Научная статья на тему 'ALBER KAMYU VA CHO‘LPON ESSELARIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI'

ALBER KAMYU VA CHO‘LPON ESSELARIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
180
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
falsafiy-estetik esselar / tarixiy-mifologik obrazlar / stoitsizm falsafasi / qahramon va ruhiyat tushunchasi. / philosophical-esthetic essays / historical-mythological images / the philosophy of stoicism / the concept of hero and spirit

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhammadjonova, Go‘zalxon, Nabiyeva, Iymona Mahkamboy Qizi

Maqolada sharq va g’arb adabiyotidagi falsafiy-estetik esselar o’zaro qiyoslangan. Jahon va o’zbek adabiyotida tarixiy-ijtimoiy mavzudagi esselarning o’xshash va farqli tomonlari haqida fikr yuritilgan . Yana bir e’tiborli tomoni maqolada Kamyu va Cho’lponning badiiy-falsafiy mazmundagi esselarida tarixiy qahramon tushunchasi mohiyatiga ko’ra tasniflangan va inson bosh qahramon sifatida e’tirof etilgani to’g’risida xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF HISTORICAL IMAGES IN THE ESSAYS OF CAMUS AND CHOLPON

Philosophicalesthetic essays in eastern and western literature are compared in the article. Similar and different aspects of essays on historicaland social topics in world and Uzbek literature are discussed. Another noteworthy aspect of the article is that in the artistic and philosophical essays of Camus and Cholpon, the concept of historical hero is classified according to its essence and the human being is recognized as the main hero.

Текст научной работы на тему «ALBER KAMYU VA CHO‘LPON ESSELARIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ALBER KAMYU VA CHO'LPON ESSELARIDA TARIXIY OBRAZLAR

TALQINI

Muhammadjonova Go'zalxon

FarDU dotsenti, filologiya fanlar nomzodi,dotsent Nabiyeva Iymona Mahkamboy qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada sharq va g'arb adabiyotidagi falsafiy-estetik esselar o'zaro qiyoslangan. Jahon va o'zbek adabiyotida tarixiy-ijtimoiy mavzudagi esselarning o'xshash va farqli tomonlari haqida fikr yuritilgan . Yana bir e'tiborli tomoni maqolada Kamyu va Cho'lponning badiiy-falsafiy mazmundagi esselarida tarixiy qahramon tushunchasi mohiyatiga ko'ra tasniflangan va inson bosh qahramon sifatida e'tirof etilgani to 'g 'risida xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: falsafiy-estetik esselar, tarixiy-mifologik obrazlar, stoitsizm falsafasi, qahramon va ruhiyat tushunchasi.

INTERPRETATION OF HISTORICAL IMAGES IN THE ESSAYS OF

CAMUS AND CHOLPON

ABSTRACT

Philosophical- esthetic essays in eastern and western literature are compared in the article. Similar and different aspects of essays on historicaland social topics in world and Uzbek literature are discussed. Another noteworthy aspect of the article is that in the artistic and philosophical essays of Camus and Cholpon, the concept of historical hero is classified according to its essence and the human being is recognized as the main hero.

Keywords: philosophical-esthetic essays, historical-mythological images, the philosophy of stoicism, the concept of hero and spirit.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ОБРАЗОВ В ОЧЕРКАХ КАМЮ И

ЧОЛПОНА

AННОТАЦИЯ

В статье сопоставляются философско-эстетические очерки в восточной и западной литературе. Обсуждаются сходные и различные аспекты очерков на исторические и социальные темы в мировой и узбекской литературе. Ещё одним примечательным аспектом статьи является то, что в

1302

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

художественно-философских очерках Камю и Чолпона понятие исторического героя классифициуется по его сущностиб а главным героем принается человек.

Ключевые слова: философско-эстетические очерки, историко-мифологические образы, философия стоицизма, концепция героя и психики.

Sharq va g'arb adabiyotshunosligida esse janri taraqqiyotini ikkiga ajratish mumkin: birinchisi, yozuvchilarning hayotdagi ma'naviy, axloqiy, ijtimoiy masalalar xususidagi fikr-mulohazalari bo'lsa, ikkinchisi, badiiy ijod masalalari, adabiyotning ma'naviy komil shaxsni tarbiyalashda tutgan o'rni xususidagi muhokamalardir. Shunga ko'ra esse janri ikki yo'nalishga ajratiladi:

1. Yozuvchi-shoirlarning ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy, tarixiy, diniy, ma'naviy masalalar xususidagi esselar.

2. Yozuvchi-shoir, tanqidchi-adabiyotshunos, faylasuf, tarixchilarning maxsus fan maxsus fan tarmoqlari, xususan adabiyot mezonida oladigan bo'lsak, badiiy ijod sirlari haqidagi ilmiy, badiiy-publitstitik, biografik yo'sindagi esselar.

Quyidagi esse turlarida qahramon masalasiga va uning ruhiy kechinmalariga ko'proq izohlar berilgan:

1) San'at ahli haqidagi esselar; 3) tarixiy-ijtimoy mavzudagi esselar;

2) jamoat arboblari haqidagi esselar; 4) publitsistik esselar.

Albert Kamyu adabiyot maydoniga lirik mazmundagi esselar bilan kirib keldi. Uning falsafiy qarashlar evolutsiyasi tarixiy muxit, davr bilan uzviy bog'liq esselari ijtimoiy-falsafiy mazmunda yozilgan esselariga "Sizif haqidagi afsona" va Do'zaxdagi Ptometey" kabi asarlarini misol qilish mumkin. O'zbek adabiyotida Yevropa essechiligi tipidagi badi'aning go'zal barkamol namunasini Cho'lponning "Kleopatra" asarida ko'rish mumkin. Ikkala ijodkorning ham asarlari tarixiy-ramziy obrazlar asosiga qurilgan bo'lib, bu asarlarda hayotiy haqiqatlar, real tarixiy shaxslar kechmish timsollari badiiy tarzda aks ettirilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Esse, memuar adabiyoti, publitsistik asarlar bugungi badiiy-hujjatli nasrning yetakchi yo'nalishlaridan birini tashkil etadi. Hayotiy, haqqoniy va xolislikkka asoslangan realistik idrok va ifoda madaniyati takomilida hujjatli adabiyotning o 'rni beqiyos.

Keyingi yillarda adabiy-ilmiy jamoatchiik tomonidan hujjatli nasrga qiziqish kuchayib bormoqda. Marhabo Qo'chqorova ilmiy izlanishlari orqali "O'zbek

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

adabiyotida esse janri va taraqqiyot tamoyillari" va "Esseda ramz va ma'naviy-intellektual masalalar" kabi nazariy yo'nalishda sharq badi'anavisligi hamda G'arb essechiligining o'ziga xos belgilari bilan umummushtarak tipologik xususiyatlarini yoritishga intilgan. Darhaqiqat, esse - shaxs psixologiyasidagi ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-estetik baholari orqali namoyon bo'ladi va ijodkorning "meni" ya'ni tafakkur madaniyati esse markazida turadi. Marhabo Qo'chqorovaning "Badiiy so'z va ruhiyat manzaralari" ilmiy monografiyasida esse janrining o'rganilishi va uning genezisi haqidagi ilk nazariyalarni beradi. Tadqiqotda esse janrida ijod qilgan Sharq va G'arb yozuvchilarining (Mishel Monten, Alber Kamyu, Cho'lpon, Sh.Xolmirzayev) asarlarini qiyosiy metodlar orqali tahlil etgan. Esseda paradoksli mulohazakorlik, erkin muloqot kabi belgilar o'zbek adabiyotshunosligida ilk bor tadqiqot obyektiga aylantirilgan.

MUHOKAMA

Cho'lpon va Kamyu eselarida uchraydigan Kleopatra, Sizif singari tarixiy-mifologik obrazlar bejizga kiritilmagan, ular ijodkorlar hayotidagi ma'lum bir realliklar bilan bog'lanib hayot haqiqatini ko'rsatishda ramziy belgi sifatida ahamiyatlidir. Cho'lpon sevgan ayoli Obidaning badiiy qiyofasi shoir ijodiga Kleopatra timsolida ko'chib o'tganligini adabiyotshunos N.Karimovning "Cho'lpon va Kleopatra" [1.74] maqolasida isbotlab bergan. Shoir o'zining sof ishqiy dil rozilarini, muhabbat iztiroblarini esse janrida aks ettirishga harakat qilgan, chunki bu janr chuqur mushohadali mutolaani talab etgan. Badiiy adabiyotdagi har bir kichik detall ham, yozuvchi hayotidagi badiiy voqelik asosida yuzaga keladi. Shu ma 'noda Sizif va Kleopatra obrazlari ham bejizga tilga olinmagan.

Ayni paytda Sizif (yunon afsonasi) va Kleopatra esa (Misr malikasi) sifatida ham tarixiy, ham adabiy qahramonga aylanib qolgan. Demak, Kamyu va Cho 'lpon qadim tarixga ega afsonaviy, folklor, tarixiy, adabiy qahramonga murojaat qilib o'zlarining yetuk uslub mahoratini namoyish etgan. Bu o'rinda N.V Vladimirovna ham o'z fíkrini quyidagicha bayon etgan: "Ko'p rus yozuvchilari g'arb va sharq mifologiyasi va qadimiy tarixga murojat qilib, ramzlardan foydalanar ekan, ularning maqsadi umuminsoniyatning madaniy-tarixiy dunyoqarashini ko'rsatishdan iborat edi...."[2.7]

A.Kamyu esselari teran falsafa va jozibador so'z san'atini o'zida mujassamlashtiradi. Ularda hayot mashaqqatlari, azob-u qiynoqlar girdobiga tashlangan inson haqidagi adib fikrlari toboro chuqurlashganini, ayni shu teran o'ylar silsilasida ijodkor o'z shaxsiyatini, borlig'ini ham fosh etganini ko'ramiz. Bunday sarosimali o'ylar ijodkorning «Sizif haqida afsona»sida yorqin ko'zga tashlanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Muallifning o'zi shunday yozadi: "Bu esse XX asr uchun hali noma'lum bo'lgan absurd falsafa haqida emas, absurd tuyg'ular, absurd dunyoqarash haqidadir" [3.8]

Sizif jahannamning besamar zahmatkashiga aylanadi. Yozuvchi badiiy tasvirlaridagi xarsangtosh- hayotning cheksiz va bitmas-tuganmas azob-uqbatlari timsoli. Sizif esa kurashchan va sabotli inson timsoli, shuning uchun ham ijodkor Sizifni absurd qahramon, deb ataydi. Sizif nohaqlikdan, o'lim va zulmatdan nafratlanadi. U hayotni go'zallikni qattiq sevadi. Aslida, u bemani ishga mahkum qilingan shunchaki bir qahramon emas. Uning irodasi toshdan ham mustahkam, u yengilmas jismonan qiynoqlar ostida bo'lsa ham ruhan xudolardan ustun chiqadi. Bu ma'nisiz ishlarni takror-takror bajarishiga sabab: xarsangtosh - Sizifning shaxsiy g'am-tashvishi. Shuning uchun ham u azobli taqdiridan voz kecha olmaydigan tarixiy obraz. U xudolarga qarshi ish qilgani sababli, mangu jazoga hukm qilinadi. Sizif singari bugungi kun odami ham xuddi shunday tuganmas azob-uqubatli har kuni,har soatda mehnat qilish, azoblanishga mahku qilingan. Eng qiziq tomoni shundaki, "xarsangtosh bugun ham dumalashda davom etmoqda".

Kamyuning ko'p asarlarida ekzistensializm ruhida yozilgan bo'lsa-da, "Sizif haqida afsona" essesida stoitsizm falsafasi ruhida yozilgan. Stoitsizm - (yunoncha stoa - peshayvon; yunon falsafiy maktabining yig'ilish o'tkaziladigan joyi) falsafiy oqim bo'lib, qadimgi Gretsiya va Rimda ratsionalistik ta'limot sifatida vujudga kelgan.[4.213] Bu falsafaning asosini hayotni mardlarcha, jasorat bilan yashash g'oyasi tashkil etadi. Kamyuning yunon mifologik qahramonlarini asarlariga tarixiy obraz sifatida olib kirishdan maqsad, afsonalar mohiyatini XX asr kuni bilan bog'laydi.

O'zbek adabiyotida Cho'lponning lirik kechinmalarini esse janrida ifoda etishining o'ziga xos sabablari bordir. Cho'lpon nafaqat o'z davrining ilg'or, taraqqiyparvar ziyolilaridan edi balki, jahon nasrini yaxshi bilgan dunyo adabiyotining go'zal namunalarini tarjima qilgan. "Kleopatra"asari yozuvchining badiiy niyatini shaxsiy ishqiy kechinmalarini timsollar tili bilan chiroyli bir yo'sinda ifodalashga xizmat qilgan. Badi'ada 3 ta obraz bo'lib:

Asarda Amu malikasi bo'lgan Kleoptra bevosita ishtirok etmaydi. Faqat uning nomini oshiq yigit qayta-qayta tilga oladi. Shoir shu usul vositasida yigitning Amu malikasiga bo'lgan sevgisi oldida Sezar va Antoniy kabi sarkardalarning

c

LIRIK QAHRAMON

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kleopatraga bo'lgan muhabbati arzimas bir narsa va uning qadrsizligi kabi g'oyani olg'a surmoqchi bo'lgan. Asarning yana bir o'ziga xosligi Cho'lpon go'zallikda va sevgi bobida tarixda mashxur bo'lgan Kleopatraga o'z sevgilisinini qarama-qarshi qo'yilishi asardagi kolliziya konfliktni yanada oshirganligidadir. Badi'ada lirik qahramonning o'z sevgilisini Misr ma'shuqasidan ustun qo'yishini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:

- O'zini haddan ortiq sevishi;

- Xushsurat shahzodalarni beayov jazolab, o'limga hukm etishi;

- Shahzodalarning muhabbatiga ishonmasdan, oshiqlariga sovuq nazar bilan qaraydi va yillar davomida sof muhabbatini kutib yashaydi.

Badi'adagi har bir kichik detall, asardagi ramziy timsollar harakat dinamikasini ifodalashga xizmat qilgan. Masalan: yozuvchi nilufar gulini bir necha o 'rinda turli xil sifatlar bilan ifodalashga harakat qilgan va gulga "vafo hidli, "sevgi hidli" deb, ta'rif beradi.Asarda quyidagicha ta'riflanadi. " Bu gul suvda o'sib, suvda yetishib, yana suvda bitadir" Nilufar guli asarda sof muhabbat, pokiza sevgi timsolida aks ettiriladi. Kleopatra har kuni nilufar gullarini terdirib kelib, ularni boshini tepasiga osib qo'yilishi va malikaning aynan shu gul tarovatiga aldanib, uyquga ketishi bejiz emas. Malika har kuni uyquga ketar ekan, o'z oshiqlarini birma-bir xayolidan o'tkazadi. Bu o'rinda gul muhabbat ramzini ifodalaydi. Shu bois malika gulning muattar hidini hidlar ekan, o'z oshiqlarini eslab uyquga ketishi malikaning qalbida ham muhabbat uchqunlari borligini ko'rsatadi. Ammo uyqudan turganda, Nil bo'yidan keltirilgan go'zal nilufar gullarning so'lib qolganini ko'radi. So'lib qolgan gullar o'tkinchi muhabbat ramzidir. Lirik qahramon Kleopatra ko'ksiga tashlagan Amu guli so'lmaydi , chunki Amu guli so'nmas muhabbat ramzi. Ma'lumki, nilufar guli suvda o'sgani uchun ham lirik qahramon o'z qalbidagi sof muhabbatga "nili ko'zlarining yoshida yetishtirdim, o'stirdim " [5.12] deya ta'rif beradi. Asardan keltirilgan quyidagi dialogda oshiq yigit va Kleopatra o'rtasidagi munozarali suhbatda oshiq yigitning o'z muhabbatiga sodiqligi aks etgan:

- Sevganing bormi?

- Ha, bor. U Amu bo'yida.

- Gul kim uchundir?

- U uchun... U mening Kleo'patramdir. Amu Kleo'patrasidir... [6.15] Zero haqiqiy muhabbat ko'z yoshlarsiz, sog'inchlarsiz, orziqib visolga

tashnaliklarsiz kechishi mumkin emas. Asarda yozuvchining xurmo daraxtiga suyanib kuzatishi ham bejiz emas. Behishtda o'suvchi jannatiy daraxtlarning biri xurmodir. Bu daraxt badi'ada hayot ramzi ma'nosini ifodalaydi. Malika uyqudan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uyg'ongach begona gulning hidini sezadi va lirik qahramon o'z muhabbatini yashirmay, sevgisiga iqror bo'ladi. Kleopatra o'z qarashlari bilan oshiq yigitda ehtiroslar uyg'ota boshlaganda, Amu bo'yidan keltirilgan gul haqiqiy muhabbat tarovatini sochib, oshiq yigitni aldamchi ehtiroslardan xalos etadi.

Mazmun-mohiyatiga ko'ra Cho'lpon badi'asi ishqiy nomaga o'xshasa-da, unda shaxsiy tuyg'ular, xasratlar, yolg'iz millat taqdiridan ustun turuvchi umuminsoniy masalalar o'rtaga tashlanadi. Cho'lpon badi'asida quyidagi ramziy timsollar asosiy bosh g'oya sifatida ya'ni teran ijtimoiy masalalar sifatida tasvirlanadi:

XULOSA

Har ikkala ijodkor- A.Kamyu va Cho'lpon essesida o'ziga xos poetik ohangdorlikni, badiiy shiralikni ko'rishimiz mumkin. Sharq va g'arb ijodkorlari bo'lishiga qaramay, ularning esselarida ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, donolik va nodonlik kabi ruhiyatning ikki xil olamida harakat qiluvchi INSON - bosh qahramon sifatida birinchi planda tasvirlangan. Kamyu fojealar zamonida yashayotganini chuqur his etadi va buni o'z esselarida turli obrazlar orqali aks ettiradi. Insoniyat kelajagi, hayotning tub mohiyati, baxt va baxtsizlik, qilich va aql-idrok singari tushunchalar har ikkala yozuvchini ham iztirobga soladi. Bu dardchil hislar ijodkorni inson o'tkinchi va aldamchi hayotni faqatgina mustahkam iroda, talabchanlik, metindek bukilmas sabot va g'urur, aqilli kishilarga xos bo'lgan sovuqqon vazminlik bilangina yengib yashash kerak degan xulosaga keladi. To'g'ri va noto'g'ri fikrlarning bosh sababchisi bo'lgan INSON Kamyu va Cho'lpon essechiligining metin o'zagini tashkil etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION.

Конференции, 1(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume: 10, Issue: 11, November.

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative concept in world literature. In the Conference.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY DTWICE TWO IS FIVED. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS DTHE PICTURE OF DORIAN GRAYD AND DTHE MAN AT THE MIRRORD. Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm koDrinishlari. // International Journal of Innovative Research. □ India,June, 2021, DP. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. □America, December, 2021, DP. 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.