlarga erishayotgan Ulug'bek Hamdam, Nazar Eshonqul, Abduqayum Yo'ldoshev, Luqmon Bo'rixon kabi yozuvchilarni alohida ta'kidlab o'tish joiz. Adabiyotshunos Umarali Normatov ta'kidlaganidek: " Eng muhimi ularda so'nggi yillar adabiyotimizda, qolaversa, jahon adabiyotida ham tansiq bo'lib turgan o'zida yuksak idealarni tashuvchi, idealga intiluvchi qahramonlar birin-ketin bo'y ko'rsatayotir".[1]
Ulug'bek Hamdamning "Bir piyola suv" hikoyasiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, hikoyada yuk tashuvchi obrazi orqali insonning umri tasvirlanadi. Bosh qahramonga omonat topshirilgan yuklar shomgacha manzilga yetkazilishi lozim edi. Bosh qahramon yo'lda sahroga duch keladi va chanqayotganini his qiladi. Chanqog'ini bosish uchun karvonsaroyga keladi, u yerda uni yoshgina bir qiz mulozamat bilan qarshi olib ichkariga chorlaydi. U buloqdan bir piyola suv ichadi. Endi manzil tomon otlanmoqchi bo'lganida ichgan suvining haqini to'lashi kerakligi aytiladi. Haq to'lash uchun navbatga turadi, ammo birozdan so'ng yana chanqaydi va bir necha marotaba suv ichib keladi. Oxir-oqibat navbati kelib suvning haqini to'lab tashqariga chiqib xursandligidan sakramoqchi bo'lsa harakatlanishi qiyin bo'ladi. Qo'llariga qarasa keksaygan odamning qo'lidek.O'zining keksayib qolganligidan xafa holda aravasi yoniga chiqsa eshik oldidagi qiz hali ham yosh va chiroyli holda. Bu jumboqlarga tushunolmay aravasi yoniga arang yetib keladi va qosh qorayganini payqab, vazifasi yodiga tushadi:" Axir...axir mening vazifam bormasmidi, juda muhim topshiriq bilan yo'lga tushmaganmidim! [4] Arava yoniga yaqinlashsa yonboshi jiqqa ho'l bo'ladi. Aravaga qarasa undan suv sizib chiqar edi. Bu paytda bosh qahromonning holatini yozuvchi birgina gap bilan ifodalaydi: E voh, shu choqqacha boshimga tushgan ajabtovur voqealar bir yon-u bunisi bir yon bo'ldi.[4] Ya'ni arava to'la suv to'ldirilgan ko'zalar edi. Bu hikoya qahramon ruhiyatini tasvirlash bilan birga bir qancha ramziy detallarga ham ega. Jumladan, suv-poklik, karvonsaroy-dunyo, sahro esa inson hayotida uchraydigan mashaqqatlardir. Yana karvonsaroy oldida yosh qiz esa nafsning ramzi desak adashmaymiz. Chunki insonning nafsi ham agar uni jilovlay olmasa oradan qancha vaqt o'tishidan qat'iy nazar u o'zgarmaydi.
Insonning yaratilishidagi azaliy va abadiy haqiqatlarga yozuvchi o'zgacha nigoh bilan qaraydi. Adabiyotshunos Tal'at Solihov ta'kidlaganidek: "Har bitta asar dastlab milliydir. Milliy bo'lmagan adabiyot adabiyot emas".[2]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki , Ulug'bek Hamdamning har bir hikoyasida kitobxonni o'ziga tortuvchi, qiziqtiruvchi jihatlarga ko'p duch kelamiz. Yozuvchining har bir hikoyasidan ma'naviy ozuqa olish, falsafiy mulohazalarga duch kelish mumkin.[5] Ulug'bek Hamdam asarlarida ko'proq voqealar tavsiloti bilan emas, balki psixologik tahlil, milliy xarakterga asoslangan rang-barang taqdirlar bilan tanishtiradi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
References:
1. U.Normatov "Umidbaxsh tamoyillar" Toshkent Ma'naviyat 2000
2. T.Solihov "Qobiqni yorib chiqish saodati" maqola Sharq Yulduzi
3. I.Rustamova "Ulug'bek Hamdam hikoyasida qahramon xarakteri" ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, educational, nature and social sciences 2022
4. U.Hamdam "Bir piyola suv" Sharq Yulduzi 2011 2-son
5. Z.Soqiyeva "Ulug'bek Hamdam hikoyalarida xayol va haqiqat" SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №3.