Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING “HAY IBN YAQZON” FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI'

ABU ALI IBN SINONING “HAY IBN YAQZON” FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
911
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Sino. “Hay ibn Yaqzon” / farosat / aql / mazmun / zaruriyat / jilov. / Ibn Sina. Hay ibn Yakzan / intellect / mind / content / necessity / restraint.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ziyodullayev, Maqsudjon Shokirjon O’G’Li

Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sinoning falsafiy asari “Hay o’g’li Yaqzon” tog’risidagi fikrlar ilgari surilgan. “Hay ibn Yaqzon” qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo’lgan Faradjon qal’asi qamoqxonasida yozgan degan ma’lumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Qissa arab tilida yozilgan va bugungi kungacha bu asarning mohiyati insonga axloqiy hislatlarni o’ziga mujassamlashtirb kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REVIEW OF ABU ALI IBN SINA'S PHILOSOPHICAL STORY "HAY IB YAQZAN" AND ITS PHILOSOPHICAL ANALYSIS

This article discusses the philosophical work of Abu Ali ibn Sina "Hay son of Yakzan". Historical sources claim that the story of Hay ibn Yaqzan was written by Ibn Sina in 1023 in the prison of the Farajan castle near Hamadan. The story is written in Arabic, and to this day the essence of this work is that it embodies the moral qualities of a person.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING “HAY IBN YAQZON” FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABU ALI IBN SINONING "HAY IBN YAQZON" FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI

Ziyodullayev Maqsudjon Shokirjon o'g'li

TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi magistranti Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent Axmedova S.J.

Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sinoning falsafiy asari "Hay o'g'li Yaqzon" tog'risidagi fikrlar ilgari surilgan. "Hay ibn Yaqzon" qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo 'lgan Faradjon qal 'asi qamoqxonasida yozgan degan ma'lumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Qissa arab tilida yozilgan va bugungi kungacha bu asarning mohiyati insonga axloqiy hislatlarni o 'ziga mujassamlashtirb kelmoqda.

Kalit so'zlar: Ibn Sino. "Hay ibn Yaqzon", farosat, aql, mazmun, zaruriyat,

jilov.

В данной статье рассматривается философский труд Абу Али ибн Сины «Хай сын Якзан». Исторические источники утверждают, что рассказ о Хай ибн Якзане был написан Ибн Синой в 1023 году в тюрьме замка Фараджан недалеко от Хамадана. Рассказ написан на арабском языке, и по сей день суть этого произведения в том, что оно воплощает в себе нравственные качества человека.

Ключевые слова: Ибн Сина. Хай ибн Якзан, интеллект, разум, содержание, необходимость, сдержанность.

This article discusses the philosophical work of Abu Ali ibn Sina "Hay son of Yakzan". Historical sources claim that the story of Hay ibn Yaqzan was written by Ibn Sina in 1023 in the prison of the Farajan castle near Hamadan. The story is written in Arabic, and to this day the essence of this work is that it embodies the moral qualities of a person.

Keywords: Ibn Sina. Hay ibn Yakzan, intellect, mind, content, necessity, restraint.

Ma'lumki, yoshlar intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalarni egallash bilan birga milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligining zaruratini chuqur anglab

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yetishlari zarur. Bu zaruriyat nima bilan izohlanadi? Ma'lumki, intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalar avvalo, jamiyatning moddiy asoslarini, iqtisodiy taraqqiyotini, harbiy qudratini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda muayyan darajada jamiyat a'zolarining moddiy farovonligini ta'minlashga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu xizmat va ta'sirning jamiyat uchun, jamiyat a'zolari uchun qay darajada manfaatli bo'lishi intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalardan qanday maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanishga bog'lik. Shu sabab asosiy urg'u aynan milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg'unligini teran anglashga, ya'ni tafakkurlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Hay ibn Yaqzon" qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo'lgan Faradjon qal'asi qamoqxonasida yozgan degan ma'lumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Qissa arab tilida yozilgan.Ivrit (qadimgi yahudiy) tiliga qissaning she'riy tarjimasini Ibn Erza (117-yilda vafot etgan), nasriy tarjimasini 1886-yilda P.D.Kaufman amalga oshirgan. Insonning tabiatiga xos bo'lgan ijobiy va salbiy jihatlarning ta'rifiga katta o'rin berilgan, qissaning o'zi esa, umuman insonning ma'naviy qiyofasiga, intizomiga, uni noma'qul qilmishlarga ergashishdan qaytarishga bag'ishlangan. Qissadagi barcha qahramonlar ma'lum ramziy siymolarni gavdalantiradi: yosh yigit bilan birga G'arbdan sharqqa sayohat qilayotgan qariya siymosi - faoliyat ko'rsatayotgan ong ramzidir. G'arb deganda moddiy olam, ya'ni inson tanasi, sharq deganda - insonning ruhiy olami, ya'ni inson idroki tushuniladi. Idrok insonni yaramas kirdikorlardan ogohlikka chaqiradi, mantiq ilmini o'rganishga undaydi. Qissada mantiqni - farosat (ya'ni fiziognomika) deb yuritilgan.1

Inson fe'l-atvoridagi qiziqqonlik, munofiqlik, ta'magirlik, zulmkorlikka, o'g'rilik va aldamchilikka moyillik, o'zining hayu-havaslarini qondirish istagi, ehtiroslarga berilish, hayvoniy hirslar - bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli "do'stlar" deb atagan. Ibn Sino inson o'zining "jilovini" mana shunday "do'stlar"ning qo'liga topshirib qo'ymasligi kerakligi haqida ogohlantiradi. Inson doimo ulardan yuqoriroq turishi, doimo aql-idroki doirasida odimlashi lozim - shundagina u o'z do'stlarini to'g'ri yo'ldan boshlab boradi. Ular seni o'zlariga bo'ysundirib olmaslaridan avvalroq, - deydi Ibn Sino, - sen ularni o'zingga bo'ysundirishing lozim.2

1 Irisov A " Ibn Sino - ma'rifatparvar adib " T.: O'zbekiston 1980 32-b

2Baratov M. " Abu Ali Ibn Sino - buyuk mutafakkir " T.: Fan 1980 22-b

718

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ibn Sino bu asarida ilm-ma'rifatni o'rganishga kirishgani tufayli ko'zi ochilgani, natijada Aql (Hayy ibn Yaqzon) ko'ziga ko'ringani va ilm unga o'z jamolini namoyon etganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o'lim bilmaydigan uyg'oq, qarimaydigan yosh, beli bukilmaydigan - barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo'lgan va bilishi mumkin bo'lgan narsalarni o'qishga kirishgani, bu yo'lda aqlni ishga solib, farosatli bo'lib, o'zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi.

Demak, "Xayy ibn Yaqzon" mantiq ilmiga bag'ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Risola insondagi yomon illatlarni bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql-tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutulishi, o'zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo'lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir. Shuning uchun ham u odamlarga qarata shunday xitob qiladi: "Ey birodarlar! Bir -biringiz bilan samimiy do'st bo'lib, haqiqatni ochinglar. Har bir kishi o'z birodari uchun ko'nglidagi samimiylikdan (to'sqinlik) pardasini ochib tashlasin. Shunday qilinglarki, birodarlaringiz sizlardan (o'zi bilmagan) ba'zi narsalarni o'rgansin va yana boshqalari (bo'lsa) ba'zi narsalarni o'rganib, o'zini kamolotga etkazsin". Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo'shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o'zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o'zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa jipslashishi va hamkorlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqiladi.3

XULOSA

Ibn Sino bu asari bilan ma'lum bir tabaqa kishilarni tarbiyalashga uringanligi sezilib turibdi. Salomonning xotini obrazi feodal saroy muhitiga xarakterli bo'lgan tiplardan biri ekanligi ana shundan dalolat berib turibdi.

Asar oxirida kitobxon ko'z o'ngida yetuk, puxta va ancha quyuqlashgan , tuyg'ularga mutlaqo bo'ysunmaydigan obraz gavdalandi. Ikkinchidan, xotinning butun qilmishlari, ishlatgan hiyla-nayanglari barbod bo'ladi, egrilikning to'g'rilik ustidan hukmron bo'la olmasligi oydinlashadi. Umuman aytganda, Ibn Sinoning bu qissasi o'rta asr adabiyotining ajoyib namunasi hisoblanadi. Uning o'zi ham bu asarga alohida ahamiyat beradi.

3 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 32-b

719

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.

2. Falsafa (Ahmedova M. umumiy tahriri ostida), "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", -Toshkent. 2006. - 495 b.

3. Пулатова Д., Кодиров м., Ахдоедова М., Абду^алимов А., Шозамонов Ш. Шарк фалсафаси. - Тошкент: жахон принт, 2011. - 185 б.

4. Ибн Сина. Трактат о Хайе сыне Якзана. В кн.: Сагадеев А.В. Ибн Сина.- М., Мысль, 1980.

5. Игнатенко А.А. В поисках счастья / Общественно-политические воззрения арабо-исламских философов средневековья. - М., Мысль, 1989.

6. Qodirov, M. (2022). AKADEMIK XAYRULLAYEV-MA'NAVIYATIMIZ DARG'ASI (1931-2004). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 13-19.

7. Qodirov, M. (2021). PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA'RIFI HAQIDA IBN SINO E'TIROFLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 16-19.

8. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

9. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

10. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

11. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

12. Quvvatov, J. U. O. G. L., & Sulaymonov, J. B. (2022). YUNUS EMRE IJODIDA VAHDAT UL-VUJUD VA TAVHID MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 964-968.

13. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.