Научная статья на тему 'TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA’LUMOTLAR TAHLILI'

TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA’LUMOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
77
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arastu / yunon va fors madaniyati / Kalila va Dimna / jamiyat / Organon. / Aristotle / Greek and Persian Culture / Kalila and Dimna / Society / Organon.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saidov, Sarvar

Ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi ibn al-Muqaffaning tarqoq holatda bo‘lgan intellektual ta’limotini yaxlit bir tizimga keltirishdan iboratdir. Tadqiqot jarayonida ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo‘shgan hissasi va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida zikr qilingan. Uning yunon va fors madaniyatining bebaho durdonalari borasida qilgan tarjimalari tarixiy manbalar asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF IBN AL-MUQAFFA'S HISTORICAL SOURCES

The main purpose of this research is to integrate Ibn al-Muqaffa's scattered intellectual teachings into a single system. In the course of the research, Ibn al-Muqaffa's contribution to the art of Islamic translation and its significance today is mentioned. His translations of the priceless masterpieces of Greek and Persian culture have been studied on the basis of historical sources.

Текст научной работы на тему «TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA’LUMOTLAR TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI

Sarvar Saidov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi ibn al-Muqaffaning tarqoq holatda bo'lgan intellektual ta'limotini yaxlit bir tizimga keltirisMan iboratdir. Tadqiqot jarayonida ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida zikr qilingan. Uning yunon va fors madaniyatining bebaho durdonalari borasida qilgan tarjimalari tarixiy manbalar asosida tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: Arastu, yunon va fors madaniyati, Kalila va Dimna, jamiyat, Organon.

The main purpose of this research is to integrate Ibn al-Muqaffa's scattered intellectual teachings into a single system. In the course of the research, Ibn al-Muqaffa's contribution to the art of Islamic translation and its significance today is mentioned. His translations of the priceless masterpieces of Greek and Persian culture have been studied on the basis of historical sources.

Keywords: Aristotle, Greek and Persian Culture, Kalila and Dimna, Society, Organon.

Основная цель данного исследования - объединить разрозненные интеллектуальные учения Ибн аль-Мукаффы в единую систему. В ходе исследования упоминается вклад Ибн аль-Мукаффы в искусство исламского перевода и его значение в наши дни. Его переводы бесценных шедевров греческой и персидской культуры изучены на основе исторических источников.

Ключевые слова:Аристотель, Греческая и персидская культура, Калила и Димна, Общество, Органон.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, ibn al-Muqaffa Abbosiylarning ikkinchi xalifasi Ja'far al-Mansurning buyrug'i bilan hijriy 139-yilning zul-hijja oyida (757-yil, aprel) Abbosiylarning birinchi xalifasi Abulabbos Saffoh tomonidan Ummaviylar ustidan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

to'liq g'alaba qozonilganidan 7 yil keyin qatl qilingan.1 Abulabbos Saffohning o'limidan so'ng uning ukasi Mansur (uning ismining ma'nosi "g'alaba uchun yaratilgan") o'z hokimiyatini o'rnatish maqsadida barcha muxolif kuchlarni tor-mor qiladi. Hokimiyat uchun bo'lgan ushbu kurashda al-Mansur o'z amakilari bilan to'qnashishga majbur bo'ladi. Baxtga qarshi ibn al-Muqaffa uchun xalifaning amakilariga kotiblik qilishi uning halokatining asosiy sabablaridan biri bo'ldi. Xalifa Mansur uni tirik qoldirish juda xavfli deb topdi. 2

Kelib chiqishi fors amaldorlariga tegishli bo'lgan ibn al-Muqaffa ilk islom jamiyatida siyosiy qatlamni tashkil etgan kotiblar, hukmdorlarning maslahatchilari avlodiga mansub edi. Chunki arablar o'zlari istilo qilgan hududlarni boshqarish uchun mahoratli xizmatchilarga katta ehtiyoj sezardilar. Shu sababli ibn al-Muqaffa ajdodlari Islom imperiyasi hududlaridagi arab bo'lmagan halqlar orasida katta obro'-e'tiborga ega edilar. Arablar istilosidan so'ng, kotiblar Sosoniylar davri g'oyalari, ularning davlat boshqaruvi, soliq tizimi, qo'shin boshqaruv tartibining Islom sivilizasiyasiga kirib kelishida asosiy rol o'ynadilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biz shunday ma'lumotlarni topdikki, ularda ibn al-Muqaffaning Islom dinini zaiflashtirishga urinishi ta'kidlangan. Bu holat arab bo'lmagan xalqlar orasidan chiqqan ko'plab insonlarning zindiq deb nomlanishiga asos bo'lgan. Zindiq so'zi kelib chiqishi borasida pahlavi tiliga mansub bo'lib, Moniylik ta'limotini targ'ib qiluvchi, gnostisizm yo'nalishini mutloqlashtiruvchi yoki boshqa diniy g'oyalarga shubha bilan qarovchilarga nisbatan qo'llanilgan.

Ibn al-Muqaffaning tafakkur va madaniyatga yuksak darajadagi ahamiyati uning shuhrati uchun asos bo'lib xizmat qildi. U arab bo'lmagan, musulmon bo'lmagan oilada dunyoga keldi. Garchi orzu-intilishlari birovga xizmat qilish darajasidan ancha yuqori tursada, o'z shaxsiy mahorati tufayli ibn al-Muqaffa eng qudratli arab amaldorlarining xizmatida bo'ldi. U fors kotibi bo'lib qolgan bo'lsada, hech bir siyosiy yoki diniy martabani maqsad qilmagan holda Islom dinini qabul qildi. Uning islomni qabul qilishi va arab-musulmon imperiyasining siyosiy strukturasiga kirib borishi faqatgina shaxsiy xohishi bo'libgina qolmay, balki arab bo'lmagan ziyoli qatlamga qanday qilib islom ummatiga birlashish lozimligini namoyon etdi, shu

1 Аббосийлар кушинининг кумондони халифалар Абул Аббос Саффох ва Мансурнинг амакиси Абдуллох бин Али булган.

2 А.Маршам ва К.Ф.Робинсон томонидан 2007-йилда Ибн ал-Мукаффа томонидан халифа Мансурнинг амакиси Абдуллох бин Али учун ёзилган омон мактуби топилди. Ушбу мактуб шу даражада усталик билан ёзилганки, халифа Мансур ушбу мактубни имзолаганида, уз амакисини йук килиш уун хеч кандай имкон топа олмаган буларди. Халифа Мансур ушбу мактубга имзо куймайди, уз газабини эса Ибн ал-Мукаффага каратади.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davrdan boshlab ajam xalqlari millati va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar yagona Islom jamiyatiga birlashish ahamiyati borasidagi g'oyalarini yanada teranroq anglay boshladilar. Natijada ular arablar va zabt etilgan xalqlar o'rtasidagi birlashuvning asosiy kaliti bo'ldilar, o'zaro sintezlashuv yangi islom davlatining, islom madaniyatining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qildi.

Garchi bir qancha qadimiy manbalarida ibn al-Muqaffa zindiq sifatida ko'rsatilgan bo'lsada, u dinni inson uchun eng zaruriy ehtiyoj sifatida ko'rsatgan. Biz uning "Al-adab as-sag'ir" asarida shunday jumlalarni o'qishimiz mumkin:

"Insonning bir marotaba sehrga ishonishi uning hech narsaga ishonmasligi va oxiratga ishonmasligidan yaxshiroqdir. Sidqidildan qilingan tavba insonni jahannamga olib bormaydi, muntazam tarzda gunoh qilish esa hyech kimni jannatga kiritmaydi"

Ibn al-Muqaffaning o'z xo'jayini, xalifa Mansurning amakisi Iso bin Ali qo'lida islomga kirishi to'g'risida shunday rivoyat mavjud: Ba'zi hoshimiylardan ushbu voqeani eshitgan tilshunos Muhammad bin Qodimning aytishicha, ibn al-Muqaffa bir tunda Iso bin Ali huzuriga keladi va unga shunday deydi:

- Men islomni qabul qilmoqchiman, qalbimda ushbu dinga nisbatan kuchli muhabbat paydo bo'ldi, Zardushtiylikdan esa nafratlana boshladim.

- Iso unga aytdi:

Ertaga og'a-inilarimni va bir qancha mashhur ulamolarni sening islomni qabul qilishingga guvoh bo'lishlari uchun chaqiraman.

Isoning tushligi yetib kelgach, ibn al-Muqaffani ovqatga taklif qildi. Ammo u ovqatni rad etdi. Iso qat'iylik bilan talab qildi. Ovqat toza va ajoyib edi. Ibn al -Muqaffa ovqatga zardushtiylarga xos bo'lgan duo bilan yaqinlasha boshladi.

Iso unga aytdi:

Sen zardushtiylarga xos tarzda pichirlayapsan, lekin ertaga Islomga o'tmoqchimisan?

Ibn al-Muqaffa javob berdi

Men bir tunni bo'lsa ham dinsiz o'tkazishdan qo'rqaman

Ertasi kuni ibn al-Muqaffa barchaning guvohligida islomni qabul qildi.3

Biz ushbu voqea haqidagi ma'lumotlarni ibn Hallikanning "Vafayat al-a'yon" asarida, Haytam bin Adi asarlarida ham topdik.

3 A^-Ea^agypu (1978, III tom, 218-ca^H$a)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Ushbu voqealarga asoslanadigan bo'lsak, ibn al-Muqaffaning islomdan oldingi dini Zardushtiylik bo'lgan.

Biz "Al-adab as-sag'ir" asarida Suqrotning mashhur hikmatini topdik: hech narsani bilmasligingni bilishing ham ilmdir. Shuningdek, "Al-adab as-sag'ir" asarida quyidagi ajoyib jumlalarning guvohi bo'ldik : Insonning e'tiqodi hech qachon bir xil darajada o'zgarmas bo'lib turmaydi, u ba'zan yuksalib, ba'zan susayishi mumkin. Uning quyidagi fikrlari esa falsafa tarixida qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ldi: Xudo insonga aql-idrok ato etdi. Ammo inson aqldan ko'ra Allohning boshqa bir tuhfasi dinga ko'proq muhtojdir. Hech kim, hatto hukmdorlar ham diniy qoidalarni o'zlaricha talqin qilishga haqli emas, aksincha ular diniy tamoyillarni mustahkamlashga j avobgardir.

REFERENCES

1. .mv ^jj^I jb .j^I j jii^ll M ^ ^ ^ // Ibn Muqaffa Abdulloh. Al-adab ac-cag'ir va al-adab as-sag'ir. Dorul Bayrut., 1977. —139 b.

2. Sja11]I ^Vl ¿Ji .U^. ^jjilall // Al Faxuri Xanna. Tarixul adab al-arab. Qohira -1953.-1100 b.

3. Muhammad Salim Jundiy. Abdulloh ibn al-Muqaffa. Damashq. Arab kutubxonasi. 1955. - 182 b.

4. nol SjAtall .¿iSJl jjl .U^. ^jj^Ull // Al-Faxuri Xanna . Ibn Muqaffa. Qohira-1956.-271 b.

5. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).

6. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(7), 8-14.

7. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.