Научная статья на тему 'ULUG’BEK HAMDAM HIKOYASIDA QAHRAMON XARAKTERI'

ULUG’BEK HAMDAM HIKOYASIDA QAHRAMON XARAKTERI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
355
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xarakter / qahramon / ruhiyat / obraz / ong oqimi. / character / hero / stream of consciousness / spirit / image.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rustamova, Ibodat Ikromovna, Azimova, Nodirabonu Baxtiyorjon Qizi

Ushbu maqolada Ulug’bek Hamdamning hikoyanavislik mahorati, hikoya qahramonining xarakteri, ruhiyati, yozuvchining uslubi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTER OF THE HERO IN THE STORY OF ULUGBEK HAMDAM

In this article, Ulugbek Hamdam's story-writing skills, the character and spirit of the hero of the story, and the writer's style are discussed.

Текст научной работы на тему «ULUG’BEK HAMDAM HIKOYASIDA QAHRAMON XARAKTERI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ULUG'BEK HAMDAM HIKOYASIDA QAHRAMON XARAKTERI

Ibodat Rustamova Ikromovna,

FarDU,adabiyot kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlar nomzodi

Azimova Nodirabonu Baxtiyorjon qizi,

FarDU 2-kurs magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ulug'bek Hamdamning hikoyanavislik mahorati, hikoya qahramonining xarakteri, ruhiyati, yozuvchining uslubi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: xarakter, qahramon, ruhiyat, obraz, ong oqimi.

ABSTRACT

In this article, Ulugbek Hamdam's story-writing skills, the character and spirit of the hero of the story, and the writer's style are discussed.

Keywords: character, hero, stream of consciousness, spirit, image.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimiz yanada rivojlanib bormoqda. Ilm-fanning o'sib borishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mana shunday kunlarda har bir shaxs o'z mamlakatida yuz berayotgan voqealarga befarq qaramasligi zarur bir holga aylandi. Yurtimizdagi har bir fuqaro mamlakatimiz tarixini, ya'ni ota-bobolarimiz kim bo'lgani, ular qanday yo'llarni bosib o'tganligini bilgan holda vatan kelajagi uchun oqilona yo'ldan borishayotgani muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov: "Odamlarda o'zligini anglash, milliy g'urur, oriyat, o'tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o'z qo'limizga olganimizdan g'ururlanish kabi tuyg'ular kamol topmoqda, ularning bugungi va ertangi kuniga ishonchi ortib bormoqda"1, -deb aytgan gaplari fikrlarimizning isbotidir. Istiqlol tufayli har bir sohada bo'lganidek, milliy adabiyotimizda ham muhim o'zgarishlar yuz berdi. O'zbek xalqining manaviy-axloqiy ideallarining o'sib borishi, umuminsoniy qadriyatlarimizning tiklanishi adabiyotimizda ham o'z aksini topib bormoqda. Agar sho'ro davri adabiyotiga nazar soladigan bo'lsak, bu davr adabiyotida erkin ijod qilish, inson ruhiyatini to'laqonli aks ettirish va o'z zamonasida yuz berayotgan voqea-hodisalarni adabiyotga olib kirish, yani yozuvchilar ko'z o'ngida yuz berayotgan va o'tmishimizni aks ettirish,

1Karimov I. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. -T.: O'zbekiston, 1996. -B. 260.

1311

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shuning bilan bir qatorda, millatimizga xos bo'lgan qadriyatlarni o'z asarlariga singdirish ma lum darajada siqib qo'yilgan bo'lsa, mustaqillik davriga kelib bu masalalar yuzasidan to'laqonli erkinlikka erishildi. Bu bilan sho'ro davri adabiyotida yaxshi asarlar yaratilmagan degan fikrdan yiroqmiz, aksincha, bu davr adabiyotida ham adabiyotimizning buyuk darg'alari yetishib chiqdi va o'zbek xalqining ko'zgusiga aylangan chinakam yaxshi asarlar yaratishdi. Bundan anglashilib turibdiki, muayyan jamiyat va malum tuzum yo'q bo'lib ketishi mumkin, ammo adabiyot yo'q bo'lmaydi. Adabiyot har qanday vaziyatda ham o'zining rivojlanishidan umuman to'xtab qolmaydi. U har tomondan bo'g'iq muhitda ham ma'lum miqdorda rivojlanib, o'zini namoyon qilib oraveradi. Shunday qilib, mustaqillik davriga kelib, o'zbek adabiyoti rivojlanishning yuksak cho'qqisiga chiqdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Adabiyotimizga yangicha qarashlar, yangicha uslublar kirib kela boshladi. Endilikda yozuvchilarimiz milliy qadriyat va madaniyatimizni o'z asarlarida ochiq-oydin yorita boshladilar, ya ni bugungi kunga kelib adabiyotimiz millatning ko'zgusiga aylandi. O'zbek adabiyoti ham jahon adabiyotida o'ziga yarasha o'rin egallay boshladi. Zero, birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Agar biz O'zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug' kelajagini ulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo'lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug' adib Cho'lpon aytganidek, adabiyot yashasa millat yashaydi"2.

XX asr o'zbek adabiyotida katta o'zgarishlar yuz berdi. Yozuvchi va shoirlarimiz ijodida g'arb adabiyoti an analari asosida inson ruhiyatini va ong oqimini asarlaridagi qahramonlar xarakteriga singdirishga harakat qildilar. Bu urinishlar o'z samarasini berib, yuksak saviyadagi asarlar dunyo yuzini ko'ra boshladi.. O'zbek adabiyoti nasrida epik turning bir bo'lagi bo'lmish hikoya janrida ham badiiy saviyasi baland asarlar yaratildi.

Hozirgi kun o'zbek nasrida ijod qilayotgan talantli adiblarimiz ham oz emas. Ular yaratayotgan asarlarning badiiy saviyasi yuqori cho'qqida desak, aslo, mubolag'a bo'lmaydi.Yozuvchilarimiz hikoya janrining ham saviyasini o'stirib bormoqdalar.Bu yo'lda o'zining mashaqqatli mehnati evaziga yutuqlarga erishayotgan:Nazar Eshonqul,G'ofur SHermuhammad,Abduqayin

Yo'ldoshev,Luqmon Bo'rixon,Ulug'bek Hamdam kabi ko'plab yozuvchilarimizni

2Karimov I. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. -T: "Ma'naviyat". 2008. 140-b.

1312

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rsatishimiz mumkin.Adabiyotshunos U.Normatov qayd qilganidek "So'nggi yillardagi bizdagi adabiy jarayonga xos eng muhim xususiyatlarda biri shundaki,adabiyotimiz chinakamiga xilma xil bo'lib borayabdi ...bizda ham falsafiy asosi jihatidan xilma xil yo'nalishga mansub asarlar paydo bo'la boshladi"3.

Hikoya janrining boshqa janrlardan asosiy farqlaridan biri, ya ni uning markazida qahramon xarakteri turishini nazariy adabiyotlardan ko'rishimiz mumkin. Yozuvchilarimiz ideali asosida yaratilayotgan qahramonlar xarakteriga olam va odam botiniy dunyosida yuzaga kelayotgan yutuq va kamchiliklar singdirilib kelinmoqda. Bu esa, albatta, o'quvchi ongiga ta sir etmay qo'ymaydi. Ijodkorlar ham ana shu maqsadni yanada kuchaytirish maqsadida insonning ongiga chuqurroq kirib borishga va unda yuz berayotgan o'zgarishlarni o'zlari yaratayotgan qahramonlar xarakteriga singdirib borishga harakat qilib kelmoqda. Qahramon xarakteri uning nutqida, portret tasvirida, muallif tavsifida va xatti harakatlar tasvirida namoyon bo'ladi. Ushbu omillar birlashib, kitobxon ko'z o'ngida real inson obrazi gavdalanadi. Har qanday badiiy asar yozuvchuning o'z davriga bo'lgan munosabatidan dunyoga keladi. Yozuvchi o'zini ruhiyatida kechayotgan tuyg'ularini shu yaratayotgan asari orqali yoritib berishga intilishi hech kimga sir emas, albatta. Ho'sh, yozuvchi idealidagi narsalarni qanday yoritib bera oladi? Albatta, o'z ideallini asardagi personajlarning ruhiyatiga singdiradi. Asardagi personajlarning qarashlari turli xil bo'lgani sababli ular orasida o'zaro ziddiyatlar vujudga keladi. Mana shu jarayon asar personajlarining sekin-astalik bilan xarakterini ochib beradi. Biz quyida istiqlol davrida yaratilgan o'zbek hikoyalarida xarakterni ochib berilishi haqida so'z yuritamiz. O'zbek adabiyotida, nasrida ko'zga ko'ringan adiblarimizdan biri Ulug'bek Hamdam hikoyalarini o'qib chiqar ekanmiz,adibning hikoyalarida inson ruhiy olamidagi nozik va hayajonli tuyg'ular mahorat bilan ochib berilgan.

Masalan, adibning "Bir piyola suv" hikoyasini olaylik, hikoyada hayot va o'lim, tiriklikning mohiyati ,odamning olamdagi vazifasi kabi g'oyalar ilgari surilgan..

Asarning asosiy bosh markazida -insoniyatning eng katta, azaliy dushmani bo'lgan nafs balosi turadi. Hikoyaning sarlavhasidan ham biz chuqur ma'no izlashimiz mumkin .Bir piyola suv .Suv o'zi nima.? Bu tiriklik ramzidir.Yozuvchi aynan nega bir piyola suv demoqchi. Hajmi kichik idishda. Boisi, u insonga berilgan qisqa muddat-umr o'lchovi, ikkinchidan esa, sabr timsoli. Insonning dunyoga kelishidan maqsadi nima? Odamning hayotdagi muqaddas vazifasi, burchi nimalardan iborat kabi savollar hikoya mazmunida mujassamlashgan. Hikoya qahramonining vazifasi shom tushkuniga qadar aravaga ortilgan yukni hech qayerga

3 Normatov U.Umidbaxsh tamoyillar.-T. "Ma'naviyat",2000.3-4-betlar.

1313

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chalg'imasdan manzilga olib borishdan iborat.Bu yerda arava ham ot ham ramziy ma'noda qo'llangan.

Inson-hayotning mazmunidir. Ya'ni inson bo'lmasa hayot ham yo'q degani. Yozuvchi hikoyada insonning bu olamga kelishdan to umrining poyoniga qadar bo'lgan davrni bir payola suv hikoyasi orqali ochib berishga harakat qilgan. Zero, bu foniy olamdagi sinovdan munosib o'tish insoniyatning muqaddas burchidir. Yozuvchi inson ruhiyatidagi evirishlarni, hayot tashvishlarini qahramonning qo'shiq hirgoyasi orqali ifodalagan." 4 Avvaliga ovozimni baland qo'yib qo'shiq aytaman .Kuch-quvvatni tejach zarurligini payqabmi ,beixtiyor hirgoyaga o'taman,bilgan-bilmagan qo'shiqlarimdan zam-zama qilaman.Keyin g'ing'illashga oro berib atrofga alanglayman".Bu yerda ham biz ramziy ma'noni ko'rishimiz mumkin .Ovozini baland qilib kuylash yoshlikka xos sho'xlikni aks ettirsa,g'ing'illash keksalikni belgisidir. Yozuvchi bu hikoyani shunaqangi mahorat bilan yozganki, bundagi har bir so'z mazmunida chuqur ma'no aks ettirgan."Bir mahal ichimga o'rmalab kirgan chanqoqni his qilaman".Bu yerda yozuvchi badiiy san'at o'xshatish sanatini qo'llamoqda .Ya'ni chanqoq bu yerda nafsini ifodalab kelmoqda.Inson doimo o'zidagi bor narsani boshqa joydan qidiradi .Natijada o'z umri bekorga o'tib ketganini tushunib yetmaydi.Tushunib yetganda esa,albatta, kech bo'ladi.Hikoya qahramonimiz ham huddi shunday hayoti davomida o'z yelkasida ortib borayotgan narsani-o'zligida mavjud narsani o'zga yoqdan qidiradi.Natijada butun hayotini sarsonlikda o'tkazib ,oynadek tiniq qalbi darz ketadi ."E voh,shu choqqacha boshimga tushgan ajobtovur bir yonu bunisi bir yon bo'ldi:ne ko'z bilan ko'rayki,aravaning ichida suv to'la ko'zalar qator tizilishib turar,ulardan bittasi yiqilib singan-u, suvi quyiga-asriy tashna qumliklarga chak-chak tomardi"5.

Xulosa qilib aytganda, yozuvchi bu hikoyasi orqali tiriklikning mohiyati, insonning bu foniy dunyoga kelishdan maqsadi kabi tushunchalarni ramziy-majoziy obrazlar tasviri orqali mohirlik bilan singdira olgan.Hikoya asosida yozuvchining uslubiy o'ziga xosligi haqida muayyan xulosaga kelishimiz mumkin.

REFERENCES

1. I. A. Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat. 2008.

2. I. A. Karimov. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. - T.: O'zbekiston, 1996.

3. Sh. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birgan quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017.

4 Hamdamov U.Bir payola suv//Sharq yulduzi 2011,2-son,105-bet.

5 Hamdamov U.Bir payola suv//Sharq yulduzi 2011,2-son,108-bet.

1314

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. I. Sulton. Adabiyot nazaryasi. - T.: O'qituvchi nashriyot - Matbaa ijodiy uyi,

5. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: O'zbekiston, 2002.

6. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. - T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

7. Normatov U.Umidbaxsh tamoyillar _T."Ma'naviyat",2000. 4-5 bet.

8. Hamdam U.Bir payola suv //SHarq yulduzi 2011,2-son,105-bet

9. Hamdam U. Bir payola suv//Sharq yulduzi 2011,2-son,108-bet.

10. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

11. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

12. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume: 10, Issue: 11, November.

13. Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative concept in world literature. In the Conference.

14. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

15. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

16. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

17. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

18. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

19. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

2005.

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

20. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

21. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

22. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

23. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

24. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

25. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

26. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

27. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

28. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

29. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

30. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

31. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

32. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

33. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

34. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

35. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

36. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

37. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

38. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

39. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.